Viloyat hududida 100 dan ziyod quş turi, sut emizuvçilarning 60 turi, sudralib yuruvçilarning 7 turi uçraydi. Daryo va suv havzalarida qumbaliq, ilonboş, zoğorabaliq, gulmohi, xramula, qorabaliq yaşaydi. Viloyatda Hisor toğörmon va Kitob davlat geologiya qöriqxonalari joylaşgan; Kitob balandtoğ rasadxonalar majmuasi faoliyat körsatadi.
Aholisi, asosan, özbeklar (91,2%), şuningdek, tojik, turkman, rus, qozoq, ukrain, ozarbayjon, koreys, qirğiz, turk, ukrain, belorus va boşqalar millat vakillari ham yaşaydi. Aholining örtaça ziçligi 1 km2 ga 83,7 kişi. Şahar aholisi 587,5 ming kişi, qişloq aholisi 1790,7 ming kişi (2005).
20-asr boşlarigaça hoz. Qaşqadaryo viloyati hududida yaşagan aholining köpçiligi orasida uruğqabilalarga böliniş saqlanib kelgan. Mas, Qarşi şahri va uning atroflarida manğit, saroy, qavçin, qatağon, kutçi, qipçoqlar, xtoy, qirq va boşqalar uruğlar, Şahrisabz va uning atroflarida kenagas, saroy, qutçi, turk, qatağon, qalmoq, qanğli, çuyut, qiyot, qönğirot, mojor, manğit, mitan, möğul, nayman, sayot uruğlari, Ğuzor va uning atroflarida qavçin, kerayit, qönğirot, manğit va boşqalar uruğlar yaşagan. Ular dehqonçilik, çorvaçilik va hunarmandçilik bilan şuğullanişgan.
Xöjaligi. Q.v. qişloq xöjalik mahsulotlarini yetiştiriş hamda yoqilği resurslarini qazib oliş böyiça Özbekistonda muhim örin egallaydi. Viloyat respublikada qazib olinadigan tabiiy gazning 88%, neftning 92%, kondensatning 99,6%, oltingugurtning 100% ni beradi.
Qaşqadaryo respublikada eng köp don va paxta yetkazib beradigan viloyatdir. Özbekistonda tayyorlanadigan yalpi q.x. mahsulotining 10,2%,şu jumladan, paxtaning 11,8%, ğallaning 12%, qoraköl terining 19% viloyat hissasiga töğri keladi. Tabiiy gaz, kondensat va q.x. mahsulotlarini qayta işlovçi tarmoqlar rivojlanmoqda. Viloyatda 1,1 ming kiçik korxona, 40,6 ming mikrofirma bor. Bular sanoat, quriliş, savdo va umumiy ovqatlaniş, q.x. va boşqalar korxonalardan iborat.
Sanoatining yetakçi tarmoqlari: — tabiiy gaz va neft qazib oliş, gazni qayta işlaş, paxta tozalaş, yoğ ekstraksiyasi, quriliş materiallari işlab çiqariş, ip yigiruv, tikuvçilik, oziq-ovqat va boşqalar Eng yirik korxonalari: Muborak neftgaz unitar korxonasi, Şörtan gaz unitar korxonasi, Muborak gazni qayta işlaş z-di, Şörtan gaz kimyo majmuasi, Qarşi, Koson yoğekstraksiya, Şahrisabz konserva zdlari, Şahrisabz pillakaşlik, Qarşi tikuvçilik fkalari, Qaşqadaryo marmar aksiyadorlik jamiyati va boşqalar 49 qöşma korxona faoliyat körsatadi, şulardan: Özbekiston — Turkiya «Kaşteks» töqimaçilik, «Oqsaroy töqimaçilik LTD» qöşma korxonalari işlamoqda.
Viloyat hududidagi dastlabki sanoat korxonasi — Şahrisabz paxta tozalaş z-di 1916 yilda qurilgan. Undan keyingi davrda viloyatda, asosan, paxta tozalaş zdlari, tikuvçilik fkalari qurildi. 1971 yilda Muborak gazni qayta işlaş z-di işga tuşirildi. Mustaqillik yillarida Şaxrisabz, Yakkaboğ un ktlari, Tallimarjon issikdik elektr st-yasi, 2001 yil oxirida Şörtan gaz kimyo majmuasi qurilib işga tuşirildi. Q.v. da gaz (propan), jun, paxta tolasi, momiq, polietilen, tomat pastasi, turli xil plitalar işlab çiqariladi.
Qişloq xöjaligining asosiy tarmoqlari: ğallaçilik, paxtaçilik, kartoşkaçilik, polizçilik, sabzavotçilik, çorvaçilik. Boğdorçilik, tokçilik, ipakçilik ham salmoqli örin tutadi. Çorvaçiligi göşt-sut yetiştirişga ixtisoslaşgan. Qoramolçilik, qöyçilik, parrandaçilik rivojlangan. Muborak, Mirişkor, Nişon, Ğuzor tumanlarida qorakölçilikka ixtisoslaşgan yirik naslçilik xöjaliklari mavjud. Asalariçilikka ham katta e'tibor berilgan.
Q.v.da 667,6 ming ga ekin maydoni mavjud bölib, şundan 418,7 ming gektari suğoriladi. 173,8 ming ga yerga paxta, 205 ming ga yerga don, 3,2 ming ga yerga sabzavot, 2 ming ga yerga poliz, 0,5 ming ga yerga kartoşka, 38,1 ming ga yerga ozuqa ekinlari ekiladi. 32,8 ming ga yer köp yillik daraxtzorlar, şundan 13,2 ming ga yer mevazor, 9,2 ming ga yer tutzor, 10,4 ming ga yer tokzorlar bilan band, 1451 ming ga yerni yaylovlar egallagan. Yerning meliorativ holatini yaxşilaş maqsadida 13815 km uzunlikda kollektordrenaj tarmoqlari qurilgan. Viloyatda suğoriladigan dehqonçilikni rivojlantiriş maqsadida suğoriş kanallari (Qarşi, Sandal va boşqalar) va suv omborlari (Tallimarjon, Çimqörğon, Hisorak, Qizilsuv va'b.) barpo etilgan. Suğorişni taşkil etiş uçun 6 ta yirik nasos st-yasi qurilgan. Q.x. mahsulotlari yetiştirişni köpaytiriş maqsadida Qarşi çölida 250 ming ga yer özlaştirilgan.
Viloyatda 68 şirkat, 17,6 ming dehqon, 17,2 ming fermer xöjaliklari faoliyat körsatadi. Q.v. şirkat, fermer va şaxsiy xöjaliklarida 654,7 ming qoramol (şu jumladan, 276,8 ming sigir), 2,2 mln. qöy va eçki, 1,3 mln. parranda, 17,3 ming yilqi boqiladi (2005). 1996—2005 yil lar viloyatdan B.Röziyev, Q.Möminov, Ğ. Rahmonov, M.Saidovlar «Özbekiston Qahramoni» unvoniga sazovor böldilar.
Transporti. Viloyatdagi t.y. uzunligi 401 km. Asosiy t.y. magistrallari Kogon — Qarşi — Duşanba, Qarşi — Kitob, Qarşi— Samarqand. Yangi qurilayotgan Toşğuzor — Boysun— Qumqörğon (umumiy uz. 223 km) t.y.ning 106,2 km qismi Q.v. hududidan ötadi. 2004 yil oktyabrgaça uşbu yölning 112 km dan ziyod Toşğuzor — Dehqonobod va Qumqörğon — Boysun qismlari foydalanişga topşirildi. Viloyatda jami 13,9 ming km uzunlikda avtomobil yöllari mavjud. Şundan umumiy foydalanilayotgan yöllar uz. 3,4 ming km, xöjaliklar hisobidagi yöllar uz. 10,5 ming km. Q.v. hududidan respublika ahamiyatiga ega bölgan Qarşi — Amudaryo (Turkmaniston), Katta Uzbekiston trakti (Toşkent — Termiz), Qarşi — Buxoro, Qarşi — Samarqand avtomobil yöllari ötadi. Qarşidan Toşkent, Termiz, Samarqand, Buxoro, Navoiy, Denov va boşqalar şaharlarga avtobuslar qatnaydi. Qarşi aeroportidan Qarşi — Moskva, Qarşi — Toşkent, Qarşi — Andijon va boşqalar yönalişlarda yölovçilar taşuvçi samolyotlar qatnovi yölga qöyilgan.
Madaniy maorif, soğliqni saqlaş va sport. Qaşqadaryo vohasi özining madaniy tarixi bilan maşhur. 1990-y.largaça Qaşqadaryo hududida paleolit (toş asri) davrida odamzodning yaşaganligi haqida aşyoviy dalillar kam edi. Faqatgina Tanxozdaryo vodiysidan topilgan çaqmoqtoşdan yasalgan ayrim buyumlar, Taxtaqoraça dovonida Takalisoy böyidagi ğordan arxeolog D.N.Lev tomonidan mustye davriga oid bir neçta toş buyum topilganligi Qaşqadaryo vodiysida toş davri odamlari yaşaganligidan dalolat berar edi.
1990-y.larda arxeologlardan R. X. Sulaymonov, A.S. Sa'dullayevlar yuqori Qaşqadaryodagi Oyoqçisoy, Quruqsoy vodiylarini örganib paleolit davriga oid aşyoviy dalillarni topdilar. Siylontoşda toş asrining sönggi davriga oid topilmalar aniqlandi.
Vohada mil. av. 10—8-asr lar, jez va temir asrlarga oid Sangirtepa, Yerqörğon yodgorliklari topiddi. Mil. av. 7—6-asr larda Qaşqadaryo vodiysida dehqonçilik bilan şuğullanuvçi köplab aholi istiqomat qilgan. Keş, Naxşab şahrilari paydo bölib rivojlangan. qadimiy Baqtriya davlati tarkibiga Qaşqadaryo vohasining bir qismi ham kirgan.
Mil.av. 329 yilda Aleksandr Makedoniyalik qöşinlari Navtaka (Qaşqadaryo) viloyatini bosib olgan. Qaşqadaryo bosqinçilarga qarşi kötarilgan Spitamen qözğolonining markazlaridan biri bölgan. Mil. av. 3—2-asrlarda Qaşqadaryo vohasi Salavkiylar, undan keyin Yunon Baqgriya davlati tarkibiga kirdi. 468 yil da kuşonlar avlodidan bölgan köçmançi çorvador toxarlar Kidar rahbarligida şarqdan Amudaryo havzasiga kirib kelib Naxşabni özlariga vaqtinça qarorgoh qilib turdilar.
Qaşqadaryoda 7—8-asr larda iqtisodiy hayot rivojlangan. Bir neça yillar davomida Suğd Keş podşolari tomonidan idora qilingan. Keş podşosi Şaşeppi (Şişpar) davrida zarb qilingan tanga pulda «Ixşid Şişpar» degan yozuv bölgan. Arablar qöşini 700 yilda ilk bor Qaşqadaryoga bostirib kelib, Naxşab va Keş şahri larini va ular atrofidagi qişloqlarni qölga kiritdilar. Qutayba ibn Muslim 710 yil da Keş va Naxşabni qayta fath etdi. Ammo, Qarşi, Keş va Naxşab (Nasaf)da yana arablarga qarşi norozilik harakatlari boşlanadi. Keş asosiy markazlaridan bölgan Muqanna qözğoloni butun Movarounnahrga tarqaldi. 9— 10-asrlarda Qaşqadaryoda iqtisodiyijtimoiy hayot, fan va madaniyat yana rivojlandi. Keş «Qubbat ulilm val adab» nomiga sazovor böddi.
Möğul bosqinçilari 1220 yil yozida Qaşqadaryoga bostirib kelib Naxşab, Keş, Ğuzor şahrilari va qişloqlarini vayron qildilar. Möğullar ötroqlikka ötgandan sönggina (14-asrda) Kepakxon (1318—26) qurdirgan saroy yaqinida yangi şahar — Qarşi şahri ga asos solindi. 14—15-asrlarda Temur va Uluğbek davrlarida Şahrisabzt bir qança monumental binolar — saroy, masjid va maqbaralar va boşqalar qurildi. Şahrisabz vohaning yetakçi şahriga aylandi. Aştarxoniylar davrida Qarşi, Şahrisabzda Buxoro xonligidan mustaqil böliş harakati kuçaydi. Manğitiylar davrida Qarşi taxt vorisi hokim böladigan viloyatga aylandi.
Q.v. qöxna tarixi, qadimiy madaniyat yodgorliklari bilan maşhur. Viloyatdan buyuk olimlar, adib va şoirlar, maşhur san'atkorlar, baxşilar, xalq artistlari, rassomlar yetişib çiqqan.
Q.v. da 2004/05 öquv yilida 1094 umumiy ta'lim maktabi, şu jumladan 34 ixtisoslaşgan, 4 maxsus maktab, 3 gimnaziya va boşqalarda 620 mingdan ziyod öquvçi ta'lim oldi. Viloyatda 62 kasb-hunar kolleji (49 ming talaba), 4 akademik litsey (2 ming öquvçi), 18 bolalar musiqa maktabi (1,7 ming öquvçi), 3 mehribonlik uyi, 2 oliy öquv yurti (Qarşi unti, Qarşi muhandislikiqtisodiyot inti; 10,4 mingga yaqin talaba) bor. Qaşqadaryo ölkaşunoslik muzeyi (Qarşi şahri), Amir Temur muzeyi (Şahrisabz şahri da), viloyat musiqali drama teatri, viloyat qöğirçoq teatri, «Eski masjid», «Muloqot» teatr studiyalari, «Özbekraqs», «Özbeknavo»ning viloyat bölimlari, aşula va raqs direksiyasi faoliyat körsatadi. 464 jamoat kutubxonasi (kitob fondi 3930 ming nusxa), 148 klub muassasasi, 6 madaniyat va istirohat boği bor. 16 aşula va raqs xalq ansambli, 2 folklor etnografik xalq ansambli, 373 badiy havaskorlik jamoa va boşqalar madaniy muassasalar işlab turibdi.
Q.v. da Özbekistonda xizmat körsatgan san'at arboblari: Rahimjon Komiljonov, Sadriddin Salimov, Isoq Törayev; Özbekiston xalq hofizi Ölmas Saidjonov; Özbekiston xalq baxşilari: Şomurod baxşi Toğayev, Qahhor baxşi Rahimov; Özbekiston xalq artistlari: Faroğat Rahmatova, Ikroma Boltayeva, Zamira Suyunova, Maryam Sattorova, Nasiba Sattorova, Husan Amirqulov, Muhtarama Nosirova; Özbekistonda xizmat körsatgan artistlar: Tojiddin Murodov, Oygul Xalilova, Bahriddin Rahmonov, Zebo Tursunovalar voyaga yetganlar.
Qaşqadaryo vohasi ötmişda 300 ga yaqin nasafiylar va önlab keşiylarga vatan bölgan yurtdir. Viloyatda 1996 yilda Amir Temurning 660 yilligi, 2003 yil da Şahrisabz şahrining 2700 yilligi xalqaro miqyosda nişonlandi. Q.v. da Respublika «Özbekturizm» milliy kompaniyasiga qaraşli bölimlar, bir neça mehmonxona mavjud. 2004 yilda viloyat hududiga 31 mingdan ziyod turist kelib ketdi.
Soğliqni saqlaş. Viloyatda94 kasalxona (12,1 ming örin), 395 vraçlik ambulatoriyapoliklinika muassasasi, ambulatoriya va boşqalar tibbiy muassasalar, 221 bolalar poliklinikasi va xonalari, 199 qişloq va şahar vraçlik punkti, 368 feldşerakuşerlik punkti, 27 qişloq uçastka kasalxonasi, 90 qişloq vraçlik ambulatoriyasi mavjud. Uşbu tibbiy muassasalarda 53,6 mingga yaqin vraç (har 10 ming kişiga 21,9 vraç), 23,6 mingga yaqin örta tibbiy xodim işlaydi.
Davlat dasturiga asosan, viloyatdp Davlat tez tibbiy yordam ilmiy markazi Qarşi bölimi (220 örin) va barça tuman markaziy kasalxonalari qoşida uning bölinmalari (410 örin) taşkil etilgan hamda zaruriy tibbiy va texnik jihozlar bilan ta'minlangan. Tibbiyot sohasida xususiy, yakka tartibda va boşqalar nodavlat sektorlarida 131 tibbiy muassasa faoliyat körsatadi.
Q.v.da 3 sanatoriy işlab turibdi.
Sport. Q.v. sportçilari sportning köp turlari (kuraş, dzyudo, karate, futbol, boks, şaxmat, tennis va boşqalar) böyiça turli darajadagi musobaqalarda iştirok etmoqdalar. Farhod Xöjanov, Zokir Şaripov, Şavkat Jörayev, Erkin Xoliqovlar dzyudo böyiça; Bahrom Avezov kuraş böyiça (Buxarestda va Antaliyada jahon çempioni); akauka Isom va Furqat Kenjayevlar yunonrum kuraşi böyiça jahon çempionati bronza medali; Alişer Muxtorov dzyudo böyiça, Sofiya Kaspulatova karate böyiça (3 marta) Osiyo çempioni unvonlariga sazovor böldilar. Şaxmatçilardan Anvar Rajabov Yalta, Fransiya, Ispaniya, Sarvinoz Ergaşeva (6 marta respublika çempioni) Fransiyadagi jahon çempionatlarida qatnaşdilar. Viloyatning «Nasaf», «Maş'al», «Şörtan» jamoalari futbol böyiça Özbekistonning oliy ligasida iştirok etmoqda. Xotin-qizlarning «Sevinç» futbol jamoasi 2004 yilda ötkazilgan respublika birinçi çempionatining ğolibi böldi. Viloyatda 21 stadion, tennis kortlari, sport zallari, 8 suziş havzasi va boşqalar sport inşootlari mavjud. 26 bolalar va ösmirlar sport maktabi faoliyat körsatadi. 689 ming kişi (şu jumladan, qişloq joylarida 614 ming kişi) doimiy ravişda jismoniy tarbiya va sport bilan şuğullanadi.
Adabiyoti. Qaşqadaryo vohasida qadimiy dan maşhur allomalar, şoir va faylasuflar, yozuvçi va muhaddislar, mohir xattot va tarjimonlar yaşab ötgan. 9-asr boşlarida Nasaf va Keşda hadisşunoslik va fiqhşunoslik maktablari vujudga kelgan. 10-asr da Ahmad ibn Muhammad atTadyoniy, Hammod ibn Şokir anNasafiy, Abdulmu'min ibn Xalaf anNasafiy, alLays ibn Nasr alKojariy, 11-asrda Abdulaziz ibn Muhammad anNaxşabiy, Muhammad ibn Ahmad alalHasan ibn Ali alHammodiy anNaxşabiy kabi olimlar islom olamida şuhrat topganlar.
Keyingi davrlarda ham bu ilmiy an'analar muvaffaqiyat bilan davom ettirilgan. Aziziddin Nasafiy asarlari dunyo xalqlarining köp tillariga tarjima qilingan. «Nasafiy» taxallusli bir neça önlab ijodkorlarning nomlari ma'lum. Bulardan: Moturidiya kalom maktabining atoqli namoyandalaridan biri Abul Mu'in anNasafiydir. Uning «Bahr alkalom fi ilm alkalom («Kalom ilmi böyiça sözlar dengizi») asari kalom ilmi böyiça almoturidiya maktabining asosiy manbalaridan biri hisoblangan.
Hadisşunos va hanafiy mazhabining taniqli fiqhşunosi Abul Hasan al-Bazdaviy anNasafiyning musulmon qonunçiligi asoslari haqidagi «Usuli Bazdaviy» kitobi Şarqda keng tarqalgan, unga köplab şarhlar bitilgan. Şu sababli «Faqihu Movarounnahr» va «Ustoz alaimma» («Imomlarning ustozi») unvonlariga sazovor bölgan. Fiqhşunos Abu Hafs Najmiddin Umar Nasafiy 100 dan ortiq asar yozgan. Şuningdek, Abul Barakot gnNasafiy, Abu alMuti' Nasafiy, Hakim Sözaniy, Abu Turob Naxşabiy, Saido Nasafiy, Nurmuhammad Nasafiy, Şamsiddin Sözaniy, Muayiddin Nasafiy, Şahobiddin Ahmad Nasafiy, Şarafiddin Xusom, Abul Barakot anNasafiy, Hofiziddin Nasafiy, Xoja Abulbaraka (Firoqiy), Ayub Şahrisabziy, Mavlono Soyiliy, Mavlono Mir Qarşiy va boşqalar bir qança nasafiylar yaşab, ijod etganlar.
Nasaf va Keş allomalari arab (9— 10-asrlar), fors (9—11-asrlar) tillarida ijod qilganlar. 15-asrdan turkiy tilda asarlar yoza boşlaganlar. Temuriy şahzodalar ijod ahlini öz ona tillarida yozişga da'vat etganlar, özlari ham turkiy tilda asarlar bitganlar. Alişer Navoiyning «Muhokamat ulluğatayn» asari ana şu ijtimoiy talab zaminida yaratilgan. Ammo, amalda arab va fors tillari ham qöllanavergan.
Amir Temur va temuriy şahzodalar saltanati davrida Qaşqadaryoda ilmfan, madaniyat va san'at rivojlangan. Uşbu vohadan çiqqan köpgina yozuvçi va ulamolar turli yillarda poytaxt bölgan Buxoro va Samarqandda, ayrimlari esa Hindiston, arab davlatlarida yaşab ijod etganlar. Möğullar istilosi davrida ziyolilarning kattagina qismi Hindistondan boşpana topgan.
Abu Sa'd Abdulkarim asSam'oniyning (1113—67) «Kitob alAnsob» («Nisbalar kitobi») asarida 8—12-asr larda yaşab ötgan 180 yaqin nasaflik olim va şoirning nomlari qayd etilgan. Nasaf tarixi va adabiyoti bilan boğliq bir qança asarlar, xususan, Abul Horis Asad ibn Hamduvayh alVarsiniy anNasafiyning (928 yil v. e.) «Kitob mufoxarot ahl Nasaf va Kaş» («Nasaf va Keş ahlining iftixorlari haqidagi kitob»), Abu Sa'd Abdurahmon ibn Muhammad alAstrobodiy alIdrisiyning (mil. 1015 yil v. e.) «Tarixi Nasaf», Abul Abbos alMustağfiriy Nasafiyning (961 — 1041, 2 jildli) mufassal «Nasaf va Keş tarixi» asarlari bizgaça yetib kelmagan.
20-asrning 2-yarmi Qaşqadaryo adabiy muhitining kötarilişi va yangi ijodkorlar bilan boyiş davri böldi: Gulşaniy, Toğay şoir, Şomurod baxşi, Suvon Soqi, Samar Nur, Azim (baxşi) Xöjayev, Qodir (baxşi) Rahimov, Abdulla Oripov, Ikrom Otamurodov, Jumaniyoz Jabborov, Normurod Narzullayev, Ismoil Töxtamişev, Xosiyat Lutfullayeva, Muhammad Oçil, Jumaqul Qurbon, Normurod Norqobil, Poyon Ravşanov, Ubaydulla Uvatov, Yusuf Berdiyev kabi şoir, yozuvçi va olimlarning ilmiy va badiiy asarlari adabiyot taraqqiyotiga munosib hissa bölib qöşildi. 90-y. lar boşlarida Nazar Eşonqul, Çori Avaz, Amir Xudoyberdi, Zebo Mirzayeva, Habib Abdunazar, Luqmon Börixon, Salim Aşur, Amirqul Karim, Ğulom Mirzo va boşqalar şoir va yozuvçilar faol ijod qildilar. Mustaqillik yillarida Qaşqadaryo vohasida adabiy hayot yanada rivojlandi. Bu davrda erişilgan yutuqlar sifatida Poyon Ravşanovning qadimiy Naxşab va Keşning tarixiga oid 4 jiddli saylanmasi, Abdulla Oripovning «Adolat közgusi», «Köztumor», Normurod Narzullayevning «Alyor», Ikrom Otamurodning «Tavr», Amir Xudoyberdining «Yettinçi malak», Habib Abdunazarning «Anjir guli» kabi asarlarini körsatib ötiş lozim.
Q.v.da Özbekiston ijodiy uyuşmalari (yozuvçilar, rassomlar, me'morlar, jurnalistlar va boşqalar) ning viloyat şö'balari faoliyat körsatadi.
Matbuoti, radioeşittirişi va televideniyesi. Q.v. da 33 gaz., şu jumladan, 2 viloyat gaz. (1935 yildan «Qaşqadaryo haqiqati», 2005 yildan «Qaşqadaryo», adadi 5 ming; 1943 yildan «Kaşkadarinskaya pravda», 2005 yildan «Novosti Kaşkadari», adadi 1,5 ming), şahar («Nasaf»), 13 tuman gaz. lari, 16 tarmoq, 1 xususiy gaz., şuningdek, «Nasaf ziyosi» jurnali (Qarşi davlat un-ti muassisligida) naşr etiladi.
Viloyatda birinçi radioeşittirişlar 1945 yil dek.dan boşlangan. Viloyat radiosi va «Oltin voha» ĞM radiostansiyasi eşittirişlar olib boradi. Viloyat radiosi kuniga 1 soatlik, «Oltin voha» ĞM radiostansiyasi haftada 112 soatlik hajmda eşittirişlar beradi. Q.v. da 2 davlat (viloyat va Şahrisabz şahar televideniyesi), 3 nodavlat (Qarşi jamoatçilik, Muborak «Yangi asr», Qaşqadaryo kabelli) televideniyelari mavjud. 1994 yil 24 avg.dan faoliyat körsatayotgan Q.v. televideniyesining haftalik körsatuvlari 11 soatni taşkil etadi. Şuningdek, Qarşi jamoatçilik televideniyesining 1 haftalik körsatuvlari 42 soat, «Yangi asr» telestudiyasining 1 haftalik körsatuvlari 21 soat, Şahrisabz televideniyesining 1 haftalik körsatuvlari 24 soat, Qaşqadaryo kabelli televideniyesining 1 haftalik körsatuvlari 63 soatni taşkil etadi.
Me'moriy yodgorliklari. Viloyatdagi tarixiy yodgorliklardan 602 tasi arxeologiya, 192 tasi me'moriy va şaharsozlik yodgorliklaridir, şuningdek, monumental san'at yodgorliklari ham bor. Viloyatdagi maşhur obidalar Şahrisabz şahrida joylaşgan. Mirzo Uluğbekning 600 yilligi, Amir Temurning 660 yilligi, Şahrisabz şahrining 2700 yilligi munosabati bilan Şahrisabzda obidalarni ta'mirlaş işlari keng kölamda olib borildi. Oqsaroy me'moriy majmuasi konservatsiya qilindi, markaziy maydonda Amir Temurga haykal örnatildi. Dor uttilovat, Dor ussiyodat majmuasidagi Jahongir (Hazrati Imom) maqbarasi (1379—80 yillar), Oqsaroy majmuasi (1380—1404 yillar), Uluğbek madrasasi (Gumbazi Sayidon, 1437 yil), Kitob tumanidagi Xoja Ilimkon xonaqosi (15— 16 a.lar), Lan#ar qişloğidagi Langarota (Katta Langar) masjidi (15-asr oxiri — 16-asrlar), Langarota maqbarasi (16-asrning 1-yarmi), Fudino qişloğidagi Xusamota ansambli (11 — 19-asrlar), Qarşi şahrida Mahalla masjidi (19-asr) va boşqalar saqlangan. Qarşi şahrining 2700 yilligi munosabati bilan Qarşi şahridagi Kökgumbaz masjidi, tarixiy köprik va boşqalar madrasa va masjid binolari ta'mirlanmoqda.
Ad.: Suxareva O.A., K istorii gorodov Buxarskogo xanstva (istorikoetnografimeskiy oçerk), T., 1958; Zaxarov S.M., Sabirjanov A.S., Karşi, T., 1978; Boburnoma, T., 1989; Nafasov T, Özbekiston toponimlarining izohli luğati, T., 1998; Yangiboyev M., Qaşqadaryo viloyati geografiyasi, Qarşi, 1993; Ravşapov P., Qaşqadaryo tarixi, T., 1995; Jöraqulov O., Ergaşeva J., Qaşqadaryo sanoati tarixi, Qarşi, 1996; Qadimgi Qarşi, Örta Osiyo şaharsozligi va madaniyati tarixi, Drevpiy Karşi, Istoriya kulturt i I radostroitelstva Sredney Azii, Karşi, 1999; P ugaçen kova G.A., Oçiq osmon ostidagi muzey, T., 1981; Suleymanova R . X . , Drevniy Naxşab, T., 2000; Hakimov N., Jöraqulov O., Şahrisabz tarixi, Qarşi, 2001; Nosir Muhammad, Nasaf va Keş allomalari, T.,2001; Şahrisabz ming yillar merosi, T., 2002.
Obod Jöraqulov, Nosir Muhammadiyev.