Tabiati. Q. Qizilqum çölining şim.-ğarbiy, Ustyurt platosining jan.- şarqiy qismi va Amudaryo del-tasida joylaşgan. Orol dengizining jan. qismi Q. hududida. Qizilqumning şim.- ğarbiy qismi Orol dengizi tomon pasayib boruvçi keng yassi tekislik bölib, qator tepa va qumli bar-xanlar (bal. 75 m dan 100 m gaça) uç-raydi. Alohida toğ massivlari (eng, yirigi — Sulton Uvays toğy, çöqqilari 473m va 485 m) bor. Suğoriladigan yerlar va suğoriş kanallari, asosan, deltaning öng sohilida. Ğarbida bir neçta botiqli (Borsakelmas, Asakaovdon botiqlarining bal. 29— 101 m) Ustyurt platosi joylaşgan. Plato Orol dengizi va Amudaryo deltasiga tik yon bağirli jarlik — çinklar hosil qilib tuşgan. Ustyurtdan jan.- şarqda Sariqamiş soyligining şim. çek-kasi joylaşgan.
Foydali qazilmalardan oş tuzi va glauber tuzi, mineral xom aşyo hamda quriliş materiallari va b. bor.
Iqlimi keskin kontinental, yozi quruq va qişi nisbatan sovuq, qor kam yoğadi. Yanv. oyining örtaça t-rasi janubda —4,9°, şim.da — 7,6°^ iYulda jan.da 28,2°, şim.da 26°. Yillik yoğin 110 mm, asosan, qiş va bahor oylarida yoğadi. Vegetatsiya davri 194— 214 kun. Eng yirik daryosi—Amudaryo (quyi oqimi). Amudaryo havzasi qad. suğoriladigan hudud sifatida ma'lum. Daryo suvidan suğorişda foydalaniladi. Nukus ş.da joylaşgan suv xöjaligi boşqarmasi Taxiatoş gid-rouzeli, Qipçoq gidropostidan Orol dengizigaça bölgan (283 km) hududdagi daryoning barça suv çiqariş inşootlarini nazorat qiladi. Örta va yuqori oqimlarda daryo suvi suğorişga köp sarflanişi natijasida hoz. Amudaryo Orol dengiziga bevosita quyilmaydi.
Q.ning eng yirik köli — Orol dengizi, şuningdek, Xöjaköl — Qora-jar köllar sistemasi bilan boğlangan Sudoçye köl sistemasi hamda Orol dengizining qurib qolgan qismida taşkil etilgan sun'iy suv havzalarida mavjud. Sönggi 40 yil içida Amudaryo va Sirdaryo havzalarida suğoriladigan yerlarning kengayişi natijasida Orol dengizi suv sathi 2005 y. boşiga 23 m pasaydi. Q.ning barça suv havzalaridan baliq ovlanadi, ularda baliq xöjaliklari taşkil etilgan.
Tuproqlari. Amudaryo deltasida allyuvial-ötloq, allyuvial ötloq-töqay, qurib qolgan köl va botqoqliklarda tipik şörxok, Ustyurt platosida va Qizilqumda taqir tuproqlar, Qiziljar, Töqmoqtoğ va Ustyurt platosida kulrangqönğir, Orol dengizining qurib qolgan tubida qumli çöl tuproqlari tarqalgan.
Q.da yuksak ösimliklarning 979 turi uçraydi. Ularning 41 tasi madaniy turga mansub. Yovvoyi ösimliklarning 176 tasi endemik, 11 tasi qoldiq (relikt) va 33 turi madaniy ösimliklarning yovvoyi ajdodlari. 7 turdagi ösimlik Özbekiston Qizil kitobiga kiritilgan. Q. hududi tropik bölmagan çöl zonasida joylaşganligi sababli ösimlik qoplami zonalar böyiça ajralib turadi: Ustyurt pla-tosi, Amudaryo deltasi, Qizilqum şim.-ğarbi va qoldiq past toğlar tabiiy geografik zonasi. Ustyurt land-şafti gipsli, şörxok va qumli çöl bölib, ösimliklari gipsofit, galofit va ozroq psammofitlardan ibo-rat. Bu hududda 400 dan ziyod yuksak ösimlik turi mavjud.
Amudaryo deltasida 655 turdagi gulli ösimlik ösadi. Deltaning suv havzalarida, aksinça, ösimlik turi kam, asosan, qalin töqay ösimliklari va qamişdan iborat. Qizilqumning şim.- ğarbiy qismida katta maydonlarda siyrak öt-butali çölga xos ösimliklar (kserofil boşoqlilar, qoraboş, efemerlar, yulğun, oq sak-sovul) ösadi.
Qoldiq toğlarda ösimlik turi nisbatan köp. Bu yerda 506 turga mansub yuksak ösimlik uçraydi.
Hoz. vaqtda Q. tabiiy ösimliklaridan yem-xaşak, örmon (töqay) xom aşyosi va dorivorlar sifatida, 50% yer maydonidan (9387,7 ming ga) yay-lov sifatida foydalaniladi. Q. örmon-töqay fondi 1129 ming ga maydonni egallaydi. Töqaylar asalariçilikda ham ahamiyatga ega. Respublikada dorivor ösimliklarning 364 turi mavjud.
Hayvonot dunyosi ham xilma-xil: umurtqali hayvonlarning 500 ga yaqin, şu jumladan, sut emizuvçilarning 68, quşlarning 300 dan ziyod, sudraluvçilarning 33, suv va quruqlikda yaşovçilarning 2, baliqlarning 50 ga yaqin turi ma'lum. Umurtqasiz hayvonlarning 3500 dan ortiq turi aniqlangan. Sönggi 10 yil içida Q. hayvonot dunyosi ança özgarişlarga uçradi. Köpgina turlar soni qisqardi va ular noyob yoki yöqolib borayotgan turlar qatoriga kiritildi. Sut emizuvçilarning 10, baliqlarning 12, quşlarning 37, sudraluvçilarning 10 turi Özbekiston Qizil kitobiga kiritilgan. Çölda sudralib yuruvçilardan kaltakesak, ilonlar; kemiruv-çilardan yumronqoziq, qumsiçqon, qöşoyeq; yirik sut emizuvçilardan jayran, böri, tulki; quşlardan saksovul soykasi, burgut, tuvaloq, söfitörğay; örgimçaksimonlardan çayon, falanga va b. yaşaydi. Töqaylarning hayvonot dunyosi nisbatan boy: qirğovul, ördak, ğoz, qoravoy, loyxörak; sut emizuvçilardan çiyaböri, töqay muşugi, böri, tulki, tolay quyon, qobon va b. Ondatra iqlimlaştirilgan. Amudaryo va Oroldan pilmay, sazan, taran, laqqa baliq va b. ovlanadi. Ba'zi turlar yöqolib ketgan va sanoat ahamiyatini yöqotgan. Şu bilan birga Q. suv havzalarida baliqning yangi 14 turi iqlimlaştirilgan.
Respublikada 3 maxsus qöriqlanadigan tabiiy hudud: «Badaytöqay» davlat qöriqxonasi, «Sayğoq» va «Sudoçye» buyurtma qöriqxonalari taşkil etilgan. Qöriqlanadigan hududlarning umumiy mayd. 1056,5 ming ga.
Aholisi, asosan, qoraqalpoq va özbeklar, şuningdek, qozoq, turk-man, rus, tatar, koreyslar va b. yaşaydi. Aholining örtaça ziçligi 1 km2 ga 9,4 kişi. Şahar aholisi 48,5%, qişloq aholisi 51,5%. Davlat tillari — qoraqalpoq va özbek tillari. Dindorlari — musulmon sunniylar. Yirik şaharlari: Nukus (siyosiy ahamiyati böyiça Toşkentdan keyin 2-örinda), Törtköl, Taxiatoş, Xöjayli, Qönğirot, Çimboy.
Tarixi. Q. hududida odam sönggi paleolit davridan yaşay boşlagan. Mil. av. 5-ming yillik — 2-ming yillik boşlarida aholi, asosan, Amudaryo deltasi va Orol, Kaspiy dengizlari yon atroflaridagi çöllarda joylaşgan. Mil.av. 2-ming yillik oxirida bu hududda suğoriladigan dehqonçilik paydo bölgan. Mil. av. 7— 6-a.larda Q. hududida qad. davlatçilik markazlari yuzaga kelgan. Mil. av. 4-a.da Axomaniylar saltanati tarkibidan ajralib çiqqaç, yagona qad. Xorazm davlati taşkil topdi. Qöyqirilgan-qal'a, Oyböğir va Burliqal'a ş.lari xarobalarini qaziş vaqtida qad. yozma yodgorliklar (mil. av. 4-a.ga oid), Qöyqirilganqal'a va Oqşoxonqal'ada qad. tasviriy san'at va haykalta-roşlik yodgorliklari topildi. xorazmşoxdarning Tuproqqal'a (mil. 3— 4-a. boşlari) saroyi sönggi antik dav . rning eng ulkan yodgorliklaridan biri hisoblanadi. 8-a.da arablar olib kelgan islom dini zarduştiylik aqidalarini surib çiqardi. 12—13- a.larda buyuk Xorazmşohlar davlati Ğarbiy Osiyo va Urta Şarkda eng yirik va kuçli davlat edi. 13-a.da möğullar isti-losidan söng bu davlat parçalanib ketdi. 14-a.da Xorazm Oltin Ördaning eng boy va madaniy viloyatiga aylandi. Q. hududidan Osiyodagi qöşni mamlakatlar, Daşti Qipçoq va Volga böyiga muhim savdo yöllari ötgan va xalqaro savdoda muhim ahamiyatga ega bölgan.
Qoraqalpoqlarning eng qad. etno-genezi Amudaryo deltasi va Orol-Kaspiyböyi çöllarida mil.av. 7 — 4-a. larda yaşagan sak-massaget qabilalari bilan boğliq. 6—8-a.larda mahalliy aholi bilan turkiy qabilalar qisman aralaşib ketgan. 8— 10-a.larda bijanak (peçeneg va ögizlar muhitida qoraqalpoq millati şakllana boşladi. Çingizxonning bosqinçilik harakatlari vohani çölga aylantirgan, Amudaryo quyi oqimi atroflarida yaşagan aholining köplab köçib ketişiga sabab bölgan. Qoraqalpoqlar ğarbga Özböy, Volga va Ural tomonga köçib ötganlar. U yerda Oltin Örda tarkibida bölganlar. Ular Raşiduddin asarida «qavmi kulohi siyoh» deb atalgan.
Qoraqalpoqlarning aksariyat qismi 17 — 18-a.ning örtalarida Sirdaryoning örta va quyi oqimlarida yaşagan. 18-a. ning örgalarida siyosiy voqealar, ya'ni qozoq xoni Abulxayrxon qoraqalpoq yerlariga hujum qilişi oqibatida ular Sirdaryo deltasidagi ğarbiy tarmoği — Janadaryo böylariga köçib ötdilar va Amudaryoning quyi oqimida yaşovçi qoraqalpoqlar orol özbeklari bilan birlaşib, markazi dastlab Qönğirot, söngra Şohtemir (hoz. Çimboy) bölgan davlat (Orol mulkini) tuzdilar. Qoraqalpoklar asosan, çorvaçilik, dehqonçilik va baliq ovlaş bilan şuğullanganlar.
1811 y.da qora-qalpoqlar Xiva xonligiga tobe böldi. 1873 y.darus podşo qöşinlarining Xivaga qilgan yurişidan söng va Gandimiyon şart-nomasi tuzilgaç, Amudaryoning öng sohilidagi qoraqalpoqlar yaşaydigan hudud Rossiyaga qöşib olingan va bu yerda Turkiston general-gubernatorligining Sirdaryo viloyati Amudaryo bölimi taşkil etilgan. Amudaryo bölimi 2 uyezd: markazi Törtköl qal'asi bölgan Şöraxon va markazi Çimboy bölgan Çimboy uyezdiga ajratildi. Şunday qilib, qoraqalpoqlar yaşaydigan hudud 2 ga ajratib taşlandi. Çap sohil qismi Xiva xonligi tarkibida qoldi. Bu esa qoraqalpoqlarning siyosiy va milliy birlaşuviga ğov böldi. Mustamlakaçilik zulmi 20-a. boşlarida zörayib ketdi. 1916 y.da Çimboy, Törtköl va b. joylarda podşo Rossiyasi siyosatiga qarşi qözğolonlar böldi. 1917 y.da podşo hukumati ağdarilgaç, öng sohil qismi Turkiston ASSR tarkibiga kirdi, 1918 y.da bu yerda şörolar hokimiyati örnatildi. 1919 y.da Çimboy volostida xalq qözğolonlari boşlandi. 1920 y.da Amudaryo bölimi Turkiston ASSRning Amudaryo viloyatiga aylantirildi. 1920 y. apr.da Xiva xonligi hududida Xorazm Xalq Sovet respublikasi tuzildi va uning tarkibiga qoraqalpoqlar yaşaydigan joylar ham kiritildi. 1924 y. aprelda Qozoğiston-Qoraqalpoğiston muxtor viloyati tuzildi. Uşa yilda çap va
öng sohil birlaşib, yagona Qoraqalpoq muxtor viloyati maqomida qozoğiston muxtor respublikasi tarkibiga kirdi. 1924 y. okt.da Örta Osiyo sovet respublikalarida milliy-davlat çegaralanişi davomida Turkiston ASSR tarkibidagi Q. muxtor viloyati tuzildi.
1929 y.da Taxtaköpirda köplab mahalliy aholi kolxozlaştiriş siyosa-tiga qarşi çiqdi. Bu voqea Q.ni Rossiya Federatsiyasiga bevosita qöşib oliş uçun asosiy sabab böldi. 1932 y. martda Q. muxtor viloyati q. muxtor respublikasiga aylantirildi. 1936 y.dan Özbekiston tarkibida.
Q. bir qança repressiyalarni boşdan keçirdi: 1917 — 22, 1928-30, 1932-33, 1934-36, 1936-38, ikkinçi jahon uruşi va uruşdan keyingi yillarda. Öşa davrlarda an'anaviy jamoat, xöjalik va madaniy munosabatlar yöq qilindi, bir neça ön ming kişi qatağonga uçradi.
1950—80 y.larda Q.da totaligar boşqaruv tizimi hukmron böldi. Paxta yak-kahokimligi, q.x.dagi ma'muriy buy-ruqbozlik siyosati agrof muhitning buzilişi va Orol dengizining qurişiga olib keddi. Orol fojiasi regionda ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni keltirib çiqardi, aholi soğliğining yomonlaşuviga olib keldi. 1990 y. 14 dek.da Q. Respublikasi suvereni-teti e'lon qilindi. 1991 y. 31 avg.da bu holat «Özbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi asoslari töğrisida»gi Qonunda öz aksini topdi. 1993 y. 4 dek. da davlat madhiyasi tasdiqlandi. Milliy mustaqillik davrida respublika suverenitetining meyoriy-huquqiy asoslari mustahkamlandi, yangi ma'muriy hokimiyat tuzilmalari faoliyati örnatildi. Respublikada 17 şahar va tuman hokimiyati, fuqa-rolarning mahalliy öz-özini boşqariş organlari taşkil etildi, 200 dan ortiq jamoat taşkilotlari işlab turibdi.
Asosiy siyosiy partiyalari, kasaba uyuşmalari va b. jamoat taşkilotlari. Q.da Özbekiston Xalq Demokratik partiyasining Qoraqalpoğiston Respublikasi taşkiloti (1995.25.12), «Adolat» Sotsial Demokratik partiyasining Qoraqalpoğiston Respublikasi taşkiloti (1996.27.02), «Fi-dokorlar» Milliy Demokratik partiyasining Qoraqalpoğiston Respublikasi taşkiloti (1999.22.01), Özbekiston tadbirkorlar harakatining Liberal Demokratik partiyasi Qora-qalpoşston Respublikasi taşkiloti (2004.23.01) hamda «Kamolot» yoşlar ijtimoiy harakatining Qoraqalpo-ğiston Respublikasi taşkiloti faoliyat körsatadi.
Dastlabki kasaba uyuşmalari taşkilotlari 20-a.ning 20-y.larida taşkil etilgan. 1951 y.ning avg. oyida Q. viloyat kasaba uyuşmalari kengaşi taşkil topgan. 2005 y.ning mart oyida kasaba uyuşmalari kengaşi Qoraqal-poğiston Respublikasi kasaba uyuşmalari taşkilotlari birlaşmasi deb qayta nomlandi. Uning tarkibiga işçi-xizmatçilarning 11 dan ortiq kasaba uyuşmasi kiritilgan: agrosanoat majmuasi, avtotransport va pul xöjaligi, aloqa. ta'lim va fan, soğliqni saqtaş, davlat muassasalari, madaniyat, mebel sanoati va kommunal-xöjalik korxonalari, yoqilğienergetika, geol. va kimyo sanoati, kiçik biznes. iste'molçilar kooperatsiyasi, savdo va tadbirkorlar, quriliş va sanoat qurilişi materiallari.
Xöjaligi. Q. — xöjaligi rivojlangan respublika. Q. hududida foydali qazilmalardan gaz, gaz kondensati, neft, quriliş va qoplama toşlar, gips va ohaktoş, keramzit, sement, kon-ruda va kon-texnika xom aşyosi olinadi.
Sanoatida işlov beruvçi va xom aşyo yetkazib beruvçi tarmoqlar mavjud bölib, ular quyidağilardan iborat: elektroenergetika; yoqilği sanoati; kimyo va neft kimyosi; maşi-nasozlik va metallsozlik; örmon. yoğoçni qayta işlaş va sellyuloza-qoğoz; un-yorma va aralaş yem; poli-grafiya sanoatlari.
Taxiatoş issiqlik elektr st-yasi respublika va qöşni viloyatlarning elektr energiyasiga bulgan talabini qondiradi (st-yaning örtaça yillik quvvati 443,4 MVt). 1996 y.da Qönğirot tumanida «Ustyurtgaz» korxonasining işga tuşirilişi bilan yoqilği sanoati vujudga keldi. 2004 y.da respublika buyiça 1697,1 mln. m1 gaz va 30,4 ming t kondensat yetkazib berildi. 1993 y.da «Nukuskabel» işga tuşirilişi bilan kabel sanoati vujudga keldi. Mustaqillik yillarida Qöngirot un z-di (1993), «Tört-köldon» (1997), kiçik novvoyxonalar va makaron i.ç. korxonalari bunyod etildi.
Yirik sanoat korxonalari Amudaryo tumanida (paxta z-di va ip pigiruv va töqimaçilik f-kasi), Beruniy tumanida (paxta, yoğ-moy z-dlari, töqi-maçilik korxonasi). Qunğirot tuma-nida (paxta, un-yorma z-dlari, «Us-tyurtgaz»), Törtköl tumanida (paxta, un tortiş z-dlari), Xöjayli tuma-nida (paxta, yoğ-moy, ta'mirlaş-me-xanika va gişt z-dlari). Çimboy tumanida (paxta, yoğ-moy, un-yorma z-dlari), Ellikqal'a tumanida (paxta z-di, «Elteks» aksionerlik jamiyati va «Yuniver» qöşma korxonasi), şuningdek, Nukus ş.da (vino z-di, poligra-fiya k-ti, «Kateks», «Nukus non», «Daunt» korxonalari, un-yorma z-di, 2 ta quriliş sanoati korxonasi) va taxiatoş ş.da (ta'mirlaş-mexanika va uyayorma z-dlari) faoliyat körsatadi.
Respublikada benzin, kerosin, dizel yonilğisi, ohaktoş, qoplama materiallar, yiğma temir-beton buyumlari, mebel, ip tolasi, paxta, tikuvçilik mahsulotlari. töqimaçilik galantereyasi, ösimlik moyi, göşt va göşt mahsulotlari. non, qandolatçilik va makaron mahsulotlari, un, yorma va b. işlab çiqariş yölga qöyilgan.
Qişloq xöjaligi, asosan. paxtaçilik, ğallaçilik (şoli va bug-doy yetiştiriş) va çorvaçilik (göşt, sut, qorakölçilik)dan iborat. Qx.ning yalpi mahsuloti hajmida paxta 22,4%, ğalla ekinlari 22,1%, çorva mahsulotlari 36,4% ni taşkil etadi. 2004 y.la umumiy ekin maydoni 251,2 ming ga, şundan 92,9 ming ga maydonga donli ekinlar, 102,9 ming ga yerga paxta. 13 ming ga yerga sabzavot-poliz, 34,2 ming ga yerga yem-xaşak ekinlari ekildi.
Çorvaçilik, asosan, göşt-sut yetiştirişga ixtisoslaşgan. 2005 y.da barça toifadagi xöjaliklarda 437,7 ming qoramol, 539,9 ming qöy va eçki, 844,7 ming parranda, 15,8 ming ot boqildi.
Transporti. Q. keng va turli-tuman transport tarmoğiga ega. T.y., havo, avtomobil transportlaridan keng foidalaniladi. 1994 y.da avto-mobil yöllarining umumiy uz. 4295 km, şu jumladan, qattiq qoplamali yöllar 4235 km bölgan. 1999 y.da Amudaryoga Nukus va Xöjayli ş.larini birlaştiruvçi avtomobil yölli köprik qurildi. Qoraözak — Miskin, Miskin —Gazöçoq. Miskin—Buzoqboşi t.y. qurib işga tuşirildi. 2005 y.da t.y. uzunligi 984 km ga yetdi. Nukusda trolleybus qat-novi yölga qöyilgan (1991). Nukus aeroporti 1940 y.da qurilib. 2003 y.da rekonstruksiya qilingan. 1 soatda 200 kişiga xizmat körsatadi. 1998 y.da Q.da «Özdunrobita» Özbekiston — Amerika qöşma korxonasinkng uyali telefon tarmogi faoliyat boşlagan.
Tibbiy xizmati. Respublikada 70 ta tibbiy muassasa (9485 örin), 246 am-bulatoriya-poliklinika muassasasi, ularning tarkibida 20 qişlok, uçastka vraçlik punkti, 6 şahar va mahalla vraçlik punkti, tuman markaziy kasalxonalariga qaraşli 14 poliklinika, 20 respublika va şahar hamda kasalxonalar bilan birlaşgan 20 poliklinika, 3 bolalar poliklinikasi, 2 respublika muassasalariga qaraşli poliklinika bor. 1991—2005 y.larda 61 qişloq vraçlik punkti; Nukus ş.da Respublika akuşerlik va ginekologiya i.t. in-tining filiali, 2 poliklinika (100 bemorni qabul qilişga möljallangan) qurildi. Q.da 3,6 ming vraç (har 10 ming aholiga 23,1 vraç, 15,5 ming örta tibbiy xodim (har 10 ming kişiga 98,7) faoliyat yuritadi. Har 10 ming kişiga kasalxonalarda 60,6 örin töğri keladi. Aholiga Özbekiston respublika şoşilinç tibbiy yordam markazining Nukus ş.dagi filiali, şuningdek, 14 tuman markaziy kasalxonasi va taxiatoş ş. kasalxonasi qoşidagi tez tibbiy yordam bölimlari xizmat körsatadi. Nukus ş.da 2 ta şahar poliklinikasi «oilaviy poliklinika» sifatida faoliyat yuritadi. Keyingi 10 yil içida respublikada hamşiralik par-varişi böyiça 75 örin taşkil etilgan. Nukus ş.da 1998 y.dan Skrining markazi, 2003 y.dan esa bir smenada 100 ösmirni qabul qilişga möljallangan respublika ösmirlar markazi işlab turibdi. Respublikada Toşkent pediatriya in-tining filiali, 4 tibbiyot kolleji mavjud. 9 sanatoriy-profilak-toriy (1200 örin) faoliyat körsatadi.
Sporti. Q. sportçilari sportning kuraş, boks, futbol, oğir atleti-ka, voleybol, basketbol, ot sporti turlari va b. böyiça mamlakat muso-baqalarida iştirok etib kelmoqdalar. Q.da 14 stadion, 467 sport zali, 3159 sport maydonçasi, 3 suziş hav-zasi, tennis kortlari va b. sport inşootlari bor. Bir qança qoraqalpoq sportçilar Özbekiston, Osiyo, jahon sport musobaqalarida qatnaşib, ğoliblikni qölga kiritganlar yoki sov-rinli örinlarni egallaganlar. Q. sportçilari «Umid nihollari», «Barkamol avlod», studentlar universia-dalarida muvaffaqiyatli qatnaşib kelmoqdalar. Muaytay böyiça 5 karra jahon çempioni Erkin Qutiboyev, oğir atletika böyiça Osiyo çempioni Baxtiyor Nurullayev, Olimpiada öyinlari kumuş medali sovrindori Sergey Sirsovning nomlari maşhur. 12-Osiyo öyinlarida boks böyiça Ali-şer Avezboyev, futbol böyiça Ber-dax Allaniyazov, eşkak eşiş böyiça Baxtiyor Davletyarovlar ğoliblikni qölga kiritdilar. Respublikada xalqaro toifadagi sport ustalari, sport ustaligiga nomzodlar, 1 toi-fadagi sportçilar tayyorlanadi.
Maorifi, ilmiy va madaniy-ma'rifiy muassasalari. 2004/05 öquv yilda Q.da 763 umumiy ta'lim maktabi faoliyat körsatib, ularda 338 mingdan ziyod öquvçiga 36,1 ming öqituvçi ta'lim beradi. «Pro-T4-Ş gress» ta'lim va taraqqiyot markazi Özbekistondagi 21 -a. maktabining ando-zasi sifatida tan olindi. Öqitişning noan'anaviy uslublaridan foydalaniş, eng yangi
darsliklar, öquv dasturlari, audio va videotexnikalarni qöllaş öquvçilarga ingliz tilini örganişga yordam beradi. Uning filiallari Qönğirot, Törtköl, Xöjayli tumanlarida oçilgan. Öquvçilarning kompyuter savodxonligini oşirişga alohida e'tibor berilgan. 6 yoşdagi bolalarni kasbiy yönaltiriş va ularni maktabdagi öqişga tayyorlaş maqsadida şahar va tuman xalq ta'limi bölimlari qoşida «Diagnostika markazlari» taşkil etilgan. 72 kasb-hunar kolleji, 5 akademik litsey bor. Bu örta maxsus öquv yurtlarida 60,6 ming öquvçi öqiydi. Q.da Qoraqatoq universiteti, Nukus pedagogika instituti hamda Toşkent tibbiyot pediatriya in-ti bilan Toşkent agrar un-tining filiallari bor. Ularda 9 mingga yaqin talaba ta'lim olmoqda.
35 ilmiy muassasa, şu jumladan, ÖzR FA Qoraqalpoğiston bölimiga qaraşli 6 ta bölinma (ÖzR FA Qora-qalpoğiston bölimining tabiiy fanlar kompleks in-ti, Bioekologiya in-ti, Orolböyi ijtimoiy-iqtisodiy muammolar in-ti, N.Dovqorayev nomidagi Til va adabiyot in-ti, Tarix, arxeologiya va etnografiya in-ti, Qoraqalpoğiston klinik va eksperimen-tal tibbiyot ilmiy tadqiqot inti), Botanika boği işlab turibdi.
Matbuoti, radioeşittiriş va televideniyesi. Q.da 5 respublika, 14 tuman, 1 şahar (Nukus), 20 tarmoq gaz. lari, 2 byulleten va 9 jurnal naşr etiladi. Şulardan yiriklari: «Yorqin Karaqalpaqstan» (1924 y.dan), «Vesti Karakalpakstana» (1919 y.dan), «Qaraqalpaqstan jaslari (1931 y.dan)», «Amu tongi» (1991 y.dan), «Ustoz jolm» (1998), «Garezsizlik xem nmzam» (1996 y.dan), «Davr közgusi» (1978 y.dan), «Madaniyat xem sport» (1997 y.dan), «Amudaryo» (1932 y.dan), «Vestnik» (1960 y.dan), «Aral qmzlari» (1991 y.dan), «Ilim xem jemiyet» (1991 y.dan), «Saniyat» (2003 y.dan), «Eko-nomika xem bank» (2003 y.dan), «Karakalpakstan» (2002 y.dan), «Bilim xem ondiris», «Jipek jolm» (1999 y.dan). Q. radiosining eşittirişlari 1932 y. yanv.da boşlangan. Dastlab radioeşittirişlar qisqa axborotlar tarzida taşkil qilingan. 1935 y.da ularning hajmi 3 soatgaça yetkazilgan. Hoz. kunda Q. radiosi kuniga 6,5 soat hajmda eşittirişlar olib boradi.
Q televideniyesi dastlab 1964 y. 5 noyabrda efirga çiqdi. Ilk faoliyati davrida körsatuvlar keçki paytda 1,5 soat hajmda berilgan. Hoz. kunda ertalab 1,5 soat va keçki payt soat 19 dan yarim tungaça, dam oliş kunlari telekörsatuvlar olib boriladi.
Adabiyoti. Qad. va boy tarixga ega qoraqalpoq folklorining asosini lirik va epik asarlarning barça turlari taşkil etadi. Lirik janr asarlariga xalq, marosim qöşiqlari (yor-yor, xaujar, jöqlov, yaramazon, gulap-san, badik va b.), aytis (aytişuv, qöşiq-bellaşuvlar), matal va maqollar, masallar, tez aytiş; epik janr asarlariga ertak, tölgov, terma, dos-tonlar kiradi.
Dostonlar qoraqalpoq folklorining asosiy janri bölib, 4 tur (qahramonlik, lirik, ijtimoiy-maişiy, tarixiy dostonlar)ga bölinadi. Qoraqalpoqlarda keng tarqalgan doston «Alpamis» dostoni. Şuningdek, «Yedige», «Qublon», «Qirq qiz» dostonlari maşhur.
Qoraqalpoq mumtoz adabiyotining yirik namoyandasi şoir Jiyen jirovning (1730—84) faoliyati muhim ahamiyatga ega. Özining «Uluğ toğ», «Pösgan yel» dostonlarida qoraqalpoqlarning Xorazmga köçib keliş tari-xini yozgan. Qoraqalpoqlarning turkistondan köçib kelişiga şoirning yana bir «Xuş böling, döstlar» şe'ri bağişlangan. Yana bir şoir Kunxöja şe'rlarida özi yaşagan davrdagi xalq hayotini tasvirlagan. Ajiniyazning ijodi 19-a.da ijod qilgan qora-qalpoq şoirlari orasida yetakçi örinni egallaydi. Uning asarlari alohida töplamlar sifatida qoraqalpoq, özbek, qozoq va rus tillarida çop etilgan. Berdaq şoirning lirik, satirik, didaktik şe'rlari, tarixiy dostonlari diqqatga sazovor. Şunin-gdek, Oteş Alşinbay öğli (1828— 1902), Kulmurot Qurbon öğli (1845— 1926), Omar Sugirimbet öğli va b. şoirlarning şe'r, doston va b. asarlari qoraqalpoq adabiyoti tarixida munosib örin egallaydi.
20-a. boşlarida qoraqalpoq adabiyotida şe'riyat yetakçilik qildi. Hoz. zamon qoraqalpoq adabiyotining asosçilari A. Musayev, S. Majitov, K. Avezov, K.Yorma-nov, I. Fozi-lov, N.Dovqorayev, A. Begimov, J. Aymurzayev, D. Nazberganov, M. daribayev, A. Şomu-ratov, S. Qurbon-niyozov va b.ning ijodida madaniyat va ma'rifat, ta'lim, mehnat, tabiat gi, ayollar tengligi niy masalalar asosiy böldi.
20-a.ning 20—40-y.laridagi qoraqalpoq adabiyotida Qozi Maulik Bekmuham-mad öğli (1885—1950), A.Dabilov, S. Nurimbetovlar ijodida xalq oğzaki ijodining boy an'anaviy merosi keng tasvirlangan. 1940—45 y.larda qoraqalpoq adabiyotida taşviqot-tarğibot yönalişidagi publitsistik asarlar bilan felyeton, oçerk, qisqa hikoyalar yaratila boşladi. Badiiy asarlarning asosiy mavzusi faşizm ustidan ğalaba qozoniş, qahramonlik ğoyalari bölib, badiiy asarlarda ham uruş qahramonlarining obrazlari yaratilgan.
Uruşdan keyingi davrda (1946—60) şe'riyat, proza, dramaturgiya, bolalar adabiyoti, adabiyotşunoslik va adabiy tanqidçilik rivojlandi. Öşa davrda yozuvçi va şoirlardan I. Yusupov, T.Jumamuratov, B. Qaipnazarov, B. Ismoilov, X.Turimbetov, O.Xöjaniyozov, T.Qaipbergenov, K.Sultonov, G.Seytnazarov, T.Seytjonov, J. Dilmurotov, S.Pirjonov va b. ning ijodi samarali böldi. Adabiy tarjimaşunoslikka ham köp e'tibor berildi. Qoraqalpoq yozuvçilarining köp asarlari, ba'zi adiblarning töplamlari özbek, rus, qozoq tillariga tarjima qilindi. Öz navbatida boşqa xalqlar adabiyot vakillarining saylanma asarlaridan qoraqalpoq tiliga ögi-rilgan tarjimalari naşr qilina boşlandi.
1960—80 y.lar qoraqalpoq dramaturgiyasida P.Tölegenovning «Onalar», «Kölanka», «Inson taqdiri», J. aymurzayevning «Ber-daq», «Qadrdon dok-tor», S.Xojaniyo-zovning «Suymaganga suykanma», «Ahmoq podşo», T. Seytjonov, I. Yusupovning pyesalari (A.Şamuratov b-n birgalikdagi) muhim ahamiyat kasb etadi. Şu davrda lirik-epik şe'riyat mazmuni va mavzusi, uning janr jihatdan öziga xosligi rivojlandi va boyidi.
1970—80 y.lar dramaturgiyasida teatr sahnalarida qöyilgan K.Rahmonovning (1942—2002) «U dunyoga taklif» tragikomediyasi, «Injiqning muhab-bati» komediyasi, I.Yusupovning «Ajiniyaz» operasi librettosi yangi muhim hodisa sifatida tan olindi. X. Saparov, Ş. Dilmurotov va b.ning şe'riy töplamlari qoraqalpoq bolalar adabiyotiga qöşilgan muhim hissa böldi. 1970—80 y.lardagi qoraqalpoq prozasi G.Yesemuratova, U.Pirjanov, A.Atajanov, J. Seytov, S.Bahodiro-va, X.Hamidov, K. Mambetov, O.Bek-baulov, I.Qurbonboyev, S.Soliyev, M.Qayipov kabi yozuvçilar bilan boy-idi. Hoz. zamon qoraqalpoq prozasining rivojlanişida T.Qaipbergenovning ijodi alohida örin tutadi.
Hoz. zamon qoraqalpoq şe'riyatini ğoyaviy-mavzuli badiiy-estetik jihatdan boyitişga I.Yusupov salmoqli hissa qöşdi. 1980-y.larning 2-yarmida K.Mambetovning «Xujdan». O.Abdurahmonovning «Bösağa», A.Otepbergenovning «Dözax içida», K.Rahmonovning «Oqibat», Ş.Seytovning «Xalqobod» romanlari yaratildi. Şe'riyatga öz ovoziga ega bölgan K.Karimov, K.Reymov, N.Toreşova, M.Jumanazaro-va, O.Seytayev, O.Satbayev, J.Xöşniyozov, X.Dauletnazarov, J.Izboskanov, X.Ayimbetov kabi iste'dodli ijodkorlar kelib qöşildi.
Teatr sahnalarida tragediya, komediya, tragikomediya janrlaridagi K. Rahmo-novning «Laqqilar kasalxonada», S.Jumagulovning «Ekstrasens», «Kuyovingni berib tur», K. Matmurotovning «Farzand», M.Nizamovning «Noyob nusxa», J. Xöjanovning «Qöşnimning qizi» asarlari qöyildi.
Qoraqalpoğiston adabiyotşunoslik faniga 1930-y.larda N.Dovqorayev (1905-53), K.Aymbetov (1908-73), I.Sagitov (1908—93)lar tomonidan asos solingan. Ularning davomçilari: M.Nurmuhammedov (1930 — 86), N.Japakov (1914—75), S.Ahmetov (1929-96), K.Maksetov (1927-2003), G.Yesemuratov (1930), J.Narimbetov (1937 — 2004), K.Sultanov (1932- 2000). K.Mambetov (1942-2001), T.Mambetniyazov (1930), K.Bayniyazov (1934), S. Bahodirova (1944), A.Paxretdinov (1938) va b.
Me'morligi va tasviriy san'ati. Qoraqalpoqlar san'atini örganiş xalqning uzoq ötmişi bilan tanişişga imkon beradi. Uning izlarini antik davr me'moriy yodgorliklari-da, mas, Tuproq-qal'aaatç Xorazm sivilizatsiyasiga, oid devoriy tasvirlarda köriş mumkin. Qoraqalpoqlar san'atining sarçaşmalari Şarqiy Yevropa va Osiyo qad. madaniyati bilan çambarças boğliq. Qoraqalpoq ornamentlari Kiyev yaqinidan topilgan — kumuşdan yasalgan tamğali belboğ qadamalari, fibullar va çakka halq-alarida ham uçraydi. Bu tasodifiy emas, çupki «qora kulohlar» qabilalari 12-a.da Kiyev Rusining çegarasida yaşagan. Çirikrabotpa topilgan zargarlik buyumlaridagi motivlarni qoraqalpoq ornamentining timsoli deb hisoblaş mumkin. Qoraqalpoqlarda xalqning öziga xos etnik xususiyatlari gilam va kaşta buyumlarida yaqqol aks ettirilgan. Ularga qöşni bölgan xalqtar orasidan qoraqalpoqtarda köproq turkman ornamenti va naqşlariga yaqinlik seziladi. Qoraqalpoq kigiz va namatlaridagi bezaklar juda qiziqarli bölib, ularga naqş tuşiriş texnikasi öziga xos. qozoqlarnikidan farqli ölaroq, applikatsiya yöli bilan tuşiriladi. Ularda bezaklar tölqin körinişida böladi, bu juda qad. ornament bölib, suv ramzini bildiradi. Çunki qoraqalpoqlar qad. dan daryo va köl böylarida yaşab kelganlar. Ularda qadimdan movut va fil suyagi bilan qadama naqşli yoğoç öymakorligi rivojlangan. Qoraqalpoğiston hududida antik, örta asr va yangi davrlarga oid me'morlik yodgorliklari mavjud. Me'morlik va tarixiy yodgorliklardan 237 tasi röyxatga olingan, ulardan 145 tasi arxeologiya, 25 me'morlik va 67 tasi monumental yodgorliklardir. beruniy tumanidagi Sulton Uvays Bobo (P-14-a. lar), keçirmas Bobo (17— 19-a.lar); Törtköl tumanidagi Qalan-dardağ (18-19-a.lar). Norinjon Bobo (12—14-a.lar) majmualari, Xöjayli tuma-nidagi Mazlumxon Sulu va Mizdahqon (11 —19-a.lar); Qönğirot tuma-nidagi Beleuli (12— 14-a.lar). davut Ota maqbarasi; Möynoq tumanidagi Hakim Ota maqbarasi va qabristoni, Ellikqal'a tumanidagi Ayozqal'a-1 va Ayozqal'a-2 (3—8-a.lar), Tuproqqal'a (3- a.) eng muhim yodgorliklardir.
20-a.da Q.da gasviriy san'at şakllari rivoj topdi (I.Savitskii, Q.Soipov, J.Izentayev, J.Quttimurodov va b.). Nukusda Qoraqalpoğiston davlat sanat muzeyi, Qoraqal-pogiston Respublikasi ölkaşunoslik muzeyi faoliyat körsatmoqda. Qoraqalpoq san'ati an'anaviy şaklga, çuqur tarixiy ötmişga ega. Bugungi Q. san'atda öziga xos milliylik saqlanib qolgan mintaqadir. Xalq orasida ötov, hovli an'anaviy yaşaş joylari hisoblanadi. Bugungi kunda ham san'atdagi an'anaviylik hamda milliy öziga xoslik saqtanib qolgan va öz rivojlanişiga ega.
Musiqasi. Q. musiqa madaniyati uzoq tarixga ega bölib, hoz. kunda boy musiqiy folklor, oğzaki an'anadagi professional musiqa va, şuningdek, 20-a.da rivoj topgan kompozitorlik ijodiyoti namunalariga egadir.
Musiqiy folklor şakllar asosini qöşiqlar taşkil etadi. Xalq marosimlari bilan boğliq bir qança janrlar (mav-sum marosim qöşiqlardan «Aydar-aydar» — şamolni çaqiriş, dinii marosim — «Yaramazan», oilaviy marosim va maişiy qöşiqlardan «Yar-yar», «Heujar», «Ölen», «Sinsiu», «Joqlau» va b.) uning eng qad. qatlamini taşkil etadi. Badiiy mazmuniga köra xalq qöşiqlari işqiy-lirik, tarpxiy, marosim, ayollar (qizlar), bolalar qöşiqtaridan iborat. Ularning aksariyati diatonik ladlarga asoslanib, ohanglari melizmatik bezaklarga boy, kuyçanlik xususiyatlarga ega. Qoraqalpoqtarda islomdan oldingi madaniyat hisoblanuvçi ruhlarni çaqiriş. ular yordamida bemorlarni davolaş uçun por-xan (parixon)lar tomonidan ijro etilgan aytimlar ham saqtangan («badik», «gulapsan»). Folklor musiqasida ayollar (qizlar)ning çangqöbiz musiqasi, yigit-qizlarning teatrlaşgan öyinqöşiqtari, laparlari («yağln baxar») mavjud.
Qoraqalpoqparning oğzaki an'anadagi professional musiqasining markaziy qismini doston musiqasi egallaydi. Qoraqalpoq doston ijroçilari 3 turga bölinadi; jirovlar, bax-şilar va qissaxonlar. Ularning har biri öziga xos ma'lum ijtimoiy-siyo-siy şaroitda yuzaga kelgan bölib. bir-biridan repertuarilagi dostonlar mazmuni, ijro uslubi. doyeton aptim kuylarn hamda muspqiy çolgu jörna-vozligi jihatidan farq qpladi. Jirovlar faoliyati an'anaviy ijodning eng qad. qatlamiga mansub bölib, qahramonlik dostonlarni («Qoblan». «Şaryar», «Yedige», «Atpamis». «Mas-patşa»), tarixiy tölgovlarni içki ovozda qöbiz jörligila ijro etişadi. Baxşi (baqsi) lar işqiy-lirik va qahramonlik dostonlarni («Yusuf-Zulayha», «Zaure-Tlyir». «Yusuf-Ahmet», «Göröğli») hamda mumtoz şe'riyati asarlarini oçiq ovozda. dutor va ğijjak jörligila (gohida bulamon ham qöşiladi) ijro etişadi. Kuylar murakkabligi. ifoza vositalar boiliti bilan jirovdan farq qiladi. Kissaxoplar köpinça savodxon şaxslar bölib, xalq yiğnnlarida dostoi qulyozmalarini öqib yokn yoddan aytib berişadi. Ular şerlarni faqat öziga xos. nuçq intonaiiyasiga yaqin aytim kui (namaTtarga solib, musiqiy ço.pu jörligisnz oçiq ovozda ijro etişadi.
Millny musiqa çolğulari qatoriga dostonçilarçing çolgulari bölmiş qöbiz, lutor, gijjak (girjek) va bölamondai taşqari çapgqöbiz, qamiş surnay va bolalar xuştagi («iskirauik») kiradi. Utmişda qoraqadpoklarda çindov\l. surnay. karpay. nogo-ra, dap (doira) kabi çolğularning mavjudligi haqida qahramonlik dostonlarida ma'dumotlar sakdangan. Bularlan qöbiz va d\tor keng tarqalgan. ularda mohir sozandadar tomonidan krrakalpoq mumtoz çolgu kuylari çalinadp. Ayniqsa. dutor kuplari orasnda «Mu-xalles», «Naliş» kabi tutjumip kunlar şaklan murakkab va pfoda vositalarining boyligi bilan ajralib turali. Qoraqalpoq an'anaviy musiqa rivojlanişiga 20-a.la Nuraoullo jnrsv. Yerpölat jirov. Höqnz jirov, Jumaboy jirpv, Qiyos baxşi Hayratdinov. Japak baxiş Şomurotov. Yesjap baxşi Qospölatop, Kenjaooi baxşi Tilevmurotov, Qoraqalpoğpston xalq artisti T.Qurbonov va 6 salmoqli hissa qöşdilar.
20-a.ning 2 çoragidan boşlab milliy kompozitorlik ijodiyoti şakllana boşladi. Musiqali dramalar, kiçik simfonik asarlar, kamer asarlar va h.k. yozildi. Bu sohaga Jaaq baxşi Şomurotov salmoqli hissa qöşdplar. 1970-90-y. larga kelib opera, opatoriya. Simfoniya, sonata kabi iirik janrlardagi asarlarning ilk tajribalari paydo böldi «Ajiniyaz» operasi (1974), «Birinçi qoraqalpoq simfoniyasi» (1971). birinçi milliy baleti «Oy-jamol» (1996), Ğ.Demesinovning 2 simfoniyasi, fortepiano va orkestr uçun konnertlari va b. O.Şomurotova, Ye.Şeraziyeva, R. Seşpov, S.Mam-betova, O.Otamurotova, I.Rafiqova. D.Kaipov va b. zamonaviy musiqa madaniyatiga sad\yuqli hissa qöşdilar. Respublikaning madaniy hayotida si.m-foçik orkestr. katta xor jamoasi va balet truppasi fao.t iştirok etmoqla. Şuningdek, Berdaq nomidagi filar-\yuniya (1946 y.), Qoraqalpoq davlat teleradioqömitasi qoşidagn xalq çol-ğulari orkestri, «Ayqulaş» aşula va raqs ansambli, «Muxalles» dutorçilar ansambli va b. musiqiy jamoalar faoliyat yuritmoqta. Qoraqalpoğiston o.m-maviy (estrada) musiqasi sohasida «Öynasin» vokal çolgu ansa\:bli. «Yeulzor», «Saubet». «Miiras», «Jigitlar» guruhlari, Z.Xöjanazarova (1961-92).' r'Kutekeyeva. M.Sapayeva. D. Mambetmuratov. Ye.Munteyeva, M.Otamurotov. G.Ollabergenova kabi zstrada xonanlalarn maşhur.
Musiqiy bilim sohasida bolalar muspqa maktablari. Nukuyeda musiqa koldeji. malaniyat kolleji. oliy öquv yurtlari (Nukus un-ti va b.)da musiqiy kafedralar faoliyat körsat\:oqda.
Teatri. Drama va teg.trning e.tement-darida qoraqatpoq xalqnning urf-odatlari va öppnlarida, xatq dostonlari-da. xalq ustalarining ijodiyetida, professionat söz ustalarining san'ati (0\1irbek laqqi. Kampakat-Kampir. Davlat Laqqi. Tinnmqiz)da mujassamlaşgan. 19-a.da masxarabozlarning san'-ati keng tarqalgan. 20-a. boşlarpga kelib teatr professionaz san'at darajasida şakllanli. 1930 y. Törtkölda musiqali drama teatrp taşkil etildi. keyinçaşk unga K.S. Stanislavskiy. 1990 y.da Berdaq nomi berildi. Undan taşqarp Respublikada Qoraqalpoq teatri, 1978 y.la tuzilgan S. Xöjaniyozov nomidagi Davlat yoş tomoşabinlar teatri va 1990 y.dan Davlat köğirçoq teatri faoliyat körsatmokda
Kinosi. 1970 i. 19 fevralda Nukusda Özbeknston ilmiy-ommabop va hujjatli fnlmlari Toşkent kinostudiyasining Qoraqalpoq filiali oçildi. 1970 y.ning örtalariga kelib yoş qoraqalpoq kino san'ati rivojlana boşladi. 1990 y. aprelda uşbu filial bazasida Nukus ş.da «Qoraqalpoq-film» kinostudiyasi vujudga keldi. T.Kalimbetovning «Qalpoqça» (1990), «Qaytiş» (1992) kabi dastlabki badiiy qisqa metrajli filmlari yara-tildi. A.Sultonov ssenariysi asosida «Elim degan er edi». «Ayriliq» kabi hujjatli filmlari ekranga çiqli. Ekologiya, Afgon uruşi. X\okayli arxitekturasi, MDH prezidentlarining uçraşuvi mavzularida filmlar yaratildi. 2002 y.da işlangan «Ona» filmi Buxoro kinofes-tivalining maxsus mukofotiga sazovor böldi. 2003 y. iyul oyida Ins-bruk ş. (Avstriya)da ötkazilgan 12-Xalqaro kinofestivalida «Otabegi» hujjagli filmi qatnaşdi. 2004 y. noyabr oyida Gollandiyada ötkazilgan .YUĞA xadqaro kinofestivalida qagnaşgan «Quduq» hujjatli filmi şu oyning özida Bilbao (Ispaniya) ş.da ötkazilgan Xalqaro kinofestivalida festivalning eig yaxşi rejissura uçun kumuş sovriniga ega böldi.
Taşqi iqtisidiy aloqalari. Respublikaning taşqi savdo aylanmasi 2004 y. uçun 95559,4 ming AQŞ dollari yoki 2003 y. darajasidan 50.2% ortiq. Jumladan. eksport 35160,5 ming AQŞ dollari yoki 2003 n.darajasidan 45.2% ortiq; import 60398.9 ming AQŞ dollari yoki 2003 y.darajasidan 53,3% köp.
2004 y.da taşqi savdo aylanmasining umumiy hajmiga nisbatan asosiy ta.şqi savdo hamkorlari: Xi-toy — 33.4%. Yeyermaniya — 14,6%, Buyuk . Britaniya — 8,1%, Şveysa-rnya — 6,4%. Avstriya — 5.7%. Italiya — 4.1%. Fransiya - 2,9%. AQŞ — 2.5%. Potşa —2,3%, Belgiya — 1.7%ni taşkil qi.t.ti. Asosiy savlo hamkorlari bölib yaqin xori-jiy mamlakatlardan Rossiya (13.1%) va Qozoğiston (1.0%) hisoblanadi.
Eksportdagi asosiy örinni paxta tolasi egallaydi, uning uluşi umumiy eksportga nisbatan 85,3%, şundan uzoq xorij mamlakatlariga eksport 87,1% va yaqin mamlakatlarga 12,9%ni taşkil qiladi. Import strukturasida asosiy uluş maşina va asbob uskunalari — 78,3%, kimyo mahsulotlari —6,7%, qora va rangli metallar — 5,9%, oziq-ovqat mahsulotlari — 3,2%ga töğri keladi.
Ad.: Tolstov S.P., Po drevnim deltam Oksa i Yaksarta, M., 1962; Kamalov S.K., Karakalpaki v XVIII—XIX vv. (K istorii vzaimootnoşeniy s Rossiyey i sredne-aziatskimi xanstvami), T., 1968; Nurmuxammedov M.K., Jdanko T.A., kamalov S.K., Karakalpaki. Kratkiyoçerk istorii s drevneyşix vremen do naşix dney, T., 1971; Nurmuxammedov M.K.,Antologiya Karakalpakskoy poezii, T., 1968.