Taşqi muhitning organizmga ta'siri va aholi soğliğini muhofaza qiliş tadbirlarini örganadigan tibbiyijtimoiy va gigiyen i k fanlarga ijtimoiy gigiyena hamda soğliqni sakdaşni taşkil etiş, umumiy gigiyena, bolalar va ösmirlar gigiyenasi, kommunal gigiyena, ovqatlaniş gigiyenasi, radiatsion gigiyena, mehnat gigiyenasi, epidemiologiya va tibbiyot geografiyasi, şuningdek, tibbiyot etikasi va deontologiyasi kiradi.
T.ning bunday bölinişi şartli, çunki ijtimoiy jarayonlar barça tibbiyot fanlariga, şuningdek, ilmiyamaliy sohalar (harbiy tibbiyot, kosmik tibbiyot, sport tibbiyoti, sud tibbiyoti va b.)ga bevosita taalluklidir. Tibbiybiologik fanlar uçun xarakterli bölgan eksperimental usul esa klinik va gigiyenik T. sohasiga xam keng kirib bormoqda. T. tabiiy fanlar (biologiya, fizika, kimyo) va ijtimoiy fanlar hamda texnika bilan çambarças boğlangan.
Tarixi. Zamonaviy T.ning kelib çiqişi, taraqqiyot bosqiçi köhna tarixning turli davrlaridagi dunyoqaraşlarni öz içiga oladi. Ma'lumki, turli kasalliklar, ularni davolaş va oldini oliş haqidagi bilimlar asosi qadimdan kişilarning tajriba va kuzatişlariga boğliq bölgan.
T.ning xalq tabobatidan mustaqil fan darajasiga kötarilişida qad. Misr, Bobil tibbiyoti, Gippokrat va Lmenning muhim örni bor. Gippokrat kasalliklarni aniklaş, bemorning hayoti va faoliyatiga taşqi muhitning ta'sirini örganiş, xastalikning kelib çiqiş sabablarini topiş va davolaşda bemor organizmining öziga xos xususiyatlarini biliş kabi masalalar bilan şuğullangan. Galen esa birinçi bölib organizmdagi a'zo va sistemalarning tuzilişi hamda funksiyalarini, asosan, hayvonlar (maymunlar) organizmida tajriba qilib örgangan. Uning anatomiya va fiziologiyaga doyr asarlari to 16-a. gaça T.ning asosi bölib xizmat qildi.
Örta Osiyo va umuman Şarqda tabobat ayniqsa, rivoj topdi. Şu davrda yunon, sanskrit va boşqa qad. Şarq tillarida yozilgan tibbiyotga doyr asarlarning köpçiligi, jumladan, Aristotel, Dioskorid va Galenning dorişunoslikka oid asarlari suryoniy va arab tillariga tarjima qilindi. Galenning «K,ivo aladviya al mufrada» («Sodda dorilarning quvvatlari») va Badiğursning «AlAbdal aladviya al mufrada» («Sodda dorilarning örniga ötuvçilar») kabi kitoblari ilk bor maşhur tabib va tarjimon Hunayn ibn Ishoq alIbodiy (809— 877) tomonidan tarjima qilindi. Şarqda Abu Hanifa adDinavoriy (815 y. tuğilgan) «Kitob finnabot» («Ösimliklar qaqida kitob»)ni yaratib, unda 482 xil ösimlikning dorilik xususiyatlarini bayon etdi. Abu Rayhon Beruniyning «Kitob assaydana fittib» («Tibbiyotda dorişunoslik») asari öşa davr T.ining eng katta yutuği hisoblanib, Örta Osiyoda dorişunoslik ilmi — saydanaga asos böldi. Abu BakrarRoziyning tabobat sohasidagi asarlari umuman jahon tibbiyotining rivojlanişi, boyişida ğoyat ulkan ahamiyat kasb etdi. Olimning tibbiyot ensiklopediyasi xisoblangan 25 jildli «AlJomi' alkabir va qad urifa bilHoviy» («AlHoviy nomi bilan tanilgan katta töplam») asari şu davrgaça Ğarb va Şarq T.ida qadrli bölib keldi; 10 jildli «Tabobat kitobi» hamda «Çeçak va qizamiq haqida»gi kitobi ham T.da maşhur edi.
Örta asrda Abu Ali ibn Sino T.ning rivojlanişiga katta hissa qöşdi. Uning «al Qonun fittib» (q. «Tib qonunlari») asari asrlar oşa jahon tabobatida asosiy qöllanma bölib keldi. Bu asar T.ning asosiy sohalari: anatomiya, fiziologiya, patologiya, terapiya, dorişunoslik, gigiyena va b.ni qamrab olgan. Isitma, ölat, çeçak, qizamiq kabi yuqumli kasalliklarni qandaydir közga körinmas jonivorlar qözğatişi töğrisida fikr yuritgan. U buyrak toşlarini operatsiya qilib olib taşlaş, traxeotomiya qiliş, jarohatlarni davolaş usullari haqida yozadi. Ibn Sinoning bizgaça yetib kelgan eng muhim asarlaridan yana biri «alAdviya alqalbiya» («Yurak dorilari»)dir. Unda olim yurak kasalligida qöllanadigan (özi topgan) dorilar haqida yozadi.
Taniqli tabib Abu Mansur tibga oid «Majmu'ayi kabir dar adviyat mufrada» («Sodda dorilar haqida katta töplam»), «Risola dar iloji amrozi sadr» («Kökrak kasalliklarining davosi haqida risola»), «Kitob ğuno va muno» («Maqsadlarni mukammal bayon qilgan kitob») kabi asarlar yozgan. Bularda içki kasalliklar, teri kasalliklari, isitmabezgak kasalligi, ularga qarşi dorilar va davolaş usullari bayon etilgan.
Şarafutdin Abu Abdulloh Muhammad ibn Yusuf Iloqiy ham kasalliklarning kelib çiqişi, sabablari, belgilari, ularni aniklaş va davolaşga oid köp bilimlar sohibi bölgan.
Öşa davrning yirik tabiblaridan biri Badriddin Samarqandiy Muhammad ibn Bahrom Qalonisiy har xil kasalliklarga qarşi murakkab dorilar tayyorlab tajribada sinab körgan.
13-a.ning maşhur tabiblaridan biri Abu Homid Muhammad ibn Ali ibn Umar Najibuddin Samarqandiy «Ağziyat almarzo» («Kasallar iste'mol qiladigan ovqatlar») nomli kitobida har bir kasallikda qanday taom iste'mol qilinişi va qaysi ovqatlardan ehtiyot böliş lozimligi, şuningdek, ovqatlarning dorilik xususiyatlari haqida yozgan.
40 y.dan ortik, tabobat ilmi bilan şuğullangan Sulton Ali tabib Xurosoniy (15—16-a.) öz tajribalari asosida 2 asar yozgan. Ulardan biri «Dastur aliloj» («Kasallarni davolaş böyiça qöllanma»)dir. 15— 16-a.larda Hindistonda yaşab ijod etgan xirotlik tabib Yusuf ibn Muhammad ibn Yusuf Yusufiy alHiraviy tibbiy asarlari va amaliy işlari bilan Örta Osiyo, Xuroson va Hindistonda tabobatning yana ham taraqqiy etişiga öz hissasini qöşdi.
Abdulğozixon ibn Arab Muhammadxon Xorazmiy (1603 — 1664) muhim tibbiy asarlari, jumladan, eski özbek tilida yozilgan «Manofi' alinson» («Inson uçun foydali dorilar») nomli asari bilan maşhur.
18-a. ning 2yarmi va 19-a.ning 1yarmida Xorazmda yaşab ijod etgan özbek tabibi Ja'farxuja ibn Nasruddinxöja alHusayniy alKarukiy Hazoraspiyning özbek tilida yozilgan «Multaqiy attib» («Tibbiy ma'lumotlar töplami») asari (1823) 67 bobdan iborat bölib, unda asosan, kişi a'zolarining har xil kasalliklari va ularni dorilar bilan davolaş usullari bayon kilingan.
Maşhur özbek tabibi Mahmud Hakim Yayfoniy Höqandiy (1851 y.da tuğilgan) umrining köp qismini tabobatni örganişga va kişilar soğliğini saqlaşga sarfladi. U öz davrigaça bölgan şarq tabobati qölga kiritgan yutuqlarni jamlab hamda şaxsiy tibbiy tajribalari bilan boyitgan qolda «Qonun aliloj» («Davolaş krnuni») va «Tariq aliloj» («Davolaş usuli») kitoblarini yozib krldirgan. Ularning ikkinçisida öpka, yurak, sut bezi, me'da, jigar, içak, buyrak, qovuq va isitma kasalliklari, şişlar, toşmalar, möy va tirnoqqa oid xastaliklar, jarohat va yaralar; suyaklarning sinişi, zaharlar, zaharli hayvonlar çaqqanida davolaş va ba'zi rusça nomdagi dorilar keltirilgan.
Bositxon Zohidxon öğli öz ijodida Beruniy, Roziy, Ibn Sino, Iloqiy, Qumriy va Samarqandiylarning asarlaridan keng foydalangan. Bizgaça uning özbek tilida yozilgan 3 asari yetib kelgan.
Örta Osiyoda qadimdan dorivor ösimliklar va ovqatli moddalarning xususiyatlari, ularning kişi organizmiga yetkazadigan foyda va zararlari örganilgan. Natijada xalq qölida astasekin T.ga oid köpgina ma'lumotlar yiğilib borgan. Ular esa keyinçalik tibbiy asarlar yaratişda muqim manbalardan biri bölgan.
Yevropada Uyğoniş davrida T. yangidan ravnaq topdi. 16-a.da köpgina fanlar, ayniqsa, T., fizika va kimyoning rivojlanişi kasalliklarni davolaş, sababini bilişda bu fanlarning qonunlaridan foydalaniş imkonini berdi. Xirurgiyada, ayniqsa, jarohatlarni davolaşda yangi usullar joriy qilindi. Anatomiyaning asosçisi A. Vezaliy murdani yorib tekşiriş bilan odam organizmining tuzilişi va organlar faoliyatini ilmiy jihatdan aniq asoslab berdi. Ingliz vraçi V. Garvey qon aylaniş sistemasi haqida asar yaratib, T.da yangi bölim — fiziologiyaga poydevor qöydi. Fizikaning taraqqiyoti natijasida bu davrda mikroskop kaşf etiddi va undan T.da foydalanila boşlandi. Gollandiyalik olim Antoni Levenguk tomonidan mikroskopiyaning rivojlantirilişi mikrobiologiya sohasining şakllanişiga sabab böldi.
17—18-a.larda sanoatning rivojlanişi natijasida kasb kasalliklari haqidagi soha vujudga keldi. Bunday kasalliklar sababini dastlab rossiyalik olimlar örganib, T.ga yangi — kasb kasalliklari hamda mex.nat gigiyenasi bölimlarini kiritdilar. Keyinçalik tabiiy fanlar va texnika soqasidagi tadqiqotlar doirasi yanada kengaydi. Tabiiy fanlarning yutuklari T. taraqqiyotiga ijobiy ta'sir körsatdi, bemorni obyektiv tekşiriş usullari (palpatsiya, perkussiya va b.) va lab. diagnostika asoslari işlab çiqildi. Klinik tekşiruv natijalarini, murdani yorib tekşirişda olingan ma'lumotlar bilan taqqoslaş usuli (A.I. Polunin, N. I. Pirogov va nemis olimi R. Virxov va b.) kasallik belgilari organ va töqima hamda hujayralarning tuzilişidagi özgarişlarga boğliq ekanligini isbotlaşga imkon berdi, bu tadqiqotlar natijasida keyinçalik T.ning yana bir yangi bölimi — patologik anatomiya va gistologiya sohalari vujudga keldi.
Energiyaning saklaniş va özgariş qonunlari kaşf etilişi, organik moddalarning tuzilişi, özgariş va almaşinuv yöllarini örgana boriş biol. va T.ning taraqqiyotida muhim bosqiç böldi, fiziologik hodisalarni tuşuntirib bergan ilmiy yönaliş öşa qonunlarga asoslandi.
19-a.ning 2yarmida mikrobiologiya sohasida bir qança yangiliklar yaratildi. Epidemik kasalliklardan vabo, ölatnit qözğatuvçilari va kasallik epidemiologiyasi örganildi, çeçak mikrobi aniklandi va unga karşi vaksina tayyorlandi (E. Jenner). Mahoratli vraçlar yordamida butun dunyoda çeçakka qarşi emlaş rasm böldi. Yuqumli kasalliklar sababi turli mikroblar ekanligini L. Paster asoslab berdi va bu kaşfiyot asosida kişilarni kuydirgi, quturiş kabi yuqumli kasalliklarga karşi emlab, ularning oldini oliş usullarini işlab çiqiş imkoniyati tuğildi. Şu davrda Yevropada bezgak, toşmali terlama (toşmali tif), qaytalama terlama va b. yuqumli kasalliklarni qözğatuvçi mikroblar topildi. I.I. Meçnikov immunitet haqidagi ta'limotni yaratdi. Mikrobiologik kaşfiyotlar asosida gigiyena fani şakllandi va yuksala bordi. Öşa davrda Rossiya va b. davlatlarda taşqi muhitning — havo, suv va tuproqning inson organizmiga, şuningdek, ijtimoiy omillar — mexnat, turmuş tarzi va ovqatlaniş şaroitlarining işçilar soğliğiga ta'sirini örganiş tufayli ijtimoiy gigiyena muammosi ilmiy asoslab berildi.
19-a.ning sönggi çoragida şakllangan biokimyo fani soğlom organizmda va patologik holatlarda moddalar almaşinuvini örganiş, uning özgarişini tekşiriş natijasida kasalliklarni aniklaş bilan fiziologiya va patofiziologiyani boyitdi va T.ga yangi, yuqori informativ va bajarilişi osonroq lab. usullarini kiritdi. Orqa miya nervlaridagi sezuvçi va harakatlantiruvçi tolalar örganildi, bu esa organizmda nerv sistemasi faoliyatining ahamiyatini aniqlaşga imkon berdi, qon va limfa tarkibi, bezlarning tuzilişi va funksiyalari örganildi. Rus olimlari S. P. Botkin, I.M. Seçenov, I.P. Pavlov tadqiqotlari tufayli markaziy nerv sistemasi va butun organizmning faoliyat krnunlari materialistik nuktai nazardan ta'riflab berildi.
Umuman bu davrda eksperimental T. tobora rivojlanib bordi, fransuz olimi K. Bernar va rus patofiziologi V.V. Paşutinning bu borada olib borgan ilmiy işlari umumiy patologiya (keyinçalik A. A. Bogomolets va S.S. Xalatov asoslagan patologik fiziologiya)ning fan sifatida şakllanişida muhim ahamiyat kasb etdi. Anatomiya va topografik anatomiyalarni çuqur örganiş xirurgiyada operatsiyalarning muvaffakiyatini ta'minladi.
20-a.da T. da misli körilmagan yutuqlarga erişildi. Nemis olimi V.K. Rentgen iksnurlarni kaşf etdi va T.da rentgenologiyaga asos soldi. Tabiiy radioaktivlikning kaşf etilişi, yadro fizikasi soğasidagi tadqiqotlar ionlovçi nurlarning tirik organizmga ta'sirini örganuvçi radiobiologiya fanini yuzaga keltirdi. Bu sohadagi keyingi izlanişlar davolaş va diagnostika maqsadida radioaktiv izotoplardan, nişonlangan atomlardan foydalaniş imkonini berdi. T. texnikasi ham tez rivojlandi. T.ga elektronika yutuklarining tatbiq etilişi natijasida organizmdagi turli organ va sistemalar faoliyatini aniq belgilab beradigan usullar, sun'iy yurak, sun'iy buyrak va h.k. ixtiro qilindi. Elektron mikroskop endilikda hujayradagi eng murakkab va nozik özgarişlarni, mayda mikroblarni aniqlaşda zarur qurol bölib qoldi. T. kibernetikasi yordamida zamonaviy, ixçam va qulay protezlar yaratildi, şuningdek, operatsiya vaqtida bemorning nafas olişi va arterial bosimini meyorida saklab turadigan turli avtomatik sistemalar işlab çiqildi, texnika taraqqiyoti, öz navbatida, T.ga yangi sohalar (aviatsiya tibbiyoti, kosmik tibbiyot)ni kiritdi. Irsiyat va organizmning özgaruvçanlik qonuniyatini örganadigan genetika fani T.ning rivojiga katta ta'sir körsatdi. Irsiy kasalliklarni örganiş tibbiyot genetikasining paydo bölişiga olib keldi. Immunologiyaning rivojlanişi immunologik özgarişlar oqibatida kelib çiqadigan kasalliklarni örganadigan immunopatologiyaga asos böldi. K. Landşteynerning izogemagglyutinatsiya qonuni (1900— 01), Ya. Yanskiy tomonidan odam qoni tarkibi jihatidan 4 guruhga bölinişi kaşf etilişi (1907) T. amaliyotida qon quyişdan keng foydalanişga imkon berdi. Bu davrda T.ga Pirkening sil kasalligini anikdaydigan allergik reaksiyasi (q. Pirke reaksiyasi) va allergiya termini kiritildi. 1939—40 y.larda mikroorganizmlarga qarşi kuraşning kuçli vositalaridan bölgan antibiotiklar ixtiro qilindi va amalda qöllanila boşladi. Vitaminlar haqidagi ta'limot ham rivoj topdi. Içki sekretsiya bezlarining tuzilişi va funksiyasini örganiş tufayli endokrinologiya mustaqil fanga aylandi, u rivojlanib, gormonoterapiya va gormonal regulyatsiya masalalarini xam örganişga kirişildi. Kimyoterapiya, gormonoterapiya va markaziy nerv sistemasiga ta'sir etadigan preparatlarning qöllanilişi va turli sintetik preparatlarni oliş usullarining kengayişi klinik T.ni tubdan özgartirdi. Bu davrda yangi tibbiy jihozlar, jumladan, elektron apparatlar yordamida yurak faoliyatini klinik va eksperimental tekşirişlar amaliyotda keng qöllanişi natijasida kardiologiya sohasi içki kasalliklar klinikasidan mustaqil fan sifatida ajralib çikdi. Miokard infarkti, qon ivişi, ateroskleroz va b. klinikasi ta'riflab berildi. Endilikda kardiologiya muammolarini terapevtlargina emas, balki xirurglar, fiziologlar, biokimyogarlar va b. xam örganmoqdalar. Qon sistemasini örganadigan fan — gematologiya xam rivojlandi. Uruş xarakatlari çoğida harbiy dala xirurgiyasi yuzaga keldi. Travmatizmning ösişi tufayli travmatologiya va ortopediya şakllandi. V.P. Fşştovnnng plastik xirurgiya sohasidagi işlari jahon T.ida yuksak baholandi, Amerikalik olim X.U. Kuşing, rus olimlari A.L. Polenov, N.N. Burdenko va b. ning işlari neyroxirurgiyaning şakllanişiga imkon berdi. Siydiktanosil a'zolari kasalliklarini xirurgik usulda davolaş yölga qöyilişi tufayli urologiya sohasi qaror topdi. Narkoz beriş usuli takomillaştiriddi. Rus xirurgi A. V. Vişnevskiy novokain eritmasi bilan mahalliy oğriqsizlantiriş usulini işlab çikdi (1923—30). Zamonaviy narkoz beriş usuli va antibakterial terapiya yurak va öpka xirurgiyasining rivojlanişiga yöl oçdi, sun'iy qon aylaniş apparati va h.k. kaşf etildi. Kardioxirurgiya xam yangi odimlar taşladi: tuğma va revmatik yurak poroklari xirurgik yöl bilan davolana boşlandi. Yurak transplantologiyasiga asos solindi (Jan. Afrika xirurgi K. Barnard, 1967).
20-a. boşlarida ösmalar haqidagi fan — onkologiya şakllandi. Keyingi tadqiqotlarda ösmalarning, çunonçi rakning virusli va kanserogen şakl nazariyalari yuzaga keldi. Mikrobiologiya tez sur'atlar bilan rivojlandi: silga qarşi vaksina tayyorlandi (1921, A. Kalmet va Ş. Geren). Keyingi izlanişlar natijasida poliomiyelit, difteriya va b. infeksion kasalliklarni bartaraf qiladigan vaksina, zardoblar ixtiro qilindi; rikketsioz, leptospirozlar haqidagi ta'limot işlab çikidsi. D. I. Ivanovskiyning filtrlanuvçi viruslarni ixtiro qilişi (1892) va Niderlandiya botanigi M. Beyerinkning keyingi tadkiqotlari virusologiyaning mustaqil fan sifatida şakllanişiga olib keldi.
Zamonaviy tibbiyotning ba'zi muammolari. Ilmiy texnika rivoji, ijtimoiyiqtisodiy özgariş va muvaffaqiyatlar tufayli aholi soğliğini saklaşda kasalliklar tarkibida muhim ijobiy özgarişlar röy berdi, ölim kamaydi, uzoq umr köruvçilar soni ortdi. Iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlarda ilgari dunyoda keng tarqalgan öta xavfli epidemik kasalliklar (vabo, ölat, çeçak va b.) ga barham berildi. Kişilar sogligiga va xalq xöjaligiga katta zarar yetkazayotgan gripp, virusli gepatit, orttirilgan immun tanqisligi va b. virusli kasalliklarga qarşi kuraş şu kunning muhim tibbiy muammolaridan bölib qolmoqsa.
Yuraktomir kasalliklaridan yurakning işemik kasalligi (q. Infarkt), ateroskleroz, gipertoniya kasalligi va b.ning oldini oliş alohida ahamiyat kasb etmoqda. Asabbuzarlik, tamaki çekiş, jismoniy mehnat bilan kam şuğullaniş, meyoridan köp ovqat yeyiş, spirtli içimliklarga ruju kiliş, giyohvandlik kabi illatlar bunday kasalliklarning köpayişiga sabab bölmoqda. Lekin bu kasalliklarni öz vaktida aniqdaş va davolaşda zamonaviy T. ançagina muvaffaqiyatlarga erişdi.
Xavfli ösmalarning paydo böliş sabablarini aniqlaş va davolaş T.ning eng dolzarb masalasidir. Kimyoviy kanserogen moddalar va nurlanişning ta'sirini kamaytiriş, ösmalar paydo qiladigan viruslarni topiş va organizmning himoya mexanizmlarini örganiş muhim masalalardandir. Bu borada Özbekiston Onkologiya markazi ham faol iş olib bormoqda.
Zamonaviy T.ning dolzarb masalalaridan yana biri asab va ruhiy özgarişlarni örganişdir, çunki bir qator mamlakatlarda bunga soğliqni saqlaşning birinçi masalasi deb qaraşmoqda.
Taşqi muhitni muhofaza qiliş va soğlomlaştiriş juda muhim ijtimoiy va siyosiy ahamiyatga ega. Suv, havo, tuproqning ifloslanişi va biosferada ekologik muvozanatning buzilişi kişilar soğliğiga salbiy ta'sir körsatmoqda. Içimlik suv va tuproqning sanoat çiqindilari bilan ifloslanişining oldini oliş öta dolzarb masaladir. Taşqi muhitni soğlomlaştiriş, tabiatni muhofaza qiliş uçun kuraş xalqaro ahamiyatga molik bölib qoldi. Bu sohada keyingi yillarda respublikada şifokorlar, ayniqsa gigiyenist olimlar va maxsus i.t. institutlari jamoalari köpgina arzigulik işlar qilişdi. Hoz. zamon T.i oldida turgan eng muhim masalalardan yana biri vraç bilan bemor örtasidagi munosabatlarning (q. Tibbiyot deontologiyasi) samaradorligiga erişişdir. Organ va töqimalarni köçirib ötqazişdagi donorlik, töqimalar moye kelmasligini bartaraf qiliş va uşbu muammoga boğliq bir qança masalalar, mas., özak hujayralardan davolaş maqsadida foydalaniş T.da muhim örin tutmoqda.
Özbekistonda tibbiyotning rivojlanişi. Toşkentda Turkiston unti ta'sis etilişi va uning tarkibida tibbiyot ftining oçilişi Özbekistonda T.ning rivojlanişidagi muğim sanadir. Bu ft keyin (1931 y.) Toşkent tibbiyot intiga aylantirildi.
1918 yilda Toşkentda mikrobiologiya lab. (keyinçalik Epidemiologiya va mikrobiologiya i.t. instituta hamda vaksina va qon zardoblari i.t. institutlari), 1919 yilda N.A. Semaşko nomidagi fizioterapiya inti (hoz. Tibbiy tiklaniş va fizioterapiya instituti), 1924 yilda Buxoroda Tibbiyot parazitologiyasi va bezgak inti (keyinçalik Samarqandga köçirilgan) taşkil etildi. T. xodimlarining kompleks ravişda olib borgan işlari tufayli bezgak va rişta kabi kasalliklar tugatildi. Bunda olimlarimizdan L.M. Isayev, A.A. Askarov, T.X. Najmiddinov, I.K,.Musaboyev, G.N. Terexov va b.ning hissasi katta böldi.
Özbekiston Sil i.t. institutida bemorlarni mehnat bilan davolaş usuli işlab çiqildi (Ş.A. Alimov). Respublika ftiziatrlari sil epidemiologiyasi, klinikasi, davolaş va oldini oliş masalalarini yoritib berişdi. A.N. Kryukov, I.A. Kassirskiy, Z.I. Umidova, M.S. Tursunxöjayeva, X.I. Yanbayeva va b.ning iştiroki hamda rahbarligida Özbekiston iqlimining yuraktomir tizimiga, organizmdagi moddalar almaşinuviga va jigar xastaliklariga ta'siri örganildi. Issiq iqlimning organizmning fiziologik jarayoniga ta'sirini aniklaşda N.V. Danilov, A.Yu.Yunusov, A.S.Sodiqov, A.H. Hoşimov, Z.R. Yunusovlar katta i.t. işlari olib bordilar. Gastroenterologiya masalalari respublika iklimiga va mahalliy aholining turmuş xususiyatlari va immun holatiga boğlab örganildi, bu sohada respublikamiz olimlari A.A. Asqarov, E.I. Otaxonov, N.I. Ismoilov, E.Y. Qosimov va b.ning tadqiqotlari muhim ahamiyat kasb etdi. K.A. Zufarov rahbarligida me'daiçak yölini elektron mikroskopda örganiş işlari olib borildi va bu soha böyiça noyob atlas yaratildi.
Buqoqning epidemiologiyasi, klinikasi, davosi va oldini oliş ğamda biokimyosi sohasida katta tadqiqotlar olib borildi (S.A. Masumov, Yo.H. Töraqulov va b.). Keyingi vaqtda nazariy va eksperimental T.ning asosiy fanlaridan biri — patologik fiziologiya sohasida, çunonçi uning ovqat hazm qiliş organlari, moddalar almaşinuvi patologyaisi va allergologiya bölimlari böyiça ilmiyamaliy ahamiyatga ega bölgan bir qator tadqiqotlar olib borildi (N.H. Abdullayev, H.Yo. Karimov, M.M. Haqberdiyev).
Issiq iqlim şaroitida bolalarda x,azm a'zolari kasalliklarining turli jihatlari örganildi. Pediatriyada gemoterapiya, yurak glikozidlarini tatbik, etiş va bolalar ovqatlanişi sohasida tadqiqot işlari olib borildi (S.Ş. Şamşiyev, S.N. Yöldoşevavab.).
Özbekistonda xirurgiya maktabining rivojlanişiga S.A. Masumov, H.Ğ. Ğofurov, V.V. Vohidov, Ö.O. Oripov, SM. A'zamxöjayev, M.A. Aşrapova, P.M. Nurmuhamedov, Ş.I. Karimov va b. katta hissa qöşişdi. Umumiy xirurgiya bilan bir qatorda uning tarmoqdari: neyroxirurgiya, ortopediya va travmatologiya (N.M. Şomatov, O.Ş. Şokirov, M.H. Qoriyev, Ş.Ş. Hamrayev va b.), urologiya (O.M. Muxtorov va b.), bolalar xirurgiyasi (K.X. Tohirov, A.S. Sulaymonov); bolalar yuqumli kasalliklari (Ş.H. Xöjayev, O.S. Maxmudov, T.O. Daminov) böyiça ham ötkazilgan ilmiy izlanişlar yaxşi samaralar berdi. Respublikada otorinolaringologiya fani Q.J. Mirazizov va b. tomonidan ança taraqqiy ettirildi. Köz kasalliklarini aniklaş va davolaş masalalari (M.K. Komilov), nafas organlarining profilaktikasi, taşhisi va davo usullariga taallukli yangiliklar qölga kiritildi (A. M. Ubaydullayev, N. H. PTomirzayev). Gematologiya va qon quyiş soqalarida kamqonliklarni barvaqt aniklaş, samarali davolaşda, komponent gemoterapiyani joriy etiş buyiça ham muhim i.t. işlari ötkazildi (X.A. Hakimov, S.M. Baxromov va b.). Nafas, hazm va yuraktomir sistemasi kasalliklarini rentgenologik metod bilan aniqlaş masalalari yoritib beriddi (J.M. Abdurasulov, J.N. Mahsumov, A. R. Mansurov, Ş. Mirğaniyev). Nerv sistemasining infeksion va tomir kasalliklariga oid tadqiqotlar ötkaziddi (A.R. Rahimjonov, X.Q. Salohiddinov. N.M. Majidov). Psixiatrlar pellagra va quturiş kasalliklarida psixikaning buzilişini, şuningdek, psixozlarni davolaş masalalarini örganişdi (X. Olimov). Revmatizm va podagra kasalliklarining qay tarzda keçişi, bularning oldini oliş, davolaş (R.A. Qoraboyeva, T.S. Soliyev) joriy etiddi. Dermatovenerologlarning samarali işlari yumşoq şankrni tugatiş, zaxm, dermatomikozlar bilan kasallanişni kamaytirişga imkon berdi (A.A. Akovbyan, U. M. Mirahmedov, R.A. Kapkayev). Kurortologlar mahalliy kurort resurslarini örganişdi.
Respublikamizda farmakologiya fanining tezlik bilan rivojlanişi natijasida 40 dan ziyod yangi dorilar yaratildi va tibbiyot amaliyotiga tadbiq etiddi (I.K. Komilov, Ö.B. Zokirov va b .). T.ning asosiy tarmoqdaridan biri — taşqi muhitni örganiş, aholi yaşaydigan joylarni soğlomlaştiriş, sanitariyagigiyena şaroitini yaxşilaş, şaxsiy va ovqatlaniş gigiyenasi sohasida ham köp işlar qilindi ( A3. Zohidov, Ğ.M.Maqkamov, B.X. Ma'zumov, T.I. Iskanderov).
Özbekiston Respublikasi Soğliqni saklaş vazirligi tizimida köplab ilmiy tadqiqot intlari, tibbiyot oliy öquv yurtlari, jumladan, Toşkenpg farmatsevtika instituti va Toşkent vraçlar malakasini oşiriş instituti bor, ularda 3000 ga yaqin ilmiy xodim, şu jumladan, 2000 fan nomzodi va 250 dan ziyod fan doktori işlab turibdi (2004).
Saidjşol Bahromov, Erkin Qosimov, Najiulla Şomirzayev.