Tabiati. Şarqiy qirğoklari ança tekis, jan. qirğoqlarida buxta va qoyali burunlar, ğarbiy qirğoqlarida içkariga çuqur kirgan qöltiklar köp. Yer yuzasining yarmidan köpini Mar-kaziy tekislik (bal. 40—100 m) egallagan, bu tekislikda tepalar va past toğlar bor. Tepalar, asosan, qumtoşlardan, past toğlar ohaktoşlardan iborat, ularning ustini morena yotq-iziqlari qoplagan. Ohaktoşli yerlarda ungur, ğor kabi karst relyef şak-llari, yer osti daryo va köllari uçraydi. Çekka qismlarida past va örtaça balandlikdagi toğlar bor. Jan.-ğarbidagi Kerri toği (1041 m) I. dagi eng baland toğdir. I. da torfning katta zaxiralari, toşkömir, qörğoşin-rux, mis, fosforit bor.
Iqlimi — mö'tadil okean iqlimi, obhavosi beqaror, seryomğir, tuman köp tuşadi, tez-tez şamol esadi. Yanv. ning örtaça t-rasi 5—8°, iyulniki — 14—16°. Yillik yoğin 700—2000 mm. I. da daryo, köl va botqoklik köp. Daryolari sersuv, muzlamaydi, kemaçilikda va elektr energiyasi olişda foydalaniladi. Yirik daryosi — Şannon.
I. ning köp qismi torfli yalangliklar, ötloklar. Ötloqlari doimo kömkök. Yalangliklarda torfli-botqoq va qumoq tuproqlar uçraydi. Ötloq joylarning tuproği — podzol va ötloqpodzol tuproqlar. Hayvonlari Ğarbiy Yevropanikiga öxşaş, turi kam. Yovvo-yi hayvonlarning kupi qirib taşlangan. Milliy boğlari: Glenya, Killari.
Aholisining 98% irlandlar, qolganlari inglizlar, şotlandlar. Rasmiy tillari — irland va ingliz tillari, asosiy sözlaşuv tili — ingliz tili. Dindorlarning aksariyati katolik, bir qismi protestant. Aholining 57% şaharlarda yaşaydi. Yirik şaharlari: Dublin, Kork, Limerik.
Tarixi. I. hududida inson mil. av. 6ming yillikdan buyen yaşaydi. Mil. av. 4-a. da kelt qabilalari köçib kelib mahalliy aholi b-n qöşilib ketgan. 5-a. da xristian dini tarqalgan. I. ga normannlar (795—1014) , ingliznormand qöşinlari (1169—71) bir neça bor hujum qildi. 14—17-a. larda irland xalqi ingliz mustamlakaçilariga qarşi keskin kuraş olib bordi. Ammo milliy irland davlatining paydo bölişiga inglizlar qarşilik körsatdi. 18-a. oxirida irland vatanparvarlarining bosqinçilarga qarşi kötargan qözğoloni mustamlakaçilar tomonidan bostirilib, 1801 y. 1 yanv. da «Uniya haqida akt» e'lon qilindi. Şundan keyin Angliya öz parlamentidan I. vakillariga bir neça örin berib, I. parlamentini bekor qildi. 19-a. mobaynida irland xalqi mustamlakaçilarga qarşi kuraşni töxtatmadi.
1-jahon uruşi yillarida I. mehnatkaşlari uruşga va mustamlakaçilarga qarşi kuraşdi. 1916 y. gi I. qözğoloni mustamlakaçilar tomonidan bostirildi. 1919—21 y. lardagi partizanlar uruşi natijasida 1921 y. dek. da tuzilgan Angliya — I. biti-miga muvofiq, I. ning jan. qismi mustaqil deb e'lon qilindi va Angliya nazoratidagi dominion huquqini oldi. 1937 y. gi yangi konstitutsiyada I. «Eyre mustaqil davlati» deb e'lon qilindi.
2-jahon uruşi yillarida I. betaraf turdi. Garçi 1949 y. I. mustaqil respublika deb e'lon qilingan bölsa ham mamlakatning şim. qismi (Olster)da mustamlakaçilar hukmronligi saklanib qoldi. 1955—61 y. larda mamlakatni birlaştiriş maqsadida I. maxfiy harbiy taşkilot tödalari Şim. I. dagi ma'muriy va politsiya bi-nolariga tez-tez hujum qilib turdi. 1959 y. I. Resggublikasi va Şim. I. ka-saba uyuşma markazlarining birlaşişidan I. tred-yunionlar kongressi taşkil topdi. Keyingi yillarda I. siyosatida Şim. I. muammosi yuzasidan ingliz hukmron doiralari b-n bir bitimga erişişga intiliş ta-moyili sezila boşladi. 1985 y. da imzolangan bitimga binoan, Şim. I. ga taalluqli içki muammolarni muhokama qiliş uçun xukumatlararo maslahat organi tuziş közda tutilgan. 1993 y. da imzolangan Deklaratsiya ixtiloflarni faqat tinç siyosiy vo-sitalar b-n bartaraf qiliş uçun asos yaratdi. 1998 y. dan Olster mu-ammosini hal etiş jarayonida AKTP hukumati vositaçilik qila boşladi. I. — 1955 y. dan BMTa'zosi. Milliy bayrami — 17 mart — Avliyo Patrik kuni. 1991 y. dek. da ÖzR suverenite-tini tan olgan.
Asosiy siyosiy partiyalari va kasaba uyuşmalari. Fianna Fayl («Taqdir askarlari»), 1926 y. taşkil etilgan; Fine gal («Birlaşgan Irlandiya»), 1933 y. asos solingan; I. leyboristlar partiyasi, 1912 y. tuzilgan. I. kommu-nistik partiyasi, 1921hy;~asos solingan; Demokratax söl partiya. 1992 y. taşkil etilgan; Taraqqiyparvar de-mokratik partiya, 1985 y. tuzilgan; I. işçilar partiyasi, 1970 y. asos solingan. I. tred-yunionlar kongressi (1894) I. va Şim. I. ning 66 kasaba uyuşmalarini birlaştiradi.
Xöjaligi. I. — industrial mamlakat. Yalpi içki maxulotda sanoat uluşi 37%, q.x. uluşi 10,1%, xizmat sohasi uluşi 50% dan köproqni taşkil etadi. 50-y. largaça I. iqtisodiyotida q.x. va çorvaçilik ustun bölgan. Endilikda u xorijiy sarmoya yordamida maşinasozlik, elektronika, kimyo sanoati kabi oğir sanoat tarmoqlarini va içki imkoniyatlar hisobiga oziq-ovqat, örmon, töqimaçilik, yengil sanoat kabi an'anaviy tarmoqlarni rivojlantirişga erişdi. Keyingi yillardagi iqtisodiy taraqqiyot tufayli I. ösiş sur'atlari jihatidan Yevropada oldingi örinlarga çiqib oldi. Mahsulot eksport qiliş köpaydi.
Sanoati. Tabiiy resurslari torf, qörğoşin, rux, mis, kumuş, tabiiy gazning katta, toşkömir, temir rudasi va piritning ozroq zaxiralaridan iborat. Şular tufayli konçilik sanoati va ayni vaqtda q.x. xom aşyosini qayta işlaş tarmoqlari yetakçi örinda. Metallurgiya (asosan, pölat eritiş), maşinasozlik (ayniqsa, kemasozlik, avtomobil yiğiş, priborsozlik), elektrotexnika, neft kimyosi, quriliş aşyolari korxonalari bor. Oziq-ovqat tarmoqlari orasida göşt, sut, yoğ, pivo, qand-şakar, spirt-araq korxonalari ayniqsa faol işlaydi. Torf qazib oliş va undan foydalaniş sohasida I. dunyoda oldingi örinda turadi. I. energiyaga bölgan ehtiyojining 40% ni içki imkoniyatlari hisobidan qoplaydi. Energiya balansida çetdan keltiriladigan neftning uluşi kamayib, kömir va torfning uluşi oşib bormoqda. I. da yiliga örtaça 14,6 mlrd. kVt-soat elektr energiyasi işlab çiqariladi. Mamlakatda xorijiy investitsiyalar faol jalb etilgan. Bu sohada Buyuk Britaniyadan ta-şqari AQŞ, Germaniya, Fransiya, Yaponiyaning mavqei kuçli. Xorijiy sarmoya yordamida barpo etilgan 800 dan ortiq korxona sanoat mahsuloti eksportining 80% ni beradi.
Qişloq xöjaligi. Çorvaçilik — mamlakat q.x. ning asosiy tar-moği hisoblanadi: bu tarmoq yalpi q. x. mahsulotining 88% ni beradi, uning 80% eksport qilinadi. Asosan, qoramol (7,2 mln.), qöy (9 mln.) bo-qiladi. Fermer xöjaliklarining 70% ga yaqini 25 ga gaça yerga ega bölgan örta va kiçik fermer xöjaliklaridir. Q. x. ga yarokli yerlarning salkam 70% yaylovlarga töğri keladi. Dehqonçilikning iqtisodiyotdagi ahamiyati unçalik katta emas va u mamlakatning donga bölgan ehtiyojini qoplay olmaydi. I. da oz mikdorda qand lavlagi, suli, arpa, buğdoy, kartoşka yetiştiriladi. Baliqçilik rivojlangan.
Transporti. T. y. uzunligi 2,8 ming km, avtomobil yöllari uz. 92 ming km. Dengiz floti rivojlangan. Asosiy portlari — Dublin, Kork. I. çetga maşina va asbob-uskuna, krra-mol, oziq-ovqat, kimyo, töqimaçilik maxsulotlari va ş. k. çiqaradi. Çetdan transport vositalari, neft va b. keltiradi. Keyingi yillarda taşki savdoda ijobiy saldoga erişildi. Sayyohlik ham katta daromad keltiradi. Savdo-sotiqdagi asosiy mijozlari: Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, AK.Ş va Rossiya. Pul birligi — irland funti.
Maorifi, ilmiy va madaniy-ma'rifiy muassasalari. I. da 6 yoşdan 15 yoşgaça bölgan bolalarning 9 y. lik majburiy ta'limi joriy etilgan. Boşlanğiç maktab — 6 y. lik. Örta ma'lumot davlatga yoki xususiy şaxslarga qaraşli maktablarda olinadi. Har yili maktablarni bitirib çiqqanlarning 50% oliy öquv yurtlariga kiradi. 4 un-t, ularning xuzurida kollejlar, jumladan, Dublin unti (Triniti kolleji, 1592), Dublindagi Milliy un-t (1908), Limerik ş. dagi texnikaga yönaltirilgan Milliy oliy ta'lim in-ti bor. Ilmiy muassasalari: Dublin qirollik jamiyati (1731), I. qirollik akademiyasi (1786), tibbiy (1882), ijodiyot (1932), rassomlik, haykaltaroşlik va me'-morlik (1823) tarmoq akademiyalari. Eng yirik kutubxonalari: Dublindagi Milliy va Xalq kutubxonalari. Muzeylari: Dublindagi Milliy muzey (1731), Milliy galereya (1864), Fuqarolik muzeyi (1953), Zamonaviy san'at galereyasi (1953).
Matbuoti, radioeşittirişi va telekörsatuvi. Asosiy gaz. va jur. lari: «Ayriş independent» («Irlandiya mustaqilligi», ingliz tilidagi kundalik gaz., 1905 y. dan), «Ayriş press» («Irlandiya matbuoti», ingliz tilidagi kundalik gaz., 1931 y. dan), «Ayriş tayme» («Irlandiya vakti», ingliz tilidagi milliy kundalik gaz., 1859 y. dan), «Ivning gerald» («Keç-ki xabarçi», ingliz tilidagi milliy kundalik gaz., 1891 y. dan), «Innyu» («Bugun», irland tilidagi haftalik milliy gaz., 1943 y. dan»), «Iris efi-gyul» («Rasmiy gazeta», irland tilida haftasiga 2 marta çikadigan gaz., 1922 y. dan), «Ayriş pipl» («Irland xalqi», ingliz tilidagi haftanoma), «Ayriş souşelist revyu» («Irland sotsialistik şarhi», ingliz tilida har çorakda çiqadigan nazariy jur., 1969 y. dan), «Ayriş uorkers voys» («Irland işçilari ovozi», ingliz tilidagi haftalik byulleten). I. radio va telekörsatuvi davlat mahkama-sidir. I. da 1926 y. dan radioeşittiriş, 1961 y. dan telekörsatuvlar olib boriladi.
Adabiyoti irland va ingliz tillarida. Xalq oğzaki ijodining dastlab-ki namunalari 1-a. da yaratilgan. Söngroq diniy mavzudagi yozma adabiyot (6-a.), tarixiy vokeayaar va mi-fologik syujetli sagalar (8—9-a. lar-da) paydo bölgan. 12-a. da bardlar (xalq baxşilari) şe'riyati yuqori bosqiçga kötariladi.
16—18-a. lar I. dunyoviy va diniy adabiyotida vatanparvarlik ğoyalari tarğib qilindi, dehqonlar hayoti aks ettirildi (F. O'Nayv, J. Najent, E. O'Xassi va b. adiblar). J. Kiting qalamiga mansub «Irlandiya tarixi» (1640) alohida ahamiyatga ega böldi. I. jamiyatining uruğçilik tuzilmasi barbod bölgaç, bardlar şe'riyati tanazzulga uçradi. Poeziyada xalqçillik ruhi kuçaydi (E. O' Raxilli, J. Makdonnell, O. R. O'Sallivan). 18-a. oxiridan ingliz tilidagi adabiyotning salmoği oşa bordi. 19-a. 1-yarmida romantizm irland adabiyotida boş yönaliş böldi. 40-y. larda eng iste'dodli şoirlar «Yoş Irlandiya» inqilobiy-demokratik taşkiloti tevaragida birlaşdi. J. K. Mangan, S. Fergyuson, T. Devis siyosiy satira va insoniy lirika an'analarini da-vom ettirdilar. Vatanparvarlik balladasi eng ommaviy janr bölib kolli. Prozada tarixiy va oilaviy-mai-şiy mavzudagi romanlar yaratildi (J. Griffin, J. Beynim, M. Ejuort, U. Karlton). 19-a. oxirlarida «Irland uyğonişi» deb atalgan milliymadaniy harakat boşlandi, U. B. Yits bu harakatning taşabbuskorlaridan böldi. Uilyam Yits öz ijodida kelt mifologiyasiga qaytdi. Bu irland milliy adabiyotini qayta vujudga keltiriş imkonini berdi. Yits özining teatr asarlari b-n şe'riy dramaga köp yangiliklar kiritdi. 20-a. boşlaridagi adabiyotda poeziya va dramaturgiya yetakçi mavqeni egalladi. 1916 y. da ingliz mustamlakaçilari tomonidan otib taşlangan vatanparvar şoirlarning ijodi irland xalqining inqilobiy an'analari ruhi b-n suğorilgan edi. 20—30-y. larda realistik romançilik yetakçi jan-rga aylandi (P. O'Donnell, Ş. O'Fa-oleyn, L. O'Flaerti, J. Felan). I. O'Keysi öz tarjimai holi asosida yozgan epopeyasida mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayoti va xalq milliy-ozodlik harakatini har tomonlama çuqur tasvirlab berdi. 60—80- y. larda yaratilgan asarlarda işonçsizlik, ojizlik, yolğizlik kayfiyatlari va zolimlarga qarşi xalq nafrati aks etdi. Olsterdagi inson huquqlari uçun kuraş — hoz. I. adabiyotining eng asosiy mavzularidan biri. J. Karrik, R. Myorfi, T. Kinsella, B. Kliv, B. Fril asarlari bunga misoldir.
Me'morligi qad. kelt madaniyati zaminida vujudga kelgan. Jez davridan xarsang toşlardan barpo etilgan sağanalar va diniy inşootlar saqlanib qolgan. 5—11-a. larda I. da toş kapella-ibodatxonalar, baland soqçi minoralar (Glendalox, Kels va b. joylarda), 12-a. oxiridan 14-a. gaça gotika uslubida butxonalar qurilgan. Roman va gotika uslublaridagi binolar (12—16-a. lar)da I. me'morligining öziga xos tomonlari saklangan (Dublindagi Krayst-çyorç ibodatxonasi va b.). 17—18-a. larda va 19-a. boşlarida Dublinda ingliz klassitsizmi uslubida ma'muriy binolar, saroylar va uylar, 1829 y. dan ingliz neogotikasi uslubida çerkovlar qurildi. 19-a. va 20- a. boşlarida port şaharlarida rejali va qorişiq us-lubdagi binolar paydo böldi. 20-a. 2-yarmidan I. şaharlarida zamonaviy bino va me'moriy majmualar qurila boşladi (M. Skott va T. Kennedi kabi me'morlarning Dublin va Golueydagi işlari).
Tasviriy san'atida jez davridan geometrik naqşli tilla zeb-ziynat asboblari, temir davridan murakkab guldor metall buyumlar saklanib krlgan. 5—12- a. larda imoratlar, toş xoçlar, jez plastinalar hayvonlar tasviri tuşirilgan naqş b-n ziynatlangan. Nafis kitob miniatyuralari (8-a. ga mansub «Kels Injili») yara-tilgan. 18-a. da köpçilik rassomlar (Ç. Jervas, tönğiç N. Xoun, J. Barret va b.) Angliyada ta'lim olib, öşa yerda ijod qildilar. 19-a. rassomlari realizm va öziga xoslikka intildi (ken-ja N. Xoun manzaralari, U. Osborn kartinalari). 20-a. boşlarida milliy realistik maktab şakllandi, manza-ra va portretlar yaratildi (J. B. Yits, Ç. Lemb, J. X. Kreyg, V. Irl va b.). Hoz. I. da realizm an'analari b-n bir qatorda modernizm yönalişlari tarqalgan. Xalq hunarmandçiligida töqimaçilik, kaştaçilik, qamişdan buyumlar töqiş rivojlangan.
Musiqa folklori qadimdan bir ovozli bölgan. 16-a. oxiridan köp ovozli diniy musiqa rivojlangan. Rora Doll O'Katayn, J. va X. Skott, Keroll O'Deyli, T. va U. Konellan va b. arfa uçun kuy hamda işqiy qöşiqlar yaratgan dastlabki professional kompozitorlardir (16— 17-a. lar). I. da professional musiqaning şakllanişida 18-a. da D. Myorfi, M. Kelli, J. Fids, 19-a.da M. Balf, 20-a. da Ç. Stan-ford, A. Baks va b. muhim rol öynagan. 1856 y. Dublinda konservatoriya, 1964 y. da milliy opera truppasi taşkil etildi. Dublin va Kork musika markazlaridir. I. da simfonik orkestrlar, xor birlaşmalari, musiqa jami-yatlari bor.
Teatri. Badiiy öqiş va badihaçilik san'ati I. da majusiylik davridan mavjud. 16-a. da Dublinda diniy mavzudagi dramalar körsatilgan. 17-a. dan ingliz aslzodalari uçun teatrlar taşkil topgan. 1899 y. U. B. Yits va A. Gregori Dublinda I. adabiy teatrini tuzdilar. 1901 y. da I. milliy drama jamiyati, 1904 y. da uning zaminida Dublindagi doimiy teatr (keyinçalik Abbatlik teatri) yuzaga kelgan. Abbatlik («Ebbi teatr») da esa spektakl yaratişning yangi prinsiplari işlab çiqildi. 1922 y. drama ittifoqi taşkil topdi. 1928—31 y. larda Golueyda Gel teatri işladi. 1929 y. da E. Xelton va M. Mak-Liamoir tomonidan Dublinda zamonaviy teatrlarning novatorlik usullarini tasdikdaydigan teatr vujudga keldi. Uning sahnasida irland mualliflarining pyesalari, U. Şekspir, O. Uayld, B. Şou, A. P. Çexov, L. Tolstoy asarlari qöyildi. 1939 y. dan Abbatlik teatri gel tilidagi spek-takllarni ham namoyiş eta boşladi.
Kinosiga 1936 y. asos solingan. 30— 40-y. larda I. kino in-ti taşkil bölgan. 1958 y. dan «Ardmor» kinostudiyasi işlay boşladi. «Obrazlar», «Oç binafşa rang taksi» kabi filmlar işlandi. «Yits mamlakati», «Irlandiya xalqi», «Ozodlik», «Bu toşlar qoladi» kabi hujjatli filmlar yaratildi. 1982 y. «Quvilganlar» badiiy filmi (rej. Vinn-isimond) ekranga çiqdi. Maşhur rej. lari: M. O'Kelli, P. Keri, B. Kuini, R. Mangs, L. Markes, D. Komerford, K. Gikki. 1970 y. da kinematografiyaçilar birlaşmasi tu-zilgan.
Özbekiston — I. aloqalari. Özbekiston mustaqillikka erişgaç, ikki mamlakat örtasida savdo-iqtisodiy aloqalar rivojlana boşladi. Özbekiston I. ga, asosan, paxta tolasi va bir oz miqdorda ma'danli öğit eksport qiladi. I. dan don, mol yoği, ösimlik yoği va sariyoğ, plastmassa va undan yasalgan buyumlar, dori-darmon, kiy-im-keçak, organik kimyoviy birikmalar, elektr jihozlari va ş. k. larni sotib oladi. Şu tariqa 2000 y. da özaro tovar aylanmasi 14,3 mln. AKIIT dollariga yetdi. «Özbeksavdo» uyuşma-sining «Tijorat» firmasi I.ning «Verloni ltd» firmasi b-n I. dan Özbekistonga 2,6 mln. dollarlik kungaboqar yoği yetkazib beriş haqida şartnoma tuzgan. «Özbekenergo» davlat-aksiyadorlik kompaniyasi 1995 y. dan I. ning «Esb International» firmasi b-n hamkorlik qilmoqda. Şu yili bu firma xalqaro taşkilotlar tomonidan körsatilayotgan texnikaviy kömak dasturi doirasida Yevropa Hamja-miyati Komissiyasi (YEHK)ning «ÖzRda elektrlaştiriş tarmoğini boşqariş tizimini takomillaştirişga texnikaviy yordam» deb atalgan «EUZ 92/020» loyihasini bajardi. 1997 y. da firma YEHK ötkazgan tenderda ğolib çiqib, «Özbekenergo» davlat-aksiyadorlik kompaniyasida yangi «EUZ 9603» loyihasini bajarişga kirişdi.
I. ning «Çeldon Ltd» firmasi Özbekistonda işlab çikarilmaydigan turli smolalar, yuqori va past bosimli polietilenni «Qurilişplastmassa» aksiyadorlik jamiyatiga, koksni «Santexlit» aksiyadorlik jamiyatiga, KS-11 smolasini «Ohangaronşifer» aksiyadorlik jamiyatiga yetkazib bermoqda.
ÖzRda irlandiyalik sarmoyadorlar iştirokidagi 9 korxona faoliyat körsatadi. Şundan 7 tasi qöşma korxona va 2 tasi irland sarmoyasi 100% bölgan korxonadir. I. ning 2 firmasi: «Xerkos Limited» (rangli metallurgiya korxonalari uçun xom aşyo savdosi, yuksak texnologiyali tovarlar i. ç.), «Ay-Si-Ti Interneyşnl Kotton end Tekstayl Treyding K0 Ltd» (paxta savdosi) vakolatxonalari mavjud.