Tarkibida temir, oltingugurt, vodorod, radiy, kremniy kislotasi, karbon gazi, işqor bölgan şifobaxş mineral suvlar bor. Ğallaorol, Foriş, Mirzaçöl tumanlarida balneologik sanatoriylar faoliyat körsatadi. Sulfat-xlorid natriyli Çimqörğon balçiğidan fizioterapiya va davolaş profilaktika muassasalarida foydalaniladi.
Foydali qazilmalardan oltin, kumuş, volfram, qörğoşin, rux, temir, molibden, marmar, vollastonit, bazalt, granit, korund, ohak bor.
Aholisi 1 km2 ga 46,9 kişi töğri keladi (2001). Aholining köpçiligi özbeklar, şuningdek, qozoq, qirğiz, tojik, rus, tatar, turk, ukrain, nemis, fors, arman va b. Jami 70 dan ortiq millat vakili yaşaydi. Şaharliklar 30%, qişloq aholisi 70% ni taşkil etadi.
Xöjaligi. J. v. respublika i. ç.da va madaniy taraqqiyotida salmoqli örin tutadi. Xususan, paxta, ğalla, sabzavot, meva, çorva mahsulotlari yetiştiriladi. Boğdorçilikni rivojlantirişga e'tibor berilmoqda. Quriliş materiallari, xalq iste'mol mollari işlab çiqaradigan korxonalar salmoği oşdi. Viloyatda tadbirkorlikni rivojlantiriş maqsadida 2,5 mlrd. sömdan ziyod kredit mablağlari ajratildi. Faoliyat körsatayotgan 9400 ga yaqin xöjalik subyektlarining qariyb 8300 tasi nodavlat xöjaliklaridir.
Sanoati . Hoz. J. v. qadimdan Buyuk ipak yölida joylaşganligi bu xududda savdo madaniyatining tez rivojlanişiga ta'sir etdi. Ilk örta asrlarda jahon bozorida Jizzaxda jun va teridan tayyorlangan mahsulotlarga talab katta bölgan. 8—9-a.larda kulollik, zargarlik, aravasozlik kabi mahallalarining mavjudligi milliy hunarmandçilikning öşa davrlarda rivojlanganligidan darak beradi.
Viloyatdagi i. ç. sanoat tarmoqlarini hududiy jihatdan Jizzax, Ğalla-orol, Daştobod, Döstlik ş.laridagi sanoat tarmoqlariga ajratiş mumkin. Bular foydali qazilmalarni qazib çiqariş, paxtaçilik va irrigatsiya b-n boğliq bölgan tarmoqlar, paxtani qayta işlaş, elektrotexnika sanoati, quriliş materiallari i. ç., kimyo, yengil sanoat (ip yigiruv, paypoq töqiş, ustki trikotaj f-kalari), oziq-ovqat sanoatidir. Viloyatda quriliş materiallari, oziq-ovqat mahsulotlari, xalq iste'moli mollari işlab çiqaruvçi korxonalarning salmoği sezilarli. Şulardan Daştobod quriliş materiallari, Zomin oniks, Baxmal marmar, ğişt z-dlari, Daştobod, Döstlik un k-tlari, Jizzax mebel f-kasi işlab turibdi. J. v.da konçilik tarmoği ham rivojlangan. Marjon buloq oltin koni, Qöytoşdagi ohak, vollastonit, volfram, Kötarmada ohak, Uçquloçda qörğoşin konlari faoliyat körsatmoqda. 1991 — 2001 y.lar davomida J. v.da jahon andozasi darajasidagi mahsulotlar işlab çiqaruvçi zamonaviy qöşma korxonalar taşkil qilindi. Viloyatda qöşma, kiçik va xususiy korxonalar mavjud. Qöşma korxonalarda işlab çiqarilayotgan sanoat mahsulotining salmoği tobora ortib bormoqda. «Jibri» (Özbekiston — Buyuk Britaniya) qöşma korxonasi yiliga 50 ming t çigitni qayta işlab ösimlik yoği işlab çiqaradi, «Kumuş tola» (Özbekiston— Tojikiston) qöşma korxonasi yiliga 80 t dan ziyod ipak tolasini tayyorlaydi, «Paxta interneyşnl» (Özbekiston—Suriya) qöşma korxonasi yiliga 10 ming t lintdan sellyuloza i. ç. quvvatiga ega, «Baxmalşarob» (Özbekiston—Polşa) qöşma korxonasida mineral suvi qadoqlanadi. Şuningdek, paxta tolasidan eşilgan ip tayyorlovçi «Irjartekstil» (Özbekiston—Pokiston), yoğ-moy va sovun işlab çiqaruvçi «Madina» (Özbekiston—Xitoy), «Jizzax— Telekom» (Özbekiston —Indoneziya), Qöytoş şaharçasida «Vollastonit» i. ç. sexi (Özbekiston—Rossiya), sanoat mahsulotlari işlab çiqaruvçi «Vostok LTD», «Belogorsk» qöşma korxonalarining hissasi sezilarlidir. Yiliga 1 mln. dona akkumulyator tayyorlovçi «Özeksayd» qöşma korxonasi faoliyat körsatadi (2002). «Zilolateks» aksiyadorlik jamiyatida 250 t nitron matosi i. ç. quvvati işga tuşirildi.
Qişloq xöjaligi. Viloyat q. x.ning asosiy tarmoği — paxtaçilik. Paxta ekini maydoni viloyatdagi suğoriladigan yer maydonining asosiy qismi (110 ming ga) ni taşkil etadi. Viloyatning 12 tumanidan 10 tasida paxta ekiladi. 1994 y.dan J. v.da ğalla ekiladigan maydon keskin oşirildi. 2000 y.da 317,7 ming t ğalla tayyorlandi. Ğallaçilikni rivojlantiriş uçun tabiiy şaroitlar va b. imkoniyatlar mavjud, Viloyat q. x.da pillaçilik xam salmoqli örin tutadi. Joylarda yiliga 440—480 t pilla yetiştiriş imkonini beradigan tabiiy resurslar yaratildi.
Q. x.da kartoşka, poliz, sabzavot, uzum, höl meva yetiştiriş b-n ham şuğullaniladi. Bir yilda 25—30 ming t kartoşka yetiştiriladi. Poliz va sabzavotdan yiliga örtaça 70 ming t dan hosil olinadi.
J. v.da 9,4 ming ga dan ortiq, maydon mevali boğ (olma, behi, şaftoli, örik, olça, gilos, anor), 7,9 ming ga tokzor, 2,4 ming ga tutzor, 410 ga köçatzor. 78,7 ming ga yer qöriqxonaga aylantirilgan.
Q. x.da foydalaniladigan yerlar 1241,4 ming ga, şu jumladan haydaladigan yerlar 478,5 ming ga, şundan suğoriladigan yerlar 266 ming ga, lalmi yerlar 212,5 ming ga, yaylovlar 850 ming ga, piçanzorlar 12,5 ming ga, köp yillik daraxtzorlar 21,5 ming ga.
Don ekinlari 212 ming ga, paxta ekiladigan maydon 110,8 ming ga, sabzavot-poliz ekinlari 10 ming ga, ozuqa ekinlari 12,5 ming ga, 165 ming ga örmonzor bor. (2001).
J. v.da jamoa, davlat, şirkat va fermer xöjaliklari mavjud. Fermer xöjaliklarining salmoği ortib bormoqda. Viloyat q. x.da çorvaçilik aloxida örin tutadi. Barça xöjaliklarda 280 mingdan ziyod qoramol, 800 mingdan köproq qöy va eçki, qariyb 15 ming ot, 410 mingga yaqin parranda boqiladi (2000).
Transporti. T. y. viloyatda asosiy transport turlaridan. Umumiy uz. 217 km (2001). Avtomobil yöllari ham salmoqli örin tutadi. Havo yöllari Jizzax ş.ni Toşkent va b. viloyat markazlari, şuningdek, Kavkaz, Qrim b-n boğlaydi. Jizzax ş. köçalarida trolleybus qatnovi yölga qöyilgan.
Madaniy-maorif, soğliqni saqlaş va sporgi. 2000/01 öquv yilida viloyatda 530 umumiy ta'lim maktabida 253 ming öquvçi öqidi. Gimnaziyalar, 2 akademik litseyda 647 öquvçi ta'lim oladi (2002). Musiqa va sport maktablari, gimnaziyalar faoliyat körsatmoqda. Viloyatda 2 oliy öquv yurti bor: Jizzax pedagogika instituti va Jizzax politexnika instituti.
Özbekiston ğallaçilik ilmiy tadqiqot in-ti, onalik va bolalikni muxofaza qiliş ilmiy markazi faoliyat körsatmoqda. Viloyat şahar va tumanlarida 1998—2001 y.larda 7 kollej va 2 akademik litsey binolari qurilib işga tuşirildi. Ular zamonaviy öquv qurollari va texnika b-n jihozlandi. 32 kasb-hunar kollejida 17293 öquvçi ta'lim oladi. Akademik litseylarda tayyorlov, asosan, 4 yönalişda olib borilayotgan bölsa, kasb-hunar kollejlarida 33 mutaxassislik böyiça öqitiladi (2002).
Viloyatda 5 muzey (Jizzax viloyat ölkaşunoslik muzeyi, Şarof Raşidov muzeyi, Zomin tarixi muzeyi, Hamid Olimjon muzeyi, Mehnat Qahramoni X. Nosirov muzeyi), 289 jamoat kutubxonasi (8 mln. nusxadan ortiq asar), 126 klub, 12 tuman markaziy, 73 qişloq va şahar madaniyat uylari, 77 badiiy havaskorlik, 54 folklor-etnografik jamoalar, 12 maqomçilar guruhi, 60 xoreografik rake dastalari, vokal va estrada guruhlari faoliyat körsatadi.
J. v.da 3 teatr: Yunus Rajabiy nomidagi viloyat musiqali drama teatri, viloyat qöğirçoq teatri, Gagarin ş.da qozoq milliy teatri bor.
Viloyatda 1996 y.da taşkil etilgan «Özbeknavo» gastrol konsert birlaşmasi bölimining yoş iqtidorli san'atkorlaridan L. Moskalyova, F. Ibragimova, G. Sultonova, O. Malikovlar «Özbekiston —Vatanim manim», «Yangi taronalar», «Sado—99» körik tanlovlarining ğolibi bölişdi.
J. v.da 5 madaniyat va istirohat boği, 2 bolalar boği, «Sangzor köli» istirohat boği, H. Olimjon nomidagi şoirlar boği, «Örda» oromgohi, Jizzax, Zomin, Ğallaorol, Paxtakor ş.larida Xotira boğlari, «Ma'naviyat va ma'rifat», «Salomatlik va gözallik», mahalla va yoşlar markazlari, «Istiqlol» yoşlar forumi, Baxt uylari bor. Viloyatda Parpiota, Navkatota, Avliyoota Malikajdarota, Sa'd ibn Vaqqos, Sayfinota, Savrikota, Qavsota ziyoratgohlari, Temur darvoza, Xuttot, Quyoş taqvimi obidalari, qad. Jizzax, Hoşim qörğon, Abdullaxon qörğoni, Kökrabot, Sabat kabi arxeologik yodgorliklar mavjud.
J. v.da 67 kasalxona, 47 ta hududiy va 13 markaziy kasalxona, 1 davolaş markazi, 16 maxsus dispanser, 2,3 ming vraç, şu jumladan stomatologlar, 9,9 ming örta ma'lumotli tibbiy xodim bor. Viloyat tez yordam markazi, onalar va bolalarni muhofaza qiliş ilmiy markazi, markaziy bolalar şifoxonasi, viloyat tuğruqxonasi, reabilitatsiya markazi, ösmirlar dispanseri kabi muassasalar taşkil etildi, 34 ta xususiy şifoxona, 170 dorixona, 7 ta fitobar işlab turibdi. Sanatoriy bor (2002).
J. v.da sportning kuraş, boks, moto poyga, yengil atletika, karate kabi turlarida respublika va xalqaro musobaqalar ötkaziş odatga aylandi. 2001 y.da Jizzaxda örta maxsus, kasb-hunar ta'limi tizimidagi öquv yurtlari talabalarining «Barkamol avlod» sport öyinlari ötkazildi. Sportning 8 turi böyiça 2000 ga yaqin sportçi yoşlar Jizzax ş., Paxtakor, Ğallaorol, Baxmal tumanlaridagi stadion va sport zallarida bellaşdilar.
Viloyatda jami 28 stadion, 2 ta suv sporti saroyi, 18 tennis korti, 136 sport zali mavjud. Jizzax ş.da Olimpiya zaxiralari kolleji işga tuşirildi. Kollejda umumiy mayd. 9 ga (72x102 m yopiq sport maneji) sport majmuida bir vaqtda 11 turdagi sport maşğulotlari olib boriladi. Kollej 4 tennis korti, 1 suziş havzasi, 200 örinli yotoqxonaga ega. Şuningdek, 2 futbol maktabi faoliyat körsatadi. Viloyat yoş sportçilari orasida boks böyiça Osiyo çempioni Lazizbek Zo-kirov, bir neça yillardan buyon şaxmat böyiça xalqaro musobaqalar sovrindori, respublika çempioni, öquvçi Yulduz Hamroqulovalar bor.
Adabiyoti. J. v. qadimdan ilm-fan va ijodkorlar ösib ulğaygan yurt. Bu zaminda örta asrlarda şayx Abulhasan Xarakoniy (950—1034), şayx Aba Ali Fayumardiy (1084), Abu Tala ibn Nasr ibn Jundabek al-Usruşoniy, Poyanda Zaminiy, Soki Zaminiy kabi islom ma'rifati va fiqh ilmiga ulkan hissa qöşgan allomalar yaşab ötgan. Keyinroq 19—20-a.larda Maxmur Koriziy, Ubaydulloh Alamkaş, Narzullo Narziy, Inomxon Maxjur singari ijodkorlar boy adabiy meros qoldirgan. 20- a. özbek adabiyoti rivojida Jizzaxda tuğilib ösgan Hamid Olimjon, Şarof Raşidov, Nazir Safarov, Şukur Sa'dulla, Sarvar Azimov kabi adiblarning munosib hissasi bor. 20-a.ning oxirlarida Jizzaxdan Keldi Qodir, Jonibek Quvnoq, Ergaş Muhammad, Sa'dulla Hakim, Rustam Ğaniyev, Asror Möminov, Oqiljon Husanov, Şarofat Botirova, Ibrohim Doniş, Sayyora Töyçiyeva, Venera Ibrohimova, Sattor Qoraboyev, Meli Normatov, Faroğat Kamolova kabi ijodkorlar öz mahoratlari b-n adabiy jamoatçilikka tanildi. Gulçehra Şahobiddin qizi, Şahlo Ahrorovalar şe'riyati, qöşiqçilik mahorati b-n ajralib turdi.
Matbuoti, radio va televideniyesi. J.v.da 2 viloyat gaz. («Jizzax haqiqati», «Djizakskaya pravda»), tuman va şahar gaz.lari çiqadi. Viloyatda, şuningdek, tarmoq gaz.lari, jurnallar ham naşr etiladi.
Viloyat radiosi öz eşittirişlari b-n viloyat ijtimoiy-siyosiy hayotida öz örni va mavqeiga ega. 1990 y.da J. v. televideniyesi taşkil etilib, uning birinçi körsatuvlari efirga uzatildi. Jizzax ş.da «Baxtiyor — Şahboz» firmasining telestudiyasi körsatuvlar olib boradi. Viloyat teleradiokompaniyasi haftasiga 4 soat, Jizzax ş. televideniyesi 7 soat hajmdagi eşittiriş va körsatuvlar olib boradi. Jizzax ş.da kabelli televideniye ham işlayapti. Teletomoşabinlar respublika televideniyesi va Rossiyaning ORT, RTR kanallarini tomoşa qilişlari uçun imkoniyatlar mavjud.
Me'moriy va tarixiy yodgorliklari. Qad. va örta asrlarda bunyod etilgan me'moriy yodgorliklar bizgaça yetib kelmagan. Örta asrlarga oid köpgina qal'aqörğon va karvonsaroylar tepa va qörğon (Költepa, Oqtepa, Rabot, Qörğontepa, Xonimqörğon, Kaliyatepa) kabi nomlar b-n ataladi. Bularning soni 100 dan ortiq. Jizzax va Ğallaorol tumanlari hududidagi Takalisoydagi qoyatoşlarda ibtidoiy çorvaçilik, ovçilik davriga oid mingdan ortiq rasm, Baxmal, Ğallaorol, Jizzax tumanlarida juda köp yer osti yöllari saqlangan. 1956 y.da Baxmal tumani hududidan Budda ibodatxonasi qoldiği topilgan. Parpiota, Malik Girkuşoq, Avliyoi Serob, Nuriddin masjidlarining qoldiqlari saqlangan. Foriş tumanida qad. «Band» töğoni qoldiği hozir ham mavjud. Jizzax tumanida Uzunota qabri bor. Bu yerda sohibqiron Amir Temur 1404 y.dekabrning sönggi kunida bir keça tunagan. Jizzax ruslar tomonidan bosib olingandan söng rus harbiy iş boşçilari nazoratida mahalliy aholi kuçi b-n barpo etilgan bir qança imoratlar (uyezd hokimi binosi, rus askarlari qarorgohi, qamoqxona, çerkov) saqlanib qolgan.
Örol Nosirov, Raya Nurqulova.