Tarixi. KR 1948 y.da e'lon qilingan. 40 y. mobaynida diktatorlik rejimi hukmronlik qildi. Avvaliga Li Sin Man (1960 y.da ağdarib taşlandi), söng Pak Çjon Xi (1979 y.da öldirildi) rejimi hukm surdi. 1980—87 y.larda Çon Du Xvan prezident lavozimida böldi. 1987 y.da ötkaşlgan referendum yangi konstitutsiyami tasdiqladi. 1988 y. 25 fev.da kuçga kirgan mazkur konstitutsiya köp bosqiçli saylov örniga töğri prezident saylovini joriy etdi, parlamentning huquqlarini kengaytirdi, prezidentning vakolatlarini çekladi, uning lavozimda böliş muddatini 7 y.dan 5 i.ga keltirdi, armiyaning siyosatda qatnaşmasligi xaqidagi nizomni konstitutsiyaga kiritdi, matbuot erkinligini mustahkamladi.
1992 y. dek.da ötkazilgan prezident saylovida Demokratik liberal partiya nomzodi Kim Yen Sam ğalaba qozondi. Uning şiori «barkarorlik şaroitidagi islohotlar» edi. Harbiylarning neça ön yillik hukmronligidan söng birinçi marta fuqaro siyosatçi oliy lavozimiga saylandi. Bu davrda liberal-demokratik islohotlar ötkazildi. Muxolifat faoliyati parlament doirasidan çetga çiqmasligi belgilab qöyildi. 1997 y. 18 dek.da bölib ötgan saylovda esa Kim De Jung, 2002 y. dek. da bölib ötgan saylovda Ro My Xen prezident etib saylandi. Milliy bayramlari: 15 avg. — K. ozodligi kuni (1945); 3 okt. — Davlatga asos solingan kun. ÖzR b-n diplomatiya munosabatlarini 1992 y. 29 yanv.da örnatgan.
Siyosiy partiyalari va kasaba uyuşmalari. Yangi ming yillik demokratik partiyasi, 2000 y.da tuzilgan; Demokratik partiya, 1991 y.da taşqil etilgan; Yangi K. demokratik partiyasi, 1985 y.da asos solingan; Birlaşgan xalq partiyasi, 1992 y.da tuzilgan; Birlaşgan liberal demokratlar, 1995 y.da asos solingan; Demokratik xalq partiyasi, 2000 y.da tuzilgan; Buyuk mamlakat partiyasi, 1997 y.da asos solingan. K. kasaba uyuşmalari federatsiyasi, 1946 y.da tuzilgan, Xalqaro erkin kasaba uyuşmalari konfederatsiyasiga kiradi.
Xöjaligi. KR — jöşqin rivojlanayotgan industrial-agrar mamlakat. Keyingi 30 y. mobaynida iktisodiy ösiş sur'ati jihatidan dunyoda oldingi örinlardan birini egallab keldi. Yalpi içki mahsulotda sanoat uluşi 34%. Milliy mahsulot hajmi aholi jon boşiga 1989 y.gi 4830 AQŞ dollaridan 1996 y.da 10 ming dollarga yetdi. Yuksak texnologiyalarga asoslangan hamda eksportga mahsulot tayyorlovçi tarmoqlar va oğir sanoat ildam rivojlandi. Foydali qazilmalar orasida toşkömir konlari juda katta ahamiyatga ega; temir, rux va mis rudalari, volfram, qalay, oltin, kumuş qazib olinadi. Şunga qaramay, zarur sanoat xom aşyosining köp qismi çet ellardan keltiriladi.
S a n o a t i . Işlab çiqaruvçi sanoat iqtisodiyotda yetakçi örinda. KR kemalar, yengil avtomobillar, elektronika va elektrotexnika, neft, pölat, töqimaçilik mahsulotlari i.ç. böyiça dunyoda oldingi örinlardan birida turadi. Pxoxan ş.da mamlakatdagi eng katta metallurgiya kti bor. Bundan taşqari, rangli metallurgiya, kimyo, yengil sanoat korxonalari mavjud. Seul, Inçxon, Tegu, Pusanda ip gazlama, Çxonju va Kvanjuda tabiiy şoyi gazlama, Ulsan va Pusanda kema i.ç. markazlari barpo etilgan. Köpdan-köp şoli okdaş, un tortiş, qand-şakar, soyani qayta işlaş, vinoçilik, tamaki, baliq mahsulotlarini qayta işlaş va ş.k. korxonalar bor. Televizor, radiopriyomnik, velosiped, mototsikl, avtomobil motori, elektrotexnika asbob-uskunalari i.ç. eng yangi texnika asosiga qurilgan. Qoğoz, yoğoçsozlik, binokorlik aşyolari sanoati, uy-rözğor asboblari işlab çiqaruvçi, hunarmandçilik korxonalari mavjud. Qudratli energetika bazasi vujudga keltirilgan (yiliga örtaça 119 mlrd. kVt-soat). Hosil qilinayotgan elektr energiyaning 50% AESlarga töğri keladi. Mamlakatda aerokosmik sanoatini rivojlantiriş dasturini amalga oşirişga kirişilgan. Biotexnologiya, gen injeneriyasi, lazer, kompozitsion materiallar yaratiş sohasidagi ilmiy-texnikaviy işlanmalar faol yölga qöyilgan. Barça sohalar gurkirab rivojlanişi tufayli KR korporatsiyalari tobora ğarbdagi yetakçi kompaniyalarning jiddiy raqobatçisiga aylanib borayotir.
Qişloq xöjaligi. Kişloq va örmon xöjaligida, baliqçilikda aholining salkam 18% şuğullanadi. Bu tarmoqlar yalpi içki mahsulotning 8% ni beradi. Q.x. mamlakat oziq-ovqat ehtiyojining 65% ni qondiradi. Yer maydonining 21%ga ekin ekiladi, şundan 50% suğoriladi. Köp joylarda yiliga 2—3 marta hosil olinadi. Dehqonçilikda şoli, arpa va buğdoy, şuningdek, makkajöxori, soya, kartoşka, batat, kanop, jenşen yetiştiriladi. Köp miqdordagi don çetdan keltiriladi. Çorvaçilik suyet rivojlangan, qoramol, çöçqa, parranda boqiladi, baliq va dengiz jonivorlari ovlanadi. Toğli joylarda yoğoç tayyorlanadi.
Transporti. T.y.lar uzunligi— 7 ming km, avtomobil yöllari öz. — 55 ming kmdan ziyod, dengiz savdo floti tonnaji 11,7 mln. t dedveyt. Dengiz portlari: Pusan, Ulsan, Inçxon, Masan, Pxoxan, Mokpxo, Yosu. Seul, Pusan, Teguda katta aeroportlar bor.
Taşqi savdosi iktisodiy jihatdan rivojlangan AQŞ, Yaponiya, Kanada va Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga qaratilgan. Rossiya va MDHdagi boşqa mamlakatlar b-n ham iqtisodiy hamkorlikni yölga qöygan. Eksportida i.ç. sanoati mahsuloti ustun. Uning 95% ni tayyor maxsulotlar (kemalar, elektron tovarlar, televizorlar va b.) taşqil etadi. Mineral xom aşyo ham çiqaradi. Çetdan yoqilği, xom aşyo, oziq-ovqat, maşina va uskunalar, kimyo mahsulotlari oladi. Pul birligi — vona.
Maorifi, ilmiy va madaniy-ma'rifiy muassasalari. 6—11 yoşdagi bolalarning boşlanğiç ma'lumot olişi majburiy. Davlat öquv yurtlari b-n bir qatorda xususiy boşlanğiç va örta maktablar ham bor. Boşlanğiç maktabda majburiy ta'lim joriy etilgan bölib, öqiş muddati 6 y., örta maktabda 3 y., oşirilgan darajadagi örta maktabda 3 y. Magistraturani bitirganlarga ilmiy daraja beriladi. 500 dan köproq (şundan 400 tasi xususiy) oliy öquv yurti bölib, ularda 1 mln. 390 ming talaba öqiydi, yuzdan ortiq kollej va un-t mavjud, ulardan eng yiriklari: Seul davlat unti (1905), Yense, Kyonxi, Konguk, Kukmin, Koria, Xanguk, Xanyan kabi xususiy un-tlar. Texnologiya in-ti, Qon tekşiruv in-ti va b. ilmiy markazlar taşqil etilgan. 1958 y. tuzilgan Atom energiyasi boşqarmasi huzurida atom ener-giyasi va tibbiy radiatsiya in-tlari oçilgan. Seulda Milliy fanlar aka-demiyasi, Milliy san'at akademiyasi, bir qança i.t. in-tlari, Milliy kutubxona, Seul va Koreya un-tlarining kutubxonalari, Milliy muzey, Milliy ilmiy muzey va h.k.lar mavjud.
Matbuoti, radioeşittirişi va telekörsatuvi. KRda 700 ga yaqin kundalik gaz. naşr etiladi, ularning taxm. yarmisi Seulda çiqadi. Eng yiriklari: «Tona ilbo» («Şarqiy Osiyo gazetasi», 1920 y.dan), «Xanguk ilbo» («Koreys gazetasi», 1954 y.dan), «Çoson ilbo» («Koreya gazetasi», 1920 y.dan), «Kenxyan sinmun» («Keçki gazeta», 1946 y. dan), «Qoria gerald» («Koreya xabarçisi», 1953 y.dan), «Koria tayme» («Koreya vaqti», 1950 y.dan), «Seul sinmun» («Seul gazetasi», 1945 y.dan) va b. Renxap axborot agentligi 1980 y.da tuzilgan. «Qorian Brodkasting sistem» radioeşittiriş va telekörsatuv korporatsiyasi 1926 y.da taşqil etilgan. Yetakçi radiost-yalari: «Krisçian Brodkasting Sistem», «Kikton Brodkasting Sistem» va «Asia Brodkasting Sistem» (asosan, xorijiy Uzoq, Şarq mamlakatlariga möljallangan).
Adabiyoti. Yapon mustamlakaçilari mamlakatdan quvilgaç, köpgina yozuvçilar istiqbolga umid ruhi b-n suğorilgan asarlar yaratişdi. Li Xa Yun, Kim Gvan Sop va b.ning şe'rlarida istiqlol ğoyalari aks etdi. Katta avlod prozaçilari naturalizm va dekadentlik adabiyoti an'anasini davom ettirdi. 1954 y.dan prozaçilarning yoş avlodi yetişdi, bölar Ğarbda rasm bölgan «yangi tanqid» oqimi va antiromanizm nazariyasi ta'siriga juda ham berilgan. Köp asarlar uruş va yolğizlikka bağişlangan. Li Don Ji va Li Xyon Gi asarlarida mistitsizm hamda «şarq tafakkuri» öziga xosligi ğoyalari aks ettirilgan. 1960 y. örtalaridan uruş azoblari, insonning yolğizlik hissiyoti, umidsizlik ohanglari ustunlik kila boşladi. 70— 80-y.larda realistik ilğor an'analar kuçaydi, voqelikka tanqidiy munosabat rivojlandi (Kim Ji Xa şe'rlari), adabiyotda ilğor tamoyillar paydo böla boşladi.
Me'morligi va tasviriy san'ati. 1950—80 y.larda jamoat binolari, asosan, Ğarbiy Yevropa me'morligi uslubida qurilgan (Seuldagi «Qoria eyr Layns» aviatsiya kompaniyasining binosi). Milliy me'morlik uslublari asosida zamonaviy konstruksiyalar b-n qurilgan binolar ham uçraydi. (Seul yaqinidagi «Uoker-Xill» oromgoh markazi). Turar joylarning aksariyati tipovoy loyihalar asosida quriladi.
KR tasviriy san'atida oqimlar köp. Rangtasvirçilardan Kim In Sin, Li Jun Sop va b. yevropaça realistik oqimga, Kim Xvan Gi, Nam Gvan kabi rassomlar, Kim Yon Xak, Çon San Bom singari haykaltaroşlar esa modern oqimiga taqlid qiladi. Kim Gi Çkan, Pak Ne Xen ijodida milliy uslub yevropaça uslubga hamohang tarzda na-moyon böladi. Amaliy tasviriy san'at an'analari asosida buyumlar tayyorlaş rivojlangan.
Musiqasi. Milliy musiqa san'ati ayrim vatanparvarlar harakati tufayligina saqlab qolindi. Xalq xonandalik san'atining pxansori deb atalgan turi KR da qayta tiklandi. Musiqali dramaga öxşaş bu turda aktyorlik, aşula va raqs uyğunlaşgan. 1945 y.da simfonik orkestr taşqil etilgan. Köpgina estrada ansambllari işlab turibdi. Seulda opera truppasi bölib, u çet el (asosan, Yevropa) spektakllarini qöyadi. Simfonik orkestrlar va ayrim un-tlar huzurida musiqa kollejlari bor. «Miljun», «Tonyan» drama teatrlari, kiçik-kiçik teatr truppalari mavjud. Ularga Ğarb zamonaviy san'atining ta'siri katta. Çonlar triosi, skripkaçi Kim Yon Uk, qöşiqçilar Xans Çxve, Ço Sumi va b. ijroçilarning nomi dunyoga maşhur.
Kinosi. 1946 y. KR kinematografiyasi vujudga keldi. 40-y.lar oxiridagi filmlar, asosan, Vatanni yapon bosqinçilaridan ozod qilişga bağişlandi («Mudhiş tun», «Ortikça odam»). Keyingi yillarda vatanni birlaştiriş kinematografiyaning asosiy mavzui bölib qoldi.
Özbekiston — KR munosabatlari. KR 1991 y. 30 dek.da Osiyo — Tinç okean mintaqasi davlatlari orasida birinçi bölib ÖzR mustaqilligini tan oldi. Özbekiston b-n KR örtasida 1992 y. yanv.da diplomatiya munosabatlari örnatilgandan keyin siyosiy, iqtisodiy va madaniy sohalarda keng hamkorlik aloqalari yölga qöyildi. Mamlakatimiz rahbari I. Karimovning 1992, 1995, 1999 y.larda KR ga va KR prezidentining 1994 y.da Özbekistonga rasmiy taşriflari çoğida imzolangan hujjatlar özaro hamkorlikning huquqiy poydevorini yaratdi. 1999 y.da özaro tovar aylanmasi hajmi salkam 526,8 mln. AKŞ dollariga yetdi. KR Özbekistondan paxta tolasi, ip gazlama, kalava ip, elektr asbob-uskuna, xom teri, ipak, kimyoviy öğit olib, Özbekistonga transport vositalari, elektr va mexaniq jihozlar, qora metall, kauçuk va rezina mahsulotlari, böyoqlar, turli xil jihoz va apparatlar, töqimaçilik mahsulotlari yuboradi.
Özbekistonda koreys sarmoyasi iştirokidagi 80 ga yaqin korxona bölib, ular transport, elektronika, telekommunikatsiya, aloqa, töqimaçilik kabi sohalarga mansub. «ÖzDEU avto», «ÖzDEUelektroniks», «Kabul-Özbek kompani LTD», «ÖzSamsöngelektroniks» kabi qöşma korxonalar şu jumlaga kiradi. Ular avtomobil, xalq iste'mol mollari, radio elektron maqsulotlar i.ç. b-n şuğullanadi. Töytepada va Toşkentning «Kökça» dahasida qurilgan töqimaçilik korxonalari mahsulotlari çetga eksport qilinayotir. Farğona va Namangan ş.larida ham şunday korxonalar barpo etiladi. Şuningdek, KRning 19 ta kompaniyasi ÖzR da öz vakolatxonasini oçgan. 1994 y.dan buyon iqtisodiy hamkorlik va savdo-sotiq masalalari böyiça Özbekiston-Koreya va Koreya-Özbekiston qöşma qömitasi işlab kelayotir. ÖzR Taşqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki KR ning 10 ta banki b-n vakillik munosabatlari örnatgan. Koreya Xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) bir neça yillar davomida respublika vazirliklari va idoralari b-n faol aloqa qilayotir. Şu taşqilot yöli b-n özbek yigit-qizlari muntazam ravişda KR da malaka oşirayotir, Toşkent iktisodiyot un-tida va Moliya in-ti huzuridagi litseyda kompyuter sinflari taşqil etilgan. Özbekistondagi boşqa litsey va kollejlarni öquv asbob-uskunalari b-n jihozlaş loyihasi amalga oşirilayotir. KR Maorif vazirligining 1992 y. maydan beri işlayotgan Toşkentdagi koreys ta'lim markazida oliy öquv yurtlari muallimlari va talabalari uçun tanlov asosida malaka oşiriş yölga köyilgan. 1993 y. martda Toşkent şarqşunoslik in-tida koreyaşunoslik f-ti oçilgan. Özbekiston jahon tillari un-tida «Koreys tili markazi», Samarqand çet tillar in-tida «Koreys tili va madaniyati markazi» işlaydi. KRning Özbekistondagi elçixonasi bu markazlarni eng yangi adabiyot va video hamda audio kassetalar b-n jihozladi.
Ikki mamlakat örtasida madaniy aloqalar tobora kengayib borayotir. Özbek madaniyat va san'at arboblari KR da öz mahoratlarini namoyiş etiş, Özbekistonda koreys madaniyati haftaliklarini ötkaziş odat tusiga kirib krldi. 1998 va 1999 y.lardagi ana şunday xaftalik doirasida Toşkentda koreys kitoblari va fotosuratlari körgazmasi, koreys san'at arboblari va rassomlari körgazmasi uyuştirildi. Sport turlari va koreys an'anaviy öyinlari namoyiş etildi. Kinofilmlar körsatildi, nihoyat Alişer Navoiy nomidagi teatrda maşxur koreys aşula va raqs ansambllari katta tomoşa körsatişdi.