Tabiati. L. hududining 98% subtropik çala çöl (şim.da) va tropik çöldan (jan.da) iborat. Qirğoq çiziği nisbatan tekis. Eng katta va yagona qöltiği — Sidra. L. yer yuzasining köp qismi plato (bal. 200—600 m). Jan.da Tibasti toğligining tarmoqlari (bal. 2286 m gaça) bor. Mamlakatning şarqiy kismini Liviya nuli egallagan. Geologik jihatdan L. hududi Afrika platformasi şim. yon bağrining bir qismidan iborat. Tokembriy kristalli jinslar yer yuziga çiqib yotadi. Soyliklar çökindi jinslar b-n tulgan. L.ning markaziy qismida yoş vulkan jinslari köp. Yuqori bör — paleogen yotqiziqlari orasida neft konlari bor; gaz, temir rudasi, fosforit va b. qazilma boyliklar ham mavjud.
Iqlimi tropik, çölga xos iqlim. T-ralarning mavsumiy va sutkalik farqi katta. Mamlakat şim.da subtropik iqlim, Örta dengizga xos. Yanv.ning örtaça t-rasi şim.da 11 — 12° va jan.da 15—18° gaça, iyulniki şim.da 27—29° va jan.da 32—35°gaça, eng yuqori t-ra (50° dan oşadi) Liviya çölining markazida. Yillik yoğin mamlakat şim.da 250—350 mm dan (Tripolida) 400—625 mm gaça (Kirenaikada). Issiq va kuruq hamsin şamoli esib turadi. Doim oquvçi daryolari yöq. Yer osti suvlari yuza joylaşgan yerlarda vohalar bor. Kuruqözanli vodiy köp.
Sohildagi böz va böz-jigarrang tuproqli yerlarda akatsiya, tamariks, makvis, kedr, sarv; jan.roqda dağal ut va buta usadi. Çul qismida ösimlik juda siyrak.
Hayvonot dunyosi, asosan, sudralib yuruvçilar (ilon, kaltakesak)dan iborat; çayon kup. Şim.da sirtlon, kaş-qir, tulki, quyon uçraydi. Vodiylarda kuşlar bor. Milliy bogi — Kuf.
Aholisining 98% arablar. Barbar, tuareg va tubular, yirik şaxarlarida yevropalik (asosan, italyan)lar ham yaşaydi. Rasmiy til — arab tili. Davlat dini — islom (musulmonlarning aksari sunna mazhabida). 90% aholi mamlakatning şim. qismida, çölda siyrak, bir qismi köçmançi. Ahrlining 82% şaharlarda yaşaydi (1990). Yirik şaxarlari: Tripoli va Binğozi.
Tarixi. L. hududida odam qadimdan yaşab keladi. Ming yillar davomida ibtidoiy jamoa tuzumi xukm surgan. Mil.av. 1-ming yillikning 1-yarmida L. ğarbida Leptis-Magna, Sabrata va Ea degan Finikiya manzilgoxlari vujudga keldi. 7-a.da L. şarqida yunonlarning şaharçalari paydo böldi. Şulardan muximi Kirena. Keyinçalik L. hududining bir qismi Kirenaika deb yuritildi. Mil. av. 5-a. örtalarida L.ning ğarbiy qismi Karfagen qöl ostiga ötdi. Mil. av. 6-a. oxiri va 5-a. boşlarida Kirenaikaning bir qismini Axomaniylar davlati, keyinçalik makedoniyalik Aleksandr qöşinlari bosib oldi. Mil. av. 2-a.da uni Rim egallagan. 6-a.dan L. Vizantiya tarkibiga kirdi. 7-a.da L. Arab xalifaligiga qöşib olingan. L.ga juda köp arab qabilalari köçirib keltirilişi natijasida mahalliy aholi arablar b-n çatişib ketgan. Islom dini keng tarkalgan.
L. 16-a.dan 1912 y.gaça Usmonli turk saltanati tarkibida böldi (faqat 1711 — 1835 y.lari L.ni mahalliy Karamanli sulolasi boşqardi). 1911 — 12 y.lardagi Italiya-Turkiya uruşidan söng L.ning sohil böyi hududlarini Italiya egalladi. Mahalliy aholi Italiya mustamlakaçilariga qattiq qarşilik körsatdi. 1-jahon uruşi davrida Italiya öz qöşinlarining bir qismini L.dan olib çiqib ketişga majbur böldi. Italiya qöl ostida faqat Hims, Tripoli va Binğozi ş.lari qoldi. Bu vaqtda Kirenaika hududi Sanusiya tariqati qöl ostida edi. 1918 y. Tripolitaniya respublikasi e'lon qilindi. Italiya hukumati öz mustamlakalaridan ajralib qolişdan qörqib, Sanusiya tariqati boşliği Idris as-Sanusiyni Kirenaika hukmdori deb tan olişga, Tripolitaniya respublikasiga muxtoriyat huquqi berişga majbur böldi. 1922 y. Idris as-Sanusiy Kirenaika va Tripolitaniya amiri deb e'lon qilindi. Italiyada hokimiyat faşistlar qöliga ötgaç (1922), L.ni butunlay böysundiriş uçun uruş harakatlari yana boşlab yuborildi. Mahalliy aholi köplab qatl qilindi. Juda köp yerlar italyan kelgindilariga bölib berildi. Iqtisodiyotning barça tarmoqlari ustidan Italiya nazorati örnatildi. Bunga qarşi L.da ozodlik harakati yanada avj olib ketdi. Italiya qiyinçilik b-n Tripolitaniya (1928), Fetssan (1930)ni bosib oldi. 1939 y.ga kelibgina Kirenaika, Tripolitaniya va Fetssan Italiya tarkibiga kiritildi.
2-jahon uruşi davrida Italiya mustamlakalarini kengaytiriş uçun L.dan baza sifatida foydalanişga urindi. L.da harbiy bazalar, katta toş yöllar qurildi, portlar qayta tiklandi, mustamlaka qöşinlari tuzildi. 2-jahon uruşida faşist qöşinlari mağlubiyatga uçray boşlagaç, Italiya-Germaniya qöşinlari L.dan butunlay olib çiqildi. 1942 y. oxiri — 1943 y. boşida esa fransuz askarlari Fetssanni, ingliz askarlari Kirenaika va Tripolitaniyani egalladi. Şu vaqtdan L. Buyuk Britaniya va Fransiya harbiy ma'muriyati qul ostiga ötdi.
L. takdiri haqidagi masala dastlab 1945—48 y.larda Taşqi işlar vazirlari kengaşi (2-jahon uruşidan keyin yaraş bitimlarini tayyorlaş maqsadida ta'sis etilgan xalqaro organ)da, söngra BMTda muhokama qilindi.
1949 y. noyab.da BMT Boş Assambleyasi L.ga 1952 y. 1 yanv.dan mustaqillik beriş töğrisida qaror qabul qildi. 1950 y.da çaqirilgan Milliy ta'sis majlisi L. konstitutsiyasini qabul qildi. 1951 y. 24 dek.da mustaqil L. Qöşma Podşohligi (tarkibida Kirenaika, Tripolitaniya, Fetssan vilo-yatlari bölgan federatsiya) tuzilganli-gi e'lon qilindi.
1963 y.da L. unitar davlat deb e'lon qilindi. Ayollarga saylov huquqi berildi. Mamlakatning iqtisodiy va siyosiy hayoti hamon yirik zamindorlar, qabila şayxlari qölida edi. Demokratik harakatlar qattiqqöllik b-n bostirilar edi.
1969 y. 1 sent.da yaşirin siyosiy taşkilot a'zolari — yeş armiya ofitserlari guruhi monarxiyani ağdarib taşlab, L. Arab Respublikasi (LAR) tuzilganligini e'lon qildilar. Mamlakatni boşqariş Inqilobiy qömondonlik qömitasi qöliga ötdi. L.da «Liviya islom sotsializmi» qurilişi e'lon qilindi. 1970 y.da barça çet davlatlarning harbiy bazalari LAR hududidan çiqarib yuborildi. 1972 y.da mamlakatda yagona siyosiy taşkilot — Arab Sotsialistik Ittifoqi tuzildi. 1977 y.da «Xalq hokimiyati» tartiboti e'lon qilindi, mamlakatning nomi özgartirilib, L. Arab Sotsialistik Xalq Jamahiriyasi deb ataldi. Oliy xalq kongressining 1979 y. 1—2 martdagi favqulodda sessiyasi qarori b-n Muammar Qazzofiy rasmiy ravişda davlat hokimiyat tizimidan taşqari turuvçi, amalda esa rahbar organ bölmiş Inqilob rahbariyati boşliği bölib qoldi. L. 1955 y.dan BMT a'zosi. Milliy bayrami — 1 sent. — Inqilob Kuni (1969).
L.da Siyosiy partiyalar yöq. L. Jamahiriyasi işlab çiqaruvçilar kasaba kongresslari uyuşmasi umumiy kongressi 1972 y.da tuzilgan.
Xöjaligi. L. rivojlanayotgan mamlakatlar qatoriga kiradi. Iqtisodiyotning asosi — neft qazib çiqariş va uni qayta işlaş sanoati. Yalpi içki mahsulotda sanoatning uluşi 35,6%, q.x. ning uluşi 5,5% (1989).
Sanoati neft va gaz konlari, neftni qayta işlaş, sement, metallurgiya, oziq-ovqat (zaytun moyi, meva va baliq konservalari, tamaki mahsulotlari), töqimaçilik (jun gazlama), könçilik korxonalaridan iborat, bir neça elektr st-yalari bor. Yiliga örtaça 9,8 mlrd. kVt-soat elektr energiya hosil qilinadi. Sanoat korxonalarining köpçiligi Tripoli, Binğozi va b. şa-harlarda joylaşgan. Misurotada yirik metallurgiya majmuasi, boşqa şaharlarda quvur, elektr simlari işlab çiqaruvçi korxonalar, traktor va avtomobil yiğuvçi z-dlar bor. Hunarmandçilik rivojdangan.
Qişloq xöjaligiga yaroqli yerlar örmonlar b-n birga 4,2 mln.ga (2%). Asosiy ekinlari: arpa va buğdoy. Sabzavot, meva (apelsin, mandarin, xurmo, uzum), yer yonğoq, zaytun, tamaki ham yetiştiriladi. L. Sahroi Kabiridagi aholining asosiy maşğuloti — çorvaçilik. Qöy, eçki, qoramol, tuya, yilqi, eşak boqiladi. Sohil yaqinidagi suvda baliq va dengiz jonivorlari ovlanadi.
Transporti. L. da t. y. yöq. Avtomobil transportining ahamiyati katta, uning uz. — 28 ming km, neft quvurlarining uz. — 3,4 ming km. Eksport qilinadigan neft va çetdan keltiriladigan yuklar dengiz transpor-tida taşiladi. Dengiz flotida 26 kema, şu jumladan, 12 tanker bor. Yirik portlari: Tripoli va Binğozi. Tripoli, Binğozi va Sabha ş.larida xalqaro aeroportlar bor.
L. çetga neft va neft mahsulotlari, şuningdek, gaz, sitrus mevalar, teri, kimyoviy mahsulotlar va b. çikaradi. Çetdan maşina va asbob-uskuna, oziq-ovqat, ma'danli öğit, quriliş materiallari va b. keltiradi. Taşqi savdoda Italiya, Germaniya, Ispaniya, Fransiya, Yaponiya, Koreya b-n hamkorlik qiladi. Pul birligi — Liviya dinori.
Tibbiy xizmati. Şifokorlar Bingozidagi un-tning tibbiyot f-tida, örta malakali tibbiyot xodimlari maxsus maktablarda tayyorlanadi. Tibbiy xizmat tizimi asosan davlat qaramoğida.
Maorifi, ilmiy va madaniy-ma'rifiy muassasalari. 1975 y.dan 6 yoşdan 15 yoşgaça bölgan bolalar va ösmirlar uçun majburiy ta'lim joriy etilgan. Boşlanğiç maktabda öqiş muddati 6 y., örta maktabda 6 y. Barça bosqiçlardagi ta'lim — bepul. L.da 10 un-t, 17 oliy öquv yurti, 14 i.t. markazi bor. 1975 y.da Afrikadagi eng yirik neft tadqiqotlari lab. taşkil etilgan. Tripolida Davlat kutubxonasi (1917) va un-t kutubxonasi, Binğozida Xalq kutubxonasi, Binğozi unti kutubxonasi bor. Tripolida arxeologiya, etn., islom, tabiat tarixi muzeylari, Leptis-Magna, Sabrata va b. şaharlarda qad. tarix muzeylari mavjud.
Matbuoti, radioeşittirişi va telekörsatuvi. L .da naşr etiladigan yirik gaz. va jur.lar: «Al-Fajr al-Jadid» («Yangi tong», arab tilidagi kundalik gaz., 1978 y.dan), «Al-Jamahiriya» (arab tilidagi haftalik gaz., 1980 y.dan), «Az-Zahf al-Axdar» («Yaşil hujum», arab tilidagi haftalik gaz., 1980 y.dan), «Al-Muntijun» («Işlab çiqaruvçi», arab tilidagi haftalik gaz., 1978 y.dan), «Jeyş aş-Şa'b» («Xalq armiyasi», arab tilidagi oylik jur., 1971 y.dan). Jamahiriya axborot agentligi (JANA) — rasmiy axborot mahkamasi bölib, 1965 y.dan faoliyat körsatadi. Radioeşittiriş korporatsiyasi 1957 y.da tuzilgan. Telekörsatuv xizmati 1968 y.da taşkil etilgan.
Adabiyoti. Arab istilosidan söng 7-a, 8-a. boşlarida L.da adabiyot umumarab madaniyati asosida rivojlandi.
Ammo 16-a.dan L. adabiyoti tuşkunlikka uçradi, 17—18-a.larda Umar al-Farid, Ahmad al-Bahluliy kabi şoirlar kad. arab şe'riyati an'analarini davom ettirdilar. 19-a. oxirida arab mamlakatlarida vujudga kelgan mada-niy uyğoniş harakati 20-a.ning 1-yar-migaça L.ga ham ta'sir ötkazdi. Bu davrda ozodlik, ma'rifat va ijtimoiy mavzular L.ning mumtoz şe'riyati uçun muhim böldi. Ahmad aş-Şarif, Mustafo bin Zikriy, Sulaymon al-Baruniy va b. şoirlar qasidalarida mustamlakaçilarga qarşi kuraş mavzui keng ifoda etildi. Ahmad Rafiq al-Mahdum, Ibrohim al-Usta Umar kabi şoirlarning 30—40-y.lardagi asarlari xalqning Italiya bosqinçilariga qarşi kuraşiga bağişlandi. L. mustaqillikka erişgandan söng adabiyot maydoniga Ali Sidqi Abdulqodir, Ahmad Fuod Şinnib, Ali ar-Ruqayn va b. şoirlar kelib qöşildi. 40—50-y.larda hikoyanavislik yuzaga keldi. Uning boş mavzui — çinakam mustaqillik va ijtimoiy tenglik uçun kuraşdan iborat böldi. Mustafo al-Misuratiy, Abu Harrus, Muhammad Afif, Tolib ar-Roviy kabi yozuvçilar öz asarlariga oddiy xalq vakillari — badaviylar, baliqçilar, fallohlar va hunarmandlarni boş qahramon qilib oldilar. Keyingi yillarda Jum'a al-Faroniy, Ahmad an-Nuayriy, Abdulhafiz al-Mayar kabi şoir va yozuvçilar adabiyot maydoniga kirib keldilar.
Me'morligi va tasviriy san'ati qad. Neolit davriga mansub qoyaga işlangan rasmlar (fil, bizon ovi manzarasi) topilgan. Finikiya san'ati yodgorliklari (mil. av. 1-ming yillik) orasida loydan işlangan haykallar, qora lok b-n har xil gul va suratlar so-lingan keramika buyumlari, şişa idişlar uçraydi. Mozaika va haykallar b-n bezatilgan Yunon, Qad. Rim, Vizantiya inşootlarining vayronalari saqlangan. Arab istilosi (7-a. oxiri, 8-a. boşlari)dan keyin tor köçali, 1 va 2 qavatli yassi tomli, hovlili uylar qurilgan, 18—19-a.larda koşin va öyma naqşlar b-n bezatilgan köp gumbazli maçitlar paydo böldi. Italiya xukmronligi yillarida (1912— 43) şaharlarda yev-ropaça kvartallar barpo etildi. L. mu-staqillikka erişgaç, maktab, kasalxona, turar joy va ma'muriy binolar zamonaviy tipda qurila boşladi. Geometrik şakllardagi naqşlar b-n bezatilgan gilamlar, bosma yoki kaştali çarm va öymakorlik, zargarlik buyumlari xalq amaliy san'ati qad. an'analarga boyligidan dalolat beradi.
Musiqasi. L. va qöşni Mağrib mamlakatlarining musiqasi köp asrlar davomida özaro hamohang rivojlanib keldi. Şu sababli mazkur mamlakatning musiqa madaniyati (musiqa asboblari, janrlari, parda ölçovlari) muştarakdir. L. musiqasi tarixiga oid ma'lumotlar deyarli yöq. Mamlakat tub aholisi — barbarlar musiqasida ohang, şe'r va raqs özaro qovuşib ketgan. Surnay, rubob, ud, qonun, tor kabi çolğu asboblari keng yoyilgan. Azon aytiş, Qur'on suralarini öqişda aloxida musiqiy ohang beriladi. Maqamlar tizimi ham rivojlangan.
19-a. oxiri va 20-a. boşlarida Yevropa musiqasi ta'sir eta boşladi. Konsert ijroçiligi, estrada musiqasi kabi yangi şakllar paydo böldi. Mustaqillikka erişilgaç (1951), musikaga e'tibor kuçaydi. Teatr va musiqa işlari boş boşqarmasi tuzildi (1973). Milliy folklor ansambli şuxrat qozondi. Tripolidagi san'at va hunarmandçilik maktabi, Binğozidagi un-tda musika kadrlari tayyorlanadi.
Teatri. Xalq tomoşa an'analariga aylanib qolgan «Fonusxayol», qöğirçoq teatrlari va öziga xos oğzaki jur. (koniakl axborot) L.da zamonaviy te-atrning paydo bölişida muhim rol öynadi. 1935 y. Darnada Muhammad Abulhodi birinçi teatr truppasini tuzdi va bu truppa Misr, Yevropa teatri san'ati ta'sirida rivojlandi. L. mustaqillik yillarida qator havaskorlik tögaraklari va professional uyuşmalar: milliy musikali drama truppasi, Abdulhamid al-Mijrob rahbarligida Tripolidagi «Al-Amal», Misurotadagi «At-Toj-al-Fiddi» va b. paydo böldi. 1951 y. Mustafo Muhammad Lamir Milliy teatr uyuşmasi (aktyor va dramaturglar birlaşmasi) — birinçi L. teatrini tuzdi. Bu teatr re-pertuaridan Molyer, N. V. Gogol, hoz. zamon Misr va L. dramaturglari asarlari mustahkam örin oldi. Keyingi yillarda bir qança xalq musiqa-raqs guruxlari işlay boşladi. 1963 y. Tripolida musiqa-drama bilim yurti taşkil etildi. Binğozida xalq teatri truppasi, Tripoli va Darna ş.larida milliy teatrlar mavjud.