Tabiati. M. ekvator mintaqasida joylaşgan. Malakka ya. o.ning katta qismini tepaliklar, past va örtaça balandlikdagi toğlar (bal. 1000—2000 m; eng baland joyi — Taxan toği, 2190 m) egallagan. Sohil qismlari (eni 90 km gaça) payettekislik. Kalimantan orolining sohillari ham tekislik, örta qismi tepaliklar va 2000—2400 m balandlikdagi toğlardir. M.dagi eng baland joy — Kinabalu toği (4101 m). Iklimi ekvatorga xos, şimolroğida subekvator mussonli iqlim. Örtaça oylik t-ra yil davomida 25°—28°, Yillik yoğin sohillarda 2000—5000 mm. Daryolari (Rajang, Paxang, Baram, Kinabatangan va b.) sersuv. Tuproklari podzollaşgan laterit, payettekisliklarda allyuvial tuproklar. Yer yuzasining 3/4 qismi doim yaşil nam tropik örmon. Palma, bambuk, toğlarida eman, dafna va b. ösadi. Örmon hayvonlari köp. Yirik hayvonlardan fil, ikki şoxli karkidon, himolay ayiği, yölbars, qoplon, yovvoyi buyvollar, şuningdek, maymun, timsoh, böğma ilonlar bor. Tropik örmonlarning ösimlik va hayvonot dunyosi Taman-Negara, Bako milliy boğlarida qöriqlanadi.
Aholisining 54% malayyalar, 34% xitoylar, 10% hindlar va b, Davlat tili — Malayziya tili, Davlat dini — islom, Şahar aholisi 43%. Yirik şaharlari: Kuala-Lumpur, Jorjtaun, Ipox, Joxor-Baru va b.
Tarixi. M. hududida odam ilk paleolit davridan yaşaydi. Mil. av. 3—1ming yilliklarda Malakka ya. o.ga Xitoyning jan.-ğarbidan avstronez qabilalar kelib örnaşgan. Mil. 1ming yillik boşlarida Markaziy Sumatradan malayyalarning ajdodlari köçib kelgan.
Malakka ya. o. aholisining Hindiston b-n savdo va madaniy aloqalari bu yerda ilk davlatlarning yuzaga kelişida katta ahamiyat kasb etgan. Bunday davlatlar Malakka ya. o.ning şi-m.da, daryolarning quyiliş joyidagi şaharlarda vujudga kelgan. Bu şahardavlatlar 3—14-a.larda özidan kuçliroq qöşni davlatlarga tobe bölgan.
15-a.da va 16-a. boşlarida Malakka ya. o., Riau arxipelagi va Sumatra o.ning şarqiy qismi Malakka sultonligi qöl ostida birlaştirildi. 1511 y. Malakka sultonligini Portugaliya bosib oldi. M. hududining ğarbiy qismi — Malayyada bir neça sultonliklar taşkil topdi, bulardan eng yirigi — Joxor 16— 18-a. larda butun Malayya ni öz hokimiyati ostida birlaştirişga harakat qildi. 1641 y. Malakkani gollandlar bosib oldi. 18-a. oxiridan Malayya davlatiga ingliz mustamlakaçilari ta'sir körsata boşladi. 1786—1888 y.lar davomida inglizlar hoz. M. hududining katta qismini bosib oldi. Mustamlakaçilarga karşi uruş hamda qözğolonlar böldi (1791, 1831-32, 1875-76, 1891-94 va h. k.).
2-jahon uruşi davrida M.ni yapon armiyasi bosib odni. 1943 y. M.da boskinçilarga qarşi xalq armiyasi tuzildi. 1945 y. 2 sent.da yapon bosqinçilari xalq armiyasi tomonidan tormor etiddi, mamlakatda demokratik hokimiyat organi — xalq qömitalari tuzildi. Köp ötmay ingliz mustamlakaçilari M.ga qaytib, ilgarigi bosqinçilik tartibini örnatişga harakat qildilar. Ayni vaktda mustamlakaçilar milliy ozodlik harakatiga siyosiy nayrang yöli b-n putur yetkazişga intildilar. 1946 va 1948 y.lardagi konstitutsiya islohotiga köra, Singapur Malayyadan ajratildi. Malayya 1946 y.dan Malayya Ittifoqi va 1948 y.dan Malayya Federatsiyasi deb ataddi. 1946 y. Saravak va Sabax Buyuk Britaniya mustamlakasiga aylandi. 1948 y. iyunda ingliz hokimiyati mamlakatdagi milliy ozodlik harakatiga qarşi hujumga ötdi. 1949 y. fev.da malayya xalqining Ozodlik armiyasi tuzildi. 1955 y. Malayya Federatsiyasining qonun çiqaruvçi kengaşiga saylovda Federatsiyaning Britaniya Hamdöstligi doirasida mustaqilligini yoklab çiqqan Uç partiya ittifoqi (1957 y.dan Ittifoq partiyasi) ğalaba qozondi. 1957 y. 31 avg. da Malayya Federatsiyasi mustaqilligi e'lon qilindi. 1963 y. 9 iyunda Londonda Buyuk Britaniya, Malayya Federatsiyasi, Singapur, Sabax va Saravak örtasida M. Federatsiyasi taşkil topganligi töğrisida özaro bitim imzolandi; 1965 y. M. b-n Singapur hukumati örtasida kelişmovçilik bölib, Singapur Federatsiya tarkibidan çiqib ketdi. M. 1963 y.dan BMT a'zosi. 1992 y. 1 yanv. da UzR b-n diplomatiya munosabatlarini örnatgan. M.ning milliy bayrami — 31 avg. — Milliy kun (1957).
Siyosiy partiyalari, kasaba uyuşmalari. Umummalayziya islom partiyasi, 1951 y.da tuzilgan; M. xind kongressi, 1946 y.da asos solingan; M. xitoy uyuşmasi, 1949 y.da taşkil etilgan; Malayya birlaşgan milliy taşkiloti (yangi), 1988 y.da asos solingan; Demokratik harakat partiyasi, 1966 y.da tuzilgan; Milliy front, 1973 y.da 12 partiyaning hukmron koaliiiyasi (ittifoqi) tarzida taşkil etilgan. M. kasaba uyuşmalari kongressi, 1949 y.da tuzilgan.
Xöjaligi. M. — industrial-agrar mamlakat. Yalpi içki mahsulotda i.ç. sanoatining uluşi — 28,7%, konçilik sanoatining uluşi — 9,3%, q. x.ning uluşi — 17,3%. Q. h.ning asosiy ekini — şoli bölsa ham, mamlakat ehtiyojini qondirmaydi. Mamlakat iqtisodiyotining eng muhim tarmoği kauçuk i. ç.dir. Bundan taşkari, kokos palmasi, ananas, kakao, çoy, murç, sabzavot, mevalar yetiştiriladi. Çorvaçilik suyet rivojlangan; koramol, çöçqa boqiladi. Dengiz qirğoği yaqinida va darelarda baliq ovlanadi. Eksport uçun yoğoç tayyorlanadi. I. ç. sanoatining asosiy tarmoqdari: elektrotexnika, neftni qayta işlaş, kimyo, metallurgiya, avtomobil, töqimaçilik, oziq-ovqat sanoati; konçilikning asosiy tarmoqlari: neft, tabiiy gaz, qalay, temir va mis rudalari, boksit qazib çiqariş. M. integral sxema, konditsioner, radio va teleapparaturalar i. ç. böyiça dunyodagi yetakçi mamlakatlardan biri. Yiliga 24,8 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. Kauçuk, palma yoği, qalay eksport qilişda dunyoda oldingi örinlardan birida turadi. Hunarmandçilik (gançkorlik, zargarlik, kaştaçilik va b.) rivojlangan.
Temir yöllari uz. 2,2 ming, avtomobil yöllari uz. 52,5 ming km. Dengiz savdo flotining tonnaji — 2,9 mln. t. dedveyt. D yengiz portlari: Kelang, Jorjtaun, Kuantan, Kuala-Lumpur. Jorjtaun, Kota-Kinabaluda aeroportlar bor.
M. çetga neft, elektron va elektrotexnika buyumlari, q. x. mahsulotlari, transport vositalari (jumladan, avtomobil), rezina texnika, töqimaçilik mahsulotlari, poyabzal, kiyim-keçak sotadi; çetdan maşina-
Malayziya bayroği.
uskuna, sanoat va optika jihozlari, transport vositalari, stanoklar, oziq-ovqat oladi. Savdo-sotikdagi asosiy mijozlari: Yaponiya, Singapur, AKŞ, Yevropa Hamjamiyati mamlakatlari, Jan. Koreya, Xitoy, Tayvan. Pul birligi — ringgit (Malayziya dollari).
Maorifi, ilmiy va madaniy-ma'rifiy muassasalari. Xalq maorifi tizimi 6 y.lik boşlanğiç maktab (6 yoşdan 12 yoşgaça bulgan bolalar uçun), 3 y.lik kiçik örta maktab va 2 y.lik katta örta maktab (katta örta maktab huzurida ijtimoiy, tabiiy-ilmiy va texnika hamda kasb-hunar ta'limi bölimlari bor) dan iborat. Hunarmandçilik maktablari, örta texnika kollejlari va oşirilgan toifadagi texnika kollejlarida ham turli kas-blar örgatiladi. Kuala-Lumpur unti (1962), Milliy un-t (1970), Texnologiya unti (1972), q.x. unti (1973), Jorjtaundagi un-t oliy ta'lim beradi. Kuala-Lumpurda Milliy kutubxona (1971), Milliy muzey (1963, arxeologiya, etn., zool. majmuasi b-n) bor. Tabiiy kauçukni tadqiq qiliş in-ti, Q. x. ilmiy tadqiqot in-ti, örmonçilik va tropik baliqçilik tadqiqot markazlari, tibbiyot i.t. instituti, Ijtimoiy fanlar tarixi jamiyati, Malayya tili va adabiyoti agentligi, Tamil tili jamiyati mavjud.
Matbuoti, radioeşittirişi va telekörsatuvi. Mamlakatda naşr etiladigan yirik gaz.lar: «Berita xarian» («Kun yangiliklari», Malayziya tilida çiqadigan kundalik gaz., 1957 y.dan), «Biznes tayms» («Biznes vaqti», ingliz tilida çiqadigan kundalik gaz., 1976 y.dan), «Malay meyl» («Malayya poçtasi», ingliz tilida çiqadigan keçki gaz., 1896 y.dan), «Mingguan Malayziya» («Malayziya hafta içida», Malayziya tilida çiqadigan yakşanbalik gaz., 1964 y.dan), «Nanyan şanbao» («Janubiy dengizlar savdo gazetasi», xitoy tilida çiqadigan kundalik gaz., 1923 y.dan), «Star» («Yulduz», ingliz tilida çiqadigan kundalik gaz., 1971 y.dan), «Tamil nesan» («Tamillar posboni», ta'mil tilida çiqadigan kundalik gaz., 1924 y.dan) va b. Bernama axborot agentligi, 1967 y.da ta'sis etilgan. M. radiosi 1946 y. dan, M. televideniyesi 1963 y.dan işlaydi.
Adabiyoti malayya, xitoy, tamil va ingliz tillarida. Malayya tilida yaratilgan adabiyo't asosiy örinni egallaydi. 7-a.da tarixiy, huquqiy, diniy mavzulardagi asarlar, avliyo-anbiyolarning qissalari, nasihatgöylik adabiyoti yaratila boşladi. Malayya adabi-yotining yangi davrini boşlab bergan adib Abdullo ibn Abdulqodir Munşiydir. U özining «Abdullo haqida qissa» (1849) asarida ijtimoiy tengsizlik, johilliklarni tanqid qiladi. 1925—26 y.larda Sayd Şayx ibn Axmad al-hodining zamonaviy Misr hayotidan olib yozgan «Farida Xonim» romani maydonga keldi. Keyinçalik Ahmad Navobi bin Muhammad Ali, Ahmad ibn Ismoil va b. ham köplab asarlar yarata boşladilar. Ahmad bin Hoji Muhammad Raşid Tol ilk bor malayya qahramonlari iştirokidagi «Haqiqiy döst» (1927), «Bu Salmami?» (1928) va b. romanlar yaratdi.
30-y,larda yaigi indonez adabiyotining ta'siri kuçaydi; A. Samad bin Ahmad, A. Baxtiyor, R. Mansur va b.ning milliy ruhdagi romanlari paydo böldi. Xususan, milliy harakat arbobi Abdulloh Siddiqning «Birga kuraşaylik» (1941) romanida vatanpar-varlik va mustamlakaçilarga qarşi kuraş mavzulari keng yangradi.
50-y.larda adabiyotda asosiy örinni xalq hayotiga bağişlangan şe'r va hikoyalar egalladi. 1950 y. bir guruh qalamkaşlar — K. Mas, U. Avang, M. Asraf, A. Samad Ismoil va b. «50-yillar avlodi» adabiyot birlaşmasini taşkil etdilar va «San'at jamiyat uçun» degan şiorni olğa surdilar. Milliy ozodlik harakati adabiyotning asosiy mavzui bölib qoldi.
Keyingi yillarda A. Samad Sayd («Salina»), A. Vati («Aylana»), A. Ali («Inqiroz»), A. Samad Ismoil («Vazir»), Ibrohim Umar («Çapdagi qadam»), S. Usmon Kelantan («Şimoli-şarqdagi şabada») va b.ning asarlarida muxim ijtimoiy muammolar kötarilgan.
M.da tamil (S. Vadivel, J. Perumal, G. S. Şanmugam), xitoy (Sun Ya, Szyan Jen) va ingliz (Li Kok-Yang, Uy Bun-Seng) tillarida ham adabiyot rivojlanayotir.
Me'morligi va tasviriy san'ati. M. hududida mil. av. 1ming yillikning 2-yarmiga oid guldor sopol idiş va haykallar (Alor-Gajax va Berxallimadagi toş yodgorliklar), Klangda va Tembeling daryosi böyida xarsang terrasalar, sağanalar, jez buyumlar topilgan. 7—8-a.largaça hind namunalariga taqlid qilingan: Budda ibodatxonalari va haykallari tiklangan. Bezak san'atida oltin va kumuşdan, şoyi, sopoldan foydalanilgan, kaştaçilik rivojlangan. 14-a.dan islom dini kirib kelişi munosabati b-n musulmon inşootlari quriş urf böldi (Perax, Kedax va Joxorda 17— 18-a.larda mayejid va maqbaralar qurilgan). 15—19-a. larda, ayniqsa, kulolçilikda xitoylarning ta'siri kuçaydi. 16-a.da mustamlakaçilar bostirib kelgaç, qad. madaniyat tanazzulga uçrab, yevropaça me'morlik va san'at şakllari joriy etila boşladi. 19-a. 2-yarmida şaharlar (Pinang, Kuala-Lumpur) rivojlandi. Yevropa, Xitoy, Hindiston, musulmon uslublari krrişmasidan iborat imoratlar qurildi. Turar joylar qoziq va toşlar ustiga, yerga yoğoç hamda bambuk sinçlardan bar-po etildi.
20-a.dan katta şaharlar yonida Tesak, Joxor-Baru, Batter-ert kabi yöldoş şaharçalar barpo etila boşladi. Malayyaning «kampong» deb ataluvçi qişloklari ziç tarzda yoki yöllar, daryolar, toğ vodiylari böylab joylaştiriladi. M. daryolarida bambuk kulbali sollarni, uyqayiklarni uçratiş mumkin. Mamlakatning qad. aholisi bölmiş çangalzor kişilari bambuk va palma yaprokdaridan yasalgan çaylalarda yaşaydi. Yangi qişloqlarda ğişt, temir-beton va yoğoçdan uylar qurilayotir.
20-a. boşlaridan çinni i.ç. yölga qöyildi. Xonadonlarda töqilgan gazmoldan sarongi deb ataluvçi milliy kiyim va römollar zardözlik usulida tayyorlanadi. Perakda kaştaçilik rivojlangan. Kelantan zargarlari zebziynat buyumlari, öyma naqşli idişlar, qumğonlar, qutiçalar yasaydilar.
M.ning zamonaviy tasviriy san'atida rassomlik, haykaltaroşlik rivojlangan. Hunarmandçilikning kulolçilik, töquvçilik, savat töqiş kabi turlari saqlangan.
Kinosi. Xar yili mamlakatga 1000 tagaça xorijiy film keltiriladi. Bunday şaroitda milliy kinematografiyaning rivojlanişi juda qiyin. M.da dastlabki çinakam milliy kinofilmlar 50-y.larning oxirlarida yaratidsi. Ularning aksariyati an'anaviy musiqiy dramalardan iborat. Rej., ssenariyçi, kompozitor, aktyor va xonanda P. Remli şunday dramalarni saxnalaştirişga ixtisoslaşgan. Keyingi yillardagi ançagina kinokartinalar Tailand, Singapur, Filippin, Indoneziya kabi mamlakatlar b-n birgalikda yaratildi. 1981 y.da kinoni rivojlantiriş taşkiloti tuzilgan. Badiiy filmlar orasida quyidagilar bor: «Xang Tuan» (rej. F. Mejundar), «Se-merax Padi» (rej. P. Remli), «Yiğlama» (rej. R. Timoer), «Muhabbat va qöşiq» (rej. D. Sulong), «Ertangi kun umidida» (rej. D. Şamsuddin), «Ona, onajon» (rej. A. Mahmud).
Özbekiston — M. munosabatlari. Iqtisodiy munosabatlarni rivojlantiriş uçun avvalo huquqiy negiz yaratildi. 1992 y. iyunida ÖzR Prezidenti I. A. Karimovning M.ga taşrifi vaqtida «Madaniy va ilmiy hamkorlik», «Iktisodiy va texnikaviy hamkorlik» töğrisida bitimlar imzolandi. 1993 y. mart—apr. oylarida M. boş vazirining Özbekistonga taşrifi yakunida ham bir qança hujjatlar qabul etildi. Natijada ikkala mamlakat örtasida tovar ayirboşlaşga kirişildi. 1999 y.da tovar aylanmasi 4,9 mln. AKŞ dollarini taşkil etdi.
ÖzR da malayziyalik sarmoyadorlar iştirokida tuzilgan 10 ta qöşma korxona mavjud. «Otel Özbekiston», «ÖzMalOyl» (neft konlarini işlatiş), «ÖzMakom» (telefon xizmati), «Özbeklizing Interneyşnl» (kiçik va örta biznesni moliyaviy qöllab-quvvatlaş) ularning eng yiriklaridir.