Tabiati. M. qirğokdari kam parçalangan, eng katta yarim orollari — Kaliforniya va Yukatan. Tinç okeandagi bir neça orol xam M. tarkibiga kiradi. Mamlakat qududining katta qismini Meksika toğligi (aksariyat bal. 1000— 2000 m, eng baland joyi — harakatdagi Orisaba vulkanlari — 5700 m) egallaydi. Sohilga yaqin joylari pasttekislik. Meksika qöltiğida neftgazli havza, Meksika toğligida rangli metall rudalari (mis, qörğoşin, pyx, kumuş, simob, margimuş, surma, kadmiy, vismut, qalay, volfram, oltin), mamlakatning şim.-şarqida toşkömir, temir va uran rudalari, oltingugurt konlari bor. Iqlimi tropik, şim.da subtropik iqlim. Yanv. ning örtaça t-rasi 10°—25°, iyulniki 15°—30°. Yillik yoğin toğ yon bağirlarida esa 2000—3000 mm.
Jan.-şarqida daryosoylar köp, şim.- ğarbida kam (Yukatan ya.o.da umuman oqar suv yöq). Yirik daryolari: Rio-Grande (Rio-Bravodel-Norte), Lerma (quyi oqimida Rio-Grandede Santyago deb ataladi), Balsas, Grixalva — Usumasinta dare sistemasi. Eng katta kuli — Çapala. Şim.-ğarbida, asosan, böz tuproq va çölga xos oddiy tuproqlar; toğliklarda surjigarrang, jigarrrang, savanna qizil tuproqlari va toğ-örmon qönğir tuproqlari, pasttekisliklarda surjigarrang, savanna qizil tuproqlari va botqoq tuproqlari uçraydi.
Ösimliklari juda xilma-xil. M.da ösimliklarning 12 mingga yakin turi bor; şulardan 2/3 qismi endemik ösimliklardir. Meksika toğligining şim. kattaroq qismida uziga xos kserofil ösimliklar, şuningdek, mimozadoş butalar ösadigan çala çöl va çöllar asosiy örin tutadi. Toğliqning jan. qismida va bu yerlarni örab olgan pasttekislik sohillarida boşoqlilar va sertikan butalardan iborat savanna ösimliklari, toğlarda bargli va aralaş örmonlar (dub, grab, jöka, karagay, oqqarağay va b.) usadi; M.ning jan. va jan.-şarqiy qismlarida aksari tropik örmonlar, şarqiy yon bağirlarida doim yaşil sernam örmonlar, ğarbiy yon bağirlarida igna bargli, toğ etaklarida barg tökadigan örmonlar bor.
Yovvoyi hayvonlardan çala çöl va çöllarda kemiruvçilar — yer qazir (yer siçqon), koyot (yaylov börisi), Meksika toğligi örmonlarida qora ayiq, yenot, kizil silovsin, puma, savannalarda buğu, çumolixör, jayra, jan. dagi tropik örmonlarda maymunning 2 turi, tapir, yaguar uçraydi. Hayvo-not, ösimlik dunyosi va b. noyob joylarni qöriqlaş maqsadida 50 dan köproq boğ taşkil etilgan. Eng yiriklari: Kumbreode-Monterrey, Syerrade-San-Pedro-Martir, Kan-ondelrio Blanko va b.
Aholisining kupi meksikanlar bölib, ular indeys kabilalari va elatlari, Yevropa (asosan, Ispaniya)dan kuçib kelganlar va plantatsiyalarda işlatiş uçun keltirilgan afrikaliklardan iborat. Aholining yarmidan ortiği aralaş nikoxdan tuğilgan metis va mulatlardir. Tub indeys xalqlari öz tillari va madaniyatlarini qisman saqlab qolgan. Ispanlar, basklar, nemislar, fransuzlar, italyanlar va b. ham bor. Rasmiy til — ispan tili. Dindorlarning 96% katoliklar. 73% aholi şaharlarda yaşaydi. Yirik şaharlari: Mexiko, Gvadalaxara, Monterrey, Leon, Syudad-Xuares.
Tarixi. M. hududida odam yuqori paleolit (miloddan 20—15 ming yil oldin) davridan yaşaydi. Bu yerda turli davrlarda Ğarbiy yarim şardagi eng rivojlangan sivilizatsiyalardan biri mavjud bölgan. Mil. av. 1ming yillik örtalaridan aholi ötroq hayot keçira boşlagan, dehqonçilik, hunarmandçilik, san'at taraqqiy etgan. Milod boşlarida Markaziy Amerikaning şim.-ğarbiy qismida mayya qabilalari yaşagan. 1ming yillikning 2-yarmida Markaziy M.da tolteklar xiyla yuksak madaniyat yaratdilar. Lekin bu madaniyatni 2-ming yillikning boşlarida naua qabilalari barbod qildi. Naua qabilalari orasida atsteklar ham bor edi, ular hoz. Mexiko ş.ni barpo etdilar va 14-a.da yirik davlat tuzdilar, bu davlat 15-a.da Markaziy va Jan. M.ning eng qudratli davlatiga aylandi. Bu yerda dehqonçilik, hunarmandçilik, quriliş texnikasi, tasviriy san'at birmunça rivoj topdi. 1517 y. M.ni ispanlar bosib ola boşladilar. 16-a. oxiriga kelib M. xududi butunlay zabtetildi. Yangi Ispaniya vitseqirolligi tuzildi, butun hokimiyat ispan zamindorlari qöl ostiga ötdi. Mahalliy aholining aksar qismi öz yerlaridan mahrum etildi, mustamlaka hokimlari, zamindorlar va katolik çerkoviga tobe bölib qoldi. Oçarçilik, kasalliklar köplab indeyslarning yostiğini quritdi (ispanlar zabt eta boşlagan paytda 25 mln.ga yaqin indeys bölgan bölsa, 1605 y.ga kelganda 1mln. dan sal ortiq indeys qoldi). Işçi kuçi yetişmay qolgaç, Afrikadan köplab negr qullar keltirila boşladi. I. ç. sanoatining rivojlanişiga turli yöllar b-n tösqinlik qilindi, köpçilik ekinlarni ekişni taqiqlab, tuz, porox, tamaki mahsulotlari sotiş davlat monopoliyasiga aylantirildi. Mahalliy xalq mustamlakaçilarga qarşi boş kötarib bir neça bor qözğolon qildi. Iqtisodiy aloqalarning rivojlanişi va içki bozorning vujudga kelişi, milliy ongning uyğonişi ta'sirida 19-a.ning boşlarida meksikan millati tarkib topa boşladi.
Amerikadagi ispan mustamlakalarining mustaqillik uçun olib borgan uruşi davrida (1810—26), xususan, 1810— 15 y.larda M.da M. Idalgo va X. M. Morelos rahbarligida dehqonlar qözğoloni bölib ötdi, bu qözğolon şa-fqatsiz bostirildi. Ispaniyadagi 1820—23 y.lar inqilobi va Jan. Amerikadagi Ispaniya mustamlakalari vatanparvarlarining muvaffaqiyatlari M.da xalq ozodlik harakatining yangidan kötarilişiga sabab böldi. A. Iterbude boşçiligidagi harakat keng xalq ommasi tomonidan köllab-quvvatlandi. 1821 y. M. mustaqil davlat, 1824 y. esa respublika deb e'lon qilindi. 1845 y. AQŞ Texasni, 1846—48 y.lardagi Amerika-Meksika uruşi natijasida mamlakat hududining qariyb yarmini bosib oddi. M.ga qarşi uyuştirilgan Angliya-Fransiya-Yspaniya intervensiyasi meksikan xalqining qahramonona qarşiligiga uçrab, interventlarning mağlubiyati b-n tugadi. 1877-80 va 1884-1911 y.larda general P. Dias prezident bölib turdi; ana şu davrda fuqarolar ozodligi oyoq osti qilindi, kongress öz ahamiyatini yöqotdi. 20-a. ning boşlaridan inqilobiy yuksaliş röy bera boşladi. 1910 y.da dehqonlar harakati avj olib ketdi. F. Vilya, E. Sapata dehqonlar harakatining eng yirik rahbarlari edilar. 1910—17 y.larda M.da inqilob bölib ötdi. 1911 y. may oyida Dias rejimi ağdarib taşlandi. Yangi konstitutsiya qabul qilindi.
1929—33 y.lardagi jahon iktisodiy böhroni davrida inqilobiy harakat kuçaydi va milliy inqilobiy partiyaning radikal qanoti vakili L. Kardenas-idelrio prezident qilib saylandi. Uning hukumati (1934—40) mu-him özgarişlar qildi, yer islohoti ötkazdi.
2-jahon uruşining boşlarida M. hukumati betaraf ekanligini bildirdi; lekin 1942 y. may oyida faşistlar blokiga qarşi uruş e'lon qildi. Uruşdan keyingi yillarda M. iqtisodiyoti yuksala bordi. Biroq qişloqda ahvol özgarmadi. 60-y.lardan boşlab L. Mateos (1958—64) va D. Ordas (1964—70) hukumatlari milliy iqtisodiyotni mustahkamlaş yölini tutdi. 1970 y.da hokimiyat tepasiga kelganL. Eçeverria hukumati ahvolni yaxşilaş uçun yer islohoti töğrisida qonun (1971), yangi saylov qonuni (1972), mahalliy kapital qöyilişini rağbatlantiriş va çet el kapitalini tartibga soliş töğrisida qonun (1973) qabul qildi, davlat xizmatçilari uçun haftasiga 5 iş kuni joriy qildi. M.ning Ğarbiy Yevropa mamlakatlari, Yaponiya va Lotin Amerikasidagi bir qança mamlakatlar b-n taşqi savdo aloqalari kengaytirildi.
1976 y.da saylangan prezident L. Portilo va ayniqsa, 1994 y.da saylangan E. Sedilo hukumatlari sanoat va q.x.ni rivojlantiriş, iqtisodiy islohotlar ötkazişga urindi. Ammo mamlakatning taşqi qarzi oşdi, i.ç. quvvatlaridan foydalaniş pasaydi, ekinzorlar qisqardi. 2000 y. «Öng markazçi alyans» blokidan Visente Foks Kesadaning prezident lavozimiga saylanişi 1929 y.dan buyon mamlakatni idora qilib kelayotgan Institutsion-inqilobiy partiyaning hukmronligiga çek qöydi. Keyingi yillarda xöjalik boşqaruvini maxalliylaştiriş, davlatga qaraşli norentabel korxonalarni qisqartiriş, iqtisodiyotning «oçikligi» va tadbirkorlik fa-oliyatini kuçaytiriş, özaro manfa-atli xalqaro hamkorlikni rivojlantiriş siyosati ötkazila boşladi. M. 1991 y. 26 dek.da ÖzR mustaqilligini tan olgan va 1992 y. 16 martda u b-n diplomatiya munosabatlari örnatgan. M. 1945 y.dan BMT a'zosi. Milliy bayrami — 16 sent. — Mustaqillik e'lon qilingan kun (1810).
Siyosiy partiyalari, kasaba uyuşmalari. Institutsion-inqilobiy partiya, 1929 y.da tuzilgan (1938 y.gaça Milliyinqilobiy partiya, 1946 y.gaça M. inqilobiy partiyasi deb atalgan, 1946 y.dan hoz nomda); Kardenista milliy yangilaniş fronti partiyasi, 1972 y.da asos solingan; M. kökatparvar ekologiya partiyasi, 1987 y.da tuzilgan; Demokratik inqilob partiyasi, 1989 y.da taşkil etilgan; Milliy harakat partiyasi, 1939 y.da tuzilgan. Kasaba uyuşmalari: Mehnat kongressi, 1966 y.da tuzilgan; M. mehnatkaşlari konfederatsiyasi, 1936 y.da asos solingan; M. işçilari mintaqa konfederatsiyasi, 1918 y.da taşkil etilgan; Işçi va dehqonlarning inqilobiy konfederatsiyasi, 1952 y.da tuzilgan; M. işçi va dehqonlarining Xasinto Lopes nomidagi umumiy ittifoqi, 1949 y.da asos solingan; Mehnatkaşlarning inqilobiy konfederatsiyasi, 1954 y. taşkil etilgan; Davlat xizmatçilari kasaba uyuşmalari federatsiyasi 1938 y. tuzilgan.
Xöjaligi. M. — industrial-agrar mamlakat. Lotin Amerikasida iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan mamlakatlardan biri. Yalpi içki mahsulotda sanoatning uluşi 24,5%, qişloq, örmon xöjaligi va baliqçilikning uluşi 9%. M. paxta, şakarqamiş, kofe yetiştirişda, neft, gaz, kumuş, rux, qörğoşin, oltingugurt, simob qazib olişda dunyoda oddingi örinlarda turadi.
Sanoatida iqtisodiy faol aholining 15,3% band. Muhim tarmoqlari: konçilik, neftni qayta işlaş, neft kimyosi, metallurgiya, quriliş, töqimaçilik, oziq-ovqat, maşinasozlik sanoati. Neftgaz sanoati va ularni qayta işlaş korxonalari M. qöltiği sohilida, konçilik va metallurgiya sanoati Meksika toğligi şim.da, i.ç. sanoati korxonalari yirik şaharlarda joylaşgan. Kumir sanoati muhim örin oladi. Verakrus, Tampiko, Minatitlan, Mexiko va Salamanka ş.lari neft kimyosining, Monterrey, Monklova, Mexiko atroflari qora metallurgiya, Mexiko, Verakrus, Kananea, Çiuaua, Torreon ş.lari rangli metallurgiya, Mexiko, Toluka, Pu-ebla maşinasozlik va metall işlaş sanoatining asosiy markazlaridir. Bundan taşqari, dizellar, t.y. vagonlari, avtomobillar, töqimaçilik maşina-uskunalari, elektrotexnika va radioelektronika mahsulotlari (şu jumladan, televizorlar), stanoklar, kemalar işlab çikaradi. Energetika, quriliş aşyolari, kimyo, farmatsevtika, töqimaçilik, tikuvçilik, kön-poyabzal, oziq-ovqat sanoati ham rivojlangan. Hunarmandçilik buyumlari i.ç.ga alohida ahamiyat beriladi. Yiliga 89,5 mlrd. kVtsoat elektr energiyasi hosil qilinadi (asosan, issiqlik elektr st-yalarida).
Qişloq xöjaligida iqtisodiy faol aholining 27,8% band, Q.x. aholining ehtiyojini asosan ta'minlaydi va mahsulotining bir qismini eksport qiladi. Yerlarning '/4 qismiga ekin ekiladi, 3/4 qismi yaylov. Ekin maydonining 5,15 mln. ga sun'iy suğoriladi. Yerlarning köp qismi q.x. jamoalari — exidoga qaraşli. Asosiy tarmoq — dehqonçilik. Eksport uçun paxta, kofe, içki ehtiyoj uçun şakarqamiş, makkajöxori, oq jöxori, buğdoy, şoli, loviya, kartoşka, soya ekiladi. Pomidor, yer yonğoq, ertagi sabzavot, sitrus mevalar, ananas va b. bir qança tropik va subtropik ekinlar eksport ahamiyatiga ega. Köp mikdorda yoğoç tayyorlanadi. Çorvaçiligida koramol, ot, çöçqa, qöy va eçki boqiladi. Dengizlarda baliq va dengiz jonivorlari ovlanadi.
T.y. uz. — 26,4 ming km, avtomobil yöllari uz. — 242,3 ming km. 11 ming km neft va gaz quvuri bor. Barça ştat va şaharlari aviatsiya havo yöllari orqali tutaştirilgan. Mexiko, Verakrus, Merida, Monterreyda katta aero-portlar bor. Asosiy dengiz portlari: Verakrus, Mexiko, Tampiko, Koatsa-koalkos, Salina-Krus.
M. çetga tayyor va çala tayyor buyumlar, şuningdek, neft va neft mahsuolotlari, paxta, kofe, dengiz, konçilik sanoati va rangli metallurgiya mahsulotlari çiqaradi. Çetdan çala tayyor buyumlar, maşina va asbob-uskunalar, iste'mol mollari sotib oladi. Savdo-sotikdagi asosiy mijozlari: AQŞ, Kanada, Yaponiya, Lotin Amerikasi va Yevropa mamlakatlari. Çet el turizmi rivojlangan. Pul birligi — M. pesosi.
Tibbiy xizmati. M.da, asosan, davlat tibbiy xizmat tizimi yölga qöyilgan. Vraçlar un-tlar huzuridagi 4 ta tibbiyot f-tida tayyorlanadi. Akapulko, Kuernavaka, Orisaba, Verakrus kabi kurortlari bor.
Maorifi, ilmiy va madaniy-ma'rifiy muassasalari. Boşlanğiç maktabda öqiş muddati — 6 y., örta maktabda 5 va 6 y. 6—15 yoşdagi bolalar uçun boşlanğiç ta'lim — bepul. Davlat maktablaridan taşqari, köpgina xususiy maktablar ham bor. Mamlakatda 189 ta oliy öquv yurti, şu jumladan, 60 ta un-t mavjud. Eng yiriklari,: Mexikodagi M. milliy muxtor unti (1551), Milliy politexnika in-ti (1936), Gvadalaxara, Moreliya, Puebladagi un-tlar. Ilmiy muassasalari: M. tillar akademiyasi, M. tarix akademiyasi (1940), Milliy tabiiy fanlar akademiyasi (1884), Milliy tarix va geogr. akademiyasi (1925), M. milliy tibbiyot akademiyasi (1864), yadroviy, tibbiybiol. tadqiqot markazlari, Panamerika kimyo in-ti, Milliy matematika maktabi. 30 dan ortiq boşqa i.t. muassasalari va 60 dan ziyod ilmiy jamiyat va uyuşmalar mavjud. Mamlakatning eng katta kutubxonasi — Mexikodagi Milliy kutubxona (1833), boşqa şahar va un-tlarda ham yirik kutubxonalar bor. Muzeylari: Zamonaviy san'at muzeyi (1964), Milliy antropologiya muzeyi (1825), Milliy tarix muzeyi (1825), Sankarlos rangtasvir va haykaltaroşlik galereyasi (1785) va b.
Matbuoti, radioeşittirişi va telekörsatuvi. M.da 2 mingdan köproq davriy naşr, şu jumladan, 227 ta kundalik gaz. çiqadi. Eng nufuzlilari: «Dia» («Kun», 1962 y.dan), «In-formador» («Xabarçi», 1917 y.dan), «Universal» (1916 y.dan), «Uno maye uno» («Bir plyus bir», 1977 y.dan), «Ekselsior» (1917 y.dan), «Eraldo de Mexiko» («Meksika xabarnomasi», 1965 y.dan); Informasones Mexikanas — Informeks Milliy axborot agentligi aksiyadorlik jamiyati bölib, 1960 y.da tuzilgan. Notisias Mexikanas — Notimeks xukumat axborot agentligi bölib, 1968 y.da taşkil etilgan. M.da mingdan köproq radio va 700 dan ortiq telest-ya bor. M.ning yetakçi «Televisa» telekörsatuv tijorat konsorsiumi 1973 y. tuzilgan. Milliy radio va televideniye sanoati palatasi 1942 y. taşkil etilgan.
Adabiyoti 16-a.ga kadar tub joy indeys qabilalari tillarida, ispanlar bosib olganidan keyin ispan tilida rivojlandi. Mustamlakaçilikdan avvalgi davrda mayya (3—9-a.lar) va atsteklar (14—16-a.lar) adabiyoti ğoyat ravnaqtogşi. Mustamlakaçilik davridagi adabiyot yevropaça an'analar yölidan bordi. Xalq oğzaki ijodiyoti ham uzluksiz rivojlanib adabiyotga kuçli ta'sir etib turdi.
Ispan gumanist ma'rifatparvari B. de Las Kasas adabiyotning rivojida katta rol öynadi. Ispan tilida ilk bor E. Kartesning «Ispan qirollariga mak-tublar», B. Dias del Kastiloning «Yangi Ispaniya istiloçilarining asl tarixi» asarlari vujudga keldi. B. de Valbuenaning «Meksikaning latofati» dostoni (1604) M. mavzuidagi birinçi asar böldi. 17-a. adabiyotida şe'riyat asosiy örinni egalladi. 18-a. da R. Landivarning «Meksika qişloği» (1781), F. Klavixeroning «Meksikaning qadimgi tarixi» (1780—81) dostonlari maydonga keldi. Mustaqillik uçun kuraş yillarida (1810—24) A. Kintan Rooning inqilobiy şe'rlari şuhrat qozondi (milliy madhiya —«Ön oltinçi sentyabr» va b.). X. X. Fernandes de Lisardaning «Perikilo Sarniyento» romanida mustamlakaçilik tuzumi qattiq tanqid qilindi.
Mustaqil M. adabiyotida paydo bölgan birinçi badiiy yönaliş romantizm edi. M. Akunya, G. Priyetoning şe'rlari va M. Payno («Şaytonning nayranglari»), L. Inklan («Astusia...»)ning M. milliy mustaqilligini haqqoniy va badiiy tasvirlagan tari-xiy romanlari romantizm ruhida yozildi. 19-a.da M. şe'riyatida modernizm paydo böldi (M. X. Oton, S. Dias Miron, A. Nervo va b.)
19-a. oxirida, P. Dias diktaturam davrida nasriy realistik tamoyil vujudga keldi. R. Delgado, X. Lopes Portilo-i-Roxas romanlarida mamlakat ijtimoiysiyosiy hayotining qarama-qarşiligi va illatlari foş etildi. 1910—17 y.lardagi burjuademokratik inqilob M.da tarakdiypar-var adabiyotning rivojlanişiga sabab böldi. M. Asuelaning «Pastdagilar» (1916) romanida kuraşayotgan xalqsiymosi va ommaviy harakatlar aks ettirilgan. M. L. Gusman («Burgut bilan ilon», 1928), G. Lopes-i-Fuentes («Harbiy lager», 1931; «Mening generalim», 1934) va b. yozuvçilarning asarlari ham şu ruxda yozildi.
20-a.ning yirik şoirlari (R. Lopes Velarde, E. Gonsales Martines, K. Peliser)ning asarlarida xalqning ma'naviy hayoti va milliy turmuşi yorqin aks ettirilgan. M. nasri 50-y.larning örtalaridan yana yuksala boşladi. Romannavislar milliy voqelikni badiiy tadqiq qilişni çuqurlaştira borib, umumbaşariy muammolarni kötarib çiqdi. A. Yanyesning «Jala oldidan», X. Rulfoning «Pedro Paramo», Nobel mukofoti sovrindori K. Fuentesning «Öta tiniq soha», «Artemio Krusning ölimi», Rosario Kastelyanosning «Zulmatdagi ibodat» romanlari ana şunday asarlardir. Keyingi yillar adiblari hoz. zamon milliy voqeligini örganib, azaliy insoniy muammolarni yangi şaroitda hal etişga intilmoqda.
Me'morligi. Qad. davrda (16-a.gaça) M. hududida indeyslar madaniyatining qator sohalari ravnaq topgan. Mil. av. 1ming yillikda me'morlik ayniqsa yuksaldi. M. markaziy viloyatlarida, jan.da va Yukatan ya. o.da şaharlar bar-po etildi. Olmeklar mahobatli inşo-otlar, qad. madaniyatga ega bölgan mayya xalqi zinapoyali ehrom (piramida) şaklidagi ulkan ibodatxonalar (Çoluladagi exrom asosining bir tomoni 440 m) va rangbarang naqşlar b-n bezatilgan gumbazli binolar qurişgan.
Mustamlaka davri (16—19-a, boşlari)da M.da şaxarsozlik rivojlandi. Binolar ispança uslubda qurildi, şu b-n birga, me'morlikda mahalliy an'ana ham öz aksini toddi. 17-a.dan boşlab barokko uslubi paydo böldi (Moreliyadagi sobor, 1640—1705; Me-xikodagi Milliy saroy, 1692—99; La Profesa çerkovi, 1714—20; Sagrario Metropolitano çerkovi, 1749—68; Gvadalaxaradagi Santa-Monika çerkovi, 1720—33; Tlaskala yaqinidagi Santa-Mariya de Okotlan çerkovi, 1745— 60 va h. k.).
19-a.da ispan, italyan va fransuz ustalari yetakçi rol öynadi. 19-a.ning 2-yarmi — 20-a. boşlarida Mexikoda yirik binolar qurildi, yangi magistrallar oçildi. Binolar beton, temir, temir-betondan qurila boşladi. 1949— 54 y.larda Mexikoda K. Laso rahbarligida qurilgan Un-t şaharçasi 20-a. örtalaridagi M. me'morligining eng yaxşi xususiyatlarini aks ettirgan; gözal joyda qurilgan bu şaharça öquv, sport va turar joy binolaridan iborat bölib, me'morlik b-n mahobatlidekorativ san'at mahsulidir. 50—80-y.larda M.da zilzilaga çidamli köp qavatli turar joy va jamoat binolari qad kötardi. Mexikoda bir qança turar joy dahalari va yöldoş-şaharlar paydo böldi. Atstek stadioni, Sport saroyi qurildi.
Tasviriy san'ati juda qad. bölib, mil. av. 2-ming y.likdan boşlab rivojlangan. Bu davrga mansub toş va terrakotadan yasalgan haykalçalar, şakldor idişlar saqlanib qolgan. Mil. av. 1ming y.liqda M. qöltiği böyida yaşovçi olmeklar hoz. Verakrus va Tavasko ştatlarida qabariq toş yod-gorliklar, ibodatxonalar kurganlar, toş tobutlar, odam va hayvon qiyofasidagi iloxlar yasaganlar. Mil. 1ming y.likda totonaklar, sapoteklar, may-yalar gözal amaliy va tasviriy san'at namunalarini yaratdilar. 10—16-a,lar san'atida harbiy manzaralar, dahşatli siymolar, murakkab bezaklar ustunlik qila boşladi.
Mustamlaka davrida çerkovlarning sirti va içi xilma-xil öymakorlik uslubida bezatildi, ayniqsa, 18-a.da ultrabarokko (haşamdorlik) rivoj topdi, yoğoç öymakorligi usulida rangbarang haykallar yasaş, diniy mavzudagi rangtasvir va odamlar qiyofasini çiziş (B. de Eçave, M. Kabrera), keyinçalik akademik haykaltaroşlik (M. Tolsa) urf böldi.
19-a,da M. tasviriy san'atida Yevropa badiiy madaniyati öziga yöl oça boşladi. Şu b-n birga, tasviriy san'-atda milliy mavzuga qiziqiş boşlandi. 19- a. oxiri — 20-a.boşlarida M.
tasviriy san'atiga Yevropadagi yangi badiiy oqimlar («modern», impressionizm) ta'sir eta boşladi. Bir qança san'atkorlar (X. Murilo, S. Erran) M. san'atini tiklaş, zamonaviy milliy uslub yaratiş ğoyasini olğa surdilar. X. G. Posada esa xalq badiiy an'analari b-n boğliq inqilobiydemokratik satirik grafikaga asos soldi. 50—60-y. larda mahobatli tasviriy san'atda yangi me'morlik binolari b-n boğliq asarlar (bezakli mozaika, börtiq mozaika, naqşlar) asosiy örin tuta boşladi. M.da tasviriy san'at va grafikaga Karaganda zamonaviy haykaltaroşlik kamroq taraqqiy etdi. M. xalq san'atida indeys va ispan san'ati an'analari qöşilib ketgan.
Musiqasi. M. musiqasi qadimdan öziga xos va boy. Mahalliy aholi, jumladan, qad. atsteklar turmuşida (mas, diniy va ibodat marosimlarida, iş paytlarida) musika katta rol öynagan. Bir qança şaharlarda maxsus musika maktablari bölgan. Birmunça sof «indeys musiqasi» ayrim çekka joylardagi tub aholi örtasida hanuz saqlanib qolgan. Hoz. M. hududining katta qismida ispan va kreol musiqa madaniyati ta'sirida indeys musiqasi ham uçrab turadi. Qad. çolğu asboblari — gitara hamda unga öxşaş gitarron va xaranita, skripka, arfa, truba köpdan maşhur.
Professional musiqa 16-a.dan rivojlana boşladi, 19-a. boşlaridan poytaxt va yirik şaharlarda italyan kompozitorlarining operalari qöyildi. 1825 y. Mexikoda birinçi musiqa akademiyasi, 1826 y. simfonik orkestr paydo böldi. 1866 y. konservatoriya oçildi. 19-a.ning örtalaridan opera janrida işlaydigan milliy kompozitorlar paydo böla boşladi. S. Revu-eltas va Ç. Çaves (20-a. ning 1-yarmi) milliy kompozitorlar maktabining asosçilaridir. Kompozitorlar L. Sandi, D. Ayala, B. Galindo, R. Alfter, dirijyor L. Errera de la Fuente, skripkami G. Şering, pianinoçilar K. Baraxas va M. T. Kastrilon, gitaraçi A. Bribyeska, aşulaçilar X. Araya, E. Kasanovas yetakçi musiqa arboblaridir. Mexikoda Milliy simfonik orkestr, Un-t simfonik orkestri, Milliy opera, un-t huzurida oliy musiqa maktabi işlaydi. Bir qança ştatlarda simfonik orkestrlar bor. Xalq musiqasini ijro etadigan köplab vokal-instrumental ansambllar katta muvaffaqiyat qozongan.
M.da balet san'ati ayniqsa rivoj topgan. M. xoreografiya san'ati raqs folklori va indeyslarning qad. raqslari b-n ispan raqqoslarining an'analari zaminida paydo bölgan. Hoz. sahna raqsi 30-y.larda amerikaça «modern» raqsi ta'sirida tarkib topa boşlagan. Folklor b-n «modern» raqsining qöşilişidan öziga xos milliy raqs şakllari paydo böldi. 1966 y.dan Mexikoda har yili xalqaro raqs tanlovlari ötkaziladi. 1947 y.dan Milliy balet, 70-y.lardan M. raqsi akademiyasining zamonaviy balet jamoasi, mustaqil balet truppasi va b. işlab turibdi. M. folklor baleti çet ellarda ham juda maşhur.
Teatri. M. teatr san'ati qad. indeyslarning diniy marosimlari asosida vujudga kelgan. Afsonalar asosida diniy, dunyoviy va hajviy tomoşalar körsatilgan. M. 16-a.da yevropaliklar tomonidan istilo qilinganidan keyin xalq san'ati quvğinga uçradi. Ammo çerkovning qarşiligiga qaramay, 1597 y.dan Mexikoda «Komediya uyi» teatri işlay boşladi, 1670 y. birinçi doimiy «Koliseo» xalq teatri işga tuşdi, Gvadalaxara (1758), Verakrus (1787) ş.larida ham doimiy teatrlar oçildi. 1923 y. Dramaturglar uyuşmasi milliy teatr madaniyatini yaratişda faol iştirok etdi. 1946 y. Mexikoda Milliy nafis san'at in-ti, uning huzurida esa aktyorlar va rej.lar tay-yorlaydigan maktab oçildi. Eng maşhur teatrlari: «Ximenes Rueda», «Idalgo», «Xoda», «Reforma», «Insurxentes», Bolalar teatri, «Ginol» qöğir-çoq teatri va b.
Kinosi. 19-a. oxiridan kinoxronika paydo böldi, 1905 y. birinçi badiiy film köyildi. 1910 y.da M. mustaqillik kuraşi haqidagi «Alam hayqiriği» filmi, qisqa metrajli komediya va melodramalar çiqarildi. 30-y. lardan ovozli kino rivojlana boşladi. S. M. Eyzenşteyn boşçiligida 1931— 32 y.larda M. haqidagi film yaratilişi M. kino arboblari hayotida katta voqea böldi. 20-a. 30—40-y.larida yaratilgan filmlarda M.dagi ijtimoiy nizolar, xalq hayoti aks ettirildi. «Mariya Kandelyariya» (1944), «Durdona» (1947), «Rio Eskondido» (1948), «Qişloqi qiz» (1949) kabi badiiy jihatdan yuksak kinofilmlar butun dunyoga ma-şhur böldi. M. kino san'atining key-ingi eng yaxşi asarlari: «Ğişt teruvçilar» (rej. X. Fone), «Janubdagi uy» (rej. S. Olxoviç), «Pastkaş odamlar» (rej. X. Estrada),' «Xuan Peres Xolote» (rej. A. Burns), «100-meridian» (rej. A. Xoskoviç). M.da yiliga 70 dan ortiq badiiy film işlanadi, 2000 kinoteatr bor, Özbekiston — M. muiosabatlari. Garçi Özbekiston b-n M. örtasida savdo-iqtisodiy hamkorlik sohasida hukumatlararo bitim tuzilmagan bölsa ham, özaro savdo-sotiq aloqalari yölga qöyilgan. ÖzR b-n M. örtasidagi tovar aylanmasi 1998 y.da 1855,9 ming AQŞ dollarini taşkil etdi. «Savdo-iqtisodiy hamkorlik» va «Investitsiyalarni rağbatlantiriş hamda özaro himoya qiliş» töğrisida şartnomalar tuziş masalasi körib çiqilayotir.