Tabiati. N. hududining köp qismi Sahroi Kabirda, bal. 200—500 m gaça bölgan plato. Eng baland joyi 2022 m (Air platosida, Idukaln-Tages toği), jan.-ğarbi Niger daryosining örta oqimidagi vodiy. N.da oltin, uran, qalay rudalari, volfram, niobiy, temir, kömir, fosforit, platina konlari bor. Çad kuli soyligida oş tuzi qatlamlari topilgan. N.ning şim. va şim.-şarqida iklim çöl tropik, jan. va jan.-ğarbida subekvatorialdir. Eng salqin oylari — dek., yanv.da örtaça t-ra 20—24°, eng issiq oyi — mayda 32— 34°. Örtaça yoğin şim. va şim.-şarkda 100 mm dan kam, jan. va jan.-ğarbda 600—800 mm. Jan.-ğarbida mamlakatdagi yirikdaryo— Niger oqibötadi. Jan. va jan.-ğarbida akatsiya, baobab, dum-palma, qovun daraxti va b. ösadi. Şim. savanna va çöl ösimliklaridan iborat. Yovvoyi xayvonlardan şer, fil, buyvol, jirafa, kiyik, çiyaböri, sirtlonlar bor. «Dubl-Be» («W») milliy boği taşkil etilgan.
Aholisi. N.da aholining 50% ga yaqinini xausa elati taşkil etadi. Songay va jerma, kanuru va tubu, tuareg, fulba va b. ham yaşaydi. Aholining taxm. 90% i islom diniga, bir qismi xristian diniga, qolganlari esa mahalliy an'anaviy dinlarga e'tiqod qiladi. Rasmiy til — fransuz tili. Asosiy şaharlari: Niamey, Agades, Zinder, Maradi, Taxva.
Tarixi. N. hududida qadimdan aholi yaşab kelgan. Air toğligi, Tener çöli, Agades ş.dagi arxeologik qazişmalarda neolit davriga mansub aşyolar topilgan. Qad. odamlar yovvoyi mevalarni terib kun keçirganlar, ovçilik va çorvaçilik b-n şuğullanganlar. Mil. 1-a.da Saxroi Kabirning jan.ga rimliklar kirib kelgan. Arab va barbar savdogarlari kelişi b-n islom dini tarqalgan. 7—19-a.larda N.ning ayrim qismlari örta asr Ğarbiy Sudan davlatlari — Songay va Kanem tarkibida bölgan. 18-a. urtalarida Niger daryosining sohillari tuareglar qul ostiga utgan. 19-a.da N. hududida yevropaliklarning bir neça ekspeditsiyasi bölgan. 1898 y.dan fransuzlar N.ni mustamlaka qilişga kirişdilar. 1901 y. N. Fransiya Ğarbiy Afrikasi (FĞA) ga kiruvçi Yuqori Senegal tarkibiga qöşib olindi. 1922 y.dan N. FĞAning alohida ma'muriy birligi qilib ajratildi. Mustamlakaçilar majburiy mehnattartibotini joriy qidsilar. N. xalqi mustamlakaçilarga qarşi qözğo-lonlar kötardi (1905,1906—14, 1914— 17). Mustamlakaçilarga qarşi kuraş 1-va 2-jahon uruşlari örtasidagi davrda ham davom etdi.
2-jahon uruşidan keyin milliy ozodlik harakati boşlandi. 1946 y. Niger taraqqiyparvar partiyasi (NTP) tuzildi. 1947 y. Fransiyaning «dengiz orti hududi» maqomini oldi. 1951 y. NTPning söl qanoti Jibo Bakari rahbarligida partiyadan ajralib çiqib, N. demokratik ittifoqini tuzdi. Uning nomi 1958 y. Savaba (Ozodlik) deb özgartirildi. 1957 y. J. Bakari N. huku-mat kengaşining boş vaziri etib saylandi. 1958 y. 28 sent.da Fransiyaning yangi konstitutsiyasi loyihasi haqidagi referendumda Savaba N.ga mustaqillik berilişini talab qildi. 1958 y. 18 dek.da N. Fransiya Hamjamiyati tarkibida özini özi boşqaruvçi respublika deb e'lon qilindi. 1959 y.da N. Res-publikasining birinçi konstitutsiyasi qabul qilindi. 1960 y. 3 avg.da N. mustaqil respublika deb e'lon qilin-di va u Hamjamiyatdan çikdi. 1960 y. noyab.da Milliy majlis yangi konsti-tutsiyani kabul kildi va NTP rahbari A. Diorini respublikaning birinçi prezidenti etib sayladi. N.da bir partiyali tizim karor topdi. Barça ja-moat taşkilotlari NTP nazorati ostiga ötdi. 1961 y.da Fransiya b-n siyosiy, iqtisodiy va harbiy hamkorlik haqida bitim imzolandi. Fransiya N.ning taşqi savdosi, moliyasi, mudofaasi, maorif tizimi ustidan nazoratni saqlab qoldi. Ijtimoiy-iqti-sodiy soxalarda xalqning ahvoli yaxşilanmadi, ommaning noroziligi kuçaydi. 1974 y. 15 apr. da, 1996 y. 27 yanv.da sodir bölgan harbiy töntarişlar ham aholining ahvolini yaxşilaşga olib kelmadi. Nihoyat, 1999 y. 9 apr.dagi harbiy töntariş natijasida mamlakat prezidenti Ibrohim Barre Maynassar öddirildi, Milliy majlis va hukumat tarqatib yuboriddi, 1966 y. konstitutsi-yaning amal qilişi töxtatib qöyildi. 1999 y. 11 apr.da tasdiklangan Milliy yaraş kengaşi mayor Dovud Malam Van-keni davlat va hukumat boşliği etib tayinladi. 1999 y. 18 iyuldagi referendumda yangi konstitutsiya ma'qullandi. 1999 y. 24 noyab.dagi saylovda Mamadu Tanja prezident etib saylandi.
N. — 1960 y.dan BMT a'zosi. Milliy bayrami — 18 dek. — Respublika e'lon qilingan kun (1958).
Siyosiy partiyalari va kasaba uyuşmalari. Taraqqiyot jamiyati milliy harakati — Nassara, 1988 y. 2 avg.da taşkil etilgan; Demokratik va sotsi-al konvent, 1991 y.da tuzilgan; Demokratik tiklaniş uçun mustaqil milliy ittifoq, 1996 y.da taşkil etilgan; Milliy ittifoq va taraqqiyot partiyasi — Salama; Demokratik va taraqqiyparvar vatanparvarlar itti-foqi partiyasi. N. mehnatkaşlari kasaba uyuşmalari birlaşmasi, 1960 y.da asos solingan.
Xöjaligi. N. — agrar mamlakat. Mus-tamlakaçilik hukmronligi davrida iqtisodiyot, asosan, yer yonğoq yetiştirişga ixtisoslaşgan edi. 1960-y.lardan xujalikni davlat tomonidan tartibga soliş kuçaydi, davlat va aralaş korxonalar mavqei mustahkamlandi. Yalpi içki mahsulotda sanoatning uluşi 12%, q. x. uluşi 37,5% ni taşkil etadi.
Qişloq xöjaligi eng qoloq tarmoq qisoblanadi. Aholining 80% dan köproği şu sohada band. Tovar mahsulotining asosiy qismini mayda an'anaviy yarim natural dehqon xöjaliklari beradi. Niamey va uning atro-fida yirik mexanizatsiyalaşgan xöjaliklar taşkil topa boşladi. De-hqonlarning özaro yordam uyuşmalari taşkil etildi. Yer yonğoq, paxta, şoli yetiştiruvçi kooperativlar paydo böldi. Q. x. uçun yaroqli 15 mln. gektar yerdan (mamlakat hududining 12% ga yaqini) 42% haydaladigan va böz yerlar, 53% yaylov, 4% örmon. Dehqonçilik mamlakat jan. va jan.-ğarbida rivojlangan. Atigi 12 ming ga maydon suğoriladi, bu joylarda irrigatsiya inşootlari barpo etilgan. Asosiy oziq-ovqat ekinlari: tariq, nyebe, maniok, şuningdek, buğdoy, makkajöxo-ri, şakarqamiş, batat va b. N.da köçmançi va yarim köçmançi çorvaçilik ustun. Qoramol, qöy, eçki, tuya, ot va eşak boqiladi. Savannalar qovjiraşining oldini oliş va yaylovlarni saqlab qoliş uçun yangi örmonlar barpo etilgan. Niger va Komadugu-Yobe daryolarida, Çad kölida baliq ovlanadi.
Sanoati. N.da uran, qalay, gips, oş tuzi, soda qazib olinadi. I. ç. sanoati mahsulotining 3/4 qismini oziq-ovqat korxonalari beradi. Mara-di, Magaria va Matameydagi yoğ z-dlari 130 ming t yer yonğoqni qayta işlaydi. Zinderda yer yonğoq tozalaydigan 3 ta z-d, un-yorma korxonasi, Niameyda sut z-di va sovitkiçli kuşxona, Tillaberi va Niameyda şoli oklaş fkalari, Niamey va Maradida pivo z-dlari bor. Töqimaçilik f-kasi, 5 ta paxta tozalaş korxonasi, könçilik z-di mavjud. Binokorlik materiallari (sement, sopol taxtaçalar), kimyo mahsulotlari (sovun, upa-elik va dori-darmon) işlab çiqariladi. Avtomaşina kuzovi va tirkamalari yiğiladi, mebel va mayda q. x. anjomlari va b. işlab çiqariladi. Kaştaçilik, könçilik, kulolçilik içki bozorda muhim örin oladi. Yiliga örtaça 168 mln. kVt-soat elektr energiya hosil qilinadi. Mamlakat ehtiyoji uçun za-rur elektr energiyaning 50% Nigeri-yadan olinadi.
N.da t. y. yöq. Avtomobil yöllari uz. 19 ming km, şundan 3 ming km asfalt -. langan. Niger daryosida kemalar katnaydi. Niamey va Agadesda xalqaro aeroport bor. Çetga uran ekstraktlari, ti-rik mol va çorvaçilik mahsulotlari, araxis yoği, paxta, sabzavot çiqaradi, çetdan neft mahsulotlari, don, transport vositalari va asbob-uskunalar keltiradi. Taşqi savdodagi asosiy mijozlari: Fransiya, Italiya, Germaniya, Yaponiya, Nigeriya, Jazoir. Pul birligi — Afrika franki.
Tibbiy xizmati. N.da 3500 ga yaqin örinli 300 dan ortiq davolaş muas-sasasi, 140 vraç xizmat körsatadi. Soğliqni saqlaş va ijtimoiy işlar va-zirligi soğliqni saklaşning marka-ziy organi hisoblanadi.
Maorifi, madaniy-ma'rifiy va il-miy muassasalari. Mamlakat aholisining 90% savodsiz. Maktab yoşidagi bolalarning 21% öqişga jalb etilgan. N. maorif tizimi fransuz tizimi ta'sirida taşkil topdi. 6—7 yoşdan boşlab bolalar boşlanğiç maktabda 6 y. öqiydi. Örta maktab — 7 y.lik. Davlatga qaraşli boşlanğiç maktablardan taşqari xususiy maktablar ham bor. Öqituvçilar normal (ped.) bi-lim yurtlarida 4 y. mobaynida tayyorlanadi, 4 y.lik va 1 y.lik ped. kurslari ham bor. Maradidagi texnika li-seyi, Agadesdagi konçilik bilim yurti hunar-texnika ta'limi beradi. Zinderda feldşer va sanitarlar tayyorlovçi milliy maktab, Niameyda so-ğliqni saklaş maktabi, fuqaro avia-siyasi va meteorologiya maktabi bor. Oliy öquv yurtlari: Niamey un-ti, milliy ma'muriy kollej. Un-t huzu-rida Mat. tadqiqot in-ti, Ijtimoiy fanlar tadqiqot markazi, Geol. tad-qiqotlari byurosi işlaydi. Bundan ta-şqari, Afrika Birligi Taşkilotining tilşunoslik, tarix va oğzaki an'analar tadqiqot markazi, agronomiya tadqiqotlari milliy in-ti, veterinariya lab. va b. mavjud.
Matbuoti, radioeşittirişi va telekörsatuvi. N.da naşr etiladigan gaz. va jur.lar: «Saxel» (fransuz tilida çiqadigan kundalik hukumat gaz., 1960 y.dan), «Saxel ebdo» (fransuz tilida çiqadigan hukumat haftanomasi, 1961 y.dan), «Jurnal ofisyel de la Repyublik dyu Nijer» («Niger Respublikasining rasmiy gazetasi», fransuz tilida 2 haftada bir marta çiqadigan hukumat xabarnomasi, 1933 y.dan), «Nijerama» (har çorakda çiqadigan jur.). N. matbuot agentligi milliy ax-borot agentligi bölib, 1987 y.da taşkil etilgan. «Saxel ovozi» radio st-yasi hamda N. radioeşittiriş va tele-körsatuv hukumat xizmati mavjud.
Me'morligi va badiiy hunarmandçiligi. Niger daryosi yuqori oqimida yaşovçi ötroq xalqlarning yaşaş joyi guvaladan törtburçak qilib qurilgan yassi tomli uylardan iborat. Mamlakat jan.-ğarbida poxol kulbalar, şarqida esa guvala va toşdan kurilib tomi xa-şak b-n yopilgan uylar köp. Don omborlari doyra şaklida guvaladan 3 m gaça balandlikda kurilib, tepasidan tuynuk krldiriladi. Köçmançi aholi (tuareglar, fulbelar) teri b-n yopilgan çodirlarda yaşaydi. Şahar me'morligi — sudança uslubning bir turi. Turar joy va masjidlar somonloy (banko)dan kuriladi. Zinder, Taxua va b. joylardagi turar joylar töğri burçakli rejada, palma ustunlardan gumbazli qilib yoki ikki nişabli qamiş tomli kilib tiklanadi. Peştoqiga öziga xos qabariq naqşlar solinadi. Niamey va b. şaharlarda yevropaça zamonaviy uy-joy va ma'muriy binolar qurilgan.
Mamlakat poytaxti va uning atrofida, xausa elati istiqomat qiladigan viloyatlarda bosma rangdor naqş solingan çarm buyumlar — xaltalar, egarjabduqlar, şippaklar, idişlar, hatto marjonlar yasaladi. Hamma joyda temirçilik, zargarlik, töquvçilik tarqalgan. Bronza va kumuşdan qadama naqş solingan piçoqlar, kumuş bilaguzuklar va şokilalar, ot yuganlari tayyorlanadi. Kulolçilik buyumlari orasida botiq naqşli idişlar ajralib turadi. Rangdor (qizil, oq, zan-gori) gazlamalar, qovoq pöstidan yasalgan idişlar işlab çiqariladi.
Teatri. Musulmon bayramlari kunlarida sayoq qiziqçilar qişloklarda yoğoç qöğirçoqlarni öynatib, masxara-bozlik qilişlari qadimdan davom etib keladi. 20-a.ning 50-y.larida taşkil etilgan madaniyat markazlarida kiçik teatr truppalari işlay boşladi. Niameydagi madaniyat markazining direktori Dandobi Maxaman N.ning dastlabki dramaturglaridandir. Uning «Eçkining sarguzaştlari» va «Kabrin Kabra afsonasi» kabi pyesalarini mamlakatning juda köp havaskorlik jamoalari sahnalaştirgan. 1964 y.dan buyen har yili ötkaziladigan yoşlar haf-tasida mamlakatning barça viloyatlaridan kelgan drama va folklor truppalari musobaqalaşişadi.
Kinosi. N. mustaqillikka erişganidan keyin kino i. ç. rivojlana boşladi. 1962 y.da «Töy» deb atalgan birinçi film dunyoga keldi (rej. M. Alassan). Uşbu rej.ning «Ganjaning ölimi» degan multfilm i 1966 y. Dakarda ötka-zilgan Jahon afrikalik negrlar san'at va madaniyat festivalida sovrin oldi. Şundan keyin «Tovlamaçining qaytişi», «Men — nefman», «Kabaskabo», «Uçraşuv», «Qora bulutlar», «Ziyoratçi», «Sexrgar», «Xotin, villa, maşina, pul» kabi filmlar yaratildi.