Tabiati. M. hududining aksar qismini toğlar, baland tekisliklar va plato (meseta)lar egallaydi. Jan.- ğarbdan şim.-şarq tomon Atlas toğlari çözilgan, uning eng baland nuqtasi — Tubqol toği (4165 m). Atlantika okeani sohili — yirik pasttekisliklar. Örta dengiz sohilining köp qismi toğlik, qulay buxtalari bor. Jan. va jan.- şarqdagi Sahroi Kabir çöli qumloq va toşloqlan iborat. M. hududida zilzilalar bölib turadi. Kobalt, marganets, qörğoşin, pyx, barit, mis, temir rudalari, toştuz, kömir konlari bor. M. köp qismining iqlimi subtropik; iyulning örtaça t-rasi 24°— 28°, yanv. niki 10°—12°, toğlardagi iqlim — kontinental. Örtaça yillik yoğin toğlarda va şim.da 1000 mm ga yaqin, jan.da 200 mm gaça. Köp daryolari yozda qurib qoladi. Asosiylari: Muluya, Sebu, Umm-ur-Robia. Quruq örmon va butazorlarning tuproklari jigarrang. Şim.dagi sohil tekisliklari va toğ orasidagi soiliklar hamda vodiylarning qumloq, gilli qoramtir tuproklari ğoyat umumdor. Örmonlar, asosan, toğlarda saqlanib qolgan va M. hududining salkam 12% ni taşkil etadi. Qurğoqçil daşt, çala çöl va çöllarda alfa öti, şuvoq va d-rin, Örta dengiz sohilida makvis butalari ösadi. Hayvonlardan quyon, yovvoyi çöçqa, çiyaböri, ilon, toşbaqa, şuningdek, amfibiyalar, parranda, ha-şarot va çayonlar bor. Toğlarda makaka maymun, sirtlon, pantera, toğ daryolarida xonbaliq uçraydi. Dengizdan baliq ovlanadi.
Aholisining asosiy qismi — marokaşlik arablar va barbarlar. Fransuzlar, ispanlar, portugallar va yahudiylar ham yaşaydi. Rasmiy til — arab tili. Davlat dini — islom. Şahar aholisi 45,5%. Yirik şaharlari: Kasablanka, Rabot, Marokaş, Fos, Miknas, Tanjer va b.
Tarixi. Hoz. M. hududida azaldan liviy qabilalari (qad. barbarlar) yaşab, ovçilik va çorvaçilik, qisman dehq-onçilik b-n şuğullangan, Mil. av. 2-ming yillik oxirlarida sohilda finikiylarning bir qança jamoalari paydo bölgan; bu jamoalar keyinçalik Karfagen qöl ostiga, Karfagen yemirilganidan keyin (mil. av. 2-a.) Şimoliy M. Rim imperiyasi qöl ostiga ötdi. Ana şu davrda yirik dehqonçilik paydo böldi, şaharlar vujudga keddi. Birok, M. ning kup kismida uruğçilikqabilaçilik tuzumi xukmron edi. 5-a.da M.ning şim. kismini vandallar, 6-a.da Vizantiya bosib oldi.
702—711 y.larda M. hududi arab xalifaligiga qöşib olindi. Mamlakatda arab tili va islom dini tarqala boşladi. 788 y. M.dagi birinçi davlat — Idrisiylar davlati taşkil topdi. 9-a. ning 20-y.larida Idrisiylar davlati bir neça mayda xonliklarga bölinib ketdi. 13-a.ning 2-yarmida M.da hokimiyat barbarlar sulolasi — Mariniylar qöliga ötdi (1195—1465). Bu davrda q. x. ança taraqqiy etdi, madaniyat yuksaldi; Fos ş. madaniyat markazi bölib qoldi. Birok, 15-a.da mamlakat yana bölinib ketdi. Ana şu davrdan M. hududini yevropaliklar — Atlantika okeani sohilini portugallar, Örta dengiz sohilini ispanlar bosib ola boşladi.
17-a. oxiri va 18-a. boşlarida marokaşliklar yevropaliklarni M.dan, asosan, haydab çiqardilar. 19-a.ning 40-y.laridan Yevropa davlatlarining qöşinlari yana kirib kela boşladi — 1844 y. Fransiya, 1859 y. Ispaniya M. hududining bir qismini bosib oldi. Yevropa davlatlarining mamlakat içkarisiga kirib borişiga yöl qöymaslik, parokandalikka barham beriş, şuningdek, töxtovsiz qözğolonlarni bostiriş uçun Sulton Hasan I (1873— 94) bir qança islohot ötkazdi (jumladan, armiya zamonaviylaştirildi, harbiy z-dlar, yangi portlar quriddi). 1907 y. Fransiya qöşinlari M.ning şim.-şarqidagi Vujda ş. atroflarini, söngra Kasablanka ş. va Şauya viloyatini, Ispaniya Melilya ş. atroflarini bosib oldi. Bunga javoban mustamlakaçilarga qarşi qözğolon kötarildi. 1912 y. tuzilgan Fransiya-M. (30 mart) va Fransiya-Ispaniya (27 noyab.) şartnomalariga köra, M. hududining katta qismi (80%)da Fransiya, kiçikrok, şim. va jan. qismlarida Ispaniya protektorati örnatildi; bir qismi (Tanjer) xalqaro zona bölib qoldi.
M. xalqi bosqinçi davlatlarning hukmronligiga qarşi umumiy qözğolon kötardi. 1921 y. rif qabilalari Abdulkarim rahbarligida Rif viloyatida ispanlar qölidan hokimiyatni tortib olib, mustaqil Rif Respublikasini tuzdilar. Ammo Ispaniya-Fransiyaning birlaşgan kuçlari b-n bölgan şiddatli janglardan keyin Rif Respublikasi tormor qilindi (1926). Birok, Fransiya zonasidagi qabilalar mustamlakaçilarga karşi qattiq qarşilik körsatişni davom ettirdilar. 2-jahon uruşi yillarida ozodlik harakati kuçayib ketdi.
50-y.larning boşida esa norozilik harakatiga keng xalq ommasi qöşildi. Fransiya protektorati hokimlari milliy ozodlik harakati qatnaşçilarini quvğin ostiga oldi. 1952 y. 8 dek. da Kasablankada ommaviy namoyiş qatnaşçilaridan yuzlab kişilar öldirildi, minglarça kişi qamoqqa olindi. 1954 va 1955 y.larda M.da yana iş taşlaşlar va namoyişlar bölib ötdi. Dunyodagi boşqa ilğor kuçlar M. xalqining milliy ozodlik harakatini qöllab quvvatladilar. Oqibatda Fransiya protektorata M.da milliy hukumat tuziş uçun rozilik berişga (1955 y. 7 dek.) va uning milliy mustaqilligini tan olişga majbur böldi (1957 y. 2 mart). 1956 y. 7 apr.da Ispaniya protektorata ham bekor qilindi, 1957 y. 1 yanv. da Tanjer M. tarkibiga qöşildi. 1962 y. dek.da M.ning birinçi konstitutsiyasi qabul etildi, 1963 y. mayda parlament saylovi bölib ötdi. Xalq ommasi ahvolining yomonlaşuvi, işsizlar sonining köpayişi oqibatida mamlakat içkarisida ahvol keskinlaşib ketdi. Natijada hukumat a'zolari tez-tez almaşinib turdi. «Istiqlol» partiyasi parokandalikka uçradi. Partiya içida böliniş röy berdi; uning söl qismi Xalq kuçlari milliy ittifoqi partiyasi nomi b-n ajralib çikdi (1959). 1964— 65 y.larda yirik şaharlarda iqtisodiy ahvolning yaxşilanişi, tub iqtisodiy-ijtimoiy özgarişlar ötkazilişi şior'?1ari ostida iş taşlaşlar va ommaviy mitinglar bölib ötdi. Lekin bu harakatlar qurol kuçi yordamida bostirildi. 1965 y. 7 iyunda M.da fav-qulodda holat e'lon qilindi, podşoh hukumat iste'fosini qabul qildi, parlamentni tarqatib yubordi va qonun çiqaruvçi hamda ijro etuvçi butun hokimiyatni öz qöliga oldi.
1970 y. iyulda favqulodda holat bekor qilindi. 21 va 28 avg.da parlament saylovi bölib ötdi. 1972 y. 1 martda referendum bölib, yangi konstitutsiya qabul qilindi, parlament va hukumatning huquqlari bir oz kengaytirildi.
Podşoh Hasan II iqtisodiy va siyosiy islohotlar zarurligini anglab, 1973 y.da bir qança iqtisodiy tadbirlar ötkazilişini e'lon qildi. Xalq-aro maydonda betaraflik siyosatini ötkaza boşladi. Konstitutsiyaga 1992 y.da kiritilgan özgartirişlarga bi-noan, parlamentning hukumat faoli-yati ustidan nazorati kuçaytirildi, M.ning inson huquqlariga sodikligi mustahkamlandi. M. 1956 y.dan BMT a'zosi. ÖzR b-n diplomatiya munosabatlarini 1993 y. 11 okt.da örnatgan. Milliy bayrami — 30 iyul — Taxt kuni (1999).
Siyosiy partiyalari va kasaba uyuşmalari. Istiqlol partiyasi, 1943 y. taşkil etilgan; Xalq kuçlari milliy ittifoqi partiyasi, 1959 y. tuzilgan; Taraqqiyot va sotsializm partiyasi, 1974 y. asos solingan; Konstitutsiyaçi ittifoq, 1983 y. ta'sis etilgan; Xalq harakati partiyasi, 1959 y. tuzilgan; Milliy demokratiyu partiya, 1981 y. asos solingan; Xalq milliy harakati, 1991 y. taşkil etilgan; Mustaqil milliy uyuşma, 1978 y. ta'sis etilgan; Xalq kuçlari sotsialistik ittifoqi, 1974 y. tuzilgan; Sotsialdemokratik harakat, 1996 y. asos solingan. M. mehnatkaşlari umumiy ittifoqi, 1960 y. taşkil etilgan; M. mehnat ittifoqi, 1955 y. tuzilgan; Demokratik mehnat konfederatsiyasi, 1978 y. asos solingan.
Xöjaligi. M. — agrar mamlakat bölib, sanoat va, ayniqsa, konçilik birmunça rivojlangan. Iqtisodiyotida yirik q.x. fermalari va zamonaviy sanoat korxonalari b-n bir katorda qad. sektor — yarim natura va mayda tovar dehqon xöjaliklari katta örin tutadi. Mustaqillikka erişilgandan keyin M. hukumati iqtisodiyotning zamonaviy tarmoqlarini rivojlantiriş, milliy xöjalikni tarmoq, hudud jihatidan va tuzilmaviy nisbatlar jihatidan tartibga soliş siyosatini yurgiza boşladi. Yalpi içki mahsulotda q. x.ning uluşi 18%, sanoatniki 19,6%ni taşkil etadi.
Qişloq xöjaligi — M. iqtisodiyotining negizi. Ekiladigan yerlar 7,5 mln. gektardan ortiq, bu yerlarning köp qismiga donli ekinlar ekiladi. Iqtisodiy faol aholining 50% q. x.da band. Yalpi içki mahsulotning 1/5 va eksportning 1/3 qismini q.h. ta'minlaydi. Dehqonçilik mahsulotining yarmidan köproğini donli ekinlar beradi. Buğdoy, arpa, makkajöxori, oq jöxori, tariq va şolidan yaxşi hosil olinadi. Kartoşka, qand lavlagi, pomidor, paxta, dukkaklilar ham yetiştiriladi; tokzorlar, zaytunzorlar, sitruszorlar köp. Jami yer fondining 28% (12,5 mln.ga)ni yaylov va ötloklar, 12% ni örmon va butazorlar taşkil etadi. Barça haydaladigan yerlarning 95% mamlakat şim.da joylaşgan. Mayda falloh xöjaliklari b-n bir katorda yirik mexanizatsiyalaşgan serdaromad höjaliklar ham mavjud. Çorvaçilikda qoramol, qöy, eçki, tuya boqiladi. Baliqçilik va parrandaçilik rivojlangan. Örmonlarda pökakli dub qobiği va evkalipt yoğoçi, palma bargi tayyorlanadi.
Sanoati. M.ning i.ç. sanoatida iktisodiy faol aholining 23% band. M.da dunyodagi fosfat xom aşyosi zaxiralarining 70% joylaşgan. Uni qazib oliş sohasida M. dunyoda 3-örinda, eksport qiliş jihatidan 1 -örinda turadi. I.ç. sanoatining töqimaçilik, könçilik, kimyo, neft kimyosi, farmatsevtika va sement sanoati tarmoqlari durust rivojlangan. Bu soha milliy xom aşyo zaxiralaridan unumli foydalaniş maqsadida, asosan, eksport uçun tayyor va çala mahsulot i.ç.ga yönaltirilgan. Yangi qurilgan önlab korxonalar sanoatning tarkibiy tarmoqlari qiyofasini ança özgartirib yubordi. Mamlakatda kazib olinadigan fosfarit negizida kimyo sanoati rivoj topdi, qand va sement z-dlari, rangli metallurgiya korxonalari barpo etildi. Yiliga örtaça 9,8 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. 70-y.larning örtalaridan boşlab çetdan keltiriladigan xom aşyo, çala tayyor mahsulot va asbob-uskunalardan foydalanuvçi korxonalar ham qurildi. Gazlama va kiyim-keçak, avtomobil va elektron sanoati uçun qismlar işlab çiqaruvçi korxonalar şu jumlaga kiradi. Hunarmandçilik sohasi iqtisodiyotda muhim örin egallaydi.
Oziq-ovqat va töqimaçilik i.ç. sanoatining eng yirik tarmoqlaridir. Unda baliq, sabzavot, meva konservalaş, un-yorma, qand-şakar, sut z-dlari bor. Töqimaçilik sanoati tarkibidagi korxonalarning aksariyat qismi mayda va örta f-kalardan iborat. Fos ş.da yirik töqimaçilik k-ti qurilgan. Rabotda va köhna şaharlarda hunarmandlar köproq gilamdözlik b-n şu-ğullanadi.
Oğir sanoatning muhim tarmoği bölmiş kimyo sanoati, asosan, fosfat xom aşyosini qayta işlaş b-n şuğullanadi. Fosfor kislota va kimyoviy öğit oliş uçun Safi yaqinida qurilgan kimyo z-dlari yiliga 4 mln. t dan ortiq fosforitni qayta işlaydi. Bo-şqa tarmoqlardan Muhammadiya va Sidi-Krsimdagi neftni qayta işlaş z-dlari va b. şaharlardagi 9 ta sement z-di (eng yirigi Kasablankada), 7 ta metall işlaş va avtoyiğuv z-dini körsatib ötiş mumkin. Nadordagi pölat prokat sexi, asosan, armatura işlab çiqaradi. Çet el sayyoxligi rivojlangan.
Mamlakat içkarisida yuk taşişda t.y. asosiy rol öynaydi. 2000 km t.y.dan 867 km elektrlaştirilgan. Asosiy t.y. magistrali Marokaş—Kasablanka — Rabot — Fos — Vujda M.ning garbiy va şarqiy qismlarini Jazo-ir va Tunis b-n tutaşiradi. Avtomobil yöllari uz. 60 ming km. M.da 27 aerodrom bor, şundan 10 tasi xalqaro toifadagi aeroportdir. Taşki savdo yuklarining 95% dengiz orqali taşiladi. Dengiz savdo flotining tonnaji 586 ming t dedveyt. Asosiy dengiz portlari: Kasablanka, Safi, Muhammadiya, Ağodir, Tanjer.
M. çetga, asosan, sanoat va q.x. xom aşyosi — fosforit, rangli metall rudalari, sitrus meva, baliq va uning konservasi, sabzavot, meva va ularning konservasi, fosfor kislota, öğit, pökak, kalava ip, jun, teri, göşt va b. çiqaradi. Çetdan neft, oziq-ovqat, sanoat asbobuskunalari, iste'mol bu-yumlari, kimyoviy mahsulotlar, ğalla, qand-şakar keltiradi. Savdo-sotiqdagi asosiy mijozlari: Fransiya, Saudiya Arabistoni, AQŞ, Ispaniya, Rossiya, Germaniya, Italiya. Pul birligi — M. dirhami.
Tibbiy xizmati. Davlat tibbiy muassasalari b-n bir qatorda xususiy şifoxonalar ham mavjud. Vraçlar Rabot va Kasablanka un-tlarining tibbiyot f-tlarida tayyorlanadi.
Maorifi, ilmiy va madaniy-ma'rifiy muassasalari. 859 y. Fosda Afrikada birinçi musulmon unti oçilgan. Mamlakatda musulmon diniy maktablari bölgan. Fransuzlar hukmronligi davrida (1912 y.dan) davlat dunyoviy maktablarining 2 turi (yevropaliklar va mahalliy aholi uçun) bor edi. 1956 y. mustaqillik e'lon qilingan paytda bolalarning 17% maktabga qatnagan. Mustaqillikka erişilgaç, maorifni rivojlantiriş, milliy mutaxassislar tayyorlaş, savodsizlikni tugatiş çoralari kurila boşladi. 1963 y.da bolalarni 6—7 yoşdan 13—14 yoşgaça majburiy öqitiş haqida qonun qabul qilindi. Boşlanğiç maktabda öqiş muddati 5 y., örta maktabda 7 y. Oliy öquv yurtlari: Rabotda Muhammad V nomidagi un-t (1957), Fos ş.da Karauin nomidagi musulmon unti (859),
Muhammad bin Abdulloh nomidagi un-t (1973), Kasablankada Hasan II nomidagi un-t (1975), 12 ta in-t va kollej, Kasablanka va Titvonda nafis san'at maktabi, Kasablankada tibbiyot maktabi. Ilmiy muassasalari: Rabotda Şarif ilmiy in-ti, agronomiya tadqiqotlari milliy in-ti, Muhammad V nomidagi un-t huzurida i. t. markazi, M. geogr. milliy qömitasi, Milliy gigiyena in-ti (Rabotda), Okeanografiya in-ti (Kasablankada), bir qança ilmiy jamiyatlar. 1977 y. Podşoxlik akademiyasi taşkil etilgan. Kasablankada Munitsipal kutubxona, Rabotda markaziy kutubxona arxivi b-n, un-tlarning kutubxonalari, Tanjer, Fos, Titvon ş.larida kutubxonalar bor. Rabotda antik san'at va arxeologiya muzeyi, Fosda qurol-yaroğ muzeyi, Titvonda arxeologiya, san'at va folklar muzeyi, Kasablanka va Tanjerda muzeylar mavjud.
Matbuoti, radioeşittirişi va telekörsatuvi. M.da 20 ga yaqin gaz. va bir kança jur. naşr etiladi. Eng yiriklari: «Al-Alam» («Bayroq», arab tilida çiqadigan kundalik gaz., 1946 y.dan), «Al-Anba» («Xabarlar», arab tilida çiqadigan kundalik hukumat gaz., 1971 y.dan), «Al-Bayon» (arab va fransuz tillarida çiqadigan kundalik gaz., 1972 y.dan), «Ad-Demokrati» («Demokrat», arab va fransuz tillarida çiqadigan kundalik gaz., 1982 y.dan), «Al-Mağrib» («Ğarb», fransuz tilida çiqadigan kundalik gaz., 1977 y.dan), «Opinon» («Fikr», fransuz tilida çiqadigan kundalik gaz., 1965 y.dan), «Risolat al-Umma» («Millat risolasi», arab tilida çiqadigan kundalik gaz., 1983 y.dan), «Lyam alif» (fransuz tilida çiqadigan oylik jur., 1966 y.dan). Mağrib Arab Press — MAP — xukumat axborot agentligi 1959 y.da tuzilgan. M. radioeşittirişi va telekörsatuvi, hukumat mahkamasi. Radioeşittirişlar arab, ingliz, fransuz tillarida olib boriladi.
Adabiyoti. M.da adabiy asarlar arab, barbar, fransuz tillarida yaratilib keldi. Mumtoz arab tilidagi adabiyot umumiy arab adabiyoti yölidan, ayniqsa, Ispaniya (Andalusiya) arab adabiyoti ta'sirida rivojlandi. Mahalliy arab laxjasidagi va barbar tilidagi xalq oğzaki ijodiyoti, ayniqsa, diqqatga sazovor. 12—14-a.lar şe'riyatida siyosiy hajviya asosiy örinni egalladi (Ibn Xobbus, Ibn Habbaza, Ibn al-Muraxxal, Ibn Ru-şayd kabi şoirlar). Nasrda köproq tarixiy mavzuda va uzok, mamlakatlarga sayohat qilgan sayyohlar töğrisida (rixla janrida) asarlar yaratildi (asosiy vakili — Ibn Batuta). 13-a. boşlarida badiiy yilnomalar yaratiş an'anabölib, 19-a.gaça davom etdi. 15— 16-a.larda M. adabiyotida köproq maş-xur kişilar hayotiga bağişlangan asarlar, rivoyatlar vujudga keldi. 16—18-a.lar şe'riyatida bir tomondan, tasav-vuf lirikasi, ikkinçi tomondan gedonizm (Ibn Zakur ijodida) tarq-aldi. Mumtoz arab şe'riyati an'analari M. adabiyotida 20-a.ning örtalarigaça davom etdi. 16-a.dan boşlab Fosda Andalusiya xalq poeziyasi an'analari, Marokaş ş. va uning atrofida mahalliy xalq janri (grix) rivojlana boşladi. Xalq şe'riyati musiqa va kuy b-n mustahkam boğlangan.
M.ning arab va fransuz tillaridagi hoz. zamon adabiyoti 2-jahon uruşidan keyin milliy ozodlik harakatining yuksalişi ta'sirida rivojlana boşladi. A. Benjellun («Bolalikda» va b.) va M. Safriui («Mö'jizalar dökoni» va b.) kabi yozuvçilarning asarlarida xalq hayoti mavzui yoritildi. 50-y.larda fransuz tilida yozilgan romanlar salmokli örinni egalladi (M. A. Lahbobiyning «Umid qöşiqlari» va «Zulmatdan ziyoga» asarlari). 60-y.lar adabiyotida dramaturgiya paydo böldi. Arab tilida ham nasriy asarlar yozila boşladi (A. K. Ğallabning «Yetti eşik», Lahbobiyning «Taşna avlod» va b.). Bu davrda M. adabiyotiga M. Buallu, M. Znibera, A. J. Sximiy, A. Baqqoliy kabi iste'dodli yoşlar kirib keldi. 1960 y.da yozuvçilar uyuşmasi tuzildi. Zamonaviy adiblardan T. Benjellun, M. Xayriddin, M. Sabboğ, A. as-Salom, A. Larua, M. Barrada va b. maşhur.
Me'morligi va tasviriy san'ati. M. hududida neolit davriga oid koya rasmlari (fil, kiyik, quş tasvirlari), mil. av. 1ming yillikka mansub aylana toş qabristonlar, keyinroq işlangan qizil sirli sopol idişlar saqlangan. Mil. av. 1-a.— mil. 3-a.ga oid Rim davri şaharlari (Volyubilis, Tamud, Tingis) xarobalarida me'moriy obidalar, naqş va haykallar qoldiklari uçraydi. Milod boşlarida barbar san'ati rivoj topdi. M. Hududi arab xalifaligiga qöşilgaç, arab badiiy an'analari va uslublari kirib keldi, musulmon me'morligi rivojlandi. Örta asrlarda bu ölkada minorali, töğri törtburçakli devor b-n öralgan şaharlar vujudga keldi (Miknas, Rabot, Fos), bir neça ibodatxonali gumbazlari muqarnas va serğovakli maçitlar, saroylar qurildi. Muhim binolar toş va yoğoç öymakorligi b-n bezatilgan (Kutubiya maçitining mi-norasi, 1184—99), 11 —13- a. larda şaharlar harbiy maqsadlarda mustahkamlandi, qal'alar qurildi. Binokorlikda toş, loy, ğiştdan keng foydalanidsi. 13—14-a. me'morligida, ayniqsa, bezakka alohida e'tibor qilindi, binolar öyib naqş işlangan marmar, yoğoç, koşin, sopol va oyna mozaika b-n bezatildi, vitrajlar işlandi (Tosdagi Katta maçit, 12—13-a., Fosdagi Attarin madrasasi, 1323—25). 16— 17-a. madaniyat yodgorliklari, ayniqsa, nafis va boy bezaklari b-n diqqatga sazovor (Marokaş ş.dagi maqbaralar majmui, 16-a. 2-yarmi). 19-a.da Fos, Miknas, Marokaşda içki hovlili muhtaşam saroylar qurildi. Köpgina şaharlarda 1—2 qavatli, içki hovlili turar joylar 20-a.gaça ham saqlangan. Şaharlardan taşqarida tomi poxol b-n kulohsimon qilib yopilgan, qamiş devorlari loy b-n suvalgan uylar köp qurilgan.
Örta asrlarda M.da şoyi, kundal matolar töqiş, gilamdözlik, kulollik, jezni badiiy işlaş avj olgan. M. Fransiya ta'siri ostida bölgan yillarda mamlakatda yevropaça kvartallar qurildi. 1950 y.lardan M.da zamonaviy uylar qurila boşladi. M. mustaqillikka erişgaç (1956), şinam mehmonxonalar, villalar, kasalxonalar, köp qavatli turar joylar barpo etildi. Rabot va Kasablanka, ayniqsa, gurkirab rivoj topdi. Mustaqillik yillarida şaharlar boş reja asosida qayta kurila boşladi. Marokaşlik me'morlar mahalliy şaroitga moslab, milliy an'analar ruhida işlagan loyihalar asosida turar joylar, jamoat binolari, sanoat inşootlari keng kölamda qurila boşladi. M. uçun yangilik bölgan tasviriy san'at rivoj topdi (E. Azaguri, J. F. Zevako kabi me'morlar, M. A. Idrisiy, M. Ammar kabi rassomlar, haykaltaroş X. bin Saloh ijodi diqqatga sazovor). Rabot, Kasablanka ş.larida amaliy san'at ustalarining şirkatlari taşkil qilingan. Gilamdözlik, çarmni kaşta b-n bezaş san'ati rivoj topgan, zargarlik, kandakorlik, mis idiş va buyumlarni qadama naqş b-n bezaş san'ati ham keng tarqalgan.
Musiqasi barbar va arab madaniyatlaryning özaro ta'sirida rivojlangan. Asl barbar musiqa san'ati namunalari M. qişloklaridagina saqlanib qolgan. Musiqa şe'riyat va raqs b-n uzviy boğlangan. Qöşiq b-n ijro etiladigan ommaviy raqslar keng tarqalgan. M.ning şim.-şarqida yaşaydigan barbarlarda axidu va jan.-ğarbda yaşaydigan barbarlarda axuax musiqiy uslublari şakllangan. Axidu kuylari ixçam diapazonli, xromatizmga boy, axuax kuylari yevropaça an'analarga yaqin, diapazoni keng. Barbarlarning musiqiy asboblari: kasba (nay), arxanim, bendir, tarija, skripka va b.lardan iborat.
Arab musiqa san'ati turli-tuman bölib, arab mumtoz (alo' va samo') va xalq (grix) musiqalarini öz içiga oladi. Alo' va samo' kuylari ba'zan bir-biriga yaqin bölsa ham, lekin mat-nda ular keskin farq qiladi. Alo' — dunyoviy, saroy san'ati bölib, asosini mumtoz arab şe'riyati taşkil etadi. Samo' — diniy mazmundagi madhiya, mavlud, qasidalardir. Oddiy kişilar qöşiqlari — grixlar qiroatga asoslangan. Musiqa asboblaridan ud, lira, rubob, mizmor va b. tarqalgan. Xalq ijodida zikr katta urin egallagan. Maqamlarning öziga xos mağribça uslubi şakllangan. Kompozitorlardan M. Benis, A. Auatif, M. Şakruniy, sozanda (qonun) va musiqaşunos S. Şa-rqiy maşhur. M.da Milliy musiqa, raqs va drama san'ati konservatoriyasi (Rabotda), Milliy musika va rake maktabi (Titvonda) işlaydi. 1960 y.dan M.da har yili milliy musiqa festivali ötkaziladi.
Teatri. M. teatr san'ati xalq marosimlari, rasmrusumlari va öyinlari asosida vujudga kelgan. 12-a.dan soya va qöğirçoq teatrlari, xonanda, sozanda, raqqos va jonglyorlardan iborat sayyor aktyorlarning tomoşalari urf böldi. 19- a. oxirlarida miyerlik va suriyalik truppalar gastrol bera boşladi. Fransuz va ispan hukmronligi davri (1912—56) da xususiy uylardagi xonaki sahnalarda köpgina tomoşalar qöyildi. Ba'zi havaskor aktyorlar Yevropada ta'lim olib keldilar. 1923 y. Fosda uyuşgan truppa 1929 y.gaça (rahbari dramaturg va rej. Abdulla bin Şakrun) xaloyiq oldida tomoşa körsatdi. Şu şaharda Malikul Fosiy va Abdulvahob Şaviy boşçiligidagi truppalar işladi, Sale, Tanjerda ham kiçik truppalar tuzildi. 1956 y.dan keyin teatr san'ati rivojida yangi bosqiç boşlandi. Kasablankadagi (Toyib Saddiqining Munitsipal teatri) va Rabotdagi (Ahmad Badri boşçiligidagi Milliy teatri) yetakçi teatrlarda Yevropa, arab dramaturglarining asarlari sahnalaştirildi. 1961 y. radiola birinçi professional truppa taşkil topdi. M.da 100 dan ortiq havaskorlik teatrlari mavjud. 1960 y.dan Marokaş ş.da M. san'ati festivallari ötkazildi. 1959 y. Rabotda oçilgan Drama san'ati markazida aktyorlar va sahna xodimlari ham tayyo-rlanadi. 1962 y.dan Musiqa, raqs va drama san'ati milliy konservatoriyasi işlay boşladi.
Kinosi. Dastlabki hujjatli filmlarni fransuz operatorlari 1897 y.da yaratişdi. 1919—54 y.larda fransuz rej.lari, asosan, şarq afsonalari asosida 50 ga yaqin töla metrajli badiiy filmni suratga oldilar. 1944 y. M. kinomarkazi taşkil etildi va birinçi «Sussi» kinostudiyasi qurildi. Mustaqillikdan keyin hujjatli va badiiy filmlar çiqariş yölga qöyildi. 1958 y.dan muntazam «Marokaş yangiligi» kinojur. çiqa boşladi. 1968—70 y.larda Kasablanka yaqinida «Ayn-Şoke» studiyasi taşkil etildi. 80—90- y.larda rej. A. Maanuni, M. Reggab, S. Bin Barka, F. Burkia ijtimoiy mavzuda filmlar yaratdilar. «Izlar», «Bahor quyoşi», «Kunlar, kunlar», «Neft uruşi bölmaydi» filmlari şu jumlaga kiradi. Yiliga 450 ta xorijiy (asosan, Fransiya, Italiya, Hindistondan) filmlar sotib olinadi.