Qomus · Boşlaş
Naql va Fikr — ilmning uç ustuni
Nega mavzuning ba'zi bölimlarini tahrirlab bölmaydi, ba'zilariga esa öz fikringizni yozasiz?
Qisqa javob. Har bir gap yo naql (yetkazilgan xabar — tekşiriladi), yo fikr (şaxsiy qaraş — baholanadi). Manbaa ikkalasini aralaştirmaydi: har bölimning yonida 📜 Naql yoki 💭 Fikr belgisi turadi.
Hadis ilmida
Olimlarimiz ilmni uç ustunga bölgan. Naql ilmi (fiqh an-nusus) — matnni, manbani töğri tuşuniş. Voqelik ilmi (fiqh al-voqe’) — hayotni, reallikni tuşuniş; bugungi tilda sotsiologiya, politologiya, psixologiya. Yetkaziş yoki bayon ilmi (fiqh at-tanzil) — bilimni voqelikka töğri tuşirib, odamga tuşunarli qilib yetkaziş.
Naqlda savol bitta: «bu gap haqiqatan aytilganmi?» Şuning uçun naql tekşiriladi, ovozga qöyilmaydi. Şaxsiy qaraş (ra'y) esa baholanadi va muhokama qilinadi.
Manbaa'da
📜 Naql bölimlari — bitta asosiy matn, har gapi manbali. Heç kim uni töğridan-töğri özgartirmaydi: qöşimça manbasi bilan taklif qilinadi, tekşirilgaç kiradi va Sanad'ga yoziladi. Haqiqat ovoz bilan hal qilinmaydi — manbalar kelişmasa, ikkala da'vo ham körsatiladi.
💭 Fikr bölimlari — har kim öz ta'rifini yozadi; birovning ta'rifi tahrirlanmaydi. Insonlar bahosi eng yaxşisini tepaga çiqaradi; eng yuqorisi «general» böladi va Sanad'ga «avval bu edi, keyin insonlar buni tanladi» deb yoziladi.
Köprik: «Rumiy adolatni şunday ta'riflagan» — bu fikr emas, naql. Iqtibos manbasi tekşiriladi; gap Rumiyniki bölib qoladi, uni keltirgan inson esa roviy sifatida Sanad'ga kiradi.
Uç ustun saytda ham bor: naql — manbali matn va Sanad; voqelik — jonli raqamlar va faktlar; yetkaziş — Vizual ta'lim, «Qanday işlaydi» va şu Qomus.
Misol. «Adolat» mavzusida: «Etimologiyasi» va «Tarixdagi ta'riflar» (Forobiy, Rumiy…) — 📜 Naql; «Ta'riflar» — 💭 Fikr: har kim öz ta'rifini yozadi.
Köring: Qomusiy qoidalar · Isnod (sanad)
Manba
- Usul al-fiqh an'anasi: fiqh an-nusus, fiqh al-voqe’, fiqh at-tanzil