Asosiy mazmunga ötiş

Nima yangi v1.6.4 · 25-oktabr

Hamma versiyalar →
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Qomus · Boşlaş

    Nega Manbaa hadis ilmiga tayanadi?

    Ensiklopediyaning hadis ilmiga nima aloqasi bor?

    Qisqa javob. Hadis ilmi — insoniyat tarixidagi xabarni tekşirişning eng puxta usullaridan biri. Manbaa şu usulni har qanday bilimga qöllaydi.

    Hadis ilmida

    Hadis olimlari (muhaddislar) bir savolga javob izlagan: «Bu gapni haqiqatan Payğambar aytganmi?» Bunga işonç hosil qiliş uçun ular xabarning özini emas, uni kim, kimdan, qanday yetkazganini tekşirgan.

    Şu ehtiyojdan butun bir ilm tuğildi: zanjir ilmi (isnod), guvohlarni baholaş ilmi (jarh va ta'dil), xabar darajalari va yaşirin nuqsonni topiş. Bu usulning buyuk vakillari orasida bizning zaminimizdan çiqqan Imom Buxoriy va Imom Termiziy bor.

    Manbaa'da

    Bugungi internetda ma'lumot köp, lekin uning zanjiri körinmaydi: kim yozgan, qayerdan olgan, keça boşqaça edimi — bilib bölmaydi.

    Manbaa har bilimga hadis olimlarining savollarini beradi: kim aytdi, qaysi manbadan, kim tekşirdi, neçta mustaqil guvoh tasdiqlaydi. Javoblar har sahifada oçiq turadi.

    Köring: Imom Buxoriy · Imom Termiziy · Qomusiy qoidalar

    Manba

    • Ibn as-Saloh, «Ma'rifatu anva'i ilmil-hadis» (Muqaddima)
    • Ibn Hajar al-Asqaloniy, «Nuxbatul-fikar» va uning şarhi «Nuzhatun-nazar»