Tuproklari: tekislikda böz tuproq, toğ etaklarida (500—600 m balandlikkaça) tipik böz tuproq, undan balandroqda çimqönğir, yuqrrirokda ötloqidaşt tuproq, daryo terrasalarining quyi qismida, yer osti suvi yuza joylarda ötloqi va botqoq tuproq, daryo vodiylarida allyuvial tuproqlardan iborat. T.v.ning tekislik qismi töla haydalgan, Sirdaryo buylarida kiçik tuqaylar (terak, tol, jiyda, har xil butalar) mavjud. Toğ etaklari va toğlarda (1200— 1400 m balandlikkaça) toğ daştlari, yuqorirokda siyrak arçazorlar, 2000 m dan balandda subalp va alp ötloklari bor. Daryo vodiylarida terak, tol; toğ etaklari va toğlarning örtaça balandliklarida olmazor va yonğoqzorlar uçraydi, toğolça ösadi. Tekisliklarda sarik. yumronqoziq, qöşoyoq, kaltakesaklar, çul toşbaqalari, qalqontumşuq ilon va b., Sirdaryo töqaylarida çiyaböri, tolay quyoni, qobon; toğ etaklari va toğlarda ayiq, tulki, toğ qöyi, jayra, börsiq, kaklik, törğay, arça boltatumşuği va b., toğ daryolari va jilğalarda qora baliq, osman, laqqaça uçraydi. Viloyat hududida «Çimyon», «Burçmulla», «Boğiston», «Xumson», «Oqtoş» kabi bolalar oromgoxlari, iklimiy kurort va dam oliş uylari bor. Toşkentdan 20 km uzoqlikda «Toşkent mineral suvlari» balneologik kurorti joylaşgan. T.v.da UgomÇatqol milliy boği (mayd. 574 ming ga) taşkil etilgan. Boşqizilsoy bölimida meteorologiya styasi (1956 y.dan) faoliyat körsatadi.
T.v. qadimdan Buyuk ipak yölidagi ilmfan, ğunarmandçilik, madaniyat taraqqiy etgan makonlardan biri bulgan. Xöjakent yaqinidagi ğordan topilgan toş davriga mansub odam suyagining qoldiklari va qoyalardagi suratlar bu vohada qadimda ibtidoiy odamlar yaşaganligidan dalolat beradi.
Vohaning iklim şaroiti, sersuvligi, dare böyi va toğ oldi mintaqalarining yovvoyi ösimliklar va hayvonot dunyosiga boyligi kdd. toş davridayoq odam yaşaşi uçun qulay imkoniyat yaratgan. T.v.ning qad. aholisi töğrisida mil. av. 5—2asrlarga oid Yunon, Xitoy va b. Şark, manbalarida ba'zi ma'lumotlar saqlanib qolgan. Ölkani arxeologik jihatdan 19-a.da N. I. Veselovskiy, A. A. Divayev, N. P. Ostroumov, Ye. T. Smirnov va b. örgandilar. 1920—30 y.larda M. V. Voyevodskiy, G. V. Grigoryev, V. D. Jukov va A. I. Terenojkinlar, 1941 y.dan M. Ye. Massoy rahbarligida Örta Osiyo unti arxeologiya kafedrasi a'zolari, 1950 y.dan Özbekiston FAning arxeolog olimlari Ya. F. Ğulomov, Ö. Islomov va R. H. Sulaymonovlar viloyat hududida tekşiruv işlari olib bordilar. 1958 y.dan T.v.ning örta asr şaharlari va qad. konlarini Yu. F. Buryakov, 1966 y.dan Toşkent ş.ni V. A. Bulatova rahbarligidagi guruh ilmiy ravişda örgangan.
Köp yillik tadqiqotlar natijasida T.v. arxeologik xaritasiga 760 ta qad. manzilgoh, şahar va qişloq xarobasi, qad. konlar, qabristonlar, mudofaa va irrigatsiya inşootlari tuşirildi. T.v.da ibtidoiy odamlar krldirgan dastlabki izlar paleolit davriga töğri keladi. Bu davrga oid odamlar yaşagan gorlar va oç iq manzilgoxlardan biri Kölbuloq makonidir. Kölbuloq yaqinidagi Qizilolmasoy va Qöşsoydan qad. toş qurollar yasalgan ustaxona topilgan. Mustye davriga oid manzilgoxlar Obirahmat ğorildm, Xöjakent qişloği yaqinidan, Çirçiq vohasida esa Qoraqamiş va Şöralisoydan topilgan. Yangi toş davri (neolit) ga oid aşyo Toşkent ş.ning garbida Qöşiliş degan joydan topilgan. Bu davrda kurollar maydalaşgan va soni köpaygan. T. v.ningjez davri (mil. av. 2ming yillik) topilmalari Andronovo, Tozaboğyop madaniyatiga oiddir. Toş va tökma tuproqdan qilingan qabriston qörğonlar Çirçiq va uning irmoqlari böyida, Obirahmat, Burçmulla (q. Burçmulla xazinasi) qişloqlari, Iskandar şaharçalarida oçilgan. Qabrlardan Andronovo madaniyatiga xos qölda yasalgan sopol idişlar, bilaguzuk, marvarid va marjonlar topilgan. Jez davridan boşlab rangdor va qimmatbaho metallar toğ yon bağridagi konlardan qazib olina boşlagan. Temir davrida viloyat xududida skif qabilalarning sakmassaget ittifoqiga kirgan elatlar yaşagan. Ularga tegişli yodgorliklar mil. av. 6—4asrlarga oiddir. Bu davr qabristonlaridan (Burçmulla yaqinida) tirnab bezalgan sopol idişlar, toş va kumuşdan yasalgan zebziynat buyumlari topilgan. Çirçiq vodiysida Burganlisoydan temir davriga oid sopol, metall, toşdan yasalgan uyrözğor buyumlari, jumladan, çoynaksimon tumşukli va quloqli qozonlar va mehnat qurollari topilib örganilgan. Idişlar dumaloqşaklda bölib, sirtiga angob böyoği berilgan. Mil. av. 1 — mil.ning 1-a.larida T.v. hozirgi hududi Qanğ davlati tarkibiga kirgan. T.v. ötroq xalklarining madaniyati köşni köçmançi çorvador xalklar madaniyati bilan çambarças aloqada bölgan. Köçmançi çorvador xalqlar yodgorliklaridan Qovunçitepa yaxşi örganilgan. Ohangaron daryosining quyi oqimida joylaşgan Qanqa (q. Xaraşkat) xarobasi eng qad. şaharlardan biri bölgan. Şahar mil. av. 3—2 a.larda vujudga kelgan. 1-a. ga oid şaharlar Sirdaryo vodiysida Banokat, OhangaronOqqörğon oraliğida Kindiktepa va Qovunçitepalar bölgan. Bu yerlardan Toşkent hokimligining birinçi tanga pullari topilgan. Bu davrda hamma mayda şahar va qörğonlar Şoş (Çoç) va Iloq (Eloq)qa birlaşgan. 7-a.da qal'alari va mayda şaharçalari köpligi uçun Şoşni ming qal'ali davlat deb ta'riflaganlar. Şulardan biri Toşkentning şim.da (hoz. şahar hududida) joylaşgan Oqtepa qörğoni bölib, u mustahkam mudofaa devorlari bilan öralgan. Ilk örta asr şaharlarining arki va şahristoni bölgan.
Şaharlarda hukumat uylari, savdo va xunarmandçilik rastalari tartib bilan joylaşgan. Ularning mayd. 20 ga dan 65 ga gaça yetadi. Atrofdagi toğlardan oltin, kumuş, mis qazib oliş natijasida hunarmandçilik yuksalgan. Kulolçilik va çorvaçilik rivojlangan. Şoş va Iloq davlatlari öz nomlaridan tanga pullar zarb qilgan. Tangalarning yuz tomoniga vahşiy hayvonning rasmi (silovsin yoki bars), orqa tomoniga panşaxaga öxşaş tam/a tuşirilgan.
Ilk örta asrlarda aholi örtasida otaşparastlik keng yoyilgan. Ossuariyga odam suyaklari solib kömilgan qabrlar Töytepa, Qoraxitoy va Tuyaböğizdan (q. Tuyaböğiztepa) topilgan. Ossuariylar tuxumsimon şaklda bölib, qopqoğiga hayvon suratlari solingan.
9—10-a.larda T.v. Somoniylar davlati tarkibiga kirgan. Bu davrda şaharlar har tomonlama rivojlangan. 10-a. arab geograflari Istaxriy, Muqaddasiy va b. körsatişiça, Xuroson va Movarounnahrda Şoş viloyati eng köp şağarli (40 taga yaqin) ölka bölgan. Eng yirik şaharlardan viloyat poytaxti Binkat, Iloq (Eloq) davlatining poytaxti Tunkat va yirik savdohunarmandçilik markazlari Xaraşkat, Şuturkat, Nujkat bölgan.
Qad. şahar xarobalarida ötkazilgan qazilmalar şaharlarning paydo bölişi, rivojlanişi va kengayişi har xil tarzda keçganligini körsatadi. Şaharlar poytaxt bölgani, karvon yöllari ustiga joylaşgani, konlardan yaxşi foydalangani va çorvador köçmançi xalqlar bilan aloqada bölgani uçun rivojlangan. Şaharlarning mayd. 20 ga dan 200 ga gaça bölgan. T.v. hududidan ötgan 2 maşhur karvon yölining birinçisi Sirdaryo, Binkat, Xaraşkat, Xudoykat orqali, ikkinçisi bir oz şim.rokdan Çinozkat, Şuturkat, Dafnigankat, Isfijob orqali ötgan. 9—10-a.larda konçili k işlari, metall eritiş, kulolçilik va töqimaçilik taraqqiy etgan. 10-a. geograflarining ma'lumotlariga köra, Şoş, Ilokdan har xil matolar, gilamlar, teridan işlangan aşyolar, harbiy qurollar, egarlar, metall buyumlar, çorvaçilik mahsulotlari va ğalla taşqariga çiqarilgan.
Toşkent hunarmandlari tomonidan yasalgan xunarmandçilik va zargarlik buyumlari, qurolaslahalar butu n şarqsa şuhrat qozongan.
Toşkent vohasi öz tarixida takdirning köp sinovlarini, şahar va qişlokdarni vayronaga aylantirgan möğullar bosqini kabi oğir davrlarni boşidan keçirgan. Tarixiy manoalardan ma'lum bölişiça, faqat Amir Temur davriga kelib, vohada qaytadan rivojlaniş boşlangan. Köplab şaharqişloklar yangidan kad rostlab, obod bölgan. Viloyat hududidagi maşhur Zangiota majmuasi Amir Temur tomonidan qurildi. Bu yodgorlik majmuining qurib bitkazilişi keyinçalik Mirzo Uluğbek tomonidan oxiriga yetkazilgan.
Tarixdan ma'lumki, sohibqiron Amir Temur Toşkent ş. va Toşkent vohasiga köp marta taşrif buyurgan. Sirdaryo böyidagi möğullar vayron qilgan Banokat ş.ni qayta tiklab uni öğli Şohrux nomiga Şohruxiya deb atagan.
Aholisi. T.v.dagi aholining ziçligi örtaça 1 km2 ga 157 kişini taşkil etadi, asosan, özbeklar (60,9%), şuningdek, rus (8,1%), qozoq (14,3%), tatar (2,5%), tojik (5,0%), koreys (2,8%), ukrain va b. millat (turk, qirğiz, uyğur, nemis va b. jami 80 millat) vakillari yaşaydi (2004). Çorvokdan tortib Sirdaryogaça viloyat aholisi ziç joylaşgan. Ayniqsa, bir qança yirik şaharlar zanjiridan taşkil topgan Toşkent aglomeratsiyasida aholi juda köp. T.v.dagi köpçilik şaharlar poytaxtni ulkan şoda şaklida örab olgan.
Xöjaligi. T.v. mamlakatning sanoati yuqori darajada rivojlangan viloyatlardan biridir. Uning geografik örni iktisodiyotining ravnaq topişiga imkon beradi. Viloyat xöjalik kompleksi, asosan, poytaxt xöjalik kompleksini töldiradi. Ayni paytda viloyat respublika sanoat mahsulotining 20%ni, elektr energiyasining 45%ni, kömirning 98%ni, sementning 43%ni, pölat va metall prokatining 100%ni, rangli metallarning asosiy qismini işlab çiqaradi. Vştoyatda 190 ta sanoat, 160 dan ortiq qöşma, 20 mingdan ortiq kiçik va örta biznes subyektlari faoliyat körsatadi. Eng muximlari: «Ğiştçi» (Angren), «Agat va Farhod» (Böstonliq tumani), «Metallurfemont» (Bekobod), «Orion» (Qibray tumani).
Sanoatining yetakçi tarmoklari — energetika, maşinasozlik, metallurgiya, kömir, kon metallurgiyasi, kimyo sanoati, poyabzal, paxta tozalaş, oziq-ovqat sanoati, töqimaçilik hamda qişloq xöjaligi. mahsulotlarini qayta işlaş.
Viloyatda sanoat korxonalaridan Bekoboddagi Özbekiston metallurgiya, Olmaliqdagi konmetallurgiya, Yangi Angren, Toşkent issiqlik elektr styalari hamda Çirçikdagi ötga çidamli va qiyin eriydigan metallar kti işlab turibdi.
Çirçikdagi «Elektrkimyosanoat», Olmalikdagi «Ammofos» va Angrendagi «Özbekrezinatexnika» işlab çiqariş. birlaşmalari Respublika kimyo sanoatidagi yirik korxonalardan xisoblanadi. Bu korxonalarda qişloq xöjaligi. va b. tarmoqdar uçun azotli va fosforli öğitlar, ammiakli selitra, kaprolaktam işlab çikariladi. «Özbekkimyomaş», «Çirçiq qişloq xöjaligi maşinasozligi», «Transformator» korxonalarida qişloq xöjaligi. uçun zarur bölgan paxta seyalkalari, kultivatorlar, podborşçiklar va ehtiyot qismlar va b. işlab çikariladi.
Viloyatdagi «Toşkenttibtexnika» (Qibray tumani), «ÖzBMZ» (Toşkent tumani), «Gidravlika», «Uskuna quruvçi» (Zangiota tumani), Dalvarzin ta'mirlaş zavodi (Bekobod tumani), Toğ transporti uskunalarini ta'mirlaş zavodi, «Angrengazmaş» (Angren ş.,) korxonalari yirik korxonalardan qisoblanadi.
Viloyatda, şuningdek, «Ohangaronsement», «Santexquyma», «Ohangaronşifer», «Ohangaronlinplast», «Bekobodsemta'mir», «Ğazalkentoyna» kabi quriliş materiallari işlab çikaradigan va qayta işlaydigan korxonalar ham mavjud bölib, ularda sement, şifer, keramika, oyna, ğişt, linoleum, temirbeton konstruksiyalari kabi mahsulotlar tayyorlanadi.
Oziq-ovqat sanoati xam rivojlangan. Bunda, asosan, mahalliy xom aşyodan mahsulot tayyorlanadi. Bu sanoat göştsut, yoğmoy, unqandolat, vinoaraq, tamaki va b. tarmoklarni öz içiga oladi.
Oziq-ovqat sanoati paxtaçilik mahsulotlari, boğdorçilik, tokçilik, sabzavotçilik, çorvaçilik va b.ga asoslanadi. Viloyatda 4 un zdi, konserva, pivo, araq, non va non mahsulotlari zdlari, şoli tozalaş korxonalari bor. Yangiyöl ş. viloyat oziq-ovqat sanoatining markazlaridan biri. Bu yerda yoğ, konserva, vino va spirt zdlari, qandolat fkalari mavjud. Çirçiq, Olmaliq, Angren ş.lari, Bekobod, Qibray, Zangiota, Toşkent, Böstonliq tumanlarida ham oziq-ovqat korxonalari köp.
Qişloq xöjaligi ning asosiy tarmoklari: paxtaçilik, boğdorçilik, tokçilik, pillaçilik; toğ etaklarida lalmikor dehqonçilik (asosan, buğdoy va arpa yetiştiriladi). Ayniqsa, mustaqillik yillarida sohada iktisodiyetning köp tarmokli turlari şakllanib borayapti. T.v.da 50 mingdan ortiq dehqon xöjaligi va 7,5 mingdan ortiq fermer xöjaligi faoliyat körsatadi. Bugungi kunda dehqon va fermer xöjaliklarining yalpi mahsulotdagi salmoği 72%ni taşkil etadi (2004).
Sönggi 10 yilda paxta uruğçiligini rivojlantirişga e'tibor ortib borayapti. Viloyat paxta seleksiyasi va uruğçilik sohasida ilmiy izlanişlar natijasida jahon talablarini qondiruvçi tola, yuqori hosilli va tez pişar navlar yaratilmoqda.
T.v. 1990-y.largaça SSSRda kanop yetiştiriladigan yagona region edi. Sirdaryo va Çirçiq sohillarida şoli yetiştiriladi. Keyingi yillarda viloyatda qişloq xöjaligi. ekinlari strukturasini özgartirişga alohida ahamiyat berilyapti. Paxtaçilik, ğallaçilik asosiy örinlarni egallaydi. T.v.da şuningdek, kartoşka, meva va rezavor mevalar, uzum yetiştiriş ham yil sayin ortib borayapti. Pillaçilik bilan şugullaniladi. Çorvaçilik rivojlangan. T.v.da 168 şirkat xöjaligi, 8 parrandaçilik fkasi bor. Çorvaçilik göştsutga ixtisoslaşgan.
T.v.dagi barça jamoa va xususiy xöjaliklarida 425,5 ming boş kramol (şu jumladan, 190,3 ming sigir), 20,2 ming çöçqa, 446,1 ming qöy va eçki, 4018,2 ming parranda bor (2003).
Çirçiq — Ohangaron vodiysi obikor dehqonçilikning asosiy rnidir. Viloyatdagi barça ekin mayd. 315 ming ga, şu jumladan, yerning 108,0 ming gektariga paxta, 135 ming gektariga boşokli don ekinlari, 5,8 ming gektariga texnika ekinlari, 17,4 ming gektariga kartoşka, sabzavot va poliz, 39,7 ming gektariga yemxaşak ekinlari ekiladi. Boğ, tokzor 30,8 ming ga va 8,5 ming ga örmonzorlar bilan band, piçanzor va yaylovlar 198,5 ming gektarni egallaydi (2003). Ekinlarni suğorişda, asosan, Çirçiq daryosi, qisman Ohangaron va Sirdaryodan foydalaniladi.
T. v. respublika poytaxti aholisiga sut, göşt, tuxum, mevasabzavot yetkazib beradi. Kartoşka va sabzavot, asosan, Toşkent, Çirçiq, Yangiyöl, Angren ş.lari atrofidagi xöjaliklarda ekiladi. Zangiota va Qibray tumanlari Toşkent ş. aholisini kartoşka va sabzavot bilan ta'minlaşga ixtisoslaşgan. Viloyatda tokçilik va boğdorçilik ham yaxşi rivojlangan. Boğlarda asosan, nok va olma östiriladi. Boğlarning asosiy qismi Böstonliq, Qibray, Yangiyöl, Parkent, Ohangaron, Zangiota, Toşkent, Quyi Çirçiq tumanlarida joylaşgan. Şarqiy toğli va toğ etaklaridagi tumanlarda, asosan, qöy va eçkilar boqiladi. Eçkilarning 40% angor eçkilari, qöylar esa hisor va jaydari qöylardir.
Viloyatda Quyi Çirçiq «Baliqçi» tajriba namunaviy baliqçilik birlaşmasi, Zangiotada Damaçi balikçilik kti, Yangiyöl baliq çavoqlari yetiştiriş davlat xöjaligi, Ixtiopatologiya markazi (Toşkent) va b. bor.
Transport. T.v.dagi t.y. uzunligi 354,2 km. Viloyat hududidan Örta Osiyodagi mustaqil davlatlarni Şarqiy Yevropa şaharlari bilan boğlaydigan t.y. liniyasi (şu jumladan, Moskva — Toşkent — Turkmanboşi) ötadi. Angren ş. va Çorvoq şaharçasi yönalişidagi t.y. tarmoqlari Toşkentdan boşlanadi. Toşkent atrofidagi t.y.lar elektrlaştirilgan. 2004 y.dan boşlab Toşkent — Samarkand yölovçilar taşuvçi elektr poyezdi qatnay boşladi. Viloyatda avtomobil yöllarining tarmoği ziç. Viloyat ahamiyatidagi avtomobil yöllarining umumiy uz. 6,6 ming km (şu jumladan, qattiq qoplamalisi — 5,9 ming km). Muhim avtomobil yöllari: Katta Özbekiston trakti, Toşkent—Andijon—Öş— Qaşqar avtomobil yöli.
Madaniymaorif, soğliqni saqlaş va sport. 2003/04 öquv yilida viloyatda 897 umumiy ta'lim maktabida 519,8 mingga yaqin öquvçi ta'lim oldi, 2 mehribonlik uyi (264 tarbiyalanuvçi) faoliyat körsatdi.
Viloyatda kadrlar tayyorlaş milliy dasturi asosida yangi ta'lim tizimi şakllanmoqda. 2000 y.da viloyatning 45 nafar öquvçisi «Umid» jamğarmasi orqali çet ellardagi nufuzli oliy öquv yurtlariga jönatildi. 2004 y.da Böstonliq tumanidagi 38maktab qoşida AQŞ USAJD taşkilotining Örta Osiyo va Qozoğistonda sport va soğlomlaştirişni tarğibot qiliş dasturi asosida maktab öquvçilari bilan sport haftaligi ötkazildi. T.v. ning barça şaharlarida hamda Qibray, Piskent tumanlarida «Boğçamaktab» majmualari taşkil etilgan. Bu majmualarda bolalarga çet tili, kompyuter savodxonligini örgatiş, alifbosiz öqişga e'tibor berilgan. «Mehr va muruvvat yili» munosabati bilan Olmaliq ş.dagi 80sonli maxsus internat maktabi binosini mukammal ta'mirlaş uçun Olmaliq toğmetallurgiya kti tomonidan 350 mln söm mikdorida mablağ ajratilib, ta'mirlaş işlari olib borilmoqda. 1998—2003 y.larda yangi quriliş va qayta ta'mirlaş hisobiga 29 ta kasbhunar kolleji, 4 akademik litsey foydalanişga topşirildi. T.v. örta maxsus, kasbhunar ta'limi boşqarmasi tasarrufida 4 akademik litsey va 67 ta kasbhunar kolleji mavjud bölib ularda 57,4 mingga yaqin öquvçi ta'lim olmoqda. 2004 y.da Töytepa ş.da ijtimoiyiqtisodiy kasbhunar kolleji foydalanişga topşiriladi.
Akademik litsey va kasbhunar kollejlarini öquvlaboratoriya jihozlari va uskunalari bilan ta'minlaş, turli mavzularda ilmiyamaliy seminar ötkaziş loyihalari böyiça tanlovlar taşkil qiliş borasida Jan. Koreya, Germaniya davlatlari bilan hamkorlik qilinmoqda.
Örta maxsus, kasbhunar ta'limi tizimi böyiça 2003 y.da Amerika hamkorlik taşkiloti (AKSELS) tomonidan «A'lo ta'lim uçun mukofot» dasturi asosida litseylar va kasbxunar kollejlari direktorlari, ingliz tili öqituvçilarining taqdimot seminarlari ötkazildi.
2004 y.da 757 öquvçi öqişni imtiyozli diplom bilan tugatdi. Viloyatda 2 oliy öquv yurti (Toşkent agrar unti, Toşkent viloyat pedagogika inti) bor. Ularda 10,1 ming talaba ta'lim oladi (2004).
T.v.da eng yirik i.t. institutlari, boğdorçilik, tokçilik va vinoçilik, ğöza seleksiyasi va uruğçiligi, paxtaçilik, çorvaçilik, ipakçilik va örmon xöjaligi, suğoriş texnikasi i.t. institutlari, qişloq xöjaligi.gini mexanizatsiyalaş va elektrlaştiriş Örta Osiyo inti, Örta Osiyo rangli metallurgiya loyiğalaş, Şolikorlik i.t. instituti va b. joylaşgan.
T.v.da 4 ölkaşunoslik muzeyi, 501 ommaviy kutubxona (7141,6 ming nusxa asar), 169 klub muassasasi, 35 bolalar musiqa va san'at maktabi (6323 öquvçi), madaniyat uylari, 746 badiiy havaskorlik jamoalari, 3 madaniyat va istirohat boği bor. T.v. va Toşkent ş.dan Töyçi hofiz, Zokirovlar, Rajabovlar sulolalari, akauka Şojalilovlar; Özbekiston xalq hofizlari: Muhammadjon Karimov, Faxriddin Umarov, Oçilxon Otaxonov; Özbekiston xalq artistlari: Turğun Alimatov, Orif Alimahsumov, Nuriddin Haydarov, Özbekistonda xizmat I ■ ' körsatgan artist Toşpölat Matkarimov va b. yetişib çiqdilar. Viloyatda xalq hunarmandçiligi rivojlangan.
Soğliqni saqlaş. T.v.da 10361 örinli 96 kasalxona muassasasi, 42 dorixona, viloyat tez tibbiy yordam markazi bölimlari, 334 ambulatoriyapoliklinika muassasasi işlab turibdi. Şulardan 174 qişloq vraçlik punkta, 43 qişloq vraçlik ambulatoriyasi, 11 stomatologiya poliklinikam, talabalar poliklinikasi va 195 feldşerakuşerlik punkti va b. tibbiyot muassasalari faoliyat körsatadi.
T.v.da ötgan 1996—2003 y.lar mobaynida 174 qişloq vraçlik punktlari barpo etildi, 119 qişlok, şifokorlik ambulatoriyasi va feldşerakuşerlik punktlari qişloq şifokorlik punktlariga aylantirildi. 1999— 2003 y.larda viloyatda 150 örinli viloyat klinik şifoxonasi, 170 örinli viloyat tuğruq majmuasi, 90 örinli viloyat yuqumli kasalliklar şifoxonasi, 60 örinli narkologiya dispanseri, 120 örinli viloyat ruhiyasab kasalliklari dispanseri, 100 örinli viloyat silga qarşi kuraş dispanseri, ayollar reproduktiv salomatligini tiklaş markazi, Yuqori Çirçiq tumanida 40 örinli «Nuroniy» şifoxonasi, Bekobod, Toşkent, Örta Çirçiq, Qibray tumanlarida yangi tuğruq majmualari işga tuşirildi. Ular zamonaviy tibbiyot apparatlari, asbobuskunalar bilan jihozlandi. T.v.dagi barça tibbiy muassasalarda 5032 dan ziyod vraç, 22106 örta tibbiy xodim işlaydi. Viloyat hududida 95 ta bolalar oromgoxdari, 5 ta dam oliş zonalari, 10 sanatoriy, 14 ta sanatoriyprofilaktoriy, 3 dam oliş uylari, 7 ta pansionat, 2 bolalar sanatoriysi faoliyat körsatadi. Toşkent ş.dan 90 km şim.şarkda Çatqol toğ yon bağirlarida «Çimyon» dam oliş zonasi joylaşgan.
Sport. Viloyatdan sportning futbol, basketbol, voleybol, suv polosi, mini futbol, qöl töpi, şaxmat va b. böyiça sportçilar mamlakat musobaqalarida iştirok etib kelmoqdalar. T.v.da 49 stadion, sport majmuasi, 16 suziş havzasi, 38 tennis korti, otçopar, velotrek, 624 sport zali, 45 otiş tiri, 683 basketbol, 994 voleybol, 359 qöl töpi, 667 futbol maydoni bor. Bugungi kunda 1701 ta jismoniy tarbiya va jamoalarida 600 mingga yaqin kişi jismoniy tarbiya va sport bilan şuğullanadi.
Ötgan davr mobaynida viloyatda önlab jahon, Osiyo, respublika çempionlari yetişib çikdi. D. Mansurov erkin kuraş, R. Saidov va I. Alborovlar boks, E. Akbarov, S. Zokirov, A. Bobojonov va M. Kalikulovlar dzyudo, M. Inoyatova stol tennisi, D. Turçin, M. Tarasov, Yu. Borzova. D. Strijkovlar baydarka va kanoe, V. Smirnov yengil atletika, S. Soy suziş böyiça Afina 2004 Olimpiadasiga yöllanmalarni qölga kiritişdi. Katar davlati poytaxti Doxa ş.da bölib ötgan stol tennisi böyiça Osiyo çempionatida A. Dyugay oltin medalga sazovor böddi. 2004 y. may oyida Doğistonning Maxaçqala ş.da ötkazilgan yirik xalqaro turnirida D. Mansurov 1örinni egalladi. Viloyat jamoasi respublika miqyosida uloq, yengil atletika, boks, dzyudo, stol tennisi, qöl töpi, voleybol va b. sport turlari böyiça 1 va sovrinli örinlar sohiblari bölişdi.
Viloyatda sport turlari orasida futbol tobora ommaviylaşmoqda. Futbol böyiça mamlakat çempionatining oliy ligasida «Döstlik» (Toşkent viloyati), «Metallurg» (Bekobod), «Kimyogar» (Çirçiq), «Semurğ» (Angren) jamoalari viloyat şarafini himoya qilmoqdalar. «Döstlik» komandasi ikki bor mamlakat çempioni va bir marta billur sovrini sohibi böldi.
T.v.da xalqaro toifadagi sport ustalari, sport ustaligiga nomzodlar, 1toifadagi sportçilar tayyorlandi.
Adabiyoti. Toşkent vohasi Şarq adabiyotining qad. markazlaridan. Şayx Ahmad Taroziyning Mirzo Uluğbekka bağişlab yozilgan asarida Mavlono Lutfiyning ona vatani Toşkent bölgan, degan fikr ilgari surilgan. 14—16-a.larda şoir Badriddin Çoçiy, maşhur tarixçi, huquqşunos, tarjimon Köhakiy, 16-a.da Zayniddin Vosifiy T.da yaşab ijod qilganlar. Xoja Ahror taklifi bilan Toşkentda Jomiy ham bölgan va uluğ mozorotlarni ziyorat qilgan. Toşkentlik tarixçi va geofaf olim Muhammad Solih «Tarixi jadidai Toşkand» asarini yezdi. Dilkaş, Gulşan, Almaiy, Kamiy kabi şoirlar voya ga yetdi. Avloniy, Nozimaxonim, Mirmuxsin Şermuhamedov, Sidqiy Xondayliqiy (Şavkat), Xislat, Miskin, Tavallo kabi iste'dodlar yetişib çikdi. Şoir Akmal yetuk olim sifatida ham nom çiqargan. Dilafgorning toşbosmada devoni çop qilingan, Elbek turkologtilşunos, tarjimon va jurnalist sifatida ijod qildi. 20-a. ning 20—30-y.laridagi Toşkent adabiy hayotida Abdulla Qodiriy, Oybek, Ğafur Ğulom. Botu, Ziyo Sayd, Oydin, Zulfiya, Ğayratiylarning örni katta. T.v.da V. Ğafurov, A. Ubaydullayev, Muzayyana Alaviya, M. Samadov, Usmon Umrzodalar ijod qiddilar. Özbekiston xalq şoiri Rauf Parfi, yozuvçi H. Sultanov, şoirlar Abdulla Şer, Ş. Salimova, M. Toirov, O. Otaxonovlar T.v.da tuğilib kamol topgan adabiyot namoyandalaridir. Matbuot, radio va televideniyesi.
T.v.da 2 ta viloyat («Toşkent haqiqati», «Taşkentskaya pravda»), 16 tuman, 9 şahar gaz. çiqadi. Viloyatda, şuningdek, 17 tarmoq, 7 jamoat gaz. va 1 jurnali naşr etiladi. 38 matbaa korxonasi faoliyat körsatadi.
T.v.da (Toşkent ş.da) tajriba radioeşittirişlar dastlab 1926 y. boşlangan. 1927 y. 11 fev.da quvvati 2 kVt bölgan ommaviy radiostansiya işga tuşirilib, muntazam radioeşittirişlar olib borilgan. 1929 y.dan boşlab muntazam radiogazeta eşittirişlari berilgan. 1930 y.dan quvvati 20 kVt bölgan RV radiostansiyasi işlay boşlagan.
Respublika miqyosidagi eşittirişlardan taşqari, Toşkent ş. va viloyat radio tinglovçilari uçun har kuni Toşkent şahar va Toşkent viloyat radioeşittiriş boş tahririyati tayyorlagan eşittirişlar beriladi (1971 y.dan). Şuningdek, «Oriat Dono», «Oriat ĞM» radiostansiyalari faoliyat körsatadi.
Televizion eşittirişlar 1956 y. 5 noyab.dan boşlangan. 1971 y.dan rangli televizion körsatuvlar berilmoqda. Toşkent ş. va T.v. uçun möljallangan körsatuvlar boş tahririyati «Özbekiston» axborot dasturi, «Şahar yumuşlari», «Davra suhbati», «Muloqot», «Hamşaharlar», «Şahar portreti», «Oila», «Mezon», «Oltin beşik», «Bahs» kabi körsatuv turkumlarini tayyorlaydi. Viloyatda, şuningdek, «Olmaliq—TV», «Pölat», «Çirçiq— TV», «Bekobod oynai jahon», «Orbita TRK» telestudiyalari işlab turibdi.
Me'moriy yodgorliklari. Viloyat hududida ilk örta asrlarda bunyod etilgan şahar, köşk va saroylar xaroba holida tuproq ostida qolib ketgan. Örta asrlarga oid yirik me'moriy binolarning aksari kismi Tbşkent ş.da bunyod etilgan. Ulardan 14—19alarda qurilgan maqbara va madrasalarning ayrimlarigina hozirgaça saqlangan.
Zangiota majmuasi T.v.dagi eng maşhur, Örta Osiyodagi noyob me'moriy yodgorlikdir. Zangiota qişloğida joylaşgan mazkur yodgorlik 15— 20-a. lar davomida qurilgan. Zangiota maqbarasi, peştoqli ayvon, ziyoratxona, görxonalardan iborat. Majmua tarkibida Anbar bibi maqbarasi ham bor.
Bekobod tumanida Qizilmozor maqbarasi joylaşgan. T.v.dagi tuman markazlarida 2jahon uruşida halok bölganlar xotirasiga, jumladan Çirçiq ş.ga kiraverişda, Bözsuv kanali sohilida, Yangiyöl ş.da, Parkent ş.dagi yodgorliklar örnatilgan.