Tabiati. X. hududining şarqiy kismi (Slavoniya) sertepa tekislikdan iborat, uni Sava va Drava dare vodiylari kesib ötadi. Mamlakat markazi va ğarbida karst relyefli Dinara toğligi (eng bal. joyi 1831 m) bor. Bu toğlik şim. şarqda pasaya borib, Örta Dunay pasttekisligiga tutaşadi. Jan. va jan.şarqi — Adriatika dengizining ensiz toğli sohili (Dalmatsiya) köpgina qöltiqlar bilan parçalangan. Qirğoq yaqinida Dalmatsiya orollari joylaşgan. X. şarqida iqlim mö'tadil, kontinental. Dinara toğlarida sovuq qiş uzoq davom etadi, dengiz sohilida subtropik Örta dengiz iqlimi. Örtaça yillik yoğin 600—700 mm, sohilda 1000 mm gaça. Tekisliklar keng bargli örmonlar, toğlar buk, eman daraxtzorlari, aralaş örmonlar bilan qoplangan, toğlardagi karst platosi taqir böşliqdan iborat, sohilda Örta dengiz atrofiga xos butazorlar (makvis) bor. Hayvonot dunyosi unçalik boy emas: toğlarda burgut, toğ eçkisi, tekisliklarda kemiruvçilar, sudralib yuruvçilar va quşlar uçraydi.
Aholisining 78,1% xorvatlar. Şuningdek, serb, sloven, venger va b. ham yaşaydi. Şahar aholisi 56,2%. Dindorlarning aksariyati katoliklar. Rasmiy til — xorvat tili. Yirik şaharlari: Zagreb, Split, Riyeka.
Tarixi. X. hududida odam ilk paleolit davridan boşlab yaşaydi. Jez davrida illiriy, söng kelt qabilalari yaşagan. Mil. av. 1-a.da Rim bosib olgan. Mil. 1-a.da X.ning talay qismi Rimning Pannoniya va Dalmatsiya viloyatlariga, 395 y. esa Vizantiya tarkibiga kirgan. 6—7-a.larda X. hududida slavyanlar yaşay boşladi. 8-a.da franklar bostirib keldi. 9-a. oxirida xorvat knyazlari franklar va Vizantiya asoratidan qutulib mustaqillikka erişdilar, 925 y. Xorvat davlati (qirollik) vujudga keldi. 10-a.da xristianlik tarqaldi. 1102 y. X. venger qirollariga tobe bölib, içki özini özi boşqariş huquqini saqlab qoldi. 16-a. oxirida X. hududining köp qismi Usmoniylar imperiyasi tasarrufiga ötdi. Bir qismi Gabsburglar hukmronligi ostida qoldi. 17-a. oxiri — 18-a. boşlarida turklardan ozod qilingan yerlar (Slavoniya) Harbiy hudud (Turkiya bilan çegaradoş bölgan viloyat; Gabsburglar imperiyasi tarkibida bölgan) tarkibiga, bir qismi 1809—13 y.larda Illiriylar provinsiyasi tarkibiga kiritildi. 18-a. oxiri — 19-a. boşlarida xorvat millatining şakllaniş jarayoni kuçaydi va 19-a. 1-yarmida millat sifatida şakllanib böldi. 19- a. ning 30—40-y.lari xorvat yerlarida illiriylar ijtimoiy harakati yoyildi. 1848—49 y.gi Avstriya va Vengriya dagi inqilob natijasida X. Gabsburglar imperiyasi tarkibida muxtoriyatga erişdi. Ammo inqilob bostirilgaç, muxtoriyatdan mahrum böldi. 1868 y.gi X. Vengriya bitimi natijasida çeklangan muxtoriyatga erişdi. AvstriyaVengriya davlati barbod bölgaç (1918), X. Serblar, xorvatlar va slovenlar (1929 y.dan Yugoslaviya) qirolligi tarkibiga kirdi. 1939 y. avg.da X. muxtoriyatga erişdi. 1941 y. apr.da faşistlar tomonidan okkupatsiya qilingan X. hududida «Mustaqil X. davlati» degan köğirçoq davlat e'lon qilindi. 1945 y. X. hududi butunlay ozod qilindi va Yugoslaviya Federativ Xalq Respublikasi (keyinçalik Yugoslaviya Sotsialistik Federativ Respublikasi) tarkibiga kiritildi.
1963 y.dan 1991 y.gaça Yugoslaviya tarkibida X. Sotsialistik Respublikasi deb ataddi. 1991 y. iyunda X. mustaqilligi töğrisidagi Deklaratsiya kabul kilinib, mamlakat X. Respublikasi deb atala boşladi. X. — 1992 y. 22 maydan BMT a'zosi. ÖzR suverenitetini 1991 y. 28 dek.da tan olgan va 1995 y. 6 fev.dan diplomatiya munosabatlari örnatgan. Milliy bayrami — 30 may — Davlatçilik kuni (1990).
Asosiy siyosiy partiyalari va kasaba uyuşmalari. Liberal partiya, 1998 y. tuzilgan; Sotsialdemokratik partiya, 1990 y. taşkil etilgan; X. demokratik partiyasi, 1989 y. asos solingan; X. dehqonlar partiyasi, 1990 y. tuzilgan; X. HUQUQ partiyasi, 1861 y. millatçi partiya sifatida taşkil etilgan, 1990 y.dan hoz. nomda qayta tiklangan; X. mustaqil demokratlari, 1994 y. asos solingan; X. demokratik Hamdöstligi, 1990 y. tuzilgan. X. mustaqil kasaba uyuşmalari konfederatsiyasi, 1990 y. asos solingan; X. muxtor kasaba uyuşmalari birlaşmasi, 1990 y. taşkil etilgan; X. kasaba uyuşmalari birlaşmasi. 1990 y. tuzilgan.
Xöjaligi. X. — industrialagrar mamlakat. Yalpi içki mahsulotda sanoatning uluşi 24%, q.x.ning uluşi 12%, xizmat körsatiş sohasining uluşi 64%.
Sanoati ning asosiy tarmoklari: konçilik, kemasozlik, maşinasozlik, farmatsevtika, neftni qayta işlaş, elektron sanoati va h.k. Raşada toşkömir, dengiz böylarida neft va gaz, boksit va sement xom aşyosi qazib çiqariladi, dengiz suvidan tuz ajratib olinadi, stanok, elektr texnikasi asboblari, dengiz kemalari, sement, poyabzal işlab çiqariladi. Maşinasozlik tarmoklaridan parovoz va vagonsozlik, elektr kuç jihozlari va boşqalar i.ç. rivojlangan. Neft kimyosi sanoati korxonalarida plastmassa, doridarmon va b. mahsulotlar işlab çiqariladi. Yirik qora va rangli metallurgiya sanoati (çöyan, pölat, alyuminiy eritiş) barpo etilgan. Yoğoçsozlik, könpoyabzal, töqimaçilik, oziq-ovqat korxonalari bor. Yiliga örtaça 8,3 mlrd. kVtsoat elektr energiya (köp qismi GESlarda) hosil qilinadi. Asosiy sanoat markazlari: Zagreb, SlavonskiBrod, Split.
Qişloq xöjaligi içki ehtiyojni tölatökis ta'minlaydi, dehqonçilik yetakçi örinda. Buğdoy, makkajöxori, kartoşka, qand lavlagi, kungaboqar, ziğir, kanop, yemxaşak ekinlari yetiştiriladi. Boğdorçilik (köproq olma va olxöri), tokçilik rivojlangan. Dengiz soxilida subtropik mevalar yetiştiriladi. Çorvaçilikda qoramol, çöçqa, qöy va yilqi boqiladi. Örmonlarda yoğoç tayyorlanadi, dengizdan baliq ovlanadi.
T.y. uzunligi 2,7 ming km, avtomobil yöllari uz. 26,9 ming km. Asosiy dengiz portlari: Riyeka, Koper, Kardelevo, Split, Şibenik. Xorijiy sayyoxlik rivojlangan. Adriatika sohilida (Dubrovnik, Riyeka, Split) yirik kurortlar bor. Çetga maşina va sanoat uskunalari, alyuminiy, iste'mol va oziq-ovqat mahsulotlari çiqaradi, çetdan xom aşyo, jihozlar, butlaş qismlari va turli apparatlar oladi. Taşqi savdoda Germaniya, Italiya, Sloveniya, Avstriya bilan hamkorlik qiladi. Pul birligi — kuna.
Maorifi, ilmiy va madaniyma'rifiy muassasalari. Asosiy 8 y.lik maktab ta'limning 1bosqiçi bölib, 7 yoşdan 14 yoşgaça bölgan bolalarni qamrab oladi. Undan keyingi boskiç 2 y.lik umumiy örta maktab; u umumiy örta ma'lumot beradi. Umumiy örta maktab negizida örta maxsus va oliy ta'lim amalga oşiriladi. X.da bir qança oliy öquv yurtlari bor. Zagreb (1669), Riyeka (1973), Split (1974)da universitetlar va bir kança int mavjud. Zagrebla Nafis san'at akademiyasi (1907), amaliy san'at va hunarmandçilik, teatr, kino va televideniye akademiyalari, Riyekada dengiz maktabi taşkil etilgan. Zagrebdagi Fan va san'at akademiyasi (1867) tarkibida bir qança i.t. instituti, şuningdek, me'morlik va şahar loyihalaş (1952), folklorni örganiş (1948), tibbiyot tadqiqotlari (1947), tabiatni muhofaza qiliş (1961), tarix va madaniyat yodgorliklarini saqlaş (1910), gidrometeorologiya (1947) va b. ilmiy uyuşmalar işlaydi. Splitda okeanşunoslik va baliq ovlaş (1930), Dalmatsiya tarixiy yodgorliklarini muhofaza qiliş (1854) intlari mavjud.
Yirik kutubxonalari: Zagrebda Milliy va universitet (17-a. boşlarvda taşkil etilgan) kutubxonalari, Davlat arxivi kutubxonasi bilan (4643), Riyekada ilmiy kutubxona (1627), Zadar, Dubrovnikda kutubxonalar, Splitda şahar kutubxonasi bor. Muzeylarning kupi Zagrebda joylaşgan. Yiriklari: Şahar galereyasi (1961), Arxeologiya (1846), Etn. (1919), Geol.paleontologiya (1846), Maktabped. (1901), X. tarixi (1846), Zool. (1846).
Matbuoti, radioeşittirişi, telekörsatuvi. Asosiy gaz. va jur.lari: «Vesnik» («Xabar», ijtimoiysiyosiy gaz., 1940 y.dan); «Glas Slavoniye» («Slavoniya ovozi», mustaqil gaz.); «Novi vesnik» («Yangi xabarlar», gaz., 1940 y.dan); «Slobodna Dalmatsiya» («Ozod Dalmatsiya», gaz., 1943 y.dan); «Sportske novosti» («Sport yangiliklari», kundalik gaz.); «Arena» (bezakli haftanoma, 1957 y.dan); «Globus» (siyosiy haftanoma, 1990 y.dan). X. axborot agentligi (XINA), 1990 y. asos solingan. X. radiosi 1926 y.dan, televideniyesi 1956 y.dan işlaydi.
Adabiyoti. Taxm. 1100 y. yaratilgan «Başçan plitasi» asari xorvat xalq tili unsurlari bölgan dastlabki til va xuquq yodgorligidir. Xalq oğzaki ijodiyoti, jumladan, xorvat qahramonlik dostonlari badiiy adabiyot şakllanişiga katta ta'sir körsatdi. Gumanizm va italyan uygoniş davri şe'riyati ta'sirida rivojlangan Dubrovnik va Dalmatsiya adabiyoti — 15—18-a. xorvat adabiyotining tarkibiy kismidir. 15—16-a. largaça I. Çesmitskiy, Yu. Şijgoriç, Ya. Buniç kabilar lotin tilida ijod qilgan bölsa, ulardan keyingi avlod yozuvçilari M. Maruliç, Ş. Mençetiç, J. Drjiç, G. Lutsiç, M. Drjiç, I. Gektoroviçlar ona tiliga murojaat etdilar. 17—18- a.larda I. Gunduliç, J. Palmotiç, Yu. Krijaniç, N. va P. Zrinskiy kabi adiblar yetişib çiqdi. 18-a. oxiri — 19-a. örtalarida X. milliy uyğoniş davrida ma'rifatparvarlik adabiyoti (M. Relkoviç, T. Brezovaçki) maydonga çikdi. Illirizm vatanparvarlik oqimining atoqli namoyandalari L. Gay, D. Demeter, Stanko Vraz romantizm adabiyotiga asos soddilar. 19-a. oxiri — 20-a. boşlaridagi «xorvat moderni» badiiy oqimi adabiy jarayon rivojida sezilarli rol öynadi. Turli goyaviybadiiy okimlarga mansub bölgan M. Dejman, V. Vidriç, D. Şimunoviç, M. Maryanoviç, A.G. Matoş şu oqimni rivojlantirdilar. 1 va 2-jahon uruşlari oraliğida şoir, yozuvçi va dramaturg M. Krleja adabiy muhitda yetakçilik qildi. 1941—45 y.lardagi xalq ozodlik uruşi yillarida V. Nazor, I.G. Kovaçiç, G. Vitez, Yu. Kaştelan, V. Popoviç, J. Yeliçiçlarning jöşqin şe'rlari xalqni ruxlantirib turdi. 2-jahon uruşidan keyin ham ozodlik kuraşi adabiyotning asosiy mavzui bölib qoldi. 60— 80-y.larda O. Şols, N. Miliçeviç, 3. Golob, S. Mixaliç, M. Slaviçek, T. Sablyak, N. Petrak, J. Sabol ijodida umumiy insonparvarlik ruhi ustunlik qildi. Drama sohasida P. Budak, I. Raos, F. Xajiç, D. Roksandiç asarlari şuhrat qozondi.
Me'morligi va tasviriy san'ati. X. hududida istehkomli manzilgohlarning qoldiqlari, Adriatika sohilida köpgina antik, asosan, Rim şaharlarining xarobalari, qad. me'morlik yodgorliklari (mil. av. 1-a.ga mansub Puladagi Avgust ibodatxonasi, mil. av. taxm. 300 y.ga oid Splitdagi Diokletian saroyi) saqlanib qolgan. 9-a. boşi — 12-a. oxirlarida barpo etilgan turli şakldagi toş çerkovlar, knyaz saroylari (Split yaqinidagi Biyaçi degan joyda)da Vizantiya va Markaziy Yevropa me'morligi uslubidan foydalanilgan. 12-a. oxirida roman uslubi (Zadardagi 1175 y.ga oid avliyo Krşevan çerkovi), 13-a.da gotika (Zagrebdagi diniy inşootlar) yoyidsi. 15—16-a.larda şaharlar kengaydi, toş istehkomlar barpo etildi. Şu davrda Uyğoniş davriga xos me'morlik rivoj topdi (1431—1505 y.larga mansub Şibenikdagi sobor, 15-a.ning 2-yarmiga oid Dubrovnikdagi knyaz saroyi va b.). 17— 18-a.larda barokko uslubi urf böldi (Zagrebdagi OrşiçRauxov, Varajdindagi Patatiçi saroylari). 19-a.da klassitsizm uslubidagi inşootlar (Zagrebdagi me'mor B. Felbinger saroylari), yangi uyğoniş va yangi barokko uslubidagi jamoat binolari (Zagrebdagi Fan va san'at akademiyasi, Zagreb, Split, Dubrovnikdagi teatrlar) kurildi. 20-a. boşlarida avval yangi klassitsizm, söng funksionalizm ruhidagi inşootlar (Zagrebdagi birja va b. binolar) qad kötardi. Asr oxirlarida sanoat korxonalari, turar joylar zamonaviy materiallardan kurila boşladi (Zagrebdagi «Rujer Boşkoviç» ilmiy markazi, me'mori K. Ostrogoviç; aeroport, me'mori I. Uxlik, Splitdagi «Maryan» mexmonxonasi, me'mori L. Perkoviç). X. xududida neolit davriga oid sopol buyumlar, keyingi davrlarga mansub metalldan yasalgan badiiy buyumlar, antik haykaltaroşlik yodgorliklari (haykalçalar, relyeflar), qadama naqş asarlari topilgan. 13-a.da haykaltaroşlikda roman uslubi (usta Andrey Buvina relyeflari) yoyildi, dastlabki devoriy rasmlar paydo böldi. 16-a.da çerkov ibodatxonalari rangtasviri, 17-a. oxiri — 18-a. boşlarida barokko uslubidagi haykaltaroşlik va rangtasvir rayem böldi (F. Benkoviç, B. Bobiç asarlari, I. Ranger freskalari). 15—18-a.larda yoğoç öymakorligi, badiiy töquvçilik, metallsoelik va ş.k. hunarmandçiliklar rivojlandi. 19-a. boşlarida tasviriy san'atda dunyoviy janrlar (portret va tarixiy kompozitsiyalar) tarqaldi. F. Kikerez, V. Bukovats, S. Medoviç asarlarida romantizm belgilari közga taşlanadi. Ranggasvirçilardan M. Kraleviç, Y. Raçiç, grafikaçi T. Krizman ijodida 20-a. xorvat rassomligi asoslari yaratildi. I. Meştroviç, A. Avgustinçiç va b. haykaltaroşlik san'atini rivojlantirdilar. V. Betsiç, L. Babiç, Y. Mişe kabi rassomlar mamlakat tabiat manzaralari va xalq turmuşini tasvirladilar. 20-a.ning 2-yarmida rangtasvirçilardan E. Murtiç, I. Voyvodiç, M. Stançiç abstrakt san'at va syurrealizm ruxida ijod qildilar.
Musiqasi. X. musiqa madaniyatida xalq san'ati katga örin tutadi. Xorvatlarnint qad. marosim, epik, raqs, lirik va b. xalq qöşiklari hozirgaça davom etib kelayotir. Professional musiqa 16-a.da yuzaga kelgan. N. Styepan (Spadina), skripkaçi va kompozitor I.M. Yarnoviç va b. 18-a.ning tanikli musiqa arboblaridir. 1827 y. Zagrebla Musiqa jamiyati va uning musiqa maktabi (1916 y.dan konservatoriya) va orkestri, şuningdek, Illirii xalk, xor jamiyati (1839) taşkil etildi. X. musika madaniyatini rivojlantirişda musiqaşunos F. Kuxaç, dirijyor va kompozitor I. Zays, dirijyor N. Faller, kompozitorlardan B. Bersa va Y. Xatze faoliyati katta ahamiyatga ega böldi. 1918 y. yagona davlat tuzilgaç, xorvat milliy kompozitorlik maktabi vujudga keldi. 20-a. oxirlarida Zagrebda «Qardoşlik va birlik», Splitda «Birlik» xor jamiyatlari, Zagrebda «Lado» xalq aşula va rake ansambli va b. musika jamoalari işladi. Taniqpi kompozitorlari: I. Brkanoviç, M. Kelemen, B. Papandopulo, S. Xorvat, R. Radika, D. Detoni.
Teatri. 16-a.da dunyoviy teatr (Dubrovnikda havaskorlik truppalari, Dalmatsiya şaharlarvda professional truppalar) paydo böldi. 17—18-a.larda maktab teatri rivojlandi. 1797— 1834 y. lar Zagrebda birinçi doimiy «Amadey teatri» faoliyat körsatdi. 1834 y. «Eski teatr» (1861 y.dan «Milliy teatr») oçildi. 1896—98 y.larda dastlabki aktyorlar maktabi işlab turdi. B. Gavella X. teatri rivojiga katta hissa qöşdi. U teatrlar repertuariga ilğor milliy dramaturglardan M. Krleja, I. Sankar, jahon mumtoz dramaturgiyasidan U. Şekspir, F. Dostoyevskiy, L. Tolstoy, B. Şou, K. Çapek, B. Nuşiç pyesalarini kiritdi. 1950 y.dan Teatr, musiqa, kino, televideniye akademiyasi (Zagreb) işlaydi.
Özbekiston — X. munosabatlari endigina yölga qöyiliş bosqiçida turibdi. 2003 y. ikki mamlakat örtasidagi tovar aylanmasi 115 ming AQŞ dollarini taşkil qiddi. Özbekiston tomoni turli xizmatlar körsatiş bilan şuğullanadi. X. tomoni elektr jihozlar, farmatsevtika va konditer mahsulotlari yetkazib beradi. X.ning muhandislik va quriliş işlari bilan şuğullanuvçi «Ingra. Injiniring end Konstrakşen K°» aksiyadorlik jamiyati firmasi ÖzRda öz vakolatxonasini oçgan.