Tabiati. Adriatika dengizining sohili asosan pasttekislik, jan. toğlardan iborat. A. hududining salkam 70% ni bal. 2692 m gaça bölgan Şim. Alban Alplari (Prokletiye) va Jan. Alplar egallaydi. Ular örtasidagi markaziy voha daryo vodiylariga bölinadi. Sohili past-baland dengiz böyi tekisligidan iborat. Xromit, neft, bitum, temir-nikel va mis ruda konlari bor. Iqlimi — Örta dengizga xos subtropik; iyulning örtaça t-rasi 24», 25°, yanv.niki 8°, 9°. Iiliga 1000 mm yoğin yoğadi. Soy va daryolari toğli, ularda kema qatnamaydi. Eng katta daryolari — Drin, Semani, Şkumbini. Skadar, Oxrid, Prespa köllarining bir qismi A. hududida joylaşgan. Tekislikda jigarrang, toğlarda qönğir toğ-örmon tuproqlari. Yer maydonining 38% dan köproği örmon b-n qoplangan (dub, buk, kaştan va b. xil daraxtlar). Sohilda Örta dengizga xos ösimliklar doimo kökarib turadi. A.da 4 milliy boğ bor.
Aholisi. Asosiy aholi — albanlar (salkam 98%). Greklar, valaxlar va b.lar ham yaşaydi. Rasmiy tili — alban tili. Aholining örtaça ziçligi — 1 km2 ga 87 kişi. Aholining 35% şaharlarda istiqomat qiladi. Eng yirik şaharlari — Tirana, Durres, Şkoder, Vlyora, Elbasan.
Tarixi. A.ning eng qad. aholisi pelasglar (yangi toş davri), illiriylar (mil.av. 2-ming yillikdan boşlab) bulgan. Mil. av. 2-a.da hoz. A. hududini Rim bosib olgan. 395 y.dan 1347 y.gaça u Vizantiya tarkibiga kirgan, keyinçalik uning ayrim qismlari bolgar va serb zamindorlari qöl ostida bölgan. 1389 y.dan A.ni Usmonlilar imperiyasi zabt eta boşladi. 15-a. örtalarida Skanderbeg boşçiligida boşlangan umumxalq qözğoloni natijasida deyarli butun A. ozod qilindi, birok 1479 y.da uni yana turklar bosib oldi. 1912 y. bahorida Usmonlilar hukmronligini bartaraf etiş uçun xalq qözğoloni boşlandi. Öşa yili 28 noyab. kuni Vlyorada aholi turli tabaqa vakillarining qurultoyi A.ni musta-qil davlat deb e'lon qildi. Muvaqqat hukumatga I. Kamolbey boşçilik qildi. Aslida esa A. boşqa davlatlarga qaram bölib qoldi. 1924 y. iyunidagi xalq qözğoloni Ahmad Zogu tödasini ağdarib taşladi. Ammo 1924 y. dek.da u ajnabiy imperialistlar yordamida yana qokimiyatni egallab, özini avvaliga respublika prezidenti, 1928 y. esa qirol deb e'lon qildi. Uning davrida A. amadda Italiya mustamlakasiga aylandi. 1939 y.da faşistlar Italiyasi, 1943—44 ylarda esa nemis faşistlari A.ni bosib oldi. A. 1944 y. 28 noyab. da faşist bosqinçilaridan ozod etiddi. 1946 y. 11 yanv.da xalq respublikasi deb tlon qilindi. 1976 y. 28 dek.dan 1991 y. maygaça — Albaniya Xalq Sotsialistik Respublikasi deb atalib keldi. 1991 y. maydan A. Respublikasi. A. 1955 y.dan — BMT a'zosi. A. va ÖzR örtasida diplomatiya munosabatlari 1993 y.da örnatilgan. Milliy bayrami — 28 noyab.— Bayroq kuni (1912).
Siyosiy partiya va bnrlaşmalari, kasaba uyuşmalari. A. sotsialistik partiyasi, 1941 y.da tuzilgan, 1948 y.gaça A. Kompartiyasi, 1991 y.gaça A. mehnat partiyasi deb atalgan. Hoz. nomi 1991 y. 12 iyunda qabul qilingan; A. demokratik partiyasi, 1990 y. tuzilgan; A. agrar partiyasi, 1991 y.da tuzilgan; A. respublikaçilar partiyasi, 1991 y.da tuzilgan; A. sotsial-demokratik partiyasi, 1991 y.da tuzilgan; Inson huquqlari uçun ittifoq, 1992 y. tuzilgan; A. kasaba uyuşmalari konfederatsiyasi, 1990 y.da tuzilgan; A. mustaqil kasaba uyuşmalari birlaşmasi, 1991 y.da tuzilgan.
Xöjaligi. A. mustaqil bölgaç, xöjalik sohasida muayyan muvaffaqiyatlarga erişdi. U agrar-industrial mamlakatga aylandi. A. milliy daromadining 46% sanoatda, 33% q.x.da hosil qilinadi.
Sanoati. Oziq-ovqat, yengil sanoat, konçilik va yoğoçsozlik tarmoqlarining salmoği katga. Energetika neft va gidroenergiya negiziga qurilgan. Yiliga 4 mlrd. kVt-s dan ortiq elektr energiya işlab çiqariladi. Neft, xrom (1 y.da 1 mln.t — Ğarbiy Yevropada l-örin), temir-nikel va mis rudalari, bitum qazib olinadi. Oziq-ovqat sanoatida qand-şakar, yoğ-moy, baliq va meva-konserva, vinoçilik, tamaki tarmoqlari, yengil sanoatda — asosan töqimaçilik tarmoği mavjud. Kime, metallsozlik, maşinasozlik, yoğoçsozlik sanoatining ayrim korxonalari işlab turibdi. Asosiy sanoat markazlari: Tirana, Elbasan, Fiyeri, Korça, Şkoder.
Qişloq xöjaligi. Asosiy tarmoği — dehqonçilik. Ekinzorlari 560 ming ga dan ortiq (mamlaqat hududining deyarli 20%). 230 ming ga ga yaqini suğoriladi. Makkajöxori va buğdoy oziq-ovqat sohasida katta ahamiyatga ega. Kartoşka, sabzavot ham yetiştiriladi. Paxta, tamaki, qand lavlagi asosiy texnika ekinlaridir. Tokçilik, zaytun va sitrus ösimliklari östiriş rivojlangan. Çorvaçiliqda qöyçilik va eçkiçilik ustun.
Transporti. Transportningasosiy turi — avtomobil transporti (yuk aylanmasi hajmining salkam 65% ni taşkil etadi). Durres — Tirana, Durres — Elbasan va b. yönalişdagi t.y.lar mavjud. Dengiz portlari: Durres, Vlyora. Xalqaro aeroporti — Tirana (Rinas).
Taşqi savdosi. Çetga asosan, xromitlar, temir-nikel, mis rudalari, neft, bitum, yoğoç-taxta, çarm, zaytun yoği, tamaki, sitrus, sabzavot va mevalar çiqariladi. A. çetdan maşina, asbob-uskuna, prokat, transport vositalari, dori-darmon, kimyo sanoati mahsulotlari, keng iste'mol mollari keltiradi. Asosiy taşqi savdo mijozlari: Italiya, Gretsiya, Turkiya, Germaniya. Pul birligi — lek.
Tibbiy xizmati. A.da 10 mingdan ortiqörinli kasalxonalar mavjud. 735 bemorga 1 şifokor töğri keladi. Şifokorlarni Tirana un-tining tibbiyot f-ti yetiştiradi. Lidjada kurortlar bor.
Xalq ta'limi, ilmiy va madaniy-ma'rifiy muassasalari. Xalq ta'limi tizimi 1969 y.da joriy etilgan bölib, u maktabgaça muassasalar, 8 y.lik umumiy majburiy, 4 y.lik örta (hunar yoki umumiy) va 3—4 y.lik oliy öquv yurtlaridan iborat. A.da 3 un-t bor. Fanlar akademiyasi 1973 y. taşkil etilgan. Milliy kutubxona va un-t kutubxonasi, arxeologiya, etn. muzeyi va b. bor.
Matbuoti, radioeşittirişi, telekörsatuvi. A.da «Zeri i popullit» («Xalq ovozi», 1942 y.dan) «Mesuyesi» («Muallim», 1961 y.dan), «Başkimi kombetar» («Milliy birlik», 1943 y.dan), «Kombi» («Millat», 1991 y.dan), «Drita» («Hyp», 1960 y.dan), «Koxa Ione» («Vaqtimiz», 1991 y.dan) va b. gaz.lar naşr etiladi. A. telegraf agentligi 1944 y. taşkil etilgan. «Albaniya radioeşittirişi va telekörsatuvi» davlat taşkiloti mavjud. Radio-eşittiriş — 1944 y.dan, telekörsatuv — 1961 y.dan işlaydi.
Adabiyoti. A.da boy xalq ijodiyoti — qahramonlik dostonlari, tarixiy qöşiqlar mavjud. Alban tilida hozirgaça saqlanib qolgan dastlabki yozma manba — yepiskop Pal Engelaning «Çöqintiriş taomili» (1462)dir. 16— 17-a.larda adiblar P. Budi, F. Barde, P. Bogdani, M. Barxeti ijod qildilar. 18-a.da T. Kavaloti va Danel alban tili luğatini tuzdilar. 19-a.da bir neça atoqli vatanparvar yozuvçilar, milliy uyğoniş arboblari maydonga çiqdi. Adabiyotda romantizm oqimi hukmron bölib qoldi. Şu davrning eng taniqli namoyandalari — şoirlardan I. De Rada («Milosao qöşiği», «Şörpeşona Skanderbeg» dostonlari), Kenja G. Dara («Balaning sönggi qöşiği» dostoni). 3. Serembe («Taqdir» dostoni), V. Şkodrani («O, mening Albaniyam» dostoni), adib va tarjimon K. Kristoforidi. Adabiyotda novella, tarixiy roman, drama paydo böla boşladi. Yangi adabiyotning asosçilaridan biri N. Fraşerining «Poda va dala» (1886), «Skanderbeg tarixi» (1898) va b. dostonlari yuzaga keldi. 20-a. boşlaridagi şoirlar — A. Çayupi («Tomori ota» töplami, 1902; «Ön tört yoşli kuyov» komediyasi, 1902), N. Myeda («Quvğin», «Bulbul nolasi» dostonlari), F. Şiroka, R. Siliçi xalqni birlikka çaqiradi. Vatanparvarlik ruhidagi qöşiq va novellalar muallifi M. Grameno alban badiiy prozasining asosçilaridan biri böldi. A. adabiyotining taniqli vakili Fan Noli öz şe'rlarida fuqaroga hurmat va muhabbat tuyğularini uluğladi («Salip Sulton qöşiği», «Quvğin qurboni», «Dragobiy ğori», «Yugur marafonçi» va b.). 20-a.ning 30-y.larida ijtimoiy mavzu qalamga olina boşladi. 2-jahon uruşi davrida va A. ozodlikka çiqqanidan söng adabiyotda italyan-nemis faşistlariga qarşi kuraş mavzuidagi asarlar yaratildi (F. Gyataning «Partizan Banko haqida qöşiq» dostoni, D. Şuteriçining «Haloskorlar» romani, 1952— 55). Tur-muşni ijtimoiy jihatdan özgartirişga bağişlangan romanlar (S. Spassening «Ular yolğiz emas edi», 1952; F. Gyataning «Botqoq», 1959 va b.) paydo böldi. 50—60-y.larda avtobiografik va tarixiy qissa hamda romanlar (D. Şuteriçi, V. Kokona, Ya. Dzodza asarlari) yaratildi.
Me'morligi. Antik davr (mil. av. 7-a.)dan A. hududida mudofaa inşootlari, jamoat va uy-joy binolari, me'moriy bezaklarning qoldiqlari, örta asrlardan Vizantiya inşootlari (13— 14-a.larga mansub bölgan Lyavdari, Mborya qişloqlaridagi çerkovlar) va romantik uslubdagi imoratlar (Şasi qişloğidagi sobor, Vau-i-Deyes, Oboti qişloqlaridagi çerkovlar, 13-a.), şuningdek, istehkomva qasrlar saqlanib qolgan. Saroylar, timlar, maçitlar ham mavjud. A. Xalq me'morligiga xos xususiyatlar —toğlardagi mustahkam minorasimon uylar, ikki-uç qavatli, oldi peşayvonli, yassi çerepitsa tomli uylar. A. şaharlarida örta asrlar va 20-a. boşlaridagi inşootlar b-n yonma-yon zamonaviy imoratlar közga taşlanadi.
Tasviriy san'ati Örta asrlarda rassomlik va haykaltaroşlik birmunça rivoj toptan (Lyavdaridagi Troitsa çerkovi devorlariga işlangan suratlar). 16-a.ning 50-y.larida Şeltsan va Balş çerkovlarida neokastrlik usta Onufriy suratlar çizgan. 19-a. oxiri — 20-a. boşlarida dunyoviy rang-tasvir (rassomlardan N. Martini, K. Xidromeno) paydo böldi. Keyingi y.larda musavvirlik, grafika, haykal-taroşlikning turli janrlari rivojlandi. A.da xalq amaliy san'ati (gilamdözlik, tikuvçilik, töquvçilik, öymakorlik, zargarlik) qadim zamonlardan ma'lum.
Musiqasi. Alban xalq musiqasida xilma-xil mahalliy uslublar, tabiiy beş pardali (pentatonik) kuylar, ozarbayjon musiqasida uçraydigan ohanglar bor. Özbek musiqasidagi kabi vazni özgarib turadigan qöşiq va raqs kuylari taraqqiy topgan. Aksari 3 ovozli qöşiqlar kamonli çolğular jörligida aytiladi. 20-a. 50-y.laridan professional musiqa san'ati: opera (P. Yakovaning «Mrika», 1954, «Skanderbeg», 1968), balet (T. Dayyaning «Xalil va Xayriya», 1963), operetta, simfoniya, kamer, çolgu, xor musiqasi rivojlandi. Tiranada davlat opera va balet teatri bor.
Teatri. 1874 y.da Testorati boşçiligidagi teatr tögaragi dastlabki sahna asarini qöydi. 19-a. 2-yarmida S. Fraşeri, M. Grameno, F. Noli, A. Çayupi pyesalarini havaskor teatr trup-palari sahnalaştirdi. 1944 y. Tiranada professional xalq teatri, keyinroq Korça va Durresda teatrlar barpo etildi. A. Moisei nomidagi oliy aktyorlik bilim yurti oçilgan (1959).
Kinosi. A. kinematografiyasi 2-jahon uruşidan söng rivojlana boşladi. 1952 y.da taşkil etilgan «Yangi Albaniya» kinostudiyasi hujjatli filmlar va kinojur.lar çiqaradi. Birinçi rangli badiiy film — «Albaniyaning buyuk farzandi Skanderbeg» (1954). Keyinçalik «Tana», «Yer alanga içra» va b. badiiy filmlar yaratildi.