Asosiy daryosi — Zarafşon. Viloyat hududidagi qismining uz. 193 km. Tevarakatrofdagi toğlardan oqib tuşgan soylar suğorişga sarflangani uçun Zarafşonga yetmasdan tugaydi. Darğom, Narpay (54 km), Öng qirğoq (64 km), Çap qirğoq (169,3 km), Markaziy magistral (39,5 km), Zarafşon, Eski Anhor kanallari va Kattaqörğon suv omboridan ham ekinlarni suğorişda foydalaniladi. Viloyatning jan.ğarbiy qismida oqadigan soylar yezda qurib qoladi. Tuproği asosan, böz tuproq. Tekisliklar va 500 m gaça balandliklardagi toğ etaklarida surqönğir oç böz tuproklar (suğoriladigan yerlarda ötloqi böz tuproqlar), 1500—1700 m balandlikda töq böz tuproklar, çöl zonasida qumoq, taqir, bözkönğir tuproklar va şörxoklar tarqalgan. Yonğoqzorlar va arçazorlarda qönğir tuproklar, yanada balandroq qoramtir tuproklar bölib, undan yukrrida toğötloki tuproklar uçraydi.
Yovvoyi ösimliklardan çala çöl va çöl ösimliklari asosiy örinni egallaydi. Toğ yon bağirlariga yaqin tekisliklarda şuvok, efemerlar (rang, könğirboş va b.) ösadigan ötloqlar bor. Dare vodiylarida, daştlarda, şöragalofit ösimliklar usadi; Zarafşon daryosi vodiysida terak, jiyda, tol, turanğil, maymunjon, yulğun, oqgikan töqayzorlari bor. Toğlarda 1100—2700 m balandlikda pista, bodom, toşloq yon bağirlarida arçazorlar uçraydi. Samarqand yaqinidagi Omonqötonda yonğoqzorlar bor. Yovvoyi hayvonlardan tulki, çiyaböri, böri, tekisliklarda jayran, toğlarda qönğir ayiq, daryo suvsari, quşlardan tustovuq, tuvodoğ, toğlarda kaklik, daryolarda baliklar uçraydi.
Aholisi, asosan, özbeklar, şuningdek, tojik, rus, ukrain, ozarbayjon, arman, koreys, belorus, tatar, mesxeti turklari, yahudiylar, lölilar va b. millat vakillari ham yaşaydi. Aholining örtaça ziçligi 1 km2ga 168 kişi. Aholi viloyatning suğoriladigan yerlarida ziç (1 km2ga 340—512 kişi) joylaşgan, çöl va toğ hududida siyrak (1 km2ga 20—40 kişi). 732,3 ming kişi şaharda, 2092,6 ming kişi qişlokda yaşaydi.
Xöjaligi. Viloyat yalpi içki mahsulot hajmi böyiça Toşkent ş., Farğona, Toşkent va Andijon viloyatlaridan keyin 5örinni egallaydi. S.v. Özbekiston sanoati mahsulotining 5%, q.x. mahsulotlarining 1,3%, mol aylanişining 8,6%, pullik xizmat körsatiş hajmining 7,9% ni beradi.
Viloyatni elektr energiyasi b-n Tolliğulon, Irteşar, Xişrov GESlari hamda qisman Navoiy issiqlik elektr stansiyasi ta'minlaydi. Urgut tumanida Suğdiyona GES qurilmoqda. Viloyat hududida foydali kazilmalardan nodir metallar (Ingi4ka koni), binokorlik materiallari (marmar, ohaktoş, granit, mergel, grafit) topilgan. Omonqöton va Jomda marmar Kazib olinmoqda.
Sanoati köp tarmokli. Oziqovqat, yengil, maşinasozlik, kimyo sanoati rivojlangan. Quriliş materiallari i.ç. ham salmoqli örin tutadi. Oziqovqat sanoati viloyat yalpi sanoat mahsulotining 31,8%, yengil sanoat mahsuloti 22,6%, aralaşem i.ç. 18,9%, maşinasozlik va metallsozlik 8,4% ni taşkil kiladi.
Viloyatda liftsozlik, kinoapparatura i.ç., çoy qadoklaş, sovitkiç, avtomobilsozlik, tamaki fermentatsiya korxonalari bor. Keyingi yillarda ipgazlama i.ç. rivojlanmoqda. MustaKillik yillarida viloyat iqtisodiyoti öz yönalişini tubdan özgartirdi. Mavjud barça korxonalar davlat tasarrufidan çiqarilib mulkçilikning özgaça şakliga kirib bormoqda. Aksariyat yirik va örta korxonalar negizida aksiyadorlik jamiyatlari taşkil etildi.
Viloyatda mulkçilikning barça turiga oid 80 ta asosiy sanoat korxonasi bor, ularda 41,6 ming işçi va muhandistexnik xodim işlaydi. Mustaqillik yillarida viloyat sanoat mahsulot i.ç. hajmi (soliştirma narhda) 1,5 marotaba köpayadi. Viloyatda 2002 y.da 2,1 mln. m2 şoyi gazlama, 113 ming m ipgazlama, 14—15 mingtösimlik yoği, 72 ming t paxta tolasi, 12— 13 ming t tamaki mahsulotlari işlab çiqarildi. Asosiy sanoat korxonala ri Samarqand ş.da joylaşgan. Bunga ' oğir sanoat korxonalaridan: traktorlar uçun gilzaporşenlar işlab çiqaradigan «Alpomiş» maşinasozlik z-di, «Samarqand tajribamexanika» z-di (burğilaş maşinalari), «Kinap» z-di (kinoapparatura, avtomobillar uçun elektr asbobuskunalari), liftsozlik, uyrözğor sovitkiçlari, marmar, ğişt, asfaltbeton z-dlari kiradi. Samarqandning Xişrov yöldoş şaharçasidagi superfosfat z-dida fosfat va ammofos öğitlar hamda sulfat kislotasi işlab çiqariladi. Samarqanddagi yengil sanoat korxonalaridan: pillakaşlik, şoyi töqiş, trikotaj, tikuvçilik, mebel, poyabzal f-kalari va çinni z-di mavjud; oziqovkat sanoati korxonalaridan: un-tegirmon, aralaşem, makaron, çoy qadoqlaş, sutmoy, konserva, vino, konyak, spirtaraq va alkogolsiz içimliklar hamda qandolatçilik korxonalari faoliyat körsatadi. Kattaqörğon ş.da paxtaçilik maşinasozligi (paxta tozalaş korxonalari uçun asbobuskunalar işlab çiqariladi) z-dlari, Jomboy ş.da viloyatdagi eng yirik don mahsulotlari k-ti, «Samjinteks» ip gazlama qöşma korxonasi, Bulunğurda vino va ğişt z-dlari işlab turibdi. 1991—2003 y.lardavomidaS.v.da jahon andazasi darajasidagi mahsulotlar işlab çiqaruvçi 135 qöşma korxona taşkil etildi. Bu korxonalarda 7,8 mingdan ortiq işçi va xizmatçi işlaydi. Birgina 2003 y.da 19 ta köşma korxona işga tuşirildi. Qöşma korxonalardan eng yiriklari: Özbekiston — Turkiya hamkorligida qurilgan «SamKoçAvto», Amerika—Angliya b-n hamkorlikda işlayotgan «UZBAT» aksiyadorlik jamiyati korxonalari (tamaki mahsulotlari işlab çiqariladi), «Samplastik», Jomboydagi «Samjinteks», Özbekiston— Germaniya «Muliyon» (pivo işlab çiqariladi), «Samarqand parranda», Çelak ş.dagi Özbekistan— Rossiya «Baltimor» (tomat pastasi va ketçup kaylasi işlab çiqariladi), Özbekistan—Çexiya «Praga» (mineral suv qadoqlaş) korxonalaridir.
«SamKoçAvto» qöşma korxonasida yiliga 400 dan ortiq zamonaviy avtobuslar va yuk avtomaşinalari işlab çiqariladi. Yaqin kelajakda bu körsatkiç yanada köpayadi. Viloyatda 2822 ta kiçik korxona faoliyat körsatmoqda (2003).
Sv. qadimdan özining xunarmandçiligi b-n maşxur. Bu yerda şoyi va gilam, sözana töqiş, zargarlik, kulolçilik, yoğoç, ganç, toş öymakorligi va b. xalq amaliy san'ati turlari taraqqiy etib kelmoqda. Samarqand nonlari, ayniqsa, Samarqand qoğozi butun dunyoga maşhur.
7-a.ning boşlaridan — 19ning 1-yarmigaça Samarqandda işlab çiqarilgan qoğoz, A.Vamberining yozişiça, Turkistondagina emas, balki qöşni mamlakatlarda ham maşhur bölgan. 15-a. da Samarqandda Obirahmat suvining juvozlarida tayyorlangan turli nav qoğozlar b-n savdo qiluvçi maxsus dökonlar bölgan. O.G.Bolşakov asarlarida Samarqand qadimdan qoğoz i.ç.ga ixtisoslaşgan va uni taraqqiy etganligini yozadi. Samarqand qoğozi nomi b-n maşhur bölgan qoğoz şaharda emas, balki uning atrofida joylaşgan xunarmandçilik ustaxonalarida işlangan. Boburning yozişiça, «Qoğoz tegirmonlarining barçasi Konigildan kelur. Andoqkim Koni gil Siyohiob daryosi yaqosinda joylaşgan. Dunyoda eng yaxşi qoğoz Samarqanddan keltiriladur». Qoğoz şahar bozorlarida sotilgan, hatto uzoq yurtlardan kelgan savdogarlar ham uni sotib olişgan.
Samarqand qoğozi qoğoz vatani bölgan Xitoyda ham maşhur bölgan. Qur'on, Hadis, Xamsa, Şohnoma kabi asarlar oliy nav qoğozda bitilgan. Samarqandda tayyorlangan qoğozning eng sarasi — qoğozi sultoniy deb yuritilgan. Qoğozgar ustalar (qoğoz tayyorlovçi boş usta — qoğozgar, ohorlovçi usta — muhrkaş deb atalgan) muayyan taşkilotga birlaşgan holda işlaşgan. Mas, şunday taşkilotlardan biriga Xoja Ahror boşçilik qilgan. Samarqand bozorlarida «qoğoz bozori» deb yuritiladigan rastalar bölgan. Hunarmandlar öz bilimlarini sir saklaşgan. Ular sodda işlangan asbob uskunalari va bilimlarini avloddan avlodga qoldirib kelganlar. Hoz. kunda Samarqand hunarmandlari qad. Samarqand qoğozi şuhratini yangidan tiklaş maqsadida ilmiy izlanişlar va tajriba işlarini ötkazmoqdalar.
Qişloq xöjaligi köp tarmoqli. Sv. respublika agroiqtisodiyotida muhim örinni egallaydi. Viloyat xöjaliklarida mamlakatda yetiştirilgan q.x. mahsulotlarining qariyb 1/10 qismi tayyorlanadi. Yetakçi tarmoqlar — dehqonçilik va çorvaçilik. Paxtaçilik, ğallaçilikdan taşqari boğdorçilik, tokçilik, sabzavot va poliz mahsulotlari, tamaki yetiştiriş ança rivojlangan. S.v. uzumçilik böyiça Toşkent viloyati b-n birgalikda Uzbekistonda yetakçi hisoblanadi.
Viloyatning jami ekin maydonlari 442 ming ga (şu jumladan, 183 ming ga yer lalmikor) (2004), şuning 147 ming gektariga ğalla ekiladi (şundan 70 ming ga yer lalmikor) (S.v. ğalla yetiştiriş böyiça Özbekistonda 2örinda). 103 ming ga yerga paxta, 19,8 ming ga yerga sabzavot va poliz ekinlari, 10,3 ming ga yerga kartoşka, 13 ming ga yerga tamaki, 35,2 ming ga yerga yem-xaşak ekinlari ekiladi. Boğlar 19,9 ming ga, tutzorlar 7,8 ming ga, tokzorlar 26,4 ming ga ni egallaydi. 801,7 ming gektar yer yaylovlar b-n band. Samarqand ş. atrofida, xususan, Toyloq va Samarqand tumanlarida şahar atrofi q.x. yaxşi rivojlangan. Viloyat q.x. da 200 şirkat, 8,6 ming fermer xöjaligi, 10 aksiyadorlik jamiyati faoliyat körsatadi.
S.v.dagi barça şaxsiy va jamoa xöjaliklarida 877,3 ming qoramol (şundan 404,9 ming sigir) hamda 1031,6 ming qöy va eçki, 2327,2 ming parranda, 15,1 ming ot boqiladi (2003). Bir yilda yetiştiriladigan qoraköl teri 60 mingdan ziyod (2002), pilla 1459 t ni taşkil etadi (2003).
Transporti. Viloyatda barça turdagi transport vositalari yaxşi rivojlangan. Özbekiston hududida birinçi t.y. 1888 y. Forob stansiyasidan (Turkmaniston) Samarqandgaça qurilgan. S.v. hududidan Toşkent—Turkmanboşi, Toşkent—Duşanba, Samarqand—Qarşi, Toşkent— Uçquduq— Qönğirot t.y.lari ötgan. Viloyat hududidan ötgan t.y.ning (jami uz. 287,7 km) 50 km elektrlaştirilgan. 2003 y. 30 dek.dan yölovçilar taşuvçi Toşkent— Samarqand elektrpoyezdi qatnovi yölga köyildi. S.v. hududidan Katta Özbekiston trakti, Zarafşon— Samarqand—Buxoro—Turkmanobod avtomobil yöllari ötadi. Viloyatdagi qattiq qoplamali yöllarning uz. 4,1 ming km.
Samarqand ş.dagi xalqaro aeroportti Toşkent ş. orkali dunyoning turli mamlakatlari b-n boğlangan.
Madaniymaorif, soğliqni saqlaş va sport. 2003/2004 ökuv yilida S.v.da 1195 umumiy ta'lim maktabida 745,8 ming öquvçi ta'lim oldi. 1998—2003 y.larda 47 kasb-hunar kolleji va 2 akademik litsey yangi quriliş va rekonstruksiya kiliş hisobiga foydalanişga topşirildi. 47 kasbxunar kollejida 32400 öquvçi, 2 akademik litseyda 1428 öquvçi ta'lim oldi. Viloyatdagi mavjud 22 texnikumdan 14 tasi va 44 hunartexnika bilim yurtidan 23 tasi kasb-hunar kollejlariga aylantirildi. Viloyatdagi jami 8 örta maxsus bilim yurtida 14,7 ming öquvçi öqiydi. 6 oliy öquv yurti (unt, tibbiyot, iqtisodiyot va servis, q.x., me'morlikquriliş, çet tillari intlari)da 19,1 ming talaba bilim olmoqda.
Viloyatda Özbekiston FAning Samarqand bölimi, Qorakölçilik, Isayev nomidagi Tibbiyot parazitologiya, veterinariya ilmiy tadqiqot intlari faoliyat körsatmoqda.
S.v.da Samarqand davlat birlaşgan tarixiyme'moriy muzeyqöriqxonasi tarkibidagi 8 muzey [şu jumladan,Samarqandning barpo etiliş tarixi (Afrosiyob) muzeyi, Respublika madaniyat va san'at tarixi muzeyi, S.Ayniy uy-muzeyi, ölkaşunoslik, Alişer Navoiy nomidagi SamDU muzeylari va b.] mavjud. Musiqa va drama teatri, A.P. Çexov nomidagi rus drama teatri, Samarqand qöğirçoq teatri va Kattaqörgonda Majidiy nomidagi drama teatri faoliyat körsatadi. Viloyatda 744 jamoat kutubxonasi (5619,7 ming kitob), 320 madaniyat uyi, 9 madaniyat va istirohat bogi, yoşlar markazi, 1625 badiiy havaskorlik jamoalari bor. Pastdarğom tumanidagi Juma ş.da Özbekiston—Koreya xususiy san'at kolleji faoliyat körsatmoqda (2003).
Samarqand musika madaniyati qadimdan turkiy va forsiyzabon xalqlari an'analarining özaro yaqinligi b-n ajralib turadi. Bu adabiyot b-n birga musiqa san'atiga ham xos bölgan (mas, qöbiz, yotuğon, ud, çang, nay, tanbur kabi sozlar ijroçiligi, makom an'analari va b.). Musiqa ijodi b-n sozanda, xonanda va bastakorlar qatori Samarqandda şoir va olimlar ham şuğullangan. Mac, fors mumtoz şe'riyati asosçilaridan Abu Abdullo Rudakiy ajoyib musiqaçi ham bölgan, bir neça sozni mukammal özlaştirib aşula ham aytgan. Jahonning eng maşxur olimlaridan va davlat arbobi Uluğbek musiqa bilimdoni hisoblangan, bir neça usul («Şodiyona», «Usuli baxri», «Usuli ravon» va b.)ni yaratgan.
Samarqand musiqasi (boşqa san'atlar qatori), ayniqsa, Amir Temur va Temuriylar davrida keng rivoj topdi. Sohibqiron buyruğiga binoan, poytaxtga davlatning barça hududlaridan san'at va ilm vakillari (jumladan, mohir sozanda, xonanda, bastakor va musiqaşunoslar) taklif etilgan. Ular qatorida maşhur musikaşunos Abdulqodir Maroğiy (14—15-a.lar) ham bölgan. Şu davrdan boşlab Samarqandda musika şoir va san'atkorlar majlislarida, şuningdek, madrasalar hayotida keng örin tutadi. Samarqandda 15-a.da musiqa madaniyati yanada rivoj topdi. Manbalarda köplab sozanda, xonanda, bastakor va musiqaşunoslarning nomlari qörsatilgan (Xoja Abdulqodir Maroğiy b-n bir qatorda Amir Ali Akbar Samarqandiy, Boqiy Jarroh Samarqandiy, Sultan Muhammad Udiy Samarqandiy, Xojagii Samarqandiy, Tabib Mavlono Hasan Samarqandiy, Xoja Muhammad ibn Abdulhasan Samarqandiy va b.). Öşa davrdayoq, Samarqandda ud, qonun, çang, ğijjak, tanbur, dutor, rubob, nay, qöbiz, rud, balabon, surnay, karnay, noğora, doira keng qöllanilgan.
Hoji Abdulaziz Abdurasulov (1852— 1936) maqom yöllari, özbek va tojik xalq aşulalarining mohir ijroçisi, sozanda va bastakor sifatida tanilgan. U b-n birga Leviça Hofiz, Kori Yokub, Kamol hofiz, Ma'rifatxon, Maksadça va b. xonanda va sozandalar, yallaçi, askiyaçi va raqkrs Hoji Qurbon faoliyat körsatgan. Samarqandda ilk bor (1947 y.da) teatr san'atiga kadam qöyilgan. Samarqand poytaxtlik davrida, 1925 y.dan M.Miroqilov rahbarligidagi Özbek davlat sayyor namuna truppasi (1927 y.dan M.Uyğur rahbarligidagi markaziy Drama truppasi), 1929 y.dan M.Qoriyoqubov rahbarligidagi Özbek Davlat musiqali teatri öz faoliyatini boşlagan.
Şuningdek, Samarqandda 1928 y.dan Özbek musiqa va xoreografiya (san'atşunoslik) ilmiy tadqikot in-ti işladi. Bu yerda M. Aşrafiy, T. Sodikov, M.Burxonov, Ş.Ramazanov va b. ta'lim olgan. 1945 y.dan taşkil etilgan Samarqand davlat musiqa yurti (hoz. Hoji Abdulaziz Abdurasulov nomidagi Samarqand davlat san'at kolleji) da Z.Haqnazarov, Özbekistonda xizmat körsatgan san'at arbobi F.Yoqubjonov, T. Sayfiddinov, M. Mavlonov va b. ta'lim olişgan. 1964 y.da Muxtor Aşrafiy rahbarligida Samarqand opera va balet teatri taşkil qilinib, maxsus qurilgan yangi binoda iş boşlagan. Bastakorlardan Ş. Sohibov, Ş. Akramovlarning, xonandalardan G. va M.Mullaqandov, M.Tolmasov, baletmeyster I.Oqilov va b.ning faoliyati Samarqand b-n boğliq.
Keyingi davrda Samarqandda xalq artistlari A.Jörayev, Ş.Meyliyeva, V.Şleykin, K.Muslimova, O.Mavlonova ijod qilişgan, şuningdek, Samarqand zaminida S. Jalil, D.Safoyev, I. Nurmonov, B.Yöldoşev kabi san'at arboblari; N. Abdullayeva, M. Mavlonov, A.Ergaşev, T. Qurbonov, T. Sayfiddinov kabi xalq artistlari, xonandalar S. Saftarova, E. Haydarov, bastakor R. Hamroqulov va b. yetişib çikkan. Samarqandda 1978, 1983 va 1987 y.larda Örta va Yaqin Şarq an'anaviy musiqasiga bağişlangan xalqaro musiqa anjumanlari, 1997 y.dan boşlab «Şark taronalari» xalqaro festivali ötkazilmoqda.
Soğliqni saqlaş . Viloyatda 111 kasalxona (14,7 ming örin), 579 poliklinika, ambulatoriya va b. tibbiy muassasalar (1 smenada 36,0 ming kişini qabul qiliş quvvatiga ega), 208 ayollar konsultatsiyasi, 187 bolalar poliklinikasi va ambulatoriyasi, 311 qişloq vraçlik punkti, 444 feldşerakuşerlik punkti, 21 qişloq uçastka kasalxonasi va ambulatoriyada ixtisoslaştirilgan davolaş markazlari taşkil etilgan. Uşbu tibbiy muassasalarda 4,4 ming vraç, 17 ming örta tibbiy xodim işlaydi.
Viloyat şoşilinç tibbiy yordam markazi Respublikada birinçi bölib işga tuşirildi va asbobuskunalar, qattiq va yumşoq jihozlar hamda kadrlar b-n ta'minlandi. Markazning tumanlardagi filiallaridan 14 tasi işga tuşirildi va faoliyat körsatmoqda. 2003 y.da 39 qişlok vraçlik punktlari işga tuşirildi. Viloyatda tibbiyot muassasalarining 18 tasi öz-özini qisman moliyalaştirişga ötkazildi.
Viloyatda 9 sanatoriy va dam oliş uylari şu jumladan, Nurbulok sanatoriysi, Nurobod tumanidagi böğin, oyoq oğriği kasalliklarini tabiiy suv asosida davolaydigan kurort, Samarqand tumanidagi Oğalik kişloğida va Samarqand ş.dagi dam oliş uylari va b. mavjud.
Sport. Sv. sportçilari sportning köplab turlari böyiça har xil darajadagi musobaqalarda iştirok etmoqdalar (kuraş, çim ustida xokkey, voleybol, futbol, tennis, boks va b.). Samarqand sportçilari 2003 y. davomida xalqaro va respublika musobaqalarida jami 88 oltin, 153 ta kumuş va 106 ta bronza medallariga sazovor böldilar. Viloyatda zamonaviy sport inşootlaridan 41 stadion, 9 suziş havzasi, 486 sport zallari, turli darajadagi musobakalar ötkaziladigan 49 tennis korti, 4349 sport maydonçasi mavjud. S.v.da 42 bolalar va ösmirlar sport maktabida 47 mingdan ortiq öquvçi sportning 27 turi böyiça ta'lim oldi (2003). Viloyatda 1930 jismoniy tarbiya jamoalari faoliyat körsatadi. Sport soğlomlaştiriş jamoalarida 803 mingdan ziyod kişi şuğullanadi. Joriy yidda viloyatda 124 dan ziyod sport inşootlari qurildi. Kuraş böyiça xalqaro turnir, respublika miqyosida 17 ta sport musobaqalari ötkazildi. 2004 y.da viloyatda «Universiada—2004» ötkazilişi munosabati b-n bir qança sport majmualari bunyod etilmoqda.
Adabiyoti. Samarqand kad. zamonlardan boşlab adabiyotşunos olim va şoirlarning vatani sifatida maşhur. Asrlar davomida Samarqand adabiy hayotining öziga xos kator xususiyatlari şakllandi. Ulardan biri turkiy va fors-tojik tilida sözlaşuvçi özbek va tojik xalqdari madaniy va adabiy an'analarining KÖşilib ketişidir. Bu, öz navbatida, badiiy ijodda ikki tillilik — zullisonaynlikni yuzaga keltirdi. Agar 8-a.ga qadar suğdiyturkiy yetakçi örinni egallagan bölsa, 7—10- a.larda forsiyarabiy tillarda ijod qilindi. 11-a.dan boşlab esa, fors-tojik va turkiyözbek tillarida asarlar yaratildi. 15-a.dan keyingi davrlarda fors-tojik, turkiyözbek va arab tillari aralaşmasida ijod qilinganligini ham köriş mumkin. Ikki tilda ijod kiliş keyinçalik Samarqand adabiy hayotida asosiy örin egalladi. Samarqand adabiy hayotini şakllantirişda Abulyanbağiy Samarqandiy, Xuraymiy Suğdiy Samarqandiy (8—9-a. lar), Abu Hafz Suğdiy Samarqandiy, Abu Abdullo Rudakiy (9—10-a.lar), Adib Ahmad Yugnakiy kabilarning örni katta. Samarqand adabiy muhitining namoyandalari: Muhammad Zahiri Samarqandiy, Hakim Sözaniy Samarqandiy, Mavlono Sakkokiy, Ahmad Hojibek Vafoiy, Mirzobek Samarqandiy, Mirzoxöja Suğdiy, Riyoziy Samarqandiy, Zulfiqor Fakiriy Samarqandiy, Fitrati Zardözi Samarqandiy (15—17-a.lar), Sodik Samarqandiy, Yoqub Samarqandiy, Junaydullo Xoziq, Bazmiy, Ziyrakiy Samarqandiy, (18—19-a.lar), Dabiriy, Said Ahmad Vasliy, Hodiy Samarqandiy, Muhammad Olim Samarqandiy, Hoji Sobir Samarqandiy, Said Ahmad SiddiqiyAjziy, Mahmudxöja Behbudiy, Abdulkarim Sipandiy, Saidrizo Alizoda, Abdujalil Pisandiy, Ibrohim Jur'at, Tuğral, Fikriy (19—20-a.lar) singari özbek va tojik adabiyoti uçun birday xizmat qilgan şoirlar jonbozlik körsatdilar. Samarqand adabiy hayotining şuhratida boşqa ölkalardan kelib qolgan adabiyotşunos va şoirlarning ham xizmati bor. Umar Hayyom (Nişopur), Sa'diy Şeroziy, Kamol Xöjandiy, Zamahşariy (Xorazm), Yusuf Badeiy Andijoniy, Mavlono Safo Andijoniy, Muhammad Badaxşiy, Mavlono Ismat Buxoriy, Xayoliy Buxoriy, A'loi Şoşiy, Şayxim Suhayliy (Hirot), Said Nasafiy (Qarşi), Turdi Faroğiy (Buxoro), Kamoliddin Binoiy (Hirot), Muhammad Solih (Xorazm), Zayniddin Maxmud Vosifiy (Hirot), Zahiridsin Muhammad Bobur (Andijon) kabilarning nomlari dunyoga tanilgan. Ularning ijodiga
Samarqand adabiy muhiti ham öz ta'sirini körsatgan. Samarqanddan yetişib çiqqan Nizomiy Aruziy Samarqandiy (12-a.) özining «Majma'unnavodir» «Çahor maqola» asari b-n şoir va adabiyotşunos olim sifatida şuxrat qozonib, asari köp tillarga tarjima kilinib naşr etilgan. Samarqand adabiy hayotida, ayniqsa, Abdurahmon Jomiy va Alişer Navoiyning benazir örni bor. Abdurahmon Jomiy köp marta bu diyorda bölgan. Uluğbek madrasasida tahsil körgan, Xoja Ahror Vali va b. uluğlar b-n hamsuhbat bulgan. Uning Samarqanddagi hayoti hakida «Mirzo Hamdam» dostoni yaratilgan.
1465—1469 y.lar orasida Samarqandda bulgan Alişer Navoiy maşhur faqih Fazlulloh Abu Laysiy madrasasida ökigan, uni öziga ustoz deb bilgan. Alişer Navoiy Samarqandda Ahmad Hojibek Vafoiy, Mirzobek Samarqandiy, A'loi Şoşiy, Yusuf Andijoniy, Riyoziy Samarqandiylar b-n ijodiy aloqada bölib asarlar yaratgan.
Alişer Navoiyning zamondoşlaridan bölgan Davlatşoh Samarqandiy (15—16-a.lar) «Tazkirat uşşuaro», «Mutribiy (17-a.) «Tazkirat uş şuaro», Muhammadbade' Maleho Samarqandiy (17-a.) «Muzakkir ulashob» tazkiralari b-n adabiyotşunoslikning rivojiga katta hissa qöşdilar. Samarkdndda adabiyetşunoslik tarakdiyotiga Yusuf Sakkokiyning «Miftoh ululum» (13- a.), Sa'diddin Taftazoniyning «Muxtasar ulmaoniy», Said Şarif Jurjoniyning poetikaga oid asarlari katta ta'sir körsatdi. Qozizoda Rumiyning «Şarhi purra», Ali Quşçining «Şarhi «Miftoh ululum», Taftazoniy», Abulqosim Samarqandiyning «Risola alistiorot», «Risola alistiorot alSamarqandiya»kabi asarlari ana şu ta'sir natijasida yuzaga kelib, adabiyotşunoslik ilmining rivojiga turtki böldi. Mavlono Yusuf Andijoniy muammo janriga doir öz risolasini yaratdi. Samarqand madaniy-adabiy hayotiga bevosita Xoja Ahror Valiy (15-a.), Mahdumi A'zam Kosoniy singari naqşbandiya pirlarining ta'siri xam bor. Ular özlarining tariqat, adabiyot va badiiy ijod sohasidagi asarlari b-n adabiyotning taraqqiyotiga munosib hissa qöşdilar. Maxdumi A'zam Kosoniy bir qança boşqa asarlar b-n «Şarhi ğazaliyoti Ubaydullaxon», «Şarhi ruboiyoti Ubaydullaxon» singari risolalarni ham yaratgan. Muhammad Şayboniyxon, Ubaydulloxon (16-a.), adabiy faoliyatida ham Samarqand adabiy hayoti b-n aloqador. 19-a. 2-yarmi — 20-a. boşlarida Samarqandda adabiy hayot yangi taraqqiyot bosqiçiga kötarildi. Bu davrda Abdulkarim Sipandiy, Nazriddin Hodiy, Saidrizo Alizoda, Maxmudxöja Behbudiy, Mirzo Akram Fikriy, Abdujalil Pisandiy, Ibrohim Jur'at, Saidahmad Vasliy, Abdulqodir Şakuriy, Saidahmad Siddiqiy, Hoji Muyin Şukurov, Sadriddin Ayniy, Abdurauf Fitrat va b.ning şe'riy va nasriy asarlarida ma'rifatparvarlik, milliy istiqlol uçun kuraş ğoyalari öz ifodasini topdi. Ayniqsa, Sadriddin Ayniy, Abdurauf Fitratlarning adabiyotşunoslik va adabiyot tarixiga doir tadqiqotlari, nasriy va şe'riy asarlari özbek adabiyotida yangi mavzu, şakl va ğoyalarning örin egallaşiga sabab böldi. Sadriddin Ayniyning «Doxunda», «Qullar», «Esdaliklar» romanlari romannavislikning yangi bir taraqqiy bosqiçi böldi. A. Fitratning «Özbek adabiyoti namunalari» asari mumtoz adabiyotimiz tarixini izçil örganişga bağişlangan dastlabki majmualardan böldi. Samarqand Respublika markaziga aylangan yillarda adabiy hayot jonlandi, ijodiy taşkilotlar yuzaga keldi, şoirlar, yozuvçilar, adabiyotşunos olimlar bu yerga töplandi.
20-a.ning 1-yarmida Ergaş Jumanbulbul öğli, Fozil Yöldoş öğli, Islom şoir Nazar öğli, Pölkan şoir kabi xalq şoirlarining ijodiy faoliyati butun Özbekiston adabiyotining körkiga aylandi. Sadriddin Ayniy, Abdurahmon Sa'diy, Otajon Hoşim, Abdulhamid Majidiy, Hamid Olimjon, Usmon Nosir, Şokir Sulaymon, Oydin Sobirova, Ra'no Uzoqova, Sayd Nazar, Muzayyana Alaviya, Temur Ma'rufiy, Vadud Mahmudiy, Hasan Pölat kabi adabiyotşunos olim, şoir va yozuvçilar Samarqandda yaşab ijod etdilar, adabiy hayotdga faol iştirok etdilar. 20-a.ning 2-yarmi Samarqand adabiy hayotining kötarilişi va yangi ijodkorlar b-n boyiş davri böldi: akad. Vohid Abdullayev, akad. Botir Valixöjayev, prof.lardan R. R. Muqumov, O. Ikromov, S. Mirzayev, N. Şukurov, Ş. Şukurov, S. Sa'diyev, Ş. Xolmatov, R. Orzibekov, M. Muxiddinov, Isroil Mirzayev, Ibodulla Mirzayev va b.; şoirlar: Duşan Fayziy, B. Boyqobilov, Hamida Karimova, Bibisora Turobova, H. Hasanova, H. Bobomurodova, J. Sirojidsinov (Humiy), Olqor Damin, Mardonqul Muhammadqulov, Yodgorbaxşi Isoqov, Haydar Yahyoyev, Rahim Farhodiy, Yazdon Xudoyqulov, Nusrat Rahmatov, Xurşid Davron, M. Boboyev, Azim Suyun, Murod Muhammad Döst va b.; yozuvçilar Bolta Ortiqov, Bobomurod Daminov, Sayd Nazar va b.ning ilmiy va badiiy asarlari adabiyotning taraqqiyotiga munosib hissa bölib qöşiddi.
Milliy istiklol Samarqand adabiy hayotining taraqqiyotini boşlab berdi. Bu davrda adabiyşunoslik qölga kiritgan yutuqlar sifatida Botir Valixöjayevning «Özbek adabiyoti tarixi» (2002), prof. S. Mirzayevning «Hayot va adabiyot (2001), prof. H. Umurovning «Adabiyot nazariyasi» (2002), singari kitoblarini körsatiş joizdir.
S.v.da Özbekiston ijodiy uyuşmalari (yozuvçilar, rassomlar, me'morlar, jurnalistlar va b.)ning viloyat şö'balari faoliyat körsatmoqda.
Matbuot, radioeşittiriş va televideniyesi. S.v.da 3 viloyat gaz. («Zarafşon», 1917 y.dan çiqariladi, adadi 5000; «Samarqandskiy vestnik», 1917 y.dan çop qilinadi, adadi 1200—1300, «Ovozi Samarqand» tojik tilida 1989 y.dan çiqariladi, adadi 3500), 14 tuman gaz., 1 şahar gaz., («Samarqand») çikadi. Viloyatda, şuningdek, bir qança tarmoq gaz. naşr etiladi. Jami 42 nomdagi gaz. va 9 nomdagi jurnallar çop etiladi.
Samarqandda 1894 y.da dastlabki bosmaxona taşkil etilib, özbek, tojik va rus tillarida badiiy va ilmiy adabiyotlar, kÖllanmalar naşr qilina boşladi. Xususan, 1907—11 y.larda A.Şakuriyning hikoyalar («Jome' ulHikoyot») va şe'rlar (Zubdat ulaş'or) töplamlari, 1914 y. Saidahmad Siddiqiy asari («Mir'oti Ibrat»), 1913 y. tarakkiyparvar pedagoglar I.Rahmatullayev («Rahbari maktab»), Xöja Möyin Şukurov («Rahnamoi savod») alifbolari va b. asarlar naşr etildi. 1904 y. 1 maydan «Samarqand» gaz. çiqariladi. 1917—20y.larda özbek, tojik, rus tillarida bir qança gaz. va jurnallar, ommaviy-siyosiy adabiyotlar naşr etildi.
Samarqandda birinçi radioeşittirişlar 1926 y.dan boşlangan. Sv. radiosi oyiga 30 soatlik hajmda eşittirişlar beradi. Viloyat böyiça telekörsatuvlar 1955 y.dan boşlangan. 1991 y.dan Samarqand ş. televideniyesi faoliyat körsatmoqda.
Me'moriy yodgorliklari. S.v. madaniy, tarixiy va me'moriy yodgorliklarga boy. Samarqand ş.dagi Şohizinda me'moriy ansambli, Bibixonim jome masjidi, Registon maydonidagi me'moriy majmua, Amir Temur maqbarasi, Uluğbek rasadxonasi va b. butun dunyoga maşhur.
Viloyatda 291 me'moriy, 1452 arxeologik, 36 tarixiy, 188 monumental san'at va haykaltaroşlik yodgorligi bor. S.v.dagi me'moriy yodgorliklardan Kattaqörğondagi Qalandarxona masjidi (1909—10 y.lar), Okdaryo tumanidagi Maxdumi A'zam me'moriy majmuasi (16—20-a.lar), Paxtaçi tumanidagi Imom Bahri ota maqbarasi (15— 16-a. lar), Nurobod tumani Tim qişloğidagi Arabota maqbarasi (977 y.), Payariq tumani Xartang qişloğidagi Imom Buxoriy yodgorlik majmui, Samarqand ş. atrofida Xoja Abdi Birun me'moriy ansambli (15—18-a.lar), Xoja Axror me'moriy majmui (15—20-a.lar), Nodir Devonbegi madrasasi (1630—31y.lar) va b. saqlanib qolgan.
Mustaqillik yillarida madaniy merosni tiklaş, tarixiy va me'moriy yodgorliklarni ta'mirlaş işlariga Özbekiston hukumati tomonidan katta e'tibor berilmoqda. Özbekiston prezidenta I.A.Karimovning taşabbusi b-n S.vdagi Xartang qişloği yaqinida Imom alBuxoriy yodgorlik majmui öz örnida qayta tiklandi, şuningdek, Samarqand ş.dagi Imom Abu Mansur alMoturidiy maqbarasi, Samarqand ş. yaqinidagi Dahbed qişloğida Maxdumi A'zam masjidlari va b. töla ta'mirlandi.
472—473betlar orasidagi Samarqand viloyatining tabiiy va iqtisodiy rangli xaritasiga q.
Ad.: Karimov I.A. , Özbekiston 21 asrga intilmoqda, T., 1999; Özbekiston Respublikasi iqtisodiyoti, T., 1998; Özbekiston Respublika™, T., 2002; Buryakov Yu.F., Saidov K.S., Töxliyev I.S, Şevçenko L.S, Samarqand asrlar bösağasida, T., 2001; Rtveladze E., Musulmanskiye svyatini Özbekistana, 1996;
Toşpölat Jumaboyev, Orzimurod Rahmatullayev, Qobiljon Tohirov.