«S.» sözining kelib çiqişi töğrisida bir qança taxmin va gipotezalar mavjud. Şarq mualliflari «Samarqand» sözining birinçi qismi, ya'ni «Samar» sözi şu şaharga asos solgan yoki şaharni bosib olgan kişining nomi deb hisoblab, bir qança sun'iy ta'riflarni taklif etdilar. Birok tarixda bunday ismli kişi töğrisida ma'lumotlar aniqlanmagan. Sözning ikkinçi qismi «kent» (kand) — qişloq, şahar degan ma'noni bildiradi. Ba'zi yevropalik olimlar, bu nom qadimdan qolgan, sanskritça «Samarya»ra yaqin, ya'ni «yiğiliş, yiğin» sözidan kelib çiqqan deb izoxlaydilar. Antik mualliflarning asarlarida şahar Marokanda deb atalgan . Bu haqiqatga ança yaqin bölib, Marokanda — Samarqand atamasining yunonça aytilişidir. 11- a. olimlaridan Abu Rayhon Beruniy va Mahmud Koşğariy şahar nomining kelib çiqişini «Semizkent», ya'ni «semiz qişloq» sözining buzib talaffuz qilinişi deb tuşuntiradilar.
S. jahonning eng qad. şaharlaridan biri — 2700 y.dan ortiq tarixga ega. S. mil. av. 4-a.dan mil. 6-a.gaça Suğd davlatining poytaxti bölgan. Arxeologik qazişmalardan ma'lum bölişiça, yuqori paleolit davrida ham S. hududida odamlar yaşagan (q. Samarqand makoni). Rim tarixçisi Kvint Kursiy Rufning (mil. av. 1-a. oxiri — mil. 1-a.) yozişiça, S. qal'asi devorining aylanasi taxm. 10,5 km bölgan. Mil. av. 329 y. makedoniyalik Aleksandr (Iskan dar Maqduniy) qöşinlari S.ni vayron qilgan. S. 6-a.da Turk xokonligi tarkibiga kirgan va mahalliy hokimlar tomonidan boşqarilgan. 7-a. boşidan Zarafşon vodiysi S. xrkimlari qöl ostiga ötgan. Bu davrda S. Hindiston, Eron, Misr va Vizantiya davlatlari b-n savdosotiq qilgan. Kutayba ibn Muslim boşçiligidagi arab qöşinlari 712 yilda S.ni egallagan. Qözğolon kötargan şahar aholisining bir qismini qirib taşlagan. Attabariy keltirgan ma'lumotga köra, samarqandliklar şahriston (içki şahar)ni arablarga böşatib berişga majbur bölganlar. Arablar şahristonda masjid va minbar qurganlar. Mahalliy aholidan tortib olingan qimmatbaxr buyumlar va oltin, kumuş b-n bezatilgan sanamlar (xilat ulasnom) ni eritib 10 ming misqol qimmatbaho metall olingan. 776—83 y.larda arablarga qarşi Muqanna boşçiligida qözğolon kötarilgan (q. Muqanna qözğoloni). Arablarga qarşi kötarilgan qözğolonlarni bostirişga faol qatnaşgan mahalliy zamindor aholi vakillari 9-a. 20 y.laridan Movarounnaxr va viloyatlarini boşqarişga tortildi, jumladan, S.ni boşqariş Somoniylar qöliga ötdi. Öşa vaqtdan S. — Somoniylar davlatining poytaxti böldi. 887 y.dan birinçi marta somoniylar kumuş tangalari S.da zarb qilina boşladi. Somoniylar poytaxti Buxoroga köçirilgandan (889) söng ham S. Movarounnahrning eng yirik xunarmandçilik va savdo markazlaridan biri bölib qoldi. 11 a.dan S. Qoraxoniylar davlati tarkibiga kirgan. 11-a.da S.ni Saljuqiylar bosib olgan. 12-a.dan Qoraxitoylarga tobe bölgan. 1210 y.dan Muhammad Xorazmşoh davlati tarkibida. 1212 y. samarqandliklar Xorazmşohga qarşi qözğolon kötargan. 1220 y. Çingizxon qöşinlari S.ga bostirib kirib, şaharga öt qöygan va aholining köp qismini kirgan, qolganlari şaharni tark etib omon qolgan. Bir neça yildan söng S qayta tiklana boşlagan. 13-a.ning 2-yarmida S.ga kelgan venetsiyalik sayyoh Marko Polo «Sonmarkon kapa va maşxur şahar» deb yozgan. Möğullar hukmronligi davrida S. Çiğatoy ulusi tarkibida bölgan.
14-a. örtalarida Movarounnahrda mögullarga qarşi xalqharakatlari bölib ötdi. Sarbadorlar qöztloni natijasida şaharda bir neça oy xalq hokimiyati örnatildi. 14-a. oxiri va 15-a.da S.ningiqgisodiy-siyosiy va madaniy hayoti ança yuksaldi. Amir Temur saltanati poytaxti sifatida S. jahonga maşhur böldi. Bu davrda S. köpgina Şarq va Yevropa davlatlari b-n savdo aloqalari örnatgan. S.da köplab haşamatli me'moriy inşootlar qurilgan. Yirik şarqşunos olim V.V.Bartold ta'kidlaganidek, Amir Temurning fikriga köra, S jahonning birinçi şaxri bölişi kerak edi. Amir Temur vafoti (1405)dan söng S. taxtini Uluğbek egalladi. Uluğbek davrida S.da qurilişlar avj oldi. Qöşni davlatlar b-n aloqalar kuçaydi. 15-a. oxirida S.ni Zahiriddin Muhammad Bobur egalladi (1497). 1500 y. Şayboniyxon S.ni deyarli uruşsiz bosib oldi. 16-a. örtalarigaça S. Şayboniylar davlatining poytaxti bölib turdi. Öşa vaqgdan rus bosqiniga qadar (1868) Buxoro xonligi (amirligi) tarkibqda bölib keddi. 1723— 30 y.larda qozokdar bosqini davrida katta talofat kördi. 1740—47 ylarda Nodirşohga tobe böldi. 17-a. ning 1-yarmida olçin uruğidan çiqqan özbek harbiyzamindorlarining yirik vakili Yalangtöş Bahodir S. hokimi bölgan. 1758—1868 ylarda esa S. Buxoro amirligiga itoat qilgan.
1868 y. 1 mayda S. yaqinidagi Çöponota tepaligida rus podşosi qöşinlari b-n samarqandliklar örtasida qattiqjang böldi. S. aholisi şaharni bosqinçilardan mardonavor himoya qildilar. Nihoyat ruslar katta talofatlar berib şaharni 2 mayda egalladilar. Keyinçalik S. va Kattaqörğon bekliklari birlaştirilib, Zarafşon okrugi tuzildi. Söngra unga Panjakent va Zarafşon vodiysi yuqorisidagi toğli r-nlar ham qöşildi. 1886 y. Zarafşon okrugi S. viloyatiga aylantirildi. S. uning ma'muriy va savdo markaziga aylandi. Öşa vaqtdan boşlab, şaharda yangi tipdagi binolar kurila boşladi, yangi sanoat korxonalari qad kötardi. 20-a. boşiga kelib S.dagi korxonalar, t.y. ustaxonalarida işçilar soni köpaydi. 1917 y. 5 dek.da S.da hokimiyat şörolar qöliga ötdi. 1918 y. 11 apr.da S.da şörolarning viloyat syezdi bölib, syezdda Turkiston Muxtor Respublikasi tuzilişi e'lon qilindi. 1925—30 y.larda S. Özbekiston poytaxti bölib turdi. 1991 y. Özbekiston mustamlakaçilik asoratidan qutilib, mustaqillikka erişgaç, S. respublikaning yirik madaniy markaziga aylandi.
S.ni arxeologik jihatdan örganiş işlari 19-a.ning oxirlarida boşlangan edi. 1895 y.da şarqşunos olim V.V.Barşoldşşt taşabbusi b-n tuzilgan «Turkiston arxeologiya havaskorlari tögaragi» a'zolari S.dagi Afrosiyobni köp asrlar xazinasi deb qarab, unda keng kölamdagi arxeologik qazişma işlarini olib bordilar. V.L.Vyatkin, N.I.Veselovskiypar ötkazgan arxeologik qazişmalar natijasida turli xildagi qad. buyumlar topilib muzeyga berildi. 1908 y.da V.L.Vyatkin S. çekkasida joylaşgan Uluğbek rasadxonasining örnini aniqladi va qaziş işlarini ötkazdi. Natijada rasadxona xarobasi hamda uning yer ostidagi butun qolgan qismi qazib oçildi. Öşa davrdan boşlab Örta Osiyo xalqlarining qad. madaniy merosini örganişda dastlabki qadamlar qöyildi. 1912—13, 1929—30 y.larda V.L.Vyatkin, 1912 y. M.Ye.Masson Afrosiyobda qaziş işlarini olib bordilar. A.I. Terenojkin 1945—48 y.larda S 2500 yillik tarixga ega deb belgiladi; şahar tarixi davrlaştirildi.
1950y.lardan boşlab Afrosiyobda muntazam arxeologik qazişmalar ötkaziş, ayniqsa, 1958 y.dan V.A. Şişkin rahbarligida, 1966 y.dan boşlab esa Ya.Ğ.Ğulomov boşçiligida faollaşdi. Afrosiyobni örganiş işlari kölamini kengaytiriş maqsadida, 1966 y.da doimiy harakatdagi Afrosiyob kompleks arxeologiya ekspeditsiyasi taşkil etildi. 1970 y.da S.da Özbekiston FAning mustaqil Arxeologiya in-ti taşkil etilişi S.dagi arxeologik qazişmalarni yanada keng kölamda olib borişga imkoniyat yaratdi. Arxeologik qazişmalar natijasida S.ning yoşi aniklandi va 1970 y.da şaharning 2500 y.lik yubileyi keng nişonlandi. 1971—77 y.larda Ş. Toşxöjayev, 1978—85 y.larda G.V. Şişkina qazişma işlarini olib bordilar. Mustaqillik yillarida arxeologik qaziş va i.t. işlarining samaradorligini oşiriş maqsadida fransiyalik akad., şarqşunos arxeologlar Pol Bernar va Frans Grene, özbek arxeolog olimlari prof. M. Isomiddinov, A.Anorboyev va tadqiqotçi A. Otaxöjayevlar b-n hamkorlikda işladilar. Natijada, Afrosiyobdagi eng quyi madaniy qatlamlarni örganiş jarayonida yer sathidan 10—15 m çuqurlikda mil. av. 9—7-a. örtalariga oid aşyolar topildi. Bular qölda yasab rangli naqş berilgan sopol idişlarning parçalari va şuningdek, guvaladan tiklangan 7 m qalinlikdagi mudofaa devori qoldiklaridir. Afrosiyobning 19 gektarlik ark qismi devor b-n butunlay örab olingan. Afrosiyobning boşqa joylari ham tekşirib körilganda quyi qatlamlaridan şunga öxşaş va mil. av. 9—8-a.larga oid aşyolar topildi.
Afrosiyobdan topilgan uşbu namunalar Fransiyada radiokarbon tadqiqot usulida örganilib, ular mil. av. 8-a.ga, aniqroği 2750 yoşga taalluqliligi isbotlandi.
S. bunyod bölganidan buyon u Örta Osiyoning siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotida katta mavqega ega bölib keldi. Şaharning Buyuk ipak yöli çorrahasida joylaşganligi, bu yerda qadimdan hunarmandçilikning şoyi töqiş, maşhur Samarqand qoğozi i.ç., kulolçilik, temirçilik, novvoylik, qandolatçilik, badiiy kaştaçilik va b. turlari hamda savdosotiq işlarining rivojiga turtki böldi. S.da qadimdan ravnaq topgan hunarmandçilik turlari mahallaguzarlarning nomlarida saqlanib qolgan, mas. «Sözangaron» (igna tayyorlovçilar), «Kamongaron» (öqyoy yasovçilar) va b. nomlar hoz. kungaça yetib kelgan.
1841—42 y.larda Buxoroga Rossiya elçisi qilib yuborilgan şarqşunos N.V.Xanikovning yozişiça, öşa vaqtda S. baland devor b-n öralgan bölib, uning 6 ta darvozasi: Buxoro, Paykobod, Şohizinda, Qalandarxona, Sözangaron, Xoja Ahror bölgan. Keçalari şaharga kiribçiqiş taqiqlangan. Şahar devorining aylanasi 13,9 km, uning umumiy maydoni esa 10,4 km2ni taşkil qilgan. Şaharda juda köp boğ, ariqzovur va hovuzlar, ikkita ğiştin karvonsaroy va uçta hammom (2 tasi Xoja Axror xammomlari, bittasi Miri hammomi) faoliyat körsatgan. Köçalar şaharning 6 ta darvozasini Registon maydoni b-n boğlagan. Bibixonim masjidi b-n Çorsu örtasidagi köça ança serqatnov bölgan. Qörğon şaharning ğarbiy qismida bölib, uning uz. 3,2 km li taşqi devori va ikkita darvozasi bölgan. Qörğonda hokim saroyi, sipohilar yaşaydigan uylar joylaşgan. Şahar aholisining soni 25—30 mingga yetgan.
S.ning yevropaça tipdagi qismini quriş işlari 1871 y.da boşlandi. Öşa vaktda okrug gubernatori general Abramovning buyruğiga muvofiq, mahalliy aholining yer uçastkalari musodara kilinib va sotib olinib, ofitserlar xamda amaldorlarga, kiçik harbiy lavozimdagi oilali kişilarga, va, mustasno tariqasida, rus savdogarlari hamda meşçanlarga bölib berilgan. Kiçik lavozimdagi harbiylarga «Soldatskaya slobodka» deb ataluvçi şim.ğarbiy buluk ajratilgan. Öşa davrda Eski va Yangi şahar örtasida xiyobon va boğ barpo etildi, xarbiy gubernator uyi, kazarmalar, ofitserlar majlis ötkazadigan bino quriddi. Podşo Rossiyasi mustamlakaçiligi davrida Sda bir neçta kayta işlovçi mayda korxonalar vujudga keldi. Şaharda 34 paxta tozalaş, 20 vino, bir neça spirt, pivo z-dlari, tegirmonlar işlagan. Metallni kayta işlaş z-dida bir qança presslaş, 2 ta yönuvçi, 2 ta vint kesiş stanogi bölib, çöyan buyumlar, zanjir, öroq, panşaxa, ketmon, bolta kabi buyumlar işlab çikarilgan. S. — aholisining soni va sanoatining kölami böyiça Özbekistonda yetakçi örinlardan birida. 1930y. larda pillakaşlik va şoyi töqiş f-kalari, meva konserva z-di, çoy qadoqlaş f-kasi qurildi. 1940—70 y.larda S.da «Krasniy dvigatel», «Kinap», tamakifermentatsiya z-dlari, yigiruv f-kasi, superfosfat z-di, poyabzal va tikuvçilik f-kalari, uysozlik k-ti, çinni z-di va b. korxonalar qurib işga tuşirildi.
Şöro davrida şaharning yevropaliklar yaşaydigan qismi obod qilindi, aholisi ham köçib keluvçilar hisobiga ortib bordi. Eski şahar qismi esa öz holiça taşlab qöyildi, köp me'moriy yodgorliklar qarovsiz qolib, xaroba holiga kelib qoldi.
Mustaqillik yillarida S.da sanoat korxonalari qayta jihozlandi. Ularda bozor talabiga mos mahsulotlar i.ç. amalga oşirildi. Sanoatning asosiy qismi xususiylaştirildi. Aksariyat yirik, örta korxonalar negizida aksiyadorlik jamiyatlari tuzildi. Köplab qöşma korxonalar taşkil qilindi. Samarqand viloyatidagi mulkçilikning barça turiga oid 135 yirik sanoat korxonalarining asosiy qismi S.da joylaşgan. Bular «SamKoçAvto» (avtobus va yuk maşinalari işlab çiqariladi), «Alpomiş» (traktorlar, gilzaporşenlar), «Tajribamexanika» (parmalaş uskunalari), «Kinap» (kinoapparatura), avtomobillar uçun elektrotexnika asbobuskunalari z-dlari, uyrözğor sovitkiçlari korxonasi, superfosfat, ammofos öğitlari, sulfat kislotasi işlab çiqaradigan superfosfat z-di, liftsozlik, marmar taxtalar, ğişt, asfaltbeton z-dlaridir.
Şahardagi yengil sanoat korxonalaridan pillakaşlik, şoyi töqiş, trikotaj, tikuvçilik, mebel, poyabzal f-kalari, çinni z-di faoliyat körsatadi. Oziqovqat sanoatida: un-tegirmon, makaron, çoy qadoqdaş, sutmoy, mevakonserva, vino, pivo, spirtaraq va alkogolem içimliklar, qandolat şirinliklari işlab çiqaradigan korxonalar mavjud.
Samarqand viloyatida mustaqillik yillarida qurilgan qöşma korxonalarning asosiy qismi S.da joylaşgan. Bular: Özbekiston—Turkiya «SamKoçAvto», Özbekistan—Amerika—Angliya «UzBAT», Özbekiston—Çexiya «Praga» (mineral suv qadoklaş), Özbekiston— Latviya «Bravosut» qöşma korxonalari va b. Şahar korxonalarida işlab çiqarilayotgan mahsulotlarning aksari qismi çet ellarga eksport qilinmoqda. Şaharda minglab kiçik va örta biznes subyektlari, xususiy tadbirkorlik faoliyati b-n şuğullanuvçilar bor. S.da 25 dan ortiq yönalişda avtobuslar qatnaydi. Trolleybus qatnovi yölga qöyilgan. Şahar Toşkent xalqaro aeroporti avialiniyalari orqali Respublika viloyatlari va xorijiy davlatlar b-n boğlangan. 2003 y. 30 dekabrdan yölovçilar taşuvçi Toşkent — Samarqand elektr poyezdi işga tuşirildi.
S. qadimiy tarixi va me'moriy yodgorliklari tufayli butun dunyo tan olgan haqiqiy muzey şaxriga aylandi. Şu bois respublika hukumati qarori b-n 1982 y.da S.ning Afrosiyob şahristoni, örta asrlarda bunyod etilgan me'moriy yodgorliklar va 19—20-a.larda qurilgan «Yangi şahar»dagi binolar, tarix va ölkaşunoslik muzeylari asosida «Samarqand davlat birlaşgan tarixiy-me'moriy muzeyqöriqxonasi» tuzildi. Öşa yilda şaharning tarixiy kismini muhofazalaş çegaralari belgilandi.
S.ning me'moriy-tarixiy yodgorliklari 2001 y.da YUNESKOning Finlyandiyada ötkazilgan 25sessiyasida Jahon merosi röyxatiga kiritildi.
S.da 73 ta yirik tarixiy me'moriy yodgorlik: Registon ansambli, Şohi Zinda ansambli, Amir Temur maqbarasi, Uluğbek rasadxonasi, Bibixonim jome masjidi, Ruhobod maqbarasi, Abdidarun majmuasi, Xoja Ahror masjidi, Hazrati Xizr masjidi va b. saqlangan. Özbekiston Respublikasi prezidenti I.A.Karimov taşabbusi b-n S.da Abu Mansur alMoturidiy asSamarqandiy dafn etilgan Çokardiza qabristoni hududida Moturidiy yodgorlik majmui mozoriga maqbara qurildi, kabriston obod etildi, Burhoniddin Marğinoniy vafotining 800 yilligi (1997), tavalludining 910 yilligi (hijriy sana böyiça) (2000) keng nişonlandi (Samarqand ş.dagi Çokardiza kabristoniga dafn etilgan). S.ning markaziy maydoniga Amir Temur haykali örnatildi. Şahardagi tarixiy obidalar Xitoy, Hindiston, Yunoniston (Afina), Italiya (Rim) yodgorliklari kabi özining gözalligi b-n e'tiborni öziga tortadi. S.ga har yili dunyoning turli mamlakatlaridan minglab sayyoxlar kelib ketadilar. Mehmon va sayyoxlarga xizmat körsatuvçi: «Afrosiyob», «Samarqand», «Zarafşon», «Bogişamol», «Markaziy», «Prezident otel» kabi mehmonxonalar qurilgan. Sayyoxlarga «Özbekturizm» milliy kompaniyasining Samarqand bölimi xodimlari xizmat körsatadilar.
S.dagi oliy öquv yurtlari (unt, tibbiyot, q.x., iktisodiyot va servis, me'morlikquriliş va çet tillar intlari)da 19,1 ming talaba öqiydi. 2002/ 2003 ökuv yilida şahardagi 36 ta örta maxsus bilim yurti, kollej, akademik litsey va internat maktablarida 25,7 ming, 67 umumiy ta'lim maktabida 76,7 mingga yaqin öquvçi ta'lim oldi.
Şahar respublikaning yirik fan markazlaridan biri. S.da pedagogika akademiyasi asosida taşkil topgan Sam-DU katta mavqega ega. Qorakölçilik, Isayev nomidagi parazitologiya va gelmintologiya (1925), Şreder nomidagi boğdorçilik, tokçilik va vinoçilik, arxeologiya ilmiy tadqiqot intlari, Özbekiston FAning Samarqand bölimi turli yönalişdagi i.t. işlarini olib bormoqdalar.
S.da 4 ommaviy kutubxona, Samarqand badiiy muzeyqöriqxonasi, 3 teatr (Hamid Olimjon nomidagi Samarqand viloyati özbek davlat musikali drama teatri, A.P.Çexov nomidagi rus drama teatri, qöğirçoq teatri), şahar telestudiyasi faoliyat körsatadi. «Samarqand» gaz. çiqadi. Şaharda 1566 örinli 11 kasalxona, 348 statsionarda 1561 malakali vraçlar xizmat körsatadilar. Çöponota tepaligi yonida dam oliş uyi, Markaziy, Söğdiyona madaniyat va istirohat boğlari, bolalar «Afsona» akvaparki, köplab stadion, tennis kortlari, «Delfin» suziş majmui bor.
S. zaminida maşhur donişmandlar, allomalar voyaga yetgan, jumladan, Uluğbek S.da munajjimlar maktabiga asos soldi, Madrasa va rasadxonalar qurdi. Uning atrofida butun bir ilmiy maskan — Uluğbek akademiyasi tarkib topdi. Bu akademiyada Ğiyosiddin Jamşid Koşiy, Qozizoda Rumiy, Ali Quşçi kabi maşhur olimlar yetişib çiqdi. Uluğbek akademiyasida amalga oşirilgan işlar jahon fan olamida tan olindi.
16—17-a.larda S.da Miram Çalabiy, Mullo Abdulali Nazmuddin ibn Muhammad ibn Husayn Biriçandiy, Amir Akbar Samarqandiy, Döstiy Samarqandiy, Koşifiy Samarqandiy, Mir Jaloliddin Xorazmiy, Mavlono Abdulxayr Samarqandiy va ş.k. köplab fan va madaniyatning maşhur namoyandalari ijod etganlar.
S. şahrida hoz. kunda xalqaro miqyosdagi turli anjumanlar ötkazilmoqda. Ayniqsa, «Şarq taronalari» xalqaro musiqa festivalining S.da ötkazilişi muhim ahamiyatga egadir.
Vatanimiz tarixida tutgan beqiyos örni, samarqandliklarning asrlar davomida milliy fan va madaniyatimizni rivojlantirişga qöşgan buyuk hissasining e'tirofi sifatida S. «Amir Temur» ordeni b-n mukofotlandi (1996 y. 28 avg.). Ordenni 1996 y. 18 okt. da ÖzR Prezidenta I.A. Karimov topşirdi.
Manbalar va ad.: Samarqand tarixi, T., 1—2 j., 1971; Samarqand (prof. Z.M.Akramov tahriri ostida), T., 1961; Samarqand şahri töğrisida statistik ma'lumotlar, S, 2002;Umnyakov I.I., Aleskerov Yu.N., Samarqand (spravoçnikyölkörsatkiç), T., 1968; Pugaçenkova G.A., Oçiq osmon ostidagi muzey, T., 1981; Zohidov P.,
Samarqand me'morlik maktabi (19— 20asr boşlari), T., 1965; Bartold V.V., Istoriya Samarqanda pri Timuridax. Soç., tom 6, M, 1966; Pugaçenkova G.A., Rempel L.I., Vidayuşiyesya pamyatniki arxitekturi Özbekistana, T., 1959; Yakubovskiy A.Yu., Iz istorii arxeologiçeskogo izuçeniya Samarqanda, Samarqand, 1927; Şişkin V.A. Kalai Afrasiyab, sb. «Afrasiyab», vip. №1, T., 1969; Şişkin V.A., Afrasiyab — sokrovişnitsa drevney kulturi, T., 1966.
Ahmadali Asqarov, Toşpölat Jumaboyev, Orzimurod Rahmatullayev.