U. öz hukmronligi davomida 2 marta yirik harbiy yuriş qilgan. Birinçisida 1425 y. Möğuliston xoni Şermuhammad öğlon (1421—25) özini mustaqil xon deb e'lon qilganda, U. unga qarşi yuriş qilib zafar qozongan. U.ning 2yurişi Siğnoq ş. tomon bölgan. Sirdaryoning quyi havzasi U. tasarrufida edi. U. 1427 y. Siğnoq yaqinida uning mulkiga tahdid qilgan Baroq öğlon (q. Baroq) b-n töqnaşgan va mağlubiyatga uçragan. Duşman U.ni ta'qib qilib, Samarqand ostonalarigaça kelgan.
Movarounnahr xavf ostida qolganligi tufayli Şohrux Xurosondan katta laşkar tortib kelib xavfni bartaraf etadi.
Şohrux vafoti (1447, 12 mart)dan keyin U.ning katta öğli Abdullatif voris sifatida Temuriylar hukmdori bölib qoladi. Lekin Şohruxning qattiqqöl xotini Gavharşod begim bu haqda öz fikriga ega edi. U Şohrux davrida Temuriylarning poytaxti bölib qolgan Hirot taxtiga marhumning 3öğli bölmiş Boysunğur mirzoning öğli va suyukli nabirasi Alouddavla mirzoni ötqaziş tarafdori edi. Gavharşod begim Hirot taxtiga Alouddavlani ötqazganini U.ka nisbatan isyon deb qaralmoği kerak edi. Şuning uçun U. 1448 y. bahorida Abdullatif b-n birgalikda 90 ming askar b-n Xurosonga kelib, Hirot yaqinida bölgan jangda Alouddavlani tormor qiladi. Ğalaba Abdullatifning şaxsiy şijoati va laşkarboşilik iste'dodi tufayli erişilgan bölsa ham, U. Fathnomani kiçik öğli Abdulaziz nomidan e'lon qiladi. Undan taşqari, bobosi Şohrux tomonidan Abdullatifga vasiyat qilingan Hirotdagi Ixtiyoriddin qal'asi va uning içidagi boyliklarini ham U. Abdulazizga beradi. Şundan söng U. bilan Abdullatif örtasidagi munosabat oçiq duşmanlik tusini oladi.
U. Samarqandda Abdulazizni qoldirib, laşkar b-n katta öğliga qarşi jangga yuradi. Abdullatif ham öz laşkari b-n Amudaryo yoqasiga kelib turadi. Ikkala laşkar ham daryoning 2 soxilida uzoq muddat turib, suvni keçib ötişga botinmaydi. Bu orada U., Abdulaziz laşkardagi amirlarning oilalarini ta'qib etayotir, — degan xabarni eşitib, Samarqandga qaytib kelişga majbur böladi va şahar aholisining Abdulazizga qarşi isyon kötarganining guvohi böladi. Tezda şaharni tartibga keltirib, yana Abdullatifga qarşi jangga yöllanadi, lekin Samarqand yaqinida undan mağlubiyatga uçraydi.
Oradan köp ötmay, U. Abdullatif buyrugi b-n qatl etiladi. Uning jasadi Göri Amir maqbarasiga dafn etilgan (q. Amir Temur maqbarasi).
U. otasi Şoxrux davrida siyosiy hukmdor sifatida içki va taşqi siyosat bobida birmunça mustaqil bölgan. Boşqa davlatlar b-n bevosita savdo va elçilik munosabatlari olib borgan. U. davrida Samarkand ş. yanada ravnaq topgan. Şaharda hunarmandçilik, me'morlik, adabiyot, umuman ilmfan yuksaldi, savdo taraqqiy etdi. Buxoroda (1417), Samarqandda (1420), Ğijduvonda (1432—33) madrasalar va Marvda xayriya muassasalari qurildi. Madrasalarda diniy fanlar b-n birga dunyoviy fanlar ham öqitildi, köproq aniq fanlarga ahamiyat berildi. Bibixonim masjidi, Amir Temur maqbarasi, Şohizinda va Registon majmualari qurilişlari poyoniga yetkazildi. Bundan taşqari, mamlakatda köplab jamoat inşootlari (karvonsaroy), tim, çorsu, hammomlar va b. ham bunyod etilgan (U. davridagi Movarounnahrdagi içki va taşki siyosat, elçilik aloqalari, pul islohotlari, iqtisodiy, madaniy holat haqida q. Temuriylar).
Ilmiy va madaniy merosi. U. Örta Osiyo xalqiari ilmfani va madaniyatini örta asr şaroitida dunyo fanining eng yuqori poğonasiga olib çiqsi. Uning qilgan eng buyuk işi — Samarkand ilmiy maktabini öşa davr akademiyasini barpo etganligi böldi. Bu ilmiy maktabda 200 dan ortiq olimlar faoliyat olib borgan. Ular orasida eng yiriklari Qozizoda Rumiy, Ğiyosiddin Jamşid Koşiy edi. U.ning ilmiy maktabi öz faoliyatida örtaosiyolik maşqur olimlar Muhammad Xorazmiy, Ahmad alFarğoniy, Abul Abbos alJavhariy, Ibn Turk alXuttaliy, Xolid alMarvarrudiy, Ahmad alMarvaziy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniylir boşlab bergan ilmiy an'anaga asoslanar edi. U. Samarqand yaqinida rasadxona barpo qildi (q. Uluğbek rasadxonasi).
U. akademiyasidagi yirik olim — Ali Quşçşş U. «Ziji»ning sözboşisida «farzandi arjumand», ya'ni «aziz farzandim» deydi. Aslida u U.ning sadoqatli şogirdi bölib, «Zij» ustida işlar poyoniga yetkazilguniga qadar ustoziga yordam bergan.
U. Samarqandda 2 ta Madrasa: biri — Registon ansambli tarkibida va 2si Göri Amir ansambli tarkibida barpo qilgan. Boşqa yirik olimlar qatorida U.ning özi ham bu madrasalarning har birida haftada bir marotaba ma'ruza öqigan. Boşqa vaqtini köproq astronomik kuzatişlarga, «Zij» ustida işlaşga va davlat işlariga bağişlagan. (q. Ziji Köragoniy).
U.ning yana bir matematik asari «Risolai Uluğbek» deb ataladi va uning 1nusxasi Hindistonda Aligarx un-ti kutubxonasida saqlanadi, hali örganilmagan. Balki u ham hisoblaş matematikasiga aloqadordir.
U. merosini örganiş. Fan va madaniyat tarixida sönmas iz qoldirgan U.ning ilmiy merosi uning «Zij»idir. Bu asar sayyoralar, Quyoş va Oy harakatini talqin qiliş, yulduzlar katalogi va unda qöllanilgak matematik usullari böyiça örta asrlardagi astronomik asarlarning eng mukammali bölganligi uçun avvalambor u musulmon mamlakatlaridagi olimlarning diqqatini jalb qilgan. «Zij»ga ilk şarhni U.ning şogirdi Ali Quşçi «Şarhi Ziji Uluğbek» nomi b-n yozgan.
Uşa 15-a.ning özida qohiralik munajjim Şamsiddin Muhammad asSufiy alMisriy «Tashil Ziji Uluğbek» («Uluğbek «Zij»ini osonlaştiriş») nomli asar yozib, unda U. jadvallarini Qohiraning geografik kengligiga moslaştirdi. AlMisriy özining «Taqvim alkavokib assab'a» («Yetti sayyoraning taqvimlari») va «Jodavil almahlul assani ala usul Uluğbek» («Uluğbek usuliga köra ikkinçi yeçimlar jadvali») nomli yana 2 asarida U. «Zij»iga murojaat qiladi.
Suriyalik olim Zayniddin alJavhariy asSolihiy (15-a.) «AdDurr annozil fi tashil attaqvim» («Taqvimni soddalaştirişda nozil bölgan durlar») nomli asarida U. «Zij» ini qayta işlagan.
U. «Zij»iga yozilgan eng mukammal şarh Samarqand ilmiy maktabining eng sönggi namoyandasi Nizomiddin Abdul Ali ibn Muhammad ibn Husayn Birjandiyning (1525 y.v.e.) 1523 y. yozib tugatilgan «Şarhi Ziji Uluğbek» asaridir. Birjandiy öz «Şarh»ida mufassal va aniq raqamlar b-n bayon qilib, «Zij»ning sirlarini oçadi. U.ning köplab jumlalarini u çizmalar b-n tuşuntirib isbotlagan.
Samarqandlik 2 buyuk olim — Qozizoda Rumiy va Ali Quşçining nabirasi Miram Çalabiy (1525 y.v.e.) «Zij»ga şarh yozib, uni «Dastur alamal va tashih aljadval» («Amallar dasturi va jadvallarning tuzatilişi») deb atagan.
Eronlik olim Ğiyosiddin Mansur alhusayniy aşŞiroziy (1542 y.v.e.) «Zij»ga «Risola dar ta'niq Ziji Uluğbek» («Uluğbek «Zij»ini aniklaştiriş haqida risola») nomli şarh yozgan.
16-a.ning 2yarmi va 17—18-a.lardagi qator musulmon olimlari «Zij»ga şarxlar yozdilar va uni qayta işlab öz zamonlari va makonlariga moslaştirganlar. Ular orasida suriyalik Taqiyiddin aşŞomiy (1526—85), Mazhariddin alQori (16-a.), misrlik Abdulqodir alManufiy aşŞofi'iy (16-a.), eronlik Şoh Fathulloh Şiroziy (1589 y.v.e.), Muhammad Boqir alYazdiy (1637 y.v.e.), hind Farididdin Dehlaviy (1629 y.v.e.), turk Muhammad Çalabiy (1640 y.v.e.), misrlik Rizvon arRazzoq alMisriy (1710 y.v.e.), Doğistonlik Damodon alMuhiy (1718 y.v.e.) kabi olimlarning şarhlari şular jumlasidandir.
Bular orasida hind daapat arbobi va olimi Savay Jay Singhning faoliyati alohida örin tutadi. U Hindistonning Boburiy sultoni Muxammadşohning (1719—48) farmoni b-n U. rasadxonasidagi jihozlarning ta'riflariga köra, Dexli, Banoras, Jaypur, Ujjayn va Muttrada rasadxonalarini barpo qiladi. Söng u homiylik qilgan sultonga atab «Ziji Muxammadşohiy» asarini yozgan va unda U.ning ba'zi jadvallarini tayyorligiça qabul qilgan. T.N. QoriNiyoziy va duşanbelik G. Sobirovlar Savay Jay Singhning asari b-n U. «Zij» orasidagi boğliqlikni öz işlarida körsatganlar.
U.ning nomi Yevropada va umuman Ğarb mamlakatlarida buyuk bobosi Amir Temurning şuhrati tufayli ança ilgari ma'lum bölgan. Yevropa Amir Temur va uning oila a'zolari haqida 1bölib Samarqaidga 1403—05 y.lar sayohat qilgan Ispaniya elçisi Rui Gonsales de Klavixodan eşitgan. Klavixoning «Kundaliklar»i 1582 y. Sevilyada va 1607 y. Parijda naşr etilganidan söng yevropaliklar darhol Amir Temur va uning oila a'zolari b-n qiziqqanlar. U. nomi 17-a. boşidanoq (1601 y.dan) Amir Temurga bağişlangan dramatik asarlarda eslatiladi.
Bevosita U.ka bağişlangan Yevropadagi 1naşr ingliz astronomi Jon Grivs (1602—52) qalamiga oid. Uning 1648 y. naşr etilgan asarida U. yulduzlar jadvalining bir qismi (98 ta yulduz) ilova qilingan. 1665 y. yana bir ingliz olimi Tomas Xayd (1636—1703) Grivs b-n boğlanmagan holda «Zij»dagi yulduzlar jadvalini forsiy va lotinça tarjimada naşr etgan.
1690 y. Gdanskda polyak astronomi Yan Geveliy çop ettirgan «Yulduzlar osmonining atlasi»dagi ikkita gravyurada öşa davrning maşhur astronomlari orasidan U.ka faxrli örin bergan, unda U.ning yulduzlar jadvalini Ptolemey, Tixo Brage, Riççioli, Vilgelm IV va özining jadvallari b-n soliştirgan. 1711 y. Oksfordda U.ning geografik jadvali 3marta naşr etilgan. 1807 y. öşa yerda bu jadval yangi grek tilida ham naşr etilgan. 1725 i. ingliz astronomi D. Flemetid (1646—1719) U.ning yulduzlar jadvalini Ptolemey, Tixo Brage, Vilgelm IV, Yan Geveliy va özining jadvallari b-n birga naşr etgan. 1767 y. ingliz G. Şarp U. yulduzlar jadvalining T. Xayd naşrini kayta naşr qilgan. 1843 y. ingliz F. Beyli (1774— 1844) şu naşrni yanada takomillaştirib, 3naşrni amalga oşirgan. Fransuz şarqşunosi L .A. Sediyo (1808—76) 1839 y. U. «Zij»idagi astronomik jadvallarning bir qismini naşr etgan. 1917 i. amerikalik olim E. B. Nobl U. «Zij» idagi yulduzlar jadvalini 27 qölyozma asosida tanqidiy matnini , 1927 y. K. Şoy «Zij»ning trigonometrik jadvalini naşr etgan. U. «Zij»i Rossiyada va sobiq Sovet Ittifoqida ham alohida tarixga ega böldi. 18-a. ning 1yarmida Peterburg akademiyasida U. «Zij»i maxsus muhokamada bölgan va olimlar J.N. Delil (16881768), G. Ya. Ker uni tarjimasiga kirişganlar, lekin iş oxiriga yetkazilmagan.
1908—09 y.lar V.L. Vyatkin U. rasadxonasining xarobalarini va uning asosiy asbobi — kvadrantini kavlab topgandan söng, Samarkand olimlarining faoliyatiga yangidan qiziqiş boşlanadi. Natijada 1918 y. V. V. Bartoldiint «Uluğbek va uning davri» asari naşr etilgan.
Sovet davrida U.ning xayoti va ijodi b-n mamlakat jamoatçiligini taniştiriş böyiça T.N. QoriNiyoziy köp sa'yharakat qilgan. U. ijodini tarğib qilişda Ğ. Jalolov va V. P. Şçeglovlarning naşrlari ham diqqatga sazovordir. 20-a.ning 80-y.lari boşiga kelib U. «Zij»ining töliq va mukammal holda, ilmiy izoxlar b-n ta'minlangan tarjimasini A. Axmedov 1994 y. amalga oşirib, naşr ettirdi.
Yaqin yillargaça U. faqat astronom va matematik deb hisoblanardi. Lekin 20- a. oxirida uning ijodi serqirra bölib, u tarix, şe'riyat va musiqa bobida ham qalam tebratgani aniqlandi.
Tarixçi Mirzo Muhammad Haydar «Tarixi Raşidiy» asarida «Mirzo Uluğbek tarixnavis donişmand (va) «Tört ölus» (tarixi)ni (ham) yozib qoldirgan edi», deb yozgan. U.ning turkiyda yozgan «Tarixi arba' ulus» («Tört ulus tarixi») asari Çingizxon bosib olgan mamlakatlarning 13— 14-a. lar 1yarmidagi siyosiy hayotini örganişda muhim manbadir.
Maşhad binolarining birida U. qalamiga mansub uşbu bayt topilgan:
Harçand mulki husn ba zari nigin tust
Şöxi makun ki çaşmi bidon dar kamintust.
Ma'nosi:
Harçand husn mulki sening hukmingda bölsa ham,
Şöxlik qilmagilki sen uning nazari ostidasen.
Navoiyning «Majolis unnafois» va Abu Tohirxojaning «Samariya» asarlarida ham uning şe'rlaridan namunalar keltirilgan. Uning davrida köpgina asarlar arab va fors tilidan eski özbek tiliga tarjima qilingan. U. taşkil etgan boy kutubxonada turli fanlarga oid 15 mingdan ortiq jildli kitob bölgan.
Alişer Navoiy «Xamsa» asarida U. ni uluglab, şunday yozgan edi:
Temurxon naslidan Mirzo Uluğbek,
Ki olam körmadi sulton aningdek,
Ki davr ahli biridin aylamas yod,
Aning obnoyi jinsi böldi barbod.
Valek ul ilmi sari topdi çun dast,
Közi oldinda böldi osmon past.
Rasadkim boğlamiş — zebi jahondur,
Jahon içra yana bir osmondur,
Bilib bu nav ilmi osmoniy,
Ki ondin yozdi «Ziji Köragoniy».
Uzoq va yaqin ötmiş mualliflari (Darvişali Çangiy, Fitrat va b.)ning ta'kidlaşiça, U. yoşligidan özga fanlar qatori musiqa ilmidan saboq olib, bir qator kuy va usullar yaratgan, bu sohaga oid risola ham yozgan.
U. tavalludining 600 yilligi 1994 y. apr.da Parijda, okt.da Toşkent va Samarqandda tantanali ravişda nişonlandi va xalqaro konferensiyalar ötkazildi. Şu yili Toşkentda U.ka haykal örnatildi.
U. siymosi Pulkovo rasadxonasi, Moskva un-ti konferenszallarida dunyodagi maşhur olimlarning portretlari qatoridan joy olgan. Samarqandda U.ning memorial muzeyi taşkil etilgan. Toşkentda Özbekiston milliy un-ti, tuman, planetariy, köça, mahalla, metro stansiyasi, istirohat boği, şaharça U. nomi b-n ataladi. Farğona pedagogika un-tiga, Samarqand arxitekturaquriliş in-tiga, Kitob xalqaro kenglik stansiyasiga, qişloq, maktab va b.ga U. nomi berilgan.
U.ning hayoti va faoliyati haqida pyesa (M. Şayxzoda, «Mirzo Ulugbek» tragediyasi), roman (O. Yoqubov, «Ulugbek xazinasi»; S. Borodin, «Samarkand osmonida yulduzlar»), opera (A. Kozlovskiy, «Uluğbek»), poema (M. Boboyev, «Ulugbek»), balet (M. Bafoyev, «Ulugbek burji»), film (Rej. Latif Fayziyev, «Uluğbek yulduzi», 1965) va b. yaratilgan.
As: Turt ulus tarixi [fors tilidan B. Ahmedov, N.Norqulov va M. Hasaniylar tarjimasi], T., 1994.
Ad.: Abdurazzoq Samarqandiy, Matla' ussa'aayn va majma' ulbahrayn [fors tilidan A. Urinboyev tarjimasi], T., 1969; Akramov S. A., Uluğbek — buyuk özbek olimi, T., 1961; Bartold V.V., Ulugbek i yego vremya (Soçineniya, t. II, ç. I), M., 1964; KariNiyazov T. N ., Astronomiçeskaya şkola Ulugbeka, 1967; QoriNiyoziy T. N., Ulugbek va uning ilmiy merosi, T., 1971;Şçeglov V. P., Ulugbek rasadxonasi, T., 1980; Ahmedov B. A., Ulugbek, T., 1989; Ahmedov A.. Uluğbek, T., 1991; Temurva Uluğbekdavri tarixi, T., 1996; Abdurahmonov A., Ulugbek akademiyasi, T., 1994.