Tabiati. M. — asosan, toğli mamlakat. Eng baland joyi 5881m (Kxakaborazi toği). Şarqida Şan toğligi va uning dengiz böyigaça çözilgan tizmalari, ğarbida Rakxayn (Arakan-Yoma), Patkay va b. tizmalar bor. Toğlarning zamini kembriygaça paydo bölgan kristalli va çökindi jinslardan tarkib topgan. Iravadi tekisligi quruqlik, daryo, köl va dengiz yotqizik^lari qoplagan depressiyadan iborat. Muhim qazilma boyliklari: neft, qalay, volfram, kumuş, mis, qimmatbaho toşlar, qörğoşin va pyx, tabiiy gaz va b.
Iklimi issiq, özgaruvçan nam iqlim. Eng issiq oy — apr.ning örtaça t-rasi 30—32°, yanv. niki 13—15° dan (şim. da) 20—25° gaça (jan.da); toğlarning şamolga röpara yon bağirlariga 6000— 6500 mm gaça yoğin tuşadi. Seryoğin oylari iyun—okt. Mart va apr. eng qurğoqçil va issiqoylardir. Daryolari musson yomğirlari mavsumida tölib oqadi. Har yili toşqinlar bölib turadi. Eng katta daryolari — Iravadi, Saluin. Köl kam, eng yirik köli — Inle. Toğli joylarda tarkibida oziq moddalari kam örmon tuproklari, sariq-qönğir va kizil tuproklar tarqalgan. Qurğoqçil markaziy viloyatlarda yuvilgan qizğiş-qönğir tuproklar, savanna tuproklari, şuningdek, jigarrang tuproklar köproq uçraydi.
Hududining 60% örmon. Toğlarning seryoğin quyi mintaqalarida doim yaşil tropik örmonlar (palma, bambuk, kaştan, sarv, qarağay va b.), yuqorirokda dub, 1200 m dan boşlab igna bargli örmonlar, butazorlar, ötloklar, tekisliklarda barg taşlaydigan tropik örmonlar, ayrim joylarda tik daraxti örmonlari, savannalar, daryo deltalari hamda sohillarida mangra çakalakzorlari bor. Hayvonlardan maymun, buğu, tapir, jayra, pantera, mangusta, yölbars, börsiq, fil va ayiklar yaşaydi. Har xil parranda, sudralib yuruvçilar va baliq köp.
Aholisi. M. — köp millatli davlat. U yerda 76 ga yaqin millat va elat bor. Myanma (birmaliklar), karen, şan, çin, kaçin, mon va b. xalqlar yaşaydi. Hindlar, xitoylar, yevropaliklar (asosan, inglizlar) ham bor. Aholi notekis joylaşgan. Rasmiy tili — myanma tili. Dindorlari, asosan, buddaviylar (70%), musulmon, hindu va xristian jamoalari ham bor. Yirik şaharlari: Yangon, Mandalay, Molamyan.
Tarixi. M.dagi eng qad. arxeologiya yodgorliklari quyi paleolit davriga oiddir. Neolit davrida hoz. mon xalq-ining ajdodlari — monkxmerlar qabilasi yaşagan. Mil. av. 2-ming yillikda şim.dan tibetbirma qabilalari kelib örnaşgan. Mil. boşlaridan bu yerda şahardavlatlar paydo böla boşladi (Arakan, Şrikşetra, Ramanadas va b.). 7—9-a.larda Iravadi vodiysiga
Xitoyning şim.-ğarbi va jan. -ğarbidan hoz. myanmaliklarning ajdodlari köçib kelgan. Myanmalar 9— 12-a. lardan bir butun xalq sifatida taşkil topa boşladilar. 11 —13-a.larda M. hududida Pagan davlati mavjud bölib, budda dini qaror topdi. Arxeologiya qazilmalari va tarixiy manbalarning guvoxlik berişiça, Pagan davlatida dehqonçilik, hunarmandçilik, diniy adabiyot, musiqa, şe'riyat, naqqoşlik san'ati, me'morlik rivoj topgan. 13-a. oxiriga kelib, Pagan davlati tanaz-zulga uçray boşladi. Içki ziddiyatlar, özaro nizo va janglar, möğullar bosqini Pagan inqirozini tezlaştirdi. M. yana mayda davlatlarga bölinib ketdi. 14—17-a. larda tarqoq davlatlar örtasida kuraş kuçayib, natijada Ava davlati boşqa davlatlar ustidan ğolib çiqdi. 16-a.dan M.da yevropalik (por-tugal, golland, ingliz) savdogarlar va istiloçilar paydo böldi.
18-a. 2-yarmida yuqori M.da Konbaunlar davlati paydo böldi. U qöşni mayda davlatlarni öziga böysundirdi. Konbaunlar davlatida tarqoqlik tugatildi. Barça yerning davlat mulkiga aylanişi markazlaşgan hokimiyatning asosiy moddiy negizi bölib qoldi. Konbaunlar davlati Hindixitoydagi eng kuçli davlatga aylandi. 1785 y.da Arakan, 19-a. 1-yarmida Manipur va Assam M.ga qöşib olindi. Bu davrda madaniyat, san'at va adabiyot rivojlandi. Haşamatli qasr va saroylar, ma-hobatli budda ibodatxonalari qurildi, birinçi teatr, bosmaxona taşkil etildi. 19-a. dan ingliz mustamlakaçilari M.ni bosib olişga kirişdilar. 1824 y. 5 martda Angliyaning Ost-Indiya kompaniyasi M.ga qarşi uruş boşladi. Arakan, Tensarim viloyatlarini bosib oldi. Pekin inglizlar kattik, qarşilikka duç kelib, uruşni davom ettirolmadilar. 1852 y. mamlakatda mon, şan va karen xalqlari ğalayon kötardi. Şu vaqtda Ost-Indiya kompaniyasi M.ning Pegu viloyatini egalladi. 1885 y. inglizlar mustaqil Ava davlatini yengib, butun M.ni öz mustamlakasiga aylantirdi va uni Britaniya Hindistoni tarkibiga qöşib oldi. Mustamlakaçilar barça hosildor yerlarni tortib olib, milliy boyliklarni taladi. Bunga javoban milliy ozodlik harakati avj oldi. 1920 y. talabalarning Yangondagi birinçi ğalayoni myanmalarning milliy ozodlik qarakati rivojlanişiga turtki böldi. 1930—32 y.larda mustamlakaçilar va mahalliy hukmdorlarga qarşi katta ğalayonlar bölib ötdi. Milliy ozodlik harakati 30-y.larning 2-yarmida butun mamlakatga yoyildi.
Mustamlakaçilar xalq ğalayonlarini töxtatiş maqsadida M.ni Britaniya Hindistoni tarkibidan ajratdilar (1937). Lekin bu tadbir milliy ozodlik harakatining rivojlanişiga tösqinlik qilolmadi. 1942 y.da M.ni Yaponiya bosib oldi. M. xalqi yapon bo-sqinçilariga qarşi kuraşdi. 1944 y.da M. xalqining milliy qaxramoni Aun San Xalq ozodligi antifaşist ligasini tuzdi. Aun San va Ne Vin boşçiligidagi Milliy armiya va xalq laşkarlari bosqinçilarga qarşi qurolli qözğolon kötardilar. Yaponlar mamlakatdan quvib çiqarildi (1945). Angliyalik mustamlakaçilar M. hukumati rahbarlariga qarşi suiqasd uyuştirib, Aun San va uning bir neça safdoşini öldirdilar (1947). Şunga qaramay, vatanparvarlar içki va taşqi reak-siyaga qarşi kuraşni yanada kuçaytirdilar. Nihoyat, Angliya M. milliy mustaqilligini tan olişga majbur böldi va ta'sis majlisi ötkazişga rozilik berdi (1947 y. yanv.). 12 fev.da M.dagi turli xalqlar vakillari Panlone kon-ferensiyasida mustaqil davlat — Birma Ittifoqini tuziş töğrisida kelişib oldilar (1989 y.gaça mamlakat şu nom b-n ataldi). 1947 y. 24 sent. da bölib ötgan ta'sis majlisi M. konstitutsiyasini qabul qildi. 17 okt.da imzolangan şartnomaga binoan, M. Britaniya imperiyasidan çiqsi. 1948 y. 4 yanv. da rasmiy ravişda mustaqil davlat deb e'lon qilindi. U Nu rahbarligida hukumat tuzildi. 1962 y.da bir guruh zobitlar davlat töntarişi ötkazdi. Hukumat general Ne Vin boşçiligidagi Inqilobiy kengaş qöliga ötdi. 1988 y. mart— avg. oylaridagi ommaviy xalq ğalayonlari natijasida Ne Vin va uning tarafdorlari iste'foga çikdi. Öşa yil 18 sent.da harbiy töntariş bölib, hokimiyat Qonuniylik va tartibni tiklaş Davlat kengaşi qöliga ötdi. 1992 y.dan kengaşga rahbarlik qilib kelayotgan general Tan Şve mamlakatda parlament saylovi ötkazilgandan keyin hokimiyatni fuqaro hukumati qöliga topşirişini bildirgan.
M. —1948 y.dan BMT a'zosi. ÖzR b-n diplomatiya munosabatlari 2001 y. fev. da örnatilgan. Milliy bayrami — 4 yanv. — Mustaqillik kuni (1948).
Siyosiy partiyalari va kasaba uyuşmalari. Xalqozodligi antifaşist ligasi, 1945—47 y.larda mustamlakaçilarga qarşi xalq kuraşiga boşçilik qilgan, 1988 y. da qaytadan tuzilgan; Demokratik partiya, 1988 y.da taşkil etilgan; Xalq demokratik partiyasi, 1988 y.da asos solingan; Demokratiya uçun milliy liga, 1988 y.da tuzilgan; Milliy birlik partiyasi, 1962 y.da taşkil etilgan, 1988 y.gaça Birma so-sialistik dasturi partiyasi deb atalgan. Dehqonlar birligi taşkiloti kasaba uyuşmasi, 1969 y.da tuzilgan Markaziy xalqdehqonlar kengaşi negizida 1977 y.da taşkil etilgan; Işçilar birligi taşkiloti kasaba birlaşmasi, 1977 y.da tuzilgan; M. kasaba uyuşmalari federatsiyasi, 1988 y.da asos solingan. Xöjaligi. M. — agrar mamlakat. Yalpi içki mahsulotda q.x.ning uluşi E,7s, sanoatning uluşi — 8,7%. Kddimdan şoli yetiştiriş b-n maşhur (yiliga 13 mln. tonna). Aholining 2/3 qismidan köproği q.x.da band.
Qişloq xöjaligi M. iqtisodiyotining negizidir. Şolikorlik, asosan, M. jan.da rivojlangan. Buğdoy, tariq, makkajöxori, yer yonğoq, kunjut, dukkakli ekinlar ham yetiştiriladi. Boğlar (sitrus mevalar, banan, ananas, mango), poliz ekinlari, çoy plantatsiyalari, şakarqamiş, tamaki, ğöza ham ançagina maydonni egallaydi. Ayrim q.x. ekinlaridan 2—3 marta hosil olinadi. Çorvaçiligida koramol, çöçqa, parranda boqiladi. Koramol va fillardan örmonlarda yoğoç taşişda foydalaniladi. Içki suv havzalari va dengizda baliq ovlanadi. Örmonlarda qimmatbaho (ayniqsa, tik va kauçuk) daraxtlar köp.
Sanoatida konruda, neft qazib oliş, energetika, oziq-ovqat va töqimaçilik tarmoqlari asosiy örin oladi. Qörğoşinrux k-ti, neftni qayta işlaş va metallurgiya z-dlari bor. Yiliga örtaça 3 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. Iravadi daryosining yuqori oqimi, Rakxayn (Arakan) tizmasi, Pegu toğlari, Şan platosining ğarbiy va jan. qismlarida yoğoç tayyorlanadi. Dengiz portlari va yoğoç oqiziladigan daryo böylarida taxta tiliş va yoğoçsozlik korxonalari qurilgan. Neft, tabiiy gaz, kumuş, qalay, rux, mis, qörğoşin va qimmatbaho toş qazib olinadi. Asosiy şoli oqlaş markazlari: Yangon, Basseyn, Pegu, Xintada, Molamyan. Töqimaçilik sanoati Yangon, Inseyn va Meyt-xiladagi davlat va xususiy korxonalardan iborat bölib, ularda şoyi va ip gazlama, qopqanor, neylon gazlamalar işlab çiqariladi. Kemasozlik, avtomobil va traktor yiğiş, sement va sovungarlik z-dlari bor. Hunarmandçilik rivojlangan.
Transporti. Temir yöllar uz. 3,1 ming km, avtomobil yöllari uz. 23,5 ming km. Daryo va dengizlarda kema qatnaydi. Eng köp yuk Iravadi daryosida taşiladi. Yangon—Tuante, Pegu—Sita-un kanallarida ham kema qatnaydi. Asosiy portlari: Yangon, Basseyn, Molamyan, Situe. Poytaxtida xalqaro aeroport bor.
Mamlakatga çetdan maşina va asbob-uskunalar, ehtiyot qismlar, xom aşyo va materiallar, öğit, oziq-ovqat keltiriladi. Dengiz va q.x. mahsulotlari, yoğoçtaxta, rangli metallar, qimmatbaho toşlar eksport qilinadi. Taşqi savdodagi asosiy mijozlari: Xitoy, Tailand, Singapur, Hindiston, Yaponiya, Gonkong, Malayziya va Yevropa hamjamiyati mamlakatlari. Pul birligi — kyat (mahalliy nomi — çja).
Matbuoti, radioeşittirişi va telekörsatuvi. M.da bir qança gaz. va jur. lar naşr etiladi. Asosiylari: «Botataun» («Ilğor», myanma tilida çikadigan kundalik gaz., 1958 y.dan), «Gardian» («Posbon», ingliz tilida çiqadigan oylik gaz., 1953 y.dan), «Myanma Alin» («Yangi Myanma nuri», ingliz va myanma tillarida çikadigan kundalik gaz., 1963 y.dan), «Doçaunda» («Bizning talaba», myanma tilida çikadigan yoşlar oylik jur.), «Myavadi» (joy nomi, myanma tilida çiqadigan adabiybadiiy jur., 1952 y.dan), «Pati-yeyya» («Partiya turmuşi», myanma tilida çikadigan oylik jur., 1964 y.dan). M. axborot agentligi (MNA) hukumat xizmati bölib, 1963 y.da tuzilgan. M. radio va televizion xizmat 1946 y.da taşkil etilgan. Televideniye (rangli) 1980 y.dan işlay boşlagan.
Adabiyoti. Mil. boşlariga oid palma yaprokdari, toşlarga bitilgan şe'riy va nasriy yozuvlar M.ning kad. adabiy an'analaridan darak beradi. M. adabiyotining paydo bölişi va şakllanişi 9—13-a.largatöğri keladi. 14— 16-a.larda M. mumtoz şe'riyati rivojlandi. Şin Maxatilavunta, Şin Ma-xaratatara, Şin Oun Nouning diniy dostonlarida öşa davr hayoti, tabiat gözalligi aks ettirilgan. Navadeyja, Natşinnaun, Taunbila Sxayado (16— 17-a.lar) şe'riy şakllarni (mogun, pou, eçxin va h.k.) takomillaştirdilar. 18-a.ning 2-yarmi va 19-a.da mumtoz şe'riyat an'analarini davom ettirgan U Toy, Levetoundara kabilar şe'riyatda samarali ijod qildilar. 18-a.da pali, sanskrit, hindi tillaridan tarjimalar qilindi. 18-a. oxirida milliy dramalar şuhrat qozondi. Şoir, harbiy boşliq U. Sa Tailand eposi va xalq rivoyatlari asosida dramalaryozdi. 19-a. oxiri va 20- a. boşlarida M. adabiyotida Jeyms Xla Jo, U Ji, U Lat kabi adiblar yangi roman janrini rivojlantirdilar. Hoz. zamon romanlarining paydo bölişi Pi Mou Nin nomi b-n boğliiq («Keçki quyoş»). Max Sxvey romanlarida («Onamiz») ijtimoiy mavzular aks ettirilgan. 20-a. ning 1-yarmi adabiyotida xalqning mustamlakaçilik zulmiga qarşi ozodlik kuraşi ifodalangan. Vatanparvarlik harakati taşkilotçilaridan biri yozuvçi Takin Kodo Xmayndir. U Ba Çxou, U Yan Aun kabi adiblar ijodida jamiyat hayotining turli tomonlari oçib berilgan. Köp yozuvçilar buddizmni taşviq qildi. M. mustaqillikka erişgaç (1948), yozuvçilar adabiyotni yangi ğoya va mavzu b-n boyitdilar (Da-goun Taya, Tin Mou). Turli avlodga mansub adiblar (Ma Ma Le, Aun Lin va h.k.) jahon adabiyoti tajribasi va M. nasrçiligining eng yaxşi an'analari negizida badiiy şakllarni ta-komillaştirdi, muhim ijtimoiy, axloqiymaişiy muammolarni kötarib çikdi. Adabiyotda vatanparvarlik, tinçlik uçun kuraş, yangi jamiyat quriş kabi yetakçi mavzular keng örin olgan. Me'morligi va tasviriy san'ati. Taton, Pi kabi qad. şaharlardagi arxeologik qazişlar natijasida to-pilgan Budda ibodatxonalarining xarobalari va bronza buyumlarida hind me'morligi hamda san'atining ta'siri közga taşlanadi. Pagan va b. şaharlarda örta asrlarga oid köpgina san'-at va me'morlik yodgorliklari saqlangan. Ananda (1090), Dxamayand (1160), Tabinyu (1144) ibodatxonalari qurilgan. Yodgorliklar mahobatli bölib, murakkab jimjimador bezaklarga boy, serxaşam. Pagandagi ibodatxonalar yonida qad. kitoblar saqlanadigan kutubxona (tayk)lar bölgan. Bulardan eng maşquri Pitakatteykdir (1508). Keyingi davrda qurilgan binolarning me'moriy tuzilişida örta asr binolariga nisbatan yangilik yöq, faqat hajmining kattaligi b-n farqlanadi. Ular qad. stupalar yoniga qurilgan. Mac, Yangondagi Şuedagoun stupasi özining ziynatli bezaklari, kattaligi b-n maşhur. Bu Osiyodagi eng baland (107 m) va katta (70000 m2) binolardan biri. U qanotli şerlar, köp boşli ilonlar tasviri b-n bezatilgan. Yoğoç bezaklar ustiga tilla suvi yugurtirilgan. Keyingi yillarda milliy va çet ellik me'morlarning loyihalari asosida zamonaviy binolar qurşşi. M. haykaltaroşligi (asosan, Budda haykallari)da nafislik va noziklik közga taşlanadi. Hoz. zamon tasviriy san'ati, ayniqsa, rassomçiligida milliylikka ahamiyat berilgan (rassom U. Kin Maun, haykaltaroş U Xan Tin va b.). M. xalq amaliy san'atida uymakorlik, kaştaçilik va b. maşhur.
Musiqasi teatr va raqslar b-n boğliq. Uning manbai kad. diniy marosimlarga borib takaladi. Buddaviylikdan ança oldin (9-a.) çolğu musiqa şakllangan. Pagan davlati (11 — 13-a.lar) davrida yuksak rivoji diniy pagoda (qasr) devorlaridagi suratlarda raqqoslar b-n maşşoqlar ifodasida tasvirlangan. Xitoy yilnomalarida esa qöşiq va raqslar b-n musika asboblarining tasviri va tavsifi berilgan. Ommalaşgan M. orkestri — saynvayn 1538 y.da paydo bulgan; to-vuşqatori böyiça doyra urtasiga terib osilgan 21 baraban (patsayi), ta-yoqça b-n urib çalinadigan 18 gong, surnaysimon xne, kattakiçik zillar (lingvin va kxekvin), 13 eşma ipak tor urnatilgan qayiq şaklidagi arfa — saun, timsoh şaklidagi 3 torli çertma — tounlounsaun, buğ şaklidagi potauku, çang şaklidagi pattala, xilma-xil qunğiroqçalar, tartarak kabi asboblar. Qöşiqçi raqqoslar qadimda köproq jangovar taronalar ijro qilişgan. Keyingi vaqtda zamonaviy professional musiqa san'ati rivojlana boşladi. Yangon va Mandalay ş.larida davlat musiqa va drama maktablari oçilgan. Bu yerda mumtoz myanma va yevropaça musiqiy an'analar urganilib, ijodiy rivojlantirilayotir.
Teatri. M.da teatr tomoşalari azaldan diniy marosim va xalq bayramlarining tarkibiy qismi bulgan. Xalq sayillari va intermediya şakllari diniy udumlar va mehnat jarayonlaridan kelib çiqqan. Teatr haqidagi dastlabki ma'lumot 11-a.ga oid. Öşa davrda qöşiq va rake iştirokidagi musiqiy intermediya, pantomima urf bulgan. Dabdabali diniy tomoşalarga asta-sekin hajviy sahnalar kiritila boşlagan. 15-a.da ertak va diniy rivoyatlarni jonlantiruvçi «nibatking» (misteriya), 16-a.da qöğirçoq teatri, 18-a. oxirida saroy teatri paydo buddi, yangi janr — «pyaza» şakllandi. Xalq teatrida saqna, parda va dekoratsiyalar bulmas, tomoşabinlar bordon ustida yoki yerda utirişar, zodagonlar tomo-şani tepalikdan kurişar edi. Aktyorlarning liboslariga alohida e'tibor berilar: qirol, mulozim, rohib va b.larning kiyimi risoladagidek bulişi şart edi. Teatrga Xitoy va Xindiston san'atiningta'siri kuçli bulgan. 19-a. oxirida Yangonda birinçi doimiy teatr binosi qurildi. M. mustaqillikka erişgaç, barça yirik şaharlarda köçma teatrlar, qişloq joylarda havaskor xalq teatrlari taşkil etildi. Aktyorlar davlat musiqa va drama maktablarida tayyorlanadi.
Kinosi. 1918 y.da suratxona egasi U On Maun «Byorma film kompaniya» firmasini taşkil etib, «Muhabbat va şarob» filmini suratga oldi (1920). 20-y.larda Yangonda bir neça kinokom-paniyalar vujudga keldi, ular Budda rivoyatlari mavzuidagi kartinalar, melodrama va komediyalar, sarguzaşt filmlar çikardilar. 1932 y.da birinçi ovozli film — «Pul sotilmaydi» (rej. D. Natşin) suratga olindi. 2ja-hon uruşidan oldingi filmlarda in-gliz mustamlakaçilariga qarşi kuraş ruhi yaqkrl aks etdi. 2-jahon uruşi va yapon okkupatsiyasi davridagi vayronagarçilik, mustaqillikning dastlabki yillaridagi içki qurolli mojarolar oqibatida kino i.ç. yaxşi rivoj topmadi. 60-y.larda xususiy kinostudiyalar mahsulotida köngiloçar filmlar us-tunlik qildi. 1966 y.da davlat kino-kompaniyasi «Sevikli diyor» badiiy filmini yaratdi. Keyingi yillarda ekranga çikarilgan lentalar orasida «Zamonaning zayli» (rej. Maun Mo Min), «Yurak tilga kirdi» (rej. Tu Kxa), «Muhabbat çamanzori» (rej. Yey Van Maun Ji), «Sen b-n faxrlanaman» (rej. U Pxo Xan), «Başorat» (rej. Pan Ta Tin) kabi badiiy filmlar e'ti-borga sazovor. M.da yiliga 30 dan ziyod badiiy film işlab çiqariladi.