Tabiati. R. hududining aksari qismini toğlar va tepaliklar (örtaça bal. 800 m) egallaydi. Asosiy toğ tizmasi — Karpat mamlakat hududida katta yey şaklini hosil qiladi (eng baland nuqtasi — Moldavyanu toği 2544 m). Karpat toğlarida kuçli zilzilalar bölib turadi. Transilvaniya platosi va Ğarbiy Ruminiya toğlari ham Karpat tizmasiga mansub. Jan .da Quyi Dunay pasttekisligi va Ğarbda Örta Dunay pasttekisligi joylaşgan. Dunay etaklari b-n Kora dengiz oraliğida Dobruja platosi çözilgan. R. xududida Kora dengiz sohilining uz. 245 km. Konstansadan şim. roqda qirğoqlari aksari qismi past, ayrim joylari botqoq, qum tillari va liman (qöltiqça)lar b-n parçalangan, qirğoqqa yaqin joylarda orol köp. Foydali qazilmalardan neft va gaz, toşkömir, temir, polimetall, mis va oltin rudalari, boksit, toştuz konlari topilgan. Iqlimi — mö'tadil kontinental iqlim.
Eng katta daryosi — Dunay. Uning asosiy irmoqlari: Prut, Siret, Olt, Yalomitsa. Pasttekisliklarda, asosan, unumdor qora tuproq, balandliklarda qönğir va kulrang örmon, toğlarda, asosan, toğötloq tuproqlar tarqalgan. Daryo qayirlarida ötloq, qamişzor, örmonlar bor. Transilvaniya platosi, Moldaviya qiri, Dobrujaning eng baland joylari va Karpat toğ oldida (400— 700 m balandlikkaça) qoraqayin aralaş emanzorlar mavjud. Karpat toğlarida (800— 1200 m balandlikkaça) qoraqayinlar, balandroqda (1500—1800 m gaça) igna bargli daraxtlar usadi. Toğlarning eng baland joylari subalp va alp ötloqlari b-n band.
Hayvonot dunyosi xilmaxil. Örmonlarda böri, tulki, qoplon, börsiq, quyon, olmaxon, quşlardan boyöğli, qizilişton, kakku va b. yaşaydi. Toğ eçkisi, tönğiz, ayiq, buğu, daştlarda suğur, yumronqoziq, dala siçqoni uçraydi. R. hududida Retezat milliy boi va bir neça qöriqxona taşkil etilgan.
Aholisining 90%ga yaqini ruminlar. Venger, nemis, löli, ukrain, serb va ruslar ham yaşaydi. Rasmiy til—rumin tili. Şahar aholisi 55,4%. Dindorlarining aksariyati—pravoslavxristianlar. Yirik şaharlari: Buxarest, Kluj-Napoka, Timişoara, Yassi, Braşov, Galats, Krayova, Konstansa, Ployeşti.
Tarixi. R. hududida odam ilk paleolit davridan yaşaydi. Transilvaniya, Moldova va Valaxiyada dak qabilalari yaşagan. Mil.av. Ia. örtalarida getdaklar kabila ittifoqi şakllanib, keyinçalik uning asosida davlat paydo bölaboşlagan. Mil. 2-a. boşlarida daklar yaşaydigan hududni Rim bosib olib, Dakiya nomi b-n öz viloyatiga aylantirdi, daklar esa romanlaştirildi. 271 y. Rim imperiyasi inqirozga uçraşi natijasida rimliklar Dakiyadan çiqib ketişga majbur böldi. Keyinroq bu yerlarga gunnlar, gepidlar, avarlar kirib kela boşladi. 6— 7-a.larda slavyanlar köçib kelib örnaşdi. 8—10-a.larda R. hududining talaygina qismi Birinçi Bulğor podşoligi tarkibiga kirdi. 10—11-a.larda bijanaklar, qipçokdar, 13-a.da möğullar bostirib keldi. 14-a. da ikki mustaqil davlat — Valaxiya va Moldova knyazliklari taşkil topdi. 16-a.ga kelib, ular Usmonli turk imperiyasi qöl ostiga ötdi. 1688 i. Transilvaniya Gabsburglar davlatiga qöşib olindi. 17—19-a.dagi Rossiya — Turkiya uruşlari natijasida Usmonli turk imperiyasi zaiflaşdi, bu esa Valaxiya va Moldova xalqlarining milliy ozodlik kuraşiga qulay şaroit yaratdi. Valaxiya va Moldova knyazliklari muxtoriyatga erişdi, ularning xalqdari yagona davlat (1861 y.dan Ruminiya)ga birlaşdilar. 1862 y. Buxarestda milliy majlis çaqirilib, yagona hukumat tuzildi. 1877 y. R. töla mustaqilliisa erişdi va 1881 y qirollik deb e'lon qilindi.
1-jahon uruşi boşlarida R. Antanta davlatlari b-n ittifoq tuzib, Avstriya Vengriya hududining bir qismini qöşib oldi va uruşga kirişdi. Uruş natijasida R. hududi va aholisi ikki baravar köpaydi: 1918 y. unga Transilvaniya qöşib berildi. Şu yili Bessarabiya va Şim. Bukovinani bosib oldi.
1929—33 y.lardagi jahon iqtisodiy böhroni R. sanoati (neftdan taşqari) va q.x.ga salbiy ta'sir qildi. 1928—33 y.larda hukumat tepasiga vaqtivaqti b-n millatçitsaranistlar partiyasi kelib, mamlakat iqtisodiyotini ğarbga tobe qilib qöydi. Natijada R.ning ğarbga qaram bölişi kuçaydi. Çet elga badarğa qilingan (1926) taxt vorisi Karol 1930 y. mamlakatga qaytib keldi va Karol II nomi b-n taxtga çikdi. 1931 y. «Temir gvardiya» degan faşistik taşkilot tuzildi. 1939 y. martda R. b-n Germaniya örtasida tuzilgan iqtisodiy bitim mamlakat iqtisodiyotini asoratga soldi.
2-jahon uruşi boşlanişida R. hukumati betaraflik siyesatini e'lon qildi, lekin 1940 y. yozida bundan voz keçdi. Mamlakat faşizm yöliga ötdi. Öşa yil 23 noyab.da R. Berlin paktiga qöşildi va 2jahrn uruşida qatnaşa boşladi. 1944 y. 23 avg.da R. hukumati ağdarib taşlandi. Mamlakatning yangi hukumati 24 avg. kuni Germaniyaga uruş e'lon qildi. 1944 y. 25 okt.da R. hududi batamom ozod etildi. 1947 y. monarxiya tugatilib, R. Xalq Respublikasi e'lon qilindi (1965 y. 21 avg.dan 1989 y. 22 dek. gaça Sotsialistik Respublika deb atalgan).
1948—89 y.larda R. Kompartiyasi (1921 y. taşkil etilgan, 1948—65 y.larda R. Işçi partiyasi deb nomlangan) hukmronligi davrida mamlakat Sovet Ittifoqi ta'sirida böldi. Ayniqsa, N. Çauşesku diktatorlik rejimi (1965— 89) davlat rivojiga halokatli ta'sir qildi. 1989 y. qözğoloni natijasida hukumat ağdarib taşlandi, Çauşesku qatl etildi, Ruminiya KP tugatiddi, mamlakat nomi özgartirilib, «Ruminiya» deb atala boşladi. Hokimiyat tepasiga Milliy qutqariş fronti kengaşi, 1990 y. fev.dan Muvaqqat milliy kelişuv kengaşi keldi. 1990 va
1992 y.larda birinçi marta demokratik saylov ötkazildi. R. — 1955 y.dan BMT a'zosi. ÖzR suverenitetini 1991 y. 20 dek.da tan olgan va 1995 y. 6 okt. da diplomatiya munosabatlari örnatgan. Milliy bayrami — 1 dek. — R. milliy kuni (1918).
Asosiy siyosiy partiyalari va kasaba uyuşmalari. Demokratik partiya, 1993 y. asos solingan; Milliy liberal partiya, 1990 y. röyxatga olingan; Ruminlar milliy birligi partiyasi, 1990 y. tuzilgan; R. Sotsialdemokratik partiyasi, 2001 y. R. sotsial demokratiya partiyasi b-n R. Sotsial-demokratik partiyasi qöşilişi natijasida taşkil topgan; R. vengerlari demokratik ittifoqi, 1989 y. tuzilgan; «Bukj Ruminiya» partiyasi, millatçi partiya. R. erkin kasaba uyuşmalari milliy konfederatsiyasi, 1993 y. tuzilgan; Milliy kasaba uyuşma bloki; «Alfa» milliy kasaba uyuşma karteli.
Xujaligi. R. — industrialagrar mamlakat. Yalpi içki mahsulotda sanoatning uluşi 41%, qişloq va örmon xöjaligining uluşi 19%, xizmat körsatiş tarmoği uluşi 40%.
Sanoati. I.ç. vositalari işlab çiqaruvçi tarmoqlar ustun. Yoqilğienergetika bazasining negizini gaz, kumir va neft taşkil etadi. Elektr energiya (1 y.da örtaça 55 mlrd. kVtsoat) ning köp qismi issiklik elektr st-yalarida hosil qilinadi. Neft konlari, asosan, Jan. va Şarqiy Karpat etaklarida joylaşgan. Temir, boksit, polimetall rudalari, mis, oltin, toştuz va h.k. qazib olinadi. Neftni qayta işlaşning asosiy markazlari — Ployeşti, Brazi, Piteşti, Dermeneşti. Metallsozlik, qora va rangli metallurgiya rivojlangan. Slatinada alyuminiy, KopşaMikeda qörğoşin va rux, BayaMareda mis eritiladi. Maşinasozlik, asosan, neft qazib oliş va uni qayta işlaş, kimyo sanoati, yengil va oziq-ovqat sanoati, energetika uçun texnologiya maşinauskunalari va elektrtexnika mahsulotlari i.ç.ga ixtisoslaşgan. Avtobus lar, t.y. transporti vositalari, quriliş maşinalari, kemalar va traktorlar ham işlab çiqariladi. Kimyo sanoatining asosiy mahsulotlari: soda, xlor, oltingugurt kislotasi, mineral öğit, sintetik kauçuk, plastmassa, smola, kimyoviy tola, doridarmon, böyoq, lok va b. Binokorlik materiallari i. ç., sellyulozaqoğoz, yoğoçsozlik (ayniqsa, mebel), töqimaçilik tarmoqlari rivojlangan. Oziq-ovqat (meva va sabzavot konservalari, yoğ, vino, pişloq) sanoatining ham salmoği katta. Asosiy sanoat markazlari: Buxarest, Konstansa, Yassi, Timişoara va b.
Qişloq xöjaligiga yaroqli barça yerlar salkam 15 mln. gektar. Şundan salkam 2,5 mln. gektari suğoriladi. Dehqonçilik ustun. Asosiy ekinlari: makkajöxori, buğdoy, arpa, suli. Texnika ekinlaridan qand lavlagi va kungaboqar yetiştiriladi. Sabzavotçilik, boğdorçilik va uzumçilik (asosan, vinobop navlar) rivojlangan. Göşt çorvaçiligi yetakçi: qoramol, çöçqa, qöy, eçki boqiladi. Baliqçilik, parrandaçilik, asalariçilik, pillaçilik, örmon xöjaligi rivojlangan. Q.x. mamlakatning oziq-ovqatga bölgan ehtiyojini 60% qondiradi.
Transporti. R.ning Markaziy Yevropa mamlakatlaridan Qora dengiz va Dunayga ötiladigan tranzit yöllaridagi ahamiyati katta. Mamlakatning umumiy yuk aylanmasida t.y.ning uluşi qariyb 39,5%, dengiz transportining uluşi 48,8%, avtomobil transportining uluşi 7,1%, truboprovod transportining uluşi 3,2%, daryo transportining uluşi 1,4%. T.y. uzunligi 11,4 ming km, avtomobil yöllari 153 ming km. Asosiy dengiz porti — Konstansa, daryo portlari — Breila, Jurju va Galats. Buxarest (Otopen) va Konstansada xalqaro aeroportlar bor.
Taşqi iqtisodiy aloqalari.R. çetgatraktor, avtomobil, transport vositalari, kimyoviy öğit va neft mahsulotlari, qora metallar prokati, quvur, mebel, sement, poyabzal, gazlama, tovuş yoziş apparatlari, mineral xom aşyo va b. çikaradi. Çetdan turli maşinamexanizmlar, kimyoviy mollar, yokilği va xom aşyo, oziq-ovqat, keng iste'mol mollari keltiradi. Taşqi savdoda Germaniya, Italiya, Rossiya, Fransiya b-n hamkorlik qiladi. Pul birligi — ley. Tibbiy xizmati. Davlatga qaraşli poliklinika va kasalxonalar b-n bir qatorda xususiy şifoxonalar ham bor. Vraç va farmatsevtlar 5 ta tibbiyotfarmatsevtika in-tida, örta tibbiyot xodimlari tibbiyot maktablari va litseylarda tayyorlanadi. R.da 100 dan ortiq balneologiya va 23 iqlimiy kurort bor. Eng maşhurlari: Eforiya, Mangaliya, Konstansa, Sinaya, PoyanaBraşov va b.
Maorifi, ilmiy va madaniyma'rifiy muassasalari. R.da ta'lim tizimi kuyidagiça: 3 yoşdan 6 yoşgaça bölgan bolalar uçun bolalar boğçalari mavjud. 6 yoşdan 8 y.lik maktabda ta'limtarbiya beriladi, söng 2 y.lik litsey boskiçi boşlanadi. 10 ylik maktab negizida hunartexnika tayyorgarligi amalga oşiriladi. Litseyni bitirganlar oliy öquv yurtida öqişni davom ettirişi mumkin. Yirik oliy öquv yurtlari: Buxarest un-ti (1864), KlujNapoka, Braşov, Krayova, Galats, Yassi, Timişoara ş.larida untlar, politexnika intlari va b. öquv yurtlari bor. R.da Fanlar akademiyasi, Tibbiyot fanlari, Q.x. fanlari va örmon akademiyasi, ijtimoiy-siyosiy FA, ularning filiallari va i.t. institutlari, idoraviy i.t. institutlari bor. FAning kutubxonasi, Markaziy davlat kutubxonasi, Buxarest un-tining markaziy kutubxonasi, politexnika in-tining kutubxonasi va b. kutubxonalar, şuningdek, tasviriy san'at, tarix, etnografiya, arxeologiya, yodgorlik muzeylari mavjud.
Matbuoti, radioeşittirişi va telekörsatuvi. R.da köpgina gaz., jur. va byulletenlar naşr etiladi. Eng muximlari: «Adeverul» («Haqiqat», mustaqil kundalik gaz., 1989 y.dan), «Az» («Bugun», kundalik gaz., 1990 y.dan), «Viktorul rominesk» («Ruminiya kelajagi», kundalik gaz., 1990 y.dan), «Vyatsa kapitaley» («Poytaxt hayoti», kundalik gaz., 1990 y.dan), «Demokratsiya» («Demokratiya», haftanoma, 1990 y.dan), «Dreptatya» («Adolat», kundalik gaz., 1990 y.dan), «Lumya az» («Bugungi dunyo», mustaqil taşqi siyosat haftanomasi, 1963 y.dan), «Rominiya libere» («Ozod Ruminiya», kundalik mustaqil gaz., 1943 y.dan), «Tribuna ekonomika» («Iqgisodiy minbar», haftalik jur., 1990 y.dan). A. M. Pres — Mustaqil xususiy agentlik, 1991 y. asos solingan; Milliy axborot agentligi — Rompres, 1990 y. «Ajerpres» agentligi qayta taşkil etilişi natijasida tuzilgan. Radio va Erkin rumin televideniyesi, 1989 y. Rumin radio va televideniyesi asosida barpo etilgan.
Adabiyoti. Asrlar davomida marosim, doyna (işqiy) va gayduk qöşiqlari milliy adabiyot şakli, rumin tilining takomillaşuv vositasi bölib kelgan. Boyar Nyakşuning xati (1521) dastlabki yozma yodgorlik hisoblanadi. 16-a.da dunyoviy mazmundagi didaktik asar yaratilişi, diniy kitoblar rumin tiliga tarjima qilinişi tarjimaçilik va noşirlik rivojiga turtki böldi. Rumin tili va adabiyotining qaror topişida G. Ureke (1590—1647), M. Kostin (163391), Y. Nekulçe (1672—1745) va b. ijodining ahamiyati katta. Ularning qalamiga mansub yilnoma va xronikalar adabiy mavzu va uslub namunasi böldi. 18-a. oxiri va 19-a. 1-yarmida D. Kantemirning allegorik nasri, Ye. A. va N. Vekereskularning lirik va epik şe'riyati adabiyot rivojiga salmokli hissa qöşdi. G. Asaki b-n Y. EliadeRedulesku xalq ijodiyotiga asoslanuvçi yangi rumin adabiyotini yaratdilar. 19-a. 1-yarmiadabiyotiga yorqin romantizm ruxi singa boşladi. V. Kirlovi, G. Aleksandresku, A. Pann, A. Russo kabi yozuvçilar milliy tarix va folklorga alohida e'tibor berdilar. 19-a. oxiri va 20-a. boşlarida, ayniqsa, 1-jahon uruşidan söng hayotni haqqoniy aks ettiruvçi adiblar (Y. Agirbiçanu, L. Rebryanu, K. Petresku, J. Kelinesku) ijod qila boşladi. Xususan, M. Sadovyanu asarlarida qad. va yangi davr rumin turmuşining turli qirralari öz ifodasini topdi. 2-jahon uruşidan söng, ayniqsa, mamlakat sotsialistik rivojlaniş yöliga ötgaç, adabiyotga sotsialistik realizm zörlab tiqiştirildi, natijada adabiy asarlar bir yoqlama, sayoz tus oldi.
Me'morligi. R. hududida frakiylar, skiflar, keltlarning madaniyat yodgorliklari, Qora dengiz böylaridagi antik şaharlar (Kallatiya, hoz. Mangaliya; Istriya; Tomi, hoz. Konstansa) qoldiklari, Transilvaniya toğlarida daklar qal'alarining xarobalari saqlangan. Transilvaniya örta asrlar madaniyati Markaziy Yevropa mamlakatlari, Valaxiya madaniyati esa VizantiyaSerbiya me'morligi b-n birga, moldovan me'morligi öziga xos tarzda rivojlangan. 14—17- a.larda toş va ğiştdan uylar, mahobatli minora va darvozali istehkomlar qurilgan. Xalq turar joylari oçiq galereyalar b-n, öymakorlik, naqşinkorlik va koşinkorlik usulida qurildi. 16— 18-a.larda barpo etilgan mahobatli inşootlar (KurtyadeArjaşdagi yepiskop çerkovi, 1512—17; Buxarestdagi Stavropolis çerkovi, 1724—30; Buxarest yaqinidagi Mogoşoaya saroyi, 1700—02 va b.) ham şunday usullarda bezatildi, haşamdorlikka intiliş kuçaydi, 18- a. oxiri me'morligida klassitsizm urf böldi. 19-a. 2-yarmida sanoat va şaharlar rivojlanişi b-n qorişiq me'morlik ruhida jamoat binolari (Buxarestdagi Ateneum, Adliya saroyi va b.) va xalq me'morligi an'analari asosida binolar (Buxarestdagi Bufetul) quriş avj oldi. 20-a. 30-y.larida neoklassitsizm belgilari ustunlik qilgan bölsa (Buxarestdagi Respublika saroyi), asrning 2-yarmida industrial usullar joriy etildi, yangi şaharlar barpo qilindi.
Tasviriy san'ati Egey madaniyatiga yaqin. Neolit davriga mansub guldor sopol idişlar, haykalçalar, 4-a.ga mansub zargarlik buyumlari topilgan. 12-a. dan boşlab Transilvaniya san'ati Markaziy Yevropa san'ati b-n hamohang rivojlangan (14—15-a. devoriy rasmlari, dastgoh rangtasviri, 17-a. qabr haykaltaroşligi). 18-a. devoriy rassomligi va haykaltaroşlikda barokko uslubi seziladi. 14— 18-a.lar amaliy bezak san'atida metallga badiiy işlov beriş urf böldi. Valaxiya va Moldovaning örta asrlar san'ati Vizantiya, Serbiya, Bolgariya ta'sirida böldi. 16-a. çerkovlari devoriy rasmlar b-n, 17—18-a.larda esa öymakorlik b-n bezatildi. 14— 15-a. larda miniatyura (usta Gavril Urik) va rangtasvir (Kurtyade Arjeşda avliyo Nikolay çerkovidagi rasmlar) paydo böddi. 16-a. rangtasvirida dunyoviy rux yuzagakeddi. 17—18-a.lardagi Valaxiya rangtasvirida folklor ruxi (FilipeştidePedurdagi çerkov rasmlari, 1692 , rassom P. Mutu) ustunlik qiladi. 18-a. oxiri — 19-a. boşlarida dunyoviy san'at yuksaldi. 20-a. boşlaridagi rassomlar ijodida fovizm, kubizm va ekspressionizm an'analari xalqçil milliy ideallar b-n qöşiddi (Ş. Lukyan, T. Pakladi, K. Ressu va b.). Siyosiy grafika yuqori darajaga kötarildi (N. Tonitsa, A. Jikidi va b.). 20-a. 2-yarmida amaliy bezak san'atining har xil turlari — kulolçilik, badiiy oynaçilik, kaştaçilik rivoj topdi. Bu sohada yangi şakllarni izlaşga, qad. an'analardan, noyob ifoda vositalaridan foydalanişga qiziqiş kuçaydi. Musiqasi. Marosim, mehnat (çöpon), muhabbat qöşikdari, allalar, ballada va doynalar, laparlar öziga xosligi b-n ajralib turadi. Xalq çolğu asboblari: skripka, kobza, simbala, fluyer, fleyta (nay) va b. Leutar deb atalgan mohir musiqaçilar folklorni ommalaştirişda katta iş qiddilar. R. davlati yuzaga kelişi b-n (1862) professional rumin musiqasi rivoj topdi. A. Flextenmaxer, E. Kaudella, Ç. Porumbesku, J. Ştefenesku, K. Dimitresku, G. Dima, G. Muziçesku dastlabki milliy sahna, xor qöşiklarini ijod qiddilar. 20-a. 1-yarmida bu maktab ğoyat ravnaq topdi. Kompozitorlik maktabi asosçisi J. Enesku, şuningdek, M. Jora, S. Dragoy, M. Andriku, P. Konstantinesku kabi iste'dodli kompozitorlar yetişib çikdi. 1920 y. rumin kompozitorlar jamiyati tuzildi, musiqaşunoslik rivojlandi. 20-a. 2-yarmida oratoriya, kantata, operetta, ommaviy qöşiq, estrada, teatr va kino musiqasi kabi janrlar yuzaga keldi. R.da 10 ta musiqa teatri, 20 ta simfonik orkestr, xalq musiqa ansambllari, xor jamoalari, 2 ta konservatoriya bor. M. Basarab, K. Silvestri, M. Brediçanu kabi dirijyorlar, 3. Palli, N. Xerlya, A. Floresku, T. L ukaçu kabi xonandalar, Ş. Georgiu, Y. Voyku, Ş. Ruxa kabi sozandalar maşhur.
Teatri qad. öyin va marosimlardan boşlangan. Ular orasida «keluşariy» (nikoh marosimi) va «brezaya» (yangi yil marosimi) ayniqsa öziga xos. R.da dastavval maktab teatrlari paydo böldi. 1841 y. Yassida teatr binosi qurildi. 1852 y. Buxarestda Katta teatr (1877 y.dan Milliy teatr) iş boşladi. Söngra bir qança şaharlarda turli yönalişdagi teatrlar oçildi. 19—20-a.larda G. Manolesku, A. Romanesku, K. Nottara, A. Prutyanu, keyinçalik ularning izdoşlari A. Demetriade, T. Bulandra va b. realistik an'analarni davom ettirdilar. Ular jahon mumtoz dramaturgiyasi asarlarini va mahalliy mualliflarning pyesalarini sahnalaştirdilar. Eng maşhur aktyorlari: R. Beligan, A. Buzesku, G. VasiliuBirlik, K. Antoniu, M. Baçu, D. Koça, rej.lari: M. Gelerter, L. Jurjesku, S. Aleksandresku, Y. Pola, L. Çuley va b.
Kinosi. Filmlar 1897 y.dan suratga olina boşlagan. 1911 y. birinçi film — «Peşonaga yozilgan muhabbat» işlab çiqarildi. 1950 y. «Vodiy jarangi», 1952 y. «Mitrya Kokor» filmlari yaratildi. 20-a.ning 2-yarmida «Taşnalik», (rej. M. Dregan), «Dunay tölqinlari» (rej. L. Çuley), «Panjarasiz osmon» (rej. F. Muntyanu), «Hokimiyat va haqiqat», «Fitna» (rej. M. Markus), «Devor» (rej. K. Vayeni), «Lahza» (rej. Vitanidis) kabi falsafiy, axloqiy filmlar yaratildi. Y. PopeskuGoponing multfilmlari jahonga maşhur. Tanikli aktyorlari — R. Beligan, M. Pogonat, M. Barbu, I. Petresku va b. 1963 y. kino xodimlari jamiyati tuzilgan. Kino mutaxassislari Y.L.Karajale nomidagi teatr va kino san'ati in-tida tayyorlanadi.
Özbekiston — R. munosabatlari. 1994 y. Özbekiston Respublikasi bilan R. örtasida «Savdo iqtisodiy hamkorlik töğrisida» imzolangan bitim va ÖzR Prezidenti I. Karimovning 1996 y. R.ga qilgan rasmiy taşrifi vaqtida imzolangan ikki tomonlama hujjatlar ikki davlat örtasidagi iqtisodiy va ilmiytexnikaviy hamkorlik uçun huquqiy asos yaratdi. Özbekiston R.ga paxta tolasi, gazlama, kalava ip va turli xizmatlar eksport kiladi. R. esa plastmassa va undan tayyorlangan mahsulotlar, moy va ösimlik yoği, doridarmonlar yuboradi. Endilikda mamlakatlarimiz örtasida paxtani qayta işlaş, töqimaçilik, sanoat mahsulotlari işlab çiqariş, q.x. xom aşyosini qayta işlaş, neft va gaz sanoati sohalarida hamkorlik yölga qöyilgan. ÖzR Taşqi iqtisodiy faoliyat milliy banki R.ning bir qança yetakçi banklari b-n şeriklik munosabatlari örnatgan. «Özbekneftgaz» milliy xolding kompaniyasi uskunalar yetkazib beriş haqida R. kompaniyalari b-n bitimlar tuzgan. R. sarmoyasi iştirokidagi spirtli içimliklar işlab çiqaradigan «Afsar Kompani» qöşma korxonasi barpo etilgan. Özbekiston — P. hukumatlararo iqgisodiy kengaşi samarali faoliyat körsatmoqda. 2002 y. yakuniga köra, ikki mamlakat örtasidagi tovar aylanmasi 5,4 mln. AQŞ dollarini taşkil qildi. Har ikki davlatning TRASEKA transport yölagini barpo etiş dasturi doirasidagi hamkorligi muhimdir. R. Prezidenti Ion Iliyeskuning 2003 y. apr.da Özbekistonga taşrifi çoğida turizm sohasida hamkorlik qiliş haqida hamda ikkala mamlakatning diplomatik va xizmat pasportlari bölgan fuqarolariga vizalarni bekor qiliş töğrisida konsullik konvensiyasi kabi yangi hujjatlar imzolandi. ÖzR bilan R. BMT, Yevropa Xavfsizlik va hamkorlik taşkiloti, NATO kabi taşkilotlar doirasida xalqaro terrorizm, diniy ekstremizm, uyuşgan jinoyatçilik, qurolyaroğ va narkotik moddalar kontrabandasi, milliy, mintaqaviy xavfsizlikka taxlika soladigan boşqa xavfxatarlarga qarşi birgalikda kuraşiş haqida kelişib olgan.