Tabiati. S hududining aksariyat qismi Atlantika okeani sohiliga qarab pasayib boradigan pastbaland tekislikdan iborat. Şim.dagi sohil çiziği tekis, jan.da daryolarning estuariylari b-n biroz parçalangan. S. hududida temir ruda, fosforit, alyumofosfat, qalay, mis, ohaktoş, volfram, tantal, toştuz, boksit, neft, niobiy, marmar konlari topilgan. Iklimi subekvatorial, şim.da quruq va jan.da nam iqlim. Örtaça oylik tra yil davomida deyarli özgarmaydi (yanv.da 23°, iyulda 28°). Yillik yoğin şim.da 250—300 mm dan jan. da 1500 mm gaça. Yirik daryolari — Senegal, Gambiya va Kazamans. Qizilqönğir tuproklar köproq uçraydi. Şim.da çala çöl ösimliklari usadi, krlgan joylarda savannalar va siyrak örmonlar bor. Hayvonot dunyosi: savannalarda kiyik, milliy boğlarda çiyaböri, sirtlon, qoplonlar yaşaydi. Kemiruvçilar, quşlar, sudralib yuruvçilar va haşarot köp. Qirğoq böyi suvlari baliqqa boy. Tabiatni saklaş maqsadida Juj, NiokoloKoba, DeltaSaluma va b. milliy boğlar taşkil etilgan.
Aholisining köpçilik qismini (87%) ğarbiy atlantika tillari oilasiga kiruvçi volof, fulbe, serer, diola va b. xalqlar taşkil etadi; arablar, yevropaliklar (asosan, fransuzlar) ham yaşaydi. Rasmiy til — fransuz tili. Şahar aholisi 42,3%. Aholining aksariyati musulmonlar. Katoliklar ham bor. Yirik şaharlari: Dakar, Kaolak, Tiyes.
Tarixi. S. hududida paleolit davrida manzilgoxlar paydo bölgan. Örta asrlarda bu yerlar töla yoki qisman Gana, Mali, Songay davlatlari tarkibiga kirgan. 9—18-a.larda S hududida bir neça davlat paydo bölgan. 15-a.da bu yerga portugallar bostirib kirib, fil suyagi, aqoqiyo, oltin qumni taşib keta boşlagan, 16-a. dan qul savdosini avj oldirgan. 17-a. dan fransuzlarning kirib kelişi boşlangan. 1895 y. S hududi Fransuz Ğarbiy Afrikasi tarkibiga kiritildi. 1-jahon uruşidan keyin S.da dastlabki siyosiy taşkilotlar vujudga keldi. 1939— 45 y.lardagi 2-jahon uruşi vaqtida S. hududi «Ozod Fransiya»ning tayanç bazalaridan biri, ittifoqçilarning muhim harbiydengiz bazasi böldi. Uruşdan söng S.da milliy ozodlik harakati kuçaydi. 1958 y. referendum natijalariga köra, S. Fransiya hamjamiyati tarkibidagi özini özi boşqaruvçi respublikaga aylandi. 1959 y. yanv.da S va Fransiya Sudani Mali Federatsiyasiga birlaşdi. 1960 y. 4 apr.dagi bitimga muvofiq, Federatsiyaga mustaqillik berildi. 20 avg. da S. Federatsiyadan çikdi va mustaqil respublika deb e'lon qilindi. S. 1960 y.dan BMTa'zosi. Milliy bayrami — 4 apr. — Mustaqillik kuni (1960).
Siyosiy partiyalari va kasaba uyuşmalari. Sotsializm va birlik harakati partiyasi, 1981 y. asos solingan; Demokratik ittifoq — Mehnat partiyasini tuziş harakati partiyasi, 1974 y. tuzilgan; Milliy demokratik birlaşma partiyasi, 1976 y. taşkil etilgan; Mustaqillik va mehnat partiyasi, 1957 y. asos solingan sobiq S. mustaqilligi afrikaliklar partiyasi yölining davomçisi, ta'sis qurultoyi 1981 y. ötkazilgan; S. demokratik partiyasi, 1974 y. tuzilgan; S. sotsialistik partiyasi, 1948 y. asos solingan; Demokratik yangilaniş partiyasi, 1997 y. taşkil etilgan. S. meqnatkaşlari milliy konfederatsiyasi, 1969 y. tuzilgan.
Xujaligi. S. — iqtisodiy zaif agrar mamlakat. Yalpi mahsulotda q.x.ning uluşi 19%, sanoatning uluşi 17%, xizmat körsatiş sohasining uluşi 64%. S. eksporti qiymatining yarmiga yaqini q.x.ga töğri keladi, mehnatga layoqatli aholining 3/4 qismi şu sohada band. Yer yonğoq yetiştiriş va uni qayta işlaş muhim ahamiyatga ega (dunyoda yetakçi örinlardan biri). Tariq, maniok, şoli, batat, makkajöxori, moyli palma, paxta ham yetiştiriladi. Mevaçilik va sabzavotçilik b-n şuğullaniladi. Qoramol, qöy, eçki, uy parrandasi boqiladi. Baliq ovlanadi. Sanoatida fosforit (asosan, eksportga), oş tuzi, marmar qazib olinadi. Yiliga örtaça 769 mln. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. I.ç. sanoati, asosan, yer yonğoqni qayta işlaşga ixtisoslaşgan. Bunday korxonalarning aksariyati Yaşil Burun ya.o.da joylaşgan. Yengil sanoat tarmoqlaridan töqimaçilik va poyabzal (Dakarda) i.ç. rivojlangan. Sement, mebel, taxta tiliş, metallsozlik, kimyo sanoati (fosforit asosida öğit i.ç.) va neftni qayta işlaş korxonalari bor. Hunarmandçilik qad. soha hisoblanadi. Temir yöllar uz. 0,9 ming km, avtomobil yöllari uz. 14,6 ming km. Senegal daryosida kema qatnaydi. Dengiz porti va xalqaro aeroporti — Dakar. Çetga yer yonğoq moyi, kunjara, fosforit çiqaradi, çetdan oziq-ovqat, maşina va asbobuskuna, töqimaçilik mahsulotlari, poyabzal, neft keltiradi. Asosan, Fransiya, Kamerun, Italiya b-n savdo kiladi. Pul birligi — afrika franki.
Maorifi, ilmiy va madaniy-ma'rifiy muassasalari. Ta'lim tizimi fransuzça uslubda taşkil topgan. Birinçi boşlanğiç maktab 1816 y., birinçi kollej 1843 y. oçilgan. Mustaqillik e'lon qilingan paytda aholining 95% savodsiz edi. 1963 y. 6 yoşdan 12 yoşgaça majburiy boşlanğiç ta'lim töğrisida qonun qabul qilindi. Boşlanğiç maktab 6 y.lik. Örta maktabda öqiş 7 yil: 4 y. töliqsiz örta (kollej) va 3 y. töliqörta (litsey). Hunartexnika ta'limi boşlanğiç maktab negizidagi hunar maktabida (3 y.), texnika kollejida (4 y.), texnika litseyida (7 y.) amalga oşiriladi. Oliy ta'lim tizimida Dakar un-ti (1949), Gor mutatsiya un-ti faoliyat körsatadi. Ularda öqiş muddati 4 y.dan 6 y.gaça. lllyningdek, oliy kollejlar: Dakarda veterinariya tibbiyot maktabi, milliy ma'muriy maktab, Tiyesda politexnika maktabi va b. bor. Kutubxonalari: Dakarda S. arxivi kutubxonasi b-n (1913), Qora Afrika fundamental in-tining kutubxonasi (1938), un-t kutubxonasi (1952), Tiyesda Politexnika maktabining kutubxonasi. Muzeylari: Dakarda Afrika san'ati muzeyi (1936), Qora Afrika Fundamental in-ti muzeyi, Gorda Tarix muzeyi, Dengiz muzeyi (1959) va b.
Ilmiy muassasalarning kupi Dakar un-ti tarkibiga kiradi, ularning eng yirigi Qora Afrika Fundamental inti. Bundan taşqari, Milliy arxiv (1913), Milliy san'at in-ti (1972), Fantexnika tadqiqotlari byurosi, Q.x. instituti (1974, 10 ilmiy markaz va lab.lari b-n birga), Paster in-ti (1896), Afrika mintaqaviy texnologiya markazi (1977), Afrika iqtisodiyotni rivojlantiriş va rejalaş muammolari in-ti (1963), Tropik örmonni örganiş markazi (1966), ilmiy jamiyatlar va b. bor.
Matbuoti, radioeşittirişi va telakörsatuvi. Eng muhim gaz. va jur. lari: «Soley» («Quyoş», kundalik umummilliy gaz., 1970 y.dan), «Jurnal ofisyel de la Repyublik dyu Senegal» («Senegal Respublikasining rasmiy gazetasi», hukumatga qaraşli haftalik rasmiy xabarnoma, 1856 y.dan), «Sopi» (haftalik gaz.), «Daan doole» («Mehnatkaş», oylik gaz., 1982 y.dan), «Karfur» («Çorraha», 2—3 oyda bir marta çiqadigan gaz., 1984 y.dan), «Politisyen» («Siyosatçi», oylik hajviy gaz., 1977 y.dan), «Yunite Afriken» («Afrika birligi», oylik gaz., 1974 y.dan), «Afrika» (oylik jur., 1962 y.dan), «Gestu» («Tadqiqot», 2 oyda bir marta çikadigan nazariy jur.), «Taksau» («Qözğol», oylik jur., 1977 y.dan), «Etiopik» (oylik ijtimoiy-siyosiy va adabiy jur., 1975 y.dan). S. axborot agentligi — SAA — hukumat axborot agentligi; S. radioeşittiriş va telekörsatuv boşqarmasi — xukumat mahkamasi, 1972 y. tuzilgan.
Adabiyoti fransuz va mahalliy tillarda. S.da baxşigriotlar ijro etadigan qad. oğzaki şe'riy an'ana mavjud. Mustaqillik e'lon qilingandan keyin mahalliy milliy tillarda yozuv paydo böla boşladi. Bakari Dialloning öz hayoti asosida yozgan «KuçSahovat» qissasi (1926, birinçi adabiy asar hisoblanadi)dan söng Usmon Sose Diopning «Karim» (1935), «Parij saroblari» (1937) romanlari bosilib çiqdi. 2-jahon uruşidan söng adabiyotning rivoji jadallaşdi. L. Sengorning çuqur milliy şe'riyati xalqni ozodlik kuraşiga ruhlantirdi. 50—60y.larda Abdulay Saji, Şayx Xamidu Kan, U. Semben romanlari dunyo yuzini kördi. U. Semben «Vatanim mening, öktam xalqim mening», «Xarmattan — issiq şamol» romanlarini milliy ozodlik kuraşi mavzuiga bağişladi. Yoş avlodga mansub şoirlardan Malik Fall va Ibrohim Sourang, dramaturglardan Lamin Diakxate, Amadu Sisse Dia, Mamadu Traore Diop va Şeyk Ndaolar ijtimoiy muammolarga, xalqning qahramonona ötmişiga köp e'tibor berdilar.
Me'morligi va tasviriy san'ati. Örta asrlar madaniyat yodgorliklaridan unçalik baland bölmagan doirasimon daxmalar, töğri burçakli va doira kesimli megalitmengirlar (12—14-a.lar, Tambakunda yaqinida), zör mahorat b-n işlangan zargarlik buyumlari: kumuş va tilla marjonlar, turli zebziynatlar, sopol va mis idişlar saqlanib qolgan. Aholining turar joylari şoxşabbadan törtburçak şaklda işlangan tomi tört nişabli çaylalar bölib, sirti va içi loy b-n suvaladi (garbiy tumanlarda), aylanma şakldagi kulbalar tomi konus tarzida ötölan b-n yopiladi, töğri burçakli bostirma kulbalar ham uçraydi (şarqiy tumanlarda). Peşayvon b-n öralgan çöziq doirasimon turar joylar jan. tumanlarga xosdir. Ularning old tomoni qizil va kök rangda jonivorlar va zamonaviy texnika — samolyot hamda paroxod rasmlari b-n bezatiladi. S.ga islom dini kirib kelişi tufayli maçitlar kurila boşladi. Ular orasida Tubadagi taqasimon ravokdi maçit diqqatga sazavordir. U hovlisining atrofi peşayvonlar va tört tarafi 8 qirrali minoralardan iborat qilib, Şim. Afrikaning örta asrlar me'morligi uslubida qurilgan. 20-a.da şaharlarda (asosan, Dakarda) zamonaviy turar joylar, f-ka, meqmonxona, ma'muriy binolar qurişga kirişildi. Köp qavatli uylar oftob tösqiç qurilmalar b-n tropik iqlimga moslab fransuz funksionalizmi ruhida qurildi. 1960 y.dan keyin 1 — 2 qavatli beton uylardan iborat işçi şaharçalari barpo etiş avj oldi. Mamlakatda an'anaviy badiiy xunarmandçilik (yoğoçdan rözğor anjomlari va mebel, sopoldan turli idiş va bezak buyumlari, novdadan savat, sumka, belboğlar, timsoh va ilon terisidan buyumlar yasaş), badiiy töquvçilik urf bölgan. Ular «Dakar rassomlik maktabi» uslubida ziynatlanadi.
Musiqasi. S. musiqasi qadimdan Gvineya, Mali, SyerraLeone va b. mamlakat xalqlari musiqasi b-n birga rivojlanib kelgan. 12-a.dan arab, 15— 16-a. lardan yevropaliklar musiqasi ta'siri sezila boşlagan. S. xalqining çolğu asboblari: yumaloq qovoq pustidan yasalgan barabanlar, kum soat şaklidagi 2 membranali baraban, şaqildoq, tartarak, qöngiroq; turli ksilofon, balafon, fleytalar ham keng tarqalgan. Mehnat, sevgi qöşiqlari, bolalarga atalgan aşulalar, ajdodlar ruhini uluğlovçi tarixiy ertak qöşiqlari, raqsga moslab aytiladigan marosim qöşiklari mavjud. Aksariyat bir ovozlilik, faqat jan. xalqlarida köp ovozlilik S. musiqasiga xos xususiyatdir. An'anaviy musiqaning asosiy ijroçilari griotlardir. 20-a. ning 60y.laridan musiqa san'ati muammolari b-n şuğullanuvçi öquv va ilmiy muassasalar paydo böla boşladi. Radioeşittiriş (1926 y.dan) va telekörsatuv (1964 y.dan) musiqiy eşittirişlarga katga e'tibor beradi. Dakarda turli san'at festivallari ötkazib turiladi.
Teatrining rivojlanişida xalq baxşilari — griotlar köp ijodiy mehnat qildilar. Dastlabki teatrlar maktablarda taşkil etildi. 1933 y. Dakardagi Uilyam Ponti nomidagi maktab teatrida Afrika hayotidan hikoya qiluvçi spektakllar fransuz tilida sahnalaştirildi. Mamlakat mustaqillikka erişgaç, S. teatri rivojlanib, Afrika mamlakatlari orasida yetakçi bölib qoldi. 1961 y. Milliy balet ansambli taşkil etildi, uning dasturida raqs, pantomima, musiqali drama va vokal sahnalar bor. 1965 y. Dakarda milliy teatr binosi qurildi. Havaskorlik teatri rivoj topdi. 1969 y. Havaskorlik teatri federatsiyasiga aylantirildi.
Kinosi. 20-a.ning 50y.larida Fransiyada ta'lim olayotgan afrikalik talabalar hayotini tasvirlovçi «Senadagi Afrika» (1955, rej.lar P. Vyeyra, M.Sarr) filmi S. kinematografiyasi boşlanişiga turtki böldi. S. mustaqilligi e'lon qilingaç, «Millatning tuğilişi» (1961) va «Lamb» (1963, rej. P. Vyeyra), «Tubadagi katta ibodatxona» (1961, rej. B. Sengor) va b. hujjatli filmlar yaratildi, ularda xalqning mustaqillik va milliy madaniy an'analar uçun kuraşi aks ettirildi. Yozuvçi va rej. U. Sembenning «Aravaçali kişi» (1963) filmi xalqaro jamoatçilikning e'tiborini qozondi. «...lik qoratanli» (1966), «Mandat» (1968), «Sedda» (1977) va b. filmlarida rej. eski va yangi mustamlakaçilikka karşi kuraş jarayonida milliy ongning ösişi muammolarini kötarib çiqdi. Keyingi yillarda «Ayol» (rej. M. Traore), «Bezori» (rej. J. Mambeti), «Karim», «Baks» (rej. M. Tiam), «Sertifikat» (rej. T.Av), «Getitey» (rej. S.Nyay) badiiy filmlari yaratildi. SENEKA (Seneca) Lutsiy Anney (taxm. mil. av. 4, Kordova, Ispaniya — mil. 65, Rim) — Rim faylasufi, yozuvçi, davlat arbobi. Rim imperatori Neronning tarbiyaçisi va maslahatçisi; unga s u i q a s d qilişda ayblangan va özini öldirgan. S. stoitsizmning yirik vakillaridan biri. U tabiat va inson mohiyati hakida keng bilimga ega bölgan, adabiy uslubni juda yaxşi egallagan. S.ning falsafiy qaraşlari ziddiyatli. U falsafani hayotda axloqiydiniy qöllanma deb bilgan. «Lutsiliyga xatlar» falsafiy asari, «Himmat haqida», «Rahmşafqat haqida», «Ruhiy xotirjamlik haqida» va b. risolalarida tarkidunyo qiliş, ölim va taqsirni nazarpisand qilmaslik, extiroslardan xoli böliş, kişilarning axloqiy tengligi masalalari yoritilgan.