Tabiati. A.— asosan toğli mamlakat. Uning jan. qismi Şarqiy Alp toglari — Yuqori Tauern (bal. 3797 m, Grosglokner çöqqisi) va Quyi Tauern; şim. qismi — past-baland tekisliklardan iborat bölib, çekka şim-şarqda u Örta Dunay payettekisligiga tutaşib ketadi. Foydali qazilmalari: neft, gaz, magnezit, qönğir kumir, temir va qörğoşin-rux rudalari, grafit, oş tuzi; binokorlik materiallarining ançagina zaxiralari mavjud. Iqlimi-mö'tadil. Yanv.ning örtaça t-rasi — G, —4°, iyulda 15° dan 18° gaça. Yiliga 500—900 mm, toğlarda 2000 mm gaça yoğin yoğadi. Asosiy daryosi — Dunay va uning irmoklari (Inn, Traun, Ens, Drava va b.). Daryolar ançagina gidroenergiya zaxiralariga ega. Köllar köp, ularning aksariyati muzliklardan paydo bölgan. Çimli-podzol va qönğir örmon tuproqlar, jan.-şarkda işqorsiz podzollaşgan qora tuproqlar, toğlarda toğ-qönğir, toğ-ötloq, toğ-podzollaşgan tuproqlar. A. maydonining 40% ga yaqini örmonzor (dub, buk, arça, pixta, yaproq bargli daraxtlar). 2000 m balandlikda toğ ötloqlari boşlanadi.
Aholisi. A. aholisining 99% — avstriyaliklar. Slovenlar, xorvatlar, vengerlar, çexlar, nemislar, italyanlar ham yaşaydi. Rasmiy tili — nemis tili. Aholisining örtaça ziçligi — 1 km2 ga 90 kişi. Aholining 52% şaharlarda yaşaydi. Eng yirik şaharlari: Vena, Grats, Zalsburg.
Tarixi. Hoz. A. hududidagi dastlabki inson izlari paleolit zamonlariga borib taqaladi. Mil. av. 1-a.dan boşlab bu yerda turli qabilalar, asosan keltlarning avlodlari yaşagan. Milodning 6-a.i oxirlarida A. ğarbiga bavariyaliklarning german qabilasi, markaziy va şarqiy qismlariga slavyan qabilalari (asosan slovenlar) köçib kelib örnaşdi. 8-a. oxirlarida A. Frank davlati tarkibiga, bu davlat bölingandan keyin (843 i.), Şarqiy Frank qirolligi (Germaniya) tarkibiga kirdi. 10-a.ning 2-yarmida barpo etilgan Bavariya Şarqiy markasi Avstriya davlatiga asos soldi. 1156 y.dan boşlab A. «Muqaddas Rim imperiyasi» tarkibidagi gersoglik. 12-a. oxiridan 14-a.gaça A. gersoglari Ştiriya, Karintiya, Kraynya, Tirolni qöşib oldilar. Ayniqsa 1282 y.da Gabsburglar sulolasi qaror topgaç, A. gersoglari Jan. Germaniyaning eng qudratli hukmdorlariga aylandilar. 16-a.da Gabsburglar Çexiya, Sileziya, Ğarbiy Vengriyani va jan. slavyan yerlarining bir qismini qölga kiritdilar. 18-a.da butun Vengriya, Transilvaniya, Xorvatiya, Jan. Niderlandiya, qisman Italiya yerlari, Banat, Sloveniyaning bir qismi, Şim. Bosniya, polyak, rumin va ukrain yerlarining bir qismi A. hokimiyati ostiga ötdi. Buyuk fransuz inqilobi yillarida A. inqilobiy Fransiyaga qarşi yuriş taşabbuskorlaridan biri, Napoleon uruşlari davrida Fransiyaga qarşi koalitsiyalar qatnaşçisi böldi. 1804 y.dan A.— imperiya. A— Muqaddas ittifoq taşkilotçilaridan biri. 1848 y. martda A. imperiyasi ölkalarida burjua-demokratik inqilobi sodir böldi. 1859 y.gi Avstriya-Italiya-Fransiya uruşi va 1866 y.gi Avstriya-Prussiya uruşidagi maglubiyat uning Germaniya davlatiga ta'siri yöqolişiga olib keldi.
1867 y.da Avstriya imperiyasi dualistik (qöş) monarxiya — Avstriya-Vengriyaga aylandi. 1-jahon uruşida u Germaniya ittifoqçisi bölib qatnaşdi. 1918 i. noyab.da burjua-demokratik inqilobining ğalabasi tufayli Avstriya-Vengriya bir neça mustaqil davlatga bölinib ketdi, jumladan A. ham respublika deb e'lon qilindi. 1919 y.gi San-Jermen sulh şartnomasida A.ning çegaralari belgilab berildi. 1929—33 y.lar jahon iqtisodiy inqirozi davrida A.da reaksiyaning xuruji kuçaydi. 1933 y.da parlament tarqatib yuborildi, matbuot va yigilişlar erkinligi bekor qilindi. 1934 y.da qözğolon kötargan xalq (Vena, Lins va b. şaharlar) uç kun mobaynida faşist tödalarga va hukumat qöşinlariga qurolli qarşilik körsatdi. 1938 y.da faşistlar Germaniyasi A.ni qöşib oldi. 1945 y. bahorida A. gitlerçilar zulmidan xalos etildi. 1945—55 y.larda A. hududida sobik, SSSR, AQŞ, Buyuk Britaniya, Fransiya qöşinlari turdi. 1955 y.da mustaqil va dsmokratik Avstriyani qayta tiklaş töğrisida Davlat şartnomasi tuzildi. Öşa yili A. parlamenta doimiy betaraflik töğrisidagi qonunni qabul qildi. 1955 y.dan A,- BMTa'zosi. 1992 y.da A. b-n ÖzR örtasida diplomatiya munosabatlari örnatildi. Milliy bayrami: 26 okt,— betaraflik kuni (1955).
Siyosiy partiyalari, kasaba uyuşmalari. A. sotsial-demokratik partiyasi, 1889 y.da tuzilgan; A. xalq partiyasi, 1915 y.da tuzilgan; A. ozodlik partiyasi, 1955 y.da tuzilgan; «Yaşil muqobil» partiyasi, 1987 y.da tuzilgan; «Liberal forum» partiyasi, 1993 y.da tuzilgan. A. kasaba uyuşmalari birlaşmasi, 1945 y.da tuzilgan; Xalqaro arkin kasaba uyuşmalari konfederatsiyasiga kiradi.
Xujaligi A,— yuksak darajada rivojlangan industrial-agrar mamlakat. Yalpi içki mahsulotning 36,3% sanoatda va 2,8% q.x. va urmon xöjaligida xosil qilinadi. A. iqtisodiyotida yirik çet el korporatsiyalari muhim rol öynaydi. Ogir sanoatning bir qança tarmoqlari mamlakat ixtiyoriga olingan. Çetga köp mahsulot çiqariladi.
Sanoati. A. energetikasi gidroresurslar va asosan çetdan keltiriladigan kömir negiziga qurilgan. Konçilik sanoati tarmoqlari orasida magnezit (Ştiriya, Karintiya), temir rudasi (Ayzeners), polimetall rudalar, neft va gaz qazib oliş katta ahamiyatga ega. Sanoatning asosiy tarmoqlari - maşinasozlik va metallsozlik (konçilik, metallurgiya va xujalikning boşqa tarmoqlari, transport vositalari va ş.k.lar uçun asbob-us-kunalar i.ç.). Metallurgiya, kimyo, neft kimyosi, yoğoçsozlik, qoğoz, yengil (töqimaçilik, poyabzal, tikuvçilik) va oziq-sanoat markazlari — Vena, Lins, Grats.
Qişloq xöjaligi. Q.x.da intensiv çorvaçilik yetakçi örinda turadi. Fermalar köp, ta'minot-sotiş va matlubot kooperatsiyasi şoxobçasi rivojlangan.
A. asosan toğli ölka bölişiga karamay, uning 20% haydaladigan yerlar, 28,8% yaylov va piçanzorlardir. Koramol, çöçqa, qöy, eçki boqiladi. Asosiy ekinlari: ğalla—buğdoy, arpa; texnika ekinlari — kand lavlagi. Xaşaki ekinlar, meva, uzum yetiştiriladi. Asosiy q.x. ölkalari — Quyi Avstriya, Yuqori Avstriya, Burgenland va Ştiriya.
Transporti. T.y.larning uzunligi — 6,4 ming km. Magistral gaz quvurlari — 1,8 ming km. Avtomobil va havo transporti ham rivojlangan. Dunayda kemalar qatnaydi. Asosiy porti va muhim xalqaro aeroporti — Vena.
Taşqi savdos i . A. maşinalar, asbob-uskuna, yoğoç materiallar, grafit, azotli öğitlar, metall buyumlar, elektr energiya va xalq iste'mol mollarini çetga çiqaradi. Xom aşyo, yoqilği, oziq-ovqat mahsulotlarini çetdan oladi. Ğarbiy Yevropa mamlakatlari orasida taşqi savdo muomalasining köp qismi Germaniyaga töğri keladi. Xorijiy sayyoxlik köpgina daromad keltiradi. Pul birligi — A. şillingi.
Tibbiy xizmat. A.da 77600 dan ziyod örinli kasalxonalar bor; barça ixtisosliklardagi 28565 şifokor tibbiy yordam körsatadi. Şifokorlarni Vena, Grats va Insbruk un-tlarining tibbiyot f-tlari yetiştirib beradi. Xuşmanzara Badenbay-Vin, Bad-Işl, Bad-Şallerbax, Badgaştaynda turli kurortlar joylaşgan.
Maorifi, ilmiy va madaniy-ma'rifiy muassasalari. Ada 1966 y.dan umumiy 9 yillik ta'limni joriy etiş boşlangan. A. maktablari va b. turdagi örta öquv yurtlarida 1 mln. dan ortiq öquvçi, oliy öquv yurtlarida 205600 talaba öqiydi, 14 ming öqituvçi işlaydi. Eng yirik oliy öquv yurtlari: Vena, Grats, Zalsburg, Insbrukdagi un-tlar, Vena, Gratsdagi texnika un-tlari. Avstriya Fanlar akademiyasi mavjud. Kutubxonalari: Venadagi Milliy kutubxona, FA va Vena un-ti kutubxonalari; muzeylari: Tasviriy san'at akademiyasining bisoti, A. galereyasi, Badiiy-tarix muzeyi, Betxoven, Gaydn, Motsart, Şubert muzeylari va h.k.
Matbuoti, radioeşittirişi, telekörsatuvi. A.da bir kança kundalik gaz. va b. davriy axborot naşrlari çiqadi. Eng maşhur naşrlari: «Viner saytung» («Vena gazetasi», 1703 y.dan), «Virtşaft» («Iqtisodiyot», 1945 y.dan), «Kurir» («Dastyor», 1954 y.dan); asosiy jurnallari: «Esterrayxişe monatsxefte» («Avstriya oynomasi», 1945 y.dan), «Zolidaritet» («Birdamlik»). Axborot agentligi — Austriya presse agentur — aksiyadorlik jamiyati, 1946 y. taşkil etilgan. Radio va telekörsatuv «Esterrayxişer Rundfunk» («Avstriya radiosi va televideniyesi») davlat taşkiloti tomonidan nazorat qilinadi. 399 radiostyasidan eşittirişlar olib boriladi. Telekörsatuv 1956 y.dan buyon işlaydi.
Adabiyoti. A. adabiyoti 9—11-a.larda vujudga kela boşlagan. Unda lotin tilidagi liniy şe'riyat ustun edi. Şoira Ava va hajvçi şoir Genrix fon Melk nemis tilida yoza boşlaşgan. 12-a. oxirida qahramonlikni madh etuvçi eposlar («Nibelunglar töğrisida qöşiq») yaratildi. Bu davrga kelib Vena minnezang deb atalgan saroy ritsarlik şe'riyati markazita aylandi. V. fon der Fogalneyde eng atokli minnezinger edi. Byurgerlik vujudga kelgan davrda A. adabiyotida muxoliflik ruhidagi hajvçilik kuçaydi. 13— 14-a.lardagi taniqli hajvçilar: «Pop Amis» şvank (janr turi)lar töplamining muallifi Ştrikker, şoirlardan Verner-Sadovnik va G. Teyxner. 14— 16-a.larda gumanistlar I. Fon Noymarkt, I.fon Zaats, K.Seltis faoliyati diqqatga sazovor. Gabsburglar monarxiyasi va katolik çerkovni madh etuvçi 17-a. adabiyoti va teatri xalqqa begona va tuşunarsiz edi. Hajvçi Abraxam a Santa Klara va Vena xalq dramasi namoyandalari (Y. Stranitskiy va b.)ning asarlari xalq orasida maşhur edi. A. adabiyoti 18-a. oxiri va 19-a.da ğoyat gullab-yaşnadi. Eng yaxşi asarlarda Yevropa ma'rifatparvarligi oliy ğoyalari aks ettirildi. Vena xalqdramasi va hajvçilik yöli an'analarini F. Raymund, I. Nestroy, A. Blumauer davom ettirişdi. Ayni vaqtda klassitsizm va romantizm rivojlanib bordi. K. Pixler, I. N. Fogl, N. Lenau ijodida romantik ohanglar va milliyvatanparvarlik ğoyalari ustunlik qildi. 19-a. oxiri — 20-a.boşlari adabiyotida bir qança naturaçilik va subyektivçilik ruhidagi impressionizm, neoromantizm, simvolizm, ekspressionizm kabi oqimlar yuzaga keldi. Şu oqimlar ayrim namoyandalarining asarlarida ijtimoiy tanqidiy ohanglar yangradi. G.fon Gofmanstal, A. Şnitsler, A.Roda-Roda, R. M. Rilke, G. Trakl, F. Verfel, P. Altenberg, G. Bar, F. Kafka öz davrining nuqsonlarini qoralaganlar. B. fon Zutner va K. Kraus asarlarida militarizmga karşi oşkora norozilik bildirilgan. 1-jahon uruşi yillarida va undan keyin adabiyot maydoniga kelgan şoirlar: A. Vildgans, A. Petsoldtub xalqçillik ğoyalarini kötarib çiqişdi. K. E. Fransoz, S. Sveyg, R. Muzil, Y. Rot, G. Surmyulen, G. Brox, F. Brukner uruşga qarşi ruxda asarlar yaratişdi. A. Germaniya tomonidan qöşib olingaç (anşlyuz), ayrim taraqqiyparvar yozuvçilar (Y. Rot, R. Muzil, S. Sveyg va b.) mamlakatdan boş olib ketişga majbur böldilar, ba'zilari (Yu. Zoyfer, A. Kyonig) faşizm zindonlarida halok böldilar. Mamlakat faşizmdan ozod bölgaç, A. adabiyo-tining asl namoyandalari milliy madaniyatni yanada rivojlantirişga hissa qöşdilar. E. Prister. G. Lebert, F. T. Çokor, X. Guppert, X.fon Doderer, I. Baxman, M. Vid, F. Kain, A. Lernet-Xoleniya singari şoir va yozuvçilar şular jumlasidandir.
Me'morligi. 11-a.dan 13-a. boşlarigaça A. me'morligida romantik uslub hukmron böldi (Gurke va Zekkaudagi bazilika, Venadagi avliyo Stefan soborining ğarbiy tarzi). 13— 15-a.larda gotika rasm böldi (Xeyligenkreys va Svetldagi çerkovlarning xorlari, Venadagi Stefan sobori). A.dagi Uygoniş davri (15—16-a.)da erkerli (oynavand), peşayvonli uylar, qasr toifasidagi saroylar qurildi. 17—18-a.larda Vena, Zalsburg, Linsda barokko uslubida şahar taşqarisidagi qarorgohlar, monastirlar, saroy va çerkovlar qurildi (Şenbrunn saroylari majmuasi, 1695, me'mor I. B. Fişer fon Erlax; Belveder, 1714— 23, me'mor L. Xildebrandt). 19- a. 1-yarmi me'morligi uçun klassitsizm, 19-a. 2-yarmi me'morligi uçun eklektika va modern xos böldi. Zamonaviy inşootlar orasida Venadagi Ştadtxalle şahar zali (1955—58, me'mor R. Rayner) va b. bor.
Tasviriy san'ati. A. hududida «Villendorf Venerasi» deb atalgan paleolitik haykal (qad. toş davri), neolit kulolçiligi va bronza buyumlar (yangi toş davri) topilgan; mahalliy haykaltaroşlik va rassomlik namunalari (mil. av. 1-a.— milodning 5-a.i) saqlanib qolgan. Gurke va Zekkaudagi sobor devorlariga solingan rasmlar, şuningdek vitrajlar, relyeflar, miniatyuralarda romantik uslub körinib turadi (11 —13-a.lar). 15-a.dan boşlab A.san'atida Uyğoniş davrining insonparvarlik belgilari paydo böldi (haykaltaroş Ya. Kaşauer, rassom M. Paxer). 17— 18-a.larda barokko uslubining rivojlanişi b-n A. san'ati katta ahamiyat kasb etadi (B. Permozer, G. R. Donner, F. K. Messerşmidtning manzara haykallari, F. A. Maulberç rang-tasviri, Vena çinnisi). Portret rang-tasvirida klassitsizm ta'siri seziladi (I. B. Lampi, I. Grassi). 19-a.da romantizm (M. Şvind) va bidermayer (F. Valdmyuller, M. Daffinger) yoyildi. X. Makkart ijodiga dabdabali salon uslubi xosdir. 1898 y.dan Vena Setsessioni jamiyati modernçi rassomlar (G. Klimt, A. Kubin)ni birlaştirdi. 20-a. boşlarida ekspressionizm (O. Ko-koşka) yuzaga keldi. Hoz. zamon san'atida abstraksionizm (F. Votruba) va syurrealizm (E.Fuks, Y. Dobrovskiy va b.) b-n bir qatorda realistik an'analar davom etmoqda.
Musiqasi. Örta asrlardan boşlab sayyoh musiqaçilar, şpilmanlar, vagantlar (qoçoq talabalar, işqiy, hazil qöşiq ijroçilari) xalq musiqa madaniyatining namoyandalari bölgan. 17-a.da xalq musiqa teatri (zingşpil), kamer musiqasi va simfoniya vujudga keldi. 18-a.ning2-yarmida Vena klassik maktabi şakllandi (Y. Gaydn, V. A. Motsart va L. Betxoven). K. V. Glyuk uning eng yaqin ötmişdoşi edi. 19-a.ning 1-yarmida F. Şubert A. musiqasida romantik oqimga asos soldi, bal musiqasi ğoyat maşhur böldi (Y. Lanver, Ştrauslar oilasi), Vena operettasi qaror topdi |Y. Ştraus (öğil), F. Zuppe, K. Seller]. I. Brams va A. Brukner ijodida simfonik musiqa yuksak darajaga kötarildi. 20-a. boşlarida atokli simfoniyaçi G. Maler ijod etdi. F. Şreker opera janrida işladi. 19-a. oxirida Yangi Vena maktabi yuzaga keldi (A. Şyonberg, A. Berg, A. Vebern). Hoz. zamon A. musiqasida yangi klassitsizmdan tortib modernizmgaça bölgan turli oqimlar mavjud. Kompozitor Y. Marks romantik realizm deb atalgan öz maktabini yaratdi, uning şogirdlari — A. Kaufman, F. Vildxans, ijroçilar orasida — dirijyorlar G. Karayan, K. Byom, yakkaxonlar orasida E. Şvarskopf, G. Tepper, I. Metternix va b. Musiqa jamoalari: Venada — Vena davlat operasi, Xalq operasi («Folksoper»), Kamer teatri, uçta simfonik orkestr, Vena öğil bolalar xori, Gratsda — opera; Zalsburgda 1841 y.dan Motsarteum — xalqaro motsartşunoslik markazi işlab turibdi. Mazkur uççala şaharda musiqa va drama san'ati akademiyalari bor.
Teatri. A.da teatr 16-a.da vujudga kela boşladi (havaskor aktyorlarning sayyor truppalari). 17—18-a.larda saroy va maktab teatrlari bölgan. 1712 y.da Venada dastlabki doimiy teatr, 1741 y.da Burgteatr, 1788 y.da «Yozefştadtteatr»ga asos solindi. Sönggi teatr 20-a.ning 20—30-y.larida san'atda ilgor rol öynadi (1924—38 y.larda unga M. Reynxardt rahbarlik qildi). 1945 y.dan «Burgteatr» A.ning yetakçi teatri bölib qoldi.
Kinosi A.ning birinçi badiiy filmi — «Bosqiçdan bosqiçga» (1908, rej. X. Xanus). 1920—24 y.lar A. kinosining kjsaliş davri böldi (xususan, rej. A. Kord filmlari). A. kinematografiyasining yangi ravnaqi 1946 y.dan boşlandi («Olis yöl» filmi, rej. E. Xeş).
Vena ş.dagi Opera teatri binosi.
50—60-y.larda musiqali biografik filmlar, revyu-filmlar («Qahramonlik simfoniyasi», «Dunay farzandlari», «Sönggi harakat») çiqarildi. Taniqli rej.lar V. Forst, A. Kvendler; aktyorlar P. Vesseli, M. Andergast, R. Şnayder, Maksimilian va Mariya Şellar A.kino arboblaridir.