Tabiati. T.ning şarqida, 900 km ga çözilgan Hind okeani qirğoğida mayda qöltiklar bor. Hududning katta qismi Şarqiy Afrika yassitoğligida joylaşgan. Yassitoğlikning şarkiy çekkasida Pare (eng baland joyi 2464 m), Usambara (2570 m), Uluguru (2653 m) va b. toglar bor. Şarkiy Afrika uzilmasida (bal. 1000 m) kuçli zilzilalar bölib turadi. Söngan (Kilimanjaro, bal. 5895 m) va harakatdagi vulkanlar bor. Toğ etagi bilan Hind okeani sohilidagi pastgekisliklar orasida yassi plato (200—500 m) joylaşgan. Oltin, olmos, platina, nikel, mis, rux, kobalt, uran, qörğoşin, volfram konlari aniklangan. Iklimi ekvatorial mussonli, issiq. Eng issiq oy (okt. yoki noyab.)ning örtaça trasi yassitoğlikning içkarisida 20—22°dan 25— 27° gaça, eng sovuq oy (iyul yoki avg).ning örtaça trasi 12— 15°dan 20—22° gaça. Toğlarda balandlik mintaqalari mavjud. Yillik yoğin 500— 700 mm dan 1000—1500 mm gaça, eng kupi bilan 1500 mm atrofida. Boşqa davlatlar bilan bölgan çegaralarda Viktoriya, Tanganika, Nyasa köllari bor. Asosiy daryolari — Pangani, Rufiji, Ruvuma. Qurğoqçil mavsum 5—7 oy. Tuproklarining aksariyati jigarrang-qizil (ferralit va alferrit), eng qurğoqçil joylarda qizilqönğir, ba'zan şörlangan tuproqlar. Sohil va ayrim botiqlarda qora gidromorf tuproqlar uçraydi. Hayvonot dunyosi turlituman: fil, qora karkidon, begemot, buyvol, zebra, jirafa, yirtqiçlardan arslon, qoplon, sirtlon, çiyaböri, pavian maymunlari va b. Timsoh va ilonlar ham uçraydi. Quş köp. Serengeti, Ngorongoro, Aruşa, LeykManyara, Mikumi, Ruaxa, Kilimanjaro, Rungva milliy boğlari va qöriqxonalari bor. Mamlakat jan.dagi Selus milliy boği dunyodagi eng katta milliy boğlardan biridir.
Aholisi. T.da 120 dan ortiq xalq yaşaydi. Aholining köpçiligi benuekongo tillarida sözlaşuvçi şarqiy bantu xalklariga mansub. Ularning aksariyatini nyamvezi, suaxili, xexe, bena, pogoro, makonda va b. elatlar taşkil qiladi. Dindorlari — xristianlar, musulmonlar; qolganlari mahalliy an'anaviy dinlarga e'tiqod qiluvçilar. Davlat tillari — suaxili va ingliz tillari. Şahar aholisi 24,4%. Yirik şaharlari: Dorussalom, Zanjibar, Tanga, Mvanza, Aruşa, Dodoma.
Tarixi. T. hududida odam qadimdan yaşab kelgan. Bu yerda 2 mln. yil avval yaşagan odam suyaklari va qöpol toş qurollar topilgan. Tub aholisi buşmen va gottentot qabilalariga qardoş xalklar bölgan. Ular ovçilik va yovvoyi mevalarni yiğiş bilan kun keçirgan.
Mil. 1ming yillik boşlarida bantu va nilot qabilalari dehqonçilik uçun yaroqpi yer va çorva uçun yaylov izlab bu yerga kelib qolgan. 7—8-a.larda T.ning materik qismiga, Zanjibar va unga yaqin orollarga arablar köçib kela boşlagan. 16-a.da bu yerda portugallar paydo bölib, Afrika qit'asini mustamlakaga aylantiriş uçun Zanjibardan xarbiy tayanç hudud sifatida foydalangan. 18-a. da Ummon sultonligi arablari portugaliyaliklarni surib çiqargan. 19-a. boşlarida Zanjibar o. va T. sohili Maskat sultonligi kuliga ötgan. 1856 y. Maskat sultonligi parçalanişi tufayli Zanjibar sultonligi taşkil topdi. 1884 y. T.ning materik qismini Germaniya bosib oldi. 1890 y. Zanjibarda Angliya protektorati örnatildi. 1jahrn uruşidan keyin T.ning materik qismi (Tanganika nomi bilan) Buyuk Britaniya mandatidagi hudud, 2jahon uruşidan keyin esa BMT vasiyligidagi inglizlar boşqaradigan hudud bölib qoldi. Mahalliy aholining mustamlakaçilarga qarşi kuraşi (188889, 189197, 190507 y.lardagi xalq qözğolonlari) 2jahon uruşidan keyin ayniqsa kuçaydi. 1961 y. 9 dek.da Tanganika,
1963 y. 10 dek.da Zanjibar mustaqil deb e'lon qilindi.
1964 y. 26 apr.da Tanganika bilan Zanjibar T. Birlaşgan Respublikasini tuzdilar. T. — 1961 y.dan BMT a'zosi. Milliy bayrami — 26 apr. — Ittifoq kuni (1964).
Siyosiy partiyalari, kasaba uyuşmalari. Qayta quriş va taraqqiyot uçun milliy konvensiya partiyasi, 1992 y. tuzilgan; Birlaşgan fuqarolar fronti partiyasi, 1992 y. asos solingan;
Inqilobiy partiya (Çama Ça Mapinduzi ÇÇM), hukmron partiya, 1977 y. taşkil etilgan. T. işçilari ittifoqi (Juvata) kasaba uyuşmasi, 1978 y. tuzilgan.
Xöjaligi. T. — agrar mamlakat. Yalpi içki mahsulotda q.h.ning uluşi 56%, sanoatniki 15%, xizmat körsatiş sohasiniki 29%.
Qişloq xöjaligida mehnatga layoqatli aholining 80% dan köproği şuğullanadi va eksport tuşumining 85% ta'minlanadi. Dehqonçilikka yaroqli yerlarning 25% ga ekin ekiladi. Asosiy q.h. ekinlari: sizal, çinnigul, paxta, kofe, çoy, keşyu yonğoği, kokos palmasi, qalampirmunçoq va b. Içki ehtiyoj uçun buğdoy, şoli, makkajöxori, tariq, oq jöxori, maniok, dukkaklilar, moyli ösimliklar, şakarqamiş, banan va b. mevalar yetiştiriladi. Qoramol, eçki, qöy, parranda boqiladi, sohilda baliqovlanadi. Toğlardagi tropik örmonlarda (T.da jami 31 mln. gektar örmon bor) yoğoç tayyorlanadi.
Sanoati sust rivojlangan. Mustaqillik yillarida konçilik sanoatida olmos qazib çiqariş rivojlandi. BukRif va Lupada oltin, Minjinguda fosforit, Karagve va Ngarada qalay va volfram, Çambongoda magnezit, şuningdek slyuda, oş tuzi, quriliş materiallari, temir ruda qazib çiqariş yölga qöyilgan. Yiliga örtaça 912 mln. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. Oziq-ovqat, töqimaçilik, tikuvçilik, könpoyabzal, qoğoz va yoğoçsozlik tarmoklarida 500 dan ortiq korxona mavjud. Moşi, Kidati, Morogoro, Kagerada yirik qand zdlari, Moşi, Bukobada kofe, Amani, Tukuyuda çoy, Dorussalom, Aruşa, Iringa, Dodoma, Mvanzada un işlab çiqariş. korxonalari, Dorussalomda neftni qayta işlaş zdi, Tanga, Tabora, Dorussalomda 40 ga yaqin yoğoç tiliş korxonasi bor. Metallurgiya va metall işlaş tarmoqlari endigini rivojlanayotir. Qadimdan mavjud bölgan hunarmandçilik mustaqillik yillarida yangi poğonaga kötarildi.
Içki yuklar t.y. va avtomobil transportida, taşqi yuklar esa T.y. va dengiz transportida taşiladi. T.y. uzunligi 3,6 ming km, avtomobil yöllari uz.— 88 ming km.
Avtomobil Zanjibar va Pemba o.larida asosiy transport turidir. Dorussalom bilan Bvana-Mkuba (Zambiya) örtasida tranzit neft quvuri qurilgan. Viktoriya kölida kema qatnaydi. Asosiy dengiz portlari: Dorussalom, Tanga, Mtvara, Lindi. Dorussalom va Aruşada xalqaro aeroport bor.
T. çetga kofe, paxta, keşyu yonğoği, çinnigul, sizal, olmos, tamaki, çoy va b. sotadi. Çetdan maşina va uskuna, yoqilği, oziq-ovqat, kimyoviy mollar va b. sotib oladi. Germaniya, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Keniya, BAA, Hindiston, Pokiston, Saudiya Arabistoni va b. bilan savdo qiladi. Xorijiy sayyoxlik rivojlangan. Pul birligi — Tanzaniya şillingi.
Tibbiy xizmati. Tibbiyot xodimlari Dorussalomdagi untning tibbiyot ftida va çet ellarda tayyorlanadi.
Maorifi, ilmiy va madaniyma'rifiy muassasalari. T.da boşlanğiç maktab 7 y.lik bölib, 7 yoşdan 14 yoşgaça bölgan bolalar uçun majburiydir. Dars suaxili tilida olib boriladi. 3sinfdan ingliz tili örgatiladi. Örta maktab 6 y.lik. Yuqori sinflarda iqtidorli bolalar untga kiriş uçun tayyorlanadi. Hunartexnika ta'limi boşlanğiç maktab negizida quyi hunartexnika öquv yurtlari va kurslarda 1—4 y. va hunartexnika maktablarida 2 y. mobaynida amalga oşiriladi. Boşlanğiç maktabning quyi sinflari uçun öqituvçilar boşlanğiç maktab negizida 3 y. davomida, boşlangiç maktabning yuqori sinf öqituvçilari esa töliqsiz örta maktab negizida 2 y. davomida tayyorlanadi. Örta maktab öqituvçilari Dorussalomdagi untda, Karagvedagi milliy pedagogika intida va bir qança ped. kollejlarida tayyorlanadi. T.da örta va oliy öquv yurtlarida öqiş pulli. Dorussalomdagi unt 1961 yil unt kolleji tarzida taşkil etilib, 1970 yil unt makrmini olgan.
Ilmiy işlarni Milliy i.t. kengaşi muvofiklaştirib boradi. Mvanzada Şarqiy Afrika tibbiy tadqiqotlar inti, Tangada Şarqiy Afrika bezgak va yuqumli kasalliklar inti, Zanjibarda dengiz balikçiligi muammolarini örganiş tadqiqot taşkiloti, Dorussalomda Şarqiy Afrika meteorologiya markazining Tanzaniya bölimi, Aruşada q.h. zararkunandalariga qarşi kuraş tadqiqot inti, Dodomada hayvonlar va jonivorlar tadqiqot inti, Zanjibarda folklor va Afrika tillari tadqiqot markazi va b. ilmiy muassasalar bor.
Dorussalomda Milliy kutubxona (1967), Unt kutubxonasi, Milliy muzey (1937), Zanjibar davlat muzeyi (1925), Dorussalom yaqinida Etn. muzeyqişloği (1966), Dorussalomda Tibbiyot muzeylab., Dodomada Geol. muzeyi mavjud.
Matbuoti, radioeşittirişi va telekörsatuvi. Asosiy gaz. va jurnalilari: «Deyli nyus» («Kun yangiliklari», ingliz tilida çiqadigan kundalik gaz., 1972 y.dan). «Uxuru» («Ozodlik», suaxili tilida çiqadigan kundalik gaz., 1961 y.dan). «Mzalendo» («Vatanparvar», suaxili tilida çiqadigan yakşanbalik gaz.,
1972 y.dan), «Gazet of Yunayted Ripablik» («Birlaşgan respublika gazetasi», ingliz tilida çiqadigan hukumat haftanomasi, 1964 y.dan), «Mfanyakazi» («Işçi», suaxili tilida çiqadigan haftalik gaz., 1964 y.dan), «Kiongozi» («Rahbar», suaxili tilida çiqadigan katolik gaz., 1950 y.dan), «Mvanga» («Hyp», suaxili tilida çiqadigan oylik jurnali, 1986 y.dan). T. axborot agentligi (Şixata) hukumat axborot mahkamasi, 1976 y. asos solingan. T. radiosi — hukumat mahkamasi, 1956 y. tuzilgan; T. Zanjibar radiosi — hukumat mahkamasi, 1964 y. taşkil etilgan; Zanjibar televideniyesi,
Adabiyoti suaxili va ingliz tillarida rivojlanmokda. Suaxili adabiyoti tarixi 18-a.dan boşlanadi. Islom dini ruhidagi mumtoz adabiyotda nazm ustun bölib, tarixiy, falsafiy va tarbiyaviy mazmundagi dostonlar, işqiy va siyosiy şe'rlar yaratildi. 19-a.da suaxili adabiy tili xalq tiliga yakinlaştirilib, arab yozuvidan lotin alifbosiga ötildi. Gaz.lar naşr etilib, ularda adabiy asarlarga ham örin berildi. Sayd Aydarus, Sayd Abdalla, Muyaka bin Xöja alHasani, Mvan Kuponi— 18—19-a.lar suaxili adabiyotining tanikli namoyandalaridir. Yangi adabiyotning atokli vakili R. Şaaban (1909 —62) falsafiy, adabiy esse va etyudlar, siyosiy makrlalar («Meninghayotim», «Kusadikika», «Adili va uning akaukalari», «Siti binti Saad») ni yezdi. Umar Hayyom ruboiylarini tarjima qildi.
T. adabiyotining şakllanişi va rivojida jahon adabiyotidan suaxili tiliga tarjima qilingan asarlarning roli katta (maye. U. Şekspir, L. Tolstoy va b. ijodi). Ingliz tilidagi adabiyot 20-a.ning 60y.larida yuzaga keldi. Bu tilda yozilgan J. Mbondening «Makonde hayoti» romani va ertaklar töplami, P. Palançoning «Oftobdagi ölim» romani, G. Ruxumbika, G. Kalimugogo, M. Njeru, R. Ngetening roman va qissalari, B. Tejani, R. Roberte, S. Nguzo, K.Xaulining şe'rlari diqqatga sazovor. Dramaturgiya janrida X. Menson barakali ijod qildi.
Me'morligi va tasviriy san'ati. Hind okeani sohilida 8-a.dan arablar bilan forelar asos sola boşlagan Kilva, Çvaki, SongaManara, Kva va b. port şaharlari 13—14-a.larda ravnaq topdi, ammo 16-a.da portugaliyaliklar bu şaharlarni vayron qilib taşladilar. Ularda qurilgan köpdanköp saroy va mayejidlar (KilvaKisivanidagi jome mayejid), turar joylarning krldiklari saqlanib qolgan. 19-a. oxiridan port şaharlar (Dorussalom), savdo markazlari (Moşi, Dodoma), yevropalik me'morlarning loyihalari asosidagi imoratlar (Moşidagi madaniy markaz, 1948—50, me'mori E. May) qurildi. 1964 y.dan keyin rejali ravişda jamoat binolari va turar joylar qurişga kirişildi (Dorussalomdagi unt majmuasi, Markaziy milliy kutubxona, Kivukonidagi kollej binolari). Qişloqlarda aholining turar joylari asosiy şakli şoxşabba, öt va novdadan töqilgan çaylalardan iborat.
T.ning ayrim joylarida yukrri paleolit va neolit davriga mansub qoyatoşlarga çizilgan rasmlar saklangan. Yoğoç va loydan işlangan haykallar köp uçraydi, ularda odamlar yoki hayvonlar, jang va ov manzaralari, niqoblar tasvirlangan. 1964 y.dan xalq san'ati an'analari ruhidagi milliy rangtasvir maktabi vujudga kela boşladi. S. J. Ntiro, V. Maça, F.K.Mzangi, T. F. Abdalla kabi rassomlar yetişib çiqdi. Amaliy bezak san'atining yoğoç öymakorligi, badiiy töqiş va kulollik turlari rivojlangan.
Musiqasi. T.dagi köp sonli xalklardan qar birining öziga xos musiqasi bor. Hayotiy va diniy marosim, urf-odat va udum musiqasi keng tarqalgan. Çolğu asboblari jörligidagi qöşiqlar köpinça raqs bilan birga ijro etiladi. Musiqa asboblari: ngoma (baraban), kiyik şoxidan yasaladigan baragumu (truba), bambuk va qamişdan yasaladigan filimbi (fleyta), skripkaga öxşaş torli zeze, litungu va enanga (sitralar), marimba va mbira (ksilofonlar), qönğiroq, huştak, tartarak va b. Ğarb musiqasi ta'sirida turli popmusiqa şakllari rivojlanib bormokda. Madaniyat va yoşlar işlari vazirligining musiqa va teatr seksiyasi xalq oğzaki ijodiyoti namunalarini töplaş, örganiş va milliy musiqiy asboblar töplamini yaratiş bilan şuğullanadi. Professional musiqa xodimlari Dorussalomdagi untning san'at, musiqa va teatr ftida, konservatoriyada, Çangombedagi san'at kollejida tayyorlanadi. Kompozitorlar E. Makala, D. Mbilini, L. Fillipo, barabançilar M. Mnonyusa, T. Nyambo, X. Vaziri, ksilofonçilar A. Omari, A. Matitu, Saidi Ali, teze ijroçilari M. Nganza, K. Mutondi maşhur.
Teatri va kinosi. Mustamlakaçilik yillarida T. hududida inglizlarning havaskorlik truppalari bölgan. Mustaqillikka erişilgaç, afrikaliklardan iborat jamoalar tuzilib, suaxili va ingliz tillarida spektakllar qöyildi. 1967 y. Dorussalom untida teatr bölimi oçildi. Davlat kinokorporatsiyasi taşkil etilgan, 1972 y.dan kinostudiya işlay boşladi. Badiiy filmlardan «Yöqsul kişining kuraşi» (1973, rej. O. Kitana) diqqatga sazovor.