Tabiati. T. hududining aksariyati tekislikdan iborat bölib, qariyb 4/5 qismi Turon tekisligi (Qoraqum çöli) da joylaşgan. Faqat jan.da tepaliklar va örtaça balandlikdagi toğlar bor. Kaspiy dengizining T.ga qaraşli jan. qirğoklari kam parçalangan, şim. da Qoraböğozgöl, Krasnovodsk, Turkman qöltiqlari, Krasnovodsk, Darja, Çeleken ya.o.lari va kum tillari bor. Dengiz sohili past, qumli. T. janubida Kopetdoğ toğlari (eng baland joyi 2942 m — Rizo çöqqisi), undan şim.ğarbda Kiçik Bolxon (777 m gaça) va Katta Bolxon (1881 m gaça) toğlari joylaşgan. Jan.şarqdagi Bodxiz qirlari (eng baland joyi 1267 m) va Qorabel qirlari (eng baland joyi 984 m) örtasidan Murğob daryosi oqib ötadi. Çekka jan.şarqda Hisor tizmasining Köhitang tarmoği (bal. 3139 m — T.ning eng baland nuktasi) bor. T.ning ğarbida Krasnovodsk platosi, şim. ğarbida Ustyurt platosining jan. çekkasi, undan jan.da esa Orqa Özböy burmali rni yotadi. Kaspiy böyi pasttekisligida Nebitdoğ (39 m), Boyadoğ (134 m), Qumdoğ, Manjuqli (27 m) va b. qirlar kötarilib turadi. Kopetdoğ tekisligidan şim. va şim.şarkda Qoraqum çöli, Amudaryo va Tajan daryolari oraliğida Jan.Şarqiy Qorakum çöli joylaşgan. T.ning jan. qismida tez-tez zilzila bölib turadi. Muhim qazilma boyliklari — neft va gaz; kumir, mirabalit, oltingugurt, kora va rangli metall, mis, alyuminiy, simob, molibden konlari aniklangan.
Iqlimi keskin kontinental, qurğoqçil iqlim. Yozi issiq va quruq, qişi yumşoq, qor kam yoğadi. Yanv.ning örtaça trasi şim.şarkda —5° dan Atrek daryosi atrofida 4° gaça, ba'zi yillarda Toşhovuz viloyatida absolyut minimal tra —32° gaça. Iyulda şim. şarkda 28°, jan.da 32°, absolyut maksimal tra 49,9° gaça. T. hududining 80% da doimiy oqar suv yöq; jan. va şarqiy hududlardagina daryolar bor. Eng katta va sersuv dare — Amudaryo. Bu daryoning suvi Qoraqum kanali orqali Bahardengaça borgan —900 km. Köllarning aksariyati şör. Çuçuk suvli Yasxan köli Nebitdog ş.ni içimlik suv bilan ta'minlaydi. Tuproqlari — Ustyurt, Krasnovodsk, Orka Unguz platolarida surqönğir, toğ etaklari, toğ yon bağirlarining quyi qismida, toğ oldi tekisliklarida, toğlarning quyi mintaqasida böz tuproq, yuqorirokda töq böz, toğ tepalarida toğqönğir tuproqlar tarqalgan. Qoraqum çölining aksariyatini qum egallagan; pastqam joylarda taqir, şörxok, daryo vodiylarida ötloqiböz va allyuvialötloqi tuproklar bor. T. hududining taxm. 2% suğoriladi. T.ning ösimlik va hayvonot dunyosi xilmaxil. Qumli çöllarda oq va qora saksovul, qandim, çerkez, quyonsuyak, astragal kabi butalar, şörxok yerlarda yulğun, sarisazan, şoxilak va b., daryo vodiylaridagi töqaylarda baçki teraktol va jiydazorlar, Kopetdoğ oldi çöllarida va qirlarda şuvoq va har xil efemer ötlar, toğlarning 1500 m dan yuqori qismida arça, Ğarbiy Kopetdoğ daralarida yovvoyi tok, olma, olça, bodom, anor, yonğoq, anjir, pista daraxtlari ösadi. Hayvonot dunyosi — çölda quyon, böri, tulki, çiyaböri, jayran, toğlarda qoplon, arxar, morxör, Amudaryo vodiysida tönğiz, kiyik, qirğovul va b. yaşaydi. Daryo va suv omborlarida baliq köp. T. hududida Badxiz, Krasnovodsk, Repetek va b. qöriqxonalar bor.
Aholisining aksariyati turkmanlar; şuningdek, rus, uzbek, qozoq, tatar, ukrain, armanlar ham yaşaydi. Şahar aholisi 45%. Rasmiy til — turkman tili. Dindorlari, asosan, sunniy musulmonlar. Yirik şaharlari: Aşxobod, Turkmanobod, Toşhovuz, Mari, Turkmanboşi.
Tarixi. T. hududi qadimda Ahomaniylar davlati, Aleksandr istilosidan söng vujudga kelgan Salavkiylar davlati, Parfiya, YunonBaktriya podşoligi, Eftaliylar, Turk xoqonligi, Arab xalifaligi, Tohariylar davlati, Somoniylar, Saljuqiylar davlati, Xorazmşohlar davlati, Möğullar davlati tarkibida bölgan. 14-a.ning 70—80-y. laridan T. hududi Temuriylar gasarrufiga ötgan. 16-a. oxiri — 17-a.da Xiva va Buxoro xonliklariga qaram böldi, bir qismi Eron tarkibiga ötib qoldi. 1869—85 y.larda T. hududini Rossiya bosib oddi. 1917 y. noyab. —dek.da sovet hokimiyati örnatildi, 1918 y. 30 apr. da Turkiston muxtor sovet sotsialistik respublikasi taşkil etilgaç, T.ning asosiy qismi (Zakaspiy viloyati, 1921 y. avg.dan T. viloyati) uning tarkibiga kirdi. 1924 y. Örta Osiyoda «milliy davlat çegaralanişi» deb atalgan bölib taşlaş siyosati natijasida 1924 y. 27 okt.da Turkmaniston SSR taşkil topdi va SSSR tarkibiga kiritiddi. Şundan keyingi yillarda turkman xalqi KPSSning qişloq xöjaligi.ni jamoalaştiriş, mamlakatni industriyalaş siyosati va qatağonlar azobuqubatlarini tortdi. 1991 y. okt.da Mustaqillik haqida deklaratsiya qabul qilindi, mamlakat Turkmaniston deb atala boşladi. T. —1992 y.dan BMT a'zosi, 1993 y. 7 yanv.da ÖzR suverenitetini tan olgan va diplomatiya munosabatlari örnatgan. Milliy bayrami — 27 okt. — Mustakillik kuni (1991).
Siyosiy partiyasi. Rasmiy ravihda 1 partiya röyxatga olingan: Turkmaniston demokratik partiyasi (sobiq Kommunistik partiya negizida 1991 y. tuzil gan).
Xöjaligi. T. — agrarindustrial mamlakat. Milliy daromad tarkibida sanoatning uluşi 50%, qişloq xöjaligi. niki 18%, xizmat körsatiş sohasiniki 32%.
Sanoatining yetakçi tarmoklari: gaz va neft qazib çiqariş, energetika, kimyo, maşinasozlik, yengil (qişloq xöjaligi. xom aşyosini qayta işlaş), oziq-ovqat (yoğmoy, vinoçilik), binokorlik materiallari sanoati. Buzmayin GRES, Turkmanboşi, Nebitdoğ, Turkmanobod, Mari, Gugurtdoğda issiqlik elektr styalari barpo etilgan. Yiliga örtaça 10,5 mlrd. kVt soat elektr energiya hosil qilinadi. Neft qazib çiqariş va uni qayta işlaş T.ning ğarbiy rnlarida olib boriladi, Çeleken ğarbida dengiz tubidan neft qazib olinadi. Asosiy gaz konlari: Gazöçoq, Naip, Şatlik, Gugurtdog va b. Neftni kayta işlaş tarmoğida benzin, kerosin, dizel yonilğisi, mazut, bitum, elektrodli koks, kir yuviş vositalari, kimyo sanoatida natriy sulfat, yod, brom, oltingugurt, mineral öğit, oltingugurt kislotasi, superfosfat, ftorli alyuminiy işlab çikariladi, maşinasozlik va metallsozlik korxonalarida teplovoz va avtomobillar ta'mirlanadi, markazdan qoçirma neft nasoslari, kultivator, elektr kabeli, gaz plitalari, oziq-ovqat sanoati uçun uskunalar işlab çiqariladi. Yengil sanoat paxta, jun, pillani dastlabki qayta işlaş, ip gazlama, jun va ipak gazlama, trikotaj işlab çiqariş., qoraköl oşlaş, pillakaşlik, tikuvçilik, könçilik, poyabzal korxonalaridan iborat. Yogoçsozlik, poligrafiya, şişa sanoati ham muhim örin oladi. Asosiy sanoat markazlari: Aşxobod, Toşhovuz, Turkmanobod, Mari, Turkmanboşi, Nebitdoğ, Bayramali va b.
Qişloq xöjaligining yetakçi tarmoği — dehqonçilik. Unda paxtaçilik asosiy örin egallaydi. Vohalarda va toğ yon bağirlarida yetiştiriladi (asosan, ingiçka tolali paxta). Donli ekinlardan buğdoy, arpa, şoli, oq jöxori va makkajöxori, yemxaşak ekinlari, poliz ekinlaridan qovun, tarvuz yetiştiriladi. Boğ va tokzorlar bor. Atrek daryosi va uning irmoqlari böylarida subtropik ekinzorlar (anor, zaytun, anjir, bodomzorlar) bor. Çorvaçilik qişloq xöjaligi.ning muhim tarmoği hisoblanadi. Toğli joylarda qoramol, qöy, eçki, yilqi boqiladi, tekisliklarda qorakölçilik va tuyaçilik, Turkmanobod, Aşxobod, Mari viloyatlarida pillaçilik, suv havzalarida baliq xöjaligi rivojlangan.
Transporti. T.y. uzunligi 2,12 ming km, umumiy foydalanişdagi avtomobil yöllari uz. 13,6 ming km, jumladan, qattiq qoplamali yöllar uz. 11,6 ming km. Asosiy dengiz porti — Turkmanboşi. Turkmanboşi — Boku, Bekdaş — Boku yönalişi böyiça t.y.li dengiz paromi mavjud. Amudaryo va Qoraqum kanalida kema katnaydi. Truboprovod transporti mavjud. Neft va gaz quvurlari, jumladan, Vişka — Turkmanboşi, Çeleken — Turkmanboşi neft quvurlari mavjud. T. çetga tabiiy gaz, neft va neft mahsulotalari, paxta, mineral öğit va b. çiqaradi. Çetdan maşina va uskunalar, kora metallar, transport vositalari, kiyimkeçak, poyabzal, don, kandşakar oladi. Rossiya, Ukraina, Örta Osiyo mamlakatlari va Qozoğiston bilan savdo qiladi. T.ning ÖzR bilan taşki savdo aylanmasi 2003 y.da 2002 y.ga nisbatan 17,3% ortdi va ÖzR ning taşki savdosidagi uluşining 1,3% ni taşkil etdi. Pul birligi — manat.
Tibbiy xizmati. Davlatga karaşli tibbiyot muassasalari bilan bir qatorda xususiy şifoxonalar ham bor. Vraçlar Aşxobod tibbiyot intida tayyorlanadi. Maşhur kurortlari: Bayramali, Feruza iqlimiy, Arçman balneologiya va Mullaqora balçiq bilan davolaş sanatoriylari.
Maorifi, ilmiy va madaniyma'rifiy muassasalari. Maorifi boşlanğiç, töliqsiz örta va umumiy örta ta'lim maktablaridan iborat. Örta maxsus ta'lim öquv yurtlari turli kasblarni örgatadi. T.da bir qança oliy öquv yurti, jumladan, Aşxobodda T. universiteta, politexnika, qişloq xöjaligi., ped., san'at, tibbiyot, xalq xöjaligi va b. intlar, Turkmanobodda ped. instituti mavjud. I.t.lar uning tarkibidagi intlardan taşqari Sil kasalliklari inti, Köz kasalliklari inti, Nevrologiya va fizioterapiya inti, Radiologiya va rentgenologiya inti, Onkologiya inti, Çorvaçilik va veterinariya inti, Tuproqşunoslik inti va b. ilmiy muassasalarda olib boriladi.
T.da T. davlat kutubxonasi bir qança teatr, sirk, 15 davlat muzeyi, şu jumladan, Aşxobodda T. tarixi muzeyi, tasviriy san'at muzeyi, «Nisa» tarixiymadaniy qöriqxona va b. madaniyma'rifiy muassasalar mavjud. Matbuoti, radioeşittirişi, telekörsatuvi. T.da 20 ta gaz. va jurnali, jumladan, rus tilida «Neytralnöy Turkmenistan» («Betaraf Turkmaniston»), turkman tilida «Turkmenistan» gaz.lari naşr etiladi. T.davlat axborot agentligi (TURKMANPRESS), T. milliy teleradiokompaniya faoliyat yuritadi. T.da muntazam radioeşittiriş 1927 y.dan, televizion körsatuvlar 1959 y. noyab.dan boşlangan.
Adabiyoti xalq oğzaki ijodiyotidan boşlangan. Örta Osiyo xalklarining muştarak asari bölmiş «Kitobi dadam Qurqut» öğuz elati hayotini tasvirlaydi. «Şohsanamğarib», «Sayot va Hamro», «Göröğli», «Layli va Majnun», «Yusuf va Zulayho» kabi dostonlarning turkman variantlari keng tarqalgan. 18-a.da turkman şoirlari nazm tilini xalq tiliga yaqinlaştirdilar. Mahtumquli adabiyetda yangi yönalişni boşlab berdi. 18-a. oxiri — 19-a. boşlarida Durdi Şoir, Saidiy, Ziloliy, Misqinqiliç, Andalib, Şaydoiy, Ozodiy, Ğoyibiy, Kamina turkman adabiyoti rivojiga katta hissa qöşdilar. 19-a.da yaşab ijod etgan turkman şoirlari ijodida lirika yetakçi janr böldi. Asl muhabbatni madh etuvçi «Zuhro va Tohir» dostonining muallifi Mullanafas turkman adabiyotidagi lirika janrining yorqin namoyandasidir.
20-a. 20-y.larida badiiy nasrçilik rivojlana boşladi. Şoir va yozuvçilardan Yoqub Nosirli, B. Kerboboyev, N. Sarixonov, A. Durdiyev, X. Deryayev, dramaturglardan A. Karliyev, B. Omonov va b. adiblar hikoya, qissa, roman va pyesalarida xalq hayoti, quvonç va taşvişlarini haqqoniy tasvirlaşga intildilar. 1934 y. T. yozuvçilar uyuşmasi taşkil etildi. 1928 y.dan yozuvçilarning oylik adabiybadiiy jurnali naşr etila boşladi. 2jaxrn uruşi yillari turkman adiblari bosqinçilarga qarşi xalq nafratini ifodalovçi nazmiy va nasriy asarlar yaratdilar. Jumladan, Yo. Nosirlining «Leytenantning ölimi», P. Nurberdiyevning «Vatanparvar çol» dostonlari, K,. Seytliyevning şe'rlari, D. Xoldurdining «Oqxalatli qiz» dostoni va b. asarlarda uruş va turkman xalqining front orqasidagi fidoiyligi öz aksini topgan. Uruşdan keyingi turkman adabiyotida tinçlik uçun kuraş, odamlar örtasidagi munosabat asosiy mavzu böldi. 50-y.larda A. Otajonov, M. Saidov, K. Qurbonnapasov, A. Xaydov va b. adabiyotga kirib keldilar. 60—70-y.lardan yirik nasriy asarlar adabiyetda yetakçi örin egalladi. Qiliç Quliyevning «Qora karvon», Beki Seytoqovning «Birodarlar», X. Deryayevning «Qismat» romanlari va b. yaratiddi. B. Kerboboyev, X. Ismoilov, M. Garriyev, K. Tangriquliyev, A. Boymurodovlar bolalar adabiyetiga qiziqarli asarlari bilan hissa köşdilar.
20-a.ning 2yarmida yirik nasriy asarlar adabiyetda yetakçi örin egalladi. B. Xudoynazarov, A. Kurbonov, O. Okmamedov, Ya. Mametyev, T. Jumageldiyev va b. adiblarning romanlari bosilib çikdi. A. Murodov, U. Abdullayev, J. Allakov, R.Rajabovlar adabiyotşunoslik va adabiy tanqid sohasida barakali ijod qildilar. Boşqa xalqlar adiblari, jumladan, özbek yozuvçilarining eng yaxşi asarlarini turkman tiliga tarjima qilişga katta ahamiyat berib kelindi.
Me'morligi va tasviriy san'ati. T.hududida qad. manzilgoxlar (Aşxobod yaqinidagi Jaytun va Passajiktepa) qoldiqlari saklanib qolgan. Bundan taşkari, yirik qişloklarning qoddiqlarini ham uçratiş mumkin (Namozgohtepa, Uluğtepa, Oltintepa). Turli davrlarda mustahkam devorlar bilan öralgan şaharlar (Marvdagi Erkqal'a, Kauşut yaqinidagi Elkentepa) vujudga kelgan. Mil. 5— 7-a.larda xom ğişt va paxsadan qörğonlar, 2 qavatli köşklar qurildi. 11 — 12-a. larda şaharlarda masjid, Madrasa, karvonsaroy, timlar, maqbaralar, turar joy mahallalari barpo etildi (Abu Sayd maqbarasi, Abulfazl maqbarasi va b.). Pişiq ğiştdan mahobatli imoratlar qurilib, tomi gumbaz şaklida işlana boşladi. 12-a.da binolarni bezaşda bir tomoni sirlangan ğişt va koşindan foydalaniş rayem böldi. Maqbaralar öziga xos me'moriy şaklda bunyod etilgan. Marvdagi Sulton Sanjar matsbarasi, Köhna Urgançdagi Najmiddin Kubro maqbarasi, Faxriddin Roziy matsbarasi, Sulton Takaş maqbarasi va b. sirkorlik va naqşkorlik usulida serhaşam bezatilgan. Marvdan Xorazmga boriş yölidagi Oqçaqal'a, Çoşqal'a, Doyaxotin karvonsaroyi içki hovlisining 4 tomoni peşayvonli qilib qurilgan. 14—15-a.larda Temuriylar davri me'morligiga xos mahobatli va peştokli binolar qurila boşladi. 19-a. 2yarmida Krasnovodsk, Aşxobod, Çorjöy, Bayramali, Qizilarvot kabi yangi şaharlar paydo böldi. Ammo köçmançi qabilalar hamon kigiz ötovda yaşar edi.
20-a.ning örtalaridan turkman me'morlari uyjoy qurilişida issiq iklim şaroitini qisobga ola boşlagan bölsalar, 1948 y. Aşxobod zilzilasidan söng şaharsozlikning T. uçun alohida usullarini işlab çiqdilar. 60—70-y. lar me'morligida sodda şakllarga intiliş kuçaydi, 70— 80-y.larda me'morlik bilan bezak san'atini birga qöşib, atrofdagi manzaraga moslaşuv tamoyillari ustunlik qila boşladi (A. Ahmedov va F. Ahmedov rahbarligida ijodiy jamoalar loyihalagan «Aşxobod» mehmonxonasi, «Ayna» restorani, Davlat banki, Quriliş banki binolari).
Badiiy hunarmandlikda kulollik (8-a.dan qolipaki naqşlangan sirsiz sopol idişlar), badiiy töquv, zargarlik, gilamdözlik rivojlangan. Ayniqsa, 18—20-a.larda geometrik şaklli naqşlar bilan bezatilgan kizil, jigarrang, taka, salor, yovmut gilamlari badiiy kimmati bilan maşhur bölgan.
Zamonaviy tasviriy san'at T.da 19-a.ning 2yarmida paydo böla boşladi. N.N.Karazin, K.S.Mişin, Nazar Yovmutiy turkmanlar turmuşining ijtimoiy jihatlarini ifodalaşga harakat qildilar. 20-a.ning 20-y.larida «Şarq san'ati zarbdor maktabi» oçilgaç, T.da professional badiiy ta'lim yölga qöyildi. Şu maktabda tahsil olgan B. Nurali, S.N.Beklarov, keyinçalik ularning safiga qöşilgan Yu.P.Daneşvar, I. Kliçev, A. Hojiyev, A. Quliyev, N. Xöjamuhamedov, A. va Ç. Omongeldiyevlar tasviriy san'atni rivojlantirişga muhim hissa qöşdilar. 20-a.ning 2yarmida turkman badiiy san'atida grafika, dastgoh gravyurasi, natyurmort, avtoportret, teatr va kino bezakçiligi kabi janrlar rivoj topdi.
Istiklol yillari T. tasviriy san'atida milliylikka e'tibor kuçaydi. Dastgoh rangtasviri, grafika, maxrbatli haykaltaroşlik rivojlandi. Keksa avlod vakillaridan I. Kdiçev, A. Almamedov, şuningdek, Ş. Akmuhammedov, A. Muhammedov, Ya. Bayramov, J. Amandurdiyev, Ç. Amandurdiyev, G. Guseynov, A. Murodaliyev, K. Nurmurodov va b. samarali ijod qilmoqdalar. Çunonçi, Ş. Akmuhammedov ijodida ötmiş bilan hoz. kunning uzviy boğliqligini körsatiş, milliy estetik tamoyillarni ifodalaş, Ya. Bayramov ijodida dadil novatorlik, atrof muhitni, umuman hayotni falsafiy talqin qilişga intiliş seziladi. 1939 y. T. Rassomlar uyuşmasi va 1994 y. Milliy Badiiy akademiya taşkil etilgan.
Musiqasi. An'anaviy şakllari qad. ironii elatlar musiqa ijodi hamda turköğiz qabilalarining musiqa an'analari negizida qaror topgan. Parfiya poytaxti Niso, Marğiyona poytaxti Marv, Saraxsdan topilgan arxeologik yodgorliklari islomgaça bölgan musiqa madaniyati (musiqa çolğulari) haqida tasavvur beradi. Saljuqiylar davlati davri (11—12-a.lar)da turkmanlarning musiqa madaniyati ravnaq topdi. Turkman xalq qöşikdari orasida dehqon jamoalari hayotiga xos mavsum marosim qöşiqlari («Yilan oyni», «Çemçe gelin», «Ximmil», «Xeşelle» va b.), şuningdek, oilaviy marosim va maişiy («Xuşroy», «Edemekrem», «Ölan», «Azadi», «Çapak», «Zikir», «Xuvdi», «Agi») qöşiqlari, bayram va sayillarda ayollar ijro etadigan «Lyale», «Mavrike» kabi janrlar keng örin olgan. Musiqa çolğulari orasida qad. xizlavuk, juljul, gopuz (çangqöbiz) hamda puflama tuyduklar, doirasimon deprek, dutor va ğijjaklar mavjud. Ayniqsa, turkman dutor kuylari (Qirqlar, Saltikdar, Muqamlar) şakli murakkabligi, nolalarga boyligi bilan ajralib turadi. Milliy professional musiqa yöllari turkman baxşi va sozandalar ijodida namoyon böladi. Baxşilar dutor (dutor va ğijjak, ba'zida gargituyduklar) jörligida qahramonlik va işqiy mavzudagi («Göröğli», «Nejeb öğlon», «Sayot va Hamro», «Şohsanam va Ğarib» kabi) dostonlarni mahorat bilan, maxsus kuylaş usullaridan keng foydalanib ijro etadilar. 1929 y. Aşxobodda badiiy texnikum musika bölimi bilan birga oçildi (1935 y.dan musiqa bilim yurtiga aylantirilgan). Ilk turkman kompozitorlari A. Kuliyev, V. Muxatov, D. Ovezovlar yetişib çikdi. 1929 y. simfonik orkestr, 1934 y. xor, 1941 y. Opera va balet teatri taşkil etildi. 1941—45 ylarda «Zuhro va Tohir», «Şohsanam va Ğarib» operalari, «Aldar kösa» baleti yaratildi. Kompozitor A. Şapoşnikov bilan V. Muxatovning «Kamina va qozi» hajviy operasi, M. Raviç bilan N. Muxatovning «Zöraki tabib» baleti, A. Quliyev, A. Şapoşnikov, V. Ahmedovning orkestr uçun yozgan konsertlari 50—60-y.lardagi turkman musiqasining yutuği böldi. 70—80ylarda turkman musiqasi uslubida yangi siljiş sodir böldi. Kompozitorlardan Ç. Nurimov («Garmselning ölimi», «Qöhitang fojiasi» baletlari, simfonik konsertlari), N. Xolmamedov (vokal qöşiklari), A. Agajikov («Söna» va «Taxdikali tun» operalari, «Feruza» baleti), R. Ollayorov (oratoriya va simfoniyalari) yangi ifoda usullaridan foydalandilar. Ç. Ortiqov, D. Nuriyev kabi yoş kompozitorlar ijod kila boşladi. Ijroçilar orasida dirijyor X. Allanurov, xonandalardan A. Annaquliyeva, M. Quliyeva, M. Şaxberdiyeva, raqqos va raqqosalardan G. Musayeva, A. Pursiyanovlar maşhur.
Aşxobod va Toşhovuzda musiqali drama teatrlari, Aşxobodda Milliy konservatoriya, Aşxobod, Mari va Turkmanobodda musiqa va san'at bilim yurtlari, turli şaharlarda musiqa maktablari bor.
Teatri. 1918 y.dan havaskor teatr tögaraklari tuzila boşladi. 1926 y. dastlabki millim drama studiyasi taşkil etildi. Unda dramaturglar K. Burunov, A. Kauşutov, rej. Yu. Alimzoda dare berdilar, Suray Murodova, A. Qulmamedov, K. Berdiyev, O. Durdiyeva, K. Qulmurodov va b. aktyorlar tahsil oldilar. 1929 y. şu studiya negizida turkman teatri (xoz. Mullanafas nomidagi drama teatri) barpo etildi. Unda B. Kerboboyevning «Yuksaliş», A. Karliyevning «Ayna» pyesalari va çet el dramaturglarining asarlari sahnalaştiriddi. Mari, Karki, Qizilarvot va b. şaharlarda yangi teatrlar oçildi. 20-a. ning 2yarmida turkman teatrlarida G. Muxtorov, K. Seytliyev, B. Omonov, Q. Quliyev, A. N Ostrovskiy, U.Şekspir pyesalari qöyildi. Teatr jamoalari orasida Aşxoboddagi yoş tomoşabinlar teatri, Maridagi Kamina nomli drama teatri, Turkmanoboddagi musikali drama teatri, san'at arboblaridan B. Omonov, A. Durdiyev, M. Çerkezov, M. Kirillov, S. Otayeva, T. Ğafurova, N. Suyunova, M. Aymedovalar maşhur.
Kinosi. 1926 y. kinofabrika taşkil etildi, keyinçalik u «Turkmanfilm»ga aylantirildi (hoz. A. Karliyev nomidagi kinostudiya). Şu yerda dastlabki hujjatli filmlar — «Oq oltin» (1929, rej. A. Vladiçuk), «Çölda birinçi» (1932, rej. M. Bistritskiy), «Misli körilmagan voqea» (1936) yaratildi. Dastlabki badiiy filmlar — «Unutib bölmaydi» (1931, rej. D. Poznanskiy), «Yetti yurak» (1935, rej. N. I. Tixonov), «Men qaytaman» (1935, rej. A. Ledaşçev), «Dursun» (1940, rej. Ye. IvanovBarkov) ekranga çiqarildi. 40—50-y.larda yaratilgan filmlar («Olisdagi kelin», «Keksa Aşirning hiylasi», «Oila nomusi»,
«Birinçi imtihon») muvaffaqiyat qozonmadi va tanqidga uçradi. 60-y. larda voya ga yetgan X. Narliyev, K. Yazxonov, M. Qurbonkliçev, Ya. Saidov, M. Suyunxonov kabi yoş rej.larning ijodi kinematografiyani jonlantirdi. B. B. Mansurovning «Musobaqa» filmi (1964) goyaviy yetukligi, ifoda vositasining ta'sirçanligi bilan ajralib turadi. Unda murakkab insoniy muammolar tarixiy voqealar asosida hal etilgan bölsa, öşa rej.ning «Çanqovni bosiş» filmida (1967) mazkur muammolar zamonaviy voqeliqda ifodalab berilgan. «Mahtumquli» (1968) va «Maqom sirlari» (1974) filmlari tarixiy şaxslarga bağişlangan. X. Narliyevning «Qoraqum, soyada 45°» (1983) filmida gazçilarning hayoti tasvirlangan. Yoş rej. X. Kakaboyevning «Otam qaytsinçi, kurasan», X. Narliyevning «Jamol daraxti» filmlari turkman kinematografiyasining sönggi yillardagi yutuqla]ei jumlasiga kiradi.
Özbekiston — T. adabiy va madaniy aloqalari. Özbek va turkman xalklari azaldan iqtisodiy, madaniy va adabiy aloqada bölib kelganlar. Alişer Navoiyni turkman xalqi Mir Ali nomi bilan tanigan, uning asarlari şoir hayot çoğidayoq turkmanlar orasida maşhur bölgan. Navoiy ğazallarini turkman baxşilari hoz. kungaça ham kuylab keladilar. Xiva madrasalarida tahsil olgan turkman mumtoz şoirlari Ozodiy, Mahtumquli, Andalib Navoiyni özlariga ustoz deb bilganlar. Ayni paytda Mahtumqulining şe'rlarini bilmagan va kuylamagan özbek xrfizi yöq desa böladi. Andalib özining «Layli va Majnun», «Yusuf va Zulayho» dostonlarini Navoiy va Durbek asarlaridan ta'sirlanib yozgan.
Mahtumqulining tanlangan şe'rlar töplami özbek tilida bir neça marta naşr etildi. Ğafur Ğulom va Berdi Kerboboyev, Abdulla Qahhor va Beki Seytoqov, Zulfiya va Tovşan Esanova, Asqad Muxtor va Qora Seytliyev kabi özbek va turkman yozuvçişoirlari örtasidagi döstlik adabiy aloqalar tarixida muhim örin egallaydi. B. Kerboboyevning «Dadil qadam», «Oysulton», «Nebitdoğ» romanlari, X. Deryayevning «Qismat» romanepopeyasi, Mullanafas, Andalib, Kamina, B. Kerboboyev şe'rlari, Ota Kavşutovning «Nebitdoğ etaklarida» romani, Q. Quliyevning «Qora karvon» romani, T. Toğanovning «Durlar xazinasi» qissasi va b. asarlar özbek tiliga tarjima qilingan. Turkman dramaturgiyasining «Mahtumquli» (B. Kerboboyev), «Oila nomusi», «Kim aybdor?» (X. Mutalov) singari namunalari özbek teatrlarida sahnalaştirilgan. Öz navbatida, H.X,.Niyoziyning «Boy ila xizmatçi», A. Qaxdorning «Şohi suzana», B. Rahmonovning «Yurak sirlari», Sayd Ahmadning «Kelinlar qUzğoloni» pyesalari turkman teatrlarida namoyiş qilindi. Turkman adiblarining (B. Kerboboyev, J. Orazov, B. Seytokrv, O. Otajonov va b.) Özbekiston, özbek şoir va adiblarining (Ğ.Ğulom, Şayxzoda, Mirtemir) Turkmaniston mavzuidagi asarlari muhim.