Q. sura va oyatlarining nozil böliş tartibi voqealarning rivojiga qarab davom etgan. Ilk islom davrida nozil bölgan suralar, asosan, Allohning yagonaligi, borliqning mutlaq ilohi, dunyodagi barça narsalar uning borligidan darak beruvçi dalil ekani, islom ta'limotida belgilangan aqidaviy tuşunçalar — fariştalar, payğambarlar, muqaddas kitoblar, oxirat, jannat va dözaxning haqligi töğrisida edi. Payğambar va musulmonlarga oğir kelgan Makka davrida sabr-bardoşga çaqiruvçi, din yölida çekilgan maşaqqatlar uçun uluğ ajru mukofotlar borligi haqidagi oyatlar nozil etilgan bölsa, musulmonlar jamoasi şakllangan Madina davriga diniy marosim va ijtimoiy munosabatlarni tartibga solişga bağişlangan oyatlar töğri keladi. Payğambarga diniy masalalar böyiça berilgan savollarga u vahiy orqali nozil qilingan oyatlar bilan javob berar edi.
Q.ning bölimlari sura deyiladi, uni şartli ravişda bob bilan taqqoslaş mumkin. Har sura oyatlarga bölingan. Q. 114 sura, 6236 oyatdan iborat. Har bir suraning öz nomi bor. Oyatlar esa tartib raqami bilan berilgan. Suralarning nomlari uning boşida kelgan sözdan olingan yoki zikri köproq kelgan narsalar, voqealar yohud asosiy qahramon nomi bilan atalgan. Keyinçalik öqiş va yodlaş oson bölişi uçun Iroq hokimi Hajjoj ibn Yusuf (hukmronlik yillari 694—714) körsatmasiga binoan Q. 30 qism (arabça — juz, forsça — pora)ga bölingan. Q.da birinçi kelgan «Fotiha» surasidan keyingi suralar katta, örtaça va kiçik suralar tartibida joylaşgan. 2-«Baqara» surasi 286 oyatdan, eng qisqa «Kavsar» surasi 3 oyatdan iborat. Eng qisqa oyatlar «Toho» va «Yosin», eng uzun oyat «Baqara» surasining 282-oyatidir. suralar nozil böliş vaqti va joyiga köra 2 ga: hijradan oldin nozil bölgan suralar — «Makka suralari» (610—622 y.lar, 90 sura) va hijradan keyin nozil bölgan suralar — «Madina suralari» (622-y.dan, 24 sura) ga ajratiladi.
Qur'oni karimning Usmon Mushafi nusxasi (Toşkentda Özbekiston musulmonlari idorasi kutubxonasida saqlanadi).
Q. matnining köp qismi Alloh bilan sözlaşiş, islom duşmanlari yoki undan ikkilanuvçilar bilan munozara qiliş şaklida berilgan.
Muhammad (s.a.v.) Q. oyatlarini Jabroildan qabul qilar, boşqa musulmonlar u kişidan eşitib, yodlab olardilar. Yozişni biladigan odamlar, jumladan, Abu Bakr, Umar, Usmon, Ali, Zayd ibn Sobit, Ubay ibn Ka'b xurmoning pöstloği, yapaloq toş, katta suyak, teri va şunga öxşaş narsalarga Q.ni yozib borganlar. Payğambar hayotlik çoğida yana vahiy tuşib qolar, degan umidda Q. jamlab kitob şakliga keltirilmagan. Payğambarning vafotidan keyin Q. kişilarning xotirasida va yozgan narsalarida qoldi. Birinçi xalifa Abu Bakr davrida ridda (dindan qaytiş)ga qarşi olib borilgan qattiq janglarda Q.ni töliq yod olgan köplab qorilar halok bölib, Q.ning kelajak avlodga saqlanmay yöqolib ketiş xavfi tuğilgan paytda Umar ibn Xattob Abu Bakrga Q.ni kitob holiga keltirib, jamlab qöyiş zarurligini maslahat beradi. Abu Bakr bu işni amalga oşirişni Payğambar bilan köp vaqt birga yurgan sahoba, Q.ni eng yaxşi yod olgan Zayd ibn Sobitga topşirdi. Zayd ibn Sobit, Umar ibn Xattob va b. Qur'oni karimni puxta yod bilişlariga qaramay, bu işning işonçli bölişiga harakat qilib, masjidda: «Kimning qölida yozilgan Q. bölsa va uni Payğambardan tinglaganiga ikkita guvohi bölsa, bizga olib kelsin, Q.ni jam qilişga xalifaning buyruği böldi», deb e'lon qildilar. Ular masjidda ötirib, guvohlarni tekşirib, nihoyatda aniqlik bilan 1 y.dan ortiq vaqtda Q. sahifalarini jamladilar. Söng köpçilikka körsatdilar, hamma rozi böldi. Şunday qilib, Zayd va Umar maşaqqatli urinişlardan keyin Q.ni kiyik terisidan işlangan sahifalarga yozib, Abu Bakrning uyiga qöydilar. U olamdan ötgandan keyin sahifalar Umarning uyida, u kişidan söng esa, qizi — Payğambarning xotini Hafsa binti Umar huzurida qoldi. Vaqt ötişi bilan islom dini tarqalgan davlatning çegarasi kengayib bordi. Köplab xalqlar islomni qabul qilib, musulmonlar soni köpaygandan söng Q.ni öqişda turli kelişmovçiliklar çiqa boşladi. Bunga Q.ning «yetti harf» (lahja)da nozil bölgani ham sabab böldi. Hadisda ta'kidlanişiça, Jabroil Q. oyatlarini turli arab qabilalariga tuşunarli bölişi uçun yetti xil lahjada keltirgan. Bunda ayrim sözlar boşqaça şaklda yozilişi va öqilişiga töğri kelgan. Bu holatni körgan xalifa Usmon ibn Affon Hafsadan Abu Bakr davridagi sahifalarni sörab olib, undan bir neça nusxa köçirişga buyruq berdi. Q. qiroatida farqli bölgan sözlarda qurayş lahjasiga rioya qilindi.
Nusxalar tayyor bölgandan söng musulmonlar yaşaydigan diyorlardagi markaziy şaharlarga bittadan nusxaga qori qöşib jönatildi, hammaga faqat şu nusxadan Q.ni köçiriş va şu qoridan qiroat örganişga buyruq berildi. Usmon ibn Affon Makkaga Abdulloh ibn Soibni, Şomga Muğiyra ibn Şihobni, Kufaga Abdurahmon Sulamiyni, Basraga Omir ibn Abul Qaysni yubordi va har biriga bir nusxadan mushaf berdi. Madinada qolgan mushafdan odamlarga qiroat ta'limi berişni Zayd ibn Sobitga topşirdi. Usmon ibn Affonda bir nusxa mushaf qoldi. Keyinçalik nusxa köçiriş yölga qöyilişi jarayonida faqatgina Usmon davrida yozilgan nusxalarga suyaniş joriy böldi. Pirovardida har bir nusxaning işonçli ekanini tasdiqlaş maqsadida «bu nusxa Usmon mushafiga muvofiqdir», deb yozib qöyiladigan böldi. Q. harflarini yoziş uslubi bir xilligi ham saqlab qolindi. Q. harflariga biror nuqtaçalik ham özgariş kirmasin, degan maqsadda ulamolar mushaf içiga hatto gul, daraxt bargi va şunga öxşaş boşqa narsalarni mutlaqo qöyib bölmaydi, aks holda, öşa narsalar sahifaga yopişib qolsa, şubha paydo bölişi mumkin, deb fatvo çiqardilar. Q.ni nuqtalaşni Abul Asvad Dualiy amalga oşirdi. U nuqta alomatlarini harflarning usti, osti va örtasiga qöyib çiqdi. Vaqt ötişi bilan kişilar Q.ni xato öqimasliklari va uning qiroati haqida turli ixtilofga tuşmasliklari uçun, ulamolar mushaflarga diakritik belgilar (fatha, kasra, zamma) qöyiş kerak, degan fikrga töxtaldilar. Bu işni Iroq hokimi Hajjoj ibn Yusuf hukmronlik davrida Hasan Basriy bajardi. Bunda asl harflarga zarraça özgartiriş kiritmaslik şarti qöyildi. 9-a.ga kelib Q. arab bölmagan xalqlar tomonidan ham xatosiz öqiş mumkin bölgan holga keldi. Taraqqiyot davri kelib, Q.ni texnik jihozlar vositasida çop etiş masalasi köndalang böldi. Lekin ulamolar avvaliga Q.ning obrösiga töğri kelmaydi, degan fikr bilan bu işga ruxsat bermadilar. Ammo vaqt ötişi bilan musulmonlar ham naşr işlarini özlaştirdilar. Q.ni çop etişga ehtiyoj ortib bordi va ulamolar kerakli şartlarni qöyib, Q.ni çop etişga izn berdilar.
Q.ning har bir nusxasi musulmonlar tomonidan e'zozlanadi. Ammo ularning içida Usmon Q.larining alohida örni bor. Toşkentda Özbekiston musulmonlari idorasi kutubxonasining maxsus hujrasida saqlanayotgan Usmon Q.i bevosita xalifa Usmon davrida (644—656) yozilgan muqaddas qölyozma deb hisoblanadi. Hoz. kunda jahonda «Usmon Qur'oni» degan nom bilan ataladigan 4 qölyozma mavjud. Ulardan biri Madinada saqlanayotgan asl nusxa bölib, islom manbalarida u «Imom» deb ataladi. Ikkinçi nusxa Ka'bada, uçinçi nusxa Qohira (Misr milliy kutubxonasi)da saqlanmoqda. Törtinçisi Toşkentda Özbekiston xalqlari tarixi muzeyida uzoq vaqt saqlanib, 1989 y. boşida musulmonlar qurultoyida Örta Osiyo va Qozoğiston musulmonlari diniy boşqarmasiga saqlaş uçun topşirilgan. Boşqa tadqiqotçilar (Ahadjon Hasanov va b.) ma'lumotiga köra, Toşkentdagi Usmon mushafidan taşqari Qohira va Istanbul ş.da (2 ta) saqlanayotgan nusxalari mavjud. Toşkentda saqlanayotgan Q. ning bu yerga kelib qolişi tarixi haqida turli taxminlar bor. Köpçilik tadqiqotçilar uni Amir Temur Basradan Samarqandga olib kelgan, degan fikrni bildiradilar. Boşqa tarixçilar (Hamid Ziyoyev va b.) Amir Temur Töxtamişni mağlubiyatga uçratib, Oltin Ördani egallaganidan keyin, öşa Q.ni qölga kiritib, Samarqandga keltirgan, degan xulosada. Tarixda yana boşqa farazlarga ham duç kelinadi. Uşbu Q. 1868 (ba'zi manbalarda 1869 y.) Samarqanddan Sankt-Peterburgga olib ketiladi va avval Rossiya xalq maorifi vazirligiga, söngra şahardagi Saltikov-Şçedrin kutubxonasiga beriladi. Oktyabr töntarişidan söng, musulmonlar qurultoyining iltimosiga köra, RSFSR XKSning qarori bilan musulmonlarga qaytarib berilgan. Avval Ufada saqlanib, 1923 y.da Toşkentga keltirilgan. Bir neça vaqt Samarqandda, keyin Toşkentdagi Respublika xalq kutubxonasida, ÖzSSR FA Şarq qölyozmalari in-tda saqlangan. 20-a. boşlaridagi tekşiruvga köra, mushafning umumiy hajmi 68x53 sm hisoblanib, 353 varaqdan iborat bölgan. Bu varaqlarning yaltiroq va sarğiş rangdagi yuz tomoni yaxşi saqlanib, ularning orqa beti salgina ğijimlangan, bir oz uringan kabi körinar edi. Mushafning sahifalari nam tortişi natijasida bir munça şikastlangan va ularda qon doğlari bor edi. Uning yirtib olingan yoki qattiq şikastlangan varaqlari örniga 69 ta teriga öxşaş qalin va mayin varaqlar tikib qöyilgan. Bu varaqlar paxta qoğozlardan mohirlik bilan işlangan bölib, ularni Mushafning asl sahifalaridan farqlaş qiyin edi.
Q.ning asosiy ğoyasi — Alloh töğrisidagi ta'limotdir. Uning mavzusi va mohiyati insonlar tafakkurida köpxudolikka barham beriş, yakkaxudolikni tarğib qiliş va islom dinini qaror toptirişdir. Şu bilan boğliq ravişda unda payğambarlar, oxirat, taqdir va b. haqidagi aqidalar bayon etiladi. Alloh Q.da özining Odamato, Nuh, Ibrohim, Ismoil, Ishoq, Ya'qub, Muso, Dovud, Iso, Muhammad (as) va b. payğambarlarini zikr etadi. Ularga yuborilgan din — islom ekani, Tavrot, Zabur, Injil va Q. özi nozil qilgan ilohiy kitoblar ekani, yahudiylar, nasroniylar va musulmonlarni «ahli kitob» deb atab, ularning e'tiqodlari vahdoniyat ekanini Q. oyatlarida qaytaqayta uqtiradi. Q.da asosiy ibodat talablari (namoz, röza, zakot va b.) belgilab berilgan. Undagi axloqiy va huquqiy normalar keyinçalik şakllangan şariatga asos qilib olingan.
Q.da insoniyatning etnik bölinişi, ijtimoiy tabaqalanişi, ayirmaçilik, millatçilik inkor etiladi. Alloh nazdida barça tengdir. Insonlar Alloh tomonidan millati, nasabi, boyligi, imtiyozi va h.k.ga qarab emas, balki ularning qalbi va qilgan yaxşi yoki yomon amallariga qarab hukm qilinadilar.
Diniy e'tiqodda mustahkam turiş, yaxşilik, ezgulik, savob işlar, mehrşafqat, miskin va muhtojlarga yordam beriş, insonparvarlikni uluğlaş barça ilohiy kitoblar kabi Q.ning mazmuni-mohiyatini belgilaydi. Unda tekinxörlik, birovlar haqini yeyiş, boşqalar hisobiga yaşaş, poraxörlik, işyoqmaslik, jabr-zulm, öğrilik, qotillik, dilozorlik, fitnaçilik, kibru havo qoralanadi. Barça xalqlar bir ota-onaning avlodi ekani eslatiladi.
Ulamolar Q. oyatlarini Allohning amrlari va nahyilar (ya'ni mömin bandalarga buyurganlari va qilmanglar deb qaytarganlari), va'da va va'idlari (ya'ni bandalarga dunyo va oxiratda savob amallari uçun yaxşilik berurman deya qilgan va'dalari-yu, dunyo hamda oxiratda gunoh işlari uçun azoblayman deb qörqitişlari), avval ötgan ummatlar, payğambarlarning tarixlari, halolharom narsalar, banda qilişi kerak bölgan duolar kabi qismlarga böladilar.
Q. kalom ilmining şakllanişi va rivojlanişida birinçi manba böldi. Abu Hanifa «al-Fiqh al-akbar», Abu Mansur Moturidiy «Kitob at-tavhid», Abu Hafs Nasafiy «Aqoid an-Nasafiy» asarida olğa surilgan islom ta'limotiga oid öz fikrlariga dalil sifatida Q. oyatlarini keltiradilar. Q. fiqhiy hukmlarni qabul qilişda asosiy va birinçi manba hisoblanadi. Undan keyin esa sunna, ijmo, qiyos turadi. Q.da kelgan hukm şariatda farz sifatida qabul qilinadi.
Arab tili grammatikasi va adabiyotining rivojlanişida Q.ning örni beqiyos. Q. uslubi (qofiyalaştirilgan şe'riy proza — saj'da yozilgan) keyingi arab adabiyotiga, umuman şarq adabiyotiga katta ta'sir körsatdi. Q. ilmlari rivojlanişi jarayonida aniq grammatik qoidalarga nisbatan paydo bölgan ehtiyoj bu sohaning taraqqiy etişiga turtki böldi. Q. faqat arab tilida emas, balki islom tarqalgan mamlakatlar xalqlarining tillarida yaratilgan asarlarda ham öz aksini topdi. Xususan, Jaloliddin Rumiy, Alişer Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi adabiyot namoyandalari asarlarida Q.dan olingan iqtibos, ibora, hikoyat, zarbulmasallarni uçratiş mumkin. Q. musulmon xalqlar hayoti, tarixi, ilmi, adabiyoti, turmuş tarzi, qonun-qoidalari, urf-odatlari va dunyoqaraşlarida özining salmoqli ta'siriga ega.
Ulamolar Q.ni tuşuniş uçun zarur bölgan fanlar majmuasi — q. ilmlaridan nosix va mansux (bekor qiluvçi va bekor qilingan oyatlar) (q. Nasx), asbob an-anzul (oyatlarning nozil böliş sabablari), tafsir kabi sohalarni sanab ötganlar.
Tafsir Payğambar davridayoq yuzaga kelgan. Eng birinçi mufassir (tafsirçi) Muhammad (sav)ning özi bölib, u odamlarga Q. ma'nolarini bayon qilib berardi. Payğambardan keyin Abu Bakr, Umar ibn Xattob, Usmon ibn Affon, Ali ibn Abu Tolib mufassir bölgan. Şuningdek, Abdulloh ibn Abbos (690 y.v.e.), Abdulloh ibn Mas'ud (654 y.v.e.), Ubay ibn Ka'b (7-a.), Anas ibn Molik (712 y.v.e.) kabi sahobalar ham ilk mufassirlardan hisoblanadi. Tobein mufassirlardan Mujohid ibn Jabr Makkiy (723 y.v.e.), Ikrima Abu Abdulloh al-Barbariy (723 y.v.e.), Said ibn Jubayr (714 y.v.e.), Ato ibn Abi Raboh (734 y.v.e.) kabilarni zikr etiş mumkin. Sahoba va tobeinlar davrida tafsir oğzaki rivoyat va naql şaklida bölib, kitob tarzida yozilmagan. Muhammad ibn Jarir Tabariy (923 y.v.e.), Abu Mansur Moturidiy (944 y.v.e.), Abul Barakot Abdulloh ibn Ahmad an-Nasafiy (1310 y.v.e.) kabi yirik mufassir ulamolar özlarining tafsir kitoblarini yozdilar.
Afsuski, islomda paydo bölgan turli firqalar Q.ga öz ta'limotlariga mos ravişda tafsirlar yoza boşladilar, zero tafsirçilik mufassirning dunyoqaraşi bilan boğliqdir. Ammo islomning sof ta'limotiga zid bölgan tafsirlar vaqt ötişi bilan yöqolib, ularning nomi va mualliflari haqidagi xabarlar manbalarda saqlanib qolgan. Tarixda Q.ning islom jamiyatidagi ulkan mavqeidan turli firqalar özlarining ğarazli maqsadlarida foydalaniş holatlari köplab kuzatilgan. Ulamolar esa ularning bunday notöğri talqinlariga qarşi doimiy ravişda özlarining xolis fikrlari bilan kuraşib kelganlar. Q.ni ğarazli talqinlardan xoli tutiş bugungi kunda ham dolzarb masalalardan biri bölib qolmoqda.
Q. 12-a.dan Yevropa xalqlari tillariga, jumladan, lotin tiliga tarjima qilina boşlagan. Fransuz şarqşunosi Andre dyu Riye tomonidan qilingan fransuz tilidagi tarjimasi 1647 y. Parijda çop etildi. Şu tarjima asosida Pyotr I buyruğiga binoan Q. rus tiliga ögirildi va 1716 y. Peterburgda çop etildi. Fransuzça tarjima köp tillardagi naşrlarga asos böldi.
Q. 18-a. boşlarida Yevropa xalklari tillaridan, 19-a. örtalaridan arabça asl matndan rus tiliga tarjima qilingan. Arabçadan G.S.Sablukovning dastlabki rusça tarjimasi Qozonda 3 marta (1878, 1894, 1907) naşr qilingan. Q.ning rus tilidagi adekvatik-adabiy tarjimasi ilmiy izohlari bilan akademik I.Yu.Kraçkovskiy tomonidan amalga oşirilgan va uning vafotidan keyin (1963) naşr qilingan.
Hoz. kunga qadar Q.ga 1700 xil tafsir yozilgan. Jumladan, Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning bir neça jilddan iborat «Tafsiri hilol» nomli asari (Toşkent, 1992—2005), Abdulaziz Mansurning «Qur'oni karim ma'nolarining tarjima va tafsiri» (Toşkent, 2004) özbek tilida çop etilgan. Q. 1000 dan ortiq tilga tarjima qilingan. Özbekiston mustaqillikka erişgandan keyin Alouddin Mansurning «Qur'oni karim»ning özbekça izohli tarjimasi (Toşkent, 1991), Abdulaziz Mansurning «Qur'oni karim ma'nolarining tarjimasi» (Toşkent, 2001), Mutallib Usmon va b.ning «Qur'oni karim. Tarjima va ilmiy-tarixiy izohlar» (1-kitob, Toşkent, 2004) kitoblari çop etildi. Şuningdek, közi ojizlar uçun Q.ning börtma harflar (brayl yozuvi)da alohida 8 jildli kitobi naşr qilindi (2004).
Ad.: Boboxonov Şamsuddin, Qur'oni karim (30-pora), T., 1991; Usmonov M., Qur'oni karim va janobi Rasulullohning amallari, T., 1992; Karomatov H.S., Qur'on va özbek adabiyoti, T., 1993; Şayx Ismoil Maxdum, Toşkentdagi Usmon Mushafining tarixi, T., 1995; Prozorov S.M., Arabskaya istoriçeskaya literatura v Irake, Irane i Sredney Azii v VII—seredine X v. Şiitskaya istoriografiya, M., 1980; Rezvan Ye. A., Koran i yego mir, Sankt-Peterburg, 2001; Rezvan Ye.A., Koran i yego tolkovaniya (teksti, perevodi, kommentarii), Sankt-Peterburg, 2000; Al-Qur'on al-karim ma'nolarining tarjimasi va şarhlar [Tarjimon va mufassir — Sayyid Mahmud ibn Sayyid Nazir at-Taroziy al-Madaniy (Oltinxon Töra)], 2-naşr, T, 2002.