Tabiati. Dengiz sohilining aksari qismi tepalik va toşloqli yassitoğlikdan, ozroği pasttekislik (eni 20—30 km)dan iborat. Ğarb va jan. da Antilivan toğ tizmasi va balandligi 2814 m gaça bölgan AşŞayx toği joylaşgan. S. hududining katta qismini ğarbdan şarqqa tomon pasayib boruvçi plato egallagan. Ğarbda Ansoriya va Az-Zaviya toğ tizmalari, jan.ğarbda AdDruz (eng baland joyi 1803 m) vulkan massivi joylaşgan. S. hududining jan.şarqini Suriya çölining bir qismi, şim. şarqini Jazira platosi taşkil qiladi. Neft, temir, mis, marganets, xromit, oltingugurt va b. konlar bor. Iklimi Örta dengizga xos subtropik iqlim. Qiş va bahorda yoğingarçilik köp, yozi quruq. Örtaça tra yanvarda 12°, avg.da 27°; yillik yoğin 700 mm dan kam. Mamlakat şarqida quruq kontinental iqlim. Furot daryosining S. hududidagi uz. 675 km, uning asosiy irmoklari — Xobur va Belix. Şim.şarqiy çegara böylab Dajla daryosi ötadi, şim.ğarbda Örta dengiz havzasiga mansub bölgan AlAsi (Oront) daryosi va şim.da Hims köli bor. Platoda böz tuproqli qumloqqumoq çöllar, jan.da toşloqşağalli hamada ançagina maydonni egallagan. Pasttekisliklarda şörxok yerlar uçraydi. Şarqiy Tavr toğ oldi böz jigar rang va jigar rang tuproqdan iborat, dengiz böyida sariq tuproq, balandlaşgan sari tog jigar rang va toğörmon tuproqli yerlar boşlanadi. Ansoriya toğining şarqiy yon bağrida toğ daştlari uçraydi. Sohil va toğ yon bağirlaridagi örmonlarda eman, qarağay, sarv daraxtlari ösadi, lavr butazorlari bor. Hayvonot dunyosi sirtlon, böri, çiyaböri, qoraquloq, jayran, yovvoyi eşak (onagr), kemiruvçi va sudraluvçilar, toğlarda suriya ayiği, tönğiz, örmon muşugi va b.dan iborat.
Aholisining 90% arablar ((suriyaliklar); ulardan taşqari kurd, arman, turkman, turk, çerkas, falastinliklar ham yaşaydi. Rasmiy til — arab tili. Aholining aksariyati sunniy musulmonlar, şuningdek şialar, alaviylar, xristianlar, maroniylar ham bor. Şahar aholisi 52,4%. Yirik şaharlari: Damaşq, Halab, Hims, Latakiya.
Tarixi. S. hududida odam paleolit davridan yaşab keladi. Mil. av. 2ming yillikning 1-yarmida mayda şahardavlatlar vujudga kelgan. Mil. av. 15-a.da S.ning köp qismini Misr, 14-a.da Xett podşoxligi egallab olgan, 12-a. boşlarida S. ozodlikka erişsada, 8-a. oxirida Ossuriyata, 7-a. oxirida esa Yangi Bobil podşoxligi, 6-a. örtalarida Axomaniylarga qaram böldi. Mil. av. 333 y. Iskandar Maqsuniy (Aleksandr) davlati tarkibiga kirdi, bu davlat barbod bölgaç, salavkiylar davlatining viloyatiga aylandi. Mil. av. 1-a.da Armaniston podşosi Tigran II S.ni bosib oldi, 64 y. Rim, mil. 4-a. oxiridan Vizantiya viloyatiga aylandi. Mil. 633—40 y.larda Arab xalifaligi, 1516 y.da Usmonli turk imperiyasi zabt etdi va S. 1818 y.gaça Turkiya tarkibida böldi. 1832—40 y.larda Misr qöşinlari tomonidan bosib olindi. 1840 y. S.da Yana turklar hukmronligi tiklandi. 1918 y. okt.da S.ni ingliz qöşinlari bosib oldi. 1919 y. AngliyaFransiya kelişuviga binoan inglizlarning örnini fransuzlar egalladi. 20y.larda milliy ozodlik harakati kuçaydi. 1928 y. Ta'sis majlisiga saylov ötkazildi, 1930 y. mayda S. respublika deb e'lon qilindi, ammo Fransiya mandati saqlanib krldi, bu mandat 1943 y.dek.da bekor qilindi. 1946 y. 17 apr.dagina töla mustaqillikka erişdi. 1958 y. S. Misr bilan yagona davlat — Birlaşgan Arab Respublikasi (BAR)ga birlaşdi, ammo 1961 y. 28 sent. da uning tarkibidan ajralib çiqdi va özini Suriya Arab Respublikasi (SAR) deb e'lon qildi. 1963 y. 8 martda davlat töntarişi bölib, S. Arab sotsialistik uyğoniş partiyasi (Baas) hokimiyatni qölga oldi, 1971 y. 12 martdan Hafiz Asad prezident böldi.
1967 y. iyunda S.ga Isroil hujum qilib, mamlakat hududining bir kismini (Ğulon tepaliklarini) bosib oldi. 1973 y. okt.da S. boşka arab davlatlari qatori harbiy harakatlarda qatnaşib, Isroil tomonidan bosib oligan yerlarning bir qismini qaytarib olişga muvaffaq böldi. S— 1945 y.dan BMT a'zosi. ÖzR suverenitetini 1991 y. 28 dek. da tan olgan va 1992 y. 24 apr.da diplomatiya munosabatlari örnatgan. Milliy bayrami — 17 apr, — Çet el köşinlari çikarib yuborilgan kun (1946).
Siyosiy partiyalari, kasaba uyuşmalari. Arab sotsialistik uyğoniş partiyasi (Baas), 1947 y. apr.da Arab uygoniş partiyasi sifatida taşkil etilgan, 1954 y. dan xoz. nomda; S. kommunistik partiyasi, 1924 y. tuzilgan; SAR Taraqqiyparvar milliy fronta, 1972 y. asos solingan, 8 taşkilotni birlaştiradi. S. işçi kasaba uyuşmalari umumiy federatsiyasi, 1938 y. tuzilgan.
Xöjaligi. S. — agrarindustrial mamlakat. Yalpi içki maqsulotda qişloq xöjaligi.ning uluşi 26%, sanoatning uluşi 21%, xizmat körsatiş sohasining uluşi 53%.
Qişloq xöjaligida mehnatga layoqatli aholining 50%ga yaqini şuğullanadi. 3,7 mln. gektar yerda dehqonçilik qilinadi, şundan 500 ming ga suğoriladi. Asosiy qişloq xöjaligi. ekinlari: buğdoy, arpa, paxta, tamaki, qand lavlagi; şoli, yer yonğoq, sabzavot, poliz ekinlari ham yetiştiriladi. Vohalarda boğdorçilik rivojlangan, tok, sitrus, xurmo va b. subtropik mevali ösimliklar östiriladi, zaytun yetiştiriladi. Qoramol, qöy, eçki, tuya, ot, xaçir boqiladi. Sohilda baliq ovlanadi.
Sanoatida konçilik ustun: neft, fosforit, toştuz, tabiiy asfalt, oltingugurt qazib olinadi. Elektr styalarning aksariyati neft asosida işlaydi (yiliga örtaça 14,8 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi). Neft Baniyos va Himsdagi z-dlarda qayta işlanadi. Kime (mineral öğit işlab çiqariş.), töqimaçilik (jumladan, ip gazlama) va oziqovkat (un, yoğ, vino, qandşakar, tamaki va b.), elektr texnika sanoati rivojlangan. Traktor yiğuv, elektr motor, pölat prokati, beton şpal z-di, könçilik, poyabzal, binokorlik materiallari va b. korxonalar bor. Hunarmandçilik (oltin, kumuş, misdan turli buyumlar tayyorlaş) rivojlangan. Asosiy sanoat markazlari — Damaşq, Halab, Hims, Latakiya, Tartus. T.y. uzunligi — 1,8 ming km, avtomobil yöllari —39,2 ming km, neft quvurlari — 805 km. Asosiy dengiz portlari — Latakiya, Tartus, Baniyos Damaşqda xalqaro aeroport bor. Iroq va Saudiya Arabistonidan Örta dengiz sohiliga tortib kelingan köpgina neft quvurlari S. hududidan ötadi. S. çetga neft va neft mahsulotlari, fosforit, paxta, qişloq xöjaligi. mahsulotlari, teri, jun va b. çiqaradi, çetdan maşina va uskuna, transport vositalari, oziqovqat, kimyo mahsulotlari va b. keltiradi. Germaniya, Fransiya, Italiya, Rossiya, Livan, Gretsiya bilan savdo qiladi. S.ning ÖzR bilan 2002 y.dagi tovar aylanmasi 1,7 mln. AQŞ dollarini taşkil etdi. Pul birligi — suriya funti.
Tibbiy xizmati. S.da tibbiy xizmat pulli. Vraçlar tayyorlaydigan 3 ta maktab, stomatolog va farmatsevtlar maktabi, örta malakali tibbiyot xodimlari tayyorlaydigan 5 ta maktab bor. Halabdagi un-tda veterinariya fti oçilgan.
Maorifi, ilmiy va madaniy-ma'rifiy muassasalari. 6 yoşdan 12 yoşgaça bölgan bolalar uçun boşlanğiç ta'lim majburiy. Maktab dindan ajratilgan, ammo diniy maktablar ham bor. Bir neça xususiy öquv yurti mavjud. Darslar arab tilida olib boriladi. S.da 4 unt va bir qança davlat oliy öquv yurtlari [Damaşq un-ti (1923), Halabdagi un-t (1960), Himsdagi un-t (1979), Latakiyadagi un-t (1971), Damaşq oliy texnologiya in-ti va b.] işlaydi, ularda pul tölab öqiladi. Arab akademiyasi (1919), Damaşq akademiyasi (1919), qişloq xöjaligi. ilmiy markazlari bor. Damaşkda un-t kutubxonasi va Milliy kutubxona (1880), Halabda Milliy kutubxona (1924), Latakiyada Milliy kutubxona (1944), Damaşkda Milliy muzey (1919) va Arab tamadduni muzeyi (1976—77), Halabda Arxeologiya muzeyi (1960), Palmira muzeyi (1961), Hims, Tartus, Busroda muzeylar mavjud.
Matbuoti, radioeşittirişi, telekörsatuvi. Asosiy gaz. va jurnalilari: «AsSaura» («Inkilob», arab tilida çikadigan kundalik gaz., 1963 y.dan), «AlBaas» («Uygoniş», arab tilida çikadigan kundalik gaz., 1962 y.dan), «Al-Jamaxir alArabiya» («Arablar ommasi», arab tilida çikadigan kundalik gaz.), «Nidal aşŞaab» («Xalq kuraşi», arab tilida çiqadigan gaz., 1934 y.dan), «Siriya tayme» («Suriya vaqti», ingliz tilida çikadigan kundalik gaz., 1981 y.dan), «AlFido» (arab tilida çikadigan kundalik gaz.), «AlMuhandis alArabi» («Arab muhandisi» arab tilida 2 oyda 1 marta çiqadigan jurnali, 1961 y.dan), «Nidal alFellahin» («Dehqonlar kuraşi», arab tilida çiqadigan haftanoma, 1965 y.dan). S. arab axborot agentligi (SANA), hukumat axborot mahkamasi, 1965 y. asos solingan. Radioeşittiriş va telekörsatuv boş direksiyasi, hukumat xizmati, 1946 y. tuzilgan.
Adabiyoti. S. xalqining oğzaki ijodida mil. av. 8—7-a.lar voqealarini eslatuvçi rivoyatlar uçraydi. Mil. 2—14- a.lar ga oid suriya (suryoniy) yozuvlari topilgan. 8-a.dan arab tili rayem böla boşladi va 14-a.ga kelib dunyoviy adabiyetdan suriya tilini surib çiqardi. Örta asrlarda Abu Tammom, AlBuhturiy, AlMutanabbiy, Abu Firas şe'rlari va Abul A'lo alMaariyning falsafiy asarlari dunyoga keldi. 19-a.ga kadar S. adabiyoti arab mumtoz adabiyoti an'analarini davom ettirdi. 19-a. örtalaridan Livan bilan Falastinni öz içiga olgan S. arab madaniy uyğoniş makonlaridan biri böldi Fransis Marraş, Rizqalla Xassun, Abdurahmon alKavokibiy va Adib Isxoq bu harakatga boş böldilar. 1-jahon uruşidan keyin vatanparvarlik kayfiyatidagi adabiy kuçlar (Muhammad Kurd Ali, Xalil Mardombek, Salim alJundiy va b.) Damaşkdagi Arab akademiyasiga birlaşib, arab adabiy merosini batafeil örganiş va ommalaştirişga kirihdilar. 20y.larda realistik nasr (Subhi Ali Ğanim, Sami alKiyoli, Fuad aşŞaib, Şakib alJabri) yuzaga keldi. Hayriddin azZirekli, Muhammad alBizm, Muhammad Sulaymon alAhmad kabi şoirlar mustamlakaçilikka qarşi, mustakillik uçun kuraş ruhida şe'rlar yozihdi. 1951 y. S. yozuvçilar uyuşmasi tuzildi.
2-jahon uruşidan keyingi davr adabiyotida milliy ruhni qaror toptiriş harakati kuçaydi. 60y.lardagi ayrim adiblar aksariyat ezilgan va umidsizlikka tuşgan kimsalar hayoti va qismatini tasvirlaşga berildilar. Sönggi yillarda Isroilning arab mamlakatlariga bosqinini la'natlovçi şe'rlar (Ahmad Sulaymon Ahmad, Ali Jundiy) va nasriy asarlar (Mutaa Safadi, Zakariyi Tamira) yaratildi.
Me'morligi va tasviriy san'ati. S.ning qad. san'at yodgorliklari neolit davriga mansub (DamirKapu qoyatoş rasmlari, SakçeGyozyu sopoli, toş va loydan yasalgan haykalçalar). Mil. av. 2ming y.likning 1-yarmida şahardavlatlar (Mari, Ugarit, Yamxada — hoz. Halab) ravnaq topişi bilan birga me'morlik yuksak darajaga kötarildi: murakkab tarxli saroylar, hovlili ibodatxonalar qurildi. Mil. av. 16—14-a.lardagi san'at asarlarida Qad. Misr va Egey madaniyatining ta'siri seziladi. Mil. av. 9-a.da Ossuriya, mil. av. 4-a.dan mil. 4-a.gaça yunon me'morligi an'analari ruhida inşootlar yaratildi (Palmiradagi mahobatli kolonnalar va ibodatxonalar).
5—6-a.larda S.da mahalliy ilk Vizantiya badiiy maktabi şakllandi (Antioxiya, Apameya, Şaxba qadama naqqoşligi). Toş va suyak öymakorligi, pol mozaikasi, kitob miniatyurasi rivojlandi. 7—8-a.larda S. arab madaniyatini rivojlantirişga katta hissa qöşdi, naqqoşlik, haykaltaroşlikning yangi uslublari yaratildi. Öşa davrda örta asr şaharlarining qiyofasi şakllandi, mayejid, Madrasa, tim, kasalxona, karvonsaroy, hammom va b. barpo etildi (Palmira yaqinidagi Qasr alXayr alĞarbi, 8-a., Damaşkdagi toqiravoqli jome masjid, 705—715 y.lar). Salibçilar tomonidan roman uslubida qurilgan qasrlarning xarobalari saqlangan (Hims ş. yaqinidagi Klark deŞevalye qörğoni, 12-a.). 13—15-a.larda me'morlikda bezakka köp e'tibor berildi, rang-barang koşinlardan, toşlardan, naqşdan keng foydalanildi, yoğoç öymakorligi rivojlandi. Kitob miniatyurasi san'ati yuqori bosqiçga kötarildi.
Usmonli turk imperiyasi tarkibida bölgan yillar (1516—1918) da turk me'morligiga xos haşam ortdi. Tasviriy san'atda nakşni asliga yaqinlaştiriş avj oldi. 20-a.ning 60—90y.larida Vahbi alXaririy, Burhon Tayyor, Mahmud Nofal, TamimalKisraviy, Jozef Abduxdsid kabi me'morlarning loyihalari asosida zamonaviy binokorlik konstruksiyalaridan foydalanib, milliy şakldagi imoratlar qurila boşladi (Damaşqdagi Kasaba uyuşmalari binosi, Damaşq va Halabdagi un-t korpuslari, Latakiyadagi munitsipalitet binosi va b.). Tasviriy san'atda modernizm unsurlari sezila boşlasada, köpgina rassomlar mahalliy badiiy an'analarni davom ettirdilar (Afif Baxnassi, Nozim Ja'fariy, Maxmud Jalol, Jak Varde, Muhammad Fathiy va b.). Xalq amaliy san'atida kaştaçilik, kandakorlik, badiiy töquvçilik rivojlangan.
Musiqasi. S. xalq va an'anaviy musiqasida rivojlangan lad tizimi — maqomlar köp. Çolğu asboblari jörligida qöşiq aytiş yetakçi musiqiy janrdir. Ud, rubob, ğijjak, qonun va b. çolğu asboblari köp tarqalgan. Zamonaviy xalq orkestri tarkibiga yevropaça skripka, violonçel, kontrabas kabi çolğu asboblari ham kiritila boşladi. 1870 y. bastakor Mustafo alBaşnak taşabbusi bilan Halabda musiqa maktabi oçildi. Milliy bastakorlik maktabini Solhi Uadsi, Dik Sukkari kabilar rivojlantirdilar. Xalq qöşiklari ijroçilaridan Şokir Brexan, Mutia Mafi, Saboh Faxrini körsatiş mumkin. Musiqaning ommalaşuvida radio va televideniyening xizmati katta. Milliy musiqa kadrlari Damaşq (1962 i. taşkil etilgan) va Halab (1963) konservatoriyalarida tayyorlanadi.
Teatri. S. teatr san'atining kurtaklari milliy marosim va bayramlardan boşlangan. Professional teatr 19-a. örtalarida Damaşqda Abu Xalil alQabboniy teatr truppasini taşkil etiş bilan vujudga keldi. 1930y.lar oxirigaça mamlakatga kelib turgan Misr truppalari S. professional teatrining şakllanişiga katta ta'sir körsatdi. 40y.larda Damaşkda Abdullatif Fathiy rahbarligida teatr xodimlari jamoasi taşkil etilib, birinçi marta suriya lahjasida spektakllar qöyildi (1945— 46). 1952 y. Sayodiddin Baxdunis taşkil qilgan truppa Damaşq va Halabda 1957 y.gaça tomoşa körsatdi. 1956 y. Damaşkda yarim professional Erkin teatr, Halabda Xalq teatri işlay boşladi. 1957 y. pantomima xalq truppasi tuziddi. Damaşkda arab milliy drama teatrining oçilişi S. madaniy hayotida katta voqea böldi. Mamlakatning eng iste'dodli aktyorlari Ali Aklya Arsan, Asad Fiddo, A. Kinni şu teatrda işlay boşladi. Teatr repertuaridan xorijiy mumtoz va mahalliy dramaturgiya asarlari örin oddi. Bundan taşqari Damaşqda «Aşşavq» («Tikanak») satira teatri, Harbiy teatr, Dured Lyaxam nomidagi satira va komediya teatri, Qöğirçoq teatri ham işlaydi.
Kinosi. S.da birinçi kino seansi 1906 y.da bölgan. Birinçi töla metrajli «Aybsiz sudlanuvçi» (rej. Ayyub Badri) badiiy filmi 1928 y. yaratildi. 30y.larda «Damaşq osmoni ostida» (rej. I. Anzur, 1932), «Burç amri bilan» va «Qahvaxona aşulaçisi» (ikkala film rej. A. Badri, 1938, 1939) kabi filmlar yaratildi. Şundan keyingi salkam 30 y. mobaynida mustamlakaçilar hukmronligi davrida kinofilmlar yaratiş bilan havaskorlargina şuğullandilar. 60y.larning 2-yarmi va 70y.larda ijtimoiy-siyosiy mavzudagi «Yuk maşina haydovçisi» (rej. B. Vuçiniç, 1967, Toşkent 1 kinofestivalida faxriy diplom olgan), «Aldanganlar» (rej. T. Saloh), «Qoplon» (rej. N. Malex, 1972, KarloviVari, Lokarno va Damaşq kinofestivallarida mukofot olgan) va b. filmlar yaratildi. Şundan söng Yaqin Şarq mojarosiga bağişlangan «Teskari yöl» (rej. Haddad, 1975), «Qahramonlar ikki marta tuğiladi» (rej. S. Duxni) va «Qizil, oq, qora» (rej. B. Safiy, 1977) filmlari dunyoga keldi. Mervan Haddadning «Şirin muhabbatim» va Vadi Yusufning «Qopqon» (1980), N. Malexning «Eski suratlar» (1981) filmlari S. kinematografiyasining sönggi yillardagi muvaffiqiyatidir.