Tabiati. B. relyefida toğ va qirlar ustunlik qiladi (mamlakat hududining 70%ga yaqini). Mamlakat örtasidan (ğarbdan şarqqa) Bolqon toğlari (mahalliy nomi StaraPlanina) kesib ötgan. B. şim.da Dunay sertepa tekisligi bor; şarqda bu tekislik Dobruja platosiga tutaşgan. SrednaGora va Rodop toğlari oraliğida Maritsa daryosi böylab mamlakatdagi eng unumdor Yuqori Frakiya (yoki Maritsa) pasttekisligi joylaşgan. Qora dengiz sohili aksari pasttekislik. Jan. va jan.ğarbida RilaRodop toğlari bor. Rila toğlarida Musala çöqqisi (2925 m) Bolqon ya.o.dagi eng baland çöqqidir. Eng muhim qazilma boyliklari: kömir (Şarqiy Maritsa, Pernik, BobovDol havzalari), temir (Kremikovsi koni), qörğoşinrux (Rodop), mis (Medet) rudalari, toş tuz (Mirovo), neft, ma'danli suvlar va quriliş materiallari. B.ning köp qismida iqlim mö'tadil kontinental. Jan.da Örta dengiz iqlimining ta'siri bor. Toğlarda balandlik iqlim mintaqalari mavjud. Tekislik va sertepa joylarda iyulning örtaça t-rasi 23—25°, yanv. niki — 2° dan 2,5° gaça, toglarda —10,8° gaça. Yoğinni ğarbiy va şim. ğarbiy şamollar keltiradi. Yillik yoğin tekisliklarda 450—600 mm, toğlarda 850—1300 mm. Yoğinning köp qismi yozning birinçi yarmida yoğadi. Qurğoqçilik bölib turadi. B. daryolarining hammasi toğlardan oqib tuşadi. Yoz oxirida juda sayozlanib qoladi. Eng katta daryolari: Dunay (kema qatnaydi), Iskir, Maritsa, Mesta va Struma. Daryolardan suğorişda va elektr hosil qilişda foydalaniladi. Daryolarga köplab suv omborlari qurilgan. B. da köllar kam, borlari ham kiçik köllar, asosan, Rila va Pirin toğlarida. 500 dan köproq ma'danli buloq bor. Dunay tekisligida aksari kora va böz örmon tuproq, Bolqon toğlaridan jan.da qönğir va qoramtir, toğlarda qönğir örmon va toğ ötloq tuproqlari, daryo qayirlarida unumdor allyuvial tuproklar bor. Tabiiy ösimliklar faqat toğlarda saqlanib qolgan. B. hududining 1/3 qismi örmon, şundan 75% i keng bargli daraxtlar (dub, grab va qoraqayin), 24,7% i qarağay örmonlari. 1700—2000 m dan balandda subalp va alp ötloklari bor. Tekisliklarning köp qismi ekinzor. Hayvonot dunyosi xilmaxil. Örmonlarda — asl buğu, ohu, elik va toğ eçkisi, yovvoyi çöçqa; toğlarda — sassiqközan, börsiq, latça, böri, tulki, olmaxon; örmonsiz şim. hududlarida yumronqoziq, olaxurjun va b. hayvon turlari bor. Quşlar va turli xil sudralib yuruvçilar köp. Qora dengizdan — pelamida, skumbriya, kambala, Dunaydan — sevryuga, sazan kabi baliqlar ovlanadi. Millim ' boğlari: Vitaşa, Zlatni Pyasitsi, Ropotamo, Steneto va b.
Aholisi. Asosiy aholisi bolgarlar, şuningdek turklar, lölilar, armanlar, ruslar, makedonlar va b. millatlar ham yaşaydi. Aholining 67,93% şaharlarda istiqomat qiladi. Davlat tili — bolgar tili. Aholining aksariyati — pravoslavlar; musulmon sunniylar ham bor. Eng yirik şaharlari: Sofiya, Plovdiv, Varna, Ruse, Burgas, StaraZagora.
Tarixi. B.ning eng qad. aholisi frakiy qabilalaridir. Mil. 1-a.da B.ni Rim imperiyasi bosib oldi; u qulaganidan söng B. Vizantiya tarkibiga kirdi. 7-a. boşlarida Bolqonga slavyanlar bostirib kirib, keyinçalik bu yerda dastlabki davlat — Yetti slavyan qabilasi deb nomlangan ilk feodal davlatini taşkil etişdi. 7-a.ning ikkinçi yarmida B. hududiga xon Asparux (Isperix) boşçiligidagi protobolgarlar — qad. bulğorlar (köçmançi turkiy elat) bostirib kirdi. Ular slavyanlar b-n birga poytaxti Pliska ş. bölgan Birinçi bulğor podşoligi (681— 1018) ni tuzdilar. 9-a. oxiriga kelib protobolgarlar slavyanlar b-n qöşilib ketdi, slavyanlar tili davlat tili bölib qoldi, bolgar deb nomlangan slavyan xalqi vujudga keldi. 1185—87 y.larda akauka Petr va Asen boşçilik qilgan yirik xalq qözğolonlari natijasida poytaxti Tirnovo ş. bölgan Ikkinçi bulğor podşoligi (1187—1396) tuzildi. 1396 y. B. ni turklar bosib oldi. Mahalliy boylarning bedodligi, oğir milliy zulm bolgar xalqining ozodlik kuraşini kuçaytirdi. Mamlakatda gayduklar (xalq qasoskorlari) harakati keng quloç yoydi. 1876 y.gi eng kuçli apr. qözğoloni şafqatsizlik b-n bostirildi. 1877—78 y.lardagi RossiyaTurkiya uruşi natijasida rus askarlari yordamida B. turklardan ozod qilindi. Ammo mamlakat Turkiyaga qaram bölib qolaverdi. 1908 y. dan mustaqil podşolik taşkil topdi. B. 1912—13 y. lardagi Bolqon uruşlarida qatnaşdi. 1-jahon uruşida (1915 y.dan) Germaniya tomonida harakat qildi. 1919 y.gi Nyoyi sulh şartnomasiga binoan kattagina hududidan, xususan Egey dengizi sohillaridan mahrum böddi. 1923 y. iyun töntarişidan keyin hokimiyatni qölga olgan hukumat Sent. qözğolonini şafqatsiz bostirdi. 1941 y. martda B. Berlin paktiga jalb qilindi, Germaniya qöşinlari B. xududiga kiritildi. Mamlakat iqtisodiyoti butunlay gitlerçilar manfaatlariga böysundirildi. Bolgar xalqi öz ozodligi va mustaqilligi uçun kuraşni kuçaytirdi. 1942 y.da tuzilgan Vatan fronti faşizmga qarşi bölgan barça kuçlarni birlaştirdi. 1943 y.da B. xalq ozodlik armiyasi tuzildi. 1944 y.da ZUkraina fronti qöşinlari B. çegaralariga kirgan paytda B. hukumati «töla betarafligi» ni e'lon qiddi. 1944 y. 9 sent. ga ötar keçasi Sofiyada monarxiyaning faşist hukumatiga qarşi qurolli qözğolon kötarildi. Reaksion hukumat ağdarib taşlandi va Vatan frontining Xalq hukumati tuzildi. B.ning davlat tuzumi töğrisidagi referendum qatnaşçilari (92,7%) xalq respublikasi tarafdori ekanini bildirdi. 1946 y. 15 sentda B. Xalq Respublikasi e'lon qilindi. 1990 y. Xalq majlisiga köp partiyali asosda ötkazilgan saylovda B. sotsialistik partiyasi ğalaba qozondi, dek.da koalitsiyey hukumat tuzildi. 1997 y. apr. dagi parlament saylovida Demokratik kuçlar ittifoqi harakatlari va taşkilotlari koalitsiyasi ğalaba qildi (bu ittifoq 1989 y.da tuzilgan edi). B. — 1955 y.dan BMT a'zosi. ÖzR b-n diplomatiya munosabatlarini 1992 y. 5 sent.da örnatgan. Milliy bayrami — 3 mart — B.ning Turkiya zulmidan ozod bölgan kuni (1878).
Siyosiy partiyalari, kasaba uyuşmalari va jamoat taşkilotlari. B.da 80 ga yaqin partiya va siyosiy harakat iş olib boradi. Asosiylari: B. sotsialdemokratik partiyasi, 1891 y.da asos solingan, 1948 y.da faoliyatini töxtatgan,
1989 y.dan qayta faoliyat körsata boşladi; B. sotsialistik partiyasi, 1990 y. apr. da taşkil etilgan; B. biznesbloki, 1991Y. 22yanv.da röyxatdan ötkazilgan; B. dehqonçilik xalq ittifoqi, 1899 y.da asos solingan; Huqukdar va ozodlik uçun harakat, B. musulmon aholisini birlaştiruvçi ijtimoiy-siyosiy taşkilot, 1990 y. yanv.da asos solingan; Xalq ittifoqi, siyosiy birlaşma, 1994 y.da asos solingan. B. dehqonçilik xalq ittifoqi b-n Demokratik partiyani öz içiga oladi; Demokratik kuçlar ittifoqi, 1989 y. dek.da taşkil etilgan. B. mustaqil sindikatlari konfederatsiyasi, 1990 y.da tuzilgan; «Podkrepa» mehnat konfederatsiyasi, 1990 i. taşkil etilgan; «Birlik» mustaqil kasaba uyuşmasi, 1990 y.da asos solingan.
Xöjaligi. B. — industrialagrar mamlakat. Yalpi mahsulotda sanoatning uluşi 36%, q.x.ning uluşi 12%, xizmat körsatiş sohasi uluşi 52% ni taşkil etadi.
Sanoatida mamlakatdagi mehnatga qobiliyatli aholining 41% band. Maşinasozlik, elektron va elektr texnika, metallsozlik, quriliş materiallari i.ç., qora va rangli metallurgiya, kimyo va neft kimyosi, yoğoçsozlik, oziq-ovqat tarmoqlari rivojlangan. Yiliga örtaça 35,6 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. B. ning yoqilğienergetika zaxiralari çeklangan, qazib olinayotgan kömirning sifati past. Pleven va Şabla atroflarida ozroq neft, Vratsa yaqinida gaz konlari bor. Elektr energiyaning aksariyatini issiqlik elektr st-yalari beradi. Kozloduy ş. yaqinida atom elektr st-yasi qurilgan. B.ning metallurgiya sanoati mamlakatning rangli metallar (qörğoşin, pyx va mis) ga bölgan ehtiyojini tölatökis, prokat va qora metallga bölgan ehtiyojining köp qismini qondiradi. Maşinasozlikda, asosan, kötarma transport vositalari (elektr karlar va motokarlar, liftlar), metall qirqiş stanoklari, oğir va energetika uskunalari, q. x. maşinalari, oziq-ovqat sanoati uçun uskunalar, transport vositalari va b. işlab çiqariladi. Asosiy maşinasozlik markazlari: Sofiya, Ruse, Varna, Burgas, Gabrovo, Loveç, Plovdiv, Şumen. Sement sanoati Devnya, Pleven va Vratsadagi z-dlardan iborat. RilaRodop toğlaridagi igna bargli daraxtlar, Bolqon toğlaridagi buk örmon yoğoçlari asosida yoğoçsozlik, jumladan, mebelsozlik tarmoği barpo etilgan. Töqimaçilik sanoatida ip gazlama töqiş, yengil sanoatda tikuvçilik, poyabzal i.ç. yetakçi örinda. Oziq-ovqat sanoatida çetga çiqarişga möljallangan mahsulotlar — tamaki, konserva, vino va konyak i.ç. rivojlangan.
Qişloq xöjaligidamamlakatdagi mehnatga qobiliyatli aholining 18% band. B.da ğalla, sabzavot, poliz ekinlari, kartoşka, yemxaşak, texnika ekinlaridan tamaki, paxta (jan.da), kungaboqar, qand lavlagi yetiştiriladi. Qadimdan ekib kelinayotgan efir moyli ekinlar (atirgul, yalpiz, lavanda) asosan Karlovo va Qozonliq soylari böyida ekiladi. B.da boğdorçilik va tokçilik rivojlangan. Pomidor va çuçuk qalampir köp yetiştiriladi. Çorvaçilikda qoramol, qöy, ot, eşak, xaçir, çöçqa, parranda boqiladi, baliq ovlanadi. Asosiy baliq ovlaş porti — Burgas.
Transporti. Içki yöllarda yuk va yölovçi taşişda t.y. (yuklarning 17% taşiladi) va avtomobil transporti (yuklarning 70% taşiladi) ning ahamiyati katta. T.y.larning uz. 6,6 ming km (62% elektrlaştirilgan) va avtomobil yöllarning uz. salkam 37 ming km (33,8 ming km qattiq qoplamali). B. hududidan Ğarbiy Yevropani Yaqin Şarq mamlakatlari b-n boğlovçi xalqaro t.y. va avtomobil magistrallari ötgan. Dengiz transporti asosan taşqi savdoga xizmat qiladi. Asosiy dengiz portlari: Varna va Burgas. Dunayda kemalar qatnaydi (portlar — Ruse, Sviştov, Lom). «Balkan» va «JesAyr» firmalari samolyotlari xalqaro va içki yönalişda yölovçilar taşiydi.
Taşqi iqtisodiy aloqalar i . B. dunyoning yuzdan ortiq mamlakati b-n savdo-sotiq aloqalarini yölga qöygan. Çetga kötarmatransport maşinauskunalari (elektr karlar, elektr telferlar), kemalar, tovar vagonlari, avtomatlaştiriş vositalari, elektron va elektr texnika mahsulotlari, stanoklar, mebel, möyna sanoati mahsulotlari, q.x. xom aşyosini qayta işlaş asosidagi oziq-ovqat mahsulotlari (konserva, tamaki, sigareta, şarbat, vino, efir moyi), sabzavot va höl mevalar çiqaradi; çetdan asosan maşinalar, asbobuskunalar, transport vositalari, qora metall, neft, kumir, sellyuloza, yengil sanoat mahsulotlari keltiradi. Mamlakatga çet el sayyoxdigi ançagina foyda keltiradi (1 yilda 1 mln. dan ortiq kişi kelib ketadi). Pul birligi — lev.
Tibbiy xizmati. B. da 70 mingga yaqin örinli kasalxonalar bor. 25 mingga yaqin şifokor işlaydi. Şifokorlarni Sofiya, Plovdiv, Varnadagi tibbiyot intlari tayyorlaydi. Borovets, Varna, Drujba, Zlatni Pyasitsi, Nesebir, SlinçevBryag iqlimiy kurortlari, Kyustendil, Xisara ma'danli suv va Tuzla, Pomoriye balçiq b-n davolaş kurortlari maşhur.
Xalq ta'limi, ilmiy va madaniyma'rifiy muassasalari. B.da 7 yoşdan 18 yoşgaça bölgan bolalar uçun majburiy bepul ta'lim joriy etilgan. Politexnika va hunartexnika maktablari, bilim yurtlari va texnikumlar bor. Yirik oliy öquv yurtlari Sofiya, Plovdiv, VelikoTirnovo untlaridir. Ilmiy markazlari: Bolgariya Fanlar akademiyasi, Q.x. fanlari akademiyasi, Tibbiyot akademiyasi. Sofiyada Xalq kutubxonasi, unt hamda FA kutubxonalari va b. ommaviy kutubxonalar, Milliy badiiy galereya, etn., harbiy tarix (Pleven ş.da) muzeylari va b. bor.
Matbuoti, radioeşittirişi va telekörsatuvi. B. dagi asosiy gaz. lar: «Demokratsiya» («Demokratiya», Demokratik kuçlar ittifoqining kundalik gaz., 1990 y. dan), «Duma» («Söz», B. sotsialistik partiyasining kundalik gaz., «Rabotniçesko delo» gaz. örniga 1990 y.dan), «Zemedelsko zname» («Dehqonlar bayroği», kundalik gaz., B. dehqonçilik xalq ittifoqining naşri, 1902 y. dan), «Svoboden narod» («Ozod xalq», haftalik gaz., B. sotsialdemokratik partiyasining organi, 1990 y.dan), «Trud» («Mehnat», B. mustaqil sindikatlari konfederatsiyasining organi, 1923 y.dan). Bolgariya telegraf agentligi — BTA, SofiyaPress matbuot agentligi (1967 y.da taşkil etilgan) mavjud. 1929 y.dan radioeşittirişlar, 1959 y. noyab.dan telekörsatuvlar berib boriladi.
Adabiyoti. B. adabiyoti — slavyan adabiyotlarining eng qad.si bölib, u 9-a. ning 2-yarmida Kirill va Mefodiy tomonidan slavyan yozuvining joriy etilişi natijasida yuzaga keldi. 9—10-a. lardagi yozuvçilar — Kliment Oxridskiy, Konstantin Preslavskiy, Çernorizets Xrabr va b. ijodi diniynasihat ruhida bölgan. Qad. bolgar madaniyati Kiyev Rusi davrida şarqiy slavyanlarning ma'naviy turmuşiga ta'sir ötkazdi, ularning adabiyoti vujudga kelişiga kömaklaşdi. B.ning Vizantiya hukmronligi (1018— 1187) ostida bölişi milliy adabiyot rivojlanişiga tösqinlik qildi. Ikkinçi bulğor podşoligi (1187— 1396) davrida u yana ravnaq topdi. 14—15-a.lardagi taniqli yozuvçilar — Feodosii Tirnovskiy, Yevfimiy Tirnovskiy, Grigoriy Samblak. 18- a. 2-yarmida boşlangan B. milliy uyğonişi adabiyotning rivojlanişiga zamin yaratdi. Bu davr ruhi Paisiy Xilendarskiy, Sofroniy Vraçanskiy asarlarida aks etdi. 19-a.da D. Popskiy, K. Ognyanoviç, P. Protiç va b. ijod etdilar. Tarjima asarlari ta'sirida sentimental poeziya paydo böldi. Milliy ozodlik harakatining kuçayişi (19-a.ning 50—70-y.lari) poeziya, proza va dramaturgiyaning rivojiga turtki böldi. Realistik asarlarning paydo bölişi L. Karavelov, P. R. Slaveykov, X. Botev nomi b-n boğliq. I. Vazovning «Zulm ostida» romani, «Unutilganlar epopeyasi» lirik turkumi, P. P. Slaveykovning «Konli qöşiq» dostoni şu davrning eng baquvvat asarlaridir. 19-a.ning 90-y.larida tanqidiy realizm yetakçi oqimga aylandi. Ijtimoiy ziddiyatlar, dehqonlarning norozilik kayfiyatlari haqqoniy tasvirlandi (T. Vlaykov, X. Maksimov, Yelin Pelin, A. Straşimirov). I. Vazovning «Darbadarlik qöşiqlari» şe'rlar töplami, P. Yavorovning «Ekinzorda», «Döl» dostonlarida haqqoniyat uçun kuraş ğoyasi aks etdi. Karşilik körsatiş harakati davrida (1941—44) N. Vapsarov, S. Spasov, X. Kirpaçev kabi yozuvçilar ham qalam, ham qurol b-n kuraşib, yuksak ğoya yölida halok böddilar. 2-jahon uruşidan keyin S. Diçevning «Ozodlik uçun», D. Talevning «Temir çiroq», «Prespan qönğiroqlari», S. Daskalovning «Yöl», D. Angelovning «Hayot va ölim evaziga» romanlarida tarixiy ötmiş yangi davr ruhi asosida talqin etildi. A. Gulyaşka, P. Vejinov, K. Kalçev, D. Dimov, G. Karaslavov, E. Stanev kabi adiblarning roman va qissalarida kişilarning yangiça insoniy munosabatlari uz aksini topdi. Şoirlardan Ye. Bagryana, D. Gabe, M. Isayev, V. Andreyev, B. Dimitrova ijodiyoti bolgar poeziyasida salmoqli örin egallaydi. Insoniylik, axloq masalalari O. Vasilev, K. Zidarov, G. Genov dramatik asarlarining asosini taşkil etadi.
Me'morligi. Mil. av. 4-a.da Kozonlik yaqinida frakiylar yaratgan Sevtopolis ş. qoldiqlari saqlangan; rimliklar hukmronligi davridan mil. 1— 2-a.lardagi Ratsiariya, Eskus va b. şaharlarning xarobalari qolgan. Jan.da — Çobandera, Belovo, Xisar va b. şaharlarda 4—9-a.lar me'moriy yodgorliklari, ibodatxona (bazilika tipidagi) lar bor. Bulardan eng maşhuri hoz. Sofiyadagi muqaddas Sofiya ibodatxonasidir. B. qadimiy me'morligi ikki davrga — 1podşolik (681 — 1018), 2-podşolik (1187—1396) davriga bölinadi. 1podşolik davri (poytaxti Pliska) da öz zamonasining kuçqudratini aks ettiruvçi haşamatli binolar va ibodatxonalar qurilgan, ularda marmar toşlardan va bezaklardan foydalanilgan. 2podşolik davri (poytaxti Tirnovo) da B. me'morligi yuqori bosqiçga kötarildi. Tirnovodagi «Qirq jafokaş» (1230), Mesembriy (Nesebir) dagi «Aliturgita», «Ioanna», «Pantokratora» (13—14-a.lar) va Stanimak (Asenovgrad, 13-a.), Boyan ş.laridagi ibodatxonalar, Tirnovo qal'a devori va «Baba Vida» (14-a.) qal'asi diqqatga sazovordir. B.da turklar hukmronligi davrida xalq me'morligi kuçaydi. B. turklar asoratidan qutulgaç (1878), yangi xildagi turar joy, sanoat va maişiy binolar bunyod böla boşladi: Sofiyadagi «Sinodal palatasi» va «Mineralli hammom» (1880, me'mor I. Monçilov). Bronets ş.da «Bistritsa» — şoh saroyi (me'mor I. Koyçev), Sofiyada «Aleksandr Nevskiy» ibodatxonasi (me'mor A. N. Pomeransev) va b. qurilgan. 1934 y.da Sofiya, Varna, Plovdiv va b. şaharlarning loyihalari işlab çiqildi. 2-jahon uruşidan keyin şaharlar va aholi yaşaydigan manzilgohlar qayta qurildi, sanatoriy, dam oliş uylari, turar joy binolari, z-d, fka va b. binolar qurilişi avj oldi.
Tasviriy san'ati. B. hududida antik davrga mansub frakiylar qabr toşlari, qad. maqbaralarda noyob devoriy rasmlar (Qozonliqyaqinida, mil. av. 4— 3-a.lar) va b. yodgorliklar, örta asrlardan ajoyib haykallar, mozaika va naqşli keramika buyumlari saqlangan. 12—14-a.larda rassomlik (Tirnovo maktabi yetakçilik qilgan), kitob miniatyurasi taraqqiy etgan. Turklar hukmronligi davrida xalq ijodi (öymakorlik, keramika, kaştaçilik) köproqrivojlandi. B. milliy badiiy realistik maktabi 19- a. örtalaridan paydo böldi (Zaxariy Zograf, S. Dospevskiy, X. Sokev, N. Pavloviçlar portret, tarixiy va vatanparvarlik ruhida kartinalar yaratdilar). 1878 y. qözğolonidan keyin I. Mirkviçka, Ya. Veşin, I. Angelov, A. Mitov va b. rassomlar xalq hayotini haqqoniy ifodaladilar. 20-a.ning birinçi çoragida manzaraçi rassom (A. Mixov, N. Petrov), siyosiy karikaturaçi (A. Bojinov), haykaltaroş (A. Nikolayev, I. Lazarov)lar ijod qildilar. 20—30-y.larda demokratik an'analarni rassomlardan X. Stançev, S. Venev, haykaltaroş I. Funev, suratkaş I. Beşkov va b. davom ettirdi, keyingi vaqtlarda xalq hayotidagi yangi özgarişlarni rassomlarning keksa avlodi (S. Venev, D. Gujenov, V. DimitrovMaystor, M. Markov, B. Mitov, A. Mixov, A. Nikolov, I. Petrov, D. Uzunov, I. Funev va b.) va yoşlar öz polotnolarida tasvirladilar. Xalq amaliy san'ati: keramika, kaştaçilik va b. ham rivojlanmoqda.
Teatri. B. teatr san'ati tarixi xalq öyini va tomoşalaridan boşlanadi. 19-a.da milliy ozodlik harakatining avj olişi b-n B. milliy teatri ham taşkil topa boşladi. 1856 y. da birinçi teatr tomoşalari körsatildi. 1866 y.da Brail ş.da (Ruminiya) dramaturg va rej. D. Voynikov rahbarligida bolgar truppasi taşkil qilindi.
1883 y. Plovdivda birinçi professional teatr truppasi iş boşladi. 1886 y.da bu yerda «Plovdiv havaskorlik truppasi» taşkil topdi. 1888 y. bu truppa Sofiyaga köçib ötib, «Bolgar xalq asosiy truppasi» deb ataldi. 1891 y. dramatik va opera truppalari tuzildi. 1892 y. da tuzilgan «Kulgi va köz yoşlari» truppasi 1904 y.da xalq teatriga aylantirildi. Keyinçalik «Zarya», R. Popovaning dramatik teatri, Yangi xalq teatri, «Zamonaviy teatr», «Erkin teatr», şuningdek Varna, Ruse, Qozonlikdagi teatrlar vujudga keldi. Bolgar teatri taraqqiyotida V. Kirkov, S. Ognyanov, S. Biçvarov, A. Bulevskaya kabi san'atkorlarning faoliyati katta rol öynadi. B. teatrlari repertuaridan milliy dramaturglar I. Vazov, O. Vasilev, K. Zidarov kabilarning, şuningdek jahon klassik va hoz. zamon çet el dramaturglarining asarlari örin olgan. F. Filipov, K. Mirskiy, R. Delçeva, O. Kirçeva, S. Getsov, I. Kondov, M. Popova, V. Trandafilov, 3. Yordanova, G. Stamatov kabi rej. va aktyorlar B. teatr san'atining yirik arboblaridir.
Musiqasi. Eng qad. xalq qöşiqlari marosim, mehnat, qahramonlik, lirik qöşiklardan iborat. Xalq odatlarini ifodalovçi xoro, ruçenitsa raqslari bölgan. Musiqa folklorida birikki ovozli qöşiqlar köproq, uçtört ovozli qöşiqlar kamroq uçraydi. Xalq qöşiq va raqslarining vazni Yaqin Şarq musiqasi ta'sirida boyigan. Asosiy milliy çolğu asboblari — gadulka, gayda, kaval va tambura. Örta asrlarda xalq kuylari va çerkov musiqasi keng tarqalgan, milliy sozanda, bastakorlar yetişib çiqqan. Turkiya asoratidan qutulgaç, B. ning professional musiqa taraqqiyoti uçun qulay şaroit tuğildi. Xalq qiroatxonalari huzurida xor jamoalari tuzildi. 19-a. oxiri va 20-a. boşlarida Ye. Manolov, D. Xristov, G. Atanasov kabi dastlabki professional kompozitorlar yetişdi. 1904 y.da Sofiyada musiqa maktabi (1921 y. dan Davlat musiqa akademiyasi, 1954 i. dan B. davlat konservatoriyasi) oçildi, 1908 y.da opera teatri (1921 y.dan Sofiya xalq operasi) taşkil etildi. 20-a. boşlarida A. Bukoreşçliyev, D. Xristov, P. Pipkov, Al. Morfov, A. Kristev kabi kompozitor va musiqa folklorçilari asosan xor musiqasi sohasida işladilar. G. Atanasov «Gergana», «Sveta» kabi dastlabki B. operalarini yaratdi. P. Vladigerov simfonik musiqani boşlab berdi. P. Staynov b-n V. Stoyanovlar simfonik va xor musiqasining yirik ustalaridir. Özbekistonda B. san'at ustalari köp marta konsert bergan. Kinosi. B. da 1910 y. dan boşlab milliy operatorlar suratga olgan voqeiy va hujjatli lentalar çiqarilgan. Birinçi bolgar badiiy filmi «Savlatli bulğor» (rej. V. Gendov) 1915 y. çiqdi. B. da birinçi ovozli film «Qulning isyoni» (rej. V. Gendov) 1933 y.da namoyiş etildi. 2-jahon uruşidan keyin B. da milliy kinosan'at rivojida yangi pogona boşlandi. D. Dakovskiy, B. Şaraliyev, A. Yançev, A. Marinoviç, 3. Jandov kabi rej. lar, P. Vejinov, A. Vagenşteyn, X. Ganev kabi ssenariyçilar yetişdi. 50-y. larda «Trevoga» (rej. 3. Jandov), «Vatan osmonida tong» (rej. A. Marinoviç va S. Sirgajiyev), «Notinç yöl» (rej. D. Dakovskiy) filmlari ekranga çikdi. «Şipka qaxramonlari» (1955), «Tarix sabogi» (1957) filmlari yaratildi. Keyingi yillarda çiqqan «Kambağal köça» (rej. X. Piskov), «Biz unda yoş edik» (rej. B. Jelyazkova), «Asir quşlar» (rej. D. Mundrov), «Şaftoli ugrisi» (rej. V. Radev), «Inspektor va tun» (rej. R. Vilçaiov), «Muhabbat» (rej. L. Staykov) kabi filmlarda yangi, hayotiy mavzularni kötariş, mazmundorlik, ta'sirçanlikning yangi vositalarini izlaş seziddi. B. da har yili 200 ga yaqin hujjatli, ilmiyommabop, multfilm va 10—20 badiiy film işlab çiqariladi. Kino aktyorlardan N. Kokanova, G. GeorgiyevGets, S. Danailov, D. Tonçevalar maşhur.
ÖzbekistonB. munosabatlari. Ikki davlat örtasidagi özaro munosabatlar uçun huquqiy asos yaratiş, savdoiktisodiy hamkorlikni rivojlantiriş, qöşma korxonalar barpo etiş sohasida bir munça işlar qilinmoqda. B. savdoiqtisodiy delegatsiyasining 1994 y. iyunida Özbekistonga taşrifi natijasida iqtisodiyot va savdo-sotiqning bir qança sohalarida hamkorlik qiliş haqidagi bayonnomalar imzolandi. 1997 y. noyab.da B. taşqi işlar vaziri boşçiligidagi işbilarmonlar delegatsiyasi Özbekistonda böldi. Şu yil 12 noyab.da Toşkentda B. tadbirkorlari vakillari iştirokida Uzbekiston işbilarmonlari uçun biznesseminar ötkazildi. Unda ikkala mamlakat örtasidagi an'anaviy aloqalarni yangi mazmun b-n boyitiş va iqtisodiy hamkorlik sohasidagi barça imkoniyatlardan unumli foydalaniş haqida kelişib olindi. Bolgariyalik mehmonlarning «Özbeksavdo», «Özbekengilsanoat» uyuşmalarida, «Özbekneftgaz» korporatsiyasi (1998 y. dek.dan xolding kompaniya), Toşkent ş. hokimligi, Soğliqni saklaş vazirligi va «Uzfarmsanoat» konsernida ötkazgan muzokaralari samarali yakunlandi.
Özbekiston Respublikasi bilan B. örtasidagi taşqi savdo aylanmasi 1995 y. da 19,2 mln. AQŞ dollarini taşkil etdi va 1994 y. körsatkiçidan deyarli 2 baravar oşdi. B. Uzbekistondan paxta tolasi, kalava ip, rangli metallar, noorganik kime mahsulotlari, mexanika asbobuskunalari sotib olmoqda va transport xizmatidan foydalanmoqda. Özbekiston esa B.dan dori-darmon, plastmassa va undan yasalgan buyumlar, qandşakar, efir moylari, qandolat mahsulotlari, pardozandoz buyumlari, alkogolli va alkogolsiz içimliklar, tamaki va h. k. keltiradi.
1997 y. yanv. sent. oylarida özaro tovar aylanmasi 8089,6 ming AQŞ dollarini taşkil etdi va Özbekistonning eksporti importidan 825,2 ming dollar ortiq böldi.
Alohida taşkilotlar örtasidagi hamkorlik quyidagiça: «Uzfarmsanoat» konserni B. ning farmatsevtika mahsuloti işlab çiqaruvçi katta birlaşmasi «Farmaxim» b-n qöşma korxona barpo etişga kirişdi. Jumladan, bronxolitin preparatini i.ç. korxonasini taşkil etiş şartnomasiga binoan B. tomoni 200 ming AQŞ dollari qiymatiga ega bölgan asbobuskuna va materiallar yetkazib beradi. Bu korxona yiliga 1 mln. flakon preparat işlab çiqaradigan böladi. «Özeltexsanoat» uyuşmasining «Foton» aksiyadorlik jamiyati «Karat» nazoratkassa apparatlari uçun butlovçi qismlar yetkazib beriş haqida «Sofiya» firmasi b-n şartnoma tuzdi.
Özbekiston Respublikasi Taşqi iqtisodiy faoliyat milliy banki B.ning «Bulbank», «Ferst investment Bank LTd» banklari b-n vakillik munosabatlari urnatdi. «Toşkent aviatsiya i.ç. birlaşmasi» aksiyadorlik jamiyati 1990—91 y. larda B.ga 3 ta Il76 TD samolyotini yubordi.
1997 y. dek.da UzR Taşqi iqtisodiy aloqalar vazirligi röyxatidan ötgan B. sarmoyasi iştirokidagi 15 ta quşma korxona bulgan. Ular orasida telefon apparatlari işlab çiqaruvçi «Sitora», elektrkardiograflar yiğuvçi va ularning ehtiyot qismlarini almaştiruvçi «Kontakt», tikuvçilik mahsulotlari işlab çiqaruvçi «Sikander», tiş pastasi va b. ruzgor kimyosi mahsulotlari işlab çiqaruvçi «Albo», hisoblaş texnikasini ta'mirlovçi va ularga xizmat körsatuvçi «Bulteks», bolalar taomi va qandolat mahsulotlari işlab çiqaruvçi «Rossi S. A.» va b. korxonalar bor. Özbekiston Respublikasi Taşqi iqtisodiy aloqalar vazirligi yuz foiz B. sarmoyasidagi «Bulgar Tradiud Co» taşqi savdo korxonasini ruyxatdan utkazgan. Bundan taşqari mazkur vazirlik huzurida B. ning 2 ta firmasi: «Veko Limited» (akkumulyator i. ç., yuk taşiş va sayyohlik faoliyati), «U. B. T. Ko» (t.y. transporti uçun asbobuskuna va materiallar yetkazib beriş, yuk taşiş va ekspeditorlik faoliyati) vakolatxonalari rasmiylaştirilgan.