Tabiati. D. hududi keng bargli urmonlar zonasida joylaşgan, yer yuzasi tekislik. Eng baland joyi Yutlandiya ya. o.dagi Ayer-Bavnexoy tepaligi (172 m). Törtlamçi davrda yer ustini qoplagan muzlikning izlari saqlanib qolgan. Yutlandiya ya. o. va b. orollarning sohillarida qöltiqlar va böğozlar köp. D.da qazilma boyliklar oz. Kaolin, bör, neft, torf, qönğir kumir, gaz va tuz konlari bor. Iqlimi mö'tadil dengiz iqlimi, yozi salqin, bahor va kuz fasllari uzok, davom etadi. Kişi yumşoq. Fev. da örtaça t-ra 0°, iyulda 15—16°. Yillik yogin 600—900 mm. Yoğinning köp qismi kuzda yoğadi, bahorda va yozda yoğin kam böladi. Tez-tez tuman tuşadi. Daryolari juda qisqa (eng kattasi Gudeno, 158 km). Kiçik oqar köl köp. Mamlakat ğarbining tuproği podzol, şarqiniki qönğir örmon tuproqlardir. Bu yerlarda dehqonçilik qilinadi. Dengiz sohillarida ötloqi allyuvial tuproq, karbonat jinslarda esa karbonatli qönğir tuproqlar paydo bölgan. Hududining 10% ga yaqini örmon b-n band. Qarağay, qoraqarağay, qoraqayin va dub örmonlari bor. Bu örmonlarda yovvoyi xayvonlardan ohu, asil va çipor buğu, elik, tiyin, tustovuq uçraydi. Sohillarda parranda köp. Yirik qöriqxonalari: Xesselyo, Vorse.
Aholisining 98% danlar; nemislar va frizlar ham bor. Aholining örtaça ziçligi bir km2 ga 114 kişi. Aholining 84,9% şaharlarda yaşaydi. Rasmiy tili — dan tili. Dindorlarning 91% — lyuteranlar. Yirik şaharlari: Kopengagen, Orxus, Odense, Olborg.
Tarixi. D. hududida odam qadim zamonlardan beri yaşab kelgan. 5—6-a. larda bu yerga danlar qabilasi kelib joylaşgan va 8-a.da ular D.dagi asosiy qabilaga aylangan. Mamlakat nomi şu qabila nomidan kelib çiqqan. D. davlati 9—10-a.larda şakllangan. 11-a. boşlarida Buyuk Knud 1 hukmronligi davrida Angliya va Norvegiya D.ga qisqa vaqt qaram bölib turdi. Valdemar I (1157- 82), Knud VI (1182-1202) va Valdemar II (1202—41) qirollik qilgan davrlarda D. davlati birmunça mustahkamlangan. Skandinaviya davlatlari orasida D. iqtisodiy taraqqiy etgan va siyosiy jihatdan kuçli bölgan. 1380 y. D.- Norvegiya uniyasi (ittifoqi) tuzilgan. 1397 y. (Margarita davrida) barça Skandinaviya davlatlari Kalmar uniyasiga muvofiq D. qirolligiga qöşildi.
16-a.ning 2-yarmidan yirik xususiy yer egaligi rivojlana boşladi. D. Boltiq va Şim. dengiz savdo yölida muhim geografik örin egallagani tufayli moddiy jihatdan birmunça fonda körar edi. Boltiq dengizida öz hukmronligini mustahkamlaş va Şvetsiyani uning tarkibida uşlab turiş maqsadida D. b-n Şvetsiya örtasida köp marta bölib ötgan uruşlar D.ning mağlubiyati b-n tugab, Boltik, dengizida Şvetsiya hukmron bölib oldi. 17-a.ga kelib D.da dastlabki ixtisoslaşgan qirol manufakturalari paydo bölib, ular davlatning öq-dori, qurol-aslaha va harbiy anjomga bölgan ehtiyojini qondirib turdi.
1660 y. D. davlati merosiy monarxiya deb e'lon qilindi. Frederik III (1648—70 y.larda idora qilgan) tomonidan e'lon qilingan qonun (1665) D. absolyut monarxiyaga aylanganini yuridik jihatdan tasdiqladi. Rigsrod (yirik feodallar organi) bekor qilinib, rigsdag (tabaka vakillari majlisi) ham çaqirilmaydigan böldi. Mamlakatni markazlaştiriş maqsadida bir qator tadbirlar amalga oşirildi. 1751—70 y.larda hukumatga boşçilik qilgan graf Bernstorf utkazgan merkantilizm siyosati D.ning xöjalik ahvolini oğirlaştirdi.
Napoleon uruşlarida Fransiya tomonida uruşda qatnaşgan D. mağlubiyatga uçrab, birmunça hududidan ajraldi va xöjaligiga katta zarar yetdi. 1840 y. milliy liberal partiya tuzildi (1870 y. tarqatib yuborildi). 1849 y. iyun konstitutsiyasiga muvofiq D. ikki palatali çeklangan monarxiyaga aylandi. Şu yili yirik yer egalari manfaatini himoya qiluvçi konservativ partiya (Xoyre partiyasi) tuzildi. 1848—50 y.lardagi D.- Prussiya va 1864 y.gi Avstriya-D. uruşlaridan söng D. Şlezvig, Golşteyn va Lauenburgdan ajrab, yagona milliy davlatga aylandi. 70-y.larda Xoyre partiyasi b-n Venstre partiyasi örtasida siyosiy hokimiyat uçun bölgan kuraşda qişloq sarmoyadorlari manfaatini himoya qilgan Venstre partiyasi ğalaba qozondi.
19-a. oxiri — 20-a. boşlarida röy bergan siyosiy va ijtimoiy uzgarişlar 1915 y.gi konstitutsiyada öz aksini topdi. 1-jahon uruşida D. betaraf turdi.
1930-y.lardagi jahon iqtisodiy buhroni D. iqtisodiyotiga katta salbiy ta'sir etdi. 1940 y. apr.da Germaniya D.ni bosib oldi va uni özining oziq-ovqat bazasiga aylantirdi. 1942—43 y.larda mamlakatda qarşilik körsatiş harakati avj oldi. 1943 y. sent.da qarşilik körsatiş qarakatining rahbar organi hisoblangan Ozodlik kengaşi tuzildi. 1945 y. 5 mayda mamlakat töla ozod qilindi. D.— 1945 y.dan BMT a'zosi. 1949 y. 4 apr.dan Şim. Atlantika pakti (NATO) a'zosidir.
Milliy bayramlari — 16 apr. — Qiroliça tuğilgan kun (1940), 5 iyun — Konstitutsiya kuni (1849). ÖzR b-n diplomatiya munosabatlarini 1992 y. 25 yanv.da örnatgan.
Asosiy siyosiy partiyalari va kasaba uyuşmalari. Venstre, söl liberal partiya, 1870 y.da tuzilgan; Konservativ xalq partiyasi, 1916 y.da tuzilgan; Taraqqiyot partiyasi, 1972 y.da asos solingan; Radikal söl partiya, 1905 y.da tuzilgan; D. sotsial-demokratik partiyasi, 1871 y.da asos solingan; Sotsialistik xalq, partiyasi, 1959 y.da tuzilgan; Xristian xalq partiyasi, 1970 y.da asos solingan; Markaz demokratlari partiyasi, 1973 y. tuzilgan; D. xalq partiyasi, 1995 y.da taşkil etilgan. D. kasaba uyuşmalari markaziy birlaşmasi, 1898 y.da tuzilgan bölib, Xalqaro erkin kasaba uyuşmalari konfederatsiyasi, Yevropa kasaba uyuşmalari konfederatsiyasi va Şim. Yevropa kasaba uyuşmalari kengaşiga kiradi.
Xöjaligi. D. yuksak darajada rivojlangan industrial-agrar mamlakat bölib, boşqa davlatlar b-n keng iqtisodiy aloqa boğlagan. Xususiy sarmoya ustunlik qiladi. Yalpi milliy mahsulotning 30% davlat sektoriga töğri keladi. Yalpi içki mahsulotda sanoat va qurilişning uluşi 26,4%, qişloq, örmon xöjaligi va baliqçilikning uluşi — 3,5%. Yalpi mahsulotning 40% dan köproği çetga sotiladi.
Sanoatida neft, tabiiy gaz, kaolin qazib çiqariş katta örin oladi. 2-jahon uruşi (1939—45)dan keyin maşinasozlik sanoati rivoj topdi. Kimyo sanoati, neftdan turli maxsulotlar i. ç. ham rivojlangan. Yoqilğiga bölgan extiyojning bir qismi çetdan keltiriladigan neft va neft mahsulotlari hisobiga qondiriladi. Sanoatda mayda va örta korxonalar köp. Kemasozlik alohida örin tutadi; eng yirik sanoat markazlari: Kopengagen, Odense, Xelsingyor, Nakskov. Maşinasozlikning boşqa tarmoqlari asosan kema dizellari, sement va oziq-ovqat sanoati uçun asbob-uskunalar, elektr motor, transformator, radiopriyomnik, televizor, magnitofonlar işlab çiqaradi (asosiy markazlari Kopengagen, Odense). Kimyo sanoati doridarmon, fosfatli va azotli öğitlar, sintetik smola va plastmassalar i. ç.ga ixtisoslaşgan. Töqimaçilik, trikotaj va tikuvçilik sanoatining asosiy markazlari Yutlandiyaning şarqi va şim.da joylaşgan (Vayle, Xerning, Viborg va b.). Mamlakatning turli joylarida oziq-ovqat, xususan sut va göşt sanoati korxonalari barpo etilgan. Yiliga örtaça 30 mlrd. kVt-soat elektr energiya hosil qilinadi. 90-y.larning örtalarida neft qazib oliş eng yukrri darajaga yetdi (7 mln. tonna).
Kişloq xöjaligi D. iqtisodiyotining eng mahsuldor tarmoği hisoblanadi. Mamlakatda 80 mingga yaqin fermer xöjaligi bor. Ular yuksak hosildorlikka erişadilar va mahsulotning asosiy qismini çet ellarga sotadilar. D. hududining 70% (3 mln. ga) q. x.da foydalaniladi Q. x. tovar mahsuloti umumiy qiymatining 90% ini çorvaçilik beradi. Aholi jon boşiga sut, yoğ va göşt yetiştirişda dunyoda oldingi örinlardan birini egallaydi. Dehqonçiligi yuqori darajada mexanizatsiyalaşgan. Çorvaçilikda qoramol, çöçqa boqiladi, parrandaçilik rivojlangan.
Transporti. T. y. uzunligi 3 ming km dan ortiq, undan 2470 km elektrlaştirilgan. Avtomobil yöllari uz. 71 ming km. Asosiy porti — Kopengagen. Taşqi savdosi yalpi içki mahsulotning 37% ini taşkil etadi. Çetga asosan maşina va asbob-uskunalar, q.x. va oziq-ovqat sanoati mahsulotlari çiqaradi. Taşqi savdodagi asosiy mijozlari: Germaniya, Şvetsiya, Buyuk Britaniya. Pul birligi — D. kronasi.
Maorifi, madaniy-ma'rifiy va ilmiy muassasalari. D. maorif tizimining ilk böğini — bolalar boğçalari. 6 yoşdan bolalar uçun 9 y.lik majburiy ta'lim joriy etilgan. Boşlanğiç maktablarda öqiş muddati — 7 y., kiçik örta (real) maktablarda 3 y., yuqori örta maktab (gimnaziya)larda 3 y., xunar-texnika bilim yurtlarida 1 — 3 y. Bolalarning 90% bepul davlat maktablarida ta'lim oladi. Oliy öquv yurtlariga gimnaziya attestatlari asosida tanlov yöli b-n qabul qilinadi. 5 ta un-t, 3 ta texnika un-ti, 20 ga yaqin in-t va kollejlarda oliy ma'lumot beriladi. Yirik oliy öquv yurtlari: Kopengagen (1479 y.da asos solingan) va Orxus (1928 y.da asos solingan) un-tlari, D. muxandislik akademiyasi, Kopengagen texnika un-ti. Ilmiy muassasalari: Daniya qirolligi fanlar akademiyasi (1742 y. Kopengagen ş.da taşkil etilgan, 210 dan ortiq a'zosi bor), Nafis san'at akademiyasi (1754 y.da asos solingan), Daniya qirolligi texnika fanlari akademiyasi (1937 y. Lingbi ş.da taşkil etilgan, 580 dan ortiq a'zosi, 25 i.t. in-ti va assotsiatsiyalari bor), 20 dan köproq i. t. muassasalari va b. Kutubxonalari: Kopengagendagi Qirollik va Munitsipal, Orxusdagi davlat va un-t kutubxonalari va b. Muzeylari: Kopengagendagi milliy qirollik nafis san'at muzeyi, Kirollik dengiz muzeyi, Odensedagi X. K. Andersen uy-muzeyi va b.
Matbuoti, radioeşittirişi va te-lekörsatuvi. D.da naşr etiladigan yirik gaz. va jur.lar: «Informaşon» («Axborot», kundalik gaz., 1943 y.dan), «Nyu dag» («Yangi kun», kundalik keçki gaz.), «Politiken» («Siyosat», kundalik gaz., 1884 y.dan), «Ekstra bladet» («Favqulodda gazeta», kundalik gaz., 1904 y.dan), «Billed bladet» («Suratli haftanoma», haftalik suratli jur., 1938 y.dan), «Nyu politik» («Yangi siyosat», oylik jur., 1967 y.dan).
Ritsaus byuro — D. axborot agentligi 1866 y.da tuzilgan. D. radio va televideniyesi rasmiy ravişda mustaqil hisoblansa ham, amalda yarim davlat taşkilotidir. Mamlakatdagi barça radioeşittiriş va telekörsatuvlarni D. radiosi davlat taşkiloti nazorat qiladi.
Adabiyoti. Qadim zamonlardan D.da boy oğzaki xalq ijodiyoti paydo bölgan. Dastlabki yozma yodgorliklar 12-a.da lotin tilida yaratilgan. Sakson Grammatikning «Danlarning işlari» tarixiy asari (12—13-a.lar) ma'lum. 13— 14-a. larda dan tilida yaratilgan asarlar, çet tillardan qilingan tarjimalar tobora közga taşlana boşladi. K. Pedersen (1480—1554) ning xalqçil ijodi, «Bibliya»ni tarjima qilişidan adabiy tilining rivojiga asos soldi. 18-a. adabiyotida ma'rifatparvarlik ğoyalari keng tarğib qilindi. L. Xolber ötkir hajviyalari b-n şuhrat qozondi. 19-a. boşlarida A. Elenşleger, N. F. Grundtvig, S. S. Bliker, K. Vinter kabi romantiklar dehqonlar turmuşi va tabiat gözalliklarini tasvirladilar. 19-a. ning 30-y.lari adabiyotiga realizm unsurlari kirib keldi. Bir yoki ikki pardali (kiçik) komediya janri rivojlandi, psixologik tahlil çuqurlaşdi. Bu davrda Xans Andersen ertaklari şuhrat qozondi.
40-y.larda ijtimoiy ziddiyatlarning çuqurlaşuvi siyosiy lirika va satiraning rivojiga ta'sir etdi. 70-y. lar adabiyotida realizm çuqurlaşdi. Maşhur realist yozuvçi Ye. P. Yakobsen «Nils Lyune» romanida kiborlarning fojiali taqdirini psixologik asosladi. X. Draxman, K. Gyellerup, E. Brandes kabi realist adib va şoirlar yirik asarlar yaratdilar. l-jahon uruşi davri (1914—18) adabiyotida «noumid avlod» kayfiyatlari paydo böldi. 20-a.ning 20 — 30-n.larida realistik proza yuksaldi. X. R. Kirk, E. Kristensen, K. Bekker, X. Xerdal, M. Klitgor, X. Pontoppidan, Y. Yensen romanlarida mehnatkaşlar hayoti haqqoniy aks etdi, 30-y.larda, keyinroq Qarşilik körsatiş harakati davrida (1940-45) M. Andersen-Nekse, X. Şerfig, X. R. Kirk, Martin Nilsen kabi yozuvçilar ijodi faşizmga qarşi ruh kasb etdi, ular qamoq va konslagerlarda ham kuraşni davom ettirdilar. Uruşdan keyingi yillarda X. Vulf, T. Ditlevsen, X. L. Yepsen realistik asarlar yozişdi, 60—80-y. larda adabiyotga kirib kelgan yozuvçilar yangi şakllar izlaşdi, voqelikni falsafiy idrok etişga intilişdi.
Me'morligi. D. hududida qad. me'moriy davrga (mil. av.) xos san'at va me'moriy yodgorliklar (Trelleborg, Aggersborg qal'alarining xarobalari va b.) mavjud. D.da yagona qirollik tuzilib (10-a.), xristianlik qabul qilingaç, dastlab yoğoçdan, 11-a. urtalarida esa toşdan ibodatxonalar qurildi. Roman davrida (12-a.—13-a. boşi) xoç şaklida sobor va qalin devorli çerkovlar solindi. Gotika davrida (13-a,—16-a. 30-y.lari) Roskill va Odenseda yirik ibodatxonalar, qalin, baland devor va minorali qasrlar barpo etildi. 16—17- a.larda renessans ta'sirida bezatilgan saroylar, jamoat va turar joy binolari quriş an'ana böldi. 18-a. 1-yarmida binolar barokko uslubida, 2-yarmida esa klassitsizm uslubida qurila boşladi. 19-a. oxiri — 20-a. boşida milliy romantizmga xos binolar yaratildi. K.F. Xarsdorf D. klassitsizmining atokli namoyandasidir. 20-y.larda neoklassitsizm, 30-y.larda esa funksionalizm (X. Kampman, V. Lauritsen kabi me'morlar) uslubi tarqaldi. 2-jahon uruşidan keyin Kopengagen, Odense, Ryonne kabi şaharlar qayta tiklandi. 60—90-y.larga kelib köp (8—12) kavatli turar joylar kurildi. Uy-joy va sanoat zonalarini, qatnov yöllarini qulay joylaştirişga, kökalamzorlaştirişga katta e'tibor berildi.
Tasviriy san'ati. D. hududidan toş, jez, temir davri madaniyat yodgorliklari topilgan (kahrabo haykalçalar, uruş va ov manzaralarining toşga öyilgan tasvirlari, qurol-yaroğlar, ziynat buyumlari, kumuş idişlar, oltin tangalar va b.). Roman davri (12— 13-a.lar) monastirlari naqşlar b-n bezatilgan. Gotika davri (13-a.—16-a. boşlari) soborlaridagi naqşlarda realistik elementlar mavjud. 15-a. ning 2-yarmida D.ga Germaniya, Niderlandiya, Fransiyadan köplab rassom va ustalar köçib keldi. Kopengagenda Badiiy akademiya taşkil etilişi (1754) va klassitsizm taraqqiyoti D. milliy rassomlik maktabining taşkil topi-şiga olib keldi. 19-a. 1-yarmida rassomlik san'atida K. V. Ekkersberg va uning izdoşlari K. Kyobke, V. Bends va b. ijodida lirizm, voqelikning bevosita tasviri kuçli böldi. 20-a. boşlarida D. san'atiga fovizm, kubizm, 30-y.lar örtalaridan impressionizm va abstraksionizm kabi turli oqimlar kirib keldi. Realizm ruhida ijod etuvçi O. Rude, X. Yensen, X. Bidstrup kabi rassomlar ijodi abstraksionizm va b. modernistik oqimlarga qarama-qarşi turdi. Neoklassitsizm tamoyillari asosida ijod etuvçi rassomlar ham bor. Keyingi yillarda maişiy va siyosiy mavzular rassomlarni köproq qiziqtira boşladi.
Musiqasi. Yevropada eng qad.lardan. D. hududida mil. av. 4-a.ga oid puflama musiqa çolğusi topilgan. 12-a.gaça milliy musiqa ijodi janrlari qahramonlik eposi, marosim qöşiqlari, raqs kuylari b-n çeklangan. 12-a.dan professional diniy musiqa, 15-a.dan dunyoviy musiqa namunalari, 17-a.dan musiqaşunoslik asarlari paydo böldi. 18-a. oxiridan D. musiqasi öziga xos milliy xususiyatga ega bölgan. F. Kunsenning dastlabki milliy operasi «Xolger Danske», I. Şulsning milliy xarakterdagi zingşpillari fransuz hajviy opera unsurlarini öziga singdirdi. Milliy simfonizm bunyodkori N. Gade hamda zamonaviy kompo-zitorlik maktabi asosçisi K. Nilsen nomlari Yevropa musiqa madaniyati tarixi sahifalaridan munosib örin olgan. 20-a. 1 -yarmida musiqa markazlari — D. konsert jamiyati, D. musiqaçilari uyuşmasi, kompozitorlari uyuşmasi, Filarmoniya jamiyati, D. radiosining xor va orkestri taşkil etildi. D.da 5 konservatoriya, 10 simfonik orkestr, Musiqa tarixi muzeyi (1898 y.dan), «Daniya musiqa naşriyoti» (1871) bor. Yirik musiqa markazlari — Kopengagen, Odense.
Teatri. Qad. Skandinaviya köşiqçilari — skaldlar ijodida teatr san'ati uçqunlari bölgan. Örta asrlarda D.da misteriya, masxarabozlik, ibodat marosimlari, odob ruhidagi ibratomuz tomoşalar ommalaşdi, maktab öquvçilari turli spektakllar qöya boşladi. Professional teatr esa, 18-a. ning 20-y.larida vujudga keldi. 1722 y. Kopengagenda «Danlar sahnasi» nomli birinçi milliy teatr tuzildi. 1770 y.dan bu teatr «Daniya qirolining teatri» deb yuritila boşladi. Teatr sahnasidan L. Xolberg komediyalari, Y. Evaldning dramalari, jahon klassikasi pyesalari keng örin oldi. Y. L. Xeyberg, N. P. Nilsen, Y. K. Ryuge, A. Nilsen, I. L. Fister kabilar 19-a. yetakçi aktyorlaridir. 20-a. boşida naturalistik va dekadentlik pyesalari köp qöyilişi D. teatrini tanazzulga olib keldi. Lekin 20-y.larning oxiridan «Işçilar teatri», «Ijtimoiy teatr», «Betti Nansen teatri»da klassik va çet el ilğor mualliflari pyesalarining qöyilişi b-n D. teatri yangi bosqiçga kötarila boşladi. 2-jahon uruşidan söng qarşilik körsatiş harakati qahramonlarining jasoratini aks ettiruvçi va dolzarb masalalarga bağişlangan asarlar sahnalaştirildi. Opera va balet rivojlana boşladi. Aktyorlar Kopengagen davlat drama maktabida tayyorlanadi.
Kinosi. Milliy kinofilmlar 1897 y.dan işlab çiqarila boşlandi, bir neça hujjatli lentalar suratga olindi. 1910-y.larda D. kinematografiyasi dunyoga taniddi. 1903 y.da «Katl» badiiy filmi (rej. L. Elfelt) yaratildi, 1906 y.da Kopengagenda «Nordisk» kinostudiyam taşkil etildi. «Arslon ovi» (1907, rej. va aktyor V. Larsen) dastlabki xalqaro muvaffaqiyat keltirdi. «Ajal raqsi», «Vilgelm Tell», «Hamlet» kabi maşhur asarlar sahnalaştirildi, komediya va melodramalar suratga olindi. 1-jahon uruşidan keyin kinofilmlar i.ç. kamaydi, asosan sayoz, siyqa musiqali kinokomediyalar yaratildi. 2-jahon uruş yillarida oilaviy muammolar va tarixiy vokealarni tasvirlovçi filmlar ekranlaştirildi. «Kalamuşlar b-n jang», «Buğdoy xavf ostida» nomli hujjatli lentalarda kuraşga çorlovçi pinhona ğoyalar aks ettirildi. Uruşdan keyin ilğor kinorej. lar D. qarşilik körsatiş harakatiga, bolalar tarbiyasiga, ijtimoiy illatlarni hajv qilişga asosiy e'tibor berdilar. X. Karlsen, P. Kyerulf-Şmidt, E. Balliga, L. va S. Gryonlyukk, N. va K. Rifbyerg kabi rej.lar yaratgan filmlarda çuqur dramatik konflikt va ijtimoiy muammolar ham aks etdi. D.da hujjatli va qisqa metrajli filmlar ayniqsa şuhrat qozondi. 60—90-y.larda köngil oçar hajviy filmlar köproq yaratildi. Kopengagenda kinomuzey, kinomaktab bor. Yiliga 25 töla metrajli, 50 qisqa metrajli film işlab çiqariladi.
Özbekiston — D. munosabatlari. Ikki mamlakat örtasida «Investitsiyalarni özaro qimoyalaş va rağbatlantiriş töğrisida»gi va ÖzR b-n Yevropa Ittifoqi örtasida «Şeriklik va hamkorlik töğrisida»gi bitim asosida özaro savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantiriş yölga qöyildi. 2000 y.da ikki mamlakat örtasidagi tovar aylanmasi 7,8 mln. AQŞ dollarini taşkil etdi. Özbekistan D.dan yoğoç buyumlar, doridarmon, qand-şakar, qandolat mahsulotlari, kakao, spirtli va spirtsiz içimliklar, ğalla va yorma, mexanik asbob-uskuna, kimyoviy mahsulotlar, poyabzal, öyinçoklar sotib oladi. Buning evaziga Özbekistan sayyohlik va yuk taşiş sohasida xizmat körsatadi. Özbekiston D.ga qayta işlangan sabzavot va mevalar, oziq-ovqat mahsulotlari, höl meva va yonğoq yuboradi, turli xizmatlar körsatadi. ÖzR hududida D. sarmoyadorlari iştirokidagi 6 korxona, şu jumladan D. sarmoyasi 100% bölgan 2 korxona işlab turibdi. Özbekistonda D.ning «Novo Nordisk» va «York refrijereyşn» kompaniyalarining vakolatxonalari oçilgan.