Tabiati. U. hududining aksar qismi Şarqiy Yevropa tekisligining jan. ğarbiy qismiga mansub bölib, tekislik va örqirlardan iborat. Jan. da Qrim toğlari (bal. 1545 m gaça) va Ğarbda Ukraina Karpat toğlari (bal. 206 m gaça) bor. U. hududi ğarbdan şarqqa 1300 km, şim.dan jan.ga 900 km ga çözilgan. Qora dengiz sohillari, asosan, pasttekislik; qöltiq va limanlar bor. Azov dengizi sohillari esa yassi, kum tillari mavjud. Relyefi — şim.ğarbdan jan.şarqqa tomon Volin qirlari va Podoliya qirlari (eng bal. joyi 471 m — Kamula toği), şarqroqda Jan. Bug b-n Dnepr oraliğida Dnepr buyi qirlari joylaşgan. Dneprning söl sorili, mamlakatning jan. şarqiy qismida Azov böyi qirlari bor. Ukraina Karpat toğlarining jan. ğarbida Zakarpatye pasttekisligi yotadi.
Geologik tuzilişi jihatidan U. hududi Şarqiy Yevropa platformasining jan.ğarbiy qismidan hamda uni örab turgan Karpat va Krim burmali toğlaridan iborat. Platformada Ukraina kristalli massivi (qalqoni), Volin-Podoliya platosi, Lvov botigi, Donetsk avlakogeni, DneprDonetsk, Qora dengiz böyi botiqlari ajralib turadi. Toğli Qrim va Şarkiy Karpat toğlarining bir qismi Alp geosinklinal (burmali) oblastiga kiradi. Foydali qazilmalardan toşkömir va qönğir kumir, neft, tabiiy gaz, temir, marganets, titan rudalari, simob, boksit, toştuz va kaliy tuzlari, grafit, oltingugurt, quriliş materiallari va b. bor. Mineral suvli bulok, köp.
Iklimi, asosan mö'tadil kontinental. Ğarbdan şarqqa tomon iklimning kontinentalligi kuçayadi. Şim.dan jan.ga tomon yoz b-n qişning temperaturadagi farqi ortib, qor qoplamining qalinligi va saklaniş muddati, yoğin miqdori, nisbiy namlik kamayib boradi. Krim ya.o. ning jan. sohilida subtropik, Örta dengiz iklimi ustun. Yanv. ning urtaça t-rasi şim.şarqda —7°, —8° , Qrimning jan. sohilida 2—4°; iyulda şim.ğarbda 18—19°, jan.şarkda 23—24°. Yillik yoğin şim.ğarbda 600— 700 mm, jan.şarkda 300 mm gaça, Qrim toğlarida 1000—1200 mm, Ukraina Karpat toğlarida 1200—1600 mm.
U. dare şoxobçalarining jami uz. 170 ming km ga yaqin. Köp daryolari Kora va Azov dengizlariga quyiladi. Eng katta daryosi — Dnepr. Yirik daryolari — Dnestr, Jan. Bug, Severskiy Donets, Prut, qisman Dunay. Ularning kupi qişda muzlaydi. Yirik daryolarida GESlar kurilgan. 7 mingdan ortiq köl bor. Yiriklari: Yalpug, Katlabux, Sassiq, Şagani, Alibey, Sinevir va b. Suv omborlari: Kremençug (2250 km2), Kaxovka (2155 km2), Kiyev (922 km2), Dneprodzerjinsk (567 km2) va b.
Tuproklari xilmaxil. Mamlakat şim. qismida çimlipodzol tuproklarning turli tiplari uçraydi, ötloqibotqoq va torfli botqoq tuproqlar ham tarqalgan. Örmonli daşt zonasida sur tusli örmon tuproklari, podzollaşgan va haqiqiy qora tuproklar, daşt zonasida oddiy va jan. qora tuproq, dengiz sohilida töq kaştan tuproklar köproq. Ukraina Karpat toğlarida ajriqli podzol tuproqlardan tortib qora qayin örmon mintaqasi, toğ ötloqlari va toğ torfzorlarida podzollaşgan qönğir tuproqlargaça uçraydi. Qrim toğlarida aksari qönğir örmon va toğötloqi tuproklar, Qrim ya.o.ning jan. sohillarida esa, qizil qönğir va jigarrang tuproklar bor. U.da ösimliklarning 16 mingga yaqin turi mavjud. Şim.dagi aralaş örmon zonasida qarağay, emanqaragay, örmonli daşt zonasida grabeman, eman, zarangjöka örmonlar örmonsiz yaydoq maydonlar b-n almaşinib turadi. Umuman U. örmon fondining umumiy mayd. 9990 ming ga. Kora dengiz böyi subtropik ösimliklar b-n qoplangan. Örmonlarda ayiq, los, buğu, tönğiz, örmonli daşt zonasida buğu, böri, suvsar, olmaxon va b., quşlardan çil, xakka, zarğaldoq, daşt zonasida yumronqoziq, qöşoyoq, siçqon, törğay, bedana va h.k. yaşaydi. Daryo va köllari baliqqa boy. Tabiiy ösimliklar va hayvonot dunyosi 20 ta qöriqxonada saqlab qolingan. Yiriklari: Ukraina daşt, Kora dengiz biosfera, Polesye, Yalta toğörmon, Karpat biosfera, AskaniyaNova, Lugansk qöriqxonalari.
Aholisi. Asosiy aholisi — ukrainlar (78% ga yaqin); rus, belorus, moldavan, qrim tatarlari, bolgar, venger, rumin, polyak, yahudiy, gagauz, özbek (12,5 ming) va b. (hammasi 130 millat va elat vakillari) ham yaşaydi. Şahar aholisi 66,9%. Aholining aksariyati xristian (pravoslav va katolik), şuningdek, yahudiylik, islom va b. dinlarga e'tiqod qiladi. Yirik şaharlari: Kiyev, Xarkov, Odessa, Zaporojye, Dnepropetrovsk, Donetsk, Lvov.
Tarixi. U. janubida ilk paleolit davrida odamlar yaşaganligi ma'lum (q. Kiyikkoba). Örta paleolit davrida Mustye madaniyatita. mansub elatlar vakillari hozirgi U. xududining ançagina qismini egallab oldilar. Sönggi paleolit davrida (35—40 ming yil avval) butun U. hududida odam yaşay boşlagan. Mezolit davri (mil. av. 10— 7ming yillik)da baliq ovlaş, neolit davri (mil.av. 6—4-ming yillik) da dehqonçilik va çorvaçilik paydo böldi. Eneolit va jez davrlari (mil. av. 4-ming yillik — 1-ming yillikning boşi)da dehqonçilik, çorvaçilik va kulolçilik ança kjsaldi (q. Tripolye madaniyati). Mil. av. 2-ming yillik oxiri — 1-ming yillik boşlarida But va Dnepr böyi daştlarida kimmeriy qabilalari yaşagan. Mil. av. 7-a.da Qora dengiz böyidagi daştlarga Osiyodan köçmançi skif qabilalari kirib keldi. Mil. av. 7—5-a.larda Qora dengizning şim. soxillariga feklar köçib kelib, şahardavlatlar (Olviya, Tira, Xersones, Pantikapey va b.)ni barpo etdilar. Mil. av. 5-a.da esa Kerç ya.o.da Bospor podşoligi taşkil topdi. Mil. av. 2-a. da U.ning daşt yerlarini sarmatlar egalladi. Mil. 3—6-a.larda Qora dengizning şim. sohillariga got, gunn, avar va b. kabilalar kelib örnaşdi. 4— 7-a.larda vujudga kelgan Örta Dnepr böylaridagi tarqoq şarqiy slavyan qabilalari (vizantiyalik mualliflar ularni venedlar, antlar va sklavinlar deb ataganlar) 9-a. örtalarida qabila ittifoklari va knyazliklarga birlaşib, Kiyev Rusini vujudga keltirdilar (q. Qadimgi Rus davlati). 1239—40 y.larda bu davlat möğullar tomonidan bosib olinib, Oltin Örda mulkiga aylantirildi. Rusning boşqa qismidan ajralib qolgan Ukraina yerlari 13—14-a.larda polyak, litva, venger va b. çet el hukmdorlari qöl ostida böldi («Ukraina» nomi dastlab jan. ğarbdagi ayrim rus yerlariga taalluqli bölib, «kray» — çekka yoki çegara ma'nosini anglatgan; 16-a. oxiri — 17-a. boşlarida u barça Ukraina yerlariga tarqalib, ukrain xalqining etnik nomiga aylangan). 15-a.da U.ning jan. qismi va Qrim ya.o.da Krim xonligi taşkil topdi.
1569 y. U. hududining aksari qismi birlaşgan litvapolyak davlati — Reç Pospolita tarkibiga kiritildi. Milliy va liniy zulmning kuçayişi, sinfiy kuraşning avj olişi 15-a. oxiri — 16-a. 1yarmida Zaporojye kazaklarining paydo bölişiga olib keldi. Dehqonlarning kazaklar tomoniga qoçib ötişi kuçaydi. 16-a.da kazaklar markazi — Zaporojye Seçi taşkil topdi va u Qrim xonligi, Usmonli turklar saltanati, polyakukrain hukmron doiralariga qarşi kuraşdi. 1591—93 y.larda getman K. Kosinskiy, 1594—96 y.larda S. Nalivayko rahbarligida dehqonkazaklar qözğolonlari bölib ötdi. 1648 y. B. Xmelnitskiy boşçiligida ukrain xalqining ijtimoiy va diniymilliy istibdodga qarşi ozodlik kuraşi boşlandi va u milliy inqilobga aylanib ketdi. Ukraina getmanligi mustaqil davlatga aylandi. 1654 y. murakkab taşqi siyosiy va harbiy vaziyatda B. Xmelnitskiy Moskva b-n harbiy ittifoq tuzdi, unda mustaqil getmanlik hokimiyatini saqlab qoliş közda tutildi. Şu tariqa u Ukraina getmanligini taşqi siyosiy jihatdan tan olinişiga erişdi. Biroq uning vafotidan söng getmanlik hokimiyati uçun boşlangan kuraş uzoq davom etdi (1657—76). Bundan foydalangan Moskva ukrain yerlari ustidan haqiqiy nazorat örnatib oldi. I. Mazepa getman bölgan davrda (1687—1708) u rusşved uruşi vaqtida (1708) Moskva vasiyligidan qutulişga intilib, Şvetsiya qiroli Karl XII tomoniga ötdi. Mazepadan keyingi getmanlar Rossiya imperiyasi tarkibida Ukraina getmanligining muxtoriyat maqomini saqlab qolişga intildilar. Ammo podşo hukumati 1764 y. getmanlikni batamom tugatdi. 18-a.ning 2yarmida öng sohil U. Rossiya imperiyasi tarkibiga kirdi. Polşa hududi 3 marta (1772, 1793 va 1795) taqsimlanganidan söng ukrain yerlari 2 imperiya — Rossiya va AvstriyaVengriya tarkibiga ötib qoldi.
19-a.ning 20—30-y.larida U.da milliy uyğoniş jarayoni boşlandi. 19-a. oxiri — 20-a. boşlarida siyosiy partiyalar tuzila boşladi. Rossiyada 1917 y. okt. töntarişi röy berib, Rossiya va AvstriyaVengriya imperiyalari barbod bölgaç, ukrain siyosiy harakati qatiy talablar b-n maydonga çiqdi va milliy ozodlik kuraşi davri yoki 1917—21 y.lardagi ukrain inqilobi boşlandi. Öşa davrda U.da Ukraina Markaziy Radasi, getman Pavel Skoropadskiy boşliq Ukraina Davlati, Ukraina Xalq Respublikasi Direktoriyasi ukrainlarning öz davlatini tuzişga intildilar. Ammo murakkab taşqi va içki siyosiy şaroit, avvalo Sovet Rossiyasi qöşinlarining bostirib kirganligi ukrain inqilobining mağlub bölişiga olib keldi. 1921 i. Ukraina SSR e'lon qilindi va u 1922 y. 30 dek.da SSSR tarkibiga kirdi, Ğarbiy Ukraina yerlari Polşa tarkibida krldi. Avvaliga, 20-a.ning 20-y.larida sovet U.sida ukrainlaştiriş siyosati ötkazildi. Biroq 20-y.larning oxiri — 30-y.larning boşlarida bu siyosat töxtatildi. Ukrain milliy ziyolilari ommaviy qatağon va qirğin qilina boşladi. 20-a.ning 30—40-y.lari U. tarixidagi eng fojiali yillar böldi. 192123, 193233, 194647 y.larda U.da ham oçarçilik hukm surdi, ukrainlar ommaviy ravişda Sibir, Oltoy, Uzok, Şarqqa, Qrim aholisining bir qismi — Qrim tatarlari 1944 y. Örta Osiyoga surgun qilindi. 1954 y. Qrim viloyati RSFSR tarkibidan U. tarkibiga ötkazildi.
20-a.ning 50—70-y.larida U.da keng miqyosli ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar röy berdi, jumladan, sanoat rivojlanib, şaharlar kengaydi. 80-y.lar oxirida qayta quriş siyosati boşlanişi b-n muxolifat harakati kuçaydi, yangi tuzilgan siyosiy taşkilotlar suverenitetga erişiş, demokratiyani rivojlantiriş, milliy va fuqarolik huquqlari uçun kuraşa boşladi. Nihoyat, 1991 y. 24 avg. kuni U. mustaqilligi e'lon qilindi. U. — 1945 y.dan BMT a'zosi. ÖzR mustaqilligini 1992 y. 24 yanv.da tan olgan va öşa yil 25 avg.da diplomatiya munosabatlari örnatgan. Milliy bayrami — 24 avg. — Mustaqillik kuni (1991).
Siyosiy partiyalari, kasaba uyuşmalari. 2000 y. boşlarida U.da 100 dan ortiq siyosiy partiya, 1,5 ming jamoat taşkiloti bölgan. Eng ommaviy va nufuzli siyosiy birlaşma va partiyalari: U. Xalq Pyx (U. Xalq Harakati) harakati (1989), Kommunistik partiya, Sotsialistik partiya (1991), Umumukrain birlaşmasi — «Batkivşçina» («Vatan», 1999), Sotsialdemokratik partiya (birlaşgan, 1995), Regionlar partiyasi (2001), Kökatparvarlar partiyasi (1990). U. kasaba uyuşmalari federatsiyasi (1990) va bir qança mustaqil tarmoq kasaba uyuşmalari ham mavjud.
Xöjaligi. U. — industrialagrar mamlakat. Milliy daromad tarkibida sanoat 30%, q.x. 14%, xizmat körsatiş sohasi 56% ni taşkil etadi.
Sanoati. Ogir industriyada i.ç. sanoatining uluşi juda katta. Jumladan, konçilik sanoati, qora va rangli metallurgiya, kemasozlik, oğir maşinasozlik, neft kimyosi va koks kimyosi sanoati, şuningdek, harbiy sanoat majmuasi rivojlangan. Örmon, yoğoçsozlik, yengil va oziq-ovqat sanoati, binokorlik materiallari i.ç., avtomobilsozlik salmoqli örni tutadi. Ilmfan yutuqlariga asoslangan sanoat tarmoqlari, ayniqsa, raketasozlikning uluşi ortib bormoqda. Jumladan, U.ning «Zenit» eltuvçi raketasi yordamida xalqaro «Dengiz starti» loyihasining amalga oşirilişi ta'minlanmoqda. Yirik issiqlik va atom elektr st-yalari, şuningdek, Dnepr daryosidagi GES kaskadi (yiriklari Dnepr, Kremençug, Kaxovka GESlari) energetikaning asosini taşkil etadi. 1986 y. Çernobil AESda falokat yuz berişi oqibatida 3000 MVt quvvatli 3 ta energetika bloki 2000 y.dagi xalqaro kelişuvga binoan yopib qöyilişi natijasida U.da elektr energiya hosil qiliş birmunça kamayib, 2003 y.da 179,5 mlrd. kVtsoatga tuşib qoldi.
U. iqtisodiyotida konçilik sanoati muhim öringa ega: toşkömir (Donetsk va LvovVolin havzalari), qönğir kömir (Dnepr havzasi), gaz va neft (Karpatoldi, Qora dengiz şelfi), temir rudasi (Krivoy Rog va Kerç havzalari), marganets rudasi (Nikopol yaqini), kaliy (Karpatoldi), toştuz (Donetsk havzasi) va b. foydali qazilmalar qazib olinadi. Mahalliy temir va marganets ruda konlari asosida işlovçi qora metallurgiya korxonalari çöyan, pölat, prokat, polimetall konlariga asoslangan rangli metallurgiya korxonalari simob, alyuminiy, titan, sirkoniy, nikel, maşinasozlik va metallsozlikning yirik korxonasi bölmiş Novokramatorsk maşinasozlik z-di domna va marten peçlari uçun uskunalar, şaxtalar uçun maşinalar, yuk kötariş mexanizmlari, temirçilik press uskunalari, ekskavatorlar işlab çiqaradi. Radioelektronika sanoati, şu jumladan, televizor va EHMlar i.ç. rivojlangan. U.da teplovoz (Lugansk), vagon (Dneprodzerjinsk, Kremençug, Kadiyevka), avtobus va avtoyuklagiç (Lvov), yengil avtomobil (Zaporojye), yuk avtomobillari (Kremençug) z-dlari, kemasozlik (Nikolayev), Xerson, Kiyev samolyotsozlik, stanoksozlik, asbobsozlik, energetika va elektr texnika sanoati korxonalari bor. Kime va neft kimyosi sanoati korxonalari lok, böyoq, sintetik smola, plastmassa, sun'iy va sintetik tola, kimyoviy reaktorlar, fotoreaktivlar, q.x. va rözğorda işlatiladigan turli mahsulotlar işlab çiqaradi. Oziq-ovqat sanoatida qandşakar, spirt, yoğ, göşt, un, mevasabzavot konservalari işlab çikaruvçi köpgina korxonalar mavjud. Qrim, Odessa, Xerson kabi jan. viloyatlarda va Zakarpatyeda vinoçilik, dengiz böyi şaharlarida baliq sanoati rivoj topgan. Yengil sanoat töqimaçilik (ip gazlama, movut, şoyi va ziğir tolali gazlama i.ç.), tikuvçilik, könpoyabzal, çinni z-d va f-kalarini öz içiga oladi.
Qişloq xöjaligi, asosan, don, texnika ekinlari va çorvaçilik mahsulotlari yetiştirişga ixtisoslaşgan. U.ning q.x.ga yaroqli yer fondi 40,2 mln. gektarni taşkil qiladi. Dehqonçilikda donli ekinlardan kuzgi buğdoy, makkajöxori, şoli, arpa, tariq, greçixa va b. yetiştiriladi. Boğdorçilik, polizçilik va tokçilik rivojlangan. Texnika ekinlaridan qand lavlagi, kungabokar, uzun tolali ziğir, qönoq, tamaki ekiladi. Kartoşka yetiştiriladi. Örmondaşt va daşt zonalarida dorivor va efirmoyli ösimliklar ekiladi. Çorvaçilikda qoramol, çöçqa, qöy va eçki, parranda boqiladi. Bu tarmoq, asosan daşt zonasida, Karpat toğlari va Polesyeda rivojlangan. Asalariçilik, pillaçilik, darrandaçilik b-n ham şuğullaniladi. Qora va Azov dengizida balik, ovlanadi.
Transportning hamma turlari rivojlangan. T.y. uzunligi 22,6 ming km, avtomobil yöllari uzunligi 172,3 ming km. Asosiy dengiz portlari: Odessa, Iliçyovsk, Xerson, Izmail, Mariupol, Kerç. Dnepr, Desna, Pripyat, Dnestr, Dunay daryolarida kema qatnaydi. Iliçyovsk — Varna (Bolgariya) yönalişida dengiz paromi mavjud. Neft va gaz kuvurlari qurilgan. Kiyev yaqinidagi Borispol ş.da xalqaro aeroport bor. Turizm rivojlangan. U. çetga maşinauskuna, kora va rangli metallar, temir va marganets rudalari, oziq-ovqat (şu jumladan, qandşakar), yengil sanoat mahsulotlari çiqaradi. Çetdan energiya manbalari, asbobuskuna, iste'mol mollari oladi. Rossiya, Germaniya, Italiya, Xitoy, AQŞ, Turkmaniston, Avstriya, Polşa, Belorussiya, Vengriya, Turkiya, Qozoğiston, Özbekiston b-n savdo qiladi. Pul birligi — grivna.
Tibbiy xizmati. Davlat soğliqni saklaş tizimidagi tibbiy muassasalar b-n birga xususiy tibbiy muassasalar ham rivojlangan. 2000 y. boşlarida 3 mingdan köproq davolaş muassasida 500 mingga yaqin örin bölib, ularda salkam 250 ming tibbiy xodim xizmat qildi. Asosiy kurortlari: Krimning jan. sohili, Azov dengizi va Odessa atrofidagi kurortlar, Truskavets, Mirgorod, Morşin, Karpat sixatgoxlari.
Maorifi, ilmiy va madaniyma'rifiy muassasalari. 2000 y. boşlarida 22 mingga yaqin umumiy ta'lim öquv yurtida 6600 mingdan köproq öquvçi ta'lim oldi, salkam 570 ming öqituvçi dare berdi; 665 oliy öquv yurtida 560 ming talaba, hunartexnika maktablarida 510 mingdan ziyod öquvçi tahsil oldi. Xususiy ta'lim tizimida 170 oliy öquv yurti va 250 umumiy ta'lim muassasasi bor. 20,4 ming ommaviy va universal kutubxonaning umumiy kitob fondi 339 mln. nusxadan iborat, 6 ming kino qurilma mavjud. Klub tipidagi 20,2 ming madaniyat muassasasi, 386 muzey, jumladan, 123 ölkaşunoslik, 134 tarix va arxeologiya, 63 san'atşunoslik, 44 adabiyot muzeyi mavjud.
U.da 1490 taşkilot ilmiy va ilmiytexnikaviy faoliyat b-n şuğullanadi, ularda 10 mingdan ortik, fan d-ri va 60 mingdan ziyod fan nomzodi işlaydi. Milliy Fanlar akademiyasi, Ta'lim va fan vazirligi, U. agrar FA, Soğliqni saklaş vazirligi, Tibbiyot FA, Agrar siyosat vazirligi tizimlaridagi ilmiy muassasalar oliy malakali ilmiy kadrlar tayyorlaş b-n şuğullanadi. U. Milliy FA, oliy maktab tizimi va tarmoq vazirliklarida yirik ilmiy muassasalar faoliyat yuritadi.
Matbuoti, radioeşittirişi va telekörsatuvi. U.da 2,5 mingdan köproq gaz., 2,2 mingga yaqin jur. va b. naşr etiladi. Yiriklari: «Golos Ukraşi» (ukrain tilidagi gaz., 1991 y.dan), «Uryadoviy kur'er» («Hukumat xabarçisi», ukrain tilidagi gaz., 1990), «Dzerkalo tijnya» («Hafta oynasi», ukrain tilidagi gaz., 1994), «Den» («Kun», rus tilidagi gaz., 1996), «Lggiraturna Ukraşa» («Ukraina adabiyoti», ukrain tilidagi gaz., 1927), «Fakti i kommentarii» («Fakt va şarxlar», rus tilidagi gaz., 1997), «Veçerniye vesti» («Keçki xabarlar», rus tilidagi gaz., 1998), «Biznes» (rus tilidagi gaz., 1992), «Ukraşa moloda» (ukrain tilidagi gaz., 1991), «Ukraşa» (jur., 1941), «Suçasşst» («Zamonaviylik», ukrain tilidagi jur., 1961), «Pol1tiçna dumka» («Siyosiy fikr», ukrain tilidagi jur., 1993), «Dnşro» (ukrain tilidagi jur., 1927), «Galitsyu kontrakti» («Galitsiya şartnomalari», ukrain tilidagi jur., 1990), «Delovaya Ukraina» («Işbilarmon Ukraina», rus tilidagi jur., 1992), «Pol1tika i kultura» («Siyosat va madaniyat», ukrain tilidagi jur., 1999), «Perets» («Qalampir», ukrain tilidagi satirik jur., 1927), «Barvşok» (ukrain tilidagi yoşlar jur., 1928).
U.dagi yetakçi axborot agentliklari: «Ukraina milliy axborot agentligi» (UKRINFORM, 1981 y. tuzilgan, 1990 y.dan mustaqil), «Ukraina mustaqil axborot agentligi» (UNIAN, 1993), «Ukraşsyu novini» («Ukraina yangiliklari», 1993). U.da telekörsatuv va radioeşittiriş tarmoği rivojlangan. 2000 y. boşida 560 dan ortiq tele va radiokompaniya xamda taşkilot faoliyat yuritdi. Yetakçi telekompaniyalar: «U. milliy telekompaniyasi» (1995), «Inter» (1995), «Yangi kanal» (1998), «1 + 1» (1995), «1CTV» (1992), «STB» (1997). U.da radioeşittirişlar 1924 y.dan, telekörsatuvlar 1951 y.dan boşlangan.
Adabiyoti. U. adabiyotining ilk manbalari qad. rus pandnasihatlari, avliyoanbiyolar haqidagi rivoyat va qissalar, 11 —13a.larga oid yilnomalardan boşlanadi. Kiyevda yaratilgan Ostromir injili (1056—57), «Ötgan yillar qissasi» (taxm. 1113) Kiyev Rusidagi ilk adabiy yodgorliklardir. 14—15-a.larda yilnoma va voqea-hodisalar tarzidagi adabiy asarlar dunyoga keldi. Keyinroq xalq şe'riy ijodiyoti, şu jumladan, tarixiy qöşiqlar, qahramonlik dostonlari, sevgi va mehnat qöşiklari, xalq ertaklari paydo böldi. 16—17-a.larda munozarali adabiyot va ilohiyotga doyr adabiyot muhim rol öynadi. (Gerasim Smotritskiy, Vasil Surazskiy, Meletiy Smotritskiy (maşhur «Grammatika» darsligi muallifi, 1619), Yoanikiy Galyatovskiy, Petro Mogila (Şarqiy Yevropadagi dastlabki akademik öquv yurti asosçisi; keyinçalik uning nomi b-n KiyevMogila akademiyasi deb nomlangan, 20-a.ning 90-y.larida qayta tiklangan), Ivan Vişenskiy, Feofan Prokopoviç, Ipatiy Potiy, Zaxar Kopistenskiy va b.]. Bu davrda Lvovda Ivan Fyodorov tomonidan U. hududida birinçi kitob — «Apostol» naşr etildi. Yevropa Uyğoniş davrida adabiyot tez rivojlandi, 17—18-a.larda adabiy mavzular kengayib, ğoyaviyuslubiy jixatdan boyidi, xilmaxil janrlardagi asarlar yaratila boşladi. Yozuvçi, şoir va ma'rifatparvar G.S. Skovoroda (1722—94)ning ijodi kad. ukrain adabiyotining xotimasi, yangi ukrain adabiyotining muqaddimasi böldi («Xarkov masallari» töplami, «Ilohiy qöşiqlar böstoni» şe'rlar töplami).
19—20-a. boşlarida mumtoz ukrain adabiyoti şakllandi. I. Kotlyarevskiy (6 qismdan iborat «Enenda» dostoni), P. GulakArtemovskiy, G. KvitkaOsnovyanenko, I. Franko, L. Ukrainka, P. Mirniy, O. Pçilka, N. Gogol, M. Kotsyubinskiy va b.larning asarlari maşhur böldi. Buyuk qöbizçi T. Şevçenko esa yangi ukrain adabiyotiga asos soldi. 20-a. da V. Sosyura, P. Tiçina, M. Rilskiy, M. Kuliş, O. Gonçar, I. Le, M. Stelmax, P. Zagrebalniy, B. Oleynik, V. Simonenko, M. Bajan, I. Draç, M. Movçan va b. köpgina adiblar yaratgan nasriy va nazmiy asarlar, A. Korneyçuk pyesalari U. adabiyotiga munosib hissa bölib qöşildi. Hoz. zamon ukrain adabiyoti milliy an'analarni zamonaviy Yevropa va jahon madaniyati tajribasi b-n qöşiş ruhida rivojlanib bormoqda.
Me'morligi va tasviriy san'ati. U. hududida ilk paleolit davriga mansub turar joy qoldiqlari, odam va hayvon haykalçalari saqlanib qolgan. Dastlabki inşoot va binolar Vizantiya me'morligi ta'sirida tiklangan. Kiyevdagi Ayo Sofiya sobori va Oltin darvoza (11-a. ning 1yarmi) şu davrga oid yodgorliklardir. Umuman, U. me'morligi Yevropa me'moriy an'analari ruhida rivojlanib kelgan, jumladan, toşdan qal'a va saroylar qurilgan, tasviriy va amaliy bezak san'at asarlari yaratilgan. 14—16- a.larda Volin, Podolye va Galitsiyada köpgina istehkom va monastirlar barpo etildi. 16-a. 2yarmi va 17-a. boşlari U. me'morligida Uyğoniş davrining ta'siri seziladi, xalqçillik unsurlari körina boşladi. 18-a. boşlarida Söl sohil U.da barokko uslubi ustunlik qilgan bölsa, tez orada rokoko uslubi xam kirib keldi, dunyoviy me'morlik san'ati rivojlandi. 18-a. oxiri — 19-a. boşlarida esa klassitsizm yetakçi mavqeni egalladi, jumladan, şaharlarni şu uslubda qayta qurişga kirişildi. 19-a. oxiri — 20-a. boşlarida boşqa me'morlik uslublari qöşilgan eklektik uslub ustun böldi. Sovet davrida mahobatli binolar keng yoyildi, ammo baribir oddiy universal me'moriy loyihalar yetakçi örin egalladi.
20-a.ning 30—40-y.larida U. şahar va qişloklarini reja asosida qayta qurişda xalq me'morligi şakllaridan foydalanildi. 50—60-y.larda şahar va qişloklarni qayta tiklaş va yangilarini barpo etişda uluğvorlik va bezakdorlikka zör berildi, 70-y.lardan boşlab tipovoy blokseksiyalar va yiğma uy konstruksiyalaridan foydalanişga kirişildi. Hoz. zamon U. me'morligi milliy uslublardan ham, jahon tamoyillaridan ham foydalanib, U.ning yevropaça qiyofasini şakllantirişga intilayotir. V. Gorodetskiy, I. Kavaleridze, Ye. Vuçetiç nomlari ukrain me'morligi va haykaltaroşligining faxri bölib qolgan. Keyingi yillarda xarob ahvolga tuşib qolgan tarixiy yodgorliklarni qayta tiklaşga katta e'tibor berildi, jumladan, Kiyev ş.dagi Mixaylov Zlatoverx sobori, KiyevPeçera lavrasining Uspeniye sobori ta'mirlanib, asl holiga keltirildi. Kiyev, Xarkov, Lvov va b. şaharlarda kurkam jamoat va turar joy binolari barpo etildi.
U. rassomligi, avvalo, ibodatxonalarni bezatiş ehtiyoji tufayli yuzaga keldi. 16-a. bezak rassomligi va haykaltaroşlik rivojlandi. Örta asrlar rassomligida kitob miniatyurasi ham katta örin egalladi, yogoç gravyurasi rivojlana boşladi, keramika, yoğoç öymakorligi, çilangarlik, zargarlik, kaştaçilik yuksaldi. T.G. Şevçenko romantizm usullarini ijodiy özgartirib, portret, manzara va b. janrlarda gözal asarlar yaratdi. 18-a. oxiri — 19-a. boşida U. tasviriy san'atida klassitsizm ta'siri seziladi. 19-a.ning 2yarmi — 20- a. boşlarida ukrain san'atida realistik tamoyillar rivoj topdi.
Zamonaviy ukrain rassomligida kitob grafikasi, dastgoh grafikasi, siyosiy plakat, teatr va kino bezak san'ati, portret, manzara kabi janrlar rivojlangan. T.N. Yablonskaya, V. I. Kasiyan, M. G. Lisenko, M. G. Derevus va b. maşhur. San'atning barça turlari böyiça kadrlar Kiyev tasviriy san'at inti, Lvov amaliy va bezak san'ati inti, Xarkov sanoat rassomligi inti, Lvovdagi poligrafiya inti, bir qança maxsus örta ökuv yurtlarida tayyorlanadi. U. mustaqillikka erişgaç (1991), 1992 y.da U. rassomlar uyuşmasi U. Milliy rassomlar uyuşmasi sifatida qayta tuzildi (raisi — V. A. Çepelik). Uyuşma tarkibida viloyat bölimlari, 4308 a'zo bor. 1998 y. Ukraina Prezidenti farmoni b-n «Rassomlar kuni» kasb bayrami ta'sis etilgan.
Musiqasi şarqiy slavyanlar xalq musiqasi asosida vujudga kelgan. Kiyevdagi Sofiya soborining devoriy suratlarida turli sozlarni çalib turgan musiqaçilar tasvirlangan. Xalq musiqasi dastlab bir ovozli, keyinçalik köp ovozli (geterofoniya va garmoniya tuzilişida) vokal, vokalçolğu va çolğu şakllarida rivojlangan. Skripka, basolya, kobza, bandura, torban, simbala, lira kabi musiqa asboblari bor.
U. professional musiqasi Kiyev Rusi davridan boşlangan. Knyaz saroylarida, çerkovlarda maxsus qöşiqçilar bölgan. 16—17-a.larda şaharlarda musiqaçilar uyuşmalari, musiqa maktablari taşkil topdi. 18-a.da krepostnoy musiqa kapellalari, orkestrlari, opera va balet truppalari işlay boşladi. 1810 y. Odessada opera teatri oçildi. 19-a. 2yarmida ukrain professional musiqa maktabi şakllandi. Ukrain mumtoz musiqasi milliy opera asarlari b-n boyidi (S. GulakArtemovskiyning «Dunay ortidagi zaporojyelik», P. Sokalskiyning «Dubna qamali», «Mazepa», M. Arkasning «Katerina» asarlari va b.). N. Lisenko, K. Stetsenko, M. Leontoviç, B. Lyatoşinskiy, L. Revutskiy, V. Kosenko, akauka G. va P. Mayboroda kabi kompozitorlarning faoliyati ukrain mumtoz musiqasi rivojida muhim örin oladi.
20-a.ning 2yarmida musiqa arboblaridan I. Kozlovskiy, B. Gmirya, A. Solovyanenko, Yu. Gulyayev, xalq va estrada qöşiklari ijroçilaridan N. Yaremçuk, V. Ivasyuk, N. Matviyenko, S. Rotaru, O. Kovalska, Yu. Bagatikov xalqaro miqyosda maşhur böldilar. «Yevrovideniye2004» festivalida xonanda Ruslana Lijiçko 1örinni oldi. Kiyev, Odessa, Lvovda konservatoriya, Xarkov san'at inti, Donetsk musiqapedagogika inti, bir qança madaniyat intlari, musiqa bilim yurtlari bor. Özbekistonda N. Lisenkoning «Poltavalik Natalka» (Muqimiy teatrida), G. Mayborodaning «Arsenal» (Navoiy teatrida) asarlari sahnalaştirilgan, L. Revutskiy Toşkent konservatoriyasida kompozitsiya kafedrasi mudiri (1941 — 1944) bölgan, şogirdlari orasida I. I. Akbarov ham bor.
Teatri. U. teatr san'ati sarçaşmalari majusiylik davri xalk, rasmrusumlaridan boşlanadi. Xristianlik kabul qilingaç, xalq aktyorlari — skomoroxlar ijodi rivojlandi. 16-a. oxirlarida U. hududiga Ğarbiy Yevropadan kirib kelgan diniy drama astasekin realistik tuye olib, intermediya va interlyudiya janrlari tuğila boşladi, şu tariqa zamonaviy komediyaga asos solindi. 17—19-a.da «vertep» deb atalgan xalq qöğirçoq teatri rivojlandi. Ukrain teatrining vujudga kelib, kamol topişini KiyevMogila akademiyasi b-n boğlaydilar (17-a. 2yarmi — 18-a. boşi). 18-a. oxirlarida Söl qirğoq U.ning dvoryan qörğonlarida krepostnoy teatrlar, dvoryan va b. tabaka vakillaridan iborat havaskorlik teatrlari ham paydo böldi. Professional teatr 18-a. oxiri — 19- a. boşlarida taşkil etildi. I. Kotlyarevskiyning «Poltavalik Natalka» va «Moskalçarivnik» pyesalari U. teatri tarixida yangi davrni boşlab berdi. Birinçi doimiy opera teatri Odessa ş.da oçildi (1809). Keyinçalik bunday teatrlar Kiyev va Xarkovda xam paydo böldi. 20-a. boşlarida U. teatr san'ati yuksak darajaga kötrildi. M. Kropivnitskiy, M. Staritskiy, I. KarpenkoKarogo, N. Lisenko, M. Sadovskiy, Yu. Lavrivskiy va b. mumtoz teatrni kamol toptirdilar. 20-a.ning 90-y.laridan davlatga karaşli bölmagan yangi uyuşmalar hisobiga professional teatrlar soni köpayib, 2000 y.da 130 taga yetdi. Kiyev drama va komediya teatri, Yoşlar teat Ri' Poeziya teatri, Donetsk, Dnepropetrovsk, Zaporojye, Sumi yoş tomoşabinlar teatrlari jahon mumtoz dramaturgiyasi asarlari b-n birga maxalliy mualliflarning pyesalarini körsatmoqda. Professional va havaskor jamoalar uçun kadrlar Kiyevdagi I.K. KarpenkoKarogo nomidagi teatr san'ati in-tida, Xarkovdagi I.P.Kotlyarevskiy nomidagi san'at in-tida, Kiyev, Xarkov, Rovnodagi madaniyat intlarida tayyorlanadi.
Kinosi. U.da dastlabki xronika filmlari 19-a.ning 90-y.larida yaratilgan. 1896—1906 y.larda xarkovlik fotograf A. K. Fedetskiy xronikal kinolentalarni namoyiş etgan. 1911 — 14 y.larda kinooperator D. Saxnenko rej. N. K. Sadovskiy b-n birga «Poltavalik Natalka» va b. spektakllarni suratga oldi. 1917—19 y.larda Yalta va Odessada xususiy kinoatelyelar işladi. 1922 y.dan muntazam ravişda badiiy filmlar işlab çiqarila boşladi. 1928 y. Kiyevda katta kinofabrika (hoz. A. Dovjenko nomidagi Kiyev kinostudiyasi) oçildi. Birinketin A. Dovjenkoning «Muxabbat mevasi» (1926). «Zvenigora» (1928), «Yer» (1930), «Aerograd» (1935) va b. filmlari yaratildi. 50—60-y.larda rej.lardan I. Savçenko («Taras Şevçenko», 1951), S. Parajanov («Unutilgan ajdodlarning soyalari», 1965), V. Ivçenko («Kora ilon», 1965), şuningdek, Yu. Ilyenko, L. Osika, L. Bikov, K. Muratova, R. Balayan va b.larning filmlari ekranga çiqarildi. Kino aktyorlaridan I. Mikolayçuk, B. Stupka, M. Yakovçenko, N. Ujviy, L. Çayka, A. Rogovseva, K. Stepankov, Yu. Majuga, L. Gurçenko, O. Borisov, B. Benyuk, Zadnipovskiylar sulolasi, Ye. Paperniy va b.larning nomi maşhur böldi. Mustaqillik yillarida (20-a.ning 90-y.larida) U. kinosi yangi bosqiçda rivojlana boşladi.
Özbekiston — U. munosabatlari. U. — Özbekiston aloqalari qad. an'analarga ega. 20-a. boşlarida hoz. Özbekiston hududiga ukrain dehqonlari köçib kelganlar. 20—30-y.larda keng iqtisodiy, madaniy va ilmiy aloqalar yölga qöyildi. 2-jahon uruşi yillarida U.ning nemisfaşistlari bosib olgan hudud aholisi Özbekistonga evakuatsiya qilindi. U.ning bir qança sanoat korxonalari, taşkilot va muassasalari Özbekistonga köçirildi. Bu yerga kelgan köpgina fan va madaniyat arboblari madaniy hayotda faol qatnaşdilar. M. Bajan, M. Tereşçenko va b. ukrain adiblari Özbekistonda ijod qildilar. Uruşdan keyingi davrlarda ukrain va özbek adabiy aloqalari yanada rivojlandi. P. Tiçina, A. Korneyçuk, M. Bajan, M. Tereşçenko, Ivan Le va Oybek, Ğafur Ğulom, Uyğun, K. Yaşin, A. Qahhor, Ş. Raşidov, Zulfiyalarning ijodiy döstligi mustahkamlandi. T. Şevçenko, L. Ukrainka, P. Tiçina, M. Bajan, Ivan Le, O. Gonçar, M. Rilskiy, A. Malişko asarlari özbek tiliga, Navoiy, Muqimiy, Furqat, Hamza, Ğ. Ğulom, H. Olimjon, Şayxzoda, Uyğun, Zulfiya, Mirtemir asarlari ukrain tiliga tarjima qilinib, naşr etilgan. Toşkent ş.da T. Şevçenko haykali örnatilgan va şahardagi köçalardan biri uning nomi b-n atalgan.
Özbek teatrlarida ukrain dramaturglarining pyesalari sahnalaştirilgan. 2-jahon uruşi davrida I. Franko nomidagi ukrain akademik drama teatri Toşkentda işladi. Özbek tomoşabinlari A. Korneyçukning «Makar Dubrava», «Platon Kreçet», «Front», A. Levadaning «Faust va ölim» asarlarini körişga muşarraf böldilar. I. Kotlyarevskiyning «Poltavalik Natalka» (Toşkentdagi Muqimiy nomidagi teatr), «Zaporojyelik Dunay ortida» (Namangan teatri) tarixiy asarlari sahnalaştirildi. Toşkentdagi Alişer Navoiy nomidagi opera va balet teatrida G. Mayborodaning «Arsenal» operasi qöyilgan. 2-jahon uruşi yillari Toşkent konservatoriyasida P. I. Çaykovskiy nomidagi Kiyev konservatoriyasi öqituvçilari (prof. L. Revutskiy, D. Bertye, K. Mixaylov) işladilar. 1966 y. apr. dagi Toşkent zilzilasi oqibatlarini tugatiş va yangi uyjoy, madaniymaişiy binolar qurişda ukrain quruvçilari faol iştirok etdilar.
1991 y. U. va Özbekiston mustaqillikka erişgaç, ikki mamlakat örtasida 1992 y. 14 avg.da diplomatiya munosabatlari örnatildi. 1998 y. 18 fev. da Özbekiston Respublikasi b-n Ukraina örtasida Döstlik va har tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantiriş töğrisidagi şartnoma imzolangaç, ÖzR bilan U. işonçli strategik hamkor bölib qoldi. ÖzR va U. davlat hamda hukumat rahbarlarining özaro taşriflari natijasida 40 ga yaqin muhim hujjatlar imzolanib, hamkorlikning huquqiy asoslari yaratildi. Jahon siyosati sohasidagi fikrlarning birbiriga yaqinligi qayd etildi. Iqtisodiy, ilmiytexnikaviy va ijtimoiy soqalarda hamkorlik örnatiş haqida kelişib olindi. Köp tomonlama hamkorlik böyiça tuzilgan Özbekiston — U. qöşma komissiyasi 2 tomonlama munosabatlarni muvofiqlaştirib turibdi. Vakolatli banklar örtasida özaro hisobkitob va tölovlar borasida aloqa örnatilgan. Ayni paytda Özbekiston bilan U. örtasida erkin savdo tartibi joriy etilgan. Natijada U. MDH mamlakatlari orasida Özbekistonning eng yirik savdo hamkorlaridan biriga aylandi. 2003 y. ÖzR bilan U.ning umumiy tovar aylanmasi 280 mln. AQŞ dollarini taşkil etdi. U. ÖzR ga metallurgiya sanoati mahsuloti, xizmatlar, neft va gaz sanoati uçun jihozlar, energetika jihozlari, dvigatellarning qismlari, nasos, sentrifugalar, ruda yançiş maşinalari, elektr generatorlar, vagonlar uçun ğildiraklar va b. yuboradi, ÖzRdan xizmatlar, energiya manbalari, rangli metallar, paxta, oziq-ovqat mahsulotlari (quritilgan mevalar) oladi. 1996—2003 yillar mobaynida U.ning Iliçyovsk porti orqali 325 ming t Özbekiston paxta tolasi xorijga jönatildi.
UzRda U. işbilarmonlari iştirokida tuzilgan 40 qöşma korxona faoliyat yuritmokda. U.da esa ÖzR sarmoyasi iştirokida 22 qöşma korxona taşkil etilgan. Ikki mamlakatning ayrim hududlari, jumladan, Navoiy va Zaporojye, Samarqand va Lvov, Qaşqadaryo va Summ viloyatlari örtasida uzoq muddatli savdoiqtisodiy, ilmiytexnikaviy va madaniy hamkorlik tögrisida bitimlar imzolangan.
Ukrain va özbek xalqlari örtasidagi an'anaviy döstlik munosabatlari ruhida madaniyat, fan va ta'lim sohalaridagi aloqalar samarali davom etib kelmokda. U. hududida yaşovçi özbek va ÖzR hududida yaşovçi ukrain diasporalarining ehtiyojlarini ta'minlaş işlari yölga qöyilgan.
Aleksey Vasilyeviç Yas.