Tabiati. I. subtropik mintaqada. Qirğoq çiziğining uzunligi orollar b-n birga 5 ming km dan köproq. I. hududining aksar qismi plato, örtaça balandlikdagi tizmalar, yassitoğliklar va pasttekisliklardan iborat. Platolarning balandligi şim.-ğarbda 800— 1000 m, jan.şarqda 500—600 m. Ular örtasida jan.-ğarbdan şim.şarqqa yönalgan Markaziy Kordilyera toğ tizmalari bor. I.ning şim.-ğarbida Galisiya massivi va Leon toğlari, Biskay qöltiği sohilida Kantabriya toğlari bor. Ular şarqda Pireney toğlariga ulanib ketadi. Jan. va jan.şarqida Andalusiya toğlari, jan.- ğar-bida Andalusiya pasttekisligi bor. Syerra-Nevada tizmasidagi Mulasen toği (3478 m) I.dagi eng baland toğdir. I.da uran, mis, simob, qörğoşin, temir, volfram, qalay, oltin, ku-muş, margimuş, marganets konlari bor. Toşkömir, kaliy tuzi, kaolin, apatit ham qazib olinadi.
Iqlimi şim. va şim.-ğarbida mö'tadil okean iqlimi, qiş yumşoq, yoz iliq. Yillik örtaça yoğin 1000—2000 mm. Sohilda yanv.ning örtaça t-rasi 7— 9°, iyulniki 18—20°. Mamlakatning qolgan qismida Örta dengizga xos subtropik iqlim, yoz quruq, issiq, qiş yumşoq, seryogin. Yanv.ning örtaça t-rasi Meseta platosida 4—5°, jan.da 12—13°, iyulniki 23—29°. I.ning markazi, şarqi va jan.şarqida yoğin kam (300—500 mm).
Daryolari, asosan, yomğirdan töyinadi, yozda juda sayozlanib qoladi. Faqat şim. va şim.ğarbidagi daryolar yil böyi sersuv. Yirik daryolari: Taxo, Ebro, Gvadalkvivir, Duero, Gvadiana va b. Ulardan energiya olişda va suğorişda foydalaniladi. I.ning şim. va şim.-ğarbidagi toğ-örmon qönğir tuproqlarda qora qayin, dub, kaştan örmonlari, tog yon bağirlaridagi toğ podzol tuproqlarida qarağay örmonlari bor. Pireney toğlarida 2000 m dan balandda ötloq mintaqalari joylaşgan. I.ning qolgan qismida doim yaşil dublar, qarağay, sarv, kaştan, zarang, lipa va b. usadi. I.ning eng çekka jan.da palmazorlar uçraydi. Hayvonlardan tulki, suvsar, qönğir ayiq, börsiq, tog eçkisi, serna, viverra, quyon, tipratikan bor. Gibraltar atrofida makaka maymun (Yevropada faqat şu yerda) uçraydi. Quşlarning 400 ga yaqin turi bor. Sudralib yuruvçilar köp. Tunets, sardina, treska baliklari va dengiz jonivorlari ovlanadi. Noyob hayvonlar va tabiiy landşaftni saqlaş maqsadida bir neça milliy boğ va qöriqxonalar taşkil etilgan. Milliy boğlari: Ayguestortes-i-Lago-San-Maurisio, Kovadonza, Ordesa va b.
Aholisining 3/4 qismi ispanlar, qolganlari — katalonlar, galisiylar, basklar va b. Rasmiy til — ispan tili. Köpçilik dindorlar — katoliklar. Aholining 78,4% şaharlarda yaşaydi. Yirik şaharlari: Madrid, Barselona, Valensiya, Sevilya, Saragosa, Bilbao, Malaga.
Tarixi. I. hududida odam quyi paleolit davridan yaşaydi. Leridadan Kadisgaça bölgan hududlarda mezolitga oid qoyatoş suratlari köp topilgan. Mil. av. 7-a.dan I.ning jan. va şarqiy sohil böylari finikiyaliklar va yunonlar tomonidan özlaştira boşlangan. Mil. av. 700—500 y.larda Örta dengiz sohilida iberlar madaniyati paydo böldi. Mil. av. 5—3-a.larda Pireney ya.o. orkali kelgan kelpiarnmt iberlar b-n qöşilib ketişi natijasida kelipiberlar şakllangan. Mil. av. 3-a. oxirlarida I. hududining köp qismi Karfagen qöl ostiga ötdi. Mil. av. 2-a. boşiga kelib rimliklar karfagenliklarni siqib çiqardi. Mil. av. 197 y.da Rim I. hududini 2 viloyat (Yaqin Ispaniya va Olis Ispaniya)ga bölib yubordi. Mil. 409 y. I.ga alanlar, svev va vandallar, 418 y.dan vestgotlar kirib kela boşladi. 711—718 y.larda Pireney ya. o.ning deyarli hammasini arablar bosib olib, 756 y. mustaqil davlat — Kordova amirligini, 929 y.da esa Kordova xalifaligini tuzdi. Kordovada suğoriladigan dehqonçilik paydo böldi, hunarmandçilik, savdo-sotiq, fan va madaniyat yuksaldi. 1031 y. xalifalik bir neça amirlikka bölindi. 8-a.dan boşlab mavrlar köl ostida bölgan yerlarni ispanlar kay-tarib ola boşladilar (Rekonkista dav-ri). Rekonkista davrida Kastiliya va Aragon qirolliklari vujudga keldi (11-a). 12-a. da dvoryanlar, ruhoniylar, şaharliklar va yuqori tabaqa dehqonlardan iborat korteslar paydo böldi. Ular qirol hokimiyatini çeklab turdilar.
1479 y. Aragon b-n Kastiliya örtasida tuzilgan sulola ittifoqi (aragonlik Ferdinand b-n kastiliyalik Iza-bellaning 1469 y.gi nikohi) natijasida I. yagona davlatga aylandi. 1480 y. absolyutizm quroli hisoblangan inkvizitsiya joriy qilinib, mavr va yahudiylar (asosan, dehqonlar-, hunarmandlar, savdogarlar) mamlakatdan quvildi. 1504 y. I.ga Neapol qirolligi (Jan. Italiya) va Sitsiliya qöşib olindi. I. 1494— 1559 y.larda Italiyaga qarşi uruşlarda Şim. va Örta Italiyaning qator yerlarini bosib oldi. Karl I ning taxtga ötirişi (1516) b-n I.da Gabsburglar sulolasi hukm sura boşladi. Şu yili I.ga Niderlandiya qöşib olindi.
16-a.ning 1-yarmida I. Markaziy va Jan. Amerikaning kup qismini, Filipp II davrida Filippin o.lari (1563—73) ni bosib oldi va Portugaliya (1581)ni öziga qöşdi. I. qiroli Karl I Gabsburg «Muqaddas Rim im-periyasi»ning qiroli bölgaç, Karl V nomini oldi. Bu paytda I. Yevropaning siyosiy reaksiya markaziga aylandi. I.ga qaram bölgan Niderlandiyada 1566 y. inqilobi boşlandi. 1581 y. Birlaşgan viloyatlar respublikasining taşkil qilinişi b-n Şim. Niderlandiya I.dan ajralib çikdi. I. 16— 17-a. larda Angliya b-n uruşib, dengizdagi ma-vqeidan mahrum böldi («Yengilmas armada» — ispan flotining 1588 y.dagi halokati bunga yöl oçdi). Öttiz yillik uruş (1618—48), Fransiya hamda Angliya b-n bölgan uruşlar natijasida tuzilgan Vestfaliya (1648), Pireney (1659), Axen (1668) va Nimvegen (1678) sulxlariga binoan, I. Yevropada gegemonlik qiliş huquqidan mah-rum böldi. Gabsburglarning sönggi vakili Karl II vafoti (1700) va ispan taxtining Burbonlarga ötişi munosabati b-n ispan merosi uçun Yevropada uruş (1701 — 14) boşlandi. Natijada I. Italiya, Jan. Niderlandiya va Gibraltardagi yerlaridan ajraldi. Karl III davri (1759—88)da ma'rifatli absolyutizm ruhidagi islohot ötkazildi.
1808 y. Fransiya I.ni bosib olişga kirişdi. Ispan xalqining bosqinçilarga qarşi milliy harakati birinçi ispan inqilobi b-n qöşilib ket-di (1808—14). I.da boşlangan milliy ozodlik uruşlari Amerikadagi ispan mustamlakalarida ozodlik harakatining (1810—26) avj olişiga turtki böldi. Natijada bir qança mustamla-kalar mustaqillikka erişdi. Napoleon I yengilgaç, Burbonlar taxtni qay-ta egallab, absolyutizmni tikladi. 1820 y. qözğolon kötarilib, u inqilobga aylandi. Inqilob 1823 y. Muqaddas ittifoq tomonidan bostirildi.
1834—43 y.larda işçilar qarakati avj oldi va utopik sotsializm goyalari tarqala boşladi. 1868 y. boşlangan inqilob natijasida respublika örnatildi (1873). Respublika tarafdorlari örtasida hamjihatlik yöqligi oqibatida demokratik kuçlar mağlubiyatga uçrab, Burbonlar sulolasi qayta tiklandi (1874). I.-Amerika uruşi (1898)da I. mağlubiyatga uçrab, Kuba, Puertoriko, Guam va Filippindan mahrum böldi, ispan monarxiyasi za-iflaşdi. Respublika tarafdorlari faollaşdi va işçilar harakati avj oldi.
l-jahon uruşi yillarida I. beta-raf turdi. 1921 y. ispan qöşinlari Marokaşda mağlu-biyatga uçragaç, monarxiya inqirozi yanada kuçaydi. Çöçib qolgan reaksiya 1923 y. sent.da harbiy töntariş qilib, general M. Primo de Rivera harbiy hokimiyatini örnatdi.
1931 y. 14 sent.da boşlangan inqilob natijasida respublika e'lon kilindi. 1936—39 y.lardagi milliy-inqilobiy uruşda demokratik kuçlar mağlubiyatga uçrab, respublika agdarilgaç, general F. Frankoning faşist diktaturasi (1939—75) örnatildi. Respublika davri qonunlari bekor qilindi, faşistlarning I. falangasi deb atalgan partiyasidan taşkari barça siyosiy partiyalar tarkatib yuborildi, inqilobçilar qatağonga uçradi, sinfiy kasaba uyuşmalari tugatildi. Yarim millionga yakin ispanlar çet elga qoçdi.
2-jahon uruşida I. betaraflik e'lon qilgan bölsa ham, Germaniya va Italiyaga yordam berdi, frontga «zan-gori diviziyasi»ni yubordi. 1959 y.da Franko diktaturasiga qarşi tinç yöl b-n kuraşiş uçun Milliy antifaşist fronti tuzila boşladi. Faşiz-mga qarşi kuçlar birlaşdi. 1962 y.da Myunxen (GFR)da ispanlar umumdemok-ratik konferensiyasi ötkazildi, 26 viloyatda umumiy iş taşlaşlar böldi, «vertikal sindikatlar»ga qaramaqarşi işçi komissiyalari (kasaba uyuşmalari) tuzildi. 1962—63 y.lardagi ijtimoiy tanglik diktaturami juz'iy «erkinliklar beriş» siyo'satiga ötişga majbur qildi, ammo u muxolifat kuçlarini bartaraf etolmadi. 1971 y. muxolifat kuçlari birgalikda harakat qiliş haqida bitim imzoladilar. 1975 y.da F. Franko vafotidan söng qirol Xuan Karlos I davlat boşliği böldi. 1976 y.dan köpçilik siyosiy partiya va kasaba uyuşmalri oşkora faoliyat körsata boşladi. 1977 y. I.da 1936 y.dan keyingi birinçi parlament saylovi böldi. Unda 100 ta partiya va 18 ta koalitsiya qatnaşdi.
I. 1956 y.da Şim. Marokaş, 1968 y.da Ekvatorial Gvineya, 1976 y.da Ğarbiy Sahroi Kabir kabi mustamlakalaridan mahrum böldi. 1982, 1986, 1989 va 1993 y.lardagi parlament saylovlarida so-sialistik işçi partiyasi ğalaba qozondi. 1996 va 2000 y.gi saylovda esa Xalq partiyasi nisbiy köpçilik ovoz olib, hukumatni tuziş huquqini qölga kiritdi.
I. — 1955 y.dan BMT a'zosi. Milliy bayrami — 12 okt. — Ispan Millati Kuni (1492). ÖzR b-n diplomatiya munosabatlarini 1992 y. 17 martda örnatgan.
Siyosiy partiyalari, kasaba uyuşmalari. I.da 500 dan köproq siyosiy partiya va jamoat taşkiloti röyxatga olingan. Asosiy partiyalari: Xalq partiyasi (1989 y. yanv.gaça Xalq uyuşmasi), 1976 y.da tuzilgan; I. sotsialistik işçi partiyasi, 1879 y.da tuzilgan; I. kommunistik partiyasi, 1920 y.da tuzilgan; Basklarning millatparvar partiyasi, 1993 y.da tuzilgan; Kataloniya demokratik konvergensiyasi, 1974 y.da asos solingan; Valensiya ittifoqi. Kasaba uyuşma birlaşmalari: Mexnat-kaşlar umumiy ittifoqi, 1888 y.da tuzilgan; Işçilar kasaba uyuşma birlaşmasi, 1960 y.da asos solingan; Işçi komissiyalari, 1956 y.da tuzilgan.
Xöjaligi. I. industrial-agrar mamlakat. Sanoat i.ç. qajmi jihatidan Ğarbiy Yevropada 5-örinda, rivojlangan mamlakatlar örtasida 8-örinda turadi. Yalpi içki mahsulotda sanoatning uluşi 23%, q.x. uluşi 3,5%, xizmat körsatiş sohasining uluşi esa 60 % dan ortadi. Ba'zi subtropik va bogdorçilik mahsulotlarini yetiştiriş va eksport qilişda dunyoda oldingi örinlarda turadi.
Sanoatida oğir sanoat yetakçi örinda turadi. Maşinasozlik, avtomobil va kemasozlik, stanoksozlik, elektrotexnika, kimyo sanoati ğoyat rivojlangan. Sanoatning eng qad. tarmoği — töqimaçilik ham ravnaq topgan. Elektron sanoati tez sur'atlar b-n taraniy etmoqda. Ammo konçilik va metallurgiya tarmoqlaridagi i.ç. qisq-arib bormoqda. 100 turdagi foydali qazilmalardan 16 tasi qayta işlanadi. Pirit, simob, temir, qörğoşin-rux, uran rudalari va toşkömir qazib olinadi. Qazib olinadigan neft I. extiyojining 10% ni krndiradi. Asosiy kemasozlik korxonalari Bilbao, Kartaxena, Barselonada, avtoz-dlar Madrid, Barselona, Valyadolid, Vigo ş.da, kora metallurgiya korxonalari Biskayya, Santander, Asturiya, Valensiya viloyatlarida, rangli metallurgiya Kordova, Xaen, Mursiya, Ovyedo, Santander, Gipuskoa, Biskayya viloyatlarida, çetdan keltirilgan neftni qayta işlovçi korxonalar Lakorunya, Santa-Krus-de-Tenerife, Eskombre-ras va b. port şaharlarida, vinoçilik sanoati Kataloniya, Aragon, Andalusiya va Yangi Kastiliya viloyatlarida joylaşgan. Yiliga 155,7 mlrd. kVt-soat elektr energiyasi işlab çiqariladi. Elektr energiya, asosan, GES larda hosil qilinadi. 3 ta AES mavjud. Yoqilği taqçilligi muqobil energiya manbalarini izlaşni taqozo qiladi. Quyoş va geotermal styalardan keng mikyosda foydalaniladi. Asosiy sanoat markazlari — Barselona, Madrid, Bilbao, Ovyedo.
Qişloq xöjaligi. Asosiy tarmoq dehqonçilik, q.x. mahsuloti qiymatining yarmiga yaqini uning uluşiga töğri keladi. Mamlakat maydonining 71% da dehqonçilik qilinadi. I.da vino (dunyoda 3-örin) tayyorlanadi, sitrus mevalar (apelsin hosili böyiça Yevropada 1-örin, yiliga 3 mln. tonna), buğdoy (ekin maydonining 20%), şoli (dunyoda eng yuqori hosildorlik: ga dan 60—70 sentner), bodom, tamaki, paxta, qand lavlagi, sabzavot (ekin maydonining 69%), kungabokar yetiştiriladi. Oliy nav zaytun yoği i.ç.da dunyoda l-örinda turadi (yiliga 400 ming t dan ziyod). Çorvaçilik yaxşi rivojlangan: qoramol, çöçqa, eçki, qöy boqiladi. Baliq va dengiz joni-vorlari ovlaş qamda qayta işlaşda dunyodagi önlikka kiradi.
I.da t.y.larning umumiy uz. — 14378 km, avtomobil yöllari uz. — 324 ming km. Asosiy dengiz portlari: Kartaxena, Barselona, Bilbao, Santa-Krusde-Tenerife. Madrid va Barselona ş.laridagi aeroportlar mamlakatdagi eng yirik aeroportlardir. I. çetga maşinasozlik (kema va avtomobillar), q.x. va oziq-ovqat sanoati maxsulotlari (sitrus mevalar, meva-sabzavot konservalari, vino, zaytun yoği) çiqaradi. Savdo-sotikdagi asosiy mijozlari: Yevropa Ittifoqi mamlakatlari (import — 56%, eksport — 66%), AQŞ (import — 8% va eksport 9,2%), Yaqin Şarq mamlakatlari (8,6% va 8,1%), Lotin Amerikasi mamlakatlari (6,1% va 4,2%). Çet el sayyohdigi — muqim daromad manbai. Har yili I.ga 52 mln. sayyoh kelib ketadi, bu soha 20 mlrd. dollargaça daromad beradi (AQŞ dan keyin 2-örin). Sayyohlarga 6 mln. kişi xizmat qiladi. Pul birligi — peseta.
Tibbiy xizmati. Davlat davolaş muassasalari b-n bir katorda xususiy şifoxonalar ham bor. Köpgina şifokorlar xususiy qabulxonalar oçişgan. Oliy öquv yurtlarining 19 f-ti şi-fokorlar tayyorlaydi. Mamlakatda, ayniqsa, uning dengiz sohillarida kurortlar kup. Ularning eng muhimlari San-Sebastyan, Valensiya, Barselonada.
Maorifi, ilmiy va madaniy-ma'rifiy muassasalari. 6 yoşdan 14 yoşgaça bölgan bolalar uçun 8 y.lik majburiy ta'lim joriy etilgan. 4 y.lik boşlangiç, 7 y.lik örta maktablar bor. Kuçaytirilgan toifadagi hunar-texnika va tijorat maktablari işlaydi. Boşlanriç maktab öqituvçilari 3 y.lik ped. bilim yurtlarida, örta maktab öqituvçilari un-tlarda tayyorlanadi. Mamlakatda 35 davlat un-ti, 4 katolik un-t, 3 ta politexnika in-ti bor. Eng yiriklari: Salamanka (1218), Barselona (1430), Sevilya (1502), Madrid (1508) un-tlari, Sirtqi ta'lim unti (1972), Bilbao unti (1968), Va-lensiyadagi Politexnika un-ti, Santyago-dekompostela ş.dagi un-t. Mamlakatdagi i.t. işlarini 1939 y.da tuzilgan Ilmiy tadqiqotlar Oliy kengaşi uyuştiradi va muvofiqlaştiradi. Akademiyalari: Madriddagi Ispan qirollik akademiyasi (1713), Huquqşunoslik va qonunçilik rollik akademiyasi (1730), Kirollik milliy tibbiyot akademiyasi (1732), Bar-selonadagi Fan va san'at qirollik akademiyasi (1764), Madriddagi Axlo-qiy va siyosiy fanlar kirollik akademiyasi (1857). Bir qator ilmiy tadqiqot in-tlari mavjud. I.da 57 yirik kutubxona, jumladan, Madriddagi Milliy kutubxona (1712) va un-t ku-tubxonasi, Barselonadagi Kataloniya kutubxonasi bor. I.da 90 muzey bölib, yiriklari Madriddagi Prado muzeyi (1819), Milliy arxeologiya muzeyi (1867), Barselona, Kordova, Valensiya va Sevilyadagi badiiy muzeylardir.
Matbuoti, radioeşittirişi va telekörsatuvi. I.da 120 ga yaqin gaz. va 900 jur. naşr etiladi. Eng yiriklari: «Pays» («Mamlakat», kundalik gaz., 1976 y.dan), «Vanguardia» («Ilgor», kundalik gaz., 1981 y.dan), «Diario-16» («Gazeta-16», kundalik gaz., 1976 y.dan), «Levante» («Şarq», kundalik gaz., 1939 y.dan), «Kambio-16» (haftalik jur., 1972 y.dan), «Destino» («Tak,dir», haftalikjur., 1942 y.dan). I. ax-borot agentligi — EFE 1939 y. 3 noyab. da taşkil etilgan. I.da radioeşittiriş 1919 y.dan, telekörsatuvlar 1956 y.dan olib boriladi. I. radiosi va te-lekörsatuvi hukumat hamda siyosiy partiyalar vakillaridan iborat kengaş tomonidan boşqariladi, radioeşittiriş va telekörsatuvlarni nazorat qiladi. I. milliy radiosi va I. telekörsatuvi davlat mahkamasi mavjud.
Adabiyoti ispan, bask, katalon tillarida va portugal tilining galisiy şevasida.
Ispan adabiyoti örta asrlarda xalq ijodi, yunon, Rim va arab mada-niyatlarining ta'sirida şakllangan. Xalq baxşilari (xuçlar)ning oğzaki ijodiyoti ispan adabiyotining deboçasi bölgan. Uning dastlabki yirik na-munasi — «Sid haqida doston» (12-a.). Unda bosqinçilarga qarşi kuraş qahramoni Rodrigo de Bikar (9-a.) jasorati madh etilgan. Bu davrda lo-tin, ispan tillaridagi diniy adabiyot alohida örin oladi. 14-a. ispan adabiyotida «Apoloniya haqida kitob» (12— 13-a.lar), «Aleksandr haqida kitob» (13-a. oxiri), «Ritsar Sifar» (13-a.) romanlari közga taşlanadi. X. Manu-elning «Graf Lukanor» (1328 — 35) kitobidagi insonparvarlik ohanglari ispan adabiyotida sezilarli vokea böldi. X. Ruis örta asrlar adabiyotining sönggi iste'dodli şoiri va Uyğoniş davrining darakçisidir. Uning «Saodatli muhabbat madhi» kitobidagi realizm ruhi ispan adabiyoti keyingi taraqqiyotiga zör ta'sir qildi. Bu davr adabiyoti italyan va fransuz Uygoniş davri ta'sirida şakllandi, adabiyotning deyarli barça asosiy janrlari rivojlandi. Lope de Vega xalqçil dra-malari b-n şuxrat qozondi. S. M. de Servantesning «Don Kixot» asari va umuman uning ijodi I. Uyğoniş davrining gultoji böldi.
16-a.da boşlangan iqtisodiy, siyosiy inqiroz adabiyotga ham ta'sir etdi.
Fransuz klassitsizmiga taklidiy asarlar yaratildi. 18-a.da Yevropaning boşqa mamlakatlari kabi I.da ham ma'rifatparvarlik harakati avj oldi (B. Fleyxoo, G. M.de Xovelyanos va b.).
Napoleon istilosiga qarşi kuraş inqilobiy romantizm oqimining rivoj topişiga, şoir X. de Espronseda ijodining şakllanişiga olib keldi. U şe'r va dostonlarida burjua tuzumini har taraflama tanqid qildi. Re-aksion romantiklar (X. Sorrilya-i-Moral) monarxiya va feodal tuzumini köklarga kötarişga urindilar. Ispan tanqidiy realizmi 19-a. örtalarida şakllandi. Uning yirik vakili — B. Peres Galdos (1843—1920)ning tarixiy romanlar turkumi («Milliy epi-zodlar») vatanparvarlik ruhi b-n suğorilgan. Naturalizmning nazariyotçisi va yirik vakili E. Pardo Basan (1852—1921) birinçi bölib «Xalq qizi» romanida işçilar hayotini tasvirladi.
20-a. I. tarixi va ispan madaniyati tarixidagi eng dramatik va sermahsul davrdir. Bu davrdagi söz san'atining ravnaqi prozaik va dramaturglar Xose Eçegaray-i-Eysagirre, Migel de Unamuno, Ramon Mariya del Vals-Inklan, Pio Baroxii-Nesa, Xasinto Benaventei-Martines, şoirlar Anto-nio Maçado, Xuan Ramon Ximenes, Federiko Garsia Lorka nomlari b-n boğliq. 30-y.larda inqilobiy adabiyot yaratildi. S. M. Arkonada, X. Arderius va b. adiblar işçilar manfaatini himoya qilib, reaksiyani foş etuvçi asarlar yaratdilar. Bu davrda şoirlar köproq romans janrida ijod etdilar.
Mamlakatda faşist rejimi örnatilgaç, ispan adabiyoti tuşkunlikka uçradi, köp adiblar çet elga ketib krldilar. Kamillo Xose Selaning romanlari öşa davrning nisbatan yaxşi asarlaridir. Uning birinçi «Pasku-al Duartening oilasi» (1942) romani 40—50-y. lardagi ispan adabiyoti uçun xarakterli bölgan tremendizm (isp. tremendo — dahşatli) oqimini boşlab berdi. Tremendist-yozuvçilar insonning du-nyoda çinakam yolgizligini, ölim, zöravonlik inson hayotining muqarrar bir qismi ekanini nazarda tutdilar. Yirik zamonaviy ispan prozaigi
Migel Delibes ham ijodining boşlanğiç davrida şu oqim ta'sirida bölgan. Keyingi yillardaD. Medio, A. Matute hayotni haqqoniy tasvirlaş b-n birga inson ruhiyatining nozik jihatlarini oçib berdilar. V. Aleyksandre özining falsafiy lirikasida insonparvarlik ğoyalarini qaror toptirişga intiladi.
Bask adabiyoti ning dastlabki namunasi B. Deçepare yozgan «Bask tilining ibtidosi» (1545) nomli diniy va işqiy şe'rlar töplamidir. 17-a.da diniy (P. De Aşular va b.), 18-a.da ma'rifatçilik ğoyalari (M. de Larramendi va b.) ilgari surildi. 19-a.ning örtalaridan romantizm yetakçi oqimga aylandi. Ayni vaqtda realistik asarlar ham paydo böldi (D. Agirrening «Dengiz suvlari», «Qirqquloq» romanlari). Hokimiyatga faşistlarning kelişi (1939) bask milliy madaniyati rivojiga jiddiy tösiq böldi. N. de Ormaeçeaning vatanparvarlik ruxidagi «Bask» dostoni, X. Eçayde va X. A. Irasustaning realistik romanlari diqqatga sazovor.
Katalon adabiyoti Kataloniya va Valensiyada, Balear o.larida katalon tilida va uning şevalarida 9— 13-a.larda oğzaki xalq şe'riyati şaklida, 12-a. oxiridan esa yozma diniy adabiyot tarzida rivojlandi. Jaume I, B. Desklot va R. Muntaner proza janrida ijod qildilar. Raymund Lulliyning «Blankern haqida kitob» asari katalon tilidagi birinçi roman edi. A. de Vilanov, F. Eşimenis kabi yozuvçilar didaktik asarlar yaratdilar. 15-a. boşidan katalon adabiyotida Uygoniş davri goyalari aks etdi. A. Febrer, Ş. Fogassot, J. de Sant-Jorji Italiya poeziyasi ta'sirida asarlar yaratdilar. Şoir A. Mark (1397—1459) katalon adabiy tilining otasi hisoblanadi. 16—19-a.lardagi yozuvçilar orasida J. Roys, J. Gazul, A. Turmeda, A. Pineda, F. Garsia, A. Blaklar bor. 20-a.da şoirlardan S. Espriu, J. Sarsadenes, J. Serda, yozuvçilardan J. Es-pinas, B. Porsel, E. Torreslar maşhur.
Galisiy adabiyoti Pireney ya.o.ning şim.-ğarbida yaşovçi milliy ozçilikning portugal tili galisiy lahjasidagi adabiyotidir. 8—11-a.larda bu lahjada rang-barang xalq laparlari töqilgan. 15-a. oxiridan 19-a. boşlarigaça galisiy adabiyotida oğzaki an'analar ustunlik qildi. F. Anon-i-Pas, X. M. Pintos, aka-uka Antonio kabi şoirlar yozma adabiyotni rivojlantirdilar. 20-a.da V. Matines Risko, A. Rodriges Kastelao, X. Vidal kabi yozuvçi va şoirlar ijtimoiy muammolarni kötarib çiqdilar. 1939 y.da Franko diktaturasi örnatilgaç, galisiy adabiyoti taqiqlandi. 1950 y.dagina yana bu tilda kitoblar naşr etila boşladi. S. E. Ferreyro, U. Novoneyra, M. Mariya, K. Kasaresning vatanparvarlik ruhidagi şe'r va romanlari bosilib çikdi. S. M. de Servantes, G. Lorka va b. yozuvçilarning asarlari özbek tiliga tarjima qilingan.
Me'morligi — qad. I. hududida paleolit va neolit davrlariga oid madaniyat yodgorliklari, rimliklar hukmronligi davriga mansub teatr binolari, ehrom, köpriklar saqlangan. Arablar madaniyat yodgorliklaridan haşamatli masjidlar, saroylar qolgan (Kordovadagi masjid, 8-a., Granadadagi Alhumro saroyi, 13—14-a.lar). Ispan qirolligi vujudga kelgaç, Asturiyada San-Migel de Lino, Santa-Kristina de Lena va b. çerkovlar kurildi (9-a.). Jan.da qal'a şaklidagi devorlar bunyod etildi. Avila ş.ning devorlari (11-a.), Toledodagi «Quyoş darvozasi» (12-a.) şu davr me'morligining namunalaridan. Bu binolarda arab me'moriy uslubining ta'siri közga taşlanadi. 11-a.ning 2-yarmidan me'morlik, asosan, roman uslubiyan (Santyagode-K.ompostela ş.dagi sobor), keyinroq Uyğoniş ruhida (Sa-ragosadagi La Seo sobori) rivojlandi. 13-a.dan şaharlar taraqqiy etişi munosabati b-n gotika uslubi ravnaq topdi (16-a. boşlarigaça). Burgos, Toledo, Leon ş.larida eng yaxşi gotika soborlari qurildi. I. örta asr me'morligida mavritan me'morligi va «mu-dexar uslubi» öziga xosdir. «Mudexar» uslubida gotika va arab uslublarining eng yaxşi tomonlari mujassamlantirilgan. Bu yerda sirlangan pişiq ğiştdan quriliş va badiiy bezak aşyosi sifatida foydalanib, gilamsimon naqşlar yaratildi. Gançkori öyma naq-şlar keng qöllanildi. 16-a. 1-yarmi I. me'morligi italyan Uyğoniş davri me'morligi ta'siri ostida böldi (Granadada Karl V saroyi, 1526 y. boşlangan, me'mor P. Maçuka). Bu davrda Amerikani bosib olgan ispanlar yuborib turgan asil metallar b-n asilzodalarning saroyini bezatiş urf böldi. Haşamdor «plateresko uslubi» ispan Uyğoniş davrining milliy me'moriy uslubiga aylandi. Çerkovlar içini badiiy hunarmandçilik buyumlari b-n bezaşga zör berildi. Bino atroflari tilla suvi yugurtirilgan jimjimador panjaralar b-n öraldi. Oddiy turar joylarni esa odmigina qilib quriş davom etdi. 17—18-a.larda barokko uslubi rivojlandi (me'mor X. B. de Çurrigera va b.). 18-a.ning 2-yarmida fransuz va italyan san'ati ta'sirida klassitsizm tarqaldi (me'-morlardan V. Rodriges, X. de Vilyanue-va). 19-a. me'morligida eklektika va modern uslubi ustun böldi. 20-a.da esa funksionalizm keng tarqaddi (Madriddagi un-t şaharçasi, ippodrom va b.).
Tasviriy san'atga oid qad. yodgorliklar I.da ançagina saklangan. Bular Altamira va b. ğorlarning devorlariga çizilgan hayvonlar tasvirlari (paleolit davriga oid), mamlakat şarqidagi ğorlardan topilgan kulollik buyumlari va ov, uruş manzaralari tasvirlari (neolit davriga oid), şuningdek, keltiberlarning haykallari, vestgotlarning zargarlik buyumlari va b. 8— 9-a. lardan ispan tasviriy san'ati şakllandi. Qölyozmalar uçun miniatyuralar, naqşlangan yoğoç haykalçalar va ş.k. yaratildi. Roman va gotika uslublariga xos rasmlarda xalq ijodining ta'siri namoyon böldi. 15-a. örtalarida rassomlik (P. Berrugete, A. Fernandes) va haykaltaroşlik (X. de Siloe, D. Forment) örta asr qoliplaridan çi-qib, haqqoniy timsollar b-n boyidi. 16-a. oxiri — 17-a. boşlarida realistik tamoyillar kuçaydi. F. Ribalta, F. Errera, D. el-Greko kabi rassomlar, A. Kano, P. de Mena, X. Martines Montanyes kabi haykaltaroşlar qirol saroyidan olisda yaşab ijod qildilar va an'anani yanada rivojlantirdilar. 17-a. da Ribera, F. Surbaran, D. Velaskes kabi buyuk rassomlarning ijodi tufayli ispan milliy rassomligi özining yuqori çöqqisiga kötarildi. F. Goyya asarlarida milliy realistik san'at, X. Madraso, X. Alvares ijodida ispan xalqining ozodlik uçun kuraşi yorqin aks etdi. 19-a.da va 20-a. boşlarida realistik tamoyillar avj ola boşladi. 20-a. 1-yarmida for-malistik oqimlar (kubizm, syurrealizm va b.) tarqaldi (haykaltaroş P. Gorgalo, rassom S. Dali va b.). Ispan xalqining 1936—39 y.lardagi ozodlik kuraşi köpgina rassom va haykaltaroşlarni faşizmga karşi birlaştirdi. Bu kuraşda P. Pikasso xam iştirok etdi. Uruş yillarida grafika va plakat tasviriy san'atda yetakçi örinni egalladi. Zamonaviy ispan san'atida manzara janri keng tarqalgan. B. Palensiya, X. Vakero, A. Delgado kabi rassomlar va ularning izdoşlari ona yurt tabiatining nafis va real manzaralarini, uning mehnatkaş kişilarining gözal qiyofalarini yaratdilar. Tasviriy san'atda demokratik tamoyillar kuçayib borayotir.
Musiqa uslublari köp va rang-barang. Xalq musiqasida asosiy 5 ta mahalliy uslub ajratiladi: bask, galisiy, katalon, kastil va andalusiy. Ispan raqslari ohangdorligi, ta'sirçanligi, şaklining xilma-xilligi b-n ajralib turadi. Bolero, xota, fandango, segidilya, kaçuça kabi xalq raqslari maşhur. Çolğu asboblari: gitara, skripka kabi torli, tamburin, tun-tun va pandereta, kastenyeta kabi urma sozlar, flyuviol fleytasi va b. 6—7-a.larda diniy madhiya (gimn) janri rivoj topdi. 8-a. dan boşlab I.da arab musiqasi an'analariga asoslangan yangi uslub taraqqiy etdi (Ziryob mak-tabi, 9-a.). 12-a.da romans janri yuzaga keldi. 14-a.da trubadur (sayyor şoir, qöşiqçi)lar musiqasi ravnaq topdi — kantiga, albada, pastural, retroen-sa janrlari maromiga yetkazildi. Mu-siqali teatrning dunyoviy şakllari vujudga keldi. 15—16-a.larda milliy san'at ravnaq topdi. B. Ramos de Pare-xa, F. Salinas va b. musiqa nazariyasi va estetikasiga oid asarlar yaratdilar. 17-a.da I.ga xos opera janri — sarsuela, 18-a.da lirik musiqali komediya — tonadilya janri şakllanib, milliy ilğor ğoyalar tarğib qilindi. 19-a. 1-yarmida Madrid va Barselonada konservatoriya, opera teatrlari oçildi. 19-a. oxiridan F. Pedrel va uning izdoşlari I. Albenis, E. Granados, M. de Falya yangi milliy musiqa maktabiga asos soldi. Ularning ijodi ispan mu-siqasining çöqqisi, 20-a. Ğarbiy Yevropa klassik musiqasining namunasiga aylandi. 20-a. da ijroçilik san'ati yuksak poğonaga kötarildi. Milliy ozodlik uruşi yillarida S. Bakari-se, E. K. Çapi, K. Palasioning ommaviy inqilobiy vatanparvarlik qöşiqlari keng tarqaldi. Franko rejimi örnatilgaç, köp musiqaçilar çet ellarga ketişga majbur böldi. Zamonaviy kompozitorlar — O. Espla Triay, E. va K. Alfterlar, G. Pitaluga, P. Sorosabal va b.
Teatri qadim zamonlardan I. xalqi turmuşining, urf-odati va karnavallarining tarkibiy qismi bölgan. Örta asrlarda u boşqa mamlakatlardagi singari diniy va xalq teatri yönalişida rivojlandi. 14—15-a.larda birinçi saroy teatrlari yuzaga keldi. 16-a.da professional va yarim professional truppalar taşkil topdi. Dramaturg va aktyor Lope de Rueda bu işga boşçilik qildi. 16-a. 2-yarmidan Madrid, Sevilya, Valensiya, Barselona, Granada va b. yirik şaharlarda doimiy xalq teatrlari — korralilar oçildi. Ularda S. M. Servantes, Lope de Vega, Tirso de Molina va b. dramaturglarningasarlari sahnalaştirildi. 17-a.da A. de Sisneros, N. de los Rios, A. de Vilyegas va b. rahbarligidagi truppalar şuxrat qozondi. 18-a.da fransuz klassitsizmi, estetikasini meros qilib olgan saroy teatrlarida musiqali spektakllar maşhur böldi. 1708 y. «Kinos del Peral» nomli opera teatri taşkil böldi. Sarsuela, say-net, tonadilya kabi kiçik janrlarda klassik davr an'analari saqlanib qoldi. 19-a.da romantik dramaturgiya va realistik komediya rivojlandi. 1849 y. Madridda «Espanol» teatri oçildi, 1847 y. Barselonada «Liseo» opera teatri iş boşladi. 20-a. boşlarida tan-K.IDIY realizm karor topdi. 1931 y.dan söng teatrda ilğor islohotlar ötkazildi. G. Lorka va A. Kasoni I. teatrini demokratlaştirişga harakat qildi.
Hokimiyat Franko qöliga ötgaç, ilğor islohrtlar bekor qilindi, sahnada köngiloçar spektakllar qöyildi. 50-y. lardan yirik şaharlarda yana klassik asarlar sahnalaştirila boşladi. I. teatrlarining keyingi yillardagi repertuaridan B. Brext, J. B. Pristli, A. Miller, G. Lorka va b. dramaturglarning ötkir ijtimoiytanqidiy pye-salari örin oldi. Madridda 20 dan ortiq teatr bor. Aktyorlar Madrid va Barselona konservatoriyalarining sahna maqorati bölimlarida hamda Mad-riddagi drama san'ati maktabida tayyorlanadi.
Kinosi. Birinçi kinofilm 1896 y. namoyiş etilgan. Keyinçalik «Qahvaxonadagi janjal» (1898), «Doroteya» (1898), «Tekin pivo» (1906) kabi fil-mlar işlandi. 1905 y. I.da A. Kuesto suratga olgan birinçi badiiy film yuzaga keldi. 1906 y.da Barselonada birinçi kinofirma — «Ispano films» ga asos solindi. Birinçi ovozli film («Tuproqdagi suv») 1934 y. yaratildi. I.dagi milliy inqilobiy uruşni aks ettiruvçi badiiy va hujjatli fil-mlar orasida «Ğallasiz yer» kinosi ijtimoiy masalaga bağişlangan. I.da Franko rejimi davrida köngil oçar filmlar işlab çiqarila boşladi. 50-y.larda «Xuş kelibsiz, janob Marşal!» (1953), «Velosipedçining öli-mi» (1955), «Şoh köça» (1956), «Jallod» (1963), «Ov» (1965), «Qarğalarni bok» (1975), «Yanvarda yetti kun» (1979), «Milliy boylik» (1981) kabi ijti-moiytanqidiy ruxdagi filmlar yaratildi. L. Byunyuelning «Viridiana» (1961) kinofilmi butun dunyoga tanildi. X. L. Lopes Vaskes, F. Rey, A. Ferrandis, A. Molina, A. Landa, X. Mistral, F. Rabal va b. I. kinosining maşhur aktyorlari, M. Pikaso, L. Byunyuel, X. Kamino, M. Aragon kabilar yetakçi rej.laridir. I.da Milliy kinematografiya in-ti va Milliy filmoteka bor. San-Sebastyan, Val-yadolid va Barselonada Xalqaro kinofestival ötkazib turiladi. Yiliga 100 dan ortiq film işlab çikariladi.
Özbekiston — I. munosabatlari. Özbekiston — I. örtasida 15-a.dayoq aloqa örnatilgani, 1404 y.da Kastiliya qirolining elçisi Rui Gonsales de Klavixo Samarqandga kelgani va Amir Temur saltanati haqida esdaliklar yozgani tarixdan ma'lum.
Özbekiston mustaqillikka erişganidan keyin I. b-n savdo-iqtisodiy va madaniy-ma'rifiy sohalarda hamkorlik yölga qöyila boşladi. Ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalarining özaro taşriflari çoğida hamkorlikning şartnomaviyhuquqiy negizini yaratuvçi bir qança hujjatlar kelişib olindi.
Ikkala mamlakatning savdo-iqtisodiy aloqalari Özbekistonning Yevropa Ittifoqi b-n munosabatlari doi-rasida rivojlanayotir. Özaro tovar aylanmasi 2000 y.da 1999 y.ga nisbatan 1,9 baravar oşdi. Jumladan, ÖzRning I.ga eksporti 20,1 mln., importi 5,8 mln. AQŞ dollarini taşkil etdi. Özbekiston I.ga paxta tolasi, gazla-ma, kalava ip eksport qilsa, undan elektrotexnika va mexanika asbob-uskunalari, dori-darmon, qora metallar, plastmassa, keramika mahsulotlari sotib oladi.
I. kompaniya va firmalari b-n hamkorlik sohasida Buxoro viloyati suv ta'minoti tizimini takomillaştirişga kirişildi. 15 mln. yevro qiyma-tiga ega bölgan bu loyiha I. hukumatining imtiyozli va tijorat krediti hisobidan amalga oşiriladi. «Özmevasabzavotuzumsanoatxolding» kompaniyasi b-n «Altiyeri Vinikola» firmasi Özbekistonda vino işlab çiqaradigan «YANIS» qöşma korxonasini barpo etdi. «Özfarmsanoat» konserni b-n I.ning «Krupak» kompaniyasi bint va jarrohlik dokasi işlab çikaradigan korxona barpo etiş uçun 7,9 mln. yevro mikdorida pul sarfladi. ÖzRda I. sar-moyasi iştirokidagi 11 korxona taşkil etilgan.
Özbekiston FA in-tlari b-n I. Milliy tadqiqot kengaşi örtasida quyoş energiyasini fotoelektr usulida özgartiriş, yarim ötkazgiçli materialşunoslik sohalarida hamkorlik yölga qöyilgan. ÖzR Jahon tillari unti I.ning Granada, Madrid, Alkala de Enares va Malaga un-tlari b-n hamkorlik örnatgan. Toşkentdagi şu un-tda ispan tili va madaniyati markazi oçilgan. Granada va Buxoro un-tlarining hamkorlik qilişi haqida keli-şib olingan.