Tabiati. S hududining katta qismi bal. 300—1000 m bölgan plato; şim. da uning talaygina qismida Liviya va Nubiya çöllari, jan.da Markaziy Afrika toğligi (eng baland joyi — Kinyeti toği, 3187 m), ğarbda Darfur va Kordofan platolari, şarkda Efiopiya toğligining etaklari joylaşgan. Kizil dengiz sohili — ensiz pasttekislik. Mis, oltin, xromit, temir, marganets rudalari, neft, marmar, gips konlari bor. Iklimi — şim.da tropik çöl iqiimi, issiq va qurğoqçil, jan.da ekvatorial, mussonli. Xartumda örtaça tra yanv. da 22°, iyulda 33°. Iillik yoğin şim. da 20 mm gaça, mamlakat örta qismida .100—300 mm, jan.da 1000 mm dan ortiq. Asosiy daryosi — Nil va uning irmoklari — Oq Nil va Kök Nil. Daryolardan ekinzorlarni suyurişda, yuk taşişda va gidroenergiya olişda foydalaniladi. S. jan.dagi baland böyli ötlar ösuvçi savannalarda qizil ferralit va alferrit tuproklar, şim.roqdagi çölga aylangan quruq savannalarda qizilqönğir va qizğiş qönğir tuproklar, ayrim joylarda qoramtir oğir tuproqlar tarqalgan. Tropik, gidromorf va allyuvial tuproqlar ham uçraydi. Jan.da va toğlarda tropik örmonlar bor, baobab va akatsiya köp. Hayvonot dunyosi boy: kiyik, ğizol, jirafa, fil, qoplon, arslon, begemot va b., quşlardan tuyaquş, marabu, sesarka, sudralib yuruvçilardan piton, daryolarda timsoh, har xil baliklar bor. Boma, Dinder, Nimule, Sautern milliy boğlari, Erkovit qöriqxonasi taşkil etilgan.
Aholisining aksariyati arablar. Nil vodiysida nubiylar, şim.şarqida bejalar, şuningdek, dinka, azande, nuer, şilak xalqlari ham yaşaydi. Şahar aholisi 35%. Rasmiy til — arab tili. Rasmiy din — islom. Xristianlar ham bor. Yirik şaharlari: Xartum, Omdurman, Şim. Xartum, PortSudan, Juba, AlUbayd.
Tarixi. S. hududida toş davridan odam yaşay boşlagan. Mamlakatning katta qismi (qadimda Kuş mamlakati, 7-a. dan Nubiya) da qad. misrliklarga yaqin bölgan somxom va kuşit qabilalari istiqomat kilganligi ma'lum. Mil. av. 2ming y.likda jan.dan kelgan negroid qabilalar ularga qöşilib ketgan. Mil. av. 16— 12-a.larda S. Misrga tobe bölgan. Mil. 6-a.da xristianlik tarqala boşladi. 7-a.ga kelib, S.da Aloa, Mukurra va Nobatiya xristian davlatlari paydo böldi. 7-a. örtalaridan arablar kirib kela boşladi. Natijada mamlakat şim. va ğarbiy hududlarida islom dini va arab madaniyati tarqaldi. 14-a. oxiri — 16-a. boşlarida musulmon davlatlari (Darfur, Sennar sultonliklari va b.) vujudga keldi. 1820—22 y.larda S.ning katta qismini Misr hukmdori Muhammad Ali bosib oddi. S. garçi Usmonli turk imperiyasi tarkibiga rasman qöşilgan bölsada, amalda Misr mulkiga aylandi. 19-a.ning 60y.lari oxiri — 70y.lar boşlaridan S.da Buyuk Britaniya ta'siri kuçaya boşladi. Ingliz mustamlakaçilarining şafqatsiz zulmiga qarşi xalq ommasi köp marta qözğolon kötardi (q. Mahdiyçilar qözğoloni). 1899 y. inglizlar S.ni Buyuk Britaniya bilan Misrning muştarak mulki (kondominium) deb e'lon qiladigan bitimni Misrga majburan imzolatdi. S. rasman AngliyaMisr Sudani deb atala boşladi. S. amalda Angliyaning mustamlakasiga aylanib, uning asosiy paxta bazasi bölib qoldi. Şarqsa milliy ozodlik kuraşi yuksalgan şaroitda S.da dastlabki siyosiy taşkilotlar tuzildi. 2-jahon uruşi vaqtida S. harbiy qismlari Eritreya, Misr, Liviya, Tunisda faşist davlatlari qöşinlariga qarşi jangovar harakatlarda qatnaşdi. Uruşdan keyin mamlakatda milliy ozodlik harakati kuçaydi. 1955 y. noyab.da ingliz va Misr qöşinlari Sdan olib ketiddi. 1956 y. 1 yanv.da S. mustaqil davlat deb zlon qilindi. 1958—64 y.larda Sda diktatorlik rejimi örnatildi. 1969 y. davlat töntarişi natijasida hokimiyatni J. Nimeyri boşliq xarbiylar qölga oddi. 1972 y. S janubi muxtoriyat maqomini olgaç, 17 y.lik fuqarolar uruşiga çek qöyildi. 1980 y.dan, ayniqsa, islom qonunçiligi butun mamlakatga joriy etilganidan (1983) keyin, jan.da yana fuqarolar uruşi boşlandi. 1985 y.da Nimeyri rejimi ağdarib taşlandi va 1986 y.da S alMaxdi boşçiligida koalitsion hukumat tuzildi, siyosiy partiyalar tarqatib yuborildi. 1989 y. harbiy töntariş sodir bölib, Milliy najot inqilobiy qömondonligi Kengaşi oliy qonun çiqaruvçi va ijroçi organ bölib oldi, u 1993 y. Umar Hasan Ahmad alBaşirni mamlakat prezidenta etib tayinladi va özini özi tarqatib yubordi. 1999 y. 1 yanv.dan siyosiy partiyalar faoliyatiga ruxsat berildi. 2000 y. 13—22 dek. da prezident va parlament saylovlari ötkazildi. U.H.A. alBaşir yana S. prezidenti etib saylandi. S. 1956 y.dan BMT a'zosi. Milliy bayrami — 1 yanv. — Mustaqillik kuni (1956). ÖzR suverenitetini 1991 y. 30 dek.da tan olgan.
Siyosiy partiyalari, kasaba uyuşmalari. AlUmma («Millat») partiyasi, 1945 y. asos solingan; Birlaşgan demokratik partiya, 1967 y. tuzilgan; Milliy kongress partiyasi, 1999 y. taşkil etilgan. S. işçi kasaba uyuşmalari federatsiyasi, 1950 y. asos solingan, Xalqaro arab kasaba uyuşmalari konfederatsiyasi va Afrika kasaba uyuşma birligi taşkilotiga kiradi.
Xöjaligi. S. — qoloq agrar mamlakat. Yalpi içki mahsulotda qişloq xöjaligi.ning uluşi 46,3%, sanoatning uluşi 22,8%, xizmat körsatiş soqasining uluşi 30,8%.
Qişloq xöjaligida mehnatga layoqatli aholining 80% band bölib, eksport tuşumining 95% ni ta'minlaydi. Q.x. da foydalaniladigan 8,4 mln. gektar yerning 2,6 mln. gektari suğoriladigan, 5,4 mln. gektari lalmi yerlardir. Paxta eng muhim eksport ekini bölib (Afrikada Misrdan keyin 2örin), Gezira, Oq va Kök Nil, Atbara vodiylarida yetiştiriladi. Kordofan platosi, Kök Nil va Atbara vodiylarida kunjut, Darfur va Kordofan platolarida yer yonğoq, hamma vohalarda oq jöxori, tariq ekiladi, şim.da xurmo yetiştirilady va makkaisano bargi terib olinadi. Texnika ekinlaridan şakarqamiş va b. yetiştiriladi. Aqoqiyo (arab yelimi) yetiştirişda dunyoda yetakçi örinda turadi. Çorvaçiligida qoramol, qöy, eçki, tuya, xaçir, yilqi va b. boqiladi.
Sanoatida mehnatga layoqatli Ağolining 5% band bölib, u asosan mahalliy qişloq xöjaligi. xom aşyosini qayta işlaş va yoğoçsozlik korxonalaridan iborat. Oziqovqat sanoatida yoğ, sut, qandşakar, konserva z-dlari, yengil sanoatda töqimaçilik, poyabzal, paxta tozalaş, şuningdek, maşinasozlik va metallsozlik, kemasozlik, neft, sement, mineral öğit işlab çiqariş. korxonalari bor. Oz miqdorda oltin, uran, xrom, temir, marganets rudalari va gips qazib olinadi. Keyingi davrda neft qazib çiqariş köpaydi. Dengiz suvidan tuz ajratib olinadi. Yiliga örtaça 1,33 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. Asosiy sanoat markazlari: Xartum, Omdurman, PortSudan, Atbara, VodiyMadoni. T.y. uzunligi 5,5 ming km, avtomobil yöllari uz. 21,4 ming km. Asosiy dengiz porti PortSudan. Nil va uning irmoqdarida kema qatnaydi. Xartumda xalqaro aeroport bor. Çetga paxta, xom neft, oq jöxori, aqoqiyo, yer yonğoq, kunjut, çorva mollari çikaradi, çetdan maşina va uskuna, bugdoy, neft mahsulotlari, transport vositalari, doridarmon oladi. Saudiya Arabistoni, Xitoy, Buyuk Britaniya, Germaniya, AK.Ş, Yaponiya, BAA bilan savdo qiladi. Pul birligi — sudan dinori.
Tibbiy xizmati. Vraç va farmatsevtlar Xartum un-tining davolaş va farmatsevtika ftlarida, örta malakali tibbiyot xodimlari 14 tibbiyot maktab va kollejlarida tayyorlanadi. Şim. Xartumda örta ma'lumotli veterinariya mutaxassislari tayyorlaydigan 2 y.lik in-t (maktab) bor.
Maorifi, ilmiy va madaniy-ma'rifiy muassasalari. 19-a.gaça S. şimolida 2—3 y.lik musulmon maktablari bölgan. Mustamlakaçilar kelgaç, ingliz ta'lim tizimi namunasidagi 4 y.lik boşlanğiç, 4 y.lik oraliq, 4 y.lik örta maktablar tuzila boşladi. 1970 y. maktab tizimi isloh. qilinib, 7—13 yoşdagi bolalar uçun 6 y.lik boşlangiç, 6 y.lik örta (3 y.lik töliqsiz va 3 y.lik töliq) maktab joriy etildi. Qizlar maktabida uyrözğor va tikuvçilik ham örgatiladi. Boşlanğiç sinf öqituvçilari ped. öquv yurtida, töliqsiz örta maktab öqituvçilari ped. markazlarida 2 y. davomida tayyorlanadi. Hunartexnika ta'limi boşlanğiç va töliqsiz maktab negizida 4 y. davomida olib boriladi. Xartum un-ti, Qohira un-tining Xartum filiali, Omdurmandagi islom inti, Juba un-ti, VodiyMadonidagi Gezira un-ti kabi oliy öquv yurtlari, şuningdek, 2—3 y. davomida örta maxsus ta'lim darajasida ma'lumot beradigan bir kança in-t va kollejlar (Xartum politexnika inti, tibbiyot kolleji va b.) ham bor. Xartum un-tining kutubxonasi, Omdurmandagi Ommaviy kutubxona, Xartumda Milliy muzey, Etn. muzeyi, Tabiat tarixi muzeyi, Meroeda Muzeyqöriqxona mavjud. Ilmiy tadqiqotlar un-tlarning laboratoriyalarida, Afrika va Osiyo in-tida, Xartumdagi sanoat tadqiqotlari in-tida, bir qança vazirliklarga qaraşli ilmiy muassasalarda olib boriladi.
Matbuoti, radioeşittirişi va telekörsatuvi. S.da bir kança gaz. va jurnali naşr etiladi. Yiriklari: «AlAyyom» («Kunlar», arab tilida çiqadigan kundalik gaz., 1953 y.dan), «AlQuvvat al-Musallaxa» («Qurolli kuç lar», kundalik gaz., 1969 y.dan), «Assahafa» («Matbuot», arab tilida çikadigan kundalik gaz., 1962 y.dan), «Sudan standard» («Sudan bayroği», ingliz tilida haftasiga 2 marta çikadigan gaz., 1973 y.dan), «Sudan nuş» («Bugungi Sudan», ingliz tilida çiqadigan oylik jurnali, 1976 y.lan). S. axborot agentligi (SUNA) hukumat axborot mahkamasi, 1970 y. asos solingan. Davlat Milliy radioeşittiriş va telekörsatuv korporatsiyasi mavjud.
Adabiyoti. Köhna S. tamadduni (sivilizatsiyasi) Qad. Misr va yunon madaniyatlari bilan boğliq ravişda rivojlangan. 7-a.dan arab tili singib, adabiy asarlar şu tilda yozila boşladi. 17— 18-a.larda Hammad ibn Muhammad ibn Ali alMumayux va Muhammad alJaali kabi atoqli şoirlar ijod qildilar. 19- a. xalq şe'riyatida (X. Abu Sinna, Umm Museymasxonim, Bint alMakkaviy va b.) çet el istiloçilariga qarşi kuraş, arablar birligiga da'vat ohanglari yangraydi. Mumtoz adabiyot namoyandalaridan Muhammad Sayd alAbbosiy, Abdulloh Abdurahmon, Husayn azZahra ijodi ajralib turadi. Yahyo asSalaviy Nil vodiysi xalqlarini «birgalikda kuraşiş»ga çaqiruvçi şe'rlari bilan maşhur böldi. 20-a.ning 10—20y.larida milliy matbuot yuzaga keldi. 30y.larda Abu Jukkud, Ali Ahmadoniy, Hamza alMalik Tunbul, Yusuf Başir atTijoniy kabi şoirlar adabiyotni rivojlantirdilar. Muhammad Ahmad Mahjub va Abdulhalim Muhammadlar qissa va roman janrida ijod qila boşladilar. 20-a.ning 2-yarmida şoirlardan Toj as-Sirr Hasan, Jili Abdurahmon, Ja'far Hamid alBaşir, Muhammad Miftoh alFayturiy, yozuvçilardan Usmon Ali Hyp, Abu Bakr Xolid, atTayib Zarruk ijtimoiy mavzularda asarlar yozişdi. S.da xalq, oğzaki ijodi xam keng yoyilgan. Şimoliy S.da folklar janrlari boşqa arab mamlakatlari oğzaki ijodiga, janubiy S.da esa tropik Afrika madaniyati namunalariga öxşaş.
Me'morligi va tasviriy sai'ati. Ilk neolit davri (mil. av. 7ming y.lik oxiri — 4ming y.lik boşlari)ga oid loydan işlangan hayvon qaykalçalari, sopol idişlar, qoyaga işlangan suratlar topilgan. Mil. av. 2ming y.likda S. san'ati Qad. Misr madaniyati özanvda rivojlangan. Mil. av. 1ming yillik oxiridan moddiy madaniyatda öziga xos belgilar paydo böla boşlagan. Mil. av. 22—18-a.larda xom ğiştdan töğri burçakli kulbalar, zodagonlar uçun köp xonali uylar (Areykada), ibodatxonalar (Sulba va Kavada), istehkomlar (Semna, Kummada), sağanalar barpo etilgan. S.da xristianlik tarqalişi bilan (mil. 6-a.ning 2-yarmi) me'moriy uslubi va devoriy rasmlari kopt san'atiga yaqin bölgan çerkovlar qurila boşladi. 15— 16-a.larda Ğarbiy S. me'morligining Şarqiy Afrika örta asr toş me'morligiga öxşaş jihatlari köp bölgan. 19— 20-a.larda Qizil dengiz böylarida marjon ohaktoşlaridan tiklangan uylar, S. janubidagi negroid qabilalarida loy va şoxşabbadan töqima qilib yasalgan, tomi öt va poxol bilan yopilgan kulbalar aholining asosiy turar joyi bölgan. 20-a. örtalarigaça zamonaviy imoratlar faqat Xartum, PortSudan, Atbara va b. yirik şaharlarda qurildi. 1956 y.dan sanoat va turar joy binolarini loyiha asosida keng kölamda barpo etiş, şaharsozlikni tartibga soliş işlari olib boriddi, jahon me'morligi tajribasidan foydalanişga harakat qilindi.
20-a. örtalaridan tasviriy san'atda dastgoh rassomligi milliy maktabi vujudga keldi, unda mahalliy bezak va yevropaça an'analarni birga qöşiş odat tusiga kirgan. Keyingi yillarda M. Kua, A. Hamid kabi haykaltaroşlar, X. Abbos, M. O. Başir kabi rassomlar, A. A. Borxan kabi grafika ustalari yetişib çikdi. S. tasviriy va amaliy san'atida yoğoç va loydan haykalçalar yasaş keng tarqalgan. Şimoliy S. arablari orasida kandakorlik, teridan turli anjomlar yasaş, jan. xalqdarida piçoqçilik, badiiy töqimaçilik an'anaviy maşğulot hisoblanadi.
Musiqasi köpgina xalqlarning musiqiy an'analarini öz içiga oladi. S. çolğu asboblari xilmaxil. Liraşmon torli tambur va uning turlari — kisir (nubiylarda), benebene (Ğarbiy S.da), bangiya (Şarqiy Sda), tom (Jan. Sda); torlikamonli umkiki, tor (törtburçak doira), turli barabanlar — dolyuka (loy baraban), dingir (suv töddirilgan baraban), taba va b. Janubiy S.dagi dinka, nuer, şilluk va b. xalqlarning baraban ansambllari bor. Puflab çalinadigan asboblar: zumbara (metall nay), penax (qovoq pösti), garin (şox), qamiş naylar va b. Ğarbiy Sdagi köpgina qöşiqlar raqs bilan birga ijro etiladi. Xasis, jarrari, mardum raqsqöşiklari köçmançi çorvador turmuşi va mehnati bilan boğliq. Şuningdek, qiroat, azon, madhiya, zikr kabi janrlari xam mavjud. Mixera bitAbbud, Şarifa bitBilol kabi xonandalar vatanni, mustaqillik yölidagi kuraşçilarni madh etuvçi qöşiklari bilan maşhur bölgan. Keyingi yillarda mamlakat jan. bilan şim. an'analari yaqinlaşuvi natijasida turli musiqiy uslublarning özaro ta'siri kuçaydi. Milliy folklor ansambli, Musiqa va teatr in-ti taşkil topdi. Musiqa arboblaridan kompozitor va xonandalar Muhammad alAmin, I. alKoşif, M. Vardi, A. Şuraxbil, kompozitor va dirijyor A. Marjonni körsatiş mumkin.
Teatri. S. teatr san'ati arab madaniyati ruxida. 1936 y. Teatr jamiyati taşkil etilib, u avval maktablarda iş olib bordi. 1940 y.dan ommaviy spektakllar namoyiş eta boşladi. 1950 y. jamiyat negizida drama va musiqa truppalari arab tilida spektakllar qöiişga kirişdi. 1961 y. Zamonaviy S. teatri, Xartum truppasi va xalq raqs ansambllari işladi. Yoş san'atkorlar Misr va Italiya badiiy maktablarida ta'lim oladilar.
Kinosi. 1968 y. öquv va voqeiy filmlar işlab çiqaradigan kino boşkarmasi taşkil etildi. 1960—70 y.larda töla metrajli «Umid va orzular» (rej. arRaşid Mavdi), «Avlodlar kuraşi», «Akauka mojarosi» (rej. A. Hoşim), «Afrika, inqilob bongi» (rej. Sulaymon) badiiy filmlari yaratildi. Filmlarni kinoprokat va import qiliş bilan xususiy firmalar şuğullanadi.