Tarixi. 3. hududidan topilgan qad. buyumlar (sopol idişlar, toşdan yasalgan mehnat qurollari) paleolit davriga taallukli. 12—17a.larda bu yerda Monomotapa davlati mavjud bölgan. Arxeologik topilmalar (turar joylar, irrigatsiya inşootlari va b.) buning dalili böla oladi. 16a.da şu davlat portugal mustamlakaçilarining xurujini qaytardi. 18a.da Limpopo va Zambezi daryolari oraliğida maşona qabilasi hukmronlik qilgan. 19a. 50—60y.larida Z.ga ingliz mustamlakaçilari bostirib kira boşladi. 1889 y. Angliya qiroliçasi Viktoriya «Britaniyaning Janubiy Afrika kompaniyasi» («Britiş Saut Afrika kompani», 1888 y. S. Rode tomonidan tuzilgan)ga 3. hududi ustidan ma'muriy rahbarlik qiliş huquqini berdi. S. Rode tabele qabilasining oliy boşliği Lobenguladan foydali kazilmalarni kazib oliş uçun ruxsatnoma ham oldi. 1893 y. ingliz qöşinlari mamlakatni bosib oldi va uni Rode şarafiga Jan. Rodeziya deb atay boşladi. Afrikaliklar mustamlakaçilarga qarşi bir neça marta qözğolon kötarib çiqişdi, ayniqsa 1896— 97 y.larda juda katta qözğolon bölib, mustamlakaçilar uni şafqatsizlik b-n bostirdi.
1923 y. 3. «özini özi idora qiladigan» mustamlaka maqomini oldi. Oğir ekspluatatsiya, soliklar afrikaliklar tinkasini kuritib, mustamlakaçilarga qarşi ğazabini kuçaytirdi. 2jahon uruşidan söng mustamlakaçilikka qarşi harakat avj olişi b-n Angliya hukumati 1953 y. Rodeziya va Nyasalend federatsiyasini tuzdi. 1963 y.ga kelganda bu federatsiyaga putur yetib, mamlakatda ozodlik harakati avj ola boşladi. 1965 y. ozçilikni taşkil etgan yevropaliklardan tuzilgan Yan Smit hukumati köpçiliqdan iborat afrikaliklar huquqini poymol etib, Jan. Rodeziyani «mustaqil» deb e'lon qildi. 1969 y. mamlakatda irqçilikni mustahkamlaşga qaratilgan yangi «konstitutsiya» qabul qilindi. Smit hukumatining siyosati afrikaliklarning qattiq qarşiligiga duçor böldi. 1974 y. Milliy majlisga ötkazilgan saylovni afrikaliklar boykot qildilar. 1974 y.dek.da Lusaka (Zambiya)da Afrika Milliy kengaşi, Zimbabve afrika xalqi ittifoqi, Zimbabve afrikaliklar milliy ittifoqining rahbarlari Jan. Rodeziya mahalliy aholisining tub manfatlarini ifoda etgan konstitutsiyey konferensiya çaqirişni talab etdilar. Mazkur uçraşuv qatnaşçilari kelişib, öz taşkilotlarini birlaştirib, yagona partiya — Afrika Milliy kengaşini tuzişga ahd qildilar. Jan. Rodeziya mahalliy aholisining irqçilik tuzumiga qarşi ozodlik harakatini Afrika birdamligi taşkiloti, barça taraqqiyparvar kuçlar quvvatladi. 1976 y.da tuzilgan hamda Afrika Milliy kengaşi b-n Zimbabve afrika xalqi ittifoqini öz içiga olgan Zimbabve vatanparvarlik fronti bu kuraşning kuçayişiga kömaklaşdi. 1978 y.da Ya. Smit b-n afrikalik qöğirçoq arboblar örtasida «içki ahvolni tartibga soliş» töğrisida bitim tuzildi. 1979 y. apr.da ötkazilgan soxta saylov natijalarini xalqaro miqyosda heç kim tan olmadi. Öşa yil dek.da Londonda bölib ötgan konferensiyada bölğusi konstitutsiya va saylov ötkaziş töğrisida kelişib olindi. 1980 y.dagi saylovda vatanparvar kuçlar ğalaba qozondi. 1980 y. 18 apr.da mustaqil 3. Respublikasi e'lon qilindi. 1987 y.gi saylov ham şu kuçlar ğalabasi b-n yakunlandi. 3. — 1980 y.dan BMT a'zosi. Milliy bayrami — 18 apr. — Mustaqillik e'lon qilingan kun (1980). ÖzRning mustaqilligini 1992 y. 27 yanv.da tan olgan.
Siyosiy partiyalari va kasaba uyuşmalari. 3. afrikaliklar milliy ittifoqi — Vatanparvarlik fronti, 1963 y.da asos solingan; 3. birligi harakati, 1989 y. tuzilgan; 3. afrikaliklar milliy ittifoqi, 1977 y. taşkil etilgan; 3. konservativ uyuşmasi, 1962 y.da asos solingan, 1984 y.gaça Rodeziya fronti, Respublika fronti deb atalgan; Birlaşgan partiyalar, 1994 y.da tuzilgan. 3. kasaba uyuşmalari kongressi — Birlaşgan kasaba uyuşma markazi. Ta'sis kurultoyi 1981 y. fev. —martda bölib ötgan.
Xöjaligi. 3. Afrikaning iktisodiy jihatdan eng rivojlangan mamlakatlaridan biri. Yalpi içki mahsulotda sanoat 33%, q.x. 19,5%ni taşkil etadi. 1991 y.da e'lon qilingan iqtisodiyot tarkibini qayta quriş dasturida davlat nazoratini kamaytiriş, taşki savdo faoliyatini erkinlaştiriş, foydadan olinadigan soliqni pasaytiriş, erkin savdo mintaqalarini oçiş közda tutilgan. Sanoati. Mahsulot i.ç. va konçilik sanoati iqtisodiyotning asosini taşkil etadi. Bu tarmoqdar mahsulotining 90% eksport qilinadi. Sanoati oziqovqat, töqimaçilik, yoğoçsozlik, kimyo, avtomobil yiğuv, metallurgiya hamda konçilik tarmoklaridan iborat. Gveru va Masvingo atrofida xromit, Zvişavani yaqinida asbest, Mxangurada mis, Şangani konlarida nikel, oltin qazib çiqariladi. Mahalliy ehtiyoj uçun toşkömir va temir rudasi, qalay, kumuş, volfram va b. qazib olinadi. Energetikasi Zambezi daryosidagi Kariba GESdan va sanoat mintaqalaridagi issiklik elektr styalaridan iborat. Yiliga örtaça 7,6 mlrd. kVtsoat elektr energiyasi hosil qilinadi. Mahsulot işlab çiqaruvçi korxonalari Xarare va Bulavayo şlarida joylaşgan. Kadomada töqimaçilik, Kvekveda qora metallurgiya korxonalari, Gveru, Kvekveda ferroxrom i.ç., KamativiDeteda qalay eritiş va tozalaş, Alyaskada mis zdlari bor. Ferukdagi neft mahsulotlari zdi Yaqin Şarqdan keltirilgan xom neftni qayta işlaydi. ŞervudBlokdagi yirik kt ammiak va nitratammoniy zdlarini öz içiga oladi. Xarare, Senent va KollinBaukda sement zdlari bor.
Qişloq xöjaligi. Asosiy ekinlari: makkajöxori (ekinzorlarning 60— 70%), paxta, tariq, oq jöxori, yer yonğoq, şoli. Şim.şarqiy, şim.ğarbiy viloyatlarida, Markaziy hamda şarqiy Maşonalend va Masvingodagi tovar mahsulot işlab çiqaruvçi xöjaliklarda tamaki, Kadoma, Çinxoyi va Mxangura hududida paxta, şim.ğarbdagi Çirundu hududida va mamlakat jan.şarqida şakarqamiş yetiştiriladi. Çorvaçilikda, asosan, göştbop qoramol boqiladi. Mamlakat jan. va markazi eng muhim intensiv çorvaçilik hududidir. Örmonzorlarning asosiy qismi mamlakatning ğarbida bölib, köp miqdorda yoğoç tayyorlanadi.
Transporti. Engmuhimtransport turi — t.y. Uning uz. 12,8 ming km, avtomobil yöllari uz. 85,2 ming km. Neft quvurlari uz. 288 km. Xarareda xalqaro Kentukki aeroporti bor. 3. çetga tamaki, oltin, ferroqotişma, paxta, asbest, nikel, mis rudalari, kandşakar, mol göşti va b. sotadi. Çetdan maşinalar, transport uskunalari, kimyo sanoati mahsulotlari, xom aşyo va yoqilği sotib oladi. Taşqi savdodagi asosiy mijozlari: JAR, Buyuk Britaniya, Germaniya, AQŞ, Italiya, Yaponiya va Afrikadagi qöşni mamlakatlar. Pul birligi — 3. dollari.
Soğliqni saqlaş. Z.da davlatga qaraşli va xususiy davolaş muassasalari mavjud. Mamlakat mustaqillikka erişgandan keyin gödaklarning nobud bölişini, yuqumli kasalliklarni kamaytiriş, xalq sihatsalomatligini yaxşilaş çoratadbirlari kurila boşladi. Şifokor va hamşiralar Xarare un-ti kolleji huzuridagi tibbiyot maktabida tayyorlanadi.
Maorifi, madaniyma'rifiy va ilmiy muassasalari. Mustaqillik arafasida aholining 75% savodsiz edi. 1981 y.dan majburiy boşlanğiç ta'lim joriy qilindi. Katta yoşdagi aholi örtasida savodsizlikni tugatiş harakati kuçaytiriddi. 80y.larda quyidagi maorif tizimi karor topdi: 5—6 yoşli bolalar uçun maktabgaça sinflar; 7 yoşdan 7 y.lik boşlanğiç maktab; 6 y.lik örta maktab.
Hunartexnika ta'limi boşlanğiç maktab negizida hunar bilim yurtlarida amalga oşiriladi. Boşlanğiç maktab öqituvçilari ped. bilim yurtlari va kollejlarda tayyorlanadi. Xarareda örta maktablar uçun öqituvçilar tayyorlaidigan yangi ped. kolleji oçilgan. Xararedgi 3. un-tining 9 ftida 3 mingdan ortiq talaba ta'lim oladi, 564 öqituvçi dare beradi. Unt xuzurida intlar, şu jumladan Ped. inti, bir neça kollej bor.
Yirik kutubxonalari: Xararedagi 3. un-tining kutubxonasi, Parlament kutubxonasi, qiroliça Viktoriyaning memorial kutubxonasi, Bulavayoda 3. Milliy kutubxonasi, Ommaviy kutubxona va b. Muzeylari: Xarare va Bulavayodagi 3. Milliy muzeylari, Xararedagi 3. Milliy galereyasi, Gverudagi tarix muzeyi, Mugaredagi arxeologiya, tarix, etn. muzeylari.
Xarareda q.x. sohasidagi tadqiqotlar kengaşi (uning tarkibida 7 int va 8 tadqiqot hamda tajriba styasi), şuningdek, Gerbariy va botanika boği, Veterinariya i.t. lab.si, Urmontexnika tadqiqot markazi, Obhavoni örganiş xizmati, Geol. xizmati, 3. ilmiy kengaşi, Tamakişunoslik tadqiqot markazi, Paxtaçilik tadqiqot markazi, bir kança ilmiy jamiyat va uyuşmalar bor.
Matbuoti, radioeşittirişi, telekörsatuvi. Asosiy gaz. va jur.lari: «Gerald» («Xabarçi» ingliz tilidagi kundalik gaz., 1891 y.dan), «Kronikl» («Vokealar», ingliz tilidagi kundalik gaz., 1894 y.dan), «Sandi meyl» («Yakşanba xabarnomasi», ingliz tilidagi yakşanbalik gaz., 1935 y.dan), «Faynenşl gazett» («Moliyaviy gazeta», işbilarmon doiralarning ingliz tilidagi haftanomasi, 1970 y.dan), «Zimbabve nyus» («Zimbabve yangiliklari», ingliz tilidagi oylik jur., 1974 y.dan), «Zimbabve gavernment gazett» («Zimbabve hukumat gazetasi», ingliz tilidagi haftanoma). 3. Afrikaaro axborot agentligi (ZIANA) 1981 y.dan faoliyat körsatadi. 3. radioeşittiriş korporatsiyasi — davlat radio va telekörsatuv xizmati 1964 y.da tuzilgan.
Adabiyoti. 3. adabiyoti ingliz tilida, şuningdek, şona va matebele tillarida rivojlanmoqda. Şona va matebele xalkdarining qad. boy folklor an'analri bor. Afsonalar, ertaklar, qöşiqdar, maqollar xalq tarixi va donişmandligini ifodalaydi. 1957 y.da S. Mutsvayroning «Fezo» kitobi çiqqunça, asosan, oq tanli yozuvçilarning 19a. oxirida vujudga kelgan ingliz tilidagi adabiyoti haqidagina gapiriş mumkin. Oq tanli yozuvçilar asarlarining asosiy mavzui dastlabki kelgindilarning hayoti va sarguzaştlari edi. Ayrim asarlardagina ijtimoiy ohanglar yangraydi. A. Ş. Kripe «Ğamgin diyor» (1911) va «Sohil daraxtlari yurti» (1913) romanlarini tub joy aholiga xayrixohlik b-n yozgan. 50y.lar oxiriga kelib mahalliy tillarda lotin alifbosidagi asarlar paydo böldi. Afrikalik yozuvçilar an'anaviy turmuş tarzi b-n zamonaviy — yevropalaşgan turmuşning töqnaşuvlari haqida yozadilar. Mustaqillik e'lon qilingaç, adabiyot rivojlana boşladi. Afrikalik yozuvçilar zamonaviy badiiy janrlar — roman, qissa, hikoyalarga murojaat etmoqdalar. Ç. Mungoşining «Yomğir yoğa qol» romanida afrikalik dehqonlarning noçor ahvoli tasvirlangan. V. Katiyoning «Yer farzandi» romanida yoşlarning Qarşilik harakatiga qöşilişi, irqçilik tartiblariga qarşi kuraşi ifodalangan.
Me'morligi va tasviriy san'ati. Z.ning turli joylarida paleolit davriga mansub qoya rasmlari saqlangan. Rasmlarda odam va hayvonlar, 3. xalqlarining urfodatlari aks ettirilgan. Gematitdan yasalgan dunyodagi birinçi «qalam» — qönğir va qizğiş tayoqçalar Matopo toğidagi Bambata ğoridan topilgan. 19- a. Monomotapa davlati (14—17-a.lar) madaniyati taraqqiyoti qoldiqlari — 3., Inyanga majmualari, Dxlo-Dxlo, Kami kabi toş istehkomlari xarobalari topilgan. Qalin granit devorlar, quşlar tasvirlangan toş ustunlar, sopol idişlarning qoldiqlari saklangan. 3. qişloqlarining tarhlari qad. majmualarni eslatadi (turar joy va xöjalik binolari paxsa devor b-n öralgan). Turar joylar orasida tomi konussimon aylana kulbalar köp. 19a. oxirlaridan şaxmat taxtasi şaklida loyihalaştirilgan kam qavatli ğişt binolardan iborat şaharlar qurildi. 1950y.lardan keyin Xarare, Bulavayo va b. şaharlarda zamonaviy köp qavatli binolar kurila boşladi. Keyingi yillarda 20—30 qavatli ma'muriy binolar qad kötardi.
Badiiy hunarmandçilikdan yoğoç öymakorligi, kulolçilik (geometrik naqş b-n ziynatlangan hurmaça, közalar), savat töqiş taraqqiy etgan. 20-a.ning 60-y.larida professional tasviriy san'at vujudga keldi. Rassomlar orasida kişilarga va öz vatani tabiatiga muhabbat ifodalangan realistik asarlarning mualliflari S Songo, J. Ndandarika, T. Mukarobgvalar ajralib turadi. Haykaltaroşlar (T. Dube, Y. Likoto, B. Mteki) Afrika haykaltaroşligiga xos timsollarni va an'anaviy xususiyatlarni saqlaşga harakat qiladilar. Z.da rassomlik, haykaltaroşlik, amaliy san'at asarlari körgazmalari muntazam taşkil etiladi.
Musiqasi. Z.ning musiqiy madaniyati turli xalkdarning, asosan, şonlarning musiqa san'atini öz içiga oladi. Musiqa an'analari 3., söngra esa Monomotapa davlati qad. madaniyati b-n çambarças boğliq. Bu davlatning ijtimoiy turmuşida marombe deb atalgan saroy xonanda va sozandalari muhim rol öynagan. Nayni eslatuvçi va torli mbira, kalimba, çipendani, çimazambi, çitembe sozlari, noğoraga öxşaş baraban keng rasm bölgan. Şonlarning musiqiy madaniyatida köpçilik bölib qöşiq ijro etiş (xorlar, çolğu ansambllari) ustunlik qiladi. 20a. 2yarmidan afroyevropaça öziga xos uslublar ommalaşdi. Musiqa masalalari b-n, asosan, San'at işlari kengaşi şuğullanadi. Z.da Xarare va Bulavayo musiqa kollejlari bor. Teatri. Mustamlakaçilik davrida yevropaliklarning bir neça havaskorlik teatr birlaşmasi bor edi. 1950y.lar oxiridan tub joy aholi orasida teatr havaskorlik san'ati rivojlana boşladi. 1961 y.da zulularning teatr guruhi Solsberi (Xarare)da U. Şekspirning «Makbet» asarini sahnalaştirdi. «Umabata» nomi b-n qöyilgan bu asar voqealari Zululendda sodir bölgan, deb talqin etildi. Unda afrikaliklarning ohanglari va raqslaridan foydalanildi. 1980y.lardagi yangi pyesalar (T. K. Tsodzoning şon tilidagi «Şanuko», B. Çidyamatambaning «Zimbabve ovozi» va b.)da eng muhim ijtimoiy muammolar kötarildi, ijtimoiy tengsizlik, zolimlarning muttahamligi, qabilaviy bid'atlar foş etildi. Ötmiş sarqitlarini foş etuvçi «Mukadet oilasi» teleserialining muallifi va ijroçisi S. Madzikatire ayniqsa maşhur böldi. ZIMMIY, ahl azzimma (arab.— musulmonlar himoyasidagi aholi) — örta asr arab xalifaligidagi musulmon bölmagan xalklar (asosan, yaxudiy va xristianlar). Z.lar b-n tuzilgan şartnomata köra, arab qömondonligi ularning molmulki va özlarining daxlsizligini himoya etgan hamda diniy urfodatlariga ijozat bergan. Buning evaziga Z.lar davlat xazinasiga jizya va xiroj tölab turişgan.Z. atamasi dastlab Muhammad (sav)ning arab qabilalariga yuborgan nomalarida (629—630 y.lar) va Qur'onning 9surasida uçraydi. 11a.da alMavardi 3. rioya qilişi lozim bölgan 6 majburiy va maqbul şartni bayon etgan: Muhammadni, musulmonlar dinini yomonlamaslik, musulmon ayollarga tegajoğlik qilmaslik va ular b-n nikohda bölmaslik, musulmonlarni boşqa dinga ötişga oğdirmaslik, musulmonlar b-n jang qilayotgan tomonga yordam bermaslik. Z.ning bu şartlardan birortasiga rioya qilmasligi uni homiylikdan mahrum etadi, qonundan taşqari holatga qöyadi. Maqbul şartlar: kiyimda musulmonlarnikidan ajratib turuvçi belgilar bölişi, musulmonlar uyidan baland uy qurmaslik, musulmonlar bor joyda özining muqaddas kitobini baland ovozda öqimaslik, ular oldida şarob içmaslik, oşkora ravişda xoç taqmaslik va çöçqa boqmaslik, marhumlarini imijimida dafn qiliş, zotli ot va tuyalar minmaslik. Bu şartlar tuzilgan şartnomaga kiritilgan bölsagina ular majburiy edi, ularni buziş Z.ni homiylikdan mahrum qiliş uçun asos böla olmasdi, lekin jazolanişi kerak edi. Örta asrda boşqa dinga e'tiqod qiluvçilar ilk islomdagiga qaraganda köproq siquvga olingan bölsada, taşqi siyosiy va harbiy omillar ta'sir qilgan vaqtlardan boşqa paytlar musulmonlarning Z.ga munosabati toqat qilarli darajada edi. Orqasida heç qanday taşqi kuç turmagan yahudiylarning ahvoli bir munça yaxşi bölgan. 19a.da Yevropa davlatlari Usmon imperiyasida xristianlarning ahvoli haqidagi masaladan imperiyaning içki işlariga aralaşiş uçun bahona sifatida foydalandi, xristianlar esa özözidan ular ta'sirini ötkazuvçilarga aylanib qoldi. Natijada xristianlarga munosabat yomonlaşib Suriya va Livanda 1860 y. qonli töqnaşuvlar kelib çiqdi. Hoz. kunda 3. tuşunçasi amalda emas, musulmon mamlakatlarida turli dinga e'tiqod qiluvçi fuqarolar umumiy qonunga böysunadilar.