Sv. hududida Surxon davlat qöriqxonasi joylaşgan.
Aholisi, asosan, özbeklar (78%), şuningdek, tojik, rus, turkman, qozoq va b. millat vakillari ham yaşaydi (2004). Aholining örtaça ziçligi 1 km2ga 93,3 kişi. Şahar aholisi 364,8 ming kişi, qişloq aholisi 1509,9 ming kişi (2004).
Xöjaligi. Yaqin ötmişda viloyat iqtisodiyotida qişloq xöjaligi. yetakçi mavqeda edi. Keyingi davrda yangi tarmoqlar vujudga keldi. Viloyatning tabiiy geografik örni qulay, mehnat resurslari ham yetarli.
Sanoat işlab çiqariş. (yengil va oziq ovqat sanoati), qişloq xöjaligi. (paxta va buğdoy yetiştiriş, qoramolçilik va qöyçilik), transport (ayniqsa, t.y. va avtomobil transporti) salmoqli örin tutadi.
Sanoatining yetakçi tarmoqlari: paxta tozalaş, paxtani qayta işlaş korxonalaridir. Yirik sanoat korxonalari: «Jarqörğonneft» boşqarmasi, Şerobod keramika badiiy buyumlar, Denov yoğekstraksiya, Sariosiyo toş saralaş z-dlari, Şörçi un k-ti, Jarqörğon yigiruvtöquv, Termiz tikuvçilik f-kalari, Şarğun kömir, Xöjaikon tuz konlari korxonalari va b. S.v.da 40 ga yaqin qöşma, 4000 dan ziyod kiçik va xususiy korxona işlab turibdi. Jumladan, Afğoniston bilan hamkorlikda taşkil etilgan xalq iste'moli mollari işlab çikariladigan «Namaf» va «Afröz», «Surxonteks» va b. qöşma korxonalari faoliyat körsatmoqda. Hindiston — Termiz «Farmed» qöşma korxonasida mahalliy giyohlar asosida doridarmon, Turkiya— Termiz «Pölat» qöşma korxonasida milliy gilamlar, paloslar tayyorlanadi. Tumanlarda qişloq xöjaligi. mahsulotlari qayta işlanadigan kiçik korxonalar, sexlar taşkil etilmoqda.
Qişloq xöjaligi ning asosiy tarmoqlari: paxtaçilik, ğallaçilik, boğdorçilik, pillaçilik, limonçilik. Toğ etaklarida lalmikor dehqonçilik (asosan, buğdoy va arpa) bilan şuğullaniladi. Özbekistonda eng köp ingiçka tolali paxta S.v.da tayyorlanadi. Viloyatning toğoldi tumanlarida boğdorçilik va tokçilik rivojlangan. Çorvaçilikda qoramol, qöy (qoraköl va hisor qöylari), eçki, yilqi, parranda, quyon boqiladi. Jahon möyna va teri auksionlarida juda qadrlanadigan «Surxon suri» qoraköl terisi yetiştiriladi.
Dehqonçilikda foydalanadigan yerlar mayd. 284,3 ming ga, şundan suğoriladigan yerlar 271,6 ming ga, şu jumladan, 120,8 ming ga yerga paxta, 129,7 ming ga yerga don ekinlari, 9,1 ming ga yerga sabzavot, 1,8 ming ga yerga poliz, 5,5 ming ga yerga kartoşka, 16,2 ming ga yerga yem-xaşak ekinlari ekiladi. 33,5 ming ga yer köp yillik daraxtzorlar, 12,7 ming ga yer mevazor, 5,2 ming ga yer tutzor, 15,1 ming ga yer tokzorlar bilan band. 854,2 ming ga yerni yaylovlar egallagan. Yerning meliorativ holatini yaxşilaş maqsadida kollektordrenaj tarmoklari qurilgan. Viloyatda 151 şirkat, 4715 fermer xöjaliklari bor. Viloyat jamoa va şaxsiy xöjaliklarida 487,2 ming qoramol (şu jumladan, 227,7 ming sigir), 1042,0 ming qöy va eçki, 1052,5 ming parranda, 12,2 ming ot boqiladi (2004).
Transporti. Viloyatda t.y. transportining salmogi katta. Surxondaryoda dastlabki t.y. 1915 y.da (Kogon— Termiz) qurilgan. Bu viloyatni boşqa regionlar bilan boğlaydigan dastlabki muhim yöl böldi. 1925 y.da 248 km li Termiz—Duşanba t. y.ni qurişga kirişildi. Bu yölning qurilişi Termizni Örta Osiyoning yirik şaharlari — Toşkent va Duşanba bilan boğladi. 1971 y.ga kelib S.v.ni Tojikistonning jan. tumanlari bilan boğlovçi Termiz— Qörğontepa — Yavan t.y.ini qurişga kirişildi. Ğuzor — Boysun — Qumqörğon t.y.ning qurilişi yakunlanmoqsa. Amudaryo ustidan Hayraton t.y. köprigi qurilgan. Viloyat hududidan Moskva — Duşanba, Aşxobod — Duşanba t.y.lari ötgan. Termiz — Toşkent, Termiz — AmuZang, Termiz — Sariosiyo, Termiz — Boldir yönalişlarida poyezdlar kdtnaydi. Şuningdek, Termiz orkali Duşanba — Astraxon, Duşanba — Konibodom, Qörğontepa — Konibodom, Kölob — Astraxon yönalişlarida poyezdlar qatnaydi. Viloyatdagi t.y.larning uz. 300 km. Viloyatning içki transport aloqalarida avtomobil yölining ahamiyati juda muhim. S.v.dagi qattiq qoplamali avtomobil yöllarning uz. 2,7 ming km. Viloyatning asosiy avtomobil yöli —Katta Özbekiston traktö. Avtomobilda mamlakatlararo yuk taşiş xizmati korxonasi yuklarni qöşni Afğonistonga yetkazib bermoqda. S.v.ning yirik şaharlari (Termiz va Denov)dan bir qança xorijiy mamlakatlar va Özbekistonning içki tumanlariga avtomobil transporti qatnaydi. Termiz — Qarşi, Termiz — Hayraton (Afğoniston), Termiz — Duşanba, Termiz — Toşkent, Denov — Qarşi, Denov — Şahrisabz, Denov — Ğuzor, Denov — Urganç, Denov — Samarqand yönalişlari şular jumlasidan.
S.v.da respublikada yagona bölgan Termiz dare porti joylaşgan. Termiz va Sariosiyoda aeroport bor. Termiz aeroportidan Toşkent, Moskva, Aşxobod, Olmaota, Samarqand, Namangan, Buxoro, Andijon va b. yönalişlarda yölovçilar taşuvçi samolyotlar qatnovi yölga qöyilgan.
Madaniymaorif, soğliqni saqlaş va sport. Surxondaryo vodiysi ilk ibtidoiy odamzod makon topgan joy sifatida ta'riflanadi. Boysun tizmalaridan örta paleolit davriga (mil. av. 100— 40 ming y.liklarga) oid ibtidoiy odam manzillarining qoldiklari topilgan.
Surxondaryo toğlarida toş davrining sönggi bosqiçi—yuqori paleolitga (mil. av. 40—12 ming yilliklar) doir topilma xam kup. Şulardan biri Teşiktoş unguridan qazib olingan 8—9 yaşar bola suyaklaridir (antropolog M.M. Gerasimov tomonidan qiyofasi tiklangan). Uşbu topilma «neandertal odam» nomi bilan maşhur bölib Özbekistonning, umuman, Örta Osiyoning hoz. zamon odami (kromanon) şakllangan mintaqaga taallukli ekanini isbotlaşga dalil böldi. Vohada qad. madaniyatga mansub Ayritom, Dalvarzintepa, Xolçayon, undan keyingi davrlarga oid Sopomitepa, Mirşodi, Mölali, Kampirtepa, Jarqörğon, Bolaliktepa va b. arxeologik yodgorliklar topilib örganildi.
Köhitang toğlarida aniqlangan Zarautsoy qoyatoş rasmlari mezolit yoki neolit davriga tegişli. Zarautsoydagi ğor şiftlari va devorlarida oxra böyoği yordamida rayem çizilgan. Rasmlarning asosiy qismi yovvoyi buqalarni sehrjodu yöli bilan ovlaş manzarasini aks ettiradi.
Mil. av. 2ming yillikning 1-yarmida hoz. Özbekiston jan.ga Amudaryo söl sohilidan kelgan qabilalar Köhitang va Boysun toğoldi xududlarini özlaş.tirib Sopollitepa, Jarqöton, Mölalitepa aholi manzilgoxlariga asos soldilar.
Mil. av. 329—327 y.larda viloyat hududi makedoniyalik Iskandar tomonidan bosib olingan. Keyinçalik Salavkiylar davlati tarkybiga kirgan.
Örta asrlarda Buyuk ipak yulinang bir tarmogi Surxondaryo (Termiz) orqali ötgan.
Kuşon podşoligi hududiga kirgan Dalvarzintepa va Xolçayonda ötkazilgan arxeologik qazişmalar, Eski Termizdan topilgan Budda ibodatxonalari şaxarlarning naqadar rivojlanganligini körsatadi. Bu davrda hunarmandçilik va qişloq xöjaligi.ning taraqqiy topişi, tovarpul munosabatlarining rivojlanişi, me'morçilik, monumental haykaltaroşlik, rassomlik va b. san'atlarning yuksalişi kuzatiladi.
S.v.ning hozirgi qududi, 3—4-a.larda Kuşonlar davlati parçalanib ketgaç, eftaliylar davlati, 5—8-a.larda Toxariston tarkibida, keyin Turk hoqonligi qöl ostida böldi.
667 y.da arablar dastlab Çagoniyon va Termizga hujum qilib bu şaxarlarni faqat 8-a.ning 2-yarmidagina töliq bosib olişga erişdilar. Özbekiston jan.dagi yerlar Pa.gaça Çagoniyon davlati qölida bölgan. 11-a.da Çagoniyon va Termizni egallaş uçun Ğaznaviylar va Qoraxoniylar özaro kuraşadilar. Termiz Ğaznaviylar davlatiga qöşib olinadi, söngra Xorazmşoxlar davlati tarkibida böladi. 1220 y.da möğullar bosib oldi. 1370 y.dan Amir Temur saltanati tarkybiga kirdi. Surxondaryo köhna tarixi, qad. madaniyati, yodgorliklari bilan maşhur.
Surxon vodiysidagi olimlarning köpçiligi «Termiziy» taxallusi bilan nom çiqarganlar. Ular, tarix, geog., falsafa, huquqşunoslikka oid asarlari bilan tanilgan. AlHakim atTermiziy, Şahobuddin Sobir Termiziy, Muhammad ibn Hamid Termiziy, Abu Bakr Varrok, Termiziy va b. allomalar şu vohadan yetişib çiqqanlar. S.v.da maşhur san'atkorlar, baxşilar, xalq artistlari, rassomlar voyaga yetgan.
Viloyatda 2003/04 öquv yilida 827 umumiy ta'lim maktabi, 2 internat maktabi, Mehribonlik uyi, 18 litsey, 4 gimnaziyada 517,5 ming öquvçi ta'lim oldi. 2003 y.da «AKSELS» xalqaro taşkilotining «Öqişga a'loçilik dasturi» tanlovida viloyatning ğolib çiqqan öquvçilari öqişni xorijda davom ettirmoqdalar. 2004 y.da ham ta'lim sohasidagi xalqaro hamkorlik işlari davom ettirilib «AYREKS» xalqaro taşkilotining «Butun olam Sizning sinfingizda» tanlovida Termiz tumani öquvçilari respublika ğolibi bölişdi.
1998—2003 y.larda 35 ta kasbhunar kolleji va 2 akademik litsey qurilib foydalanişga topşirildi. Bu öquv muassasalarida 80 dan ortiq mutaxassislik böyiça ta'lim-tarbiya berilmoqda. Viloyatdagi 5 öquv yurtida 9,9 ming ökuvçi öqiydi. 16 bolalar musiqa maktabida 1443 öquvçi, 1 oliy öquv yurti (Termiz davlat un-ti)da 6,5 ming talaba bilim olmoqda. S.v.da Şreder nomidagi boğdorçilik, tokçilik va vinoçilik ilmiy tadqiqot in-tining Jan. Özbekiston subtropik ösimliklar seleksiyasi st-yasi faoliyat kursatadi. Surxondaryo arxeologiya muzeyi, Surxondaryo viloyat ölkaşunoslik muzeyi, musiqali drama teatri, bolalar qöğirçoq teatri mavjud. 413 jamoat kutubxonasi (kitob fondi 3,6 mln. nusxa), 146 klub muassasasi, 2 madaniyat va istirohat boği, bolalar boği, Termiz hayvonot boği, yoşlar majmui, xalq ijodiyoti va madaniy-ma'rifiy işlar viloyat uslubiyat markazi bor. 4 xalq drama teatri, 2 qöğirçoq xalq teatri, 10 aşula va raqs dastasi, 6 folklor etnografik xalq dastasi, milliy dorbozlar guruhi va b. madaniy muassasalar işlab turibdi. Jumladan, Boysun tumanidagi «Şalola», Şörçi tumanidagi «Kumuş tola», Uzun tumanidagi «Rohat» aşula va raqs xalq dastalari Buyuk Britaniya, Turkiya, Afğoniston va Hindistonda bölib ötgan xalqaro festivallarda iştirok etişgan.
S.vda Özbekiston xalq rassomi Rözi Çoriyev, Özbekistonda xizmat körsatgan san'at arbobi M. Ravşanov, Özbekiston xalq baxşilari Ş. Boltayev va A. Poyonoye, Özbekistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi A. Ibroqimov, Özbekistonda xizmat körsatgan artistlar G. Ravşanova, R. Mamataliyev, H. Oripov, M. Maxmudova, A. Narzullayev, Y. Mirqurbonov, S. Qosimova, N. Allanazarovlar voyaga yetganlar.
Viloyatda «Boysun bahori» halqaro folkloretnografik festivali ötkazilib boriladi. 1999 y.da «Alpomiş» dostonining 1000 yilligi, 2002 y.da Termiz ş.ning 2500 yilligi xalqaro miqyosda nişonlandi.
Soğliqni saqlaş. Viloyatda 92 kasalxona (8715 örin), 366 poliklinika, ambulatoriya va b. tibbiy muassasalar, 179 ayollar konsultatsiyam, 225 bolalar poliklinikasi va xonalari, 149 qişloq vraçlik punkta, 398 feldşerakuşerlik punkti, 19 qişloq uçastka kasalxonasi, 73 qişloq vraçlik ambulatoriyasi mavjud. Uşbu tibbiy muassasalarda 4,2 ming vraç (xar 10 ming aholiga 24 vraç), 17,6 ming örta tibbiy xodim işlaydi.
Davlat dasturiga asosan viloyatda Davlat şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazi Termiz bölimi (140 örin) va barça tuman markaziy kasalxonalari qoşida uning bölinmalari (340 örin) taşkil etilgan, ğamda zaruriy tibbiy va texnik jihozlar bilan ta'minlangan.
Viloyat soğliqni saqlaş boşqarmasi öz faoliyatida AQŞning Projekt Xoup, Karelift Interneyşnl, Kauntepart Interneyşnl taşkilotlari bilan uzviy aloqalar boğlagan.
Örta Osiyo xalqaro taraqqiyot agentligi (YUSAID) tomonidan viloyat soğliqni saqlaş boşqarmasi sistemasidagi taşkilotlar va nodavlat taşkilotlari bilan hamkorlikda yangi dasturni rivojlantiriş, giyohvandlikka qarşi kuraş, sil kasalligini davolaş va uni oldini oliş böyiça işlar amalga oşirilmoqda. Viloyatda taşkil etilgan nodavlat muassasalar soni 75 ta. S.v.da Xonjiza dam oliş uyi, «Jayranxona», «Uçqizil» balneologik kurorti, bolalar revmatologiya sanatoriylari, Denov tumanidagi «Hazorboğ» sanatoriysi işlab turibdi.
Sport. Sv. sportçilari sportning köplab turlari böyiça har xil darajadagi musobaqalarda iştirok etmoqda (kuraş, dzyudo, voleybol, futbol, tennis, boks va b.). Surxondaryodan kuraş böyiça Jahon va Osiyo çempioni, Hakim atTermiziy, Prezident sovrini uçun xalqaro turnirlar ğolibi Toştemir Muhammadiyev, xalqaro Hakim atTermiziy turniri ğoliblari Örol Törayev, Rustam Ergaşev, Erali Mamarasulov; bir qança xalqaro turnirlar ğolibi, Antaliya musobaqasi jahon çempioni Mahtumquli Mahmudov, dzyudo böyiça Osiyo çempioni, kuraş böyiça xalqaro turnirlar ğolibi Abdulla Tangriyev kabi maşhur sportçilar yetişib çiqqan. S.v.da zamonaviy sport inşootlaridan «Kuraş saroyi», stadion, «Delfin» suv havzasi, «Alpomiş» sport majmui, turli darajadagi xalqaro musobaqalar ötkaziladigan tennis korti mavjud. S.v.da bolalar va ösmirlar sport maktabi faoliyat kursatadi (2004).
Adabiyot. Surxondaryo qadimdan şoir va ulamolar, baxşilar töplangan vohalardan biridir. Bu zaminda xalq oğzaki ijodi va yozma adabiyot rivojlanib kelgan. «Alpomiş» dostoni yaratilgan makon sifatida şu vohada bayram qilinişi, 40 dan ortiq «Termiziy», 10 dan ortik, «Çagoniy» taxallusi bilan ijod qilgan allomalarning ilmiy-adabiy merosi buni töliq isbotlaydi.
Eski Termizda islom nazariyotçisi, muhaddis alHakim atTermiziy yaşab ijod kilgan. «Ilal aşşariat va xatm ulAsliyot» asari islom nazariyotçilari tomonidan eng köp eslanadigan kitoblardan biri. Boşqa muhim asarlari «Kitob annahi» («Yöriqnoma kitobi»), «Kitob alfuruh» («Ollohdan qörquvçilar haqida kitob»), «Navröznomai Xoja Hakim Termiziy».U Abu Ali alJuzjoniy, Abu Bakr Varroq va b. maşhur olimlar ustozidir. Andalusiyalik yirik islomşunos Muhyiddin ibn alArabiy (1165—1240) özini Hakim Termiziyning şogirdi deb hisoblagan.
S.v.da yaşagan maşhur muhaddis Imom Termiziy hadislarni töplab bir qança asarlar yaratgan. «AlJomi' assahih» yoki «Sunani Termiziy», «Kitob alilal», «Kitob azzuxd» va b. şular jumlasidandir. U Imom Buxoriyning maşhur şogirdi va izdoşi hisoblanadi.
Surxondaryoning Oltinsoy hududida tasavvuf ilmining pirlaridan bölgan Söfi Olloyo'r, Xöjaipok oma (asl nomi — Abdurahmon bin Avf Abu alKurayşiy azZuhriy), Sayd ibn Vaqqos, Mavlono Zohid Xalifa bobo kabilarning xoklari bor.
Surxon vohasida 10—12-a.larda yaşab ötgan Daqiqiy, Farruhiy, Adib Sobir Termiziy kabi yirik şoirlar maşhur.
Çingiz bosqini tanazzulidan keyin, 16—19-a.lardan yana Termiziy taxallusi bilan bir turkum şoirlar paydo böddi. Ular Umar atTermiziy asSufiy, Mavlono Qudsiy Termiziy Maxjub, Xoja Samandar Termiziy, Abdulloh Termiziy, Taqiy Termiziy, Söfi Olloyor va Masiho Boysuniylar edi.
Vohaning qad. Şerobod dosşonçilik maktabid&n özbek dostonçiligining maşhur ijroçilari yetişib çiqqan, ayni şu maktab Nurota va Bulungur dostonçilik maktablariga ham ijobiy ta'sirini ötkazib turgan. 18-a.da bu maktabdan Bobo şoir, Qosim oqinlar, 19-a.da Olim baxşi, Xoler baxşi, Niyozali baxşi, Şerna baxşilar, 20-a.da esa Şotöra baxşi, Mardonakul baxşi, Mamarayim baxşi, Böriboy baxşi Ahmedov, Yusuf Ötagan öğli, Çorşam baxşi Rahmatulla öğli, Toşmurod baxşi, Xuşboq baxşi Mardonaqul öğli, Qora baxşi, Şoberdi baxşi Boltayev, Boboraxim bahşi Mamarayim öğli, Abdunazar baxşi, Şodmon baxşilar yetişib çiqqan. Bulardan eng iste'dodlilari «Alpomiş» va «Göröğli» turkumidagi dostonlarni mukammal biladigan Bobo şoir, Şerna baxşi, Mardonaqul Avliyoqul öğli va Çorşam baxşi Rahmatulladir.
20-a.ning 50—80y.larida Şukur Xolmirzayev, Ra'no Uzoqova, Erkin A'zam, Sattor Tursunov, Teşa Saydaliyev, Karim Mallayev, Isomiddin Otaqulov, Mengziyo Safarov, Ozod Avliyoqulov, Usmon Azim, Nizomjon Parda, Yusufjon Valizoda, Ismat Norboyev, Şafoat Rahmatullo Termiziy, Toğay Murod, Boltajon Sodiqov, Xurram Mak,sadqulov, Sirojiddin Sayyid, Ğulom Egamşukur, Bolta Yoriyev, Narzulla Söfiyev, Arbob Çoş, Eşqobil Şukur, şoir va pedagog Xolmuhammad Qulniyozov, Nodir Normatov, Mirzo Kenjabek, 20-a.ning keyingi yillarida Nomoz Ergaşev, Zoir Mamajonov, Gulandom Toğayeva va b.ning şe'riy va nasriy asarlarida sevgi, yaxşilik, mehroqibat, adolat tuyğulari, şuningdek, voha kişilarining hayot taşvişlari, mehnat yumuşlari, urfodat va an'analari muhim örin egallagan.
S.v.da Özbekiston ijodiy uyuşmalari (yozuvçilar, rassomlar, me'morlar, jurnalistlar va b.)ning viloyat taşkilotlari faoliyat körsatadi.
Matbuot, radioeşittiriş va televideiiyesi. S.v.da 3 viloyat gaz., 14 tuman gaz. çiqadi. Viloyatda, şuningdek, 13 tarmoq va 2 ta xususiy gaz. naşr etiladi. Jami 32 nomdagi gaz. çop etiladi (2004).
Birinçi radioeşittirişlar 1954 y.dan boşlangan. Viloyat radiosi kuniga 1 soatlik xajmda eşittirişlar beradi. 2003 y. fev.dan boşlab Sv. radiotelevideniye uzatiş markazi muassisligidagi «Surxon sadosi» radiosi faoliyat körsatadi. Har kuni 15 soatlik radioeşittirişlar tayyorlanib, efirga uzatilmoqda. 2003 noyabr oyidan Surxondaryo radiosi qoşida «Yangi asr» radiostudiyasi faoliyat körsata boşladi. Kuniga 8 soat eşittirişlar tayyorlanib efirga uzatiladi.
Viloyatda 1 davlat va 4 tarmoq va nodavlat televideniyelari mavjud. 1990 y.dan buyen faoliyat körsatayotgan Surxondaryo viloyat teleradiokompaniyasining kunlik körsatuvlari örtaça 3—4 soatni taşkil etadi.
«Işonç» telekompaniyasi 1997 y.dan buyen faoliyat körsatib, ayni paytda har kuni 3 soatlik körsatuvlar beradi.
«ATR Denov» va «Şerobod» televideniyelari 1995 y.dan faoliyat körsatib, «Şerobod» televideniyesining kunlik körsatuvlari 1 soatni, «ATR Denov» televideniyesi körsatuvlari 1,5 soatni taşkil etadi.
Me'moriy yodgorliklari. Viloyatdagi 359 tarixiy yodgorliklardan 294 tasi arxeologiya, 26 tasi me'moriy, 39 tasi monumental san'ati yodgorliklaridir. Termiz ş.ning 2500 y.lik yubileyi munosabati bilan 2001—02 y.larda viloyatdagi bir kança tarixiy obidalar va arxeologik yodgorliklarda ta'mirlaş işlari olib borildi. S.v.dagi yodgorliklar özining qadimiyligi bilan maşhur. Xuroson me'morlik an'analarida qurilgan maşhur Jarqörğon minorasi (1108—09 y.lar), Sulton Saodat majmuasi (10-a., 15—17 asrlar), Denovdagi Çağoniyon davlati qal'asi qoldiqlari (15-a.), Hakim atTermiziy majmuoti (11 — 15-a.lar), Eski Termizdagi Zurmala minorasi krldikdari (2-a.), Termiz atrofidagi Kokildor xonaqohi (16-a.) va b. şular jumlasidan.
ÖzME 7jiddining 656—657betlari orasidagi Surxondaryo viloyatining tabiiy va iktisodiy rangli xaritasiga q.
Ad.: Rtveladze E., Aminov M., Surxondaryo, albom [prof. N.Töxliyev tahriri ostida], T., 1996; Röziyev A. N., Surxondaryo viloyati, T., 1996; Pugaçenkova G. A., Oçiq osmon ostidagi muzey, T., 1981; Tursunov S, Qobilov E., Pardayev T., Murtazoyev B., Surxondaryo tarixi, T., 2004.
Nurislom Töxliyev.