Tabiati. Hududining katta qismida Alp toğlari joylaşgan (bal. 4634 m gaça, Dyufur toği). Mamlakat markazida Şveysariya yassitoğligi, şim. ğarbida Yura toğlari bor. Iqlimi nam, mö'tadil iqlim bölib, Jenevada yanv. oyining örtaça t-rasi 0°, iyul oyining örtaça t-rasi 19°. Örtaça yillik yoğin miqdori 800—2500 mm. Ş.da daryo köp. Reyn (Aare irmoği bilan) daryosi, Rona, Inn, Tiçino daryolarining yuqori oqimi Ş.dan oqib ötadi. Jeneva, Boden va boşqalar köllar bor. Toğ qönğir örmon va toğ ötloqi tuproqlar tarqalgan. Mamlakat hududining 24% örmon. Yassitoğlik va toğlarda kengbargli hamda ignabargli daraxtlar ösadi, baland toğlar subalp va alp ötlokdari bilan qoplangan. Alp toğlarida muzliklar bor (2 ming km2 ga yaqin). Hayvonot dunyosi boy. Toğlarda sut emizuvçilardan yovvoyi eçki, suvsar, quyon, suğur, ayiq, tulki va boşqalar, parrandalardan burgut, karqur, toğçumçuq, daryo va köl qirğoklarida baliqçi quş uçraydi, suvlarda turli xil baliqlar bor. Toğlarda turizm, alpinizm, sportning qişki turlari bilan şugullaniş uçun şaroitlar yaratilgan. Şveysariya milliy boği, köplab rezervat va buyurtma qöriqxonalar bor.
Aholisi german-şveysariyaliklar, fransuz-şveysariyaliklar, italyanşveysariyaliklar va reto-romanlardan iborat. Italyan, nemis, ispan, fransuz, portugal va boşqalar ham yaşaydi. Rasmiy tillar — nemis, fransuz, italyan va reto-roman tillari. Aholining 67,7% şaharlarda istiqomat qiladi. Dindorlarning aksariyati katolik va protestantlar. Yirik şaharlari: Syurix, Bazel, Jeneva, Bern, Lozanna.
Tarixi. Ş.da yaşagan odamlarning qadimiy qarorgohlari paleolit davriga mansub. Ş. haqidagi birinçi yozma manbalar mil. av. 2-asrga oid. Öşa davrda Ş.ning katta qismiga gelvetlarning kelt qabilalari kelib örnaşgan (Ş.ning qadimiy nomi — Gelvetsiya şundan kelib çiqqan). 496—536 yillarda Ş. hududi Franklar davlati tarkibiga kirdi. 7-asrda aholini xristian diniga kiritiş nihoyasiga yetdi. 10-asrda Ş.ning şarqiy, 1032—34 yillarda ğarbiy qismi «Muqaddas Rim imperiyasi» tarkibiga kirdi. 13-asr örtalarida Gabsburglarga qarşi boşlangan kuraş natijasida Şvits, Uri, Untervalden kantonlari 1291 yil 1 avg. da özaro «abadiy ittifoq» tuzib, «Muqaddas Rim imperiyasi» doirasida Şveysariya konfederatsiyasiga asos soldi, 1499 yilda esa amalda mustaqil davlatga aylandi. 1513 yil 13 kantondan iborat federatsiya sifatida töliq şakllandi (1798 yilgaça mavjud bölgan). 1648 yilgi Vestfaliya sulhiga binoan Ş. suveren davlat deb tan olindi. 16-asrda Ş.da reformatsiya harakati tarqaldi. 18-asr oxirida Ş.da sanoat va savdo birmunça rivojlandi. 1798—1803 yillar Ş. hududida Gelvetsiya respublikasi mavjud böldi. 1814— 15 yilgi Vena kongressi Ş.ning hoz. davrdagi çegarasiga yaqin bölgan çegarani belgilab berdi va uni abadiy betaraf davlat deb e'lon qildi. 19-asrning 30—40-y.lari siyosiy tuzumni demokratlaştiriş va mamlakatni markazlaştiriş harakati avj oldi. 1848 yilgi konstitutsiya böyiça Ş. kantonlarning unça mustahkam bölmagan ittifoqidan yagona federativ davlatga aylandi. 1va 2-jahon uruşi yillari Ş. öz betarafligini tasdiqladi. Ş. hududida turli xalqaro taşkilotlar joylaşgan. Ş. 2002 yildan BMT a'zosi. 1991 yil 23 dek.da ÖzR suverenitetini tan olgan va 1992 yil 7 mayda diplomatiya munosabatlari örnatgan. Milliy bayrami — 1 avg. — Konfederatsiya taşkil etilgan kun (1291); 1899 yildan beri nişonlanadi.
Asosiy siyosiy partiyalari va kasaba uyuşmalari. Ş. demokratikxristian partiyasi, 1935 yil taşkil etilgan; Ş. demokratlari partiyasi; Ş. «kökatparvarlar» partiyasi, 1983 yil asos solingan; Ş. radikaldemokratik partiyasi, 1848 yil tuzilgan; Ş. sotsial-demokratik partiyasi, 1888 yil taşkil etilgan; Ş. liberal partiyasi, 1913 yil asos solingan; Ş. xalq partiyasi, 1971 yil sentyabrda Ş. dehqon, hunarmand va byurgerlar birlaşgan partiyasi (1919) hamda Ş. demokratik partiyasi (1944) negizida tuzilgan; Ş. ozodlik partiyasi, 1985 yil taşkil etilgan; Ş. mehnat partiyasi, 1944 yil Şveysariya KP (1921) va söl sotsialistlar guruhi birlaşişi natijasida tuzilgan. Ş. kasaba uyuşmalari birlaşmasi, 1880 yil taşkil etilgan.
Xöjaligi. Ş. — intensiv q.x.ga ega bölgan yuksak rivojlangan industrial mamlakat; jahondagi yirik moliya markazlaridan va kapital eksport qiluvçilardan biri. Yalpi içki mahsulotda sanoatning uluşi 25%, q. x. niki 2,9%, moliya va suğurtaniki 25,4 % ni taşkil etadi.
Sanoatida maşinasozlik va metallsozlik yetakçi tarmoq hisoblanadi. Maşinasozlik sanoati metall işlovçi aniq stanoklar, temirpress asbobuskunalari, elektrotexnika buyumlari işlab çiqaradi. Jahonda işlab çiqariladigan soatning U qismi Ş.ga
2 töğri keladi. Kimyo, farmatsevtika, töqimaçilik, tikuvçilik, trikotaj, poyabzal, qoğoz, poligrafiya, oziqovqat (pişloq, şokolad va konsentratlar) sanoati rivojlangan. Toştuz va quriliş materiallari qazib olinadi. Yiliga örtaça 60,4 mlrd. kVtsoat elektr energiyasi hosil qilinadi ('/ qismi GESlarda,
2 2/ qismi AES larda). 5
Qişloq xöjaligining asosi çorvaçilik (asosan, sut çorvaçiligi) hisoblanadi. Q.x. mahsulotining 3/
4 qismi çorvaçilikka töğri keladi, qoramol, çöçqa, qöy boqiladi. Parrandaçilik rivojlangan. Dehqonçilikda buğdoy, arpa, qand lavlagi, kartoşka, yemxaşak ekinlari ekiladi. Tokçilik rivojlangan. Toğlarda yoğoç tayyorlanadi.
Transportning turli xillari mavjud. T.y.lar hammasi elektrlaştirilgan bölib, ularning uz. 5 ming km, avtomobil yöllari uz. 71,1 ming km. Kanat va osma yöllar ham bor. Reyn daryosi va köllarda kemalar qatnaydi. Eng yirik porti — Bazel şahri Syurix va Jenevada xalqaro aeroportlar bor. Xorijiy sayyoxlik rivojlangan (yiliga örtaça 7 mln. kişi kelibketadi).
Ş. çetga maşinasozlik va metallsozlik mahsulotlari, jumladan, soat, aniq priborlar, ximikat, töqimaçilik mollari, kiyimkeçak, oziq-ovqat va boşqalar çiqaradi. Çetdan neft va neft mahsulotlari, xom aşyo, jihozlar oladi. Taşqi savdoda Germaniya, Fransiya, Italiya, AQŞ va boşqalar davlatlar bilan hamkorlik qiladi. Pul birligi — şveysariya franki.
Tibbiy xizmati, maorifi, ilmiy va madaniy-ma'rifiy muassasalari. Ş.da vraçlar untlarning tibbiyot ftlarida tayyorlanadi. Lezen, Lugano, Davos, Montryo va boşqalar şaharlarda maşhur kurortlar bor. Ş.da ta'limning yagona tizimi yöq. Har bir kanton özining maktab qonuni va boşqaruviga ega. Lekin barça kantonlar uçun 6—7 yoşdan 15—16 yoşgaça bölgan bolalar uçun majburiy ta'lim joriy qilingan. Asosiy (boşlanğiç) maktablar har bir kantonda qabul qilingan sistemaga qarab 7, 8 yoki 9y.lik bölib, ular 2 bosqiçdan iborat (4+3, 4+4 yoki 4+5). Örta maktablar 2 kategoriyali bölib umumta'lim va ixtisoslaşgan maktablarga bölinadi. Hunartexnika öquv yurtlari, tijorat, ma'muriy, texnika, q.x. va badiiy maktablar, öqituvçilar gimnaziyalari mavjud. Oliy ta'lim tizimiga un-t va intlar kiradi. Yirik oliy öquv yurtlari: Syurix universiteti, Jeneva, Bazel, Bern untlari, Syurix va Lozannadagi federal texnologiya intlari, SanktGallendagi iqtisodiyot va ijtimoiy fanlar maktabi.
Ş.da ilmiytadqiqotlarga I.t. milliy fondi (1952) rahbarlik qiladi. Yirik kutubxonalari: Bazel unti kutubxonasi (2 mln.dan ortiq asar), Ş. milliy qutubxonasi (Bern şahrida, 1,5 mln.dan ortiq asar). Ş.da 600 muzey bor. Yiriklari: Syurixdagi tarix muzeyi, Bazel, Bern, Jeneva va Syurixdagi san'at muzeylari, Lozannadagi nafis san'at muzeyi.
Matbuoti, radioeşittirişi va telekörsatuvi. Ş.da bir qança gaz. va jur. naşr etiladi. Yiriklari: «Bazler saytung» («Bazel gazetasi», nemis tilidagi kundalik gaz., 1977 yildan), «Berner saytung» («Bern gazetasi», nemis tilidagi kundalik gaz., 1979 yildan), «Blik» («Nigoh», nemis tilidagi kundalik gaz., 1959 yildan), «Veltvoxe» («Jahon hafta içida», nemis tilidagi haftanoma, 1933 yildan), «Tages ansayer Syurix» («Syurix kundalik şarhi», nemis tilidagi kundalik gaz., 1893 yildan), «Tribyun de Lozann — maten» («Lozanna minbari — tong», fransuz tilidagi kundalik gaz., 1862 yildan). Ş. telegraf agentligi (ATS) 1894 yilda taşkil etilgan; yirik gaz. naşriyotlarining aksiyadorlik jamiyati. Ş. radioeşittiriş va televideniye jamiyati, yarim tijorat taşkiloti. Ş.da radioeşittirişlar 1923 yildan, muntazam telekörsatuvlar 1958 yildan boşlangan.
Adabiyoti nemis, fransuz, italyan, retoroman tillarida rivoj topmoqda; tiliga köra qardoş bölgan qöşni mamlakatlardagi adabiyot bilan boğlangan. Nemis tilidagi adabiyot qadimiy xalq qöşiqlari, afsonalarga boy (Vilgelm Tell haqidagi afsonalar, tarixiy xronikalar). Ma'rifatçilik oqimi davrida A. Geller va buyuk pedagog I.G.Pestalotssi ijodida milliy xususiyatlar öz aksini topdi. Fransuz yozuvçisi J.J. Russo hayoti va ijodi ham Ş. bilan boğlangan. 1848 yilgi inqilobdan söng nemis tilida ijod qiluvçi I.Gotxelf, G. Keller, K.F.Meyer kabi yozuvçilar ijodida realizmni ravnaq topişiga imkon yaratildi; 19-asr fransuz tilidagi adabiyotning maşhur vakili R. Tepferdir. Şu yozuvçilarning ijodi tufayli Ş. adabiyoti birinçi marta çet elga tanildi. 20-asrning 1-yarmida nemis tilida yozuvçi R. Valzer, Ya.Byurer, fransuz tilida yozuvçi Ş.F.Ramyu kabi adiblar öz asarlarida dolzarb ijtimoiy muammolarga murojaat qildilar. Ular uruşdan keyingi davrdagi realistik adabiyotni yanada yuksaltiriş uçun zamin yaratdilar. Nemis tilida ijod qiluvçi M. Friş va F.Dyurrenmatt asarlari milliy adabiyotni Yevropa madaniyatining boyligi darajasiga olib çiqsi. 1960—70 yillarda nemis tilida yozuvçi V.M.Diggelman, A. Muşg, O.F.Valter kabi adiblar roman va hikoyalarida, A.Martining şe'riy töplamlarida nemis tilidagi şveysar adabiyotining realistik an'analari zamonaviy tasviriy vositalar bilan uyğunlaşib ketgan. Fransuz tilida yozuvçi J. Alda, F. Jakotte, J. Şesseke, italyan tilida yozuvçi F.Kyeza, retoroman tilida yozuvçi K. Birt, A. Peyer, S. Kens kabi adiblar maşhur.
Me'morligi. Ş.ning qadimiy me'moriy yodgorliklari merovinglar san'ati (RivaSanVitaldagi baptisteriy, 5— 6-asrlar), keyinçalik «Karolinglar uyğoniş davri» san'ati (SanktGallendagi monastir, 7-asr) bilan boğlangan. Romangotika uslubidagi binolar (Syurixdagi Grosmyunster, 12—15-asrlar; Bazeldagi soborlar, 1185—1200) Fransiya va Germaniya me'morligiga yaqin. Uyğoniş davri me'morligi an'analari 17-asr inşootlarida saqlanib qolgan (Syurixdagi ratuşa, 1694—98, me'mor I.Ya.Keller). 17—18-asrlar me'morligida barokko uslubi qaror topdi (SanktGallendagi çerkov, 1755— 70; Lozannadagi ratuşa, 17-asrda qayta qurilgan). 18-asr oxirida klassitsizm keng tarqaldi (Nevşateldagi ratuşa, 1782—90, me'mor P.A. Pari). 19-asr örtalarida eklektizm, 19-asr oxirida modern uslubi körinişlari paydo böla boşladi. 20-asrning 20-y.lari me'morlar xalq me'morligi an'analaridan va funksionalizm usul va metodlaridan foydalandilar. 30-y.lardagi buyuk inşootlar: Lyutserndagi Lyutsern kantoni san'at va majlislar uyi (1930—33, me'mor A.Meyli), Jenevadagi Millatlar saroyi (1927—37, me'mor Giyol). 50— 70-y.larda yöddoşşaharlar (LeLinon, Jeneva yaqinida, 1962— 70, me'morlar G. va P. Amman va boşqalar), ijtimoiy va ma'muriy binolar [Lozanna şahridagi «Kodak» firmasi ma'muriy binosi va omborxonasi, 1961—63, me'mor F. Blugger; Syurixdagi «Başariyat uyi» (Le Korbyuzye markazi), 1967, me'mor Le Korbyuzye; Sug şahridagi turar joy binolari, 1958—68, me'mor F. Ştukki va boşqalar; Jenevadagi «Le Pari» kinoteatri, 1971, me'mor M.J.Soje].
Tasviriy san'ati. Ş. hududidan topilgan ilk tasviriy san'at yodgorliklari mil. av. 1-ming yillikning 2-yarmiga mansub (q. Laten madaniyati). Myunster (hoz. Myustair)dagi SanktIogann çerkovidagi devoriy rasmlar 9-asrga oid bölib, monumental rangtasvirning qadimiy yodgorligi hisoblanadi. 13—15-asrlarda gotika haykaltaroşligi va rassomligi, kitob miniatyurasi, vitraj hamda dastgoh san'ati rivojlandi. 16-asrda rassomlar N. ManuelDeyç, U. Graf va kiçik X. Ley ijodi diqqatga sazovor. G.Asper, yil Amman va T. Ştimmer 16-asr kitob miniatyurasi ustalaridir. Bazelda kiçik X. Xolbeyn uzoq vaqt faoliyat yuritdi. 17-asr Ş. san'atida barokko uslubi yaqqol közga taşlanadi. 18-asrda köp şveysariyalik san'at ustalari Fransiyada ta'lim olganligi va işlaganligi sababli, öşa davr Ş. tasviriy san'ati Fransiya ta'siri ostida böldi. Şu davr rangtasvirida pastel va miniatyura portreti (J.Ye. Liotar), manzara (S. Gesner), tarixiy va maişiy (I.L.Aberli, 3. Freydenberger) janrlarda köplab asarlar yaratiddi; ayniqsa, A. Graf va I.G.Fyusli (asosan, Angliyada işlagan) ijodi diqqatga sazovor. 19-asr boşida tasviriy san'atda klassitsizm va romantizm deyarli rivojlanmadi (rassomlar X.L.Fogel, X. Xeys, grafikaçi R.Tepfer ijodi). 19-asr örtalarida realistik manzaralar (A. Kalam), mehnatkaş xalq hayoti ifodalangan maişiy kartinalar (F. Buxser, A. Anker) yaratildi. 19-asr oxiri — 20-asr boşlarida simvolizm va «modern» uslubida ijod qilgan A. Beklin şuhrat qozondi; F. Xodler ijodi milliy tarix mavzusiga bağişlandi. Bu davrda Ş. san'atida impressionizm, postimpressionizm, simvolizm oqimlari avj oldi (şveysariyalik rassomlardan F. Vallotton, T. Steynlen Fransiyada işladilar, A. Jakometti ijodi ham fransuz maktabi bilan boğliq).
1-jahon uruşi yillari Ş. san'atida ekspressionizm yönalişi rivojlandi. 60—70-y.lar Ş. san'atida Yevropa san'ati oqim va yönalişlari közga taşlandi. Xalq san'atida yoğoç öymakorligi, kulollik, töqimaçilik, çarm va metall buyumlar tayyorlaş rivojlangan.
Musiqasi. Ş. xalq musiqa san'atida Alp toğlarida yaşovçi toğlilarning öziga xos janri — yodl va çöpon kuylari ajralib turadi. Musiqa asboblari — alp burğusi va şveysar huştagi. Professional diniy musiqa taxm. 10-asrda vujudga kelgan. SanktGallen monastiri Yevropa musiqa markazi bölgan. 13-asrdan dunyoviy musiqa san'atini tarqatuvçi minnezingerlar faoliyat körsatgan. 16-asrda polifoniya musiqasi ustalari X. Kotter, L. Zenfl, L. Burjua ijod qildilar. 17-asrda şahar musiqa birlaşmalari tuzila boşladi. 18-asr oxiri — 20-asrda xor va musiqa jamiyatlari tuzildi, musiqa ta'limi rivojlandi (kompozitor va pedagoglar X.G.Negeli, I.F. Xegar, X. Xuber, ritmik tarbiya tizimi asosçisi E. JakDalkroz). 20-asrda F. Andre, V. Burkxard, G. Dore, F. Marten, K.F. Seminn, 20-asr 2-yarmida G. Xolliger, V. Fogel, Yu. Vittenbax, R. Mozer kabi kompozitorlar maşhur bölgan. Ş.da 10 dan ortiq simfonik orkestr, bir qança opera truppalari, xor jamoalari va kamerçolğu ansambllari, Bazel musiqa akademiyasi, Jeneva, Syurix, Bern, Lozannada konservatoriyalar bor.
Teatri. Ş. teatr san'ati xalq rasmrusumlari asosida vujudga kelgan va fransuz, nemis, italyan tillarida rivojlanmoqda. 16-asrda reformatsiyaning katolitsizmga qarşi kuraşini aks ettiruvçi pyesalar yaratilgan. 1512 yil birinçi dunyoviy pyesa — «Tell töğrisida öyin»qöyilgan. Fastnaxtşpil janri keng tarqalgan; bunda voqelikni haqqoniy aks ettiriş siyosiy satira bilan uyğunlaşib ketgan. 1738 yil Jenevada birinçi professional truppa taşkil böldi va u fransuz dramaturglarining pyesalarini sahnalaştirdi. Lozanna (1781), Jeneva (1782 va 1789), Şatlen (1786) va boşqalar şaharlarda teatr binolari qurildi. 1801 yil
Sankt-Gallenda professional teatrga asos solindi. 1879—1951 yillar Jenevada «Granteatr» faoliyat körsatdi. 1908 yil Syurixda «Pfauenteatr» drama teatri (keyinçalik «Şauşpilxauz») oçildi va Ş.ning yetakçi milliy teatriga aylandi. 1938—61 yillarda bu teatrga taniqli rej. Oskar Velterlin rahbarlik qildi va teatrlarda B. Brext, F. Dyurrenmatt, A. Çexov va boşqalarning pyesalari qöyildi. Ş.dagi boşqa maşhur teatrlar: Lozannadagi «Pti şen» va «Bolye», Jenevadagi komediya, «Nuvo teatr de poş» va «De Roş» teatrlari, Syurixdagi Noymarkt teatri, Bazeldagi teatr, Bern, Lyutserndagi teatrlar. Ş. teatrining yetakçi arboblari: O. Eberle, X. Gnekov, L. Lindtberg, teatr rassomi G.Otto.
Kinosi. Birinçi töla metrajli badiiy film («Konfederatsiyaning vujudga kelişi», rej. E. Xarder) 1924 yilda yaratilgan. Şu yili Syurixda «Prazens» kinofirmasi taşkil etildi. 1930—40 yillarda hujjatli filmlar rej.lari A. Veksler, E. Layzer işlari, rej. L. Lindtbergning vatanparvarlik ruhidagi badiiy filmlari («Öqçi Vipf», 1938; «Sönggi imkoniyat», 1945) ajralib turadi. 1950-y.larda «Batrak Uli» (1954), «Pişloq pişiruvçilar» (1958; ikkalasining rej. F. Şneyder), «Odeon kafesi» (1958, rej. K. Fryu) filmlari ekranga çiqdi. 60-y.largaça Ş.da kino, asosan, nemis tilida bölgan. Fransuz tilida ijod qiluvçilar orasida hujjatli filmlar rej. Ş. Dyuvanel va hujjatli filmpamfletlar muallifi A. Brandt maşhur. 1968 yil rej.lar A. Tanner, K.Goretta, J.L.Rua, M. Sutter va J.J.Lagranj (keyinçalik örniga N. Yersen böldi).
«Beşlar guruhi»ga birlaşdilar va voqelikni böyab berişga qarşi çiqdilar. Ular öz filmlari («Salamandra»: 1971; «Afrikadan qaytiş», 1975; «Dunyo oraliği», 1975, barçasining rej. A. Tanner; «Taklif», 1972, rej. K. Goretta)da oddiy kişilar turmuşini, hayot qiyinçiliklarini körsatdilar. 1970—80 yillarda rej. lar R. Lissi, T. Kyorfer, D. Şmid maşhur bölgan. Syurixda Şveysariya kinomarkazi faoliyat yuritadi. 1946 yildan Lokarnoda xalqaro kinofestivallar ötkaziladi.
Özbekiston — Ş. munosabatlari. Özbekiston bilan Şveysariya örtasida diplomatiya munosabatlari örnatilgaç (1992), 1993 yil maydan Toşkentda Ş. elçixonasi faoliyat yurita boşladi. Savdoiqtisodiy qamkorlik töğrisida tuzilgan hukumatlararo bitimga muvofiq, ikki mamlakat örtasidagi savdoda qulay şartşaroitlarni vujudga keltiriş tartibi belgilandi. Savdoiqtisodiy hamkorlik böyiça Özbekiston — Ş. hukumatlararo komissiyasi işlamoqda. 2003 yil ikki tomonlama tovar aylanmasi 217,7 mln. AQŞ dollarini taşkil etdi. ÖzR dan Ş.ga paxta tolasi, ip gazlama, kalava ip, xizmat va boşqalar eksport qilinadi. Ş.dan elektr va mexanik jihozlar, farmatsevtika mahsulotlari va boşqalar keltiriladi. Ikki mamlakat örtasidagi hamkorlik tufayli ÖzR da Ş. sarmoyasi iştirokida 77 korxona barpo etilgan. Ular orasida 57 qöşma korxona, Ş. sarmoyasi 100% bölgan 20 korxona bor. ÖzR Taşqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida Ş.ning 33 firma va kompaniyasi vakolatxonalari röyxatga olingan. 1995 yildan Toşkentda «Kredi Sviss» banki vakolatxonasi işlamoqda. 1995 yil yanv.dan Ş.ning Altendorf şahrida ÖzRning Savdo körgazma markazi faoliyat körsatmoqda. 2002 yildan Ş. elçixonasi huzurida hamkorlik böyiça Ş. byurosi işlamoqda. U ijtimoiyiqtisodiy yönaliş böyiça birgalikdagi loyihalarni amalga oşiriş bilan şugullanadi. Ikki mamlakat örtasida astronomiya, fizika, biofizika, genetika, biokimyo, tarix, tibbiyot, ekologiya böyiça ilmiy loyihalar hamkorlikda amalga oşirilmoqda. Uni amalga oşirişda ÖzR Fanlar akademiyasi ilmiy muassasalari, Özbekiston milliy unti, Qişloq va suv xöjaligi vazirligining Ilmiy işlab çiqariş markazi, şuningdek, Bern, Jeneva, Syurix, Davos, Lozanna untlari iştirok etmoqda. Samarqand unti bilan Syurix, Bazeldagi untlar örtasida gumanitar va tabiiy fanlar masalalari böyiça aloqalar yölga qöyilgan. 1999 yildan Özbekistonda «Özbekiston—Şveysariya» döstlik jamiyati işlamoqda.