Tabiati. V. hududi relyefiga köra 3 qismdan iborat: şim.-ğarb va şim.da And toğlarining bir qismi — Syerrade-Perixa va Kordilyera-de Merida toğlari (Bolivar çöqqisi, 5007 m), markazida Orinoko tekisliklari (Lyanos Orinoko) — bal. 40—150 m gaça bölgan allyuvial pasttekislik va jan.-şarqda Gviana yassitoğligi — denudatsion tekislik (300—400 m) bor. V. ning asosiy qazilma boyligi neft (V. çekka bukilmasi va Marakaybo botiğida) va gaz; temir rudasining yirik konlari, marganets rudasi, olmos, oltin, nikel va volfram konlari ham bor.
Iqlimi issiq subekvatorial bölib, yezda yoğin köp yoğadi, qişi quruq, jan.- ğarbda esa iqlimi ekvatorial, nam. Oylik örtaça t-ra 25° dan 29° gaça, şim.- ğarbda 280 mm, markaziy qismida 750— 1200 mm, jan.-şarkda 2000 mm gaça va jan.-ğarbda hamda Kordilyera-de Meridaning şim. yon bağirlarida 2000—3000 mm gaça yoğin yoğadi. Daryolari köp, asosan Orinoko daryosi havzasiga kiradi; Orinokoning yuqori oqimi va uning öng irmoqlari (Ventuari, Kaura, Karoni va b.) serostona, juda köp şarşaralar hosil qiladi (dunyoda eng baland Anxel şarşarasi — 1054 m V. hududida), çap irmoqlarida kema qatnaydi. Eng yirik köli — Marakaybo kuli. Qizil laterit (ferrallit va ferrit) tuproqlar köproq uçraydi, jan.-şarqiy va jan-.da podzollaşgan laterit, Quyi Lyanosning şim. da va Marakaybo pasttekisligining jan. da ötloqi-örmon va botqoq tuproqlar tarqalgan. V. hududining yarmidan köpi örmon, doimiy yaşil örmonlarda qimmatbaho daraxtlar ösadi, baland toğlarda ötloqlar bor. Lyanosda savannalar, pasttekisliklarida mangra çakalakzorlari köp. Milliy boğlari: Kanayma, Serraniya-la-Neblina, Xaua-Sarisarinama va b.
Hayvonot dunyosi juda boy. Bu yerda maymunlar, mayda buğular, yalqov çumolixör, zirhlilar va b. hayvonlar yaşaydi. Quşlardan qora tumşuqli qöton, katta şaftolixör, töti, kolibrilar bor. Daryolarda kayman (timsoh) va elektrik ilonbaliqlar köp. Aholisi. Asosan, venesuellar (90%). V. ning jan. da yarim köçmançi indeys qabilalari, şarqsa, Orinoko deltasida varrau, ğarbda, Kolumbiya çegarasida çibça, karib va aravak qabilalari yaşaydi. Davlat tili — ispan tili. Dindorlar asosan katoliklar. Şahar aholisi 84%. Yirik şaharlari: Karakas, Marakaybo, Barkisimeto, Valensiya va b.
Tarixi. Kadim zamonlardan V. hududida aravak, karib va b. mayda şevalarda gaplaşadigan indeys qabilalari yaşagan. Bu qabilalar ibtidoiy-jamoa tuzumining turli bosqiçlarida bölib, ovçilik, baliqçilik va dehqonçilik b-n şuğullangan. 1498 y. X. Kolumb V. sohillariga kirib kelgan. 1499 y. ispanlarning A. de Oxeda ekspeditsiyasi V. qirğoqlarini Marakaybo qöltiğigaça tekşirganida indeyslarning suvda qoziqlar ustiga qurilgan turar joylarini körib, bu diyorni V. (kiçik Venetsiya) deb ataşdi. 16-a. boşlarida ispanlar V. ni bosib oldi. 1810 y. V. da mustaqillik uçun kuraş boşlandi. Bu kuraşga F. Mirando, keyinçalik S. Bolivar rahbar böldi. Natijada 1811 y. V. mustaqillikka erişdi. 1819 y. V. Buyuk Kolumbiya Respublikasi tarkibiga kirdi. 1830 y. dan V. — mustaqil davlat. 19-a. ning 2-yarmidan mamlakatga çet el kapitali suqilib kirdi. 1913 y.da neft konlari oçildi. Neft çiqarişning tez sur'atlar b-n ösişi natijasida işlab bsruvçi sanoatning bir qança tarmoqlari paydo böldi, bu esa mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotiga hal qiluvçi ta'sir qildi. 1947 y. general Medina Angarita harbiy rejimi ağdarilgaç, atoqli yozuvçi Romulo Galyegos mamlakat prezidenti bölib qoldi. Galyegos hukumati çet el neft kompaniyalari daromadlaridan davlat foydasiga olinadigan soliqni köpaytirdi, bu kompaniyalarning faoliyatini çeklaydigan bir qança tadbirlar kördi, sanoatda davlat sektorini yaratiş, agrar islohot ötkaziş töğrisida qaror qabul qildi. Ana şu tadbirlar, şuningdek V. ning siyosiy mustaqillikka erişiş yUlidagi harakati çet el monopoliyalarining noroziligiga sabab böldi. 1948 y. noyab.da bir guruh zobitlar çet el monopoliyalari yordamida davlat töntarişi ötkazdi. Peres Ximenes 1952 y.da mustabid diktatura rejim i örnatdi. P. Ximenes hukumati davrida (1952—58) V. iqtisodiy asoratga tuşdi. Biroq mamlakatdagi barça siyosiy kuçlar birlaşib, diktaturaga qarşi qurolli qözğolon kötardi va 1958 y. yanv.da Ximenes hukumati ağdarildi. Bu ğalaba natijasida mamlakatda demokratik yöldan boriş, mehnatkaşlarning eng muhim talablarini qondiriş imkoniyati tuğildi. Biroq prezident R. Betankur hukumati milliy mustaqillikni himoya qiliş va milliy iqtisodiyotni rivojlantiriş kerak desada, amalda reaksion kuçlarga yon beriş siyosatini yuritdi. R. Betankurning reaksion siyosatidan mamlakatdagi barça siyosiy guruhlar norozi edi. 1963 y.dek.da saylangan prezident R. Leoni hukumati ana şuni hisobga olib, içki va taşqi siyosatda juda ustalik b-n iş tuta boşladi. Biroq bu siyosat öz mohiyatiga köra, millat manfaatiga zid siyosat bölganidan mamlakatda ilğor kuçlarning qarşiligi kuçaya bordi. 1968 y. apr. da hukmron «Demokratik harakat» partiyasida parokandalik röy berdi va u 1968 y. prezident saylovida mağlubiyatga uçradi. 1968 y. prezident saylovida Sotsial-xristian partiyasining rahbari R. Kaldera ğalaba qozonib, 1969— 74 y. lardagi muddatga davlat boşliği qilib tayinlandi. Şundan keyin ham V. da davlat prezidenti bir neça marta özgardi. V. 1945 y. dan BMT a'zosi. ÖzR b-n diplomatiya munosabatlarini 1996 y. 26 apr.da örnatgan. Milliy bayrami — 5 iyul — Mustaqillik e'lon qilingan kun (1811).
Siyosiy partiyalari va kasaba uyuşmalari: Demokratik harakat, 1941 y.da asos solingan; Xalq saylov harakati, 1967 y. da tuzilgan; Milliy konvergensiya, 1993 y.da asos solingan; Respublikaçi demokratik ittifoq, 1946 y.da tuzilgan; Sotsial-xristian partiya, 1946 yda tuzilgan; Sotsializm uçun harakat, 1971 y. tuzilgan; V. Kommunistok partiyasi, 1931 y. taşkil etilgan; Radikal iş partiyasi; Beşinçi Respublika harakati, 1997 y. asos solingan; Söl inqilobiy harakat, 1960 y. tuzilgan. Kasaba uyuşmalari: V. mehnatkaşlari yagona markazi, 1963 y.da tuzilgan; V. mehnatkaşlari konfederatsiyasi, 1936 y. da taşkil etilgan.
Xöjaligi. V. — Lotin Amerikasida iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlardan biri. Uning xöjaligi neft qazib oliş va uni qayta işlaşga ixtisoslaşgan. Bu sohada V. dunyoda oldingi örinlardan birida turadi. Davlat neft va gaz sanoati, elektr energetika, temir ruda qazib çiqariş va neft kimyosi tarmoklarini öz ixtiyoriga olgan. V. yalpi mahsulotida sanoat 48% ni, xizmat körsatiş tarmoği 45 % ni, q.x. 7% ni taşkil etadi.
Sanoati. Mamlakat valyuta tuşumlarining 90% dan köproğini neft sanoati ta'minlaydi. Neftni qayta işlovçi 12 z-d yiliga salkam 80 mln. tonna neftni qayta işlaydi. Şuningdek tabiiy gaz, yuqori sifatli temir rudasi, boksit, marganets, nikel, oltin, olmos, toşkömir ham qazib olinadi. Yiliga 61 mlrd. kVt-soat elektr energiya hosil qilinadi (yarmidan köpi GES larda). Kimyo va neft kimyosi sanoati, avtomobilsozlik, qora metallurgiya rivojlangan. Oziq-ovqat, töqimaçilik, çarmpoyabzal, qoğoz, sement sanoati korxonalari bor. Asosiy sanoat markazlari: Karakas, Marakaybo, Valensiya, Marakay, Puerto-Kabelo, La-Guayra.
Qişloq xöjaligi. Iqtisodiy faol aholining 12 % ga yaqini şu sohada band. Yirik yer egaligi ustun. Yer maydonining 2% ga yaqini işlanadi. Yaylov va ötloqlar 18%, boşqa yerlar 80%. K-x. mahsulotlari qiymatining yarmi dehkonçilikka töğri keladi. Ammo u mamlakatning oziqovqatga bölgan ehtiyojini qondirmaydi. Dehqonçilik asosan toğ yon bağirlarida va dengiz sohillarida rivojlangan. And toğlaridagi örmonlarni kesiş va yondiriş yöli b-n ham yer oçib dehkonçilik qiladilar. Asosiy oziq-ovqat ekinlari: makkajöxori, şoli, kofe, kakao. Bundan taşqari kartoşka, dukkakli ekinlar, şakarkamiş, suğoriladigan yerlarda paxta ham yetiştiriladi. Çorvaçilikda qoramol, çöçqa, qöy va eçki boqiladi. Karakas, Marakaybo atroflarida yirik sutçilik fermalari bor. Ammo aholining sutga bölgan ehtiyoji faqat 50 % qondiriladi. Dengiz va daryolarda baliq ovlanadi.
Transporti. Içki yuk taşişning 90% ga yaqini avtomobil transportiga töğri keladi. Avtomobil yöllarining uz. 101 ming km, t. y. larning uz. 336 km. Dengiz savdo floti mavjud. Asosiy portlari — La-Salina, Puerto-Kabelo, Marakaybo, Amuay, Punta-Kardon. Çetga çiqariladigan mahsulotlarning 9/10 qismini neft va neft mahsulotlar taşkil etadi; şuningdek alyuminiy, temir rudasi, prokat, kimyoviy mahsulotlar, mineral xom aşyo, oltin ham çiqaradi. Çetdan maşina va asbob-uskuna, ehtiyot qismlar, oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmon, transport vositalari, buğdoy, makkajöxori, sut mahsulotlari oladi. Taşqi savdodagi asosiy mijozlari: AQŞ, Braziliya, Germaniya, Kanada, Italiya, Yaponiya va b. Pul birligi — bolivar.
Tibbiy xizmatga V. Soğliqni saqlaş vazirligi rahbarlik qiladi. Davlat davolaş muassasalarida bepul tibbiy xizmat körsatiladi, xususiy şifokorlar ham bor. Mamlakatdagi kasalxonalarda 40 mingga yaqin örin bor. 15 ming şifokor xizmat körsatadi. Şifokorlarni un-tlarning 7 f-ti tayyorlaydi.
Maorifi, ilmny va madanvy-ma'rifiy muassasalari. Mamlakatda 7 yoşdan 14 yoşgaça bölgan bolalarga bepul majburiy ta'lim beriladi. Boşlanğiç maktabda 6 y., örta maktabda (litseyda) 5 y. öqitiladi. Xususiy maktablar ham bor. Karakasda Markaziy un-t, Valensiya, Marakaybo, Merida ş.larida un-tlar mavjud. Milliy til akademiyasi (1882), tibbiyot akademiyasi (1904), bOdan ortiq i. t. muassasasi va 60 ilmiy jamiyat, Karakasda Milliy kutubxona (1883), Tasviriy san'at, tarix va S. Bolivar muzeylari bor.
Matbuoti, radioeşittiriş va telekörsatuvi. V. da naşr etiladigan yirik gaz.lar: «Nasional» («Millat», 1943 y.dan), «Universal» (1909 y.dan), «Ultimas notisias» («Sönggi xabarlar», 1941 y.dan), «Mundo» («Jahon», 1958 y.dan). Yirik jur.lari: «Momento» («Lahza», 1959 y.dan), «Elite» («Elita», 1925 y.dan). Venpres hukumat axborot agentligi 1975 y.da tuzilgan; «Innak» xususiy axborot agentligi 1958 y.dan beri işlaydi. Radioeşittiriş 1930 y.dan (asosan ispan tilida), telekörsatuvlar 1952 y.dan olib boriladi. Bir qança radio va telest-yalar bor. Radioeşittiriş va telekörsatuvlarni V. Milliy radiosi va V. Milliy televideniyesi nazorat qiladi.
Adabiyoti. Ispanlar bosib olgunça bölgan indeyslarning xalq oğzaki ijodi namunalari saqlanib qolmagan. Yozma adabiyot asosan ispan tilida rivojlana boşladi. 19-a. boşlarida hajvçi V. Salias, şoir X. A. Montenegro, dramaturg X. D. Dias, publitsistlar F. Miranda va S. Bolivar asarlarida ma'rifatparvarlik ğoyalari aks etdi. V. mustaqillikka erişgandan keyingi yangi adabiyotning şakllanişida şoir va olim Andreas Beloning ma'rifatparvarlik ruhida yozilgan «Poeziyaga murojaat», «Tropik dehqonçilik şarafiga» poemalari muhim rol öynaydi. 19-a. ning 2-yarmidan V. adabiyotida romantizm hukmronlik qildi. Bu oqimning X. P. BoNalde, X. R. Yenes, X. Kalkano kabi namoyandalari ijodida Yevropa va Amerika romantizmi asarlariga taqlid kuçli. 19—20-a.lar çegarasida naturalizm va modernizm oqimlari paydo böldi. Demokratik va inqilobiy harakatlar ta'sirida tanqidiy realizm rivojlandi. Mamlakatdagi ijtimoiy ziddiyatlar, mehnatkaşlarning qaşşoq hayoti R. Galyegos («Salar oilasidan oxirgi kişi», 1920; «Donya Barbara», 1929; «Qaşşoq negr», 1937), R. D. Sançes («Neft», 1936), M. O. Silva («Bezgak», 1939;«Böş qolgan uylar», 1957) kabi yozuvçilar ijodida öz ifodasini topdi. G. L. Karreri «Mening e'tirozim» (1962) hikoyalar töplamida, E. Subero «Zulmatda» (1963), E. Kolombani «Bugun xitob qilaman» (1963) kitoblarida xalq ommasining norozilik kayfiyati va kuraşlarini aks ettirdilar. Taraqqiyparvar adiblar tinçlik, demokratiya yölida barakali ijod etmoqdalar.
Me'morligi va tasviriy san'ati. Palma şohlari yopilgan kulbalar indeyslarning turar joylari bölgan. 16-a.dan boşlab ispanlar tomonidan şaharlar bunyod etila boşlandi. 18- a. da V. şaharlarida binolar, asosan, şahar maydoni atrofida (barokko uslubida) qurildi. La-Guayra, Puerto-Kabelo, Karakas va b. şaharlarda ikki qavatli turar joy, savdo, ma'muriy binolar hamda ibodatxonalar qurilişi avj oldi. 19—20-a. larda V. da Yevropa usulida qurilgan köp qavatli har xil me'moriy inşootlar qad kötardi. L. Urdaneta, R. Garema, G. Bermudes kabi me'morlar yetişdi. Quriliş, asosan, Karakasda rivojlandi. Lotin Amerikasining maşhur me'mori K. R. Vilyanueva iştirokida V. da un-t şaharçasi va b. binolar qurildi. Zamonaviy me'morlik temir-beton konstruksiyalar asosida rivojlandi.
V. hududida ispanlar bosib olgunga qadar indeyslar kulolçiligi va qoya rassomligi rivojlangan edi. 17—18-a. lar rassomligi va haykaltaroşligi asosan diniy xarakterda. 19-a. boşlarida mahalliy portret san'ati vujudga keldi (X. Lovera). 19-a. örtalarida ozodlik harakatining ta'sirida vatanparvarlik ruhidagi tarixiy haykaltaroşlik (M. Gonsales, E. Palasiosi-Kavelo) va rassomlik (M. Tovari-Tovar, A. Miçelena) rivojlandi. 19-a. oxiri — 20-a. boşlarida janrçi A. Miçelena, romantik K. Roxas, manzaraçi F. Brandt, impressionizm vakillari — E. Boggio, R. Monasterios kabi rassomlar ijod qildilar. V. san'atida realizm b-n bir qatorda modernizm oqimlari ham tarqalgan.
Teatri. Karakasda 16-a. dan boşlab teatr tomoşalari ora-sira körsatila boşladi. 1853 y. Marakayboda birinçi milliy komediya («Vijdonsiz, baxil va dangasa», M. Fernandes) sahnalaştirildi. 19-a. ning oxiri — 20-a. ning birinçi yarmida V. dramaturgiyasidagi jonlaniş teatr san'atida ham öz aksini topdi. 50-y. larda bir neça teatr maktablari oçildi. Karakasda Komediya teatri, «Teatr munisipal», «Teatro nasonal», «Poliedro», «Ateneo» va b. teatrlar bor. Marakaybo, Barkisimeto, Merida kabi şaharlarda ham teatrlar mavjud. I. Gramko, S. Renxifo, V. Franko, I. Çokron va b.ning pyesalari qöyiladi. A. de Pasi-Mateos, K. Ortis, A. Lopes, N. Kuriyel, X. Torres va b. teatr arboblari maşhur. 1959 y.dan V. teatri festivali ötkazib turiladi.
Kinosi. V .da birinçi film («Karakasda karnaval») 1909 y. suratga olingan. Milliy kino san'ati esa 20-a.ning 30-y. larida yuzaga keldi. 1948— 54 y.larda Karakasda «Bolivar film» kinostudiyasi işladi. Bir neça kinoprokat firmasi bor. V. da yiliga 2—3 töla metrajli film işlab çiqariladi. V. da tayyorlangan «Morena Klara» köp qismli badiiy filmi Özbekiston televideniyesi orqali bir neça marta namoyiş etildi. S. Enrikes, U. Petersen, M. Lara, R. Çalbaud, A. Roxas, E. Fernani, E. Montexo V. ning maşhur kino arboblaridir.
V. ning ÖzRdan geografik jihatdan olisligi sababli ular örtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalar endigina rivojlana boşladi. Ikki mamlakat örtasidagi tovar aylanmasi 1997 y.da atigi 0,2 ming AQŞ dollarini taşkil ztdi.