B. v.da quyidagi relyef körinişlarini ajratiş mumkin: 1) alohida ifodalangan past toğlar, platolar (Kuljuqtov, Tuzkoy toği, Jarqoq, Saritoş); 2) tekis yuzali plato va qirlar (Qoraköl, Dengizköl, Uçboş, Qoraqir); 3) daryo va köl yotqiziqlari b-n qoplangan va şamol ta'sirida vujudga kelgan akkumulyativ tekisliklar; 4) alohida ifodalangan berk botiqlar (Qoraxotin, Oyoqoğitma, Dengizköl); 5) yassi yuzali vohalarda bal. 5—15 m li tepalar uçraydi.
Toğlar asosan silur, devon, toşkömir, bör, paleogen, neogen davrlari jinslaridan tuzilgan. Tekislik va qumliklar törtlamçi geologik davr tabiiy omillari ta'sirida özgargan.
Foydali qazilmalardan Setalantepa, Jarqoq, Gazli, Uçqirda gaz, Kemaçi, Zikri, Örtabulokda neftgaz hamda grafit konlari, ohaktoş, bentonit (gilmoya), granit konlari topilgan. B. v.da juda köp mineral suv zaxiralari aniqlangan. Quljuqtov, Qoraxotin, Jinğildi,Oyoqoğitma botiği atroflaridan topilgan suvlardan xöjalikda qisman foydalaniladi.
Viloyat seysmik jihatdan 7 balli, faqat Gazli ş. atrofi 9 balli zilzila zonasiga kiradi. Iqlimi keskin kontinental: yozi issiq, uzoq, quruq, iyulning örtaça t-rasi 28—32°, qumliklarda 60—70° gaça kötariladi. Yanv.ning örtaça t-rasi 0° dan—2° gaça. Yiliga 90—150 mm yoğin tuşadi. Asosan bahor va qişda yoğadi. Vegetatsiya davri 220 kun. B. v.ning asosiy suv manbai — AmuBuxoro maşina kanali. Quyimozor, Tödakul, Şörkul suv omborlarining ahamiyati katta. Bundan taşqari vohalar atrofida zovur va oqova suvlar taşlanadigan Dengizköl, Qoraqir, Katta Tuzkon va Devxona kabi köllar mavjud. B. v. böyiça obikor yerlarning 94,4% turli darajada şörlangan. Çöl zonasida kam çirindili qönğir tusli sur, qumli çöl, taqir tuproqlar va şörxoklar keng tarqalgan. Ular turli tipdagi yaylovlar hosil qiladi.
B. v. çöllarida 55 oilaga mansub 580 tur yuksak ösimliklar uçraydi. Bulardan 18 tasi endemik tur. Çöl ösimliklari ekologik şaroitga moye holda alohida jamoalar hosil qilgan. Qumli çöllarda qandim (juzğun), saksovul, çerkez, selin, patloq, singren, iloq köproq bölsa, gipsli çöllarda qizilça, sassiqkovrak, karrak, biyurğun keng tarqalgan. Şörxokli yerlarda şörajriq, sarsazan, qorabarak, şöralar, töqayzorlarda turanğil teragi, jiyda, tol, yulğun, qamiş kabi turlar ösadi. Ösimliklar yaylov çorvaçiligi uçun ozuqa manbai. Vohalarda madaniy ösimliklar b-n birga 200 dan ortiq begona öt turi uçraydi. B. v.da umurtqali hayvonlarning 400 dan ortiq turi yaşaydi. Suv havzalarida baliqning 37 turi uçraydi. Amfibiyalarning 2 turi (köl baqasi, yaşil qurbaqa), sudralib yuruvçilarning 40 turi (daşt agamasi, qum yumaloqboşi, quloqli yumaloqboş kaltakesak, eçkemar, qum böğma iloni, suvilon, öqilon, kölbor ilon, kapçaboş, çarxilon, çiporilon va b.), quşlarning 300 dan ortiq turi, sut emizuvçilarning qariyb 50 turi (yumronqoziq, qumsiçqon, qumquyon, körsiçqon, qum muşugi, tulki, va b.), haşarotlarning 300 ga yaqin turi uçraydi. B. v.da Buxoro «Jayran» ekologik markazi, Vardanze davlat tabiat yodgorligi, Dengizköl, Qoraqir buyurtma qöriqxonalari mavjud. Buxoro vohasining çölga tutaş yerlarini qum bosişdan saqlaş uçun Agroörmon melioratsiyasi tadbirlari ötkaziladi.
Aholisi, asosan, özbeklar; şuningdek, tojik, qozoq, tatar, yahudiy, rus, qoraqalpoq va b. millat vakillari ham yaşaydi. 1 km2ga 35 kişi töğri keladi. Vohalarda aholi ança ziç (1 km2ga 100— 300 kişi). Çöl yaylovlarida 1 km2ga 12—25 kişi, qumli yaylovlarda 1—3 kişi töğri keladi. Şaharliklar 448 ming kişi, qişloq aholisi 995 ming kişi (2001). Ğijduvon, Vobkent, Şofirkon tumanlarida aholi ziçroq.
Xöjaligi. B. v. iqtisodiyotida sanoat salmoqli örin egallaydi. 100 dan ortiq sanoat korxonasi mavjud. Gazli gazneft r-ni gaz yoqilğisini yetkazib bermoqda. 1964—65 y.larda işga tuşirilgan B u x o r o — To ş k ye n t — B i ş k ye k — Olma-ota gaz yöli Özbekistondagi, şuningdek qöşni mamlakatlardagi iste'molçilarga gaz yetkazib berişga xizmat qiladi. 1997 y. Qorovulbozorda qurib işga tuşirilgan neftni qayta işlaş z-di respublikaning neft mahsulotlariga bölgan ehtiyojini qondirişga xizmat qilmoqsa (q. Buxoro neftni qayta işlaş zavodi).
Sanoati. B. v.da oziq-ovqat sanoati bir neça ön yillardan buyon mavjud. Buxoro göşt k-ti, sutni qayta işlaş k-ti, non z-di, Buxoro, Kogon, Qoraköl un k-tlari, «Buxoroyog» oçiq turdagi aksiyadorlik jamiyati, Buxoro, Ğijduvon mevasabzavot konserva z-dlari, Buxoro vino zavodi, Buxoro va Ğijduvon pivo va yaxna içimliklar i. ç. korxonalari işlab turibdi. Özbekiston mustaqillikka erişgandan söng, oziq-ovqat sanoatida taşkiliy va iqtisodiy islohotlar amalga oşirildi. Korxonalar ilğor texnologiya b-n jihozlandi. Yangi qadoqlaş liniyalari, Buxoro, Ğijduvon, Qoraköl, Vobkent ş.larida Germaniya texnologiyasiga asoslangan non sexlari işga tuşirildi. «Buxoroteks» aksiyadorlik jamiyatining filiallari Ğijduvon, Vobkent, Qoraköl va Olotda işlab turibdi. Buxoro pillakaşlik fkasi va uning filiallarida pilla qayta işlanmoqda. Buxoro trikotaj kiyimlar fkasida erkaklar, ayollar va bolalarning ustki va içki kiyimlari işlab çiqariladi. Buxoro tikuvçilik fkasi, Buxoro va Ğijduvon poyabzal fkasi, Şofirkonda Turkiya b-n hamkorlikda qurilgan «Vardanzi» tikuvçilik qöşma korxonasi, «Qoraköl» aksiyadorlik jamiyati qoşida Gretsiya b-n hamkorlikda «Omega—Sitora» qöşma korxonasi işga tuşirildi. Mahalliy sanoat korxonalaridan Buxoro «Zardöz» aksiyadorlik jamiyati, Ğijduvon kulolçilik sexi, Ğijduvon va Şofirkondagi gilam töqiş fkalari, Kogon paxta titiş fkasi, Romitan töqimaçilik fkasi, tikuvçilik, badiiy kaştaçilik, misgarlik, zargarlik, kosibçilik va 20 dan ortiq ğişt z-dlari işlab turibdi. Paxta tayyorlaş punktlari, quritiş, tozalaş sexlari, paxta tozalaş z-dlari bor. Paxta tolasi yangi uskuna va texnologiyalar asosida jahon andozalariga muvofiq işlab çiqarilmoqda.
Buxoro uysozlik k-ti, Kogon ohak z-di, Quyimozor va Kogon yiğma temirbeton buyumlari z-dlari, Italiya b-n hamkorlikda qurilgan koşinlar işlab çiqariladigan «Minokor» z-di, Buxoro temirbeton z-di bor. Gazavtomatika i. ç. birlaşmasida quriliş materiallari işlab çiqariladi.
Qişloq xöjaligi. B. v. iktisodiyotining asosini q. x. (paxtaçilik, ğallaçilik, mevaçilik, polizçilik, sabzavotçilik, boğdorçilik, çorvaçilik) taşkil etadi. Viloyat dehqonçiligida suğoriladigan yerlar (tomorqa yerlar b-n birga) 273,7 ming ga, partov yerlar 14,2 ming ga, çöl yaylovlari 2764,6 ming ga. Paxta 129 ming ga, makkajöxori 857 ga, donli ekinlar 81,2 ming ga, şoli 200 ga, pomidor.2741 ga, sabzavotpoliz ekinlari 9,3 ming ga, lavlagi 116 ga, kartoşka 2967 ga, yemxaşak ekinlari 15,9 ming ga, şu jumladan beda 7,1 ming ga. Boğlar 18,2 ming ga, tutzorlar 5,9 ming ga. B. v. da 236 şirkat uyuşmasi va jamoa xöjaligi, 4162 fermer xöjaligi, 41 xöjaliklararo korxona, 5 parrandaçilik fkasi mavjud (2001), Çorvaçilik B. v.ning rivojlangan tarmoği bölib, qoramolçilik, qöyçilik, eçkiçilik, yilqiçilik, tuyaçilik va parrandaçilik rivojlangan. Ayniqsa, Buxoro qoraköllari maşhur.
B. v.ning barça tizimdagi xöjaliklarida 428 ming qoramol, şundan 184,7 ming sigir, 750 ming qöy, 64 ming eçki, 3 ming yilqi, 2,8 ming ■ tuya, 771 ming parranda mavjud (2001). Viloyatda ipak qurti ham boqiladi. 10 ta örmonçilik xöjaligi bölib, asosiy ösimliklari saksovul, çerkez, qandim. Qoraköl örmon xöjaligida esa dorivor ösimliklar ham yetiştiriladi.
Transporti. B.v.dan magistral t.y. ötgan. Eng katta t. y. stansiyasi — Kogon. Viloyat ahamiyatidagi avtomobil yöllarining umumiy uz. 9820 km, şu jumladan qattiq qoplamali yöllar 4655 km (2000). Asosiy avtomobil yöllari: Buxoro—Toşkent, Buxoro— Urganç— Nukus, Buxoro—Turkmanobod (Çorjöy) va Buxoro—Termiz yönalişlari. Aeroport bor.
Madaniymaorif, soğlnqni saqlaş va sport. 2000/01 öquv yilida viloyatda 528 umumiy ta'lim maktabi bölib, 325,2 ming öquvçi, 25 gimnaziyada 5700 öquvçi ta'lim oldi. 19982001 y.larda 14 kasbhunar kolleji va 5 akademik litsey qurib topşirildi. 14 kasbhunar kollejida 2400 öquvçi öqiydi. 2001— 2003 y.larda viloyatdagi mavjud 10 texnikum va 24 hunartexnika bilim yurtlari kasbhunar kollejlari va akademik litseylarga aylantiriladi (ÖzR Vazirlar Mahkamasining 2001 y. 12 iyun qarori). Viloyatda 3 oliy öquv yurti bor: Buxoro universiteti, Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyam instituti, Buxoro tibbiyot instituti. Ularda 9800 talaba ta'lim oladi (2001). Buxoro ş.da Özbekiston paxtaçilik i.t. in-tining Buxoro filiali (1928—94 y.larda Buxoro paxtaçilik tajriba st-yasi) faoliyat körsatmoqda.
Viloyatda Buxoro davlat me'moriybadiiy muzeyqöriqxonasi (uning 6 filiali bor), 450 ommaviy kutubxona, 148 klub, 210 madaniyat uyi, 7 madaniyat va istirohat boği, 15 badiiy havaskorlik jamoalari bor. Buxoro ş.dagi Abu Ali ibn Sino nomidagi viloyat kutubxonasi (1921) respublikadagi nufuzli kutubxonalardan sanalib, unda noyob qölyozmalar mavjud.
B.v.da 2 ta teatr bor. Sadriddin Ayniy nomidagi musiqali drama va komediya teatri tönğiç uzbek professional teatrlardan biri. 1921 y. xavaskorlar guruhi asosida taşkil qilingan (q. Buxoro teatri). Buxoro viloyat qöğirçoq teatri 1982 y. taşkil qilingan (q. Buxoro viloyat qöğirçoq teatri).
B.v.dan Olim Xöjayev, Hikmat Latipov, Sa'dixon Tabibullayev, Lutfulla Nazrullayev, Nazokat Ne'matova, Aminjon Akobirov, Razzoq Xamroyev kabi yirik san'atkorlar; Domla Halim Ibodov, Ota Jalol Nosirov, Ota Ğiyos Abduğaniyev, Levina Hofiz, Sattor Yaraşev, Ölmas Rasulov, Muxtor Aşrafiy, Mutal Burhonov, Mustafo Bafoyev singari xalq hofizlari va kompozitorlari. Maryam Yotsubova, Teşa Möminov, Baxtiyor Ixtiyorov, Ahmadjon Şukurov singari xalq artistlari yetişib çiqqan.
Soğliqni saqlaş. Viloyatda 6700 örinli kasalxonada 4343 vraç va 16100 örta tibbiy xodim işlab turibdi. 22 ayollar konsultatsiyasi, 281 qişloq vraçlik punkti, 68 feldşerakuşerlik punkti, 28 qişloq uçastka kasalxonasi bor. 17 poliklinikada jarrohlik markazlari, 9 ambulatoriyada ixtisoslaştirilgan davolaş markazlari taşkil etilgan. Viloyatda 3 sanatoriy, jumladan Sitorai Moxi Xosa sanatoriysi mavjud. Buxoro ş.dan 25 km narida Tödaköl dam oliş maskani joylaşgan. 2001 y.gaça öz kasbi böyiça xususiy iş faoliyati yuritiş uçun viloyatda 150 mutaxassisga litsenziya berildi.
Sport. B.v.sportçilarisportning köplab turlari böyiça turli darajadagi musobaqalarda iştirok etmoqda (kuraş, çim ustida xokkey, voleybol, futbol, tennis, boks va b.). B.v.da şakllangan va öz tarixiy ildiziga ega buxoroça kuraş bugungi kunda özbekça kuraş sifatida jahon sport olamida öziga xos örin e gall ad i. Buxorodan sambo böyiça jahon va Yevropa çempioni Sobir Qurbonov, 2 marta jahon çempioni Şuhrat Xöjayev, jahon çempionlari Şuhrat Oçilov, Botir Turdiyev, Ra uf Boltayev, Botir Xujayev, kuraş böyiça 1-jahon çempionlari Akobir Qurbonov, Kamol My rodov, 1Osiyo çempioni Farhod Turayev, Şuhrat Sa'diyev (yunonrum kuraşi), Narimon Otayev (boks) kabi maşhur sportçilar yetişib çiqqan. «Sitora» ayollar jamoasi çim ustida xokkey böyiça Osiyo çempionlari kubogi sohibidir (2000). Özbekiston mustaqillikka erişgaç, sport turlari Buxoro ş. va viloyatda ommalaşdi. Zamonaviy sport inşootlaridan «Buxoro» futbol klubining 25000 tomoşabinga möljallangan «Buxoro» stadioni, «Semurğ» suv havzasi, «Olimpiya» sport majmui, turli darajadagi xalqaro musobaqalar ötkaziladigan «Xumo» tennis korti mavjud. B.v.da 44 bolalar va ösmirlar sport maktabida 27 mingdan ziyod öquvçi ta'lim oladi (2001).
Adabiyoti. Buxoro qadimdan şoir va ulamolar töplangan eng yirik şaharlardan biridir. Unga «Qubbat ulislom», «Buxoroyi tarif» unvonlari berilgan. Buxoroda «malik ulkalom» Abu Abdulloh Ja'far Rudakiy yaşab, ijod qildi. Narşaxiyştt «Buxoro tarixi» asarida gözal şe'riy parçalar mavjud. Bal'amiy Tabariyning «Ta'rix...» asarini Buxoroda fors tilida qaytadan yozgan. Ibn Sino buyuk qomusiy olim böliş b-n birga arab va forstojik tillarida şs'riy asarlar yozgan. Buxorolik Daqiqiy Abu Mansur Muhammad Firdavsiyning ustozi bölib, «Şohnoma» dostonini dastlab u yoza boşlagan. Abu Mansur Saolibiy «Yatimat ud-dahr» tazkirasida 10-a. da poytaxt Buxoroda yaşab arab tilida ijod qilgan 25 şoir haqida qimmatli ma'lumotlar keltiradi. Uning yozişiça, «Buxoro Somoniylar hukmronligi davrida şonşuhrat makoni, saltanat ka'basi va zamonasining ilğor kişilari jamlangan, yer yuzi adiblarining yulduzlari porlagan va öz davrining fozil kişilari yiğilgan joy edi». Avfiy Buxoriy adib, tarjimon va tazkiranavis olim edi. U Turon adabiyotida tazkiranavislik janriga asos solgan. Şarofiddin Buxoriy (13— 14-a.lar) maşhur «Çor kitob»ni tuzgan şofirkonlik uluğ mutasavvuf şoirdir.
Temuriylar sulolasi davrida Buxoroda Nosir Buxoriy, Ismat Buxoriy (1365—1426), Burunduq Buxoriy, Tohir Buxoriy, Xayoliy Buxoriy, Sayfiy Buxoriy (15-a.) kabi şoirlar yaşab, devon tuzişgan. Ismat Buxoriy uzbek, fors va arab tillarida şe'r yoziş an'anasini Buxoroda boşlab berdi. «Ibrohim Adham» dostonini özbekçada bitdi. U temuriy şahzoda Xalil Sultonning murabbiysi edi. Muhammad Solih Muhammad Şayboniyxonta bağişlangan özbekça «Şayboniynoma» dostonini yezdi. Şayboniylar sulolasining vakillari bölgan Buxoro xonlari Muhammad Şayboniyxon «Şayboniy», Ubaydullaxon ibn Mahmud Sulton «Ubaydiy», Abdul laxon II «Xon» ta xalluslari b-n şe'r va dostonlar yozişdi, devon tuzişdi. Xususan, Ubaydullaxonning ijodi sermahsul bölib, u uzbek, fors, arab tillarida lirik ğazallar, masnaviy yölida söfiyona mazmun b-n suğorilgan risolalar yozgan.
Hasanxöja Nisoriy «Muzakkiri ahbob» tazkirasida 16-a.da faqat Buxoroning özida yaşab, ijod qilgan 110 nafar şoir va tarixçilarning nomlarini keltiradi. Ular orasida Mavlono Abdurahmon Muşfiqiy, Mavlono Majlisiy, Fazlulloh ibn Rözbehon Isfahoniy («Mehmonnomayi Buxoro» tarixiy asari va özbekça şe'rlari bor), Mavlono Naxliy (1549—1636; u Hofiz Taniş Buxoriy bölib, «Abdullanoma» — «Şarafnomai şohiy» tarixiy asarining muallifidir), Mavlono Xoja Muhammad Sadr (Afzaliy), Mavlono Foniy, Mavlono Qabuliy Buxoriy, Devona Husomiy (Husomiy Qoraköliy; 1442—1505), Sayd Podşohxöja bin Abdulvahhobxöja (Xoja), Mavlono Kasiriy, Mavlono Afsariy, Sayfiy Aruziy, Saqqo Buxoriy kabi maşhur şoirlar bor.
Turdi Faroğiy, Buxoriy Naxliy, Şavkat Buxoriy (17-a.), Mulham Buxoriy, Voras, Saidkamol Fitrat (17— 18-a.lar), Imlo Buxoriy, Abdullatif Kirom Buxoriy (18-a.) aştarxoniylar davridagi eng taniqli şoirlar edi. B.v.da maşhur şoir Sayido Nasafiy (17-a.) yaşab ijod qildi. Yirik faylasuf olim Muhammad Şarif Buxoriy (vafoti 1697) «Favoidi Hoqoniyya» (1643), Muhammad Yusuf Munşiy «Tarixi Muqimxoniy», Mir Muhammad Amir Buxoriy «Ubaydullanoma», Muhammad Amin ibn Muhammad Zamon Buxoriy «Muhit attavorix» tarixiy asarlarini yozişdi. Mir Muhammad Amin Buxoriy Subxonqulixon (hukmronligi 1681 — 1702) va Ubaydullaxon II ibn Subxonqulixon (hukmronligi 1702— 1711) saroyida boş munşiylik lavozimida xizmat qildi. Buxoro xoni Subxonqulixon «Nişoniy» taxallusi b-n şe'rlar yezdi. Muhammad Vafoyi Karminagiy (1685—1769) «Tuhfat ulXoniy» («Xon tuhfasi») kitobining muallifidir. Şoir, tarixçi va munajjim Abdurahmon Tole' (18-a.) «Tarixi Abulfayzxon» asarini yaratdi. Muhammad Şarif Buxoro amirligi tarixiga oid «Toj uttavorix» (1800) asarini yezdi.
Buxoroda manğitlar sulolasi davrida Mirzo Sodiq Munşiy, Mirzo Ato, Muhammad Nişotiy, Mujrim Obid, Söfixöja Söfiy, Bebok, Vozeh, Savdo (1824—73), Muztarib, Iso Maxdum Buxoriy (1827—88), Muhammad Siddiq Hayrat (1876—1902), Abdurahmon Tamkin (1851—1915), Mirzo Hayit Sahbo, Ahmad Doniş, Ya'qub ibn Doniyol Buxoriy (17711831), Mulla Ibodulla va Mulla Muhammad Şarif (18— 19-a.lar), Muhammad Olim Buxoriy (19-a.), Mirzo Abdulazim Somiy Böstoniy kabi şoir va tarixçilar ijod qilişgan. Sadr Ziyo — Şarifjon Maxdum (1867—1932), Mirzo Sirojiddin Hakim (18771912), Mulla Ikrom (Ikromça domla) ham ularning munosib izdoşlari edi. Buxorolik Afzali Pirmastiy (vafoti 1915) «Afzal uttazkor» (1904) tazkirasida 19-a. oxiri — 20-a. boşida Buxoroda yaşab ötgan 135 ijodkor haqida ma'lumot beradi.
Jadid adabiyotining tamal toşini qöyganlar safida buxorolik Abdurauf Fitrat va Sadriddin Ayniy bor. Abdulvohid Burhonov «Munzim» taxallusi b-n şe'rlar yozgan.
20-a.da Buxoroda öziga xos adabiy muhit şakllandi. Sulton Jöra (1910— 43), Muhammadjon Rahimiy (1901—67), Jalol Ikromiy, Toşpölat Hamid (1927—84), Sa'dulla Karomatov, Nemat Aminov, Jamol Kamol, Omon Muxtor, Oydin Hojiyeva, Toşpölat Ahmad kabi şoir va adiblar şörolar rejimi davrida xam badiiy jihatdan pişiqasarlaryaratşddi. Bugungi özbek adabiyotining taraqqiyotida Gulçehra Jörayeva, Usmon Qöçqor, Sadriddin Salimov, Tilak Jöra, Nortöxta Qiliç, Safar Barnoyev, Yusuf Jumayev, Halima Ahmedova, Ahad Hasan, Vafo Fayzullo, Sulaymon Rahmon, Çorşa'm Rözi kabi şoir va yozuvçilarning öziga xos hissasi bor. Mustaqillik davrida buxorolik ijodkorlar öz salaflarining an'analariga sodiq qolgan holda özbek, tojik, rus tillarida samarali ijod qilişmoqda.
B.v.da Özbekiston ijodiy uyuşmalari (yozuvçilar, rassomlar, me'morlar, jurnalistlar va b.) ning viloyat şö'balari faoliyat körsatmoqda.
Matbuoti, radnoeşittnrnşn va televvşeniyesi. B.v.da 2 viloyat gaz. («Buxoronoma», «Buxarskiy vestnik»), 11 tuman gaz., 2 şahar gaz. çiqadi. Viloyatda, şuningdek 9 tarmoq gaz. naşr etiladi.
B.v.da dastlabki radio eşittirişlari 1922 y.dan boşlagan. Öşa davrdan radio ijtimoiysiyosiy hayotga doyr mazmunli eşittirişlari b-n e'tibor qozonmoqda. B.v. radiosi oyiga 30 soatlik hajmda eşittirişlar beradi (2001).
1924 y.da Turkistondagi dastlabki kino taşkiloti Buxoroda tuzildi (q. «Buxkino»). 1993 ylan B.v. televideniyesi faoliyat körsatmoqda. Studiya uçun maxsus bino kurilgan. Bir oylik körsatuvlar vaqgi 30 soatdan ortadi. Buxoroda «Istiklol» xususiy televideniyesi taşkil ztilgan (1995). B.v. Ğijduvon şla «Ark» xususiy televideniyesi ham bor.
Me'moriy yodgorliklari. B.v. kddimiy davr, ilk va örta asrlarda qurilgan me'moriy yodgorliklarga juda boy. Hoz. vaqtda Buxoro davlat me'moriybadiiy muzeyqörikxonasi hisobida 997 tarixiy yodgorliklar mavjud. Turondagi eng qad. yodgorliklardan biri sanalgan Buxoro hukmdorlarining qarorgohi — Buxoro arki (mil. av. 1-a.) bugungi kungaça saqlangan.
Şahar yonidagi Fathobodda Sayfiddin Boharziy makbarasi (13- a.), Bayonkulixon makbarasi (14-a.), Buxoro tumanidagi Sumiton qişloğida Çorbakr ansambli (16-a.), Hazrat bobo masjidi (18-a.), amirning yozgi qarorgohi — Sitorai Mohi Xosa saroyi (19—20-a.lar), Vobkent tumanida Vobkent minorasi (12-a.), Çaşmai Ayyub hazirasi (1208), Xoja Mahmud Anjir Fağnaviy maqbarasi (13-a.), Abdurahmon Vali maqbarasi (14-a.), Vobkent hammomi (16—17-a.lar), Toşmasjid (16—17-a.lar), Söfidehqon xonaqosi (17—18-a.lar), Jondor tumanida Varaxşa ş. xarobalari (7-a.), Mahmud Torobiy dahmasi (13- a.), Qizbibi majmuasi (15-a.), Kogon tumanidagi Qasri Orifonda Hazrat Bahouddin majmuasi, Abdulazizxon honaqosi va Dahmai Şohon (14—16-a. lar), Hazrat Mir Kulol maqbarasi (14- a.), Kogon ş.da Temiryölçilar (sobiq Amir) saroyi (19—20-a.lar), Peşku tumanida Xöjam Bandi Kuşod va Xöjam Sayd Pölat maqbaralari (18—19-a.lar), Romitan tumanida Xoja Ali Rometaniy — Xojai Azizon va Xoja Muhammad Boboyi Samosiy maqbaralari (14-a.), Mulla Mir Hakim xonaqosi, Şofirkon tumanida Vardonze ş. yodgorligi (6— 7-a.lar), Hazor Hyp daxmasi (8-a.), Xoja Orif Revgariy — Mohitobon maqbarasi (13-a.), Qorovulbozor tumanida Bözaçi va Qorovulbozor sardobalari (17-a.), Qoraköl tumanida Poykend ş. xarobalari (8-a.). Şoburxon ota maqbarasi va masjidi, Ğijduvon tumanida Hazrat Abduxoliq Ğijduvoniy — Xojai Jahon (12-a.) masjidi va maqbarasi, Uluğbek madrasasi (15-a.), Toşmasjid va Dehqonbobo xonaqosi (15—16-a.lar), Xoja Soktare masjidi (17-a.), Çorsu masjidi (18— 19-a.lar) kabi noyob me'moriy obidalar saqlangan. Şuningdek, Buxoro vohasida Raboti Malik karvonsaroyi va Malik sardobasi (11-a.), Karmana ş.ida Mirsaid Bahrom maqbarasi (10—11-a.lar), Qosim şayx xonaqosi (16-a.) mavjud.
Bu tarixiy yodgorliklarda Şarq me'morlik an'analari özaro uyğunlaşib ketgan. Özbek xalqi tomonidan ikki ming yil mobaynida bunyod qilingan bu obidalar ajdodlarimizning boy iste'dodi va badiiy mahoratidan, katta yaratuvçilik kudratidan dalolat beradi.
Ad.: Buxoro Şarq durdonasi (uzbek, fransuz, ingliz, rus tillarida), T., 1997; Insoniyatning ilmiy va madaniy merosi — uçinçi ming yillikka (1997 y. 18—20 okt. Buxoro—Xiva), T., 1997; Moziydan taralgan ziyo. Imom alBuxoriy (uzbek, arab, rus tillarida), T., 1998; Buxoriylar böstoni, T., 1998; Muhammad Yusuf Munşiy, Mukimxanskaya istoriya, T., 1956; Çexoviç O.D., Buxarskiye dokumenti XIV vv., T., 1965; Abu Mansur asSaolibiy, Yatimat addahr, T., 1976; Maxmud ibn Vali, More tayn, T., 1977; Hasanxoja Nisoriy, Muzakkiri ahbob, T., 1993; Buxoro: tarix sahifalari, Buxoro, 1998; Özbekistonning yangi tarixi, 2kitob. Özbekiston sovet mustamlakaçiligi davrida, T., 2000; Özbekiston tarixi: davlat va jamiyat taraqqiyoti, 1qism, T., 2000.
Isroil Nazarov, Qahramon Rajabov.