Tabiati. T. tabiati nihoyatda rangbarang va jozibador. Relyefining aksari toğ va yassitoğlik; şim. va jan. sohillarga parallel ravişda yastangan toğ tizmalari orasida keng va oçiq tekislik, qir, köl, plato va daryolar mavjud. Şim.da Qora dengiz sohiliga yondoş ravişda Şim. Anadolu yassitoğlari, jan.da Toros toğlari, Marmar dengizi tomonda Somonli, Ulutoğ, Istranja va Tekirtoğlar, Egey dengizi tomonda Qozaq, Yunt va Oydin toğlari, Örta Anadoluda Qiziltoğ, Raman va Söf toğlari, Şarqiy Anadoluda Ağri toğlari (bu toğda T.ning eng baland nuqtasi bölgan Buyuk Ağri çöqqisi — 5137 m) qad kötargan. T. hududi seysmik jihatdan faol zonada joylaşgan. T. yer ostida xromit, borat, boksit, volfram, simob, surma, mis, toşkömir, neft, marganets, temir va b. bor. Iqlimi subtropik, ğarbiy va jan. sohillari iliq, yoğin köp, içki mintaqada yoz issiq va quruq, qiş sovuq, qor köp yoğadi. Yanv. ning örtaça trasi pasttekisliklarda 5—10° dan içki yassitoğliklarda —15° gaça, şarqdagi toğliklarda —35° gaça sovuq böladi. Iyulning örtaça trasi dengiz sohillarida 22—32°, Jazira platosida 30° (gohr 40° dan ziyod). Yillik yoğin örtaça 1000—3000 mm. Yirik köllari: Van, Tuz, Beyşehir, Eyirdir. Daryolari: Qizil Irmoq, Furot, Saqarya, Araks, Dajla, Yaşil Irmoq, Jeyxan. Tuproği içki yassitoğliklardagi çöllarda asosan böz va oç qönğir tuproqdan, quruq daştlarda kaştan, sohillarda jigar rang tuproq, botiqlar tubi esa şörxok tuproqdan iborat. Tavr va Şarqiy Pontiya toğlarida doim yaşil va igna bargli örmonlar, toğlarning baland qismida all ötloqlari mavjud. Jazira platosi şuvoqboşoqli ötlar ösadigan çala çöldan iborat. Toğlarda yovvoyi qöyeçkilar, tönğiz, böri, çiyaböri, ayiq va b.lar yaşaydi. Sohilga yaqin suvlarda turlituman baliq köp. T.da 12 milliy boğ bor. Yiriklari: OlimposBeydaglari, MunzurVodiysi, KyopryulyuKanon.
Aholisining 90% — turklar. Kurd, arab, uzbek, adigey, ubix, çeçen, osetin, lezgin, grek, arman, laz, gruzin, ozarbayjon, turkman, bolgar, albanlar ham yaşaydi. Aholisining asosiy qismi islom dinining sunniy mazhabiga e'tiqod qiladi. Rasmiy til — turk tili. Şahar Aholisi 69%. Yirik şaharlari: Istanbul, Anqara, Izmir, Köniya, Bursa, Ğoziantep, Diyorbakir, Antaliya, Adana, Edirna.
Tarixi. Hozirgi T. hududida juda kadim zamonlardan boşlab yuksak madaniyatga ega bölgan davlatlar bölgan. Anadolu Xett podşoligi, Lidiya, Midiya, Axomaniylar davlati, makedoniyalik Aleksandr imperiyasi, Salavkiylar davlati, Pont podşoligi, Pergam, Qad. Rim, Vizantiya tarkibida bölgan. Turkiy elatlar bu hududga 11-a.dan köçib kela boşlagan. Öğuzturkman qabilalarining yölboşçilari bölgan Töğrulbek va Çağribek boşçiligida Saljuqiylar davlatita asos solingaç, islom dini tarqala boşlagan. Sulton Alp Arslon 1071 y.da Malazgirt jangida Vizantiya imperatori Roman IV Diogen armiyasini tormor etganidan söng, Saljuqiylar davlati nihoyatda kengaydi. Sulton Malikşoh zamonida (1072—92) saltanat gullabyaşnadi. Bu hukmdorning ölimidan keyin saltanat parçalanib, Suriya saljuqiylari, Iroq va Xuroson saljuqiylari, Kirmon saljuqiylari va Anadolu saljuqiylari kabi kiçikroq davlatlar paydo böldi. Ularning orasida Anadolu saljuqiylari davlati katta rol öynadi. 1243 y.gi Kösatoğ jangi oqibatida möğullar bu davlatga barham berib, ölkani istilo qildilar. 13-a. ning oxirlariga kelib, möğullar zaiflaşgaç, bir qança mustaqil beyliklar (bekliklar) taşkil topdi va mamlakat taraqqiyotga yuz tutdi. 14-a.ning boşlarida Usmon I boşçiligidagi Usmon beyligi köpgina beyliklarni birlaştirib, poytaxti Bursa bölgan markazlaşgan kuçli davlatni — Usmonli turk imperiyasini barpo etişga muvaffaq böldi. Usmoniylar tez orada Yevropaga ötib, Vizantiya imperiyasi hududini egallay boşlaşdi. Anqara jangitsatp mağlubiyatdan söng özini önglab olgan usmonli turklar Sulton Mehmed II Fotih boşçiligida Konstantinopol (hoz. Istanbul) ni egallab (1453 y. 29 may), Vizantiya imperiyasini tugatişdi. Sulton Salim I Ya vuz va Sulaymon I Qonuniy davrida saltanat hududlari yana ham kengaydi Birok, 17-a.dan imperiyaning harbiy va iqtisodiy qudrati astasekin zaiflaşa boşladi. Asr oxirlariga kelib, Yevropa mamlakatlari T.ga qarşi birgalikda uruş harakatlarini boşladilar. 1683 y.da Vena ş. yaqinidagi jangda turk qöşini Polşa, Avstriya va german qöşinlaridan yengildi. 1684 y.da T.ga qarşi Avstriya, Polşa, Venetsiya (1686 y.dan Rossiya) «Muqaddas ittifoq» tuzdilar. Ittifoqçilar T.ga bir neça bor qattiq zarba berdilar. Biroq T. 1711 y.da Prut jangida Pyotr I boşçiligidagi rus qöşinini tormor qildi. Qurşovdagi Pyotr I va'dalar evaziga qutulişga muvaffaq böldi. Asr oxirida imperiya şarqda Ozarbayjon, Doğiston, Jibal, hatto Gilondagi mavqeini yöqotdi, ğarbda Dunay jan. ga çekinişga, şim.da Astraxonga qadar bölgan yerlarni Rossiyaga topşirişga majbur böldi va jahon siyosatidagi mavqeini yöqota boşladi. 18-a. da yanada köproq talofotlar berildi.
1768—74 y.lardagi RossiyaT. uruşidan keyin T. Qora dengiz va Bolqon ya.o.dagi mavqeini boy berdi. 1774 y.gi KuçukQaynarja sulh şartnomasiga muvofiq Qrim xonligi T.dan ajratib olinib, mustaqil deb e'lon kilindi. Biroq 1783 y. Rossiya Qrimni bosib oldi. 1787—91 y.lardagi uruşda T. yana Rossiyadan yengildi, natijada Rossiya çegarasi Dnestr daryosigaça kengaydi. T. Moldova va Valaxiyaning Rossiya homiyligiga ötganligini tan olişga majbur böldi.
Sultan Salim III (17891807 y.larda imperiyani boşqargan) davlat taşkilotlarini zamonaviylaştiriş, eng avvalo, harbiy islohotlar ötkaziş harakatini boşladi. Yangi Nizom («Nizomi jadid») deb nomlangan bu islohotlar natijasida boşqaruv, moliya, savdo, qişloq xöjaligi., ilmfan va b. sohalarda yangiliklar joriy etişga kirişildi. Biroq islohotlarga jaholatparast ulamolar, armiyadagi nufuzini yöqotişdan qörqqan yaniçarlar va b. qarşilik körsatib, 1807 y. 15 mayda kötarilgan isyon natijasida Sulton Salim III ni taxtdan ağdarib taşladilar. Taxtga çiqqan Mustafo IV ning faoliyati «Nizomi jadid» tufayli qölga kiritilgan yutuqlarni yöq qilişga qaratildi. Biroq islohotçilar öz tarafdorini köpaytirişga muvaffaq böldilar va 1808 y. 28 iyulda Sulton Mahmud II ni taxtga ötqazdilar. Mahmud II yaniçarlarni yöq qildi va armiyani qayta taşkil etdi, boşqaruv, moliya, huquq va b. sohalarda ijobiy özgarişlarni amalga oşirdi. Biroq uning islohotlari Usmoniylar imperiyasi inqirozini töxtata olmadi. Gretsiya va Serbiyada qözğolonlar kötarildi. Bu orada RossiyaT. örtasida 1806— 12 y.larda bölib ötgan uruş oqibatida Rossiya sarhadlari Prut daryosigaça kengaydi. 1828—29 y.gi uruşda ham Rossiya ğolib çikdi va T. Gretsiyaga muxtoriyat maqomini berişga majbur böddi. T.ning Yevropa kapitaliga iktisodiy karamligi ortdi. Qaramlikdan qutuliş uçun T. hukmron sinfi 1839 y. yangidan islohot (tanzimat) ötkazib, turk ziyolilarining şakllanişiga imkon yaratdi. 1853—56 y.larda Rossiyaga qarşi olib borilgan Kröm uruşida T. galaba qozondi. Rossiya 1856 y. 30 martda Parij sulh şartnomasini imzolaşga majbur böldi. Uşbu şartnomaga köra, Dunay daryosida kemalar erkin qatnaydigan, Qora dengiz barça mamlakatlar savdo kemalari uçun oçiq, betaraf deb e'lon qilindi, «Usmoniylar imperiyasining butunligi va daxlsizligi» tan olindi.
Bu davrda T.da Yevropa madaniyati, iqtisodiyotiga qiziqiş kuçaydi, banklar oçildi, sanoat rivojlana boşladi. Taraqqiyparvar ziyoli, jurnalist, yozuvçi, ma'mur va b. yetişib çikdi. Sulton Abdulaziz saltanati davri (1861—76) da Tanzimat harakati qiyinçilik bilan bölsada, davom ettirildi. Bu davrda Usmoniylar davlati bironbir xalqaro uruşda katnaşmadi. Biroq imperiyaning Bolqon ya.o.dagi qududlarida isyonlar yuz berdi. Mamlakatning ijtimoiyiqtisodiy ahvolini yaxşilaş, konstitutsiyaviy tuzum örnatiş ğoyasi tarafdori bölgan Yoş usmoniylar harakati kengaydi. Bu davrga kelib kitob, jurnali va gaz.lar çop etila boşlandi. Sulton Abdulhamid II (1876—1908 y.larda boşkargan) taxtga çiqqan yili ilk Asosiy Qonun e'lon qilindi (1876 y. 23 dek.). Sulton hukumatni tanqid ostiga olgan parlamentni 1879 y. fev. da tarqatib yubordi, yoş usmoniylarning köpçiligini ta'qib ostiga oldi. 1877—78 y.lardagi RossiyaT. uruşida T.ning yengilişi bilan Bolqon ya.o.da T. hukmronligi tugatildi. 1881 y. Fransiya Tunisni, 1882 y.da Buyuk Britaniya Misrni bosib oldi. Mamlakatda yoş turklar harakati tobora kuçaydi, ular tomonidan tuzilgan yaşirin «Ittihod va taraqqiy» taşkilotining kuçli ta'siri ostida Sulton 1908 y. 23 iyulda yana konstitutsiyaviy tuzum örnatişini e'lon qilişga majbur böldi. 1914 y.dan butun hokimiyat yoş turklarning yölboşçilari bölgan Mehmet Tal'at poşo (1874— 1921), Ahmad Jamol poşo (1872— 1922) va x.arbiy nozir Anvar poşo (1881 — 1922) qöliga ötdi. 1jahon uruşida Usmoniylar davlati Germaniya tomonida turib uruşdi. 1918 y. 30 okt.da T. Antanta davlatlariga taslim böldi. Antanta davlatlari T.ni işğol qildilar. Turk xalqi orasida milliy ozodlik harakati boşlandi. T.da Ozodlik uruşi (Kurtuliş savaşi) deb atalgan bu umummilliy harakatga Mustafo Kamol poşo (Otaturk) boşçilik qildi. Ozodlik uruşi avj oldi. 1921 y.gi Inönö va Saqariya janglari natijasida Gretsiya qöşinlari ustidan ğalaba qozonildi. 1922 y. 9 sent.da Izmir ozod qilindi. 1922 y. 1 noyab.da T. Buyuk Millat Majlisi (TBMM) sultonlikni bekor qiliş va xalifalikni saltanatdan ajratiş töğrisida qonun qabul qildi. Lozanna sulh şartnomasi (1923 y. 24 iyul) ga muvofiq, T.ning çegaralari belgilandi, T.ning siyosiy, iqtisodiy mustaqilligi e'tirof etildi. 1923 y. 29 okt.da T. respublika deb e'lon etiddi. 1924 y. 3 martda esa xalifalik bekor qilindi. 1924—34 y.larda davlat qurilişi, huquqiy munosabatlar, madaniyat va turmuşga oid qator islohotlar ötkazildi, jumladan, Konstitutsiya qabul qilindi, arab alifbosidan lotin alifbosiga ötildi. Eng avvalo, davlat va din bir-biridan ajratiddi, maktab va ta'limtarbiya işlari davlat ixtiyoriga olindi, şariat sudlari bekor qilinib, yangi sud tizimi şakllantirildi, qonunlar yangidan işlab çiqildi, ayollarga saylov huquqi berildi. Iktisodiyot sohasida ham özgartirişlar amalga oşirildi.
2-jahon uruşi (1939—45) davrida T. Fransiya va Angliya bilan şartnoma tuzib, iqtisodiy yordam olişga muvaffaq böldi. U Sovet Ittifoqining T.ga qarşi hujum qiliş xavfini oldini olib, 1941 y. 25 martda SSSR bilan şartnoma imzoladi. Germaniya bilan ham u Sovet Ittifoqiga hujum qilişidan bir neça kun oldin xuddi şunday şartnoma tuzildi. 1945 y. fevralda T. AQŞ, Angliya va SSSRga qöşilib, Germaniya va Yaponiyaga qarşi uruş e'lon qildi. 1945 y. 5 martda T. SanFransisko konferensiyasiga taklif etildi va BMT ni barpo etgan a'zolar qatoridan joy oldi.
T. 1952 y. NATO ga a'zo böldi. Bu davrda T. Koreya uruşida iştirok etdi. 1954 y.dan keyin iqtisodiy ahvol oğirlaşib, inflyatsiya kuçaydi, talabalar namoyişlari bölib ötdi, tanglik ortdi. Vaziyatdan xavfsiragan harbiylar 1960 y. 27 mayda davlat töntarişi qildi. 1961 y. 9 iyulda demokratik erkinliklarni közda tutgan yangi konstitutsiya qabul qilindi. 1965 y.gi saylov natijasida Sulaymon Demirel hokimiyat tepasiga keldi. 1971 y.dan koalitsion hukumatlar davri boşlandi, hukumatlar ketma-ket almaşinib turdi. Mamlakatda iqtisodiy tanglik, oziq-ovqat, yonilği tanqisligi röy berdi, terror avj oldi. Bu vaziyatda general Kenan Evren boşçiligidagi harbiylar 1980 y. 12 sent.da hokimiyatni egallab, TBMM va hukumatni tarqatib yubordi, qamal holati e'lon qildi, partiya rahbarlarini nazorat ostiga oldi. 1982 y. 7 noyab.dagi referendum natijasida yangi Konstitutsiya qabul qilindi, Kenan Evren prezident böldi. 1983 y. 24 apr.dan siyosiy partiyalar faoliyatiga ruxsat berildi. Öşa davrdan siyosiy faoliyatini boşlagan Turğut Özal Ona vatan partiyasini tuzdi. Bu partiya 1983 y. 24 noyab. dagi saylovda muvaffaqiyat qozonib, hokimiyat tepasiga keldi. Turğut Özal qat'iy islohotlar ötkazib, iqtisodiyotni taraqqiyot yöliga olib çiqdi. Eksport va import erkinlaştirildi, eksportni rağbatlantiruvçi oçiq iqtisodiy siyosat olib borildi. Natijada işlab çiqariş. eksportga yönaltirildi, xususiylaştiriş boşlandi, erkin tijorat mintaqalari barpo qilindi va T. iqtisodiyoti jadal rivojlana boşladi. Turizm misli körilmagan darajada taraqqiy topdi. Turğut Özal 1989 y. 9 noyab.da prezident etib saylandi. 1991 y. Sovet Ittifoqi tugatilgandan söng Kavkaz va Örta Osiyoda taşkil topgan mustaqil davlatlar bilan yaqin va döstona munosabatlar örnatildi. Turğut Özal vafoti (1993)dan söng Sulaymon Demirel prezident etib saylandi. T. ÖzR suverenitetini 1991 y. 16 dek.da tan olgan va 1992 y. 4 martda diplomatiya munosabatlari örnatgan. Milliy bayrami —29 okt. — Respublika kuni (1923).
Asosiy siyosiy partiyalari va kasaba uyuşmalari. Adolat va rivojlaniş partiyasi, 2001 y. tuzilgan; Ona vatan partiyasi, 1983 y. taşkil etilgan; Jumhuriyat xalq partiyasi, 1923 y. asos solingan; Töğri yöl partiyasi, 1983 y. tuzilgan; Milliyotçi harakat partiyasi, 1983 y. kayta taşkil etilgan; Demokratik söl partiya, 1985 y. asos solingan; Demokratik partiya, 1994 y. tuzilgan; Buyuk Birlik partiyasi, 1993 y. asos solingan; Demokratik Turkiya partiyasi, 1997 y. taşkil etilgan. T. Işçi kasaba uyuşmalari konfederatsiyasi («TurkIş»), 1952 y. taşkil etilgan; T. Inqilobiy işçilar kasaba uyuşmalari konfederatsiyasi, 1967 y. «Tur.kIş»dan ba'zi uyuşmalarning ajralişi natijasida tuzilgan; T. Haq işçi kasaba uyuşmalari konfederatsiyasi («HaqIş»), 1976 y. barpo etilgan.
Xöjaligi. T. — industrialagrar mamlakat. 1980 y. iqtisodiyotda tub burilişni közda tutgan keng qamrovli dastur joriy etila boşlandi. Eksportga möljallangan mahsulotlar işlab çiqaruvçi sanoat korxonalari paydo böla boşladi. Amalga oşirilgan islohotlar natijasida markazdan boşqaruv örniga bozor mexanizmiga ötildi. Soliq masalasida bir qança qulayliklar yaratildi, sarmoya jamğarmalari tez sur'atlar bilan köpaydi, çet el sarmoyasi erkin kelişiga qulay imkoniyat yaratiddi. Çet el sarmoyasi va texnologiyasini jalb etişni tezlaştiriş uçun 1985 y.da «Erkin mintaqalar qonuni» kuçga kirdi. Bunday mintaqalar 1987 y.da atigi 2 ta (Mersin va Antaliya) bölgan bölsa, 2002 y.ga kelib ularning soni 21 ga yetdi. Ana şular natijasida yalpi içki mahsulotda sanoatning uluşi 28,7%, qişloq xöjaligi. niki 14,4%, xizmat körsatiş sohasiniki 56,9% böddi.
Sanoati. T. xromit işlab çiqariş. va eksport qilişda dunyoda yetakçi (törtinçi) örinda turadi (40 mln. tonnalik xromit zaxirasi bor). Şuningdek, gaz, neft, toşkömir, temir, marganets, mis va b. rangli metallar qazib olinadi. Sanoat korxonalari asosan mamlakatning ğarbiy va markaziy qismida joylaşgan. Keyingi yillarda mamlakat şarqiy qismini rivojlantiriş uçun çoratadbirlar körildi. T. sanoatida avtomobilsozlik, elektronika, kimyo, töqimaçilik, könçilik mahsulotlari, quriliş materiallari, ösimlik yoği işlab çiqariş. yetakçi örin tutadi. Avtomobil sanoatidagi 15 firma 2001 y. 270685 yengil avtomobil va yuk maşinasi işlab çiqardi. Keyingi davrda T.da elektronika sanoati jadal rivojlandi. Kimyo sanoatida 970 fka faoliyat körsatadi. T. töqimaçilik sanoati mollari eksportida dunyoda 15, tayyor kiyim eksportida esa 7örinda turadi. T.da elektr energiya işlab çiqariş.da an'anaviy ötin, toşkömir, neft, tabiiy gaz, gidro va issiqlik energiyasi singari manbalardan taşqari quyoş va şamol energiyasidan ham foydalaniladi. Yiliga örtaça 125 mlrd. kVtsoat elektr energiya xrsil qilinadi.
Qişloq xöjaligi. T. hududining 16% ni ötloq, 26% ni örmonlar taşkil etadi, 35% da, ya'ni jami hududning 'Ğ3 qismida dehqonçilik qilinadi. T.da ğalla, paxta, tamaki, qand lavlagi, ziğir, kanop va b.lar yetiştiriladi. T. yonğoq (funduk), anjir va örik yetiştirişda dunyoda 1, sabzavot, uzum va tamaki yetiştirişda 4, buğdoy va paxta yetiştirişda esa 7örinda turadi. Beda, kungaboqar, meva ham yetiştiriladi. Sönggi yillarda suğorma dehqonçilikka e'tibor kuçaydi. 2000 y. çorvaçilikda 11 mln. krramol, 28,4 mln. qöyeçki, 250 mln. tovuq bölgan. Baliq ovlanadi.
Transporti. Avtomobil yöllari uz. 63167 km, t.y. uzunligi 10940 km. Mamlakat içkarisida yölovçilarning 95% avtomobil transportida, mamlakat taşqarisiga yölovçilar, asosan, havo yöllari, yuklar esa, asosan, dengiz yöli orqali taşiladi. T. dengiz savdo floti 3157 kemadan iborat bölib, u eksport yuklarning 72%, import yuklarning 95% ni taşiydi. Asosiy portlari: Istanbul, Mersin, Izmir, Trabzon, Iskandarun, Samsun. Ankara, Istanbul, Izmir ş.larida xalqaro aeroportlar bor. Bosfor böğozi ustiga osma köprik qurilgan. T.ning eng muhim neft quvuri tarmoği yiliga 70,9 mln. tonna Iroq neftini Jeyxan dengiz terminaliga yetkazib beradi.
Taşqi savdosi.T. çetga qora va rangli metall rudalari, pölat, gazlama, höl meva, tamaki, çarm buyumlar, kimyoviy mahsulotlar, elektronika va rözğor buyumlar çiqaradi, çetdan neft, maşina va uskuna, sanoat xom aşyosi va tayyor buyumlar oladi. Germaniya, Italiya, AQŞ, Fransiya, Rossiya, Kavkaz va Örta Osiyo mamlakatlari bilan savdo qiladi. T.da turizm rivojlangan. 2002 y. T.ni 13 mln. xorijiy sayyoh ziyorat qildi, turizmdan tuşgan daromad 10 mlrd. AQŞ dollariga yetdi. Pul birligi — turk lirasi.
Tibbiy xizmati. T.da örtaça umr 69 yoşni taşkil etadi. 1989—2002 y.larda kasalxonalardagi örinlar soni 133 mingdan 178315 ga, kasalxonalar soni 1156 taga yetdi. Vraç, hamşira va farmatsevtlar soni yildanyilga köpaymoqda. 1995 y.dan beri ötkazilayotgan islohotlar natijasida oila vraçi modeliga ötiş, T. soğliqni saqlaş xizmatini Yevropa darajasiga olib çiqiş möljallangan.
Maorifi, ilmiy va madaniyma'rifiy muassasalari. T.da bepul majburiy örta ta'lim joriy qilingan. Milliy ta'lim tizimi 3 qism (asosiy ta'lim, yordamçi ta'lim—kurslar va oçiq, ya'ni sirtqi ta'lim)dan iborat. Asosiy ta'lim maktabgaça tarbiya, boşlanğiç, örta va oliy ta'lim muassasalarini öz içiga oladi. Yordamçi ta'lim öquv yurtlaridan taşqarida taşkil etiladigan kurslar faoliyatini qamrab oladi. 2002/03 öquv yili asosiy ta'lim tizimida 52692 ta'limtarbiya muassasasi işladi, jumladan maktabgaça ta'lim muassasalarida 320 ming bola tarbiyalandi, boşlanğiç maktablarda 10,3 mln., örta maktablarda 3 mln. öquvçi, oliy öquv yurtlarida 1,7 mln. talaba ta'lim oldi, Yordamçi, ya'ni keng xalk, ta'limi tizimida 3 mln. kişi maşğul böldi.
Boşlanğiç ta'lim (6—14 yoşdagi bolalar uçun) 8 y. Örta ta'lim kamida 3 y.lik bölib, öquvçilarga umumiy örta ta'lim, kasbhunar va texnika ta'limi berişga möljallangan. Jismoniy yoki ruhiy rivojlanişida nuqsoni bölgan bolalar xususiy tarbiya tizimida öqiydilar. 2002/03 öquv yili bu tizimdagi 325 maktabda 19,4 ming öquvçi ta'lim oldi. 2002/03 öquv yili T. oliy ta'lim tizimidagi 76 unt, yuzlab int, konservatoriya, kasb oliy öquv yurtlarida 1 mln. 894 mingdan ziyod talaba öqidi. Oliy öquv yurtlarida öqiş pulli. Yirik untlari: Istanbul unti (1453), Anqara unti (1946), Örta Şarq texnika unti (1956), Egey unti, Otaturk unti, Qora dengiz texnika unti, Bosfor unti, tibbiy mutaxassislar tayyorlanadigan Hojitepa unti.
Madaniyat vazirligi tizimida 1440 kutubxona va 92 muzey bor. Yirik kutubxonalar: Anqaradagi milliy kutubxona, Ankara va Istanbul untlari kutubxonalari, Anqaradagi TBMM kutubxonasi. Yirik muzeylar: Turk osori atiqa (arxeologiya va etn.) muzeyi (1923), Istanbuddagi Töpqopi saroyi (1927), Etn. muzeyi (1930), Ayo Sofiya ibodatxonasi muzeyi (1934).
T.da ilmiy tadqiqot işlarini muvofiklaştiriş uçun Ilm va Texnologiya oliy jamiyati tuzilgan. 1993 y. Fanlar akademiyasi va Turk Patent inti barpo etildi. Standartlar (1960), Marmar dengizini ilmiy va texnologik tadqiq etiş (1972) i.t. institutlari, kimyo, biol., elektroradiografiya, mikrobiol., veterinariya, geol., tarix, tilşunoslik, iqtisodiyot, falsafa jamiyatlari bor.
Matbuoti, radioeşittirişi va telekörsatuvi. 2003 y. T.da 3450 gaz., jurnali va b. matbuot naşrlari çop etildi. Eng yirik kundalik gaz.lari: «Hurriyat» (1948 y.dan), «Milliyot» (1950 y.dan), «Saboh» (1985 y.dan), «Jumhuriyat» (1923 y.dan), «Yangi nayel» (1970 y.dan). Eng yirik jurnalilari: haftanomalar — «Ekonomist», «Aktual», «Oto xabar», «Tempo», «Nuqta»; oynomalar — «Söfra», «Kosmopoliten»: «Turkiya», «Kapital», «PC Magazin» va b. Anadolu agentligi (AA) T.ning yetakçi axborot agentligi; 1920 y. taşkil topgan. Bir neça xususiy agentlik ham bor. T. Radio va telekörsatuv jamiyati 1964 y. 1 mayda taşkil etilgan. Radioeşittirişlar 1927 y.dan, telekörsatuvlar 1968 y.dan boşlangan. Mamlakatda 36 milliy, 103 mintaqaviy va 951 mahalliy radiostya, 16 xalqaro, 15 mintaqaviy va 227 mahalliy telemarkaz faoliyat körsatadi.
Adabiyeti. T. oğzaki ijodiga xos bölgan qahramonlik dostonlari, jumladan, «Öğuznoma» turkumida dunyoning yaratilişi va odamning paydo bölişi haqidagi islomgaça bölgan afsonalar bayon etilgan. Tarixiy qahramonlik dostonlaridan «Erganakon», Köröğli (Görögli) turkumi va Dada Qörkut kitobi maşhur. Anadoluda turk tilida yaratilgan dastlabki yozma asarlar tasavvuf mazmunida bölib, 13-a. örtalariga mansub. Saroy adabiyeti vakillari aruz vaznida ijod qilganlar. Öşa davr an'anasiga köra, köpçilik şoirlar öz asarlarini fors tilida yozganlar. Bu davr ijodkorlari orasida Jaloliddin Rumiy, Yunus Emra, Hoji Bektoşi Valiy ijodi ayniqsa ajralib turadi. Turk tilida birinça marta Oşiq Poşo (1271 — 1332) tasavvufona ruxda şe'r va dostonlar bitdi. Uning 12 ming baytlik «Ğaribnoma» dostoni va «Faqirnoma», «Vasfi hol» asarlari bor. 14-a.da Dehxrniy, Qozi Burhoniddin, Nasimiy va Ahmadiy kabi şoirlar ijod qiddi. 15-a.dan turk şe'riyati rivojlana boşladi. Bu taraqqiyot 17-a.gaça davom etdi. Hamdi Çalabiy (1449—1503) turk tilida «Xamsa» yaratdi. Axmad Doiy, Fuzuliy, Xayoliy, Zotiy, Boqiy, Umar Nafiy, Nadim kabi şoirlar yetişib çikdi. 18-a. dan saroy adabiyeti xalqqa yaqinlaşdi. Şoirlarning kupi oddiy xalqqa soddaroq uslubda, ziyolilar uçun jimjimador va murakkab uslubda asarlar bitdilar. Oşiq Poşşozoda, Oşiq Çalabiy, Avliyo Çalabiy, Nayma, Qöçibey va Marjimak Ahmad öz davrining yetuk adiblaridir. 19-a.da Ğarb adabiyeti ta'sirida yangi adabiyot şakllana boşladi, ilk roman, pyesa, tadqiqot işlari paydo böddi. Tanzimatdavri yozuvçilari adabiy tilni xalq tiliga yaqinlaştirdilar. Ibrohim Şinosiy (1826—71), Nomiq Kamol(1840— 88), Şamsiddin Sami (1850—1904), Rejaizoda Mahmud Akram va b. yangi realistik adabiyot asosçilari böldilar. Turk romançiligi asosçisi Xolid Ziyo Uşoqligilning «Moviy va Qora», «Taqiklangan işq» romanlari, Mehmet Raufning «Sentyabr» nomli ilk psixologik romani dunyo yuzini kördi.
1jahon uruşidan söng Yoqub Qadri Qorausmonöğli, Xolida Edip, Raşod Nuri Guntekin va Rafiq Xolid Qaray, T. madhiyasi muallifi Mehmet Akif Ersöy, Najib Fozil Qisakurak singari yozuvçilar şuxrat qozondi. Nozim Hikmat Ran sarbast usulda şe'rlar bitib, yangi oqimga asos soldi. 1940-y. larda Sabohiddin Ali, Said Foyiq Abasiyonik asarlarida jamiyat muammolarining şaxs içki dunyosiga ta'sirini yoritişga harakat qilinganini köriş mumkin. Sabohiddin Alining «Içimizdagi şayton» (1940) va «Möyna pöstinli Madonna» romanlarida madaniy özgarişlarning jamiyat turli toifalariga körsatgan ta'siri psixologik taxlil qilingan. Tariq Buğro, Öqtoy Aqbal, Javod Şokir Qabaoğoçli, Xaldun Taner, Javdat Qudrat va Samim Xöjaköz kabi yozuvçilar ham realistik yöldan bordilar.
2-jahon uruşidan keyin paydo bölgan asarlarning köpida qişloq hayoti muammolari tilga olindi. Bu adabiyotga qişloqdan çiqqan bir guruh yozuvçilarning kirib kelişi bilan izoxlanadi. Yaşar Kamolning «Inja Mamad» romanida qişloq axli tortayotgan maşaqqatlar tasvirlangan bölsa, Aziz Nesin asarlarida kundalik turmuşda uçraydigan illat va nuqsonlar hajv qilindi. 1960-y. larda Yavuz Byulent Bakilar, Usmon Atilla, Ayxan I nal va b. şoirlar adabiyotga kirib keldi. Ular ijodida insonning öz vijdoni, jamiyat oldidagi mas'uliyati kabi mavzular yoritildi. Bu davrda ijod qilgan Suot Darvişning «Fosforli Javriya» romani maşhur böldi. Bu asar asosida kinofilm ham yaratildi. 70-y. larda adabiyotga kirib kelgan Çetik Altan, Pinar Kur, Tomris Uyar, Aila Qutli va b. ijodida psixologik taxlil çuqurlaşganligi körinadi.
1980-y.lardagi jamiyatda siyosatdan begonasiraş kayfiyatlari kuçayişi adabiyotga ham ta'sir ötkazdi. Bu davrda Örxon Pamuq asarlari etibor qozondi. Sönggi yillarda Nadim Gursel, Murodxon Mungan, Parixon Mayden va Elif Şafaq oldingi safda turib ijod qilmoqdalar. Turkyozuvçilaridan Raşod Nuri Guntekinning «Çoliquşi», Yaşar Kamolning «Inja Mamad», Suot Darvişning «Fosforli Javriya» romanlari, Aziz Nesin hikoyalari, Nozim Hikmat şe'rlari, Yavuz Bahodiröğlining «Xorazm öt içida» va «Alvido, Xorazm» tarixiy romanlari, Najib Fozil Qisakurak şe'rlari va b. köplab asarlar özbek tiliga tarjima qilinib, naşr etilgan.
Me'morligi. T. hududida mil. av. va milodning ilk davrlariga taallukli me'moriy yodgorliklar köp (q. Sofiya ibodatxonasi). Yunoniston, Vizantiya, Arab mamlakatlari, Örta Osiyo davlatlarining me'moriy tajribalarini ijodiy özlaştirgan saljuqiylar va usmoniylar imperiyalari me'morlari muhtaşam, gözal binolar kurdilar. 12—19-a.larda imperiyaning turli şaharlarida haşamatli saroy, masjid, Madrasa, maqbara, gumbazli hammom, gözal favvoralar (mas., Istanbuldagi Sulton Ahmad favvorasi) bunyod etilgan. 15—16-a.larda me'mor Xoja Sinon (1490 — 1588) yangi kompozitsiyalar yaratib, hayratga sazovor 400 dan ziyod bino barpo etdi. Istanbuldagi Sulaymoniya mayejidi, Ahmadiya mayejidi, Salimiya mayejidi ular orasida eng maşhurlaridandir. Usmoniylar imperiyasining inqirozi davri me'morligi mahobatliligi bilan ajralib turadi. 20-a.ning 20-y.lari oxiridan şahar qurilişini rejali tarzda olib borişga kirişildi, ayrim şaharlar (Ankara va b. şaharlar) ning boş rejasi tasdiqlandi. 30-y. lardan zamonaviy binolar quriş uçun xorijdan me'morlar jalb qilindi. Keyinçalik xalqaro tajribani milliy an'analar bilan uyğunlaştirişga erişgan milliy kadrlar yetişdi. Mahalliy quriliş mahsulotlari industriyasi rivojlandi. Bu davrda tanikli me'morlardan Sedat Haqqi Eldan yaratgan imoratlarning loyihalari öziga xos me'moriy yeçimi bilan ajralib turadi. Keyingi davrda butun jahonda ommalaşayotgan me'moriy uslublar T.ga ham kirib keldi. Ammo bu yerda uyjoylarni namunaviy loyihalari ommalaşmadi. Katta şaharlarda mahobatli osmonöpar binolar qurişga, me'morlikda turlituman uslub va yönalişlarni joriy etişga kirişildi. Jumladan, Anqaradagi Kamol Otaturk makbarasi (ma'morlari E. Onat, O. Arda), Turkiya tarix jamiyati binosi (me'mori T. Jonsevar), «Stad» mehmonxonasi (me'mori M. Xepgyuler), «Odeon» konsert zali, Xalk, banki, Istanbuldagi «Xilton» meqmonxonasi (me'mori Sedat Haqqi Eldan), Izmirdagi osmonöpar binolar barpo etildi. Bahruz Çiniji, Çingiz Bektoş, Döğon Pekali, Affon Yatman va Şavki Vanli kabi me'morlar maşhurdir.
Tasviriy san'ati. T. hududida Qad. Şarq, Ellin, Rim, Vizantiya san'ati yodgorliklari saklanib qolgan. Tasviriy san'at örta asrlarda miniatyura janrida rivoj topdi. 16-a.da bu san'at gullab yaşnadi. Badiiy töqiş, gilamdözlik, kandakorlik, yoğoç öymakorligi rivojlandi. 17—18-a.larda dastgoh rangtasviri yuzaga keldi. Zamonaviy tasviriy san'at 19-a.dan boşlab şakllandi. 1910-y.larda bir guruh rassomlar — Ibrohim Çalli, Hikmat Önat, Nomiq Ismoil, Avni Lifij, Fayxaman Duran Yevropada ta'lim oldilar hamda impressionizm va simvolizm yönalişida asarlar yaratdilar. 1929 y. rassomlarning «Mustaqillar» nomli jamiyati, 1933 y. «D guruhi» tuzildi. Rangtasvirçilar Zaki Faiq, Izer, Nurullan Berk, Elif Nasi, Kemal Tollu, Abidin Dino va haykaltaroş Zuxtu Muridoğli impressionizm yönalişini tark etgan holda, yangi yönalişni yaratdilar. Yangi usul an'anaviy madaniyatning muhim elementlarini 20-a. Yevropa san'atining ğoyalari bilan uygunlaştirişdan iborat edi. 1936 y. Istanbuldagi «Sanoyi nafisa maktabi» «Nafis san'atlar akademiyasi»ga aylantirildi. T. rassomlik san'atida turli oqim va yönalişlar rivojlangan. 1949—50 y.larda «Yangi guruh» deb nomlangan ijodiy guruh taşkil qilindi. Bu guruh «D guruhi»dan keyin eng mahoratli guruhga aylandi. Bu guruh rassomlari yangi usul va yangi texnik vositalar bilan eksperimentlar ötkazdi. Guruh a'zolari 1955 y.gaça ijtimoiy hayot mavzularida ijod qildilar.
1950-y.larda T. san'atida dastlabki abstrakt rassomlar ijod kila boşladi. Ular qatorida Adnan Koker, Lutfu Gunay, Semey Arel, Sabri Berkel kabi rassomlar bölgan. Murod Morova, Zohid Buyukişlayen, Ismat Döğon kabilar hoz. davrning tanikli rassomlari hisoblanadi. Yangi asarlar 1977 y.dan buyen har yili Istanbulda bölib ötadigan «Yangi tendensiyalar» deb nomlangan San'at festivalida namoyiş etiladi. Monumental haykaltaroşlik, grafika ham rivojlangan. Abstraksionizm yönalişida Quzgun Ajar xalqaro tanlovlarda sovrinlar olişga sazovor böldi. Dastlabki haykaltaroşlik sohasidagi ta'lim çet el rassomlari tomonidan va çet el badiiy ta'lim intlarida amalga oşirilgan. 1937 y.da nemis haykaltaroşi Rudolf Belling T. Davlat Badiiy akademiyasining haykaltaroşlik bölimini boşqargan, köp şogird tayyorlagan. U Istanbuldagi aksariyat mahobatli monumentlar muallifi. Haykaltaroşlik körgazmalarining eng kattasi R. Belling boşçiligida Istanbul Texnika untida ötkazilgan.
20-a.ning 2yarmida R. Bellingning şogirdlaridan Haqqi Atamulu, Yavuz Gorey, Komil Sönad, Ilxan Köman, Husayin Gezer va Turgut Pura abstraksionizm yönalişida asarlar yaratişdi. Farid Özşen, Salim Bugay, Meriç Xizal, Ramzi Savaş, Ayub Öz, Yunus Tönquş kabi haykaltaroşlar ham xalqaro körgazmalarda qatnaşib, T. san'atini dunyoga tanitayotgan ijodkorlardir. Amaliy bezak san'ati sohasida kulolçilik, gilamdözlik, zargarlik, yoğoç öymakorligi, kaştaçilik ğoyat rivojlangan.
Musiqasi. Anadoluda saljuqiylar davridan boşlab hoz. davrga qadar turk musiqasi turli yönalişlarda rivojlangan. Turk an'anaviy musiqasi 2 qatlamga — xalq va professional musiqa turlariga ajratiladi. Xalq musiqasida turkular (barmoq vaznidagi şe'rlarga asoslangan xalq qöşiqlari), şuningdek, turli mavzudagi laparlar keng örin tutadi. Ularning kuylariga asosiy poğonalardan yuqori va pastga siljişlar, ritmikaga — sinkopalar xosdir. Xalq qöşiq kuylari «uzun kuy» va «qisqa kuy» şaklida böladi. Keng diapazonli va erkin ritmga asoslangan uzun kuyli qöşiklar asosan sevgi (bozlaq) va motam (ağit) mavzularida böladi. Aniq ölçovli va qisqa hajmli ohang tuzilmalariga rioya qilingan qöşiqlar asosan öyin, raqs va aytişuv (mone)larda namoyon böladi. Turli (marosim, mehnat, raqs) çolğu kuylar boğlama, kval (nay turlari), surnay, zambir (köşnayga öxşagan), torli kamonça va soz, urma dovul, daf, darbuka kabi çolğularda ijro etiladi. Turk mumtoz musiqasi 15-a.dan Anadoluda ijod eta boşlagan oşiqlar faoliyati bilan bogliq. Ular turk baxşi (özon) an'analarini davom ettirib, turli terma va qöşiklarini soz, boğlama, qöbiz jörligida badiha şaklida ijro etgan. Oğzaki an'anadagi professional musiqasida maqamlar asosiy örin tutadi. Şuningdek, turkum şakliga ega fasl (vokalçolğu asar) janri keng tarqalgan. Sozlardan nay, tambur, ud, qonun keng qöllaniladi. Diniy musiqa janrlaridan ilohiya, şarqiya, mavlaviya kabi aytim şakllari mavjud. Bastakorlardan Marokiy, Ismoildada afandi, Hofiz Pöst, Sulton Salim III (Usmoniylar hukmdori), Kvntemir öğli va b. maşhur.
Köp ovozli kompozitorlik musiqa T.da respublika barpo etilgandan keyin qaror topdi. Köp ovozli musiqaning xalq musiqasiga, milliy ohanglarga asoslanişi borasida köp izlanişlar olib borgan Ahmad Adnan Saygun musiqani jahon miqyosida tanitişda katta xizmat qildi. Kompozitorlik musiqaning keng yoyilişida «Prezident simfonik orkestri»ning roli katta. Bu orkestr AQŞ, Yevropa va Jan. Koreyada konsertlar bergan. Istanbul, Izmir, Antaliya va Çukurova davlat simfonik orkestrlari ham faoliyat yuritadi. Ulardan taşqari Bilkent simfonik orkestri, Borusan Istanbul filarmoniyasi orkestri, Oqbank orkestri singari xususiy jamoalar bor. Xalq musiqasi yölida ijod qilayotgan Narimon Oltintoğ Tufakçi, Ahmad Ğozi Oyxon, Musa Eröğli, Belqis Oqqala xalq örtasida maşhur. 1960-y.lardan rok musiqa yönalişlariga qiziqiş paydo böldi. Hoz. paytda popmusiqasida Ibrohim Tatlisas, Sezan Aqsu, Nilufar, Teoman, jazda Karam Görsev, Ilxan Erşaxin, Nukhet Ruajan kabi san'atkorlar maşhur. Bastakor, musiqaçilar Istanbul (1923), Anqara (1936), Izmir (1951) konservatoriyalarida tayyorlanadi. Ankara operetta teatri (1928), Opera teatri (1950) va Istanbul opera teatri (1960)ning oçilişi musiqa san'ati rivojida muhim ahamiyat kasb etdi. 1948 y.da Istanbulda oçilgan akademik balet maktabi (1950 y.dan Anqarada) milliy kadrlar tayyorlaydi. Davlat opera va balet boş direksiyasi tomonidan 1998 y.dan buyen har yili xalqaro festivallar, Istanbulda xalkaro musika festivallari ötkazib kelinadi.
Teatri. T.da teatr san'ati uzoqtarixga ega. Xalq ijodining an'anaviy şakllari — qöğirçoq va çodirxayol teatri (qoragöz), maydonçalarda namoyiş etiladigan örta öyin tomoşalari professional turk teatrining tamali böldi. Tanzimat davrida garb modelidagi teatr faoliyat boşladi. Bu davrda turk yozuvçilari ham pyesalar yozişga kirişdilar. Ibrohim Şinosiyning «Şoirning uylanişi» nomli komediyasi turk teatri uçun buriliş nuqtasi böldi. 1908 y.dan söng professional va havaskorlik teatrlari taşkil qilina boşladi. Istanbul, Izmir, Bursa, Adana va Ankara şlarida teatr binolari kurildi. 1914 y. Istanbulda «Dorulbadiyai usmoniya» nomli teatr oçildi. U turk teatr san'atining rivojiga katta turtki berdi. 1927 y.dan bu teatrga rahbar bölgan Muhsin Ertuğrul birinçi bolalar teatrini ham tuzdi. 1949 y. barpo etilgan Davlat teatrining Anqara, Istanbul, Izmir va Bursa ş.larida 18 ta doimiy sahnasi mavjud bölib, yiliga 100 ga yaqin asarni sahnalaştiradi. «Kiçik sahna» nomli ilk xususiy teatr 1951 y.da oçilgan. Undan keyin Çiyir sahna, Çöntak teatri, Muammar Qoraça teatri, Istanbul operettasi singari xususiy teatrlar iş boşladi. 1982 y.dan Istanbulda Hodi Çaman Yeditepa öyinçilari, Enis Fosforöğli teatri, Xödri Maydon madaniyat markazi, Anqarada Anqara San'at teatri faoliyat körsatadi.
Kinosi. 1914 y. operator Fuad Uzqinay «Ayastefonosdagi rus obidasinig yiqilişi» nomli ilk hujjatli filmni suratga olgan. 1917 y. Sedad Simavi suratga olgan «Panja» filmi birinçi badiiy film hisoblanadi. 1919 y. Kamol va Şokir Sedanlar «Kamolfilm» kino studiyasini taşkil etdilar, 1922 y.dan şu kinostudiyada rej. lik qila boşlagan Muhsin Ertuğrul «Olovli köylak» (1923), «Anqara poçtasi» (1929), «Istanbul köçalarida» (1931), «Bir millat uyğonmoqda» (1932), «Fojiali yöl» (1933), «Toş parçasi» (1939) filmlarini suratga oldi. 1950 y.dan kino san'ati rivojlana boşladi. 1956 y. «Gilamçi» nomi bilan 1turk rangli filmi yaratildi. 1960 y. 60 kinofilm suratga olindi. Undan keyingi davrda turk kinosi yanada jonlandi. Metin Erksan, Xolid Rafiğ, Ertem Göreç, Lutfi Umar Akad, Atif Yilmaz, Usmon Sedan, Duygu Sayiröğli, Nevzat Pesen va Mamduh Un kabi rej.lar ijtimoiy muammolarni, insonning öz qadrqimmati, şa'ni uçun kuraşi mavzuini yoritdilar. Metin Erksanning qişloq hayoti muammolarini yoritgan «Suvsiz yoz» (1964) filmi Berlin xalqaro kinofestivalida boş sovringa sazovor böldi. 1970—75 y.larda 1383 badiiy film suratga olindi. 1970-y.larda yetişgan Yilmaz Gyuney, Surayyo Duru, Zaki Öktan, Şarif Gyoren va b. rej.lar davrning siyosiy, ijtimoiy va madaniy muammolarini aks ettirgan kinofilmlar yaratdilar. Y. Gyuneyning «Ota» (1972), «Betoqatlik» (1975) filmlari e'tibor qozondi. Turkon Şöray kabi taniqli artistlar xalkaro mukofotlar sohibi böldilar. Rej. Y. Gyuneyning «Poda» filmi (1978) Lokarnodagi, rej. O. Kovurning «Yusuf va Kenan» filmi (1980) Milandagi, rej.lar Ş. Gyoren va Y. Gyuneyning «Yöl» filmi (1981) Kanndagi kinofestivallarda boş sovringa ega böldi. 20-a.ning 90-y.lari turk kinosining sifat jihatidan eng muvaffaqiyatli davri hisoblanadi. Bu davrda kino san'atidan ta'lim beruvçi oliy öquv yurtlarining köpayişi, mohir rej. va kinoartistlarining yetişib çiqişi, kinotelekörsatuv raqobatining jadallaşuvi va xalkaro maydonda erişilgan muvaffaqiyatlar T. kinosini rivojlantirgan omillar böldi. T.da 650 kinoteatr mavjud (2003). Anqara, Istanbul, Izmirda xalqaro kinofestivallar, xalqaro Uzoq Şarq filmlari, Yevropa filmlari, Adanada Oltin kösak madaniyat va san'at festivallari, şuningdek, 1998 y.dan buyen har yili Anqarada «Uçar supurgi» ayollar filmlari festivali ham ötkazib kelinadi. «Uçar supurgi» festivalida ayol rej., artist, kinoçilar ijodiy uçraşuvlar ötkazişadi.
Özbekiston — T. munosabatlari. T. Özbekiston Respublikasining mustaqilligini tan olib, ikki davlat örtasida diplomatiya munosabatlari örnatilgaç, 1992 y apr.da Turkiyaning Toşkentdagi elçixonasi, 1993 y. yanv.da esa ÖzR ning Anqaradagi elçixonasi öz faoliyatini boşladi. Istanbulda ÖzR ning Boş konsulxonasi oçildi.
ÖzR Prezidenti I. A. Karimov 1991 y. dek., 1994 y. iyun va 1997 y. noyab. da rasmiy taşrif bilan T.da böldi. 1998 y. okt.da T. Respublikasining 75 y.ligiga bağişlangan tantanalarda iştirok etdi. Öz navbatida, T. Prezidentlari T. Özal, S. Demirel va b. davlat arboblari bir neça bor rasmiy taşrif bilan Özbekistonda böddilar. Ana şu taşrif va mulokrtlar natijasida ikki davlat örtasidagi munosabatlarning şartnomaviyhuqukiy asoslari yaratildi. Jumladan, Özbekiston bilan T. örtasida «Abadiy döstlik va hamkorlik töğrisida»gi şartnoma hamda siyosiy, savdoiktisodiy, ilmiy-texnikaviy, harbiy va harbiytexnikaviy aloqalar, terrorizm va narkotik moddalar savdosiga qarşi kuraş, huquqiy yordam, soğliqni saklaş, transport, sayyoxlik, madaniyat va b. sohalarda 78 hujjat imzolandi.
Özbekiston Prezidenti I. A. Karimovning 2000 y. sent.da T. Prezidenti A. Sezer bilan BMT ning «Ming yillik» sammiti doirasidagi uçraşuvi ikki tomonlama aloqalarda muhim ahamiyat kasb etdi. 2003 y.da T. Boş vaziri Rajab Tayyip Erdöğon Özbekistonga keldi. Taşrif davomida yana bir qança hujjat imzolandi. Jumladan, xalqaro terrorizmga qarşi kuraş sohasida hamkorlik va diplomatik pasport egalari uçun vizalarni bekor qiliş haqida hukumatlararo bitim tuzildi. Özaro aloqalar xalqaro taşkilotlar doirasida ikki davlatning parlamentlari va vazirliklari örtasida ham davom etdi. Savdoiqtisodiy hamkorlik sarmoyalarni özaro rağbatlantiriş va himoyalaş, ikki tomonlama soliq solişga yöl qöymaslik töğrisidagi bitimlar bilan muvofikdaştirildi. Ikki tomon örtasida bojxona tölovlariga nisbatan eng köp kulaylik beriş tartibi kuçga kirişi tufayli 2002 y. Özbekiston bilan T. örtasidagi tovar aylanmasi 1,7% ösib, 190,48 mln. AQŞ dollarini taşkil qilgan bölsa, 2003 y.da 2002 y.ga nisbatan 41,3% oşdi, umuman Özbekistonning taşki savdo tovar aylanmasida T.ning uluşi 4% ni taşkil etadi. T. Özbekistondan rangli metall va undan tayyorlangan buyumlar, ip gazlama, trikotaj mato, paxta tolasi, oziq-ovqat (meva va yonğoq) oladi va Özbekistonga mexanik uskunalar, yer osti transport vositalari, optik jihoz va uskunalar, mebel, elektr asboblar, plastmassa buyumlari, kimyoviy mahsulot, gilam va b. yuboradi. Ayni paytda umumiy kiymati salkam 1 mlrd. AQŞ dollariga teng bölgan (bu mablağning yarmini T. Eksimbanki bergan) 16 loyihani birgalikda amalga oşirişga kirişildi. Çunonçi jun yigiriş, mayin jun matolar va şu kabilarni işlab çiqariş.ga ixtisoslaşgan «KosonsoyTekmen» qöşma korxonasini barpo etiş (loyiha qiymati 76 mln. AQŞ dollari), Xorazm viloyatida trolleybus liniyasini quriş (loyiha qiymati 7,7 mln. AQŞ dollari), şakar zdini quriş (loyiha qiymati 82,2 mln. AKTJJ dollari) kabi loyiqalar şular jumlasiga kiradi. Özbekistondagi bir qança mehmonxonalarni qayta quriş va ta'mirlaşda T.ning «AySel», «Ulus inşaat», «Öqan xolding», «Emesam» firmalari iştirok etdi. Özbekiston Respublikasida T. sarmoyasi iştirokidagi 351 qöşma korxona bor, ulardan 71 tasi 100% turk sarmoyasi bilan taşkil etilgan korxonadir. Qöşma korxonalar orasida «SamKoçavto» (avtobus va örta hajmdagi yuk maşinalari işlab çiqariş.), «Papfen» (paxta tolasidan ip yigiriş), «Koxis» (savdovositaçilik faoliyati, «MetroMarket» supermarketa), «ŞarqMir LTD» (çakana savdo), «Mejik Plast» (plastik oyna romlari işlab çiqariş.), yakka tartibdagi korxonalar orasida esa «Beta Algoritm» (çoy qadoklaş), «Dilek Interprayzis», «Aylin gida sanai va anonim şirkati» (ikkovi qandolatçilik mahsulotlari işlab çiqariş.) eng yiriklari hisoblanadi. Hamkorlikda taşkil etilgan korxonalarning 70% ga yaqini respublika içki bozorida savdovositaçilik faoliyatini olib boradi, xalq iste'mol mollari i. ç. hamda texnik maqsadga möljallangan mahsulotlarni Özbekistonga kiritiş va sotiş bilan şuğullanadi. 25% dan ziyod korxonalar esa töqimaçilik va könçilik, oziq-ovqat sanoati, quriliş mollari va b. soxalarda işlab çiqariş. faoliyatini amalga oşiradi. Korxonalarning qolgan qismi xizmat körsatiş bilan şuğullanadi. T.da özbek sarmoyasi iştirokida 2 korxona faoliyat körsatadi.
Qişloq va suv xöjaligi sohasidagi hamkorlik ham samaralidir. Çunonçi, xorijlik hamkorlar bilan birgalikda Orol dengizining qurigan Femida örmonçilikni taşkil etiş va kengaytiriş böyiça amalga oşirilayotgan loyihada turk tomoni ham özining iştirok etişini bildirdi. Mazkur loyihani amalga oşirişga hissa qöşiş uçun T. 2 dona MB Trac 1100 Mersedes traktori va b. texnik jihozlar ajratdi. Madaniygumanitar sohadagi hamkorlik Özbekiston va T. örtasida madaniyat, ta'lim, soğliqni saklaş, sport va turizm sohalaridagi hamkorlik töğrisidagi bitim (1991 y. 19 dek.), madaniy aloqalar töğrisida hamkorlik bitimi (1993 y. 22 iyul), ilmiy-texnikaviy hamkorlik töğrisida bitim (1995 y. 9 iyul) asosida rivojlanib bormoqda.
1993 y. T.da Özbekiston madaniyat kunlari ötkaziddi va unda respublikamizning 60 nafar madaniyat va san'at vakillari iştirok etdi. 1994 i. okt. da 48 kişidan iborat turkiyalik san'atkorlar guruxi «Turk dunyosi madaniyati va şodligi kunlari» doirasida Özbekistonga taşrif buyurib, Toşkent va Samarkand ş.larida konsertlar berdi. Özbekiston davlat konservatoriyasi bilan Anqaradagi Bilkent unti örtasida malaka oşiriş, tajriba va mutaxassislar almaşiş, qöşma konsertlar taşkil etiş borasida özaro hamkorlik örnatilgan. Samarqandda ötkazilayottan «Şarq taronalari» xalqaro musiqa festivalida turkiyalik san'at ustalari ham muntazam qatnaşib kelmoqdalar. Özbekistonda «Uzbekistan— Turkiya» döstlik jamiyati bu sohadagi işlarga samarali hissa qöşmoqda.
Fan va texnika sohasida Özbekiston Fan va texnologiyalar markazi bilan T.ning fan va texnik tadqiqotlar kengaşi örtasidagi ikki tomonlama aloqalar muvaffaqiyatli rivojlanmoqda. Keyingi yillarda özbekistonlik olimlar yadro fizikasi, biol., ekologiya, qişloq xöjaligi. kabi sohalarda T. ilmiy markazlari tomonidan ötkaziladigan konferensiya va simpoziumlarda muntazam iştirok etib kelişmoqda.
Boboxon Muhammad Şarif.