Tabiati. M. hududinşg köp qismi Şim. yarim şarning tropik mintaqasida. Yer yuzasining 90% dan köproği tekislik, qolgan qismi toğlardan va qoyalar orasidagi öyiq kamarlardan iborat. M.ning şim. qismida Ğarbiy va Markaziy Sahroi Kabirning toş, qumtoş va şağalli çöllari joylaşgan. Niger daryosining örta oqimi keng allyuvial tekislik. M.da boksit, temir va marganets rudalari, tuz, ohaktoş, fosforit, kaolin, olmos, oltin, qalay, polimetall rudalar, uran konlari bor.
Iqlimi — tropik, issiq va quruq; jan. çekkasida — subekvatorial. Yillik örtaça t-rasi 28—29°. Örtaça yillikyoğin 150—1500 mm. Daryolari — Senegal, Niger va ularning irmoqlari.
M. hududining 1/2 qismi butazor, savanna; qizğiş-qönğir tuproqli yerlarda boşokli ösimliklar, akatsiya, palma va baobab, qizil laterit tuprokdi yerlarda Senegal kayyasi, terminaliya va b. daraxtlar usadi. Jan. çekkasida savanna örmonlari, daryo böylarida galereya örmonlari bor. Şim. çöl va çala çöllarda ohu, ğizol, jirafa, gepard, sirtlon, savannalarda kiyik, arslon, qoplon, çiyaböri, fil, timsoh, begemot, quşlar yaşaydi. Daryo va köllarda baliq köp. Termitlar, yovvoyi asalari, setse paşşasi va b. haşarotlar tarqalgan. Ösimliklar va hayvonlarni qöriklaş uçun Bukl-dyu-Baule milliy bogi taşkil etilgan.
Aholisi. M.da bambara, soninke, malinke, fulbe, diula, sanu, şuningdek, xasonke, kaçoro, senufo, dogon, bobo, moyey, Sahroi Kabirda tuareglar, arablar yaşaydi. Aholisining 80% islom, qolganlari xristian va mahalliy dinlarga e'tiqod qiladi. Rasmiy til — fransuz tili. Aholining qariyb 70% mahalliy bambara tilida sözlaşadi. Aholining 25,5% şaharlarda yaşaydi. Yirik şaharlari: Bamako, Mopti, Segu, Sikaso.
Tarixi. M. — Ğarbiy Afrikada örta ayerlarda vujudga kelgan davlatlardan biri. Mamlakatga Şim. Afrika savdogarlari kirib kelişi b-n islom dini yoyilgan (8-a.). 19-a.ning oxiridan Ğarbiy Afrikaning markaziy hududi Fransiya mustamlakasiga aylandi. Mahalliy aholi mustamlakaçilarga qarşi qattiq kuraşdi. 1894 y. Niger va Senegal daryolarining yuqori va örta oqimlaridagi yerlari Fransiya Sudani nomi b-n Fransiya mustamlakasi. 1895 y.dan Fransiya Sudani Fransiya Ğarbiy Afrikasi tarkibiga kirdi.
2-jahon uruşidan keyin Fransiya Sudanida ozodlik harakati kuçaydi. 1946 y. oxirida taşkil topgan Afrika demokratik birlaşmasi seksiyasi — Sudan Ittifoqi partiyasi milliy ozodlik harakatiga boşçilik qildi, demokratik islohotlar ötkaziş uçun kuraş boşladi. Sudan Ittifoqi Fransiya Ğarbiy Afrikasi mamlakatlariling taraqqiyparvar kuçlari va Fransiya Umummehnat konfederatsiyasi tarkibidagi kasaba uyuşmalari kömagida mamlakatda yetakçi siyosiy kuç bölib qoldi. 1957 y. uning deputatlari Territorial assambleyada birinçi marta köp ovoz olişga muvaffaq böldilar.
1958 y. 28 sent.da qabul qilingan Fransiya konstitutsiyasiga muvofiq, Fransiya Sudani Sudan Respublikasi nomi b-n Fransiya Hamjamiyati tarkibiga kirdi. 1959 y. Sudan Respublikasi b-n Senegal Respublikasining birlaşuvidan Mali Federatsiyasi taşkil topdi. U 1960 y. iyunda Fransiya Hamjamiyati doirasida mustaqillikka erişdi. 1960 y. 20 avg.da Senegal Respublikasi Federatsiyadan çikdi. Federatsiyaning tarqalib ketişi mu-nosabati b-n Sudan Respublikasining Qonun çiqaruvçi assambleyasi 1960 y. 22 sent.da Sudan Respublikasini M. Respublikasi nomi b-n suveren va mustaqil davlat deb e'lon qildi va u Fransiya Hamjamiyatidan çikdi. Sudan Ittifoqi partiyasining boş kotibi M. Keyta respublika prezidenta böldi. 1968 y. noyab.dagi davlat töntarişi natijasida hokimiyatni M. Traore (1979—91 y.larda prezident) boşçiligidagi Milliy ozodlik harbiy qömitasi egalladi. 1979 y. M. boşkaruvning fuqarolik şakliga ötdi.
1991 y. 25 martda davlat töntarişi sodir böldi. Hokimiyatni qölga olgan A. T. Ture boşçiligidagi Xalqni qutqariş qömitasi demokratik islohotlar ötkazişga kirişdi. 1992 y. 1-yarmida ötkazilgan köp partiyali asosdagi parlament va prezident saylovi fuqarolar boşqaruviga ötişni nihoyasiga yetkazdi. M. Respublikasi ÖzR suverenitetini 1992 y. 24 yanv.da tan oldi. Milliy bayrami — 22 sent. — Mustaqil kuni (1960).
Siyosiy partiyalari, kasaba uyuşmalari. M.da demokratiya uçun alyans — Panafrika ozodlik, birdamlik va adolat partiyasi (ADEMA), 1990 y.da tuzilgan; M. taraqqiyot va tiklaniş partiyasi, 1991 y.da taşkil etilgan; Demokratiya va rivojlaniş partiyasi, 1991 y.da asos solingan; Demokratik taşabbus milliy kongressi partiyasi, 1991 y.da tuzilgan; Demokratiya va taraqqiyotuçun birlaşma, 1991 y.da taşkil etilgan; Demokratiya va mehnat uçun birlaşma partiyasi, 1991 y.da tuzilgan; Taraqqiyot uçun demokratik kuçlar ittifoki partiyasi, 1991 y.da asos solingan; Demokratiya va tarak,qiyot partiyasi, 1991 y. taşkil etilgan; Sudan ittifoqi — Afrika demokratik birlaşmasi partiyasi, 1946 y.da tuzilgan, 1968 y. da taqikdangan, 1992 y.dan yana oşkora işlay boşlagan. M. mehnatkaşlari milliy birlaşmasi kasaba uyuşmasi, 1963 y.da asos solingan.
Xöjaligi. M. — afar mamlakat. Yalpi içki mahsulotda q.x.ning uluşi — 55%, sanoatning uluşi — 12%. Iqtisodiy faol ahvolining 75% q.x.da band. Tez-tez bölib turadigan qurğoqçilik mamlakat iqtisodiyotiga katta zarar yetkazadi. Q.x.da yerga jamoa egaligi us-tun. Mamlakat hududining salkam 9% haydaladigan va böz yerlar, köp yillik ekinzorlar, 24% yaylov va piçanzorlar, 3,6% örmon va butazorlar, qolgan qismi çöllardan iborat. 90 ming ga yer suğoriladi. Haydaladigan yerlarda donli ekinlar, yer yonğoq va paxta, şuningdek, kanop, makkajöxori, çoy, tamaki, şoli, şakarqamiş, şahar atroflarida sabzavot va meva, hamma joyda oq jöxori, fonio, yams, maniok yetiştiriladi. M. — Ğarbiy Afrikadagi yirik çorvaçilik mamlakatlaridan biri. Qoramol, qöy, eçki, tuya, yilqi boqiladi. Örmonlarda mebel va b. ehtiyojlar uçun yoğoç tayyorlanadi. Daryolar, irmoklar va köllarda baliq ovlanadi.
Mustaqillik yillarida ma'dan qazib oliş yölga qöyilib, qayta işlaş sa-noatining 30 dan köproq korxonasi barpo etildi. Biroq mahsulot i.ç. hajmi jihatidan hunarmandçilik hamon ustun. Sanoat i.ç.ning yarmiga yaqini q.x. xom aşyosini qayta işlaş tarmoğiga töğri keladi. Paxta tozalaş, şoli oqlaş, yer yonğoq va çigit yoği, sabzavot va meva konservalari z-dlari bor. Töqimaçilik k-tlari, kanop, kön-poyabzal, sement z-dlari barpo etilgan. Keyingi yillarda velosiped va moped, tranzistor yiğiş, metall kon-sturkiiyalar, mebel, kemasozlik korxonalari, traktor ta'mirlaş ustaxonalari barpo etildi. Yiliga örtaça 200 mln. kVtsoat dan köproq elektr energiya hosil qilinadi.
M.da asosiy transport turi — avtomobil. Avtomobil yöllari uz. — 18 ming km, şundan 3 ming km qattiq qoplamali. Temir yöllari uz. — 720 km. M.ning dengizga çiqiş yöli yöq. Taşqi savdo yuklari Senegal va Kot-d'Ivuar orqali taşiladi. Mamlakatda 10 aeroport, jumladan, Bamakoda xa-lqaro aeroporti bor. M. çetga paxta, yeryonğoq, çorva va baliq mahsulotlari, gazlama, kalava ip, oltin, olmos sotadi. Çetdan neft mahsulotlari, oziq-ovqat, maşina va uskunalar, quriliş materiallari, kimyoviy mollar va b. oladi. Savdo-sotiqdagi mijozlari: Fransiya, Germaniya, Yaponiya, Kot-d'Ivuar, Senegal, Gana. Pul birligi — Afrika franki.
Tibbiy xizmati. Tibbiy yordam davlat muassasalarida amalga oşiriladi. Vraçlar Milliy tibbiyot maktabida tayyorlanadi.
Maorifi, ilmiy va madaniy-ma'rifiy muassasalari. M. hududida dastlabki diniy maktablar 14-a.da paydo böldi. 15—16-a.larda Tombuktu va Jen-neda Afrikadagi eng köhna musulmon un-tlari işlay boşlagan. Dastlabki dunyoviy maktablar 19-a.ning 2-yarmida oçildi, ammo ular juda oz bölgan.
Mamlakat mustaqilligi e'lon qilingan (1960) paytda fransuzça uslubda taşkil etilgan maktab tizimi 6 y.lik boşlanğiç, 7 y.lik örta va kasb-xunar ta'limidan iborat edi. 1962 y. da 6 yoş dan boşlab 5 y.lik, 1968 y.da 9 y.lik majburiy ta'lim joriy qilindi. Quyi kasb-hunar ta'limi boşlanğiç maktab negizida 3 y. davomida amalga oşiriladi. Boşlanğiç maktab öquvçilari ped. in-tlarida, töliqsiz örta maktab öqituvçilari normal maktablarda, töliq örta maktab öqituvçilari Oliy normal maktabda tayyorlanadi. Oliy öquv yurtlari: Bamakoda ped. in-ti (Oliy normal maktab), Milliy oliy ma'muriy maktab, Milliy muhandislar maktabi, Milliy tibbiyot maktabi, Katibugudagi q.x. politexnika in-ti.
Bamakoda Milliy kutubxona, Munitsipal kutubxona, ijtimoiy fanlar in-ti huzurida Milliy muzey, zootexnika tadqiqot markazi, Moxovga qarşi kuraş tadqiqot in-ti, Tropik oftalmologiya in-ti, Milliy tropik agronomiya va oziq-ovqat ekinlari in-ti va uning tadqiqot st-yalari, Milliy mevaçilik markazi, Tombuktuda Tarixiy tadqiqot va hujjatlaştiriş markazi va uning qad. arab qölyozmalari arxivi, Şolikorlik tadqiqot markazi, Milliy xalq soğliğini saklaş sohasidagi tadqiqot in-ti bor.
Matbuoti, radioeşittirişi va telekörsatuvi. M.da naşr etiladigan yirik gaz.lar: «Jurnal ofisyel de la Repyublik dyu Mali» («Mali Respublikasi rasmiy gazetasi», hukumatning fransuz tilida çiqadigan xabarnomasi), «Kibaru» («Yangiliklar», bambara tilida çiqadigan oylik gaz., 1972 y.dan), «Oror» («Tong», fransuz tilida oyiga 2 marta çikadigan gaz., 1990 y.dan), «Essor» («Yuksaliş», fransuz tilida çikadigan kundalik gaz., 1949 y.dan; bambara va fransuz tillarida ilovalari çiqariladi). M. mat-buot va reklama agentligi (AMAPP), 1977 y. da taşkil etilgan. M. radio-eşittiriş va televideniye xizmati, davlat nazoratida, 1957 y.da asos solingan.
Adabiyoti. M. xalq oğzaki ijodi boy va rangbarang. Xalq afsonalarini töplaş va naşr etişga 20-a.ning 30-y. larida kirişildi. Hoz. adabiyoti, asosan, ' fransuz tilida. Tarixçi I. M.Uan özining tarixiy romanlari («Fadimata, çöl malikasi» va b.) b-n hoz. zamon M. adabiyotining asosçisi hisoblanadi. 20- a. 2-yarmidagi yirik yozuvçilaridan biri, jamoat arbobi Fili-Dabo Sissokoning «Qizil Savanna» romanida 1jahon uruşi davrida mahalliy ziyolilarning vujudga kelişi, tuareglarning fransuz bosqinçilariga qarşi qözğoloni bayon qilingan. M.da yoş şoirlar yetişib çikdi. 60-y.lar oxiri va 70-y.lar boşlarida M. adabiyotida folklor asarlari (tarixiy afsonalar, ertaklar va h.k.)ni qayta işlaş davom ettirildi («Kala Jata» va b.). M. mustaqillikka erişgaç, proza va poeziya gurkirib rivojlana boşladi.
Me'morligi va amaliy san'ati. M. hududidan neolit davriga mansub madaniyat yodgorliklari topilgan (kryalarga bitilgan yozuvlar, ğor devorlariga işlangan ov, uruş manzaralari hamda raqslar tasvirlangan rasmlar va b.). Qişloqlarda kulbalar somonli loy («banko»)dan doyra şaklida, sinçli, derazasiz, kulohsimon va tomi kamişdan; şaharlarda töğri burçakli qilib quriladi, tomlari loy, tunuka yoki şifer b-n yopiladi. 11 —16-a.larda M.da şahar qurilişi rivojlandi (Niani, Gao, Tombuktu, Jenne va b.), ular mustahkam devorlar b-n öraldi. Jamo-at binolari (Tombuktudagi saroy), masjidlar (Tombuktu, Mopti, Jen-neda) qurildi. Mustamlakaçilar xukmronligi davrida Ğarbiy Yevropa eklektikasiga xos binolar yuzaga keldi (soborlar, hukumat muassasalari va b.). 20-a.ning 2-yarmidan zamonaviy binolar kurila boşladi.
Öymakorlik san'ati rivojlangan. Yengil yoğoçlardan marosim niqoblari, odam va hayvon şakllari, stullar, eşiklar, idiş va taroqlar, mis bu-yumlar yasaladi, ilon va timsoh terisidan sumka, kamarlar tikiladi. 20-a. örtalaridan zamonaviy san'at vujudga keldi. Rassom B. Keyta asarlari bunga misoldir.
Musiqasi mamlakatda yaşovçi turli xalqpar musiqiy madaniyati krrişmasidan tarkib topgan. Ba'zilari qad. an'analarga ega bölib, örta asrlardagi Mali imperiyasi davridan boşlangan. Saroy musiqasi belgilari saqlanib qolgan. M. xalqdarining çolğu as-boblari orasida köra deb ataluvçi 21 torli arfa, n'goni deb ataluvçi 4 torli gitara, bala deb ataluvçi yoğoç çang, şuningdek dömbira, tabele kabilar bor. Senufo xalqi xor usulida qöşiq aytişni sevadi, yoğoç çang orkestrlari, turli ansambllar mavjud. An'anaviy musiqa ijroçilaridan S. Bazumana, F. Dembe maşhur. 20-a.da I. So-umaro, A. Soumaro kabi bastakorlar yetişib çiqqan.
Teatri. M. xalqlarida qadimdan sahna tomoşalari (niqobda rake tuşiş, qöşiqlar kuylaş, turmuş hangomalari), dehqonçilik işlari, qişloqlardagi bayramlar, udumlar b-n boğliq tomoşalar körsatiş odat bölgan. Bambaralarning koteb xalq teatri guruhlari 20-a. ning 30—40-y. larida Bamako köçalarida tomoşalar körsatgan. 50-y.lardan zamonaviy şakldagi havaskorlar teatri vujudga kela boşladi. M. mustaqillikka erişgaç, bu teatr ommaviy tus oldi. Uning sahnasida respublika turmuşi dolzarb mavzularidagi pyesalar qöyila boşladi. 1962 y.dan havaskor san'atkorlarning musobaqa körigi muntazam ötkazib kelinadi. 1963 y.da Bamakoda Milliy san'at in-ti taşkil topdi. In-t huzuridagi drama bölimi teatrlar uçun kad-rlar tayyorlaydi.
Kinosi. 1963 y.da haftalik kinoxronikalar tayyorlaş uçun guruxlar tuzildi. 1977 y.da taşkil etilgan Milliy kino markazi badiiy va hujjatli filmlar çiqara boşladi. M.da 1960-y.larning boşidan xronik filmlar suratga olingan. 1965 y. S. Sissening «Inson va sanamlar» hujjatli filmi yaratildi. 70-y.larda yaratilgan qisqa metrajli filmlar: «Tyemanning kaytişi» (rej. D. Kuyate), «Bir umrning beş kuni», «Qita janubida qora bayroq», «Baara» (hammasining rej. S. Sisse). M.ning yetakçi rej. hisoblangan S. Sissening «Mehnat» filmi ijtimoiy muammolarga bagişlangan. Keyingi yillarda yaratilgan filmlar: «Mahbus» (rej. S. Kulibali), «Hammasi tamom böldi» (rej. K. Dyente), «Biz hammamiz aybdormiz», «Kryadagi duel» (rej. I. Traore) va b. Mamlakatda 20 ga yaqin kinoteatr bor. Yiliga 1—2 badiiy film yaratiladi.