Siyosiy partiya va kasaba uyuşmalari faoliyati rasman man etilgan.
Tabiati. S.A. jan.ğarbda Kizil dengiz, şim.şarqda Hind okeanining Fors qöltiği b-n öralgan. Qirğoklari köp joyda past, qumloq, ba'zan qinğirqiyşiq. S.A. köp qismini (1 million km2 ga yaqinini) çöl taşkil qiladi. Platosimon tekisliklar keng tarqalgan (ğarbga tomon 1000—1300 m ga, şarqqa tomon 200—300 m gaça pasayib boradi). Yer yuzasi quruq daryo vodiylari b-n sezilarsezilmas bölinib turadi. Mamlakatning kattagina qismini lavali maydonlar, toşloq çöllar (homadalar) taşkil qiladi. Qumli çöllarning eng yiriklari — Nefud, Dahna. Rub'ulXolişşx şim. qismi barxanlar (200 m balandliklikkaça), tizmali döng qumliklardan iborat. Zinasimon qir köp. Ğarbda Qizil dengizga parallel holda bal. 2500—3000 m bölgan Hijoz va Asir toğlari çözilib ketgan. Fors qöltiğining sohili böylab ayrim joylari botqokdik yoki şörxok qatlam b-n qoplangan AlXasa' pasttekisligi joylaşgan (kengligi 150 km gaça).
Ğarbda Afrika — Arabiston platformasi fundamentining turtib çiqqan yeri — NubiyaArabiston qalqoni joylaşgan bölib, u arxey — quyi proterozoy davrlariga mansub gneys va migmatitlar, şuningdek, yuqori proterozoyga oid geosinklinal çökindi komplekslaridan (qalinligi 10 km dan ortiq) iborat. Yuqori va quyi proterozoy davriga oid intruziyalar keng rivojlangan: şim. şarqiy yönalişda qalqon jinslari platforma qoplamasining qatlamlari ostiga çökkan, bu jinslar vend va paleozoydan boşlanib, mezozoy va paleogenni öz içiga oladi. Fors qöltiğining yon bağri böylab Mesopotamiya çekka egilmasining neogen davriga mansub qalin molasslari rivojlangan bölib, uning jan. çekkasida yirik neft konlari joylaşgan. Rub'ulXoli sineklizasi ikkinçi neft mintaqasi hisoblanadi. Qalqonning tokembriy davri jinslari orasida temir, xrom, mis, qörğoşin, pyx, oltin rudalari, nodir yer elementlari, berilliy va qalay konlari bor.
Iklimi şim.da subtropik, jan.da tropik, quruq, keskin kontinental. Yozi juda issiq, qişi iliq. ArRiyodda iyulning örtaça t-rasi 33°, yanv.da 14°, eng yuqori tra 48°, mamlakatning jan.da 54° va undan yuqori bölişi mumkin. Sohilda bu vaqtda namlik deyarli 100% ga yetadi. Şim.da ba'zan tra — 11° gaça pasayadi. Yoğin miqdori deyarli hamma joyda 100 mm dan kam (yoğin markaziy hududlarda bahorda, şim. hududlarda qişda, jan.da yezda nisbatan köproq böladi), toğlarda yiliga 400 mm ga yetadi. Rub'ulXoli qumli çöl va b. ayrim hududlarda ön yillab yoğingarçilik bölmaydi. Asir viloyatidagi toğlarda yoğin yiliga 25,5 mm ni taşkil etadi. Jan.ning issiq samum şamoli bahor va yozning boşlarida qum böronlariga sabab böladi.
Muntazam oqib turadigan daryolar yöq. Suv uç xil yöl b-n: quduqlar, yomğir yoki suv toşqini vaqtida hovuzlarga yiğiş va maxsus moslamalar yordamida dengiz suvini çuçuklaştiriş orkali olinadi. S.A.da dunyoda eng köp çuçuk suv (dunyoda olinayotgan çuçuk suvning 30%) işlab çiqariladi. Yomğir va toşqin suvlaridan töliq foydalaniş maqsadida 186 ta damba va umumiy hajmi 775 mln.3 bölgan hovuzlar kurilgan. Sizot suvlar extiyojning 1/3 qismini qondiradi. Tuproği oddiy çöl tuproğidan iborat, hududining katta qismida tuproq qatlami örnini tuz qoplami egallaydi. Şim.da dağal subtropik böz tuproq, jan. da şör tuproq va ötloqşörxok tuproqlar mavjud.
Ösimligi, asosan, çöl va çala çöl ösimliklaridan iborat. Ayrim joylarda oq saksovul, yantoq, toşloq çöllarda lişayniklar, lavali maydonlarda şuvoq, astragal, vodiy özanlarida yakkaterak, akatsiyalar, şör yerlarda yulğun, suv böylarida va şörroq joylarda galofitlar ösadi. Köçib yuruvçi qumli çöllarda deyarli ösimlik ösmaydi. Namgarçilik köp bölgan yillari va bahor paytida köproq efemer ösimliklar ösadi. Jan. dagi toğlarda savanna köp. Örmon va yaylovlar xukumat tomonidan muhofaza qilinadi. Örmonlar S.A. ning jan. ğarbiy qismida joylaşgan va 2,29 mln. gektar maydonni egallaydi. Köçuvçi qumlardan saklaş uçun tabiiy himoya çiziğini şakllantiriş maqsadida daraxtlar ekiladi. Har yili köçat ekiş xaftaligi ötkaziladi. Hayvonlardan böri, çiyaböri, sirtlon, tulki, qulon, kiyik, ğizol, daman, quyon, arab yölbarsi, tuyaquşlar uçraydi. Köpgina kemiruvçilar, sudraluvçilar va quşlar yaşaydi. S.A. çigirtkalar makoni hisoblanadi. Qizil dengizda turli xil baliq, toşbaqa va b. dengiz hayvonlari uçraydi. Dengiz va quruklikda yovvoyi tabiatni muhofaza qiliş va rivojlantiriş maqsadida Tabiatni muhofaza qiliş hamda rivojlantiriş milliy qömitasi tomonidan umumiy mayd. 90 ming km2 bölgan 15 qöriqxona va Asir milliy boği taşkil etilgan.
Aholisining 90% ini arablar taşkil qiladi. Hindlar, misrliklar va pokistonliklar, bir neça yuz ming eronlik, fillipinlik, bangladeşlik, yamanlik, indonez, sudanlik, suriyalik, iordaniyalik va b. ham yaşaydi. S.A. da 200— 800 ming özbek istiqomat qiladi, deb hisoblanadi. Yirik qabila birlaşmalari — unayza va şammar; qabilalar — harb, mutayr, huzayl, kaxtan, juhayna, muahib, şararat, manasir, banu asad, tanuh, qurayş, banu şaybon. Rasmiy til — arab tili; ingliz tili ham keng tarqalgan. Davlat dini — islom. Islom dinining muqaddas ziyoratgoh şaharlari — Makka va Madina S.A. dadir. Har yili bu şaxdrlarda 2 mln. dan ortiq musulmon xaj va umra safarida böladi. Şahar aholisi 80,2%. Yirik şaharlari — ArRiyod, Jidda, Makka, Madina.
Tarixi. S.A. hududida qadimdan (mil. av. 2ming yillik) köçmançi arab qabilalari yaşab kelgan. Mil. 7-a. da Arabiston ya.o.ning ğarbiy qismi (Hijoz)da islom paydo bölib, poytaxti Madina ş. bölgan ilk musulmon teokratik davlati — Arab xalifaligi yuzaga keldi. 7—8-a.larda S.A. hududining köp kismi Umaviylar, 8-a. 2-yarmi — 9-a.larda Abbosiylar xalifaligiga qaragan. 10—12-a.larda Arabiston ya.o.ning bir qismida mustaqil amirlik, sultonliklar paydo bölgan. Xijoz Fotimiylar, söngra Ayyubiylar, 13-a.ning örtalari — 16-a. ning boşlarida mamluklarta qaram bölgan. Hijozning iqtisodiy va diniy-siyosiy jihatdan mavqei yuqoriligi tufayli xalifalar bu yerda öz hukmronliklarini saklab qolişga urinişgan. 16-a. boşlarida Hijozni Usmonli turklar öz tasarrufiga olgan. 18-a.ga kelib Najdda vahhobiylik diniy-siyosiy oqimi paydo böldi. Najd özining nisbatan mustaqilligi b-n ajralib turgan. Najd amirliklaridan biri Diriya xrkimi Muhammad Ibn Saud (Saudiylar sulolasi boşliği) 1745 y. Arabistonni vahxrbiylik şiori ostida birlaştirişga harakat qildi. 19-a.ning boşlariga kelib Arabistonning talay qismi Saudiylar davlatiga birlaştirildi. Bu davlat — birinçi Saudiylar davlati (1745—1811) hisoblanadi. 1811 — 18 y.larda Arabiston ya.o.ning köp qismi Misr poşosi Muhammad Ali qöşinlari tomonidan egallab olindi va Saudiylar davlati parçalab yuborildi. 1843 y. Faysal ibn Turki boşçiligida saudiylar mahalliy qabilalar kömagida Najdni ikkinçi marta egallaşdi. ArRiyod ş. poytaxtga aylantirildi. Barpo etilgan davlat — saudiilarning ikkinçi davlati hisoblanadi (1843—65). 1840 y.dan söng ham Hijoz turklar qölida qolaverdi. 19-a.ning 2-yarmida vahhobiylar davlati Şammar hukmdori bölgan Raşidiylar tomonidan bosib olindi. 1902 y. amir Ibn Saud Kuvayt hukmdori Muborak yordamida ArRiyodni egallab, Raşidiylarga zarba berdi, keyinçalik Najdda Saudiylar hukmronligini tikladi. Abdulaziz ibn Abdurahmon (Ibn Saud) Ol Saudlarning uçinçi davlatiga asos soldi (1902 y.dan). Mustamlakaçilik maqsadlarini közlagan Buyuk Britaniya 1915 y. dek.da Angliya — Saudiya bitimining imzolanişiga erişdi. Bitimga muvofiq, Buyuk Britaniya Najd mustaqilligini tan olib, Ibn Saudga subsidiya, qurolyaroğ b-n yordam beradigan böldi. Biroq Najdni Turkiyaga qarşi uruştirişga muyassar bölmadi. Ayni vaqtda (1915) Misrdagi ingliz komissari MakMagon b-n Makka (Hijoz) şarifi Husayn örtasidagi maxfiy yozişmalar natijasida bir bitimga kelişilib, unga muvofiq, Husayn arablarni Turkiyaga karşi otlantirişga va'da berdi. Buning evaziga Buyuk Britaniya Husayn boşçiligidagi bölajak arab davlatining mustaqilligini tan olmoqçi böldi. 1916 y. Husaynning öğli amir Faysal qöşinlari ingliz razvedkaçisi T. E. Lourens rahbarligida Turkiyaga qarşi harbiy harakat boşladi. 1918 y. Husayn «arablar podşosi» degan unvonni oldi. Lekin Antanta davlatlari uni faqat Hijoz podşosi deb tan olişdi. 1-jahon uruşi tugagaç, Ibn Saud Arabistonni birlaştirişni davom ettiraverdi. 1920 y. u Asirning bir qismi ustidan hukmronlik örnatdi (Asirning hammasi 1930 y. böysundirildi). 1921 y. Şammarni böysundirdi. Yangi davlatning kuçayişini xoxlamagan Buyuk Britaniya 1922 y. özining gumaştalari (şarif Husaynning öğillari) — Iroq qiroli Faysal va Movarourduniya (Transiordaniya) amiri Abdullohni Ibn Saud davlatiga qarşi çiqişga undadi. Saudiylar mağlubiyatga uçradilar va bu Ibn Saudni 1922 y. Uqayrada Iroq b-n Kuvayt örtasidagi çegarani belgilaş haqidagi şartnomani imzolaşga majbur etdi.
Natijada çegara, ya'ni betaraf mintaqa barpo etiddi. 1924—25 ylarda Ibn Saud Hijozni Najdga qöşib oldi. Birinketin Toif, Makka, Jidda va Madina qölga kiritildi. 1926 y. yanv. da u özini Hijoz podşosi, Najd va b. qöşib olingan viloyatlarning sultoni deb e'lon qildi. 1927 y. Buyuk Britaniya yangi Saudiylar davlatini tan olişga majbur böldi. 1932 y.dan boşlab mamlakat S.A. Podşohligi deb ataladigan böldi. 1934 y. S.A. va Yaman örtasida bölib ötgan va Yamanning mağlubiyati b-n tugagan uruş natijasida S. A. Asir, Jizana va Najdning bir qismini öz tarkibiga kiritdi.
2-jahon uruşi davri (1939—45) da S.A. Germaniya (1941) va Italiya (1942) b-n diplomatik aloqani uzdi, ammo uruşda qatnaşmadi. Uruş oxiriga kelib S.A. da AQŞ ta'siri kuçaya boşladi. 1943 y. AQŞ Saudiya Arabistoni b-n diplomatik aloqa örnatdi va S.A. ga lendliz (biror şart b-n qarz beriş) qonunini joriy etdi. AQŞning ARAM KO neft kompaniyasi 1972 y.ga qadar neft qazib oliş işlarini bajarib keldi. 1962 y. Saud amaldagi hokimiyatni amir Faysalga topşirişga, 1964 y. 2 noyab.da esa Faysal foydasiga taxtdan voz keçişga majbur böddi. Faysal hukumati xalq xöjaligi (yangi sanoat korxonalarini barpo etiş va h.k.), xalq ta'limi sohasida bir qança islohotlar ötkazdi. 1960y.larning 2-yarmidan S.A. taşqi siyosati 2 xil yönalişda böldi. Bir tomondan musulmon davlatlari taşkiloti — Islom paktini tuzib (1966), kommunizmga qarşi harakatni qöllab-quvvatlagan bölsa, ikkinçi tomondan Isroil agressiyasiga duçor bölgan arab mamlakatlari (Misr, Suriya va Iordaniya)ga moliyaviy yordam bera boşladi. 1973 y.gi Yaqin Şarkdagi harbiy tanglik paytida S.A. öz qöşinlari b-n arab mamlakatlari tomonida turib uruşda qatnaşdi va Misr hamda Suriyaga qaytarib olmaslik şarti b-n moliyaviy yordam berdi; Isroilni quvvatlayotgan mamlakatlar — AQŞ, Gollandiyaga neft sotişni vaqtinça töxtatib qöydi. 1974 y. okt. oyida Rabotda bölib ötgan arab mamlakatlari rahbarlarining konferensiyasida S.A. Falastin Ozodlik taşkilotini tan oldi. 1975 y. 25 martda podşox. Faysal öldirilgaç, uning örniga Xolid ibn Abdulaziz podşoh böddi. 1982 y. iyunda PodşohXolid bin Abdulaziz vafotidan keyin uning örniga Faxd bin Abdulaziz taxtga ötirdi. S.A. — 1945 y.dan BMT a'zosi. ÖzR b-n diplomatiya munosabatlarini 1992 y. fev,da örnatgan. Milliy bayrami — 23 sent. — Podşohlik e'lon qilingan kun (1932).
Xöjaligi. Iqtisodiyotining asosi — neft va gaz sanoati. 2-jahon uruşiga qadar S.A. xöjaligida çorvaçilik ustun bölgan. Uruşdan keyin neft qazib oliş va eksport qiliş hal qiluvçi ahamiyatga ega böldi. Neft va neft mahsulotlaridan keladigan daromad 5 y.lik rejalar doirasida sanoatni rivojlantirişga katta mablağ ajratiş imkonini berdi. Yalpi içki mahsulotda sanoat uluşi 53%, q.x. uluşi 6%, xizmat körsatiş tarmoği uluşi 41% ni taşkil etadi. I.ç. yalpi xdjmining 35% xususiy sektorga töğri keladi.
Sanoati . S.A. neft zaxiralari böyiça dunyoda 1-örinda (35,8 mlrd. tonna), neft qazib çiqariş böyiça 2örinda (AQŞdan keyin) turadi. Neftning 95% «Saudi ARAM KO» milliy kompaniyasi tomonidan qazib çiqariladi. S.A. da kuniga 7,5 mln. barrel (2002 y. 308 mln. tonna) neft qazib olinadi. Gaz zaxiralari böyiça dunyoda 4örinni egallasada, uni qazib oliş böyiça Yaqin Şarqda lörinda turadi. 1960y.larning oxiridan neft kimyosi sanoati keng rivojlandi. Metallurgiya (Jidda), qoğoz (Dammam), oziq-ovqat (Makkadagi yog z-di, konditer f-kasi, ArRiyoddagi sabzavot konservalari va Jiddadagi meva şarbati işlab çiqaradigan f-ka hamda Hufuf va Madinadagi xurmoni qayta işlaş f-kasi), töqimaçilik, quriliş materiallari sanoati xam rivojlangan. Jidda, Dammam va ArRiyodda sement z-dlari, Dahronda oynaşişa z-di bor. Bu korxonalarning köpçiligi töliq yoki qisman (70%ça) «Sabik» davlat konserniga karaşli va u tomonidan nazorat qilinadi. Yiliga örtaça 66,8 mlrd. kVtsoat elektr energiyasi hosil qilinadi. S.A. da hunarmandçilik, şu jumladan, zargarlik korxonalari salmokli örin egallaydi.
Qişloq xöjaligi bundan çorak asr muqaddam iqtisodiyotning eng qoloqtarmoği hisoblangan. 1990y.lardan u juda tez sur'atlar b-n rivojlandi va daromadli tarmoklardan biriga aylandi. Ekin ekiladigan umumiy maydon 1990y.larningoxirida 1,8 mln. gektarga yetdi. Asosiy q.x. ekini — ğalla, şoli. Xurmo, kofe, uzum, mandarin, banan, sabzavot va mevali ösimliklar ham östiriladi. Köçmançi çorvaçilik rivojlangan: tuya, qöy, eçki, qoramol, şuningdek, tovuq boqiladi. Baliqovlaş b-n şuğullaniladi. Yiliga örtaça 698 ming t sut mahsulotlari işlab çiqariladi. Mamlakat öz aholisini asosiy oziq-ovqat mahsulotlari b-n töliq ta'minlaydi. Dengizdan marvarid va marjon olinadi. Har yili Makka va Madinaga keluvçi 2 mln.dan ortiq ziyoratçiga xizmat körsatiladi.
Temir yöllar uz. 1400 km ni taşkil etadi. Eng yirik t.y. yönalişlari Dammam— Dahron—ArRiyod (562 km), Hufuf—ArRiyod (322 km). Avtomobil yöllari uz. 159 ming km, undan 100 ming km asfaltlangan; neft quvuri uz. — 3,7 ming km. S.A. Yaqin Şarkda eng kuçli dengiz flotiga ega. Mamlakatdagi asosiy dengiz portlari: Jidda, Yanbo, Jizon, RasTannura, Dammam, Jubayl, Daba va b. Mamlakatdagi 25 aeroportdan 3 tasi xalqaro aeroportdir. Havo aloqasi «SaudiArabiyen erlayns» aviakompaniyasi orqali amalga oşiriladi. Xalqaro aeroportlari Dahron, Jidda va ArRiyodda.
S.A. çetga, asosan, neft va neft mahsulotlari, buğdoy, xurmo çiqaradi. Çetdan maşina jihozlari, avtomobil, iste'mol mollari, transport vositalari, metall, töqimaçilik buyumlari, qurolyaroğ oladi. Asosan, Yaponiya, AQŞ, Buyuk Britaniya, Koreya Respublikasi, Singapur, Fransiya, Germaniya b-n savdo qiladi. Pul birligi — S.A. riyoli.
Tibbiy xizmati. Sönggi 30 y. içida mamlakatda kasalliklarni davolaş va oldini olişga qaratilgan keng qölamli investitsiya dasturlarini amalga oşiriş tufayli ijobiy özgarişlar röy berdi. Ilgari aholi orasida köp uçraydigan sil, bezgak, teri va traxoma kasalliklari deyarli barham topdi. Mamlakatga har yili keladigan ziyoratçilarga yuqori saviyada tibbiy xizmat körsatiladi. Buning uçun Makkada 7 kasalxona, 40 tibbiy markaz, Minoda 4 kasalxona va 24 tibbiy markaz, Arofatda 3 kasalxona va 43 tibbiy markaz, Muzdalifada 6 tibbiy markaz, Madinada 8 kasalxona va 48 tibbiy markaz mavjud. S.A. da 42625 örinli 290 kasalxona bor. Tibbiy markaz va dispanserlar soni 4000 dan oşadi. 2000 y. 30 544 vraç, 61 214 hamşira va 31977 texnik assistent işladi. Vraçlarning 17% S.A. fuqarolari, qolganlari misrlik, pokistonlik, malayziyalik va b. mutaxassislardir. Eng çekka viloyatlardagi bemorlarni markaziy ixtisoslaşgan kasalxonalarga tezkorlik b-n keltiriş maqsadida 22 samolyotdan iborat havo ambulatoriyasi mavjud. S.A. Qizil Yarim Oy jamiyatining 154 markazi va 500 Kuçma ambulatoriyasi, 27000 xizmatçisi ham aholiga favqulodda yordam körsatadi. Mamlakat va çet el fuqarolari uçun tibbiy xizmat bepul.
Maorifi va madaniy-ma'rifiy muassasalari. 1926 y. boşlanğiç majburiy ta'lim va dunyoviy maktablar oçiş, 1960 y. qizlarni majburiy ta'limga jalb etiş qaqida qonunlar qabul qilingan. Ta'lim tizimi davlat qaramoğida bölib, mamlakat fuqarolari va çet elliklar uçun ham bepul. Maktabga 6 yoşdan qabul qilinadi. Boşlanğiç maktab 6 y.lik, örta maktab 2 bosqiçli bölib, töliqsiz örta (3 y.) va töliq örta (3 y.) maktabdan iborat. Boşlanğiç maktab negizida hunartexnika maktablari (4 y.lik), töliqsiz örta maktab negizida hunartexnika bilim yurtlari (2 y.lik) işlaydi. Maktablarda öğil bolalar va kizlar alohidaalohida öqitiladi. S.A.da öğil bolalar uçun 11191 va qiz bolalar uçun 11441 maktab bölib, ularda4,15 mln. bola öqiydi, 292 ming öqituvçi işlaydi. Har bir öqituvçiga 15 öquvçi töğri keladi. Bu — dunyodagi eng yuqori körsatkiçlardan hisoblanadi. Bundan taşqari, mamlakatda xususiy ta'lim muassasalari ham mavjud. Mamlakatda bir qança oliy öquv yurtlari bor. Eng yiriklari: ArRiyoddagi podşoh Saud un-ti (1957), Jiddadagi Abdul Aziz un-ti (1967), Madinadagi I slom tadqiqotlari un-ti (1961), ArRiyoddagi Imom Muhammad ibn Saud islom un-ti (1974), Şarqiy vşgoyatdagi podşoh Faysal un-ti (1974), Makkadagi Umm alKura un-ti (1981), Dahrondagi podşoh Faxd nomidagi neft va minerallar un-ti (1963), ArRiyoddagi Oliy texnologiya in-ti va Texnika inti. Oliy ta'lim beradigan un-t, institut va kollejlarda 297 830 talaba ta'lim oladi.
Yirik kutubxonalari: Milliy kutubxona (1968), Saud kutubxonasi, ArRiyod un-ti kutubxonasi, Mahmudiya kutubxonasi, Orif Hikmat kutubxonasi, Madina un-ti kutubxonasi. S.A. da 153 madaniy markaz, madaniyat va san'at jamiyati, adabiyot klublari faoliyat körsatadi. 12 ta muzey bor. Ularning eng yiriklari: ArRiyoddagi arxeologiya va xalq merosi milliy muzeyi, AlMasmak kal'asi muzeyi, Dammamdagi Mintaqaviy muzey va b.
Matbuoti, radioeşittirişi va telekörsatuvi. S.A. da 100 dan ortiq kundalik gaz. va jur. naşr etiladi. Yiriklari arab tilida: «AlBilad» («Mamlakat», kundalik gaz., 1934 y.dan), «AnNadva» («Klub», kundalik gaz., 1958 y.dan), «AlMadinaAlMunavvara» (kundalik gaz., 1937 y.dan), «ArRiyod» (kundalik gaz., 1964 y.dan), «AlJazira» («Orol», kundalik gaz.), «AşŞarqalAusat» («Yaqin Şarq», gaz., 1978 y.dan); ingliz tilida: «Arab Nyus» («Arab yangiliklari», kundalik gaz., 1975 y.dan). Eng yirik va nufuzli naşriyot «AlYamama» hisoblanadi. Radioeşittiriş 1948 y.dan boşlangan, 23 davlat radiostyasi mavjud. Eşittirişlar 4 kanal orkali arab va ingliz tillarida, çet ellarga fransuz, turk, urdu, bengal, fors, özbek, suaxili va indonez tillarida uzatiladi. S.A. da milliy telekörsatuv faoliyati 1965 y.dan boşlangan.
Makka (1967), Madina (1967), Dammam (1969) da yirik televizion markazlar mavjud. Teleeşittirişlar 2 kanal orqali olib boriladi. Sun'iy yöldoş orqali telekörsatuvlar asosiy axborot manbaidir. 70% teletomoşabinlar undan foydalanadi.
Adabiyoti. Hozirgi S.A. hududidagi qad. va örta asr adabiyoti arab madaniyati özanida rivojlandi. Hijozda 5— 7-a.larda badaviylar şe'riyati (ImruulQayS) rivojlandi, 7-a. ning 1-yarmida esa «Qur'on» xatga tuşirildi. Badaviylar şe'riyati namunalari va «Qur'on» mumtoz arab tilini namoyon etuvçi buyuk manba hisoblanadi. Arab xalifaligi taşkil topişi, 7-a. ning 20y.larida adabiy hayot markazlarining özgarib turişi (Damaşq, Bağdod, Kohira va b.) S.A. da adabiyot rivojini birmunça sustlaştirdi. Vahhobiylar mafkurasi va konservativ jamiyat tuzilişi yangi adabiyot rivojini uzok, vaqtgaça töxtatib qöydi. Qöşni arab mamlakatlarining ta'sirida 20-a.ning 20y.laridan bir qança şoir, jurnalist, yozuvçilar yetişib çiqdi. Ularning asarlarida ma'rifatparvarlik, romantik va realistik yönalişlar uyğunlaşgan edi. Muhammad Surur asSabbon va Muhammad Hasan Avvad romantik yönaliş asosçilari hisoblanadi. Husayn Sirxan, Muhammad Hasan Fiki, Muhammad alAmir arRumeyxa kabi şoirlar mazkur yönalişda ijod qilgan şoirlardir. Mehnatkaş xalq hayotini, jamiyatdagi ijtimoiy adolatsizliklarni foş etiş Ahmad Abd alĞafur Attor ijodida muxim örin tutadi. 2-jahon uruşi (1939—45) dan keyingi davr nasrida Amin Salom Rumayha, Abdulla Munaa, Yusuf bin aşŞayx Ya'qub hikoyalari, Hasan Nosif, Abd asSalom Hoşim Hofiz qissalari realistik yönalişga ega. Realist yozuvçilar asarlarida sentimentalizm ruhi kuçli. 1957 y. Abd as-Salom Hoşim Hofizning xotin-qizlar huquqini himoya etişga bağişlangan «Hijozlik Samro» nomli birinçi romani naşr etildi. 50y.lardagi publitsistika va adabiy tanqidda Muhammad Hasan Avvad, Abdulla bin Xalis, Saod alBovaridiy, Abdulla Abd alJabbor va b. ijodi muhim ahamiyatga egadir.
Hikoya janri yaqinda paydo bölgan bölsa ham, S.A. adabiyotida yetakçi örinni egallaydi. Ahmad asSiboi, Hamid Damanquri hikoya janrining asosçilari hisoblanadi. Ahmad AsSiboining «Egizaklar» asari bu janrda yaratilgan birinçi asardir. Novella janri ham yangi janrlardan hisoblanadi. Husayn Ali Husayn, Muhammad Ulvan, Ali Xasuna, Siboi Usmon, Muhammad alMansura aşŞakxa mazkur janrda samarali ijod qilmoqdalar. 80y.lardagi publitsistika va adabiy tanqidda Ahmad Abd alĞafur al Attar, Muhammad Abdo Yamanini alohida körsatiş mumkin.
1980 y.dan podşoh farmoni b-n adabiyot böyiça davlat mukofoti ta'sis etilgan.
Me'morligi va tasviriy san'ati. Odam yuzi tasvirlangan toş haykalçalar, hayvonlar tasvirlangan toş relyeflar S.A. hududidagi qad. yodgorliklardan hisoblanadi (mil. av. 7—2-a.lar). Makka va Madinada örta asr arab me'morligi yodgorliklari (maçit, Madrasa, minoralar) saqlangan. Hijoz şim.da mil. av. 2 va mil. 1-a. larga oid nabatiyaliklar şahri vayronalari va qabrlar topilgan. Aholi turmuş darajasining yuksalib borişi b-n an'anaviy loy va xom ğiştlar örniga zamonaviy quriliş materiallaridan mahalliy iqlim şaroitlarini hisobga olgan holda villa va köşklar qurildi. Köçmançilarning turar joylari esa eçki terisi b-n yopilgan çaylalardan iborat. Yirik şaharlar (Makka, ArRiyod, Madina, Jidda)da jahon andozalariga mos darajada köp qavatli uylar, mehmonxona, stadion, aeroportlar mavjud. Zamonaviy qurilişlarda arab milliy me'morligi an'analari öz aksini topgan. Yirik inşootlarning devori köpi marmar b-n qoplangan.
Kinosi. S.A.da hayot tarzi islom dini arkonlari asosida qurilgani sababli kinoteatr va teatrlar yöq. Şunga muvofiq, kinematografiya san'ati rivojlanmagan. Asosan, sport va ijtimoiy xarakterga ega filmlar yaratiladi. Ommaviy tarzda kinofilm va spektakllar namoyiş etilmaydi.
Özbekiston — S.A. munosabatlari. 1992 y. fev.da S.A. taşqi işlar vaziri şahzoda Saud alFaysal bin Abdulaziz Ol Saudning Özbekistonga, öşa yil apr. da ÖzR Prezidenti I. A. Karimovning S.A. ga taşrifidan söng 1992 y. noyab. da Jidda ş.da ÖzR konsulxonasi, may oyida ArRiyodda elçixonasi, 1997 y. 27 martda Toşkentda S.A. elçixonasi oçildi. 1995 y. noyab. da ÖzR Taşki işlar vazirining S.A. ga qilgan taşrifi davomida Özbekiston b-n S.A. örtasida savdo, iqtisod, investitsiyalar, texnika, madaniyat, sport va yoşlar işlari sohalarida hamkorlik qiliş töğrisida bitim imzolandi.
1996 y. apr.da ArRiyodda ÖzR Prezidenti I.A. Karimovning «Özbekiston iqtisodiy islohotlarni çuqurlaştiriş yölida», 1998 y. martda «Özbekiston XXI asr bösağasida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik şartlari va taraqqiyot kafolatlari» asarlari arab tilidagi naşrining rasmiy takdimoti ötkazildi.
1996 y.da S.A.ning «Delta oyl» şirkati b-n hamkorlik aloqalari örnatildi. Jumladan, Özbekiston hukumati AQŞ — S.A. ning «Yunikol» va «Delta oyl» şirkatlari konsorsiumi b-n neft va gaz quvurlari loyihalari töğrisida bitim, «Özbekneftgaz» milliy xolding kompaniyasi esa Özbekistonda neft razvedkasi hamda uni qazib çiqariş haqida anglaşuv bayonnomasini imzoladi. 1996 y. yanv.da «Özbekturizm» kompaniyasi «AlMarva» şirkati b-n turizm va aviaçiptalarni sotiş töğrisida bitim imzoladi. 2002 y.da Özbekiston — S.A. örtasidagi tovar aylanmasi 3,9 mln. AQŞ dollarini taşkil etdi. Özbekistonning S.A. ga eksporti, asosan, savdo va unga aloqador xizmatlardan iborat. Ayni paytda, S.A.dan şirinliklar, don, gilam va polni krplaydigan mahsulotlar, ösimlik va mol yoği, mebel va çoyşablar, spirtsiz içimliklar, optika jihozlari, poyabzal, böyoklar, öyinçoq va sport anjomlari olinadi.
Özbekistonda S.A. iştirokidagi 14 korxona röyxatga olingan bölib, ularning 10 tasi qöşma korxona, 4 tasi 100% S.A. sarmoyasidagi korxonalardir.
Ikki davlat örtasida ta'lim va din sohalarida ham hamkorlik rivojlangan. 1997 y. S.A. oliy ta'lim vaziri Xalid alAnqariy Özbekistonga S.A. ning bir neça un-tlari rektorlaridan iborat delegatsiya b-n taşrif buyurdi. Mustaqillik davrida respublikamizning 45 mingdan ortiq fuqarosi haj, 35 mingdan ziyod fuqarosi umra safarlarida böldilar (2004).
Nosir Orifxöjayev.