Tabiati. E. Old Osiyo toğligi mintaqasining şarqiy qismida joylaşgan va Eron togligining ğarbiy qismini egallagan. E. şimolda Kaspiy dengiziga tutaş, jan.da Fors va Ummon qöltiqlari bilan öralgan (uşbu qöltiqlardagi Keşm, Xörmuz, Xark va boşqalar orollar E.ga tegişli). Sohillari pasttekislik, ayrim joylari mangra çakalakzorlari bilan qoplangan. Yer yuzasining yarmidan köproği toğli. Mamlakat hududining çekkalarida Şim. Eron, Şarqiy E. va Janubiy Eron toğlari joylaşgan. Eron toğlari orasida Elburs toğlari (Damovand çöqqisi E.ning eng baland nuqtasidir, 5604 m) va TurkmanistonXuroson toğlari alohida ajralib turadi. E.ning jan. ğarbida Zagros toğ tizmasi joylaşgan. Çekka tizmalar oralarida 1000—2000 m balandlikdagi yassitoğliklar bor. E.ning ğarbida, Armaniston toğligida söngan vulkanlar, içki yassitoğliklarda çöl va landşaftli botiklar mavjud. E.ningjan. sohilini Garmsar tekisligi egallagan. E. neft va gaz zaxiralariga boy. Toşkömir, temir va xrom rudalari, noyob elementlar, polimetall va mis rudalari, boksit, oltingugurt, surma, barit, tuz konlari va boşqalar bor.
Iqlimi. E. hududining katta qismida suptropik, kontinental, Fors va Ummon qöltiqlari sohillarida tropik iqlim; yozi issiq, qişi şim.da sovuq, jan.da iliq. Yanv.ning örtaça t-rasi Tehronda 2', Jasq şahri (Ummon qöltiği sohilida)da 19°; iyulniki xuddi şu joylarda 29 va 32°. Örtaça yillik yoğin 500 mm dan kam, faqat Elburs toğlari yon bağirlarida 2000 mm gaça, Seyiston botiğida 5060 mm. E.da daryo kam. Yirik daryolari: Qorun, Safedrud, Atrek, Araks, Hilmand, Şatt ulArab. Faqat Qorun daryosida kema qatnaydi. Toğ oraliğidagi botiqlarda oqmas köllar (Urmiya, Daryoçai Namak va boşqalar) bor. Toğ oldi tekisliklaridagi böz tuproklarda çöl ösimliklari, toğlardagi qönğir tuproqlarda daşt ösimliklari ösadi. Pastliklar şörxok. Elburs toğlarining şim. yon bağri keng bargli örmon bilan qoplangan. E.ning jan.dagi qizil tuproqlarda savanna turidagi ösimliklar ösadi. Daryo vodiylari ötloq, tuproği allyuvial. E.ning hayvonot dunyosi xilmaxil. Toğlarda quyon, çiyaböri, toğ eçkisi, yölbars, qoplon, jayra, vodiylarda tulki, böri, sirtlon, buğu, börsiq va boşqalar yaşaydi. Mamlakat markazidagi tekislikda kaklik, Fors qöltiği sohillarida saqoquş va qizil ğoz, Kaspiy dengizida qimmatbaho baliq turlari — osyotr va beluga köp. Milliy boğlari: Kevir, Guliston, Urmiya, Markaziy Elburs va boşqalar
Aholisi. E.da 30 dan ortiq millat vakillari yaşaydi. Aholisining 75% ga yaqinini eron tillari guruhiga kiruvçi xalqlar: fors, gilon, mozandaron, kurd, lor, baxtiyoriy, baluj, taliş, afğon, tojik va boşqalar taşkil etadi. Turkiy til guruhiga kiruvçi ozarbayjon va turkmanlar, şuningdek, arab, arman, ossuriy, gruzin, löli va boşqalar ham yaşaydi. Rasmiy til — fors tili. Davlat dini — islom dinining şia mazhabi. Şahar aholisi 58,3%. Yirik şaharlari: Tehron, Isfahon, Maşhad, Tabriz.
Tarixi. E. hududida odam ilk paleolit davridan yaşaydi. Eronliklar töğrisidagi dastlabki ma'lumotlar Ossuriya yozma yodgorliklarida keltirilgan. Mil. av. 834 yilda şoh Salmanasar III ning şarqqa qilgan yurişini tavsiflovçi mixxat yozuvlarida qadimiy fors tilida sözlaşuvçi xalqlar istiqomat qilgan Parsua mamlakati qayd etilgan. Mil. av. 3-ming yillik boşida E.ning jan.ğarbida dastlab şahardavlatlar, keyinroq Elam davlati paydo böldi. Mil. av. 2-ming yillik davomida E. hududiga hinderon tillarida sözlaşuvçi hindevropa qabilalari kirib kela boşlagan. E.ning hoz. nomi öşa xalqlar — oriylar nomi (qad. eronça aguapa — «oriylar mamlakati») dan olingan. Bu davrda E. hududining bir qismi Ossuriya hukmronligi ostida bölgan. Mil. av. taxm. 673— 672 yillarda Ossuriyaga qarşi kötarilgan ğalayon natijasida Eron toğligining şim.ğarbiy qismida Midiya davlati paydo böldi. Mil. av. 550 yil Midiya va Forsiya podşoligi örtasida bölib ötgan uruş (553— 550) dan söng hokimiyat axomaniylar sulolasi qöliga ötdi. Yunonlar, keyinçalik Yevropaning boşqa xalqlari Forsiya nomini mamlakatning barça qismiga taalluqli deb bilib, uni Forsiya (Persiya) deb atay boşlaganlar (Yevropa adabiyotida bu nom 1935 yilgaça saqlanib kelgan). Ğarb bilan Şarq örtasidagi savdo yöllarida öz hukmronligini örnatiş maqsadida Axomaniylar Yunoniston bilan uruş olib bordilar. Mil. av. 330 yil Axomaniylar davlati Aleksandr Maqduniy qöşinlari tomonidan mağlubiyatga uçradi. Uning ölimidan söng E. Salavkiylar davlati tarkibiga kirdi. Mil. av. 3-asr hoz. E. va Turkmaniston çegaralarida Parfiya podşoligi vujudga kelib, mil. av. 2-asr örtalarida E.ning barça hududi uning tarkibida bölgan. Mil. av. 1-asrdan Parfiya Rim bilan uzoq muddatli uruşga kirdi. Mil. 224 yil Parfiya qaramoğidagi Forsiya hukmdori Ardaşer I Parfiyaning sönggi podşosi Artaban V ni uruşda yenggaç, Sosoniylar davlatit* tuzdi. Sosoniylar hukmronligi davrida 3-asr örtalarida moniylik, 5-asr oxirlarida mazdakiylik paydo böddi. 7-asrda E.ni arablar bosib oldi va u Arab xalifaligi tarkibiga kirdi. E.da islom dini tarqalib, 10-asrda aholining köp qismi unga e'tiqod qilaboşladi. 9—10-asrlarda E. hududida noibliklar vujudga keldi. 900 yilda Xuroson va butun Şarqiy E. Somoniylar qöl ostiga ötdi, söng Şarqiy E. Örta Osiyoning bir qismi va hoz. Afğoniston hududi bilan birgalikda Ğaznaviylar davlati tarkibiga kirdi. 11-asrda E.ga turkiy qabila (öğuz)lar kirib keldi. Ulardan biri — saljuqiylar ğaynaviylar qöşinini tormor qilib, E.ni va unga qöşni mamlakatlarni bosib oldi va Saljukiylar davlatini tuzdi. 12-asr boşlarida Saljuqiylar davlati parçalanib, qator sultonliklar paydo böldi. 12-asr oxirida E. Xorazmşohlar davlatita qöşib olindi. 1220—56 yillarda E.ni möğullar bosib oldi va 14-asrning örtalarigaça Hulokuiylar davlati tarkibida böldi. 14-asrning 30—80-y. larida Xurosonda möğul va mahalliy zodagonlar zulmiga qarşi Sarbadorlar közğolonlari, 1350 yil Mozandaron va Gilonda Saidlar harakati bölib ötdi, natijada sarbadorlar va saidlar davlati paydo böldi. 16-asr boşida E.ning barça qismi Safaviylar qöliga ötdi. 1502 yil şia mazhabi davlat dini deb e'lon qilindi. 17a, oxiri — 18-asr boşlarida mamlakatning turli qismlarida zodagonlarga qarşi ğalayonlar, şuningdek, asoratga solingan afğon, turkman, kurd, ozarbayjon va boşqalar xalqlarning ozodlik harakatlari boşlanib ketdi. Afğon qabilalarining 1709—22 yillardagi qözğolonlari natijasida 1722 yil ular Safaviylar poytaxti bölmiş Isfahonni egalladilar. Afğon xonlarining hukmronligiga qarşi xalq harakati boşlanib ketdi. 1723 yil E.ning şim. ğarbiy va markaziy viloyatlariga bostirib kirgan turklar quvib çiqarildi. E.davlati Nodirşoh rahbarligida juda katta imperiyaga aylandi. 1747 yil fitna natijasida şoh öldiriddi va E.davlati parçalanib ketdi. 18-asr oxirida zand va qojar xonlari örtasida uzoq davom etgan kuraşdan keyin E.da Qojarlar sulolasi örnatiddi. 18-asr oxiridan E. Yevropa mamlakatlarining mustamlakaçilik obyektiga aylandi. 19-asrdagi RossiyaEron uruşlari natijasida muqaddam E. bosib olgan Kavkaz orti hududlari Rossiyaga ötdi. 19-asrning 50-y.lari örtalarida mamlakatda ijtimoiyziddiyatlarning kuçayişi Bobiylar qözğolonlarit öz aksini topdi. 19 a. 60-y.lari — 20-asr boşlarida E. asosan, Buyuk Britaniya va Rossiyaning yarim mustamlakasiga aylandi. 19-asr oxiridan zulm va ijtimoiy ziddiyatlarning kuçayişi 1905—11 yillardagi Eron inqilobining boşlanişiga zamin yaratdi. Natijada konstitutsiya e'lon qilindi, parlament (majlis) çaqirildi. 1911 yil oxirida Eron inqilobi Angliya va Rossiya tomonidan bostirildi. 1-jahon uruşi yillari (1914— 18)da E. uruşga kirgan davlatlarning harbiy harakatlari maydoniga aylandi. 1919 yil E. Buyuk Britaniya tomonidan bosib olindi. Mamlakatda milliy ozodlik kuraşi avj oldi. Eron Ozarbayjoni (1920), Gilon va Mozandaron (192021), Xuroson (1921)da kuçli milliy ozodlik harakatlari bölib ötdi. 1921 yil 21 fev.da öng kuçlar Rizoxon qömondonligi ostida davlat töntarişini amalga oşirdilar. Said Ziyovuddin rahbarligidagi yangi hukumat (uşbu hukumat tarkibida Rizoxon harbiy vazir bölgan) demokratik harakat yoyilib ketmaslik çoralarini kördi va jamoat tazyiqi ostida 1919 yilgi Angliya—E. bitimini bekor qildi. 1925 yil 12 dek. da Ta'sis majlisi Rizoxonni Rizoşoh Pahlaviy nomi bilan E. şohi deb e'lon qildi. 1930-y.larning örtalaridan E. Germaniya bilan aloqalarini kuçaytira boşladi. 2-jahon uruşi yillari (1941 yil avg.da) E. hududiga sovet va ingliz qöşinlari kiritildi (1945 yil oxiri — 1946 yil mayda olib çiqib ketildi). 1941 yil 16 sentyabrda Rizoşoh taxtdan voz keçdi va uning örniga öğli Muhammad Rizo Pahlaviy ötirdi. 1943 yil 9 sentyabrda E. Germaniyaga qarşi uruş e'lon qildi, lekin harbiy harakatlarda qatnaşmadi. 1945—46 yillar E.da kuçli antiimperialistik va demokratik harakatlar avj oldi. Hukumat AQŞ va Buyuk Britaniya yordamiga tayanib, bu harakatlarga çek qöydi. 1960-y.larning boşlarida mamlakatda ijtimoiy va içki siyosiy vaziyat keskinlaşdi. Şoh hukumati monarxiya tuzumi va harbiy qudratini mustahkamlaş maqsadida islohotlar ötkazişga kirişdi (agrar islohotlar ötkazildi, maorif va sogliqni saqlaş tizimini yaxşilaşga oid ayrim tadbirlar amalga oşirildi). Ammo şoh tuzumining reaksion içki siyosati, ğarbparastligi E.da islom dinining fundamental qadriyatlarini tiklaşga intiluvçi ruhoniylarning keskin qarşiligiga uçradi. 1979 yil fev. da monarxiyaga qarşi inqilob natijasida şoh tuzumi ağdarildi. Inqilobga surgundan qaytgan şialar yetakçisi oyatullo Humayniy (1964 yil mamlakatdan surgun qilingan) rahbarlik qildi. Muhammad Rizo Pahlaviy mamlakatdan çiqib ketişga majbur böldi. 1979 yil 1 apr.dan mamlakat rasmiy ravişda E. Islom Respublikasi deb nomlandi. 1979 yil oxirida E. bilan Iroq örtasidagi munosabatlar keskinlaşdi. E. bilan Iroq örtasida Şatt ulArab daryosi böylab ötgan çegara xususidagi janjal qurolli töqnaşuvga aylanib ketdi. 8 yil davom etgan bu mojaro ikki tomonni ham holdan toydirdi. Humayniy vafotidan söng (1989) hokimiyat tepasiga kelgan yangi hukumat bir qança ijobiy islohotlarni amalga oşira boşladi, taşqi siyosatda E.ni xalqaro miqyosda yakkalanib qoliş holatidan çiqariş yölini belgiladi.
E. 1945 yildan BMT a'zosi. ÖzR suverenitetini 1991 yil 25 dek.da tan olgan va 1992 yil 10 mayda diplomatiya munosabatlari örnatgan. Milliy bayrami — 11 fev. — Islom inqilobi kuni (1979).
Siyosiy partiya va taşkilotlari. E. Islom Respublikasi konstitutsiyasiga binoan, E.da islomga aloqasi bölmagan siyosiy partiya va taşkilotlar faoliyati man qilingan. Hoz. kunda mamlakatning içki siyosiy hayotida bir qator islom partiya va uyuşmalari mavjud bölib, ular orasida e'tiborga loyiq bölganlari Kuraşayotgan ruhoniylar jamiyati, Islomiy Eron birdamlik partiyasi, Islomiy Eron hamjihatlik partiyasi, Taraqqiyotga xizmat qiluvçilar uyuşmasi, Imom Humayniy siyosati tarafdorlari uyuşmasidir.
Xöjaligi. E. — neft sanoati rivojlangan agrar industrial mamlakat. Yalpi içki mahsulotda q.x. 21,3%, sanoat 32,7% (jumladan, neft va gaz qazib oliş 18,7%)ni taşkil etadi.
Sanoatida neft, gaz, kömir, xrom, qörğoşinrux, mis, marganets va temir rudalari qazib oliş katta ahamiyatga ega. Yiliga örtaça 85 mlrd. kVtsoat elektr energiyasi hosil qilinadi. Neftni qayta işlaş, neft kimyosi korxonalari bor. Qora va rangli metallurgiya, maşinasozlik va metallsozlik, oziq-ovqat, töqimaçilik sanoati rivojlangan. Hunarmandçilik (gilam töqiş, metall buyumlar tayyorlaş) bilan ham şuğullaniladi.
Qişloq xöjaligi mamlakat iqtisodiyotining muhim tarmoği hisoblanadi. Q.x.ning yetakçi tarmoği — dehqonçilik. Asosiy oziq-ovqat ekini — buğdoy; şuningdek, arpa, şoli, dukkakli don ekinlar ekiladi. Boğdorçilik (örik, şaftoli, anjir, pista, xurmo, behi, anor, sitrus mevalar, yonğoq va boşqalar), tokçilik, sabzavotçilik va polizçilik bilan mamlakatning hamma qismida şuğullaniladi. Paxta ekiladi, qand lavlagi, şakarqamiş, tamaki yetiştiriladi, çoy östiriladi. Çorvaçiligida qöy, eçki, qoramol, eşak, tuya, ot, xaçir boqiladi. Parrandaçilik rivojlangan. Pillaçilik bilan şuğullaniladi. Fors qöltiği va Kaspiy dengizida baliq ovlanadi.
Transporti. T.y.ning uz. 7,3 ming km. Içki yuklarning asosiy qismi avtomobil transportida taşiladi. Avtomobil yöllarining uz. 167 ming km. Dengiz savdo floti tonnaji 8345 ming t dedveytni taşkil etadi. Fors qöltiğidagi asosiy portlari: BandarAbbos, BandarHumayniy, Buşir, Xark, Obodon, BandarMohşahr; Kaspiy dengizida — Enzeli, Novşahr, Amirobod. Tehron, Şeroz, Isfahon, BandarAbbos, Obodon, Tabrizda xalqaro aeroportlar bor.
E. çetga neft va neft mahsulotlari, gilam, gaz, paxta, meva, teri, metall buyumlar çiqaradi; çetdan oziq-ovqat, maşina va jihozlar, sanoat xom aşyosi oladi. Taşqi savdoda Germaniya, Italiya, Kuvayt, BAA va boşqalar mamlakatlar bilan hamkorlik qiladi. E.da xorijiy sayyohlik rivojlangan. YUNESKO tomonidan qayd etilgan dunyo sivilizatsiyasi merosiga oid 12 tarixiy yodgorlikning 3 tasi E.da joylaşgan. 2001 yil E.ni 1402160 xorijiy sayyoh ziyorat qildi, xorijiy sayyohlikdan tuşgan daromad 1,112 mlrd. AQŞ dollarini taşkil etdi. Pul birligi — rial.
Tibbiy xizmati. E.da örtaça umr 69 yoşni taşkil etadi. 2003 yil 110797 örinli 730 kasalxona (120 tasi xususiy), 307169 vraç, hamşira va farmatsevt işladi. Vraçlar un-t va örta maxsus tibbiyot bilim yurtlarida tayyorlanadi. Hoz. paytda E.da soğliqni suğurta qiliş yölga qöyilmoqda.
Maorifi, ilmiy va madaniy-ma'rifiy muassasalari. E.da 5 yillik bepul majburiy boşlanğiç ta'lim joriy qilingan. 2 bosqiçdan iborat 7 yillik örta maktab mavjud. Mamlakatda savodxonlik körsatkiçi — 85,1%. 2004 yil mamlakatdagi maktablarda 17 mln. 196588 öquvçi ta'lim oldi. Boşlanğiç maktab öqituvçilari ped. bilim yurtlarida, örta maktab öqituvçilari Tehron un-ti qoşidagi pedagogika in-tida tayyorlanadi. Oliy ma'lumotli kadrlar Tehron universiteti, Tehrondagi E. milliy un-ti (1960), «Forobiy» un-ti (1975), Şeroz, Maşhad, Isfahon, Mozandaron, Tabriz, Ahvozdagi untlarda, Tehron politexnika inti, Obodon neft instituti va boşqalarda tayyorlanadi. 2004 yil oliy öquv yurtlarida 1 mln. 673753 talaba öqidi. I.t.lar Tehrondagi fan va maorif taraqqiyotini tadqiq etiş va rivojlantiriş instituti (1969), E. madaniyati tadqiqot markazi (1971), San'at va arxeologiya tarixi milliy markazi (1972)da, şuningdek, Tehron, Maşhad, Tabriz, Şeroz, Isfahon, Ahvoz untlari va boşqalar oliy öquv yurtlarida ham olib boriladi. Yirik kutubxonalari: Milliy kutubxona (1935), Parlament kutubxonasi (1924), untlar huzuridagi kutubxonalar. Madaniyat vazirligi tizimida 1502 ta kutubxona mavjud. E.da arxeologiya va etn. muzeyi, Guliston saroyi muzeyi (1894), Milliy badiiy muzey, Gilamlar muzeyi bor.
Matbuoti, radioeşittirişi va telekörsatuvi. E.da bir qança gaz. va jur. naşr etiladi. Asosiylari: «Abror» («Adolatli», fors tilidagi kundalik gaz., 1985 yildan), «Keyhon» («Koinot», fors tilidagi kundalik oqşom gaz., 1942 yildan), «Risolat» (fors tilidagi kundalik gaz., 1985 yildan), «Egteloot» («Axborot», fors tilidagi kundalik keçki gaz., 1925 yildan), «Ettelooti haftagi» («Hafta yangiliklari», fors tilidagi bezakli haftalik jur., 1941 yildan). Islom Respublikasi axborot agentligi (IRNA), 1934 yil taşkil etilgan. «Eron Islom Respublikasi ovozi» milliy radiosi 1971 yil tuzilgan. E. televideniyesiga 1971 yil asos solingan.
Adabiyoti. E. adabiyotini şartli ravişda 3 bosqiçga böliş mumkin: qadimiy, örta asr va zamonaviy. E. adabiyotining ilk namunalari qadimiy fors tilida yaratilgan. Qahramonlik eposining dastlabki körinişlari Axomaniylar davriga mansub mixxat bitiklarida öz aksini topgan. E. arablar tomonidan zabt etilib (7-asr), uning hududi xalifalik tarkibiga kirgandan söng E. adabiyoti arab tili va islom ta'sirida şakllandi. 9-asrga kelib adabiyotda fors tilining mavqei kuçaydi. 10-asrning 2-yarmidan boşlab fors tili Şarqda şe'riyat tili darajasiga kötarildi. 10—15-asrlar E. nazmining yuksaliş davri hisoblanadi. Bu davrda Firdavsiy, Umar Xayyom, Sa'diy, Rumiy, Hofiz kabi dunyo adabiyotining yorqin yulduzlari özlarining ölmas asarlarini yaratdilar. Ularning şe'riyatida gumanizm, insonning uluğ mavjudot ekanligi, ma'naviy barkamollik sari intiliş ğoyalari tarannum etildi. Fors adabiyotining durdonasi bölmiş Firdavsiyning «Şohnoma» dostoni maydonga keldi. Bu davrda E. adabiyotining mumtoz janrlari bölgan ruboiy, qasida, ğazal va qit'a yanada takomillaşdi. Şu bilan birga Abdullo Ansoriy, Farididdin Attor va boşqalarning asarlarida sufiylik tariqati ğoyalari öz aksini topdi. Möğullar tomonidan E.ning işğol etilişi (1220—56) natijasida madaniy hayot inqirozga yuz tutdi. 13-asrning 2-yarmiga kelib E. adabiyotida madhiya va qahramonlik eposlari rivoj topdi. 16-asr oxiri E. adabiyotida şia mazhabiga xos marsiya şe'riy janri şakllandi. Bu davrga kelib E. mumtoz adabiyoti saroy şe'riyati doirasida taraqqiy etdi. 17-asr E. adabiyotida hind uslubi (sabke hindi) ustunlik qila boşladi. Bu hol 18-asrda Eron şoirlari Muştoğ Isfahoniy, Sabohiy Bikdeliy Koşoniy, Hotif Isfahoniy va boşqalarning e'tiroziga uçrab, E. adabiyotida «bozgaşt» (qaytiş) deb atalmiş yangi yönalişning paydo bölişiga olib keldi. Bu yönaliş ilk E. mumtoz şe'riyatiga xos uslubni qayta jonlantirişga qaratilgan sa'yiharakatlar bilan ifodalanadi. 19-asrda E. adabiyotida yodnoma va safarnomalar paydo bölib, yangi fors nasriy janriga asos solindi. E.da keng quloç yozgan milliy ozodlik harakati (1905—1921) publitsistika va satirik şe'riyatning şakllanişiga turtki böldi. M. Bahor, A. Lohutiy ijodida adolatsizlikka qarşi kuraş ğoyalari namoyon böldi. 20-asrda E. adabiyotida roman va realistik hikoya janri rivoj topdi. Bu davrda Murtazo Muşfiq Kozimiyning «Qörqinçli Tehron» (1924), Abbos Kozimiyning «Maşaqqatli hayot» (1931), Yahyo Davlatobodiyning «Şahrnoz» (1926), Said Nafisiynij «Farangis» (1931) nomli asarlari çop etildi. 20-asrning 30-y. larida E. şe'riyatiga yangi şe'riy janr «şe'ri nou» kirib keddi. An'anaviy aruz vaznidan voz keçib, erkin uslubda şe'r yaratiş bu yönalişning xaraterli jihatidir. E. şe'riyatidagi yangi yönalişning asosçisi Nimo Yuşij (1895—1961) hisoblanadi. 1940—50 yillar nasrda ijtimoiy hayotni aks ettiruvçi bir qator realistik asarlar yaratildi. Sodiq Hidoyat (1903—51)ning «Daydi it» (1943), «Hoji oğo» (1945), Bözörg Alaviyning «Ellik uç» (1942), «Uning közlari» (1952) hikoyalari jamoatçilik e'tiborini qozondi. Islom inqilobidan söng E. adabiyotida ozodlik va inqilobni tarannum etuvçi şe'rlar, EronIroq uruşida qatnaşgan jangçilarning mardligi va vatanparvarligini aks ettiruvçi asarlar, diniy yönalişda yozilgan şe'riy töplamlar keng örin oldi.
Me'morligi. E. hududidagi me'moriy yodgorliklar uzoq ötmişga borib taqaladi. E.da neolit davriga oid paxsadan qurilgan turar joylar (Koşon yonidagi TepeSialk, Şeroz yaqinidagi TaliBakun) topilgan. Midiya podşoligi davri (mil. av. 1-ming yillikning 1-yarmi)da uning poytaxti Ekbatana atrofida (hoz. Hamadon) istehkom devorlari barpo etilgan. Axomaniylar davrida saroy me'morligi keng rivoj topdi (Pasargada, Persepolis, Suzadagi saroy majmualari). Axomaniylar saroy me'morlik uslubiga haşamatlilik, hayvon haykalçalari bilan bezatilgan baland ustunlar xos. Asosiy quriliş materiallari — xom ğişt, toş va yoğoç. Törtburçak şaklidagi zarduştiylik ibodatxonalari ham şu davrga mansub me'moriy yodgorlik hisoblanadi. Parfiya podşoligi davrida hovli tomoni oçiq ayvonli saroylar qurilgan. Sosoniylar davrida şaharlar tez sur'atlar bilan barpo etila boşlandi. Şaharlar doirasimon yoki töğri törtburçak tarhli qilib, qalin devor bilan öraldi. Bino qurilişida toş, pişiq ğişt, yoğoç işlatilgan, tom qismi esa yoysimon şaklga ega bölgan. Keyinçalik gumbazlar paydo bölgan. Sosoniylar davri saroylariga haşamatli ayvon va baland ustunlar xos. E.ning arablar tomonidan zabt etilişi (7-asr) me'morlikda yangi uslubdagi binolarning paydo bölişiga olib keldi. Bu davrda köplab karvonsaroy, masjid, minora, maqbara, tim, madrasa va hammomlar qurildi. Devor bilan öralgan qöplab şaharlar barpo etildi. Şaharning 4 darvozasini boğlovçi 2 asosiy xiyobonning kesişgan nuqgasi saroy, bozor va masjid joylaşgan markaziy maydonni taşkil etdi. Ba'zi hollarda şahar markazida ark barpo etildi. 12-asrga kelib masjid qurilişida E.ga xos uslub paydo böldi (tört tomoni ayvon va boloxonalar bilan qurşalgan hovli hamda gumbazli bino). Masjid yonida yuqori qismi torayib boruvçi aylana minora qad kötardi. Bu paytgaça minoralar sakkiz burçak şaklida qurilgan. 13—14-asrlar örtalarida E.da madrasa, masjid, xonaqoh va minoradan tarkib topgan yaxlit ansambllar paydo böldi. E. Temuriylar davlati tarkibiga kirgan davr (14—15-asrlar) da me'morlikda gumbazlarni kök koşin bilan bezaş odat tusiga kirdi. Masjid, madrasa va boşqalar binolarning old qismiga koşinlardan rangli zeb berildi (Maşhaddagi Gavharşod begim masjidi, 1405—18, me'mor Qavomiddin Şeroziy). 14—16-asrlarda şahar qurilişi avj oldi, şahar ansambllari (Yangi Isfahon) bunyod etildi, saroylar devoriy rasmlar, mozaika bilan bezatildi (Isfahondagi Ali Qopu, Çehel Sutun saroylari, Qazvindagi saroylar). Safaviylar davriga kelib, E. me'morligida haşamatlilikka keng örin berildi, binolarni murakkab va körkam naqşlar bilan bezaş, ulkan favvoralar quriş rasm böldi. Şaharlarda muhtaşam majmualar quriş rejasi hayotga tatbiq etildi. Isfahondagi Şoh maydoni atrofida barpo etilgan saroy, masjid, karvonsaroy va bozor yaxlit me'moriy ansamblni taşkil etdi. 18—19-asrlarda yuz bergan iqtisodiy inqiroz E.da quriliş kölamining keskin kamayişiga olib keldi. 20-asrga kelib, E. me'morligida yangi şakldagi binolar paydo böldi (Tehrondagi un-t binosi, 1930-y.lar; Tehron yaqinidagi «Xilton» mehmonxonasi, 1962). Turar joy, ijtimoiy maskanlar, sanoat majmualari, köpriklar qurilişida. oyna, metall va temirbeton konstruksiyalar keng qöllandi. E. me'morlari binolarni barpo etişda zamonaviy me'morlik uslubi va milliy an'analardan foydalandilar (Hamadondagi Ibn Sino maqbarasi, 1952; Maşhaddagi Nodirşoh maqbarasi, 1961; Nişopurdagi Umar Xayyom qabri ustiga qurilgan pavilonrotonda, 1963).
Tasviriy san'ati. E. san'ati 8 ming yil davomida şakllanib kelgan. E. hududidan topilgan ğorlardagi odam, hayvon, ösimlik va ov qurollarining devoriy rasmlari tasviriy san'atning ilk namunalari sifatida e'tirof etiladi. Mil. av. 12—7-asrlarga oid qabrlardan qimmatbaho metalldan işlangan badiiy bezak buyumlar, bronza haykalçalar topilgan. Axomaniylar davrida kumuş va oltindan yasalgan idişlar, zargarlik buyumlari, tamğa, tangalar kandakorlik bilan bezatilgan. Sosoniylar davri tasviriy san'atida haykaltaroşlik asosiy örin egalladi (Mozandarondagi bronza byustlar), 9—13-asrlarda amaliy bezak san'ati rivojlandi. Nişopur, Koşon, Sultonobod kabi şaharlar kulollik markazlari sifatida şuhrat qozondi. Har xil rangli şişalardan idiş va buyumlar tayyorlandi. E. milliy san'atining asosiy turlari (gilamçilik, sopol idişlarga çizilgan naqşlar, xattotlik) arablar bosqiniga qadar şakllandi, biroq özining yuksak çöqqilariga islom dini davrida erişdi. E. tasviriy san'atiga geometrik şakllar, ösimlik naqşlari, afsonalardan olingan lavhalar, hayvonlar tasviri xosdir. Ğarbda fors tasviriy san'ati miniatyura sifatida tanilgan. E. rassomlari öz asarlarida afsonaviy qahramonlar va şohlarni hamda E. mumtoz adabiyoti asarlaridagi lavhalarni mohirlik bilan aks ettirdilar.
Qur'on matnlarini bezaş san'ati yuksak çöqqilarga kötarildi. E. Arab xalifaligi tarkibiga kirgandan söng xattotlik san'ati rivojlandi. Bu san'at turining rivojlanişi Temuriylar davriga töğri keddi. Xattotlikning mohir ustasi Mir E'mod Hasaniy Seyfi Ğaznaviy (1617 yil vafot etgan) bölgan. Qojarlar sulolasi hukmronligi davrida xattotlikning «şikastanasta'liq» şakli ravnaq topib, hoz. qunga qadar qöllaniladi. 15—17-asrlar miniatyura san'atining rivojlaniş davri hisoblanadi. Tabriz va Isfahon miniatyura maktablari şuhrat qozondi (yana q. Tabriz miniatyura maktabi, Isfahon miniatyura maktabi). Bu davrda yaratilgan miniatyura asarlari naqşga boy bölib, ranglar jilosi va nafisligi bilan ajralib turadi. E. miniatyuralarida realizm yönalişi ham keng örin olgan. Uşbu uslubning yorqin namoyandasi Rizo Abbosiynit asarlarida uruş lavhalari, ayollar siymosi aks ettirilgan. Uning yaratgan miniatyuralari Isfahondagi Çehel Sutun va Ali Qopu saroylari devorlarida muhrlanib qolgan. 19-asrda E. miniatyura san'ati ğarb madaniyati ta'siri ostida inqirozga uçradi. 20-asr boşlarida E. rassomligida realizm yönalişi katta örin egalladi. Haykaltaroşlik, rassomlik san'ati va fafika (ayniqsa, kitob bezagi, reklama plakatlari) yuksala boşladi. Hasan Ali Vaziriy, Muhsin Muqaddam, Abulqosim Sodiqiy kabi rassom va haykaltaroşlar öz asarlarida oddiy xalq hayotidan olingan lavhalarni aks ettirdilar. 1920 yil Kamol ulMulk Tehronda rassomlik va haykaltaroşlik maktabini taşkil etdi. Zamonaviy tasviriy san'at milliy maqtabining asosçilaridan biri Akbar Tajvidiy (1925—95)dir. Hoz. davrda tasviriy san'at an'analarini E.ning maşhur rassomlari M. Farşçiyon, A. Rustamiyon, P. Kalontariy, Yo.Tabotaboiy, Otaşzod va boşqalar davom ettirmoqdalar. Tasviriy san'atda modernizm uslubi rivojlandi. 1959 yil Tehronda Bezak san'ati oliy maktabi oçildi. Xalq san'atida yoğoç, suyak, sadaf öymakorligi, kandakorlik rivojlangan (markazi — Isfahon va Şeroz). 2000 yil Eron BA taşkil etilgan. Islom madaniyati va tasviriy san'ati böyiça turli yirik xalqaro badiiy körgazmalar, xattotlar tanlovlari ötkaziş keng tus olgan.
Musiqasi. E.ning mumtoz va xalq musiqasi uzoq ötmişga borib taqaladi. qadimiy davr musiqasi haqida ma'lumotlar saqlanmagan, ammo musiqiy çolğu va ohanglar E. musiqa madaniyatining Mesopotamiya musiqiy an'analari bilan çambarças bogliqligini körsatadi. Xalq musiqasida tasnif, tarona, qasida, ğazal, dastgoh keng tarqalgan. E. milliy musiqa çolğulari: nay (nayilabak, «haft band», nayianbon), surnay, kamonça, qonun, setor, rubob, borbat, tor, santur, doira, tönbak. 6-asrga kelib saroy san'ati, bastakorlar ijodi (Borbat va boşqalar) ravnaq topdi, xalq orasida mutriblar (xonandaraqqos) şuhrat qozondi, musiqa nazariyasi şakllandi. Arab istilosi davrida E. musiqasi arabmusulmon madaniyati ta'siriga uçradi, bir vaqtning özida arab hamda fors musiqasi unsurlarini özlaştirdi. 13-asrda bastakor, musiqa nazariyotçisi Safiuddin alUrmaviy maşhur böldi. 19-asr ning 2-yarmidan boşlab E. musiqasiga Yevropa musiqasi ta'sir körsatdi, Tehronda Şoh kolleji qoşida Yevropa uslubidagi musiqa maktabi oçildi. 20-asrning 20-y.larida bastakor, Tehron un-ti prof. Ali Naqi Vaziriy milliy musiqa ta'limini yölga qöydi, musiqa nazariyasiga oid asar yaratib, musiqa maktabi oçdi. 30-y.larning boşlarida Tehronda Oliy musiqa maktabi (40-y.larda konservatoriyaga aylantirildi)öz işini boşladi, filarmoniya jamiyati (1940), X.Sanjariy rahbarligida simfonik orkestr (1946) taşkil topdi. A. Vaziriy, A. Sabo, A. Raşidiy kabi kompozitorlar maşhur bölgan. Hoz. kunda E.da, asosan, folklor guruhlari, milliy çolğu ansambllari mavjud. Şu bilan birga 20-asr oxirlaridan milliy va Yevropa ohanglarini uyğunlaştirgan estrada va orkestr ijrosiga ham katta e'tibor berilmoqda. 1968 yildan Şerozda milliy san'at festivallari ötkazib turiladi. Musiqa san'atini rivojlanişiga Mirzo Abdullo, Darveşxon, Mahmud Karami, Faromirzo Poydur, Abu alHasan Sabo katta hissa qöşgan, hozirda Husayn Malik, Tohir Zoda, Şahnoz, Şojarayon kabi san'atkorlar maşhur.
Teatr sarçaşmalari qadimiy marosimlardan boşlanadi. Ba'zi manbalarda qadimiy «bozigar» (örta asrlardagi masxarabozlar teatrini eslatadi) teatri töğrisidagi ma'lumotlar saqlanib qolgan. E.da pantomima, köğirçoq va soya teatrlari qadimdan maşhur. Ötmişda niqoblar namoyişi va marosim («sade») tomoşalari uyuştirilgan. 10-asrdan boşlab imom Husayn vafotiga bağişlangan diniy yönalişdagi sahnalar qöyilgan. 17—18-asrlarda fors tragediyasi turlaridan biri — ta'ziya vujudga keldi. 20-asrning 30-y. lariga qadar E.da masxarabozlar teatri mavjud bölgan. 1890 yil Tehronda saroy teatri taşkil topdi. 20-asr boşlarida E.da «Farhang» («Madaniyat») teatr hissadorlik jamiyati ta'sis etildi. 1911 yil E. milliy teatriga, 1917 yil Yevropa uslubidagi E. komediya teatriga asos solindi. 1929 yildan boşlab E. teatrlarida ayollar faoliyat körsata boşladi. 1932 yil rassom S. Kermonşohiy Tehronda teatrstudiya taşkil etdi. Uşbu maskan mamlakatning ilğor teatr san'ati markaziga aylandi. 1930—40 yillar teatrlarda, asosan, Yevropa dramaturglarining asarlari sahnalaştirildi. E. teatr san'atining yuksaliş davri 1960- y.larga töğri keldi. 1963 yil Tehronda professional aktyorlarni tayyorlovçi drama studiyasi taşkil etildi, doimiy teatr gu. .ruhlari, jumladan «Bugungi teatr» (rahbari M. Jafariy) va Milliy truppa (rahbari M. Javonmard) paydo böldi. 1968 yildan
Şerozda har yili teatr festivali ötkaziladi. 1979 yilga qadar E.da varyete teatri ham mavjud bölgan. Islom inqilobidan söng teatr san'ati inqirozga yuz tutdi. Hoz. kunda diniy ruhdagi spektakllarni sahnalaştiriş uçun ruxsat berilgan. Ayollarning teatrda faoliyat körsatişi man etilgan.
Kinosi. 1920 yilda Tehronda birinçi kinoteatr oçildi. 1930 yil komediya janridagi ilk badiiy film yaratildi. 1934 yil dastlabki ovozli film suratga olindi. 1946 yil «Mitrafilm» (1948 yildan «Forsfilm») kinostudiyasi taşkil etildi. 1950-y. larda suratga olingan «Port öğrisi» filmi mamlakatning eng maşhur kino asariga aylandi. 60-y.larning oxiri — 70-y.larda tarixiy, afsonaviy, muhabbatni tarannum etuvçi film va musiqiy komediyalar, jumladan, «Mozandaron yölbarsi» (rej. S. Xaçikiyon), «Intizorlik sohili» (rej. S. Yosimiy) kabi filmlar yaratildi. 1955 yildan Tehronda xalqaro, 1964 yildan milliy kinofestivallar ötkaziladi. 1964 yil Kino san'atining oliy kengaşi tuzilgan. Uşa davrning taniqli rej.lari I. Kuşon, M. Muhsiniy, S. Yosimiy, S. Xaçikiyon, Ş. Rafiyo milliy kinematografiyani rivojlantirişga ulkan hissa qöşdilar. 1970-y.larda yiliga 100 dan ortiq badiiy film yaratildi, mamlakatda 500 ga yaqin kinoteatr işladi. Islom inqilobidan keyingi davrda kino san'ati inqirozga uçradi. Filmlar işlab çiqariş hajmi keskin kamaydi (yiliga 30 ta). Mamlakatda aksariyat kinostudiya va kinoteatrlar öz faoliyatini töxtatdi. 1980—81 yillar boryöği 11 film yaratildi. 1980-y.lar oxiriga kelib kinematografiya qayta tiklana boşladi. Davlat tomonidan körsatilgan yordam hamda ğarb filmlariga qöyilgan çeklaşlar evaziga E.da öziga xos milliy kino yaratildi va iqtidorli kinoartistlar yetişib çiqdi. 1990-y.larning örtalarida E. filmlari xalqaro miqyosga çiqdi. «Olça ta'mi», «Şamol bizni olib ketadi» (ikkalasining rej. A. Kiyorustami), «Qandahor» (rej. M. Maxmalbof), «Ota», «Osmon bolalari», «Jannat rangi» (uçalasining rej. M. Majidiy) kabi filmlar Kann, Turin, Berlin va Moskva kino anjumanlarida e'tiborli sovrinlar sohibi böldi. Bu filmlarda davrning ijtimoiy va madaniy muammolari, insonlar örtasidagi munosabatlar, hayot falsafasi haqqoniy aks ettirildi.
Özbekiston —E. munosabatlari. E. Özbekiston Respublikasining mustaqilligini tan olib, ikki davlat örtasida diplomatik munosabatlar örnatilgaç, 1992 yil noyab.da E.ning Toşkentdagi elçixonasi, 1995 yil mayda ÖzR ning Tehrondagi elçixonasi öz faoliyatini boşladi.
ÖzR Prezidenti I.A.Karimovning E.ga ilk taşrifi 1992 yil noyab.da bölib ötdi. 2000 yil 10—11 iyunda ÖzR Prezidenti I.A.Karimov Iqtisodiy Hamkorlik Taşkşyutiga a'zo davlatlar rahbarlarining E.da bölib utgan 6sammitida iştirok etdi. 2003 yil 17—18 iyunda rasmiy taşrif bilan E.da böldi. 2002 yil 26—28 apr.da E. Islom Resggublikasi Prezidenti S.M.Hotamiyning ÖzRga rasmiy taşrifi amalga oşirildi. Ana şu taşriflar natijasida ikki davlat örtasidagi munosabatlarning şartnomaviyhuquqiy asoslari yaratildi.
Ikki mamlakat örtasida transportkommunikatsiya, neftkimyo, bank, bojxona, farmatsevtika, uyuşgan jinoyatçilik, terrorizm va giyohvand moddalarning noqonuniy tarqatilişiga qarşi kuraş sohalarida keng hamkorlik yölga qöyilgan. Hoz. kunda Özbekiston va E. munosabatlarining şartnomaviyhuquqiy asosini 50 dan ortiq hujjat taşkil etadi. ÖzR va E. örtasida savdoiqtisodiy sohadagi özaro manfaatli hamkorlikning tamoyil va yönalişlarini belgilab beruvçi bir qator davlatlararo va hukumatlararo şartnomalar hamda idoralararo hujjatlar imzolangan. Ikki tomonlama munosabatlar «Savdoiqtisodiy aloqalar töğrisida», «Sarmoyalarni özaro rağbatlantiriş va himoya qiliş», «Ikki tomonlama soliqqa tortişdan qoçiş va olingan foyda va kapitalga solinadigan soliqlar haqida ma'lumot bilan almaşiş töğrisida»gi şartnoma va qator hukumatlararo memorandumlar bilan tartibga solinadi. 2004 yil yakuniga köra, Özbe^ kiston va E. örtasidagi tovar ayirboşlaş hajmi 370 mln. AQŞ dollarini taşkil etdi. E. Islom Respublikasi Özbekistonning 10 ta yetakçi savdo hamkori qatoridan_joy olgan. E. Özbekistondan paxta tolasi, rangli metall va undan yasalgan buyumlar, qora metall va metall buyumlar, mineral yoqilği, neft va uni qayta işlaşdan olingan mahsulotlar, mexanik stanoklar, xizmatlar, öğit, kimyoviy ştapel tolalari va h.k. oladi va Özbekistonga boğdorçilik mahsulotlari, ösimlik va hayvon yoği, poyabzal, kimyoviy ip, kir yuviş vositalari, gilam va gilam mahsulotlari, plastmassa va undan tayyorlangan buyumlar, xizmatlar, töqimaçilik hamda organik kimyoviy mahsulotlar, kofe, çoy, şirinlik va doridarmon yuboradi. 1993 yilning 18 oktyabr da imzolangan hujjat asosida ÖzR va E. Islom Respublikasi örtasida Savdoiqtisodiy va ilmiytexnikaviy hamkorlik böyiça hukumatlararo komissiya taşkil etilgan. Özbekistonda E. sarmoyasi iştirokida taşkil etilgan 53 korxona bor, ulardan 40 tasi qöşma korxona, 13 tasi esa 100% E. sarmoyasi asosida iş olib bormoqda. Mazkur korxonalar asosan xalq iste'moli mollari, qandolat, tikuvçilik va q.x. mahsulotlari, quriliş materiallari hamda gilamlar i.ç, şuningdek, yuk taşişga ixtisoslaşgan. Özbekistonning eksport yuklarini jahon bozorlariga olib çiqişda E. transport kommunikatsiyalaridan ham keng foydalanilmoqda. Özbekiston temir yölçilari faol iştirok etgan Tajan — Saraxs — BandarAbbos t.y. yönalişining işga tuşirilişi (1996) Örta Osiyoda joylaşgan davlatlarga Fors qöltiği orqali jahon bozoriga çiqiş imkonini berdi. 1993 yil 17 martda «Özbekiston havo yöllari» milliy aviakompaniyasi va E.ning fuqaro aviatsiyasi taşkiloti tomonidan ikki mamlakat örtasida havo qaşovini yölga qöyiş böyiça Anglaşuv memorandumi imzolandi. 1994 yil avg.dan boşlab «Eron eyr» aviakompaniyasining havo kemalari haftasiga bir marta Tehron — Toşkent — Tehron yönalişi böyiça muntazam havo qatnovini amalga oşirmoqda.
2002 yil Samarqand şahridagi Panjob madaniyat markazi qoşida E. bilan hamkorlikda Panjob şifoxonasi oçilgan. Şuningdek, Samarqandda E.ning «Doktor Obidiy» farmatsevtika şirkati bilan qöşma korxona tuzilgan.
Ikki davlat örtasidagi madaniy va ma'rifiy aloqalar 1999 yil 8 sentyabrda ta'sis etilgan «Özbekiston-Eron» döstlik jamiyati doirasida olib borilmoqda.
Oybek Eşonov.