Rivojlaniş tarixi. Hayvonlar va ösimliklar oda,mlar uçun oziq-ovqat manbai bölganligi nazarda tutiladigan bölsa, B. tarGixi odam ğorda hayot keçira boşlagan davrdan, hatto undan ham oldinroq boşlangan deyiş mumkin. Ibtidoiy odamlar boşlana topgan ğorlarga çizilgan hayvonlarning rasmlari va ov manzarasi ularni hayvonlar tuzilişidan xabardor ekanligini körsatadi. Xuddi şunday rasmlar Surxondaryo viloyatidagi Köhitang toğining Zirovutsoy darasi ğorlaridan topilgan. Hoz. zamon B. fanining rivojlanişi Örta dengiz böyida yaşovçi xalklar (Qad. Misr, Yunoniston) sivilizatsiyasi b-n boğliq. Yunon va Rim naturfilosoflari birinçi bölib hayotning mohiyati va kelib çiqişini materialistik nuqgai nazardan tuşuntirib berişga harakat qilişgan. Xususan Demokrit atrof muhitdagi narsa va hodisalar doimiy bölmasdan özgarib turişi töğrisidagi materialistik ğoyani ilgari surgan. Arastu birinçi bölib hayvonlarni sistemaga solib örganişni taklif etgan. Galen xayvonlar (maymun va çöçqa) ning içki tuzilişi asosida odamning içki tuzilişini, qon tomirlari va nervlar funksiyasini tasvirlab bergan birinçi fiziologeksperimentator hisoblanadi (öşa davrda odam jasadini yorib tekşiriş taqiqlangan edi).
Örta asrlarda Ğarbiy Yevropa mamlakatlarida fanlar taraqqiyoti deyarli töxtab qolgan bir davrda Örta Osiyo xududidagi davlatlarda tabiiy fanlar jadal sur'atlar b-n rivojlana boşladi. Bu davr fanlari tarixida Muhammad Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino va Abu Rayhon Beruniy kabi allomalar alohida örin tutadi. Beruniy tabiat 5 element: böşliq, havo, olov, suv va tuprokdan yaratilgan deb e'tirof etadi. U özining «Hindiston» asarida tabiatni daraxtdagi eng bakuvvat va soğlom novdalarining ösişiga imkon beradigan boğbonga öxşatadi. Bu b-n u tirik organizmlar örtasida yaşaş uçun kuraş borişi va tabiiy tanlaniş sodir bölişini başorat kiladi. Ibn Sit öz asarlarida ösimlik va hayvonlar hamda boşqa tabiiy jismlar, hodisalar va ularning sabablari töğrisida yozib qoldirgan.
Uyğoniş davridagi geografik kaşfiyotlar, ösimlik va hayvonot dunyosiga qiziqişning kuçayişi bir qança mamlakatlarda botanika va hayvonot boğlarining taşkil etilişiga olib keladi. Bu davrda hayvonlar va ösimliklar töğrisida köplab asarlar paydo böladi. Ana şu davrda italiyalik botanik A. Çezalpino guli, uruği va mevasining tuzilişiga binoan ösimliklarni tasnif qilişga urinib kördi, uning asarlarida metamorfoz, tartib va tur töğrisidagi ayrim tuşunçalar ilk bor uçraydi. 16—17- a.lardahayvonlar töğrisida bir qança ensiklopedik asarlar paydo böladi. Şveysariyalik olim K. Gesnerning 5 jildli «Hayvonlar tarixi», italiyalik U. Aldrovandining 13 jildli monografiyasi, fransuz naturalisti G. Rondele va italyan Ç. Salvianining dengiz orti mamlakatlari hayvonlari töğrisidagi asarlari şular jumlasidandir. Bu davrda anatomiya sohasida ayniqsa katta kaşfiyotlar qilindi. Ingliz olimi U. Garvey (1578—1657) özining qon aylaniş sistemasi töğrisidagi ta'limotini yaratadi. Italiyalik olim F. Redining tajribalari tufayli (1667) hayotning öz-özidan paydo bölişi töğrisidagi ta'limotga katta zarba berilgan bölsada, uning batamom barham topişiga olib kelmadi. Köpçilik olimlar tuxum hujayraga ega bölmagan tuban organizmlar öz-özidan paydo bölişi mumkin degan fikrga ega edi. 16-a.da mikroskopning kaşf etilişi B.ning rivojlanişi uçun katta ahamiyatga ega böldi. Angliyalik R. Guk tomonidan hujayraning kaşf etilişi (1665), gollandiyalik A. Levenguk tomonidan bir hujayralilar va spermatozoidlar (1673), ingliz T. Millington (1676) va nemis R.Kamerarmus (1694) tomonidan ösimliklarda jinsiy tafovutlarning, italyan Malpigi (1675—79) va ingliz N. Gryu (1671—82) tomonidan ösimlik töqimalari, şuningdek baliklar tuxum hujayrasi (N. Steno, 1667) va kapillyar qon tomirlarining kaşf etilişi mikroskop ixtiro qilinişi b-n boğliq. Bu kaşfiyotlar embriologiyada ovistlar va animalistlar deb ataluvçi ikki oqimning paydo bölişiga olib keldi. Ulardan birinçilari—organizm mitti murtak holida tuxum hujayra içida, ikkinçilari—uruğ hujayra içida böladi, keyingi özgarişlar faqat miqdor özgarişlardan iborat, degan xato fiqolarni ilgari surdi (q. Preformizm). 17-a. oxiri va 18-a. boşlarida ösimlik va hayvonlarning sun'iy sistemasini yaratiş borasida bir qança urinişlar böldi. Ingliz olimi J. Rey 18 mingdan köproq ösimliklarni tavsiflab, ösimliklarni 19 sinfga, fransuz J. Turnefor ularni 22 sinfga böladi. Rey tur tuşunçasini anikdab berdi va umurtqasizlar tasnifini işlab çiqdi. Hayvonlar va ösimliklarning mukammal sun'iy sistemasini şved tabiatşunosi K. Linney özining «Tabiat sistemasi» (1735) asarida taklif qildi. Linney öz sistemasida odamni sut emizuvçilar sinfiga va maymunlar b-n birga primatlar turkumiga kiritgan bölsada, turlarning özgarmasligi, dunyoni ilohiy kuç tomonidan yaratilganligi töğrisidagi metafizik ğoyani yoklab çiqdi. Linneyning binar nomenklaturasi (turni uruğ va tur nomlari orqali atalişi) ösimliklar va hayvonlar sistematikasida ayniqsa juda katta ahamiyatga ega böldi. Lekin Linneyning sun'iy sistemasi köpçilik tabiatşunos olimlarni qoniqtirmasdi. Şu sababdan bir qança olimlar tabiiy sistemani tuzişga urinib körişdi. Botanika sohasida bunday sistemani ilk bor fransiyalik botanik A. L. Jyusye 1789 y.da işlab çikdi. Hayvonlar va ösimliklarni sistemaga soliş ğoyasi hamma olimlarga ham bir xilda ma'qul bölmadi. Fransiyalik tabiatşunos J. Byuffon tabiatdagi har qanday sistema, şu jumladan Linney sistemasiga ham qat'iy qarşi çiqadi. J. Byuffon «Tabiiyot tarixi» (1749— 88) asarida hayvonlar tuzilişidagi umumiylikni körsatadi, yaqin formalar örtasidagi öxşaşlikni ularning özaro qarindoşligi b-n tuşuntirişga harakat qiladi. Nemis vraçi va kimyogari G. Ştal kişi faoliyati uning ruhi tomonidan boşqarib borilişini ta'kidlaydi va buning dal ili sifatida fiziologik reaksiyalarning asabiyruhiy ta'sirlar b-n bogliqligini körsatib ötadi. Uning «hayot tonusi» töğrisidagi fikri nemis fiziologi A. Gallerning ta'sirlaniş töğrisidagi ğoyasida (1753) öz ifodasini topadi. U va çex anatomi va fiziologi Y. Proxoska miya iştirokisiz ta'sirotni qabul qiluvçi hamda organlarni harakatlantiruvçi nerv kuçi borligini körsatib berdi. Italiyalik olimlar L. Galvani va A. Volta hayvonlar organizmidagi elektrni aniqlaydi, bu hodisa elektrofiziologiya fanining paydo bölişi va rivojlanişiga olib keldi. Ingliz olimi J. Pristli ösimliklarni hayvonlar nafas olişi uçun zarur bölgan kislorod i. ç.ini körsatib beradi. Fransuz olimlari A. Lavuazye, P. Laplas va A. Segen hayvonlarning nafas olişi va oksidlaniş reaksiyalarida kislorodning ahamiyatini körsatib berdi. Organik dunyoning tarixiy taraqqiyoti töğrisidagi ğoyalar 18-a. ning ikkinçi yarmidan boşlab şakllana boşladi. Nemis olimi G. V. Leybnits tirik mavjudotlarning gradatsiyasi tamoyillarini e'lon qiladi va ösimliklar b-n hayvonlar örtasida oraliq formalar mavjud degan fikrni örtaga taşlaydi. Minerallardan boşlab odamgaça bölgan «tiriklik poğonasi» (gradatsiya) tamoyili, şveysar naturalisti Ş. Bonne (1745—64) fikriça, hayot tuzilişi va rivojlanişining uzluksizligini körsatadi. J. Byuffon Yer tarixi töğrisidagi öz gipotezasini işlab çikdi. Uning fikriça, Yer tarixi 80— 90 ming yildan iborat bölib, 7 davrga bölinadi, faqat eng sönggi davrda ösimliklar, hayvonlar va odam paydo bölgan. Fransuz olimi J. B. Lamark «Zoologiya falsafasi» (1809) asarida «tiriklik poğonasi»ni evolyutsiya nuqtai nazaridan tuşuntirib beradi. Tirik organizmlarning tubandan kjsak formalargaça takomillaşib borişi uning fikriça organizm uçun xos bölgan içki progressga intiliş (gradatsiya tamoyillari) tufayli sodir ■ bölgan. Lamark evolyutsiyani töğri tuşuntirgan bölsada, uning asosiy sabablarini oçib berolmadi. Fransuz olimi J. Kyuvye tirik organizmlarning tarixiy almaşinişi va bir qança turlarning qirilib ketişini tuşuntiriş uçun özining katastrofalar goyasini ilgari suradi. Fransuz olimi E.J. SentIler hayvonlar tuzilişidagi umumiylikni tuşuntirişga urinib, tuzilişdagi öxşaşlik ularning kelib çiqişidagi öxşaşlikni aks ettirişini ta'kidlaydi. T. Şvann tomonidan asoslab berilgan hujayra nazariyasi (1839) organik dunyoning birligini tuşunib olişda hamda sitologik va gistologik tekşirişlarning rivojlanişida katta ahamiyatga ega böldi. 19-a.ning örtalarida ösimliklarning oziqlaniş xususiyati va uning hayvonlarnikidan farq qilişi hamda tabiatda moddalar aylanişi prinsiplari kaşf etiladi (Yu. Libix, J. B. Bussengo). Hayvonlar fiziologiyasi sohasida E. DyubuaReymonning işlari tufayli elektrofiziologiyaga asos solinişi, K. Berner tomonidan organlarning ovqat hazm qilişdagi ahamiyati tuşuntirib berilişi (1845,1847); G. Gelmgols va K. Lyudvig tomonidan nervmuskul sistemasi va sezgi organlarini örganiş metodlari işlab çiqilişi; I. M. Seçenovning oliy nerv faoliyatini materialistik nuqtai nazardan talqin qilişi («Boş miya reflekslari», 1863) katta ahamiyatga ega böldi. L. Paster olib borgan tadqiqotlar tufayli hoz. organizmlarning öz-özidan paydo bölişi töğrisidagi ta'limotga uzilkesil zarba berildi (1860—64). S. N. Vinogradskiy xemosintez yöli b-n anorganik moddalardan organik moddalarni sintezlovçi xemosintez bakteriyalarini (1887— 91), D. I. Ivanovskiy viruslarni (1892) kaşf etdi.
19-a.da Ç. Darvin tomonidan evolyutsiya nazariyasining işlab çiqilişi B.ning rivojlanişi tarixida ayniqsa katta ahamiyatga ega. Uning «Turlarning paydo bölişi...» (1859) asarida evolyutsiyaning asosiy mexanizmi—tabiiy tanlaniş oçib beriladi. B.da Darvin ğoyalarining ğalabasi b-n evolyutsion soliştirma anatomiya (K. Gegenbaur), evolyutsion embriologiya (A. O. Kovalevskiy, I. I. Meçnikov), evolyutsion paleontologiya (V. O. Kovalevskiy) kabi yangi yönalişlarga asos solindi. Hujayraning bölinişi (E. Strasburger, 1875; V. Flemming, 1882 va b.), jinsiy hujayralarning yetilişi, uruglanişi (O. Gertvig, 1875; G. Fol 1877; E. van Beneden, 1884; T. Boveri, 1887, 1888) hamda u b-n boglik bölgan mitoz va meyozda xromosomalarning taqsimlanişini örganiş sohasida erişilgan muvaffaqiyatlar jinsiy hujayralar yadrosida irsiy axborotning saqlanişi töğrisida köplab ğoyalarning paydo bulişiga olib keldi. Ana şu davrda (1865) G. Mendel tomonidan irsiylaniş qonuniyatlari oçilişi b-n genetika faniga asos solindi.
20-a. yangi B. fanlarining rivojlanişi, B.da klassik tadqiqotlar miqyosining yanada kengayişi b-n ajralib turadi. Şu asrda genetika, sitologiya, fiziologiya, biokimyo, rivojlaniş B.si, evolyutsion ta'limot, ekologiya, biosfera haqida ta'limot, şuningdek mikrobiologiya, virusologiya, gelmintologiya, parazitologiya va B.ning boşqa köp tarmoqlari jadal sur'atlar b-n rivojlandi. Mendel oçgan qonunlar asosida mutatsiya va irsiyatning xromosoma nazariyalari işlab çiqildi (T. Boveri, 190207; U. Setton, 1902). Xromosoma nazariyasini T. Morgan va şogirdlari V. Iogansenning sof liniya töğrisidagi ta'limotiga (1903) asoslanib gen, genotip, fenotip tuşunçalarini işlab çiqişdi. 20-a.ning örtalarigaça genlarning kimyoviy tabiati irsiy molekulalar şaklida ekanligi nazariy jihatdan talqin qilinib kelindi (N. K. Kolsov, 1927). Mikroorganizmlardagi transduksiya va transformatsiya hodisalarini örganiş asosida DNK molekulasi genetik informatsiyani taşuvçi ekanligi aniklandi (AQŞ, O. Eyveri, 1944). DNK quş spirali tuzilişining örganilişi (J. Uotson, F. Krik, 1953) genetik kodning kaşf etilişiga olib keldi. Bu kaşfiyotlar molekulyar genetikaga asos soddi. Oqsillarning aminokislotalardan iborat tarkibi örganilganligi, ayrim oqsillar (insulin)ning sintez qilinişi, viruslar va faglarning nukleoproteidlardan tuzilganligining körsatib berilişi 20-a. örtalarida qilingan eng muhim kaşfiyotlardandir. Elektron mikroskopning kaşf etilişi oddiy mikroskopda körinmaydigan strukturalarni körişga, hujayraning eng nozik tuzilişini tekşirişga, bakteriyalar va viruslarning tuzilişini batafsil örganişga imkon berdi. Nişonli atomlar usuli organizmda sodir böladigan jarayonlarni örganiş uçun yöl oçdi. Gistologik kimyo differensial sentrifugalaş, rentgenostruktura analizi usullari tirik organizmlar kimyoviy tarkibi, hujayra organoidlari va qismlarini mukammal tekşiriş usullarini körsatib berdi. Ana şu kaşfiyotlar tufayli 20-a.ning 2-yarmida B.ning eng yoş sohasi—molekulyar B. dunyoga keldi va tez sur'atlar b-n rivojlana boşladi. Molekulyar B. sohasidagi tadqiqotlar B. fanining barça sohalarida yangi ğoyalar paydo bölişiga olib keldi; hujayraning tuzilişi va funksiyasi haqidagi tuşunçalarni tubdan özgartirib yubordi. 20-a.da hayvonlar fiziologiyasi sohasida ham katta yutuqlarga erişildi. Rus olimi I. M. Seçenov (1829—1905) nerv sistemasini örganib, boş miya reflekslari töğrisidagi ta'limotga asos soldi. I. P. Yaavlovşartli va şartsiz reflekslar, qon aylaniş va ovqat hazm qilişning nerv regulyatsiyasi sohasida bir qança yirik kaşfiyotlar qildi. Uning şartli reflekslar va oliy nerv faoliyati töğrisidagi ta'limoti Nobel mukofotiga sazovor böldi. Bu davrda neyrofiziologiya ham tez sur'atlar b-n rivojlana boşlaydi. Ösimliklar fiziologiyasida fotosintez jarayonlari, avvalo xlorofillni örganişda ança katta yutuqqa erişildi, xlorofill sintez qilindi, ösimliklarni östiradigan ba'zi gormonlar (auksinlar, gibberellinlar) ajratib olindi va sun'iy sintez qilindi. Evolyutsion nazariya sohasida ham muhim kaşfiyotlar qilindi, xususan 20—30-y.larda madaniy ösimliklarning kelib çiqiş markazlari aniklandi; mutatsion özgaruvçanlik, individlar sonining özgarib turişi va izolyatsiyani tanlanişning muayyan yönalişda ta'sir etişidagi örni oçib beriddi (N.I. Vavilov, S. S. Çetverikov, B. S. Xoldeyn, R. Fişer, S. Rayt, J. Xaksli, F. T. Dobrjanskiy, E. Mayr va b.). Bu esa darvinizmning yanada rivojlanişiga, evolyutsiya omillari mikroevolyutsiya va makroevolyutsiya töğrisidagi ta'limotlarni özida jo qilgan sintetik evolyutsion ta'limotni işlab çiqişga imkon berdi (I. I. Şmalgauzen va b.). V. I. Vernadskiyning biogeokimyo va biosfera, A. Tenslining ekosistemalar (1935) töğrisidagi ta'limotlari B.ning katta yutuklaridan bölib, inson b-n tabiat örtasidagi munosabatlarni işlab çiqişda muhim ahamiyatga ega. V. Şelferd (1912, 1939), Ç. Elton (1934) va b.ning işlari tufayli ekologiyaning nazariy asoslari işlab çiqildi. 20-a. örtalaridan boşlab ekologiya erişgan yutuqlar va tabiatni muhofaza qiliş muammolari deyarli barça B. fanlarini ekologiyalaştirişga olib keldi. Molekulyar biol. sohasidagi işlar (genetik kodning oçilişi, sun'iy genning sintezlanişi) gen injeneriyasi va biotexnologiya kabi amaliy fanlarning rivojlanişi uçun nazariy asos böldi. Keyingi yillarda ayniqsa populyatsion B. tez sur'atlar b-n rivojlanmoqda. Bu sohadagi tadqiqotlar son jihatdan tobora ösib borayotgan aholining oziq-ovqat mahsulotlariga bölgan ehtiyojini tölaroq qondiriş, qirilib ketayotgan turlarni muhofaza qiliş va tirik organizmlarning biologik xilmaxilligini saqlab qoliş kabi muammolarni muvaffaqiyatli yeçişga imkon beradi.
Özbekistonda 20-a.ning 1-yarmida olib borilgan i. t. işlari asosan ösimlik va hayvonot dunyosi resurslarini örganiş va ulardan samarali foydalaniş hamda atrof muhitni muhofaza qiliş b-n boğliq. Botanika sohasida yaylovlarning fitomeliorativ holatini yaxşilaş, texnika ekinlari va suv ötlarini östiriş usullari işlab çiqildi; ösimliklarning geoekologik tasnifi, iyerarxik sxemasi taklif etildi; ösimliklarning ekstremal şaroitga moslaniş xususiyatlari oçib Ye^rildi (Q. 3. Zokirov, J. K. Saidov, P. A. Baranov, V. A. Burigin, A. M. Muzaffarov, P. K Zokirovva b.); ğözaning ekologik, anatomomorfologik va genetik xususiyatlarini örganiş sohasida bir qança işlar amalga oşirildi (S. X. Yöldoşev, A. I. Imomaliyev, S. S Sodiqov va b.). Mikrobiologik yöl b-n oqova suvlarni tozalaş, ma'danlarni ajratib oliş, q. x. çiqindilaridan yemxaşak tayyorlaş, fiziologik faol moddalarni ajratib oliş, ösimliklarning vilt va virus kasalliklariga qarşi kuraş asoslari yaratildi (M. I. Mavloniy, A. F. Xolmurodov, S. A. Asqarova va b.). Ekologikfaunistik işlar teriologiya, ornitologiya, gerpetologiya, gidrobiologiya, entomologiya, parazitologiya va zoologiyaning boşqa sohalarida keng miqyosda amalga oşirildi (T. 3. Zohidov, D. N. Kaşkarov, A. M. Muhammadiyev, S. N. Alimuhamedov, V. V. Yaxontov, R. O. Olimjonov, A. T. Tölaganov, M. A. Sultonov, J. A. Azimov va b.). 20-a.ning ikkinçi yarmida ayniqsa sönggi yillarda B.ning biokimyo, genetika, molekulyar B., biotexnologiya, biofizika va ekologiya sohalarida bir qança muhim işlar amalga oşirildi. Tireoid gormonlarning ta'siri mexanizmi aniklandi (Yo. X. Töraqulov, T. S. Soatov). Biologik membranalarning tuzilişi, hayvonlar toksikologiyasi va biokimyosi, ionlantiruvçi nurlar, defoliantlarning ta'sir mexanizmi va ionlarni membrana orqali transporta muammolarini yeçişda ham bir kator muvaffaqiyatlar qölga kiritiddi (A. P. Ibragimov, J. H. Hamidov, A. Q. Qosimov). Ğözada genetik belgilarning irsiylaniş mexanizmi işlab çiqildi (J. A. Musayev, O. J. Jalilov, A. A. Abdullayev, N. N. Nazirov, A. A. Abdukarimov). Gen va hujayra injeneriyasining rivojlanişi insulin, interferon va östiruvçi gormonlarni oliş imkonini berdi (B. O. Toşmuhamedov, A. A. Abdukarimov, M. M. Rahimov, A. I. Gagelgans va b.). B.ga oid tadqiqotlar Özbekiston FAning Botanika, Zoologiya, Mikrobiologiya, Genetika, Fiziologiya va biofizika, Biokimyo intlarida, şuningdek oliy öquv yurtlarida olib borilmoqda.
B.ning zamonaviy muammolari. B.ning tabiiy fanlar va kişilik jamiyatining rivojlanişiga revolyutsion ta'sir körsatadigan muammolari molekulyar B., genetika fanlari muskullar, nerv sistemasi va sezgi organlari fiziologiyasi va biokimyosi (tafakkur, qözğaliş, tormozlaniş va b.), fotova xemosintez, tabiiy sistemalar energetikasi va mahsuldorligi b-n boğliq. Molekulyar B. sohasi hujayra içida boradigan fizikkimyoviy jarayonlar va tirik sistemalar nisbiy turğunligining boşqarilişi, ayniqsa genlarning işga tuşirilişi mexanizmini örganiş ham B.ning markaziy muammolaridan biri hisoblanadi. Organizmni individual rivojlanişi davomida hujayralarning ixtisoslaşib borişi va töqimalarning hosil bölişi, Yerda hayot paydo bölişining dastlabki davrlarida tirik organizmlarga xos murakkab polimerlarning tabiiy sintezlanişi va ulardan öz-özini yarata oladigan tirik sistemalar paydo bölişini örganiş ham muhim masalalardan hisoblanadi. Yer yuzida aholi sonining tez sur'atlar b-n ösib borişi B. oldiga biosferaning mahsuldorligini oşiriş, yaşaş muhitini ifloslanişdan saklaş, ösimlik va hayvonlarni muhofaza qiliş va ratsional foydalanişdan iborat juda köp muammolarni qöyadi. Biosfera va ekologik sistemalarni qayta quriş va ulardan foydalaniş işlari ösimlik, hayvonlar va mikroorganizmlarni Yerning hamma qismida inventarizatsiya qilişni nazarda tutadi. B. sohasidagi i. t. işlari Xalqaro biologik dastur yordamida koordinatsiya qilib boriladi.
Bekjon Toşmuhamedov, Oçil Mavlonov.